Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.10.2019 25.05.2012 yildagi 7-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.10.2019
Hujjat 25.05.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

Fuqarolik ishlari boʻyicha birinchi instansiya sudi ajrimlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 25-oktabrdagi 19-sonli “Fuqarolik ishlari boʻyicha birinchi instansiya sudining ajrimlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolik ishlarini birinchi instansiyada koʻrishda ajrimlar chiqarilishi masalalarini tartibga solishga doir qonunchilikni qoʻllash boʻyicha sud amaliyotida masalalar kelib chiqqanligi munosabati bilan “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, fuqarolik ishlarini birinchi instansiyada koʻrishda ajrimlar chiqarish masalalarini tartibga soluvchi qonunchilikka rioya etilishi ishni sudda koʻrishga lozim darajada tayyorlashni, ishning haqiqiy holatlarini, protsess ishtirokchilarining huquq va majburiyatlarini har taraflama, toʻliq va xolisona aniqlashni, shuningdek ish boʻyicha qonuniy, asoslantirilgan va adolatli hal qiluv qarori chiqarilishini taʼminlashning muhim sharti hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tushuntirilsinki, birinchi instansiya sudi ajrimlari, ishni apellatsiya, kassatsiya tartibida koʻrish natijasi boʻyicha chiqariladigan ajrimlardan farqli ravishda, ishni mazmunan hal qilmaydigan sud akti hisoblanadi (FPK 237-moddasi birinchi qismi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birinchi instansiya sudi ajrimlari sud tomonidan ishni sudda koʻrishga tayyorlash, sudda koʻrish yoki hal qiluv qarorlarini ijro etish bosqichida alohida protsessual hujjat koʻrinishida ham (alohida xona (maslahatxona)ga kirish yoʻli bilan), ajrim matnini sud majlisi bayonnomasiga kiritish yoʻli bilan ham (alohida xona (maslahatxona)ga kirmasdan) chiqarilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Fuqarolik protsessual kodeksi 237-moddasining uchinchi qismiga muvofiq, birinchi instansiya sudi murakkab boʻlmagan masalalarni hal qilish boʻyicha alohida xona (maslahatxona)ga kirmagan holda ajrim chiqarishi mumkin. Bunday ajrimlar, jumladan, uchinchi shaxslar, vakillar, davlat boshqaruv organlarini ishda ishtirok etishga jalb qilish yoki ishga kirishi, prokurorning ishda ishtiroki, guvohlarni chaqirish, boshqa dalillarni chaqirib olish yoki ishga qoʻshish, ishni koʻrishni keyinga qoldirish yoki davom ettirish, qarshi daʼvoni qabul qilish, dalillarni tekshirish tartibini belgilash, dalillarni joyida koʻzdan kechirish, ishni mazmunan koʻrish tamom boʻlganligini eʼlon qilish va sud muzokaralariga oʻtish, ishni mazmunan koʻrishni tiklash masalalari boʻyicha chiqarilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolik protsessual qonunchiligi mazmunidan kelib chiqqan holda, sud oʻz xohishiga koʻra, yuqorida qayd etilgan har qanday masala boʻyicha alohida protsessual hujjat koʻrinishidagi ajrim chiqarishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, alohida protsessual hujjat koʻrinishida chiqarilishi shart boʻlgan ajrimlarga, jumladan, quyidagilar toʻgʻrisidagi ajrimlar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arizani harakatsiz qoldirish (FPK 154-moddasi), arizani qabul qilishni rad etish (FPK 153-moddasi),arizani qabul qilish va ish qoʻzgʻatish (FPK 151-moddasi), daʼvoni taʼminlash (FPK 248-moddasi), ishni sudda koʻrishga tayyorlash (FPK 160-moddasi), dalillarni taʼminlash (FPK 64-moddasi), sud topshiriqlari (FPK 65-moddasi), ashyoviy dalillarni saqlash va qaytarib berish (FPK 83-moddasi), ekspertiza tayinlash (FPK 84-moddasi), javobgarni qidirish (FPK 140-moddasi), ishni sudda koʻrishga tayinlash (FPK 161-moddasi), rad qilish talabini qabul qilish yoki qabul qilmaslik (FPK 29-moddasi), ishni sudning yopiq majlisida koʻrish (FPK 10-moddasi), ishni sirtdan ish yuritish tartibida koʻrish (FPK 224-moddasi), ish yuritishni toʻxtatib turish yoki tiklash (FPK 95, 96-moddalari), jarima solish (FPK 122-moddasi), ishga daxldor boʻlmagan tarafni almashtirish (FPK 42-moddasi), taraflar, uchinchi shaxs yoki qonuniy vakilni protsessual huquqiy voris bilan almashtirish (FPK 43-moddasi), dalillar qabul qilishni yoki talab qilishni rad etish (FPK 58-moddasi), bir turdagi ishlarni birlashtirish (FPK 156-moddasi), bir necha talabni ajratish (FPK 157-moddasi), ishni sudda koʻrishni tiklash (FPK 205-moddasi), ishni bir suddan boshqa sudga oʻtkazish (FPK 147-moddasi), hal qiluv qarorining yozuvidagi xatolar va ochiq arifmetik xatolarni tuzatish (FPK 213-moddasi), hal qiluv qarorini tushuntirish (FPK 215-moddasi), hal qiluv qarorini darhol ijro etish (FPK 220-moddasi), hal qiluv qarori ijrosini kechiktirish va uni boʻlib — boʻlib ijro etish, uni ijro usuli va tartibini oʻzgartirish (FPK 216-moddasi), darhol ijro etishga qaratilmagan hal qiluv qarorining ijrosini taʼminlash (FPK 222-moddasi), sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini qayta koʻrish (FPK 232-moddasi), arizani koʻrmasdan qondirish (FPK 98-moddasi), ish yuritishni tugatish (FPK 100, 101-moddala�i), sud buyrugʻi chiqarish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilishni rad etish (FPK 2385-moddasi), sud buyrugʻini bekor qilish (FPK 23810-moddasi), protsessual muddatlarni uzaytirish va tiklash (FPK 130-moddasi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Alohida protsessual hujjat koʻrinishida chiqarilishi shart boʻlgan ajrimlarga, shuningdek FPK 19-moddasiga muvofiq chiqariladigan xususiy ajrimlar kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qonunda birinchi instansiya sudi ajrimi mazmuniga nisbatan, uning koʻrinishidan kelib chiqqan holda, muayyan talablar qoʻyilgan (FPK 238-moddasi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Alohida protsessual hujjat koʻrinishida chiqariladigan ajrimlar, odatda, kirish, asoslantiruvchi va xulosa qismlaridan iborat boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ajrimning kirish qismida ajrim chiqarilgan vaqt va joy, ajrim chiqargan sudning nomi, sudyaning familiyasi (sud tarkibi), sud majlisi kotibi, ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek nizo predmeti va ajrim bilan hal qilinayotgan masalaning mohiyati koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ajrimning asoslantiruvchi qismida sudning xulosasiga olib kelgan asoslar va sud qoʻllagan qonunlar bayon etilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ajrimning xulosa qismida sudning hal etilayotgan masala yuzasidan xulosasi, ajrim ustidan shikoyat berish (protest keltirish) tartibi va muddatlari koʻrsatilishi lozim. Ajrimning xulosa qismi uni ijro etish chogʻida tushunmovchiliklar kelib chiqmasligi uchun aniq va tushunarli ifoda etilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, qonunda FPK 65, 84, 98, 101, 153, 180, 194, 23810, 3098, 30913-moddalarida nazarda tutilgan masalalar boʻyicha chiqariladigan ajrimlar mazmuniga nisbatan qoʻshimcha talablar belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud majlisi bayonnomasiga kiritish yoʻli bilan chiqariladigan ajrimlar muhokama etilayotgan masalaning predmetini, sud xulosasiga olib kelgan asoslar va sud qoʻllagan qonun normalarini, sudning hal etilayotgan masala yuzasidan xulosasini oʻz ichiga olishi lozim (FPK 238-moddasi 4, 5, 6-bandlari).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Alohida protsessual hujjat koʻrinishida chiqariladigan ajrimlari ustidan sudning hal qiluv qaroridan ajratilgan holda apellatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida quyidagi hollarda shikoyat berilishi mumkin, agar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ajrim ustidan shikoyat berish huquqi FPK muayyan normasida nazarda tutilgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ajrim ustidan shikoyat berish huquqi FPK muayyan normasida nazarda tutilgan boʻlmasa, biroq sudning ajrimi ishning keyingi harakatlanishiga toʻsqinlik qilsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudning hal qiluv qaroridan ajratilgan holda, jumladan, quyidagi ajrimlar ustidan shikoyat yoki protest berilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arizani qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harakatsiz qoldirilgan arizani arizachiga qaytarish toʻgʻrisidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dalillarni taʼminlashni rad etish toʻgʻrisidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish yuritishni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jarimadan ozod qilish yoki uning miqdorini kamaytirishni rad etish toʻgʻrisidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishni bir suddan boshqa sudga oʻtkazish toʻgʻrisidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiy ajrim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hal qiluv qarorini darhol ijro etish masalalari boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini qayta koʻrish haqidagi arizani rad etish toʻgʻrisidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hal qiluv qarorining yozuvidagi xatolar va ochiq arifmetik xatolarni tuzatish toʻgʻrisidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻshimcha hal qiluv qarori chiqarishni rad etish toʻgʻrisidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hal qiluv qarorini tushuntirish toʻgʻrisidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hal qiluv qarori ijrosini kechiktirish va uni boʻlib-boʻlib ijro etish, uni ijro etish usuli va tartibini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hal qiluv qarori, ajrim yoki qarorni yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish haqidagi arizani rad etish toʻgʻrisidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arizani koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hal qiluv qarorining qaytarma ijrosi toʻgʻrisidagi masala boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
protsessual muddatni tiklashni rad etish toʻgʻrisidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud buyrugʻi chiqarish haqidagi arizani qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud buyrugʻini bekor qilish toʻgʻrisidagi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Sudlarga tushuntirilsinki, birinchi instansiya sudining alohida protsessual hujjat shaklida chiqarilgan quyidagi ajrimlari ustidan sudning hal qiluv qaroridan ajratilgan holda shikoyat va protest berilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arizani harakatsiz qoldirish toʻgʻrisidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arizani qabul qilish va ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishni sudda koʻrishga tayyorlash toʻgʻrisidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dalillarni taʼminlash toʻgʻrisidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud topshirigʻi toʻgʻrisidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
javobgarni qidirish toʻgʻrisidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ashyoviy dalillarni saqlash va qaytarish toʻgʻrisidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishni sudda koʻrishga tayinlash toʻgʻrisidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishni yopiq sud majlisida koʻrish toʻgʻrisidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rad qilish talabini qabul qilish yoki qabul qilmaslik toʻgʻrisidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishga daxldor boʻlmagan tarafni almashtirish toʻgʻrisidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqiy vorisning protsessga kirishi toʻgʻrisidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsni sudda vakil sifatida qatnashishiga ruxsat berish toʻgʻrisidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishni mazmunan koʻrishni tiklash toʻgʻrisidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir necha talabni birlashtirish va bir necha talabni ajratish toʻgʻrisidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jarimadan ozod qilish yoki uning miqdorini kamaytirish toʻgʻrisidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini qayta koʻrish haqidagi arizani qanoatlantirish toʻgʻrisidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hal qiluv qarori, ajrim yoki qarorni yangi ochilgan holatlarga koʻra qayta koʻrish haqidagi arizani qanoatlantirish toʻgʻrisidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijro varaqasini ijroga topshirishning oʻtkazib yuborilgan muddatini tiklashni rad etish toʻgʻrisidagi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻqolgan ishni tiklash masalasi boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bayonnoma yuzasidan bildirilgan yozma fikrlarga qoʻshilmaslik toʻgʻrisidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
protsessual muddatlarni kechiktirish va tiklash toʻgʻrisidagi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudning hal qiluv qaroridan ajratilgan holda ustidan shikoyat, protest berilmaydigan ajrimlariga nisbatan eʼtirozlar apellatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti)ga, nazorat tartibida protest keltirish toʻgʻrisidagi arizaga shikoyat yoki nazorat tartibida keltiriladigan protestga kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Sudlar shuni inobatga olishlari lozimki, birinchi instansiya sudining sud majlisi bayonnomasiga kiritish yoʻli bilan chiqariladigan ajrimlari shu sud tomonidan protsess ishtirokchilarining iltimosnomasi yoki sudning oʻz tashabbusiga koʻra bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishi mumkin. Sudning iltimosnomani qanoatlantirishni rad etishi manfaatdor shaxsni sudga shunday iltimosnoma bilan takroran murojaat qilish huquqidan mahrum etmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolik protsessual kodeksida nazarda tutilgan hollarda. birinchi instansiya sudining alohida protsessual hujjat koʻrinishida chiqarilgan ajrimlari ham taraflarning iltimosnomasiga koʻra, shu sud tomonidan bekor qilinishi mumkin (FPK 99-moddasi ikkinchi qismi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik ishlari boʻyicha Oliy sudi, fuqarolik ishlari boʻyicha Toshkent shahar va viloyat sudlari vaqti-vaqti bilan birinchi instansiya sudlari tomonidan ajrimlar chiqarilishi amaliyotini umumlashtirsinlar hamda aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan choralar qoʻllasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi B.MUSTAFAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Plenum kotibi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi A.USMANOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 25-may,

7-son