O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2012-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2011-yil 30-dekabrdagi PQ-1675-son qarorini bajarish yuzasidan hamda ish haqining rag‘batlantiruvchi rolini yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2012-yil 1-yanvardan boshlab nul razryad bekor qilingan holda Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha yagona tarif setkasining boshlang‘ich razryadi sifatida birinchi razryad belgilanganligi va amaldagi tarif koeffitsiyentlari, shuningdek tarif stavkalarini (lavozim maoshlarini) eng kam oylik ish haqidan kelib chiqqan holda belgilash tartibi saqlab qolinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha yagona tarif setkasidan foydalanadigan xo‘jalik hisobidagi korxonalar va tashkilotlarga ularning moliyaviy imkoniyatlaridan va xo‘jalik faoliyati natijalaridan kelib chiqqan holda, xodimlar mehnatiga haq to‘lashni tashkil etish uchun asos sifatida Yagona tarif setkasining oshirilgan tarif koeffitsiyentlarini belgilash huquqi berilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir hafta muddatda ushbu qaror bilan belgilanayotgan qoidalardan kelib chiqqan holda mehnatni me’yorlash bo‘yicha idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R. S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 11-yanvar,
6-son
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq to‘lashning tarif setkasini joriy etish to‘g‘risida” 1996-yil 12-apreldagi 147-son qarorining 2-bandidagi “Yagona tarif setkasining boshlang‘ich razryadidan” so‘zlari “eng kam oylik ish haqidan” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahri aholisiga yo‘lovchi tashish transporti xizmati ko‘rsatishni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1996-yil 19-avgustdagi 291-son qarori 11-bandining uchinchi xatboshidagi “Yagona tarif setkasining boshlang‘ich razryadini 600 so‘mgacha” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ish haqi, pensiyalar va stipendiyalarning miqdorlarini oshirish to‘g‘risida” 1996-yil 24-iyuldagi PF-1499-son Farmoniga muvofiq ish haqini” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi atrofida yashil voha barpo etish to‘g‘risida” 1997-yil 31-dekabrdagi 581-son qaroriga o‘ninchi satr “Tarif razryadlari” ustunidagi “0” raqami “1” raqami bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Sho‘rtan gaz-kimyo kompleksi atrofida yashil voha barpo etish to‘g‘risida” 1998-yil 26-iyundagi 266-son qaroriga o‘ninchi satr “Tarif razryadlari” ustunidagi “0” raqami “1” raqami bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Obodonlashtirish xodimlarini moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 1-apreldagi 91-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 24-modda) 1-ilovada:
a) “Birinchi guruh Nukus shahri, viloyat markazlari va tumanlari obodonlashtirish boshqarmalari” ustunida:
yigirma uchinchi satrdagi “2,377-2,878” raqamlari “2,476-2,878” raqamlari bilan almashtirilsin;
yigirma to‘rtinchi va yigirma beshinchi satrlardagi “2,377-2,616” raqamlari “2,476-2,616” raqamlari bilan almashtirilsin;
yigirma oltinchi satrdagi “1-2,377” raqamlari “2,476” raqamlari bilan almashtirilsin;
b) “Ikkinchi guruh Shaharlar va tumanlar obodonlashtirish boshqarmalari” ustunida:
yigirma to‘rtinchi va yigirma beshinchi satrlardagi “2,377-2,616” raqamlari “2,476-2,616” raqamlari bilan almashtirilsin;
yigirma oltinchi satrdagi “1-2,377” raqamlari “2,476” raqamlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-sentabrdagi 775-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.09.2019-y., 09/19/775/3755-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 2-son, 17-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.09.2019-y., 09/19/775/3755-son)