Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.01.2021 10.07.2012 yildagi 203-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.01.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

TOShKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI HUZURIDA HARBIY-TIBBIYOT FAKULTETINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-yanvardagi 36-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutining ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish jamgʻarmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tibbiy xizmat ofitsyerlari tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tibbiy tarkibi xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tibbiyot mutaxassislari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash markazini hamda Toshkent tibbiyot akademiyasining harbiy kafedrasini qayta oʻzgartirish yoʻli bilan Toshkent tibbiyot akademiyasi huzurida Harbiy-tibbiyot fakulteti (keyingi oʻrinlarda fakultet deb ataladi) tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, fakultet yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan oliy harbiy taʼlim muassasasi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar fakultetning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori intellektual salohiyatga, harbiy tibbiyot sohasida puxta bilimlarga ega, oʻz Vataniga cheksiz sadoqatli, tinch va harbiy davrda qoʻshinlarni tibbiy taʼminlashni samarali tashkil etishga qodir boʻlgan tibbiy xizmatning yuqori malakali ofitsyerlarini tayyorlash;

rezerv va zaxira tibbiy xizmatning tibbiyot boʻlinmalarini murakkab taktik sharoitlarda boshqarishga qodir boʻlgan, qoʻshinlarni tibbiy taʼminlash boʻyicha puxta bilimlarga ega ofitsyerlarini tayyorlash;

harbiy vrachlarning harbiy va kasbiy tayyorgarligi darajasini muntazam oshirishni, maxsus bilimlari va koʻnikmalarini chuqurlashtirish va yangilab borishni, yangi tibbiy texnologiyalarni oʻzlashtirishiga koʻmaklashishni nazarda tutgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tibbiy tarkibi xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boʻlajak tibbiy xizmat ofitsyerlarida yuksak maʼnaviy-axloqiy, psixologik va yetakchilik sifatlarini, vatanparvarlik hamda oʻz Vatanidan va mamlakat Qurolli Kuchlaridan faxrlanish, Oʻzbekiston mustaqilligi gʻoyalariga sadoqat tuygʻularini tarbiyalash, ularda keng dunyoqarashni va intellektual qobiliyatlarni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy tibbiyot sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish, Qurolli Kuchlar tibbiy xizmatining davolash-evakuatsiya, sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi kurashish faoliyatiga zamonaviy innovatsiya texnologiyalarini joriy etishga doir takliflar ishlab chiqish;

qoʻshinlarni tibbiy taʼminlashni tashkil etish, harbiy-tibbiy kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash sohasida oʻquv-metodik adabiyotlarni yaratish va nashr etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mavjud oʻquv-metodik, moddiy-texnik bazani har tomonlama mustahkamlash va takomillashtirish, oʻquv jarayoniga tibbiy xizmat ofitsyerlari tayyorlashning sifat jihatidan yangi darajasini taʼminlaydigan oʻqitishning zamonaviy texnik vositalarini, pedagogik texnologiyalarni joriy etish.

4. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fakultetda tibbiy xizmat ofitsyerlarini tayyorlash “Harbiy tibbiyot” oliy taʼlim yoʻnalishi boʻyicha, Oʻzbekiston Respublikasi oliy tibbiy taʼlim muassasalarining “Davolash ishi” yoʻnalishi boʻyicha oʻqishning toʻrtinchi kursini bitirgan talabalarini ikki yil muddat bilan oʻqitish orqali amalga oshiriladi;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-martdagi 179-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.03.2020-y., 09/20/179/0350-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov asosida harbiy-kasbiy tanlab olishdan oʻtgan va fakultetga qabul qilingan talabalarga Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining oliy harbiy taʼlim muassasasi kursanti maqomi beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fakultetning “Harbiy tibbiyot” yoʻnalishi boʻyicha bitiruvchilariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida harbiy taʼlim tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2005-yil 19-apreldagi F-2193-son farmoyishi bilan belgilangan namunadagi oliy taʼlim toʻgʻrisidagi diplom va “harbiy vrach” malakasi beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fakultetni bitirgan tibbiy xizmat ofitsyerlari kadrlarni qayta tayyorlash tizimida olingan tor ixtisoslikka ega boʻlishgan taqdirda izlanuvchilar sifatida ilmiy ishlar olib borish hamda nomzodlik (doktorlik) dissertatsiyasini himoya qilish huquqiga egadirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy-tibbiyot muassasalari, Toshkent tibbiyot akademiyasining klinika va kafedralari fakultetning asosiy oʻquv bazalari etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi Harbiy-tibbiyot fakultetining tuzilmasi hamda Ustavi 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fakultetning tarkibiy boʻlinmalarini shakllantirish Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining belgilangan shtatlar soni doirasida amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fakultetga rahbarlikni Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanadigan fakultet boshligʻi amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda fakultetni Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy-tibbiyot muassasalarining tayyorgarlikka, qoʻshinlarda amaliy ish tajribasiga ega boʻlgan mutaxassislari, shuningdek mamlakatning yetakchi klinikalari mutaxassislari orasidan professor-oʻqituvchilar va maʼmuriy-boshqaruv xodimlari bilan taʼminlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda taʼlim yoʻnalishi boʻyicha davlat taʼlim standartini va oʻquv rejasini, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining tibbiy tarkibi xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashga davlat talablari ishlab chiqilishini va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanishini taʼminlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fakultetning professor-oʻqituvchilar tarkibi xodimlarining kasbiy darajasini oshirish, fakultetning moddiy-texnik bazasini takomillashtirish, taʼlim fanlari boʻyicha oʻquv-metodik adabiyotlarni yaratish va nashr etish, kursantlarning oʻqishi va yashashi uchun uy-joy-maishiy sharoitlar yaratish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fakultetning ofitser, serjant va oddiy askar tarkiblaridagi kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilari hamda oʻqiyotgan kursantlari Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining tegishli toifalari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan barcha taʼminotlar, kafolatlar va imtiyozlar turlari bilan taʼminlanadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kalendar hisobi boʻyicha kamida oʻn yil xizmat qilgan fakultet bitiruvchilariga xizmatdan boʻshatilish chogʻida oliy taʼlim muassasasidagi oʻqigan vaqti (fakultetga qabul qilingungacha) oʻqishning bir oyini xizmatning bir oyiga hisoblagan holda haqiqiy harbiy xizmat muddatiga qoʻshiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Belgilansinki, fakultet taʼminoti, shu jumladan harbiy xizmatchilarning pul taʼminoti hamda ishchilar va xizmatchilarga, Mudofaa vazirligining harbiy-tibbiyot muassasalari boʻlimlarining yetakchi, bosh tibbiyot mutaxassislari hamda boshliqlari orasidan (qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soatbay ish haqi toʻlash sharti boʻyicha ishlaydigan) shtatsiz oʻqituvchilarga ish haqi toʻlovlari boʻyicha xarajatlar, tanlab olish boʻyicha tanlovlarni, shu jumladan test sinovlarini oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash har yili Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Toshkent tibbiyot akademiyasi professor-oʻqituvchilar tarkibi xodimlariga fakultet kursantlarini oʻqitganlik uchun mehnat haqi har yili Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga “Maorif” sohasi boʻyicha ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Fakultet Toshkent shahar, Ziyolilar koʻchasi, 4-uyga joylashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 10-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
203-son

Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 10-iyuldagi 203-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi Harbiy-tibbiyot fakultetining

tuzilmasi

Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 10-iyuldagi 203 -son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi Harbiy-tibbiyot fakultetining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
USTAVI

I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Ustav “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”, “Taʼlim toʻgʻrisida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi Harbiy-tibbiyot fakulteti (keyingi oʻrinlarda fakultet deb ataladi) faoliyatining huquqiy va tashkiliy asoslarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Fakultet tibbiy xizmat ofitsyerlarini, rezerv va zaxiradagi tibbiy xizmat ofitsyerlarini tayyorlash, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari (keyingi oʻrinlarda Qurolli Kuchlar deb ataladi) tibbiy tarkibi xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash boʻyicha oliy harbiy taʼlim muassasasi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Fakultet oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining umumharbiy ustavlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga va ushbu Ustavga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Fakultet yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida shaxsiy hisob raqamiga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga, muhrlarga, shtampga, oʻz faoliyati uchun zarur boʻlgan boshqa belgilar va rekvizitlarga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Fakultetning joylashgan joyi (pochta manzili): Toshkent shahri, Ziyolilar koʻchasi, 4-uy.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu Ustavda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurolli Kuchlarning tibbiy tarkibi xodimlari — ofitser, serjant va oddiy askar tarkiblarining kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilari hamda Qurolli Kuchlarning tegishli maʼlumot va malakaga ega boʻlgan, Qurolli Kuchlarning harbiy tibbiy muassasalari va harbiy-tibbiy boʻlinmalari tarkibiga kiradigan xizmatchilari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻshinlarni tibbiy taʼminlash — davolash-evakuatsiya, sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi tadbirlar, qoʻshinlarni ommaviy qirgʻin qurolidan himoya qilish boʻyicha tibbiy xizmat tadbirlari, shuningdek qoʻshinlarni tibbiyot mol-mulki bilan taʼminlash tadbirlari kompleksi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy vrach — oliy tibbiy maʼlumotli, haqiqiy harbiy xizmatdagi, vrach sifatida yoki maʼmuriy faoliyat bilan shugʻullanadigan harbiy xizmatchi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rezerv yoki zaxiradagi tibbiy xizmat ofitseri — oliy tibbiy taʼlim muassasalarining oʻquv boʻlinmalarida harbiy tayyorgarlikdan oʻtgan, oʻqitish dasturini oʻzlashtirgan, belgilangan davlat imtihonlarini topshirgan, birlamchi ofitser unvonini olgan shaxs.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Fakultetning asosiy maqsadlari va vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tibbiy xizmat ofitsyerlari, rezerv va zaxira tibbiy xizmat ofitsyerlari tayyorlashning samarali tizimini tashkil etish, Qurolli Kuchlarning tibbiy tarkibi xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, shuningdek harbiy tibbiyot sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish fakultetning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Quyidagilar fakultetning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori intellektual salohiyatga, harbiy tibbiyot sohasida puxta bilimlarga ega, oʻz Vataniga cheksiz sadoqatli, tinch va harbiy davrda qoʻshinlarni tibbiy taʼminlashni samarali tashkil etishga qodir boʻlgan tibbiy xizmatning yuqori malakali ofitsyerlarini tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rezerv va zaxira tibbiy xizmatning tibbiyot boʻlinmalarini murakkab taktik sharoitlarda boshqarishga qodir boʻlgan, qoʻshinlarni tibbiy taʼminlash boʻyicha puxta bilimlarga ega ofitsyerlarini tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurolli Kuchlar tibbiy tarkibi xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, bunda harbiy vrachlarning harbiy va kasbiy tayyorgarligi darajasini muntazam oshirishni, maxsus bilimlari va koʻnikmalarini chuqurlashtirish va yangilab borishni, yangi tibbiy texnologiyalarni oʻzlashtirishga koʻmaklashishni nazarda tutish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boʻlajak tibbiy xizmat ofitsyerlarida yuksak maʼnaviy-axloqiy, psixologik va yetakchilik sifatlarini, vatanparvarlik hamda oʻz Vatanidan va mamlakat Qurolli Kuchlaridan faxrlanish, Oʻzbekiston mustaqilligi gʻoyalariga sadoqat tuygʻularini tarbiyalash, ularda keng dunyoqarashni, intellektual qobiliyatlarni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy tibbiyot sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish, Qurolli Kuchlar tibbiy xizmatining davolash-evakuatsiya, sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi kurashish faoliyatiga zamonaviy innovatsiya texnologiyalarini joriy etishga doir takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻshinlarni tibbiy taʼminlashni tashkil etish, harbiy-tibbiy kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash sohasida oʻquv hamda metodik adabiyotlarni yaratish va nashr etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mavjud oʻquv-metodik, moddiy-texnik bazani har tomonlama mustahkamlash va takomillashtirish, oʻquv jarayoniga tibbiy xizmat ofitsyerlari tayyorlashning sifat jihatidan yangi darajasini taʼminlaydigan oʻqitishning zamonaviy texnik vositalarini, pedagogik texnologiyalarni joriy etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Oʻquv-tarbiyaviy jarayonni va ilmiy-metodik ishlarni tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻquv-tarbiya jarayoni oʻqitishning zamonaviy shakllari va usullaridan, ilgʻor pedagogik, axborot-kommunikatsiya va innovatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda davlat taʼlim standartiga, shuningdek Qurolli Kuchlarning tibbiy tarkibi xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimiga davlat tomonidan qoʻyiladigan talablarga muvofiq ishlab chiqilgan oʻquv rejasi va dasturlar asosida tashkil etiladi va oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Fakultetda ilmiy va metodik ishlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish toʻgʻrisida” 2017-yil 19-maydagi 302-son va “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 22-maydagi 304-son qarorlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-noyabrdagi 898-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2017-y., 09/17/898/0234-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Harbiy stajirovka va kursantlar amaliyotining boshqa turlari Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy qismlarida va harbiy-tibbiyot muassasalarida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Fakultetda kursantlarni oʻqitish oʻquv rejasiga muvofiq ixtisosli fanlar boʻyicha majburiy tartibda davlat imtihonlari topshirish bilan tugallanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Fakultetni tamomlagandan keyin bitiruvchilarga “harbiy vrach” malakasi berilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida harbiy taʼlim tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2005-yil 19-apreldagi F-2193-son farmoyishi bilan belgilangan namunadagi oliy taʼlim toʻgʻrisidagi diplom beriladi. Diplomga ilovada oliy tibbiy taʼlim muassasalari va fakultetdagi butun oʻqish davri uchun barcha fanlar boʻyicha kursant tomonidan olingan reyting ballari aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Fakultetda oʻqitish davlat tilida va rus tilida olib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Fakultetda taʼlim oluvchilar kontingenti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Harbiy vrachlar tayyorlash kurslarining kursantlari, malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari tinglovchilari, shuningdek Toshkent tibbiyot akademiyasi va Toshkent farmatsevtika institutining rezerv va zaxira ofitsyerlari tayyorlash kurslariga qabul qilingan talabalari fakultetda taʼlim oluvchilar kontingenti jumlasiga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Harbiy vrachlar tayyorlash kurslari kursantlari va ularni tanlab olish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Oʻzbekiston Respublikasi oliy tibbiy taʼlim muassasalarining “Davolash ishi” yoʻnalishi boʻyicha oʻqishning toʻrtinchi kursini tamomlagan, tanlov asosida harbiy-kasbiy tanlovdan oʻtgan talabalari fakultet kursantlari etib qabul qilinadilar.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-martdagi 179-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.03.2020-y., 09/20/179/0350-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Fakultetda oʻqish uchun nomzodlarni harbiy-kasbiy tanlab olish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-martdagi 179-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.03.2020-y., 09/20/179/0350-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Har yili Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining buyrugʻi bilan fakultetda oʻqish uchun talabalar orasidan nomzodlarni tanlab olish komissiyasi tarkibi eʼlon qilinadi. Fakultet boshligʻi qabul komissiyasining raisi etib tayinlanadi. Tanlov asosida tanlab olish fakultet bazasida har yili aprel-may oylarida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Quyidagilar nomzodlarni tanlab olishga qoʻyiladigan asosiy talablar hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomzodning fakultetda oʻqishni davom ettirish xohishi toʻgʻrisidagi shaxsiy arizasi (fakultet boshligʻi nomiga beriladi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy harbiy taʼlim muassasasiga oʻqishga kirishga yaroqlilik (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4076-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarda tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi tibbiy komissiyalar tomonidan birlamchi tibbiy koʻrikdan oʻtkazish natijalari, oliy harbiy taʼlim muassasasi huzuridagi harbiy-tibbiy komissiyaning yakuniy tibbiy koʻrikdan oʻtkazish asosida aniqlanadi);
(19-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-martdagi 210-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2019-y., 09/19/210/2757-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomzodning fakultetda oʻqish tamom boʻlgandan keyin besh yil mobaynida Qurolli Kuchlarda harbiy xizmatni oʻtash majburiyati (oʻz qoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri nomiga yozilgan raporti);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
griflangan adabiyotlar va uchinchi shakl boʻyicha buyumlar bilan ishlashga ruxsat berilganligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Nomzodning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildini rasmiylashtirish hamda griflangan adabiyotlar va buyumlar bilan ishlashga ruxsat berish nomzodning fakultetda oʻqishni davom ettirish xohishi toʻgʻrisidagi shaxsiy arizasi berilgan paytdan boshlab nomzod harbiy hisobga olingan joy boʻyicha mudofaa ishlari boʻlimlarida (boshqarmalarida) amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Quyidagilar fakultetda oʻqish uchun nomzodlarni tanlov asosida tanlab olishning asosiy mezonlari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tibbiy tekshiruv natijalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash natijalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) psixologik test sinovi natijalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) umumkasbiy fanlar boʻyicha test sinovlari orqali intellektual qobiliyatlarni baholash natijalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Test sinovlarini Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Test sinovlarini oʻtkazish va tashkil etish tartibi Davlat test markazi tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda belgilanadi, keyinchalik u belgilangan tartibda Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Tanlov asosida tanlab olishni oʻtkazish tartibi va fakultetga qabul qilish mexanizmi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Nomzodlarni fakultetga qabul qilish fakultet boshligʻining Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Kadrlar bosh boshqarmasi bilan kelishilgan buyrugʻi bilan amalga oshiriladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-martdagi 179-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.03.2020-y., 09/20/179/0350-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Fakultet boshligʻining nomzod fakultetga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi buyrugʻidan koʻchirma harbiy xizmatga chaqiriqni rasmiylashtirish uchun nomzod harbiy hisobga olingan joy boʻyicha mudofaa ishlari boʻlimiga (boshqarmasiga) va fakultetga oʻtkazish uchun oliy (tibbiy) taʼlim muassasasi rektori nomiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Kursantlarni kursdan kursga oʻtkazish fakultet boshligʻining buyrugʻi bilan, reyting nazorati va yakuniy nazorat natijalari boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Fakultet kursantlari oʻzlashtirmaslik, intizomsizlik, sogʻligʻining holati boʻyicha (harbiy-tibbiy komissiyaning qarori asosida), shuningdek oʻzlariga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra oʻqishni davom ettirish imkoniyati yoʻqligi munosabati bilan oʻqishdan chetlashtirilishi mumkin (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq).
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-martdagi 179-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.03.2020-y., 09/20/179/0350-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Fakultetdan chetlatilgan kursantlarni oʻqishga tiklash harbiy xizmatchilar uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-martdagi 179-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.03.2020-y., 09/20/179/0350-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari tinglovchilari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Qurolli Kuchlarning harbiy xizmatchilari va tibbiy tarkibi xizmatchilari fakultetning malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari tinglovchilari hisoblanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Kurslarni tinglovchilar bilan butlash, tinglovchilarning huquq va burchlari, shuningdek ularni oʻqishdan chetlashtirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Fakultetning malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari tinglovchilari Mudofaa vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining tibbiyot muassasalari bazasida oʻqitiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Harbiy-tibbiyot fakulteti shtatida ular boʻyicha tegishli oʻqituvchilar nazarda tutilmagan maxsus oʻquv fanlarini oʻqitish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy-tibbiyot muassasalari boʻlimlarining yetakchi, bosh tibbiyot mutaxassislari va boshliqlari orasidan shtatsiz oʻqituvchilar soatbay haq toʻlash shartlari bilan jalb etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shtatsiz oʻqituvchilar tomonidan ularga soatbay haq toʻlash shartlari bilan bajariladigan fanlar va mashgʻulotlar turlari boʻyicha oʻquv ishlari hajmi oʻquv yili boshida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Rezerv va zaxira ofitsyerlarini tayyorlash kurslari talabalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Toshkent tibbiyot akademiyasi va Toshkent farmatsevtika institutida oʻqiyotgan, rezerv va zaxira ofitsyerlarini tayyorlash dasturi boʻyicha oʻqitish uchun qabul qilingan shaxslar fakultetning rezerv va zaxira ofitsyerlarini tayyorlash kurslari talabalari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Kurslarni talabalar bilan butlash, talabalarning huquq va burchlari, shuningdek ularni oʻqishdan chetlashtirish tartibi “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-oktabrdagi 809-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-martdagi 179-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.03.2020-y., 09/20/179/0350-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Fakultet talabalarini rezerv va zaxira ofitsyerlarini tayyorlash dasturi boʻyicha oʻqitish harbiy-tibbiyot fakultetining oʻquv bazasida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Harbiy-tibbiyot fakultetining tuzilmasi va rahbarlikni amalga oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Fakultet tarkibida boshqarma, kafedralar, oʻquv kurslari va taʼminot boʻlinmalari boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Fakultetga rahbarlikni Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan fakultet boshligʻi amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Fakultet boshligʻi tinchlik davrida va harbiy davrda fakultetga bevosita rahbarlik qiladi hamda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fakultetning jangovar va safarbarlik tayyorgarligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish, rejalashtirish va yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsiy tarkibning harbiy intizomi va maʼnaviy-psixologik holati hamda harbiy xizmatning xavfsizligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki tartib;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurol-yarogʻ, harbiy texnika va boshqa moddiy vositalarning holati va saqlanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fakultetning moddiy-texnik, tibbiy, moliyaviy, ijtimoiy-huquqiy va maishiy taʼminoti uchun javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Fakultet boshligʻi oʻzining oʻquv, metodik, ilmiy ishlarni tashkil etish boʻyicha faoliyatida qonun hujjatlariga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Kafedralar boshliqlari, ularning oʻrinbosarlari, kafedralarning katta oʻqituvchilari va oʻqituvchilari lavozimidagi ofitsyerlar, shuningdek Qurolli Kuchlarning oʻqituvchilar lavozimidagi xizmatchilari fakultetning professor-oʻqituvchilar tarkibiga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Davlat organlarining fakultetni boshqarish boʻyicha vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining vazifalari va funksiyalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat taʼlim standarti, davlat talablari, oʻquv rejasi, oʻqitish dasturlarining belgilangan tartibda ishlab chiqilishini va Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish, ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish boʻyicha ilmiy, amaliy va oʻquv-metodik yordam koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv adabiyotlari va oʻquv-metodik adabiyotlarning ishlab chiqilishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga muvofiq fakultetning oʻquv va moddiy-texnika bazasini takomillashtirish va rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent tibbiyot akademiyasining klinikalari, kafedralari, laboratoriyalari va oʻquv auditoriyalarini fakultetning oʻquv bazasi sifatida taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda Qurolli Kuchlarning tibbiy tarkibi xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashga koʻmaklashish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining vazifalari va funksiyalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv-tarbiya jarayonini sifatli tashkil etish, umumharbiy va harbiy-tibbiy fanlar boʻyicha ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalarini oʻquv jarayoniga joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy yoʻnalishdagi oʻquv, oʻquv-metodik adabiyotlarni yaratish, nashr etish va ular bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fakultetning moddiy-texnika bazasini takomillashtirish va rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda fakultet faoliyatini tashkil etish boʻyicha normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilarni va fakultetda harbiy xizmatni oʻtayotgan kursantlarni Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilarining tegishli toifalari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan taʼminot turlari bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda fakultetni Mudofaa vazirligi harbiy-tibbiyot muassasalarining tayyorgarlikka, qoʻshinlarda amaliy ish tajribasiga ega boʻlgan mutaxassislaridan, shuningdek mamlakatning yetakchi klinikalari mutaxassislaridan professor-oʻqituvchilar va maʼmuriy-boshqaruv tarkibi xodimlari bilan taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. Qurolli Kuchlarning tibbiy tarkibi xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Qurolli Kuchlarning tibbiy tarkibi xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash fakultetda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-dekabrdagi 319-son qarori bilan tasdiqlangan Tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Fakultetda tibbiy tarkib xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash toʻgʻrisidagi sertifikatlar namunalari Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VIII. Fakultetni moliyalashtirish manbalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Davlat (respublika) budjetidan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi uchun nazarda tutiladigan mablagʻlar doirasida ajratiladigan mablagʻlar, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar harbiy-tibbiyot fakultetini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IX. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Fakultetni qayta tashkil etish yoki tugatish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 28-son, 318-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2017-y., 09/17/898/0234-son; 12.03.2019-y., 09/19/210/2757-son; 24.03.2020-y., 09/20/179/0350-son)