Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 14.08.2012 yildagi 245-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QIShLOQ XO‘JALIGI TEXNIKASI, MAShINALARI VA ASBOB-USKUNALARINING “UZBEKISTAN AGROTECHMASH EXPO-2012” XALQARO IXTISOSLAShTIRILGAN KO‘RGAZMASINI O‘TKAZIShNI TAShKIL ETISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2012 — 2016-yillarda Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini yanada modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturi to‘g‘risida” 2012-yil 21-maydagi PQ–1758-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek qishloq xo‘jaligini jahon talablariga va standartlariga javob beradigan, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan zamonaviy, yuqori unumli qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologik asbob-uskunalar bilan ta’minlash darajasini tubdan oshirish, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash uchun xorijiy investitsiyalarni, eng avvalo, yetakchi chet el kompaniyalarining to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarini keng jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 21-maydagi PQ–1758-son qarori bilan tashkil etilgan Idoralararo komissiyaning (keyingi o‘rinlarda Idoralararo komissiya deb ataladi), O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining “O‘zekspomarkaz” Milliy ko‘rgazma markazining ko‘rgazma maydonlari negizida 2012-yil 10-oktabrdan 12-oktabrgacha Qishloq xo‘jaligi texnikasi, mashinalari va asbob-uskunalarining “Uzbekistan AGROTECHMASH EXPO-2012” xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmasini (keyingi o‘rinlarda ko‘rgazma deb ataladi) o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi texnikasi, mashinalari va asbob-uskunalarining “Uzbekistan AGROTECHMASH EXPO-2012” xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmasini o‘tkazishning tematik rejasi 1-ilovaga muvofiq*;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har kunlik tematik seminarlarni o‘tkazishning namunaviy ssenariysi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 2-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qo‘yilsinki, “O‘zekspomarkaz” Milliy ko‘rgazma markazining ko‘rgazma maydonlari ishtirokchilarga 3-ilovaga* muvofiq imtiyozli shartlarda beriladi, ko‘rgazma stendlarini qurish va qo‘shimcha ko‘rgazma uskunalarini taqdim etish va xizmatlar ko‘rsatish belgilangan normativlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi mahalliy davlat hokimiyati organlari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari, agrofirmalar va fermer xo‘jaliklari rahbarlarining ko‘rgazmaga tashrifini ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Idoralararo komissiya O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda yetakchi qishloq xo‘jaligi texnikasi, mashinalari va asbob-uskunalari ishlab chiqaruvchilarni, shu jumladan mahalliy ishlab chiqaruvchilarni ko‘rgazmada qatnashishga jalb etish yuzasidan faol reklama-axborot ishlarini va tashkiliy ishlarni amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi rezidentlariga ko‘rgazmada tuzilgan kontraktlar bo‘yicha qishloq xo‘jaligi texnikasi, mashinalari va asbob-uskunalarini tender savdolari o‘tkazmasdan xarid qilishga istisno tariqasida ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda ko‘rgazmaning sifatli o‘tkazilishini va ko‘rgazma doirasida tuzilgan kontraktlarning ro‘yxatga olinishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Idoralararo komissiya O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan birgalikda ko‘rgazma natijalariga ko‘ra ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligiga yetkazib berish uchun eng yaxshi jahon namunalariga mos keladigan hamda xalqaro talablar va standartlarga javob beradigan texnikaning zamonaviy va yuqori unumli turlarini tanlab olish yuzasidan 2012-yil 31-oktabrgacha bo‘lgan muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda qishloq xo‘jaligi mashinasozligi korxonalarining buyurtmanomalariga ko‘ra ko‘rgazmaning xorijiy ishtirokchilariga kirish vizalarining konsullik yig‘imlari va boshqa yig‘imlar undirmasdan tezkorlik bilan rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ko‘rgazma o‘tkaziladigan, shuningdek ko‘rgazma ishtirokchilari yashaydigan joylarda jamoat tartibi va yong‘in xavfsizligini to‘lov undirmasdan ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Toshkent” aeroportida ko‘rgazma ishtirokchilarini kutib olishni va kuzatib qo‘yishni, ularga transport xizmati ko‘rsatishni tashkil etish bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan shtabning ishlari muvofiqlashtirilishini ta’minlasin, uning zarur miqdorda tashkiliy texnika va aloqa vositalari bilan jihozlashni nazarda tutsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘rgazma ishtirokchilariga manfaatdor vazirliklar va idoralarning o‘z vaqtida taqdim etilgan buyurtmanomalariga ko‘ra aviachiptalar band qilib qo‘yilishini va sotilishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Toshkent” aeroportida ko‘rgazma ishtirokchilariga CIP zali orqali xizmat ko‘rsatilishini, shuningdek ko‘rgazma yuklarining yuklab-tushirilishini to‘lov undirmasdan ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aeroport binosi xonalarining ko‘rgazmani tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tomonidan taqdim etilgan ko‘rgazma reklamalari bilan bezatilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, ko‘rgazmada ishtirok etadigan qishloq xo‘jaligi mashinasozligi korxonalarining buyurtmanomalariga ko‘ra ko‘rgazmaga yuborilayotgan ko‘rgazma yuklarining belgilangan stavkalarning kamida 30 foizi miqdorida chegirma bilan maxsus imtiyozli tariflar bo‘yicha tashilishini, to‘lov undirmasdan yuklarning belgilangan manzilga yetkazib berilishi va ko‘rgazmaga temir yo‘lda olib kelinayotgan yuklarni tushirish uchun vagonlarning o‘z vaqtida qo‘yilishi tezkor kuzatib turilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi va O‘zbekiston Milliy axborot agentligi ko‘rgazma ishlarining ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari U.U.Rozuqulov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 14-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
245-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 33-34-son, 392-modda)