02.07.2012 yildagi 190-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

DALA SHAROITLARIDAGI ISHLARDA BAND BO‘LGAN XODIMLARGA DALA USTAMASI TO‘LASH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 288-moddasiga va Soliq kodeksining 369-moddasiga muvofiq dala sharoitlaridagi ishlarda band bo‘lgan xodimlarning mehnatini yanada rag‘batlantirish va qo‘shimcha xarajatlarining o‘rnini qoplash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Dala sharoitlaridagi ishlarda band bo‘lgan xodimlarga dala ustamasi to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Dala sharoitlaridagi ishlarda band bo‘lgan xodimlarga mehnat haqi tumanlar bo‘yicha tartibga solinadigan, shu jumladan noqulay tabiiy iqlim-sharoitlaridagi joylarda ishlaganlik uchun tuman koeffitsiyentlari bo‘yicha to‘lovlar qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 2-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
190-son

Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 2-iyuldagi 190-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dala sharoitlaridagi ishlarda band bo‘lgan xodimlarga Dala ustamasi to‘lash tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom dala sharoitlarida geologiya-qidiruv, topografiya-geodeziya, loyiha-izlanish, ilmiy-tadqiqot ishlarini hamda boshqa ishlarni bajaradigan tashkilotlar (korxonalar) xodimlariga dala ustamasi (nafaqasi) to‘lashning umumiy tartibini va miqdorlarini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Xodimlarga dala ustamasi ishlovchilarning vaqtincha noqulay mehnat va maishiy sharoitlar sababli dala sharoitlaridagi ishlarni bajarish, shuningdek ishlab chiqarish obyektlarining aholi punktlaridan tashqarida joylashganligi bilan bog‘liq ortiqcha xarajatlarning o‘rnini qoplash maqsadida to‘lanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagi xodimlar dala ustamasi olish huquqiga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) dala sharoitlarida ishlovchilar va dala ishlari amalga oshirilayotgan joylarda yashovchilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ushbu Nizomning 1-bandida ko‘rsatilgan geologiya-qidiruv, topografiya-geodeziya, loyiha-izlanish va boshqa tashkilotlar (korxonalar)ga bevosita ularning bazaviy dala shaharchalarida xizmat ko‘rsatish uchun maxsus tashkil etilgan maktablar, tibbiyot, madaniy-ma’rifiy, maktabgacha ta’lim muassasalari va boshqa yordamchi bo‘linmalar xodimlari.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Dala nafaqasi xodimlarga, egallab turgan lavozimi va oylik maoshidan qat’i nazar, dala nafaqasi hisoblab yoziladigan sanada quyidagi miqdorlardan kam bo‘lmagan miqdorda to‘lanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bevosita dala ishlari o‘tkaziladigan obyektlarda, tashkilotning daladagi bazaviy shaharchasidan tashqarida ishlaganda — kunlik mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining yetti foizi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilotlarning daladagi bazaviy shaharchalarida bajariladigan ish uchun — kunlik mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining ikki foizi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(41 va 42-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Zoologik va botanik tadqiqotlar o‘tkazuvchi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan ilmiy tashkilotlarda dala ustamasi zoologik va botanik ilmiy-tadqiqot ishlarini bajaradigan ilmiy xodimlarga, egallab turgan lavozimi va oylik maoshidan qat’i nazar, dala ustamasi hisoblab yoziladigan sanada O‘zbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan (koeffitsiyentlarda), biroq har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 7 baravaridan ortiq bo‘lmagan quyidagi miqdorlarda haq to‘lanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) kuniga 0,3 — dala sharoitlarida bevosita dala ishlari amalga oshiriladigan obyektlarda ishlaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) kuniga 0,11 — bazaviy dala shaharchalarida ishlaganda.
(43-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-390-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2025-y., 07/25/390/1228-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘z xodimlariga dala ustamasi (nafaqasi) to‘lash huquqiga ega bo‘lgan tashkilotlar ro‘yxati mansubligi bo‘yicha vazirliklar va idoralar tomonidan, vazirliklar va idoralar tarkibiga kirmaydigan tashkilotlar (korxonalar) tomonidan esa — mustaqil ravishda (Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan kelishgan holda) tasdiqlanadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Dala ishlariga yuborilayotgan xodimlarga dala ustamasi to‘lash tashkilot (korxona) bo‘yicha tegishli buyruq bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Dala ustamasi dala ishlari amalga oshirilayotgan joyda haqiqatda bo‘lingan kalendar kunlar uchun to‘lanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ushbu Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan miqdorlardagi dala ustamasi o‘rtacha oylik ish haqini hisoblashda hisobga olinmaydi va Soliq kodeksiga muvofiq xodimning daromadi sifatida hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Dala ustamasi to‘lash xodim dala ishlari olib borilayotgan joyda yoki bazaviy dala shaharchasida bo‘lgan quyidagi holatlarda saqlanib qoladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) vaqtinchalik ishga layoqatsiz bo‘lgan davrda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) davlat yoki jamoat vazifalarini bajarish vaqtida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Dala ustamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) har kuni doimiy yashash joyiga qaytib kelish imkoniyatiga ega bo‘lgan barcha toifadagi xodimlarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) har yilgi mehnat ta’tilida bo‘lingan vaqt uchun to‘lanmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Xodim xizmat safariga yuborilganda dala ustamasi to‘lash to‘xtatiladi. Bunday holatlarda xarajatlar o‘rnini qoplash xizmat safarlari to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Tashkilotlar (korxonalar)ning jamoa shartnomalarida, jamoa kelishuvlarida va mehnat shartnomalarida dala ustamasi ushbu Nizomning 4-bandida belgilangan miqdorlardan ortiq miqdorda nazarda tutilishi mumkin, uni to‘lash budjetdan tashqari manbalar hisobiga amalga oshiriladi. Tashkilot (korxona)lar dala ustamasini o‘z mablag‘lari hisobidan to‘laydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan dala ustamasi to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar tegishli xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ushbu Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan normalardan ortiq miqdorda to‘lanadigan dala ustamasi O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq jismoniy shaxslarning daromadlari deb hisoblanadi va ulardan soliq olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 26-27-son, 297-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 09.06.2020-y., 09/20/366/0740-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 31.08.2022-y., 09/22/485/0789-son; 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son; 29.12.2025-y., 07/25/390/1228-son)