O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 25-oktabrdagi PQ-3356-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 25-oktabrdagi PQ-3356-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Jizzax, Namangan, Sirdaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Bo‘stonliq-farm” va “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonalari tarkibiga kiruvchi hududlar chegarasini 4-ilovaga muvofiq belgilash to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 179-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2022-y., 09/22/179/0301-son)
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.R. Xolmuradov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 16-yanvar,
29-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-yanvardagi 29-son qaroriga 4-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
“Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Bo‘stonliq-farm” va “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonalariga kiruvchi hududlarning chegaralari
(4-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 179-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2022-y., 09/22/179/0301-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-noyabrdagi 941-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2019-y., 09/19/941/4057-son)
2. “Zomin-farm” EIZ tarkibiga kiruvchi hududlar chegarasi ta’rifi:
1-yer uchastkasi:
1-boshlang‘ich nuqta 4P-40 Zomin-Dashtobod avtomobil yo‘li bo‘ylab cho‘ziq daraxtzor erning g‘arbiy qismida, ushbu avtomobil yo‘lining Jizzax-Yangiyer temir yo‘li bilan kesishgan joyidan janub yo‘nalishi bo‘yicha 3 840 metr masofada joylashgan.
1-nuqtadan chegara 4P-40 Zomin-Dashtobod avtomobil yo‘li bo‘ylab joylashgan daraxtzor bo‘ylab janubiy-sharqiy yo‘nalishda 1 200 metr masofada 2-nuqtagacha davom etadi.
2-nuqtadan chegara Bekobod metallurgiya kombinatining intensiv bog‘lari bilan tutash holda g‘arbiy yo‘nalishda 834 metr masofada 3-nuqtagacha davom etadi.
3-nuqtadan chegara dala yo‘li bo‘ylab shimoliy-g‘arbiy yo‘nalishda 1 200 metr masofada 4-nuqtagacha davom etadi.
4-nuqtadan chegara quruq yer bo‘ylab sharqiy yo‘nalishda 834 metr masofada 1-nuqtagacha davom etadi.
2-yer uchastkasi:
1-boshlang‘ich nuqta “Yangi Xayot” massivining “Ravshan ovchi” fermer xo‘jaligi sun’iy suv ombori chegarasining 10-k-1 kollektori chap qirg‘og‘i kesishmasida joylashgan.
1-nuqtadan chegara ariq bo‘ylab “Muborak-Yangiyer” gaz quvuri bilan kesishgan holda janubiy yo‘nalish bo‘yicha 950 metr masofada 2-nuqtagacha davom etadi.
2-nuqtadan chegara dala yo‘li bo‘ylab g‘arbiy yo‘nalishda 780 metr masofada 3-nuqtagacha davom etadi.
3-nuqtadan chegara 62 metr masofada shimoliy yo‘nalishda, keyinchalik 311 metr masofada g‘arbiy yo‘nalishda dala shiyponini chetlab o‘tib 4-nuqtagacha davom etadi.
4-nuqtadan chegara quruq yer bo‘ylab shimoliy yo‘nalishda “Muborak-Yangiyer” gaz quvurini kesib o‘tgan holda 788 metr masofada 5-nuqtagacha davom etadi.
5-nuqtadan chegara sharqiy yo‘nalish bo‘yicha 316 metr masofada, keyinchalik shimoliy yo‘nalishda 165 metr masofada “Ravshan ovchi” fermer xo‘jaligining sun’iy suv havzasi chegarasini chetlab o‘tib 6-nuqtagacha davom etadi.
6-nuqtadan chegara 10-k-1 kollektorining chap qirg‘og‘idan sharqiy yo‘nalish bo‘yicha 766 metr masofada 1-nuqtagacha davom etadi.
3. “Kosonsoy-farm” EIZ tarkibiga kiruvchi hududlar chegarasi ta’rifi:
1-yer uchastkasi:
1-boshlang‘ich nuqta Qorasuv-Iskovat avtomobil yo‘li bo‘ylab Qorasuv aholi punktining markazidan sharqiy yo‘nalish tomon 1 600 metr masofada va keyinchalik dala yo‘li bo‘ylab janubiy yo‘nalishda 4 180 metr masofada dala yo‘lining oxirida joylashgan.
1-nuqtadan chegara sharqiy yo‘nalish bo‘yicha tomorqa uchastkalari bilan tutash holda 290 metr masofada 2-nuqtagacha davom etadi.
2-nuqtadan chegara Yangiqo‘rg‘on tumani bilan chegaradosh dala yo‘li bo‘ylab janubiy yo‘nalish bo‘yicha 2 750 metr masofada 3-nuqtagacha davom etadi.
3-nuqtadan chegara soyning quruq tomoni bo‘ylab shimoliy-g‘arbiy yo‘nalish bo‘yicha 4-nuqtagacha bog‘ hududi bilan tutashgan joygacha davom etadi.
4-nuqtadan chegara quruq yer bo‘ylab bog‘ hududida dala yerlari bilan kesishish joyigacha 300 metr masofada shimoliy yo‘nalishda, so‘ngra g‘arbga burilib, 500 metr masofada dala yerlari bo‘ylab davom etadi, keyinchalik shimolga qarab burilib, quruq yerlar bo‘ylab bog‘ chegarasigacha 360 metr masofada davom etadi, keyinchalik sharqqa burilib, bog‘ hududi bo‘ylab 290 metr masofada davom etadi, keyinchalik janubga burilib, bog‘ hududi bo‘ylab 150 metr masofada davom etadi, keyinchalik sharqqa burilib, quruq yerlar bo‘ylab bog‘ hududida 190 metr masofada davom etadi, so‘ngra shimolga burilib, shimoliy yo‘nalish bo‘yicha quruq yerlar bo‘ylab bog‘ hududida 500 metr masofada 1-nuqtagacha davom etadi.
2-yer uchastkasi:
1-boshlang‘ich nuqta Kosonsoy-Namangan avtomobil yo‘lining sharqiy tomonida “Kosonsoy paxta tolasi” AJ hududining eng chetki g‘arbiy nuqtasiga olib boradigan yo‘l bilan tutashgan joyda joylashgan.
1-nuqtadan chegara sug‘orish kanali bo‘ylab sharqiy yo‘nalishda 670 metr masofada 2-nuqtagacha davom etadi.
2-nuqtadan chegara quruq yerlar bo‘ylab janubiy yo‘nalishda 530 metr masofada 3-nuqtagacha davom etadi.
3-nuqtadan chegara quruq yerlar bo‘ylab g‘arbiy yo‘nalishda 90 metr masofada 4-nuqtagacha davom etadi.
4-nuqtadan chegara sug‘orish kanali bo‘ylab shimoliy yo‘nalishda 240 metr masofada 5-nuqtagacha davom etadi.
5-nuqtadan chegara quruq yerlar bo‘ylab g‘arbiy yo‘nalishda 110 metr masofada 6-nuqtagacha davom etadi.
6-nuqtadan chegara quruq yerlar bo‘ylab janubiy yo‘nalishda 109 metr masofada 7-nuqtagacha davom etadi.
7-nuqtadan chegara quruq yerlar bo‘ylab g‘arbiy yo‘nalishda 147 metr masofada 8-nuqtagacha davom etadi.
8-nuqtadan chegara sug‘orish kanali bo‘ylab janubiy yo‘nalishda 150 metr masofada 9-nuqtagacha davom etadi.
9-nuqtadan chegara sug‘orish kanali bo‘ylab shimoliy-g‘arbiy yo‘nalishda 180 metr masofada Kosonsoy-Namangan avtomobil yo‘li bilan tutashish joyda 10-nuqtagacha davom etadi.
10-nuqtadan chegara Kosonsoy-Namangan avtomobil yo‘lining sharqiy tomonida shimoliy yo‘nalish bo‘yicha 250 metr masofada 11-nuqtagacha davom etadi.
11-nuqtadan chegara Kosonsoy-Namangan avtomobil yo‘li bilan kesishgan holda g‘arbiy yo‘nalishda davom etadi va keyinchalik quruq yerlar bo‘ylab tomorqa uchastkalari bilan tutashish joyiga qadar 270 metr masofada 12-nuqtagacha davom etadi.
12-nuqtadan chegara quruq yerlarda tomorqa uchastkalari bo‘ylab shimoliy-sharqiy yo‘nalishda 275 metr masofada 13-nuqtagacha davom etadi.
13-nuqtadan chegara sug‘orish tizimi bo‘ylab sharqiy yo‘nalishda 150 metr masofada Kosonsoy-Namangan avtomobil yo‘li bilan tutashgan holda 14-nuqtagacha davom etadi.
14-nuqtadan chegara Kosonsoy-Namangan avtomobil yo‘lining g‘arbiy tomonidan janubiy yo‘nalishda 75 metr masofada davom etadi, so‘ngra sharq tomonga burilib, Kosonsoy-Namangan avtomobil yo‘li bilan kesishib 1-nuqta qo‘shilgunga qadar davom etadi.
3-yer uchastkasi:
1-boshlang‘ich nuqta Namangan-Kosonsoy avtomobil yo‘lining sharqiy tomonida Buloq qishlog‘ining markazidan janub tomon 658 metr uzoqlikda joylashgan.
1-nuqtadan chegara 2-nuqtagacha dala yo‘li bo‘ylab sharqiy yo‘nalishda 162 metr masofaga yoyilgan.
2-nuqtadan chegara 3-nuqtagacha uy-joylar mavjud uchastkalar bo‘ylab janub yo‘nalishida 96 metrlik masofaga yoyilgan.
3-nuqtadan chegara bog‘ hududiga tutash joydagi 4-nuqtagacha quruq yer bo‘ylab, g‘arb yo‘nalishida 171 metrlik masofaga yoyilgan.
4-nuqtadan chegara 1-nuqtagacha Namangan-Kosonsoy avtoyo‘lining sharqiy tomoni bo‘ylab shimoliy yo‘nalishda 94 metr masofaga yoyilgan.
4. “Sirdaryo-farm” EIZ tarkibiga kiruvchi hududlar chegarasi ta’rifi:
1-yer uchastkasi:
1-boshlang‘ich nuqta M-39 Toshkent-Termiz avtoyo‘lining temir yo‘l liniyasi bilan kesishgan joyidan janubiy-g‘arbiy tomongacha 188 metr masofada ushbu yo‘lning sharqiy tomonida joylashgan.
1-nuqtadan chegara 2-nuqtagacha “Sirdaryo vagon deposi” DK yerlari bilan tutashib janubiy yo‘nalishga 884 metr masofaga yoyilgan.
2-nuqtadan chegara g‘arbga burilib, 3-nuqtagacha avval quruq yer bo‘ylab, keyin Sirdaryo shahri hududiga tutashgan holda 441 metr masofaga yoyilgan.
3-nuqtadan chegara janubga burilib, Sirdaryo shahri hududiga tutashgan holda 4-nuqtagacha 323 metr masofaga yoyilgan.
4-nuqtadan chegara g‘arb-janubiy-g‘arbga burilib, Sirdaryo shahri hududiga tutashgan holda 5-nuqtagacha 606 metr masofaga yoyilgan.
5-nuqtadan chegara g‘arbga burilib, 6-nuqtagacha, avtomobil yo‘lining sharqiy tomonigacha Sirdaryo shahri hududiga tutashgan holda 105 metr masofaga yoyilgan.
6-nuqtadan chegara shimolga burilib, M-39 Toshkent-Termiz avtomobil yo‘lining avtomobil yo‘li bilan kesishgan joyigacha, avtomobil yo‘lining sharqiy tomoni bo‘ylab 7-nuqtagacha 582 metr masofaga yoyilgan.
7-nuqtadan chegara shimoliy-sharqqa burilib, M-39 Toshkent-Termiz avtomobil yo‘lining janubiy tomoni bo‘ylab 1-nuqtagacha, 1 430 metr masofaga yoyilgan.
2-yer uchastkasi:
1-boshlang‘ich nuqta M-39 Toshkent-Termiz avtoyo‘lining temir yo‘l liniyasi bilan kesishgan joyidan shimol tomongacha 860 metr masofada kollektorga ichki xo‘jalik kollektori tutashgan joyda, ushbu kollektorning shimoliy tomonida joylashgan.
1-nuqtadan chegara kollektorning shimoliy va janubiy yo‘nalishlariga ajralish joyigacha, kollektorning janub tomoni bo‘ylab, 788 metr masofaga, shimoliy-sharqiy yo‘nalishlarda 2-nuqtagacha yoyilgan.
2-nuqtadan chegara janubiy-sharqqa burilib, kollektorning janubi-g‘arbiy tomoni bo‘ylab 3-nuqtagacha 222 metr masofaga yoyilgan.
3-nuqtadan chegara shimoli-sharqqa burilib, quruq yer bo‘ylab, avtomobil yo‘ligacha borib, keyin ushbu avtomobil yo‘lining sharqiy tomoni bo‘ylab kollektorni kesib o‘tib 4-nuqtagacha 550 metr masofaga yoyilgan.
4-nuqtadan chegara janubiy-sharqqa burilib, M-39 Toshkent-Termiz avtomobil yo‘liga tutash joygacha, ushbu avtomobil yo‘li bo‘ylab 375 metr masofaga 5-nuqtagacha, yoyilgan.
5-nuqtadan chegara janubiy-g‘arbga burilib, kollektorning M-39 Toshkent-Termiz avtomobil yo‘liga tutash joyigacha, ushbu avtomobil yo‘lining shimoliy-g‘arbiy tomoni bo‘ylab 6-nuqtagacha 751 metr masofaga yoyilgan.
6-nuqtadan chegara g‘arbga burilib, kollektorning janubiy tomoni bo‘ylab 7-nuqtagacha 244 metr masofaga yoyilgan.
7-nuqtadan chegara janubiy-g‘arbga burilib, quruq yo‘l bo‘ylab 8-nuqtagacha 300 metr masofaga yoyilgan.
8-nuqtadan chegara janubi-sharqga burilib, M-39 Toshkent-Termiz avtomobil yo‘lining shimoliy-g‘arbiy tomonigacha, quruq yo‘l bo‘ylab, 9-nuqtagacha 249 metr masofaga siniq chiziq bo‘lib yoyilgan.
9-nuqtadan chegara janubiy-g‘arbga burilib, kollektorning M-39 Toshkent-Termiz avtomobil yo‘liga tutash joyigacha, ushbu avtomobil yo‘lining shimoliy-g‘arbiy tomoni bo‘ylab 10-nuqtagacha 406 metr masofaga yoyilgan.
10-nuqtadan chegara shimolga burilib, kollektorning sharqiy tomoni bo‘ylab 1-nuqtagacha 727 metr masofaga yoyilgan.
3-yer uchastkasi:
1-boshlang‘ich nuqta M-39 Toshkent-Termiz avtoyo‘lining temir yo‘l liniyasi bilan kesishgan joyidan shimoliy-sharq tomongacha 530 metr masofada ushbu yo‘lning janubiy-sharqiy tomonida joylashgan.
1-nuqtadan chegara 2-nuqtagacha, chiziq bo‘ylab ekilgan tutzorni sug‘orish inshootining M-39 Toshkent-Termiz avtomobil yo‘li bilan tutashgan joyigacha, ushbu avtomobil yo‘lining janubi-sharqiy tomoni bo‘ylab shimoliy-sharqiy yo‘nalishda 594 metr masofaga yoyilgan.
2-nuqtadan chegara janubiy-g‘arbiy tomonga burilib, M-34 avtomobil yo‘liga tutashgan joygacha, chiziq bo‘ylab ekilgan tutzorni sug‘orish inshooti bo‘ylab 3-nuqtagacha 493 metr masofaga yoyilgan.
3-nuqtadan chegara janubiy tomonga burilib, M-34 avtomobil yo‘liga chiziq bo‘ylab ekilgan tutzorni sug‘orish inshooti tutashgan joygacha, ushbu avtomobil yo‘lining g‘arbiy tomoni bo‘ylab 4-nuqtagacha 303 metr masofaga yoyilgan.
4-nuqtadan chegara shimoli-g‘arbiy tomonga burilib, chiziq bo‘ylab ekilgan tutzorni sug‘orish inshooti bo‘ylab 5-nuqtagacha 458 metr masofaga yoyilgan.
5-nuqtadan chegara sharq tomonga burilib, quruq yer bo‘ylab 6-nuqtagacha 58 metr masofaga yoyilgan.
6-nuqtadan chegara shimol tomonga burilib, quruq yer bo‘ylab 7-nuqtagacha 104 metr masofaga yoyilgan.
7-nuqtadan chegara g‘arb tomonga burilib, quruq yer bo‘ylab 8-nuqtagacha 65 metr masofaga yoyilgan.
8-nuqtadan chegara janub tomonga burilib, quruq yer bo‘ylab 9-nuqtagacha 82 metr masofaga yoyilgan.
9-nuqtadan chegara janubiy-g‘arbiy tomonga burilib, quruq yer bo‘ylab 10-nuqtagacha 270 metr masofaga yoyilgan.
10-nuqtadan chegara g‘arb tomonga burilib, quruq yer bo‘ylab 1-nuqtagacha 231 metr masofaga yoyilgan.
4-yer uchastkasi:
1-boshlang‘ich nuqta M-39 Toshkent-Termiz avtoyo‘lidan M-34 avtomobil yo‘lining ajralish joyidan 647 metr masofada kollektor burilishining sharqiy tomonida joylashgan.
1-nuqtadan chegara avtomobil yo‘liga tutatish joyigacha, kollektorning janubiy tomoni bo‘ylab 2-nuqtagacha 1 830 metr masofaga sharqiy yo‘nalishga yoyilgan.
2-nuqtadan chegara 3-nuqtagacha, avtomobil yo‘lining janub tomonga burilish joyigacha, avtomobil yo‘lining janubiy-g‘arbiy tomoni bo‘ylab 171 metr masofaga janubi-sharqiy yo‘nalishga yoyilgan.
3-nuqtadan chegara 4-nuqtagacha, avtomobil yo‘lining shimoliy-g‘arbiy tomoni bo‘ylab 417 metr masofaga janub tomonga yoyilgan.
4-nuqtadan chegara 5-nuqtagacha, avtomobil yo‘lining M-39 Toshkent-Termiz avtomobil yo‘li bilan tutashgan joyigacha, avtomobil yo‘lining janubiy-g‘arbiy tomoni bo‘ylab 176 metr masofaga janubiy-sharqiy tomonga yoyilgan.
5-nuqtadan chegara 6-nuqtagacha, M-39 Toshkent-Termiz avtomobil yo‘lining shimoliy-g‘arbiy tomoni bo‘ylab 309 metr masofaga janubiy-g‘arbiy tomonga yoyilgan.
6-nuqtadan chegara 7-nuqtagacha, quruq yer bo‘ylab, 117 metr masofaga shimoliy-g‘arbiy tomonga yoyilgan.
7-nuqtadan chegara 8-nuqtagacha, quruq yer bo‘ylab 102 metr masofaga g‘arbiy tomonga yoyilgan.
8-nuqtadan chegara 9-nuqtagacha, quruq yer bo‘ylab 72 metr masofaga shimoliy-g‘arbiy tomonga yoyilgan.
9-nuqtadan chegara 10-nuqtagacha, quruq yer bo‘ylab 41 metr masofaga g‘arbiy tomonga yoyilgan.
10-nuqtadan chegara 11-nuqtagacha, quruq yer bo‘ylab 66 metr masofaga janub tomonga yoyilgan.
11-nuqtadan chegara 12-nuqtagacha, quruq yer bo‘ylab 51 metr masofaga sharq tomonga yoyilgan.
12-nuqtadan chegara 13-nuqtagacha, M-39 Toshkent-Termiz avtomobil yo‘lining g‘arbiy tomoni bo‘ylab 88 metr masofaga janubiy-sharqiy tomonga yoyilgan.
13-nuqtadan chegara 14-nuqtagacha, M-39 Toshkent-Termiz avtomobil yo‘lining shimoliy tomoni bo‘ylab 803 metr masofaga sharqiy tomonga yoyilgan.
14-nuqtadan chegara 15-nuqtagacha, kollektorga tutash joygacha, dala yo‘li bo‘ylab 322 metr masofaga sharqiy tomonga davom etadi.
15-nuqtadan chegara 1-nuqtagacha, kollektorning sharqiy tomoni bo‘ylab 357 metr masofaga shimol tomonga yoyilgan.
5-yer uchastkasi:
1-boshlang‘ich nuqta avtoyo‘lning boshqa avtoyo‘l bilan tutash, avtoyo‘lning ajralish joyidan g‘arb tomonga qarab 434 metrlik masofada joylashgan vino zavodi tomonda, M-34 avtoyo‘ldan chiquvchi avtoyo‘lning shimol tomonida joylashgan.
1-nuqtadan chegara 2-nuqtagacha, dala yo‘liga tutash joygacha avtoyo‘lning sharqiy tomoni bo‘ylab shimol yo‘nalishida 250 metr masofaga davom etadi.
2-nuqtadan chegara 3-nuqtagacha, dala yo‘lining janub tomoni bo‘ylab sharqiy yo‘nalishda 80 metr masofaga davom etadi.
3-nuqtadan chegara 4-nuqtagacha vino zavodi tomonga yo‘nalgan M-34 avtoyo‘ldan chiquvchi avtoyo‘lga tutash joyda quruq yer bo‘ylab shimoliy yo‘nalish bo‘yicha 250 metr davom etadi.
4-nuqtadan chegara 1-nuqtagacha, vino zavodiga yo‘nalgan M-34 avtoyo‘ldan chiquvchi shimoliy avtoyo‘l bo‘ylab g‘arbiy yo‘nalish bo‘yicha 80 metr davom etadi.
6-yer uchastkasi (Mirzaobod tumanida)
1-boshlang‘ich nuqta A-373 avtomobil yo‘lining u kollektor bilan kesishgan joyida g‘arb tomonidan Oqoltin aholi punktiga olib boruvchi avtomobil yo‘lining g‘arb tomonida Oqoltin aholi punktining janubiy-g‘arbiy chet burchagida joylashgan.
1-nuqtadan chegara 2-nuqtagacha, quruq yer bo‘ylab janubiy yo‘nalishda 75 metr davom etadi.
2-nuqtadan chegara 3-nuqtagacha, quruq yer bo‘ylab g‘arbiy yo‘nalishda 192 metr davom etadi.
3-nuqtadan chegara 4-nuqtagacha, quruq yer bo‘ylab janubiy yo‘nalishda 54 metr davom etadi.
4-nuqtadan chegara ferma devorlari bo‘ylab sug‘orish joyiga tutash 5-nuqtagacha g‘arbiy yo‘nalishda 219 metr davom etadi.
5-nuqtadan chegara sug‘orish joyining sharqiy qirg‘og‘i bo‘ylab 6-nuqtagacha Oqoltin aholi yashash punktiga yo‘nalgan A-373 avtomobil yo‘lidan keluvchi avtoyo‘lga tutash shimoliy yo‘nalish bo‘ylab 181 metr davom etadi.
6-nuqtadan chegara Oqoltin aholi punktiga yo‘nalgan A-373 avtomobil yo‘lidan keluvchi 1-nuqtagacha Oqoltin aholi punktiga yo‘nalgan A-373 avtomobil yo‘lidan keluvchi avtoyo‘lning janubiy cheti bo‘ylab sharqiy yo‘nalish bo‘yicha 410 metr davom etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 179-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2022-y., 09/22/179/0301-son)
6. “Bo‘stonliq-farm” EIZ tarkibiga kiruvchi hududlar chegarasi ta’rifi:
1-boshlang‘ich nuqta namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joylar egallagan hudud tugashgan Soyliq chorvachilik fermasi avtomobil yo‘lining shimoliy tomonida Bo‘stonliq tumanining Soyliq aholi yashash punkti markazidan 1 746 metr masofada joylashgan.
1-nuqtadan chegara yakka tartibdagi namunaviy loyihalar bo‘yicha qurilgan uy-joylar bo‘ylab 2-nuqtagacha shimoliy yo‘nalishga qarab 226 metr davom etadi.
2-nuqtadan chegara 3-nuqtagacha quruq yer bo‘ylab shimoliy yo‘nalishga qarab 1 931 metr davom etadi.
3-nuqtadan chegara Qoraqiya soyini kesib o‘tgan holda 4-nuqtagacha sharqiy yo‘nalish bo‘ylab 226 metr davom etadi.
4-nuqtadan chegara Qoraqiya soyining sharqiy yo‘nalishi bo‘ylab 5-nuqtagacha janubiy yo‘nalishda 2 372 metr davom etadi.
5-nuqtadan chegara Soyliq chorvachilik fermasi yo‘lining shimoliy tomoni bo‘ylab g‘arbiy yo‘nalishda 448 metr davom etadi.
7. “Parkent-farm” EIZ tarkibiga kiruvchi hududlar chegarasi ta’rifi:
1-boshlang‘ich nuqta Qoraqalpoq aholi yashash punktining shimoliy-sharqidagi “Hamdam” kanalining chap qirg‘og‘i bilan kesishuvchi dala yo‘lining kesishmasida joylashgan.
1-nuqtadan chegara “Obit ota” fermer xo‘jaligining fermasi hududiga tutash joydagi 2-nuqtagacha quruq yer bo‘ylab sharqiy yo‘nalishda 548 metr masofaga davom etadi.
2-nuqtadan chegara dala yo‘li kesishishidagi 3-nuqtagacha “Obit ota” fermer xo‘jaligi fermasi hududi bo‘ylab janubiy yo‘nalishda 143 metr masofaga davom etadi.
3-nuqtadan chegara “Hamdam” kanaliga tutash joydagi 4-nuqtagacha dala yo‘lining shimoliy tomoni bo‘ylab g‘arbiy yo‘nalishda 674 metr masofaga davom etadi.
4-nuqtadan chegara 1-nuqtagacha “Hamdam” kanalining chap qirg‘og‘i bo‘ylab shimoliy yo‘nalishda 500 metr masofaga davom etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
2-yer uchastkasi:
1-boshlang‘ich nuqta “Qoraqalpoq” aholi yashash punktining sharqidagi “Hamdam” kanalining ichki irmog‘i(ariq)ning chap qirg‘og‘i bilan kesishuvchi ichki ko‘chaning kesishmasida joylashgan.
1-nuqtadan chegara “Qoraqalpoq” aholi yashash punktining sharqidagi ichki ko‘chaning tutash joyidagi 2-nuqtagacha quruq yer bo‘ylab shimoliy yo‘nalishda 447 metr masofaga davom etadi.
2-nuqtadan chegara aholi yashash punktining boshlanish joyidan 3-nuqtagacha quruq yer bo‘ylab shimoliy yo‘nalishda 240 metr masofaga davom etadi.
3-nuqtadan chegara ajratilayotgan yer maydonining o‘rta joydagi 4-nuqtagacha quruq yer maydoni bo‘ylab janubiy yo‘nalishda 330 metr masofaga davom etadi.
4-nuqtadan chegara 5-nuqtagacha “Qoraqalpoq” aholi yashash punktining sharqiy yo‘nalishda 317 metr masofaga davom etadi.
5-nuqtadan chegara 6-nuqtagacha ichki sug‘orish tarmog‘ining g‘arbiy yo‘nalishda 335 metr masofaga davom etadi.
6-nuqtadan chegara 7-nuqtagacha tuman zaxira yer maydonining shimoliy yo‘nalishda 208 metr masofaga davom etadi.
7-nuqtadan chegara 1-nuqtagacha Ichki sug‘orish tarmog‘ining Shimoliy yo‘nalishda 142 metr masofaga davom etadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-yanvardagi 29-son qaroriga
5-ILOVA
5-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
3. Vazirlar Mahkamasining ““Angren” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 29-maydagi 146-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 21-son, 243-modda):
a) 2-bandning ikkinchi xatboshida “Erkin iqtisodiy zonalar Ma’muriy kengashi” so‘zlari “Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 3-bandda:
to‘rtinchi xatboshida “erkin iqtisodiy zonalar Ma’muriy kengashi” so‘zlari “Toshkent viloyatining erkin iqtisodiy zonalari va kichik sanoat zonalari Ma’muriy kengashi” (keyingi o‘rinlarda Ma’muriy kengash deb ataladi)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
beshinchi va oltinchi xatboshilardan “erkin iqtisodiy zonalar” so‘zlari chiqarib tashlansin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-iyuldagi 213-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-yil, 29-son, 331-modda) bilan tasdiqlangan “Angren” erkin iqtisodiy zona Direksiyasi” unitar korxonasi Ustavida:
a) 11-bandning “3” kichik bandida “Erkin iqtisodiy zonalar Ma’muriy kengashi” so‘zlari “Toshkent viloyati erkin iqtisodiy zonalari va kichik sanoat zonalari Ma’muriy kengashi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 13-bandda “Ma’muriy kengashi” so‘zlari “Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi” (keyingi o‘rinlarda Respublika kengashi deb ataladi)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 15-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“15. Respublika kengashi Direksiya faoliyatiga rahbarlik qiladi va nazoratni amalga oshiradi.
“Angren” EIZ mustaqil budjeti va “Angren” EIZni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish Ma’muriy kengash tomonidan amalga oshiriladi”;
g) 18, 21, 30, 38 va 39-bandlarda “Ma’muriy kengash” so‘zlari tegishli kelishikda “Respublika kengashi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 15-maydagi 130-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 5-son, 30-modda):
a) 2-bandning ikkinchi xatboshida “Erkin iqtisodiy zonalar Ma’muriy kengashi” so‘zlari “Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi” (keyingi o‘rinlarda Respublika kengashi deb ataladi)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 3-bandda:
to‘rtinchi xatboshida “erkin iqtisodiy zonalar Ma’muriy kengashi” so‘zlari “Jizzax viloyati erkin iqtisodiy zonalari va kichik sanoat zonalari Ma’muriy kengashi (keyingi o‘rinlarda Ma’muriy kengash deb ataladi)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
beshinchi va oltinchi xatboshilarda “erkin iqtisodiy zonalar Ma’muriy kengashi” va “Erkin iqtisodiy zonalar Ma’muriy kengashiga” so‘zlari tegishli ravishda “Ma’muriy kengash” va “Ma’muriy kengashga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 3-ilovada:
11-bandning to‘rtinchi xatboshida “Erkin iqtisodiy zonalar Ma’muriy kengashi” so‘zlari “Jizzax viloyati erkin iqtisodiy zonalari va kichik sanoat zonalari Ma’muriy kengashi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
13-bandda “Ma’muriy kengashi” so‘zlari “Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi” (keyingi o‘rinlarda Respublika kengashi deb ataladi)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
15-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“15. Respublika kengashi Direksiya faoliyatiga rahbarlik qiladi va nazoratni amalga oshiradi.
“Jizzax” EIZ mustaqil budjeti va “Jizzax” EIZni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish Ma’muriy kengash tomonidan amalga oshiriladi”;
18, 21, 30, 38 va 39-bandlarda “Ma’muriy kengash” so‘zlari tegishli kelishikda “Respublika kengashi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 5-ilovaga berilgan havolada “Erkin iqtisodiy zonalar Ma’muriy kengashi” so‘zlari “Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
7. Vazirlar Mahkamasining “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 10-apreldagi 196-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 4-son, 43-modda):
a) 2-bandning ikkinchi va to‘rtinchi xatboshilari chiqarib tashlansin;
b) 3-bandning ikkinchi xatboshida “Erkin iqtisodiy zonalar Ma’muriy kengashiga” so‘zlari “Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashiga (keyingi o‘rinlarda Respublika kengashi deb ataladi)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 5-bandda:
uchinchi xatboshida “Erkin iqtisodiy zonalar Ma’muriy kengashining” so‘zlari “Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashlarining (keyingi o‘rinlarda ma’muriy kengashlar deb ataladi)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshida “erkin iqtisodiy zonalar Ma’muriy kengashining” so‘zlari “Ma’muriy kengashning” so‘zlari bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshida “erkin iqtisodiy zonalar Ma’muriy kengashiga” so‘zlari “Ma’muriy kengashga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 2-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
d) 3-ilovada:
4-bandga quyidagi mazmundagi “g” kichik band qo‘shilsin:
“g) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 25-oktabrdagi PQ-3356-son qarorining 7-bandi bilan soliqlar haqidagi qonunlar o‘zgarganda erkin iqtisodiy zonalarning ishtirokchilari soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha ular ro‘yxatdan o‘tkazilgan sanada amal qilgan norma va qoidalarni qo‘llashga haqli ekanligi, aksiz solig‘i olinadigan tovarlarga soliq solishni tartibga soluvchi hujjatlarning normalari va qoidalari bundan mustasno ekanligi belgilangan”;
6-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar qo‘shilsin:
“Bunda foyda solig‘i va yagona soliq to‘lovi bo‘yicha imtiyozlarning amal qilish muddati EIZ hududida ishlab chiqarish obyekti foydalanishga qabul qilingan sanadan boshlab hisoblanadi.
Tadbirkorlik subyekti EIZ ishtirokchisi maqomidan mahrum bo‘lganda, u EIZ ishtirokchisi maqomidan mahrum qilingan oydan keyingi oyning 1-kunidan EIZ ishtirokchilariga berilgan imtiyozlar va preferensiyalardan foydalanmaydi”;
11-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“11. Direksiya xo‘jalik yurituvchi subyekt joylashgan joydagi davlat soliq xizmati organlariga xabardor qilish tartibida:
a) xo‘jalik yurituvchi subyekt EIZ ishtirokchisi sifatida ro‘yxatga olingan kundan boshlab bir kun mobaynida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashlari (keyingi o‘rinlarda Ma’muriy kengash deb ataladi) bayonnomasining nusxasini;
EIZ ishtirokchisining guvohnomasi nusxasini;
b) EIZ hududida ishlab chiqarish obyekti foydalanishga qabul qilingan sanadan boshlab bir kun mobaynida qabul qilish komissiyasi dalolatnomasi nusxasini yuboradi”;
e) 4-ilova kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
j) 5-ilovaga berilgan havolada “Erkin iqtisodiy zonalar Ma’muriy kengashi” so‘zlari “Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
z) 6-ilovada:
11-bandning to‘rtinchi xatboshida “Erkin iqtisodiy zonalar Ma’muriy kengashi” so‘zlari “Samarqand viloyati erkin iqtisodiy zonalari va kichik sanoat zonalari Ma’muriy kengashi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
13-bandda “Ma’muriy kengashga” so‘zlari “Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashiga (keyingi o‘rinlarda Respublika kengashi deb ataladi)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
15 va 16-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“15. Respublika kengashi Direksiya faoliyatiga rahbarlik qiladi va nazoratni amalga oshiradi.
“Urgut” EIZ mustaqil budjeti va “Urgut” EIZni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish “Ma’muriy kengash tomonidan amalga oshiriladi;
16. Respublika kengashi vakolatlariga quyidagilar kiradi:
Direksiyaning “Urgut” EIZni rivojlantirish bo‘yicha faoliyati strategik vazifalari va yo‘nalishlarini belgilash;
Direksiyaning moliya-xo‘jalik faoliyatini har chorakda o‘rganishni tashkil qilish;
har chorakda Direksiya faoliyati haqidagi hisobotni eshitish;
Muassis nomidan Direksiya direktorini yollash haqida mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzish va bekor qilish;
Direksiya boshqaruvi apparatining tuzilmasini ma’qullash;
Direksiyaning shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlash;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar”;
18, 21, 30-bandlarda, 32-bandning to‘rtinchi xatboshida, 38 va 39-bandlarda “Ma’muriy kengash” so‘zlari tegishli kelishikda “Respublika kengashi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
i) 7-ilovada:
11-bandning to‘rtinchi xatboshida “Erkin iqtisodiy zonalar Ma’muriy kengashi” so‘zlari “Buxoro viloyatining erkin iqtisodiy zonalari va kichik sanoat zonalari Ma’muriy kengashi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
13-bandda “Ma’muriy kengash” so‘zlari “Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi (keyingi o‘rinlarda Respublika kengashi deb ataladi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
15 va 16-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“15. Respublika kengashi Direksiya faoliyatiga rahbarlik qiladi va nazoratni amalga oshiradi.
“G‘ijduvon” EIZ mustaqil budjeti va “G‘ijduvon” EIZni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish Ma’muriy kengash tomonidan amalga oshiriladi”;
16. Respublika kengashi vakolatlariga quyidagilar kiradi:
Direksiyaning “G‘ijduvon” EIZni rivojlantirish bo‘yicha faoliyati strategik vazifalari va yo‘nalishlarini belgilash;
Direksiyaning moliya-xo‘jalik faoliyatini har chorakda o‘rganishni tashkil qilish;
har chorakda Direksiya faoliyati haqidagi hisobotni eshitish;
Muassis nomidan Direksiya direktorini yollash haqida mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzish va bekor qilish;
Direksiya boshqaruvi apparatining tuzilmasini ma’qullash;
Direksiyaning shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlash;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar”;
18, 21, 30-bandlarda, 32-bandning to‘rtinchi xatboshida, 38 va 39-bandlarda “Ma’muriy kengash” so‘zlari tegishli kelishikda “Respublika kengashi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
k) 8-ilovada:
11-bandning to‘rtinchi xatboshida “Erkin iqtisodiy zonalar Ma’muriy kengashi” so‘zlari “Farg‘ona viloyatining erkin iqtisodiy zonalari va kichik sanoat zonalari Ma’muriy kengashi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
13-bandda “Ma’muriy kengashga” so‘zlari “Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashiga (keyingi o‘rinlarda Respublika kengashi deb ataladi)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
15 va 16-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“15. Respublika kengashi Direksiya faoliyatiga rahbarlik qiladi va nazoratni amalga oshiradi.
“Qo‘qon” EIZ mustaqil budjeti va “Qo‘qon” EIZni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish Ma’muriy kengash tomonidan amalga oshiriladi;
16. Respublika kengashi vakolatlariga quyidagilar kiradi:
Direksiyaning “Qo‘qon” EIZni rivojlantirish bo‘yicha faoliyati strategik vazifalari va yo‘nalishlarini belgilash;
Direksiyaning moliya-xo‘jalik faoliyatini har chorakda o‘rganishni tashkil qilish;
har chorakda Direksiya faoliyati haqidagi hisobotni eshitish;
Muassis nomidan Direksiya direktorini yollash haqida mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzish va bekor qilish;
Direksiya boshqaruvi apparatining tuzilmasini ma’qullash;
Direksiyaning shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlash;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar”;
18, 21, 30-bandlarda, 32-bandning to‘rtinchi xatboshida, 38 va 39-bandlarda “Ma’muriy kengash” so‘zlari tegishli kelishikda “Respublika kengashi” so‘zlari bilan almashtirilsin”;
l) 9-ilovada:
11-bandning to‘rtinchi xatboshida “Erkin iqtisodiy zonalar Ma’muriy kengashi” so‘zlari “Xorazm viloyatining erkin iqtisodiy zonalari va kichik sanoat zonalari Ma’muriy kengashi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
13-bandda “Ma’muriy kengashga” so‘zlari “Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashiga (keyingi o‘rinlarda Respublika kengashi deb ataladi)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
15 va 16-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“15. Respublika kengashi Direksiya faoliyatiga rahbarlik qiladi va nazoratni amalga oshiradi.
“Hazorasp” EIZ mustaqil budjeti va “Hazorasp” EIZni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish Ma’muriy kengash tomonidan amalga oshiriladi;
16. Respublika kengashi vakolatlariga quyidagilar kiradi:
Direksiyaning “Hazorasp” EIZni rivojlantirish bo‘yicha faoliyati strategik vazifalari va yo‘nalishlarini belgilash;
Direksiyaning moliya-xo‘jalik faoliyatini har chorakda o‘rganishni tashkil qilish;
har chorakda Direksiya faoliyati haqidagi hisobotni eshitish;
Muassis nomidan Direksiya direktorini yollash haqida mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzish va bekor qilish;
Direksiya boshqaruvi apparatining tuzilmasini ma’qullash;
Direksiyaning shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlash;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar”;
18, 21, 30-bandlarda, 32-bandning to‘rtinchi xatboshida, 38 va 39-bandlarda “Ma’muriy kengash” so‘zlari tegishli kelishikda “Respublika kengashi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
8. Vazirlar Mahkamasining “2017 — 2019-yillarda “Urgut”, “G‘ijduvon”, “Qo‘qon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalarining transport, ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalarini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 2-iyundagi 341-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 23-son, 468-modda):
3-bandda:
ikkinchi xatboshida “erkin iqtisodiy zonalar Ma’muriy kengashi” so‘zlari “Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi” (keyingi o‘rinlarda Respublika kengashi deb ataladi)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshida “erkin iqtisodiy zonalar Ma’muriy kengashi” so‘zlari “viloyatlardagi tegishli erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari Respublika kengashlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Vazirlar Mahkamasining “Nukus-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi”, “Zomin-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi”, “Kosonsoy-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi”, “Sirdaryo-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi”, “Bo‘stonliq-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi”, “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonalarining ustavlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2017-yil 25-iyuldagi 542-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 18-son, 741-modda):
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 179-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2022-y., 09/22/179/0301-son)
a) 1-bandning ikkinchi xatboshida “Erkin iqtisodiy zonalar Ma’muriy kengashiga” so‘zlari “Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashiga” (keyingi o‘rinlarda Respublika kengashi deb ataladi)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovadan izoh chiqarib tashlansin;
v) 2-ilovada:
11-bandning to‘rtinchi xatboshida “Erkin iqtisodiy zonalar Ma’muriy kengashi” so‘zlari “Qoraqalpog‘iston Respublikasining erkin iqtisodiy zonalari va kichik sanoat zonalari Ma’muriy kengashi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
13-bandda “Ma’muriy kengashga” so‘zlari “Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashiga (keyingi o‘rinlarda Respublika kengashi deb ataladi)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
15 va 16-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“15. Respublika kengashi Direksiya faoliyatiga rahbarlik qiladi va nazoratni amalga oshiradi.
“Nukus-farm” EIZ mustaqil budjeti va “Nukus-farm” EIZni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish Ma’muriy kengash tomonidan amalga oshiriladi;
16. Respublika kengashi vakolatlariga quyidagilar kiradi:
Direksiyaning “Nukus-farm” EIZni rivojlantirish bo‘yicha faoliyati strategik vazifalari va yo‘nalishlarini belgilash;
Direksiyaning moliya-xo‘jalik faoliyatini har chorakda o‘rganishni tashkil qilish;
har chorakda Direksiya faoliyati haqidagi hisobotni eshitish;
Muassis nomidan Direksiya direktorini yollash haqida mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzish va bekor qilish;
Direksiya boshqaruvi apparatining tuzilmasini ma’qullash;
Direksiyaning shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlash;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar”;
18, 21, 30-bandlarda, 32-bandning to‘rtinchi xatboshida, 38 va 39-bandlarda “Ma’muriy kengash” so‘zlari tegishli kelishikda “Respublika kengashi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 3-ilovada:
11-bandning to‘rtinchi xatboshida “Erkin iqtisodiy zonalar Ma’muriy kengashi” so‘zlari “Jizzax viloyatining erkin iqtisodiy zonalari va kichik sanoat zonalari Ma’muriy kengashi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
13-bandda “Ma’muriy kengashga” so‘zlari “Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashiga (keyingi o‘rinlarda Respublika kengashi deb ataladi)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
15 va 16-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“15. Respublika kengashi Direksiya faoliyatiga rahbarlik qiladi va nazoratni amalga oshiradi.
“Zomin-farm” EIZ mustaqil budjeti va “Zomin-farm” EIZni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish Ma’muriy kengash tomonidan amalga oshiriladi;
16. Respublika kengashi vakolatlariga quyidagilar kiradi:
Direksiyaning “Zomin-farm” EIZni rivojlantirish bo‘yicha faoliyati strategik vazifalari va yo‘nalishlarini belgilash;
Direksiyaning moliya-xo‘jalik faoliyatini har chorakda o‘rganishni tashkil qilish;
har chorakda Direksiya faoliyati haqidagi hisobotni eshitish;
Muassis nomidan Direksiya direktorini yollash haqida mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzish va bekor qilish;
Direksiya boshqaruvi apparatining tuzilmasini ma’qullash;
Direksiyaning shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlash;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar”;
18, 21, 30-bandlarda, 32-bandning to‘rtinchi xatboshida, 38 va 39-bandlarda “Ma’muriy kengash” so‘zlari tegishli kelishikda “Respublika kengashi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) 4-ilovada:
11-bandning to‘rtinchi xatboshida “Erkin iqtisodiy zonalar Ma’muriy kengashi” so‘zlari “Namangan viloyatining erkin iqtisodiy zonalari va kichik sanoat zonalari Ma’muriy kengashi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
13-bandda “Ma’muriy kengashga” so‘zlari “Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashiga (keyingi o‘rinlarda Respublika kengashi deb ataladi)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
15 va 16-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“15. Respublika kengashi Direksiya faoliyatiga rahbarlik qiladi va nazoratni amalga oshiradi.
“Kosonsoy-farm” EIZ mustaqil budjeti va “Kosonsoy-farm” EIZni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish Ma’muriy kengash tomonidan amalga oshiriladi;
16. Respublika kengashi vakolatlariga quyidagilar kiradi:
Direksiyaning “Kosonsoy-farm” EIZni rivojlantirish bo‘yicha faoliyati strategik vazifalari va yo‘nalishlarini belgilash;
Direksiyaning moliya-xo‘jalik faoliyatini har chorakda o‘rganishni tashkil qilish;
har chorakda Direksiya faoliyati haqidagi hisobotni eshitish;
Muassis nomidan Direksiya direktorini yollash haqida mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzish va bekor qilish;
Direksiya boshqaruvi apparatining tuzilmasini ma’qullash;
Direksiyaning shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlash;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar”;
18, 21, 30-bandlarda, 32-bandning to‘rtinchi xatboshisida, 38 va 39-bandlarda “Ma’muriy kengash” so‘zlari tegishli kelishikda “Respublika kengashi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
e) 5-ilovada:
11-bandning to‘rtinchi xatboshida “Erkin iqtisodiy zonalar ma’muriy kengashi” so‘zlari “Sirdaryo viloyatining erkin iqtisodiy zonalari va kichik sanoat zonalari Ma’muriy kengashi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
13-bandda “Ma’muriy kengashga” so‘zlari “Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashiga (keyingi o‘rinlarda Respublika kengashi deb ataladi)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
15 va 16-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“15. Respublika kengashi Direksiya faoliyatiga rahbarlik qiladi va nazoratni amalga oshiradi.
“Sirdaryo-farm” EIZ mustaqil budjeti va “Sirdaryo-farm” EIZni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish Ma’muriy kengash tomonidan amalga oshiriladi”;
16. Respublika kengashi vakolatlariga quyidagilar kiradi:
Direksiyaning “Sirdaryo-farm” EIZni rivojlantirish bo‘yicha faoliyati strategik vazifalari va yo‘nalishlarini belgilash;
Direksiyaning moliya-xo‘jalik faoliyatini har chorakda o‘rganishni tashkil qilish;
har chorakda Direksiya faoliyati haqidagi hisobotni eshitish;
Muassis nomidan Direksiya direktorini yollash haqida mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzish va bekor qilish;
Direksiya boshqaruvi apparatining tuzilmasini ma’qullash;
Direksiyaning shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlash;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar”;
18, 21, 30-bandlarda, 32-bandning to‘rtinchi xatboshida, 38 va 39-bandlarda “Ma’muriy kengash” so‘zlari tegishli kelishikda “Respublika kengashi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning “j” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 179-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2022-y., 09/22/179/0301-son)
z) 7-ilovada:
11-bandning to‘rtinchi xatboshida “Erkin iqtisodiy zonalar Ma’muriy kengashi” so‘zlari “Toshkent viloyatining erkin iqtisodiy zonalari va kichik sanoat zonalari Ma’muriy kengashi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
13-bandda “Ma’muriy kengashga” so‘zlari “Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashiga (keyingi o‘rinlarda Respublika kengashi deb ataladi)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
15 va 16-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“15. Respublika kengashi Direksiya faoliyatiga rahbarlik qiladi va nazoratni amalga oshiradi.
“Bo‘stonliq-farm” EIZ mustaqil budjeti va “Bo‘stonliq-farm” EIZni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish Ma’muriy kengash tomonidan amalga oshiriladi;
16. Respublika kengashi vakolatlariga quyidagilar kiradi:
Direksiyaning “Bo‘stonliq-farm” EIZni rivojlantirish bo‘yicha faoliyati strategik vazifalari va yo‘nalishlarini belgilash;
Direksiyaning moliya-xo‘jalik faoliyatini har chorakda o‘rganishni tashkil qilish;
har chorakda Direksiya faoliyati haqidagi hisobotni eshitish;
Muassis nomidan Direksiya direktorini yollash haqida mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzish va bekor qilish;
Direksiya boshqaruvi apparatining tuzilmasini ma’qullash;
Direksiyaning shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlash;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar”;
18, 21, 30-bandlarda, 32-bandning to‘rtinchi xatboshida, 38 va 39-bandlarda “Ma’muriy kengash” so‘zlari tegishli kelishikda “Respublika kengashi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
i) 8-ilovada:
11-bandning to‘rtinchi xatboshida “Erkin iqtisodiy zonalar ma’muriy kengashi” so‘zlari “Toshkent viloyatining erkin iqtisodiy zonalari va kichik sanoat zonalari Ma’muriy kengashi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
13-bandda “Ma’muriy kengashga” so‘zlari “Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashiga (keyingi o‘rinlarda Respublika kengashi deb ataladi)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
15 va 16-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“15. Respublika kengashi Direksiya faoliyatiga rahbarlik qiladi va nazoratni amalga oshiradi.
“Parkent-farm” EIZ mustaqil budjeti va “Parkent-farm” EIZni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish Ma’muriy kengash tomonidan amalga oshiriladi;
16. Respublika kengashi vakolatlariga quyidagilar kiradi:
Direksiyaning “Parkent-farm” EIZni rivojlantirish bo‘yicha faoliyati strategik vazifalari va yo‘nalishlarini belgilash;
Direksiyaning moliya-xo‘jalik faoliyatini har chorakda o‘rganishni tashkil qilish;
har chorakda Direksiya faoliyati haqidagi hisobotni eshitish;
Muassis nomidan Direksiya direktorini yollash haqida mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzish va bekor qilish;
Direksiya boshqaruvi apparatining tuzilmasini ma’qullash;
Direksiyaning shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlash;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar”;
18, 21, 30-bandlarda, 32-bandning to‘rtinchi xatboshida, 38 va 39-bandlarda “Ma’muriy kengash” so‘zlari tegishli kelishikda “Respublika kengashi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-yanvardagi 29-son qaroriga
6-ILOVA
6-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ba’zi qarorlari
RO‘YXATI
2. Vazirlar Mahkamasining “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 29-dekabrdagi 418-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 1-son, 12-modda) 1-bandi ikkinchi xatboshi va qarorga 1-ilova.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2018-y., 09/18/29/0587-son, 21.05.2018-y., 09/18/365/1235-son, 20.08.2018-y., 09/18/677/1781-son; 01.04.2019-y., 09/19/267/2860-son, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son, 22.11.2019-y., 09/19/941/4057-son, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son, 13.04.2022-y., 09/22/179/0301-son; 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)