ILOVA
| T/r |
Tadbirlar nomi |
Ishlab chiqiladigan hujjat shakli, amalga oshirish mexanizmi |
Bajarish muddati |
Mas’ullar | |
|
vazirliklar, idoralar, korxonalar |
Vazirlar Mahkamasining ATD | ||||
| I. Qishloq xo‘jaligi texnikasi parkini yangilash va kengaytirish, qishloq xo‘jaligini yangi, zamonaviy yuqori unumli va resurslarni tejovchi texnika bilan ta’minlash | |||||
| 1.1 |
Foydalanilayotgan qishloq xo‘jaligi texnikasining, shu jumladan o‘ziyurar mashinalarning agrotexnika tadbirlarini amalga oshirishga tayyorligi va yaroqliligini mustaqil ekspertizadan (texnik ko‘rikdan) o‘tkazish tizimini yaratish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 6-yanvardagi 8-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Mashina va asbob-uskunalarning texnik holatini nazorat qilish davlat bosh inspeksiyasi to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish |
2012-yil 1-oktabr | Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zdavtexnazorat” inspeksiyasi, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi | Qishloq xo‘jaligi ATD, Mashinasozlik ATD |
| 1.2. |
O‘zbekiston davlat qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatsiyalash va sinash markazini “O‘zagromashservis” uyushmasi tarkibidan chiqargan holda Vazirlar Mahkamasining Mashinasozlik, elektrotexnika va aviatsiya sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksi tarkibiga kiritish. |
Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini mustaqil sertifikatlash va sinashning yagona tizimini yaratishni hamda O‘zbekiston davlat qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatsiyalash va sinash markazi faoliyatini budjet mablag‘lari hisobiga moliyalashtirishni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. |
2012-yil 1-oktabr | Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zagromashservis” uyushmasi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi | Mashinasozlik ATD, Qishloq xo‘jaligi ATD |
| 1.3. |
Qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalanishning cheklangan normativ muddatlarini belgilash va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, qishloq xo‘jaligi texnikasi parkini yangilashni rag‘batlantirishning qo‘shimcha mexanizmlarini joriy etish. |
Qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalanishning cheklangan normativ muddatlarini belgilash va qishloq xo‘jaligi texnikasi parkini yangilashni rag‘batlantirishning qo‘shimcha mexanizmlari bo‘yicha takliflar |
2012-yil 1-oktabr | Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi korxonalari | Qishloq xo‘jaligi ATD, Mashinasozlik ATD, Yig‘ma ATD |
| 1.4. |
Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari bo‘yicha yangi zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnologiyalarini hisobga olgan holda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetish�irish bo‘yicha namunaviy texnologik xaritalarga tuzatish kiritish. |
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hay’ati qarori. Yangi namunaviy texnologik xaritalarni Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi bilan kelishish. |
2013-yil 1-mart | Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi | Qishloq xo‘jaligi ATD |
| 1.5. |
Qishloq xo‘jaligi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlarini bajarishda yuqori unumli melioratsiya texnikasiga o‘rtacha tarmoq xarajatlarini aks ettiruvchi normalarni ishlab chiqish. |
Shaharsozlik normalari va qoidalari (ShNQ) |
2013-yil 1-aprel | “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasini boshqarish departamenti | Kommunal soha ATD, Qishloq xo‘jaligi ATD, Yig‘ma ATD |
| 1.6. |
Traktorlarning yangi turlarini va qishloq xo‘jaligi mashinalarining tegishli shleyflarini joriy etish bo‘yicha kompleks loyihalarni ishlab chiqish, respublikaning ilmiy, konstruktorlik va ishlab chiqarish salohiyatini integratsiyalash yo‘li bilan yagona tajriba-eksperiment bazani yaratish. |
2013 — 2015-yillarda Qishloq xo‘jaligi ekinlari yetishtirishning yangi resurslarni tejaydigan texnologiyalarni va ularni amalga oshiruvchi texnik vositalarni yaratish bo‘yicha davlat ilmiy-texnik dasturlarini tasdiqlash to‘g‘risida Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi hay’atlarining qo‘shma qarori |
2013-yil 1 fevra� | Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi korxonalari | Qishloq xo‘jaligi ATD, Madaniyat, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari axborot-tahlil departamenti, Mashinasozlik ATD |
| 1.7. |
Qoraqalpog‘iston Respublikasida va har bir viloyatda: |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimlarining qarorlari. Loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqish, moliyaviy tuzilmalar (banklar, jamg‘armalar) va MFEIning moliyaviy mablag‘larini, shu jumladan grantlar shaklidagi mablag‘larini jalb etish, loyihalarni bevosita Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari va qishloq xo‘jaligi mashinasozligi korxonalarining nazorati ostida amalga oshirish. |
2012-2013-yillar | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi korxonalari | Qishloq xo‘jaligi ATD, Yig‘ma ATD, Mashinasozlik ATD |
| II. Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi korxonalarini modernizatsiya qilish va texnik jihatdan qayta jihozlash, qishloq xo‘jaligi texnikasining yangi turlari ishlab chiqarilishini tayyorlash | |||||
| 2.1. |
2012 — 2016-yillarda Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini yanada modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturini amalga oshirish doirasida qishloq xo‘jaligida joriy etish nazarda tutilgan texnikaning yangi turlariga qo‘yiladigan texnik talablarni ishlab chiqish. |
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining texnik talablarni tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori (buyrug‘i). Ishlab chiqarishni tashkil etish uchun qishloq xo‘jaligi mashinasozligi korxonalariga texnik talablar qo‘yish |
2012-yil 1-oktabr | Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi korxonalari | Qishloq xo‘jaligi ATD, Yig‘ma ATD, Mashinasozlik ATD |
| 2.2. |
Qabul qilish, sinovlar o‘tkazish va ishonchlilik yuzasidan xalqaro, davlatlararo standartlarga muvofiq 2012 — 2016-yillarda Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini yanada modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturini amalga oshirish doirasida qishloq xo‘jaligida joriy etish nazarda tutilgan texnikaning yangi turlariga qo‘yiladigan texnik topshiriqlarni (zaruriyat bo‘lganda) va texnik shartlarni ishlab chiqish. |
Texnik topshiriqlar va texnik shartlarni ishlab chiqish va tasdiqlash bo‘yicha tadbirlarni loyihalarni amalga oshirishning tarmoq jadvallariga kiritish. |
Loyihalarni amalga oshirishning tarmoq jadvallariga muvofiq | Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zagromashservis” uyushmasi (O‘zbekiston davlat qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatsiyalash va sinash markazi), “O‘zstandart” agentligi, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi korxonalari | Qishloq xo‘jaligi ATD, Mashinasozlik ATD |
| 2.3. |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2012 — 2016-yillarda Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini yanada modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturi to‘g‘risida” 2012-yil 21-maydagi PQ–1758-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq jahondagi yetakchi ishlab chiqaruvchilar bilan birga qishloq xo‘jaligi texnikasining yangi turlarini ishlab chiqarishni birgalikda tashkil etilishini ishlab chiqish. |
Salohiyatli xorijiy sheriklar bilan muzokaralar o‘tkazish. Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi korxonalarini modernizatsiyalash va texnologik jihatdan qayta jihozlash bo‘yicha tegishli shartnomaviy bazani rasmiylashtirish va loyihalarni shakllantirish. |
2013-yil 1-iyun | Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi korxonalari, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi | Mashinasozlik ATD, Yig‘ma ATD |
| 2.4. |
Jahondagi yetakchi ishlab chiqaruvchilar bilan birgalikda zamonaviy texnika ishlab chiqarish bo‘yicha investitsiya loyihalari ishlab chiqilishini boshlash. |
Har bir aniq investitsiya loyihasiga bog‘liq holda Hukumat qarorlari loyihalarini ishlab chiqish, ularda investitsiya loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishni ta’minlash uchun zarur huquqiy shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutish. |
2012 — 2016-yillar | Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi korxonalari, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi | Mashinasozlik ATD, Yig‘ma ATD |
| 2.5. |
Ishlab chiqarish quvvatlarini maqbullashtirishni, texnik audit yakunlarini hisobga olgan holda qishloq xo‘jaligi mashinasozligi korxonalarini modernizatsiyalash va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturlarini ishlab chiqish. |
Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi korxonalarini modernizatsiyalash va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturlarini tasdiqlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. | 2013-yil 1-aprel | Iqtisodiyot vazirligi, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi korxonalari | Mashinasozlik ATD, Yig‘ma ATD |
| III. Qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqarish, yetkazib berish va ularga servis xizmati ko‘rsatishni moliyalashtirish tizimini yanada takomillashtirish | |||||
| 3.1. |
“O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” ALKning qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini modernizatsiyalash jarayonlaridagi ishtirokini faollashtirish maqsadida uning ustav kapitalini ko‘paytirish bo‘yicha takliflar kiritish. |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. |
2012-yil 1-oktabr | “O‘zqishloqxo‘jalikmash-lizing” ALK, Moliya vazirligi, “O‘zagromashservis” uyushmasi | Qishloq xo‘jaligi ATD, Yig‘ma ATD |
| 3.2. |
TN TIF kodlari yagona guruhi bo‘yicha qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikasini industrial ishlab chiqarishda maqsadli foydalanish uchun materiallar va butlovchi buyumlarni olib kirishda bojxona to‘lovlari stavkalarini ularni kamaytirish tomonga qayta ko‘rib chiqish, shuningdek vakolatli organda (O‘zbekiston davlat qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatsiyalash va sinash markazida) davlat sinovlaridan o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasiga (“vaqtincha olib kirish” rejimida) olib kiriladigan qishloq xo‘jaligi texnikasini davriy bojxona to‘lovlari to‘lashdan ozod qilish bo‘yicha takliflar kiritish. |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. | 2012-yil 1-noyabr | Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi korxonalari | Yig‘ma ATD, Mashinasozlik ATD |
| 3.3. |
Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi korxonalarini metall prokati va xorijda ishlab chiqarilgan boshqa materiallar, butlovchi qismlar bilan bir maromda markazlashgan ta’minotini tashkil etishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida takliflar kiritish. |
Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi. Metall prokati va xorijda ishlab chiqarilgan boshqa materiallar, butlovchi qismlarni bir maromda va o‘z vaqtida yetkazib berishni tashkil etish, yirik buyurtmalarni joylashtirish hisobiga xarajatlarni kamaytirish. | 2012-yil 1-noyabr | Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi korxonalari | Yig‘ma ATD, Mashinasozlik ATD |
| 3.4. |
Etkazib berilgan texnika, unga ehtiyot qismlar, shuningdek mashina-traktor parklari va qishloq xo‘jaligi texnikalarini ta’mirlash va servis xizmatlari ko‘rsatish korxonalari xizmatlari uchun, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi maqsadli jamg‘armalar mablag‘laridan foydalangan holda hisob-kitob qilish tartibini takomillasht�rish hisobiga o‘z vaqtida hisob-kitob qilish yuzasidan mas’uliyat va nazoratni oshirish mexanizmini joriy etish. |
Moliya vazirligi hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining qo‘shma qarori. |
2012-yil 1-sentabr | Moliya vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Adliya vazirligi, “O‘zagromashservis” uyushmasi, “O‘zavtosanoat” AK | Yig‘ma ATD, Qishloq xo‘jaligi ATD, Mashinasozlik ATD |
| IV. Fermer xo‘jaliklari, mashina-traktor parklari va qishloq xo‘jaligi mashinasozligi korxonalariga kadrlar tayyorlash va ularning mutaxassislar malakasini oshirish | |||||
| 4.1. |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va har bir viloyatdagi namunali mashina-traktor parklari negizida: |
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hay’atlarining, “O‘zagromashservis” uyushmasi fermer xo‘jaliklari, “O‘zavtosanoat” AKning qishloq xo‘jaligi texnikalaridan foydalanish va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mashina-traktor parklari mutaxassislarining malakasini oshirish dasturini tasdiqlash yuzasidan qo‘shma qarori |
2012-yil 1-sentabr | Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zagr�mashservis” uyushmasi, “O‘zavtosanoat” AK, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari | Qishloq xo‘jaligi ATD, Mashinasozlik ATD, Madaniyat, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari axborot-tahlil departamenti, Yig‘ma ATD |
| 4.2. |
Qishloq xo‘jaligi texnikalarining yangi turlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish loyihalarini amalga oshirish doirasida xorijiy sheriklar ishlab chiqarishlarida qishloq xo‘jaligi mashinasozligi korxonalari mutaxassislarining stajirovkalarini tashkil etish. |
Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi korxonalari va xorijiy sheriklar o‘rtasidagi shartnomaviy baza |
2012 — 2016-yillar |
Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi korxonalari, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zagromashservis” uyushmasi, “O‘zavtosanoat” AK | Mashinasozlik ATD |