01.12.2011 yildagi 234-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 20.02.2023 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi plenumining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mulk ijarasi shartnomasiga oid fuqarolik qonun hujjatlari normalarini iqtisodiy sudlar tomonidan qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijara shartnomalaridan kelib chiqadigan nizolarni koʻrishda mulk ijarasi toʻgʻrisidagi fuqarolik qonunchiligining toʻgʻri va bir xilda qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 47-moddasiga asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 6-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mulk ijarasi shartnomalaridan kelib chiqadigan nizolarni hal qilishda sudlar Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi (bundan buyon matnda FK deb yuritiladi), “Ijara toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi) va boshqa qonunchilikni qoʻllashlari lozim.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 6-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ijaraga beruvchining ijaraga oluvchi bilan munosabatlarini tartibga soluvchi asosiy hujjat boʻlib ijara shartnomasi hisoblanadi. Ijara shartnomasining shartlarini baholashda sudlar FK 364-moddasining birinchi qismiga muvofiq, taraflar oʻrtasida shartnomaning barcha muhim shartlari yuzasidan shunday hollarda talab qilinadigan shaklda kelishuvga erishilgan boʻlsa, shartnoma tuzilgan hisoblanishini inobatga olishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Sudlar eʼtiborga olishlari kerakki, FK 537-moddasining birinchi qismiga muvofiq, ushbu moddada qayd etilgan ijara obyektlaridan tashqari, boshqa isteʼmol qilinmaydigan ashyolar ham ijara obyekti boʻlishi mumkin. Koʻp marotaba foydalanishga moʻljallangan boʻlib, bunda oʻzining dastlabki koʻrinishini uzoq vaqt davomida saqlab qoluvchi va asta-sekin yaroqsiz holga keluvchi ashyolar isteʼmol qilinmaydigan ashyolar deb tan olinadi (maishiy texnika, mebel va boshqalar).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. FKning 539-moddasiga koʻra, ijara shartnomasi bir yildan ortiq muddatga moʻljallangan boʻlsa, taraflardan birontasi yuridik shaxs boʻlgan hollarda esa muddatidan qatʼi nazar, yozma shaklda tuzilishi shart. Shundan kelib chiqib, bunday toifadagi ishlarni koʻrishda sudlar har bir holatda shartnomani talab qilib olishlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlarning eʼtibori FK 539-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, koʻchmas mulk ijarasi shartnomalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish majburiy ekanligiga qaratilsin. Bir yildan kam muddatga tuzilgan bino va inshootlarning ijara shartnomalari bu qoidadan istisno hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻchmas mulk ijarasi shartnomalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi va muddatlari qonunchilik bilan tartibga solinadi.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 6-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻchmas mulk ijarasi shartnomasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish talabiga rioya qilmaslik FKning 112-moddasiga asosan uning haqiqiy emasligiga olib keladi. Bunda FKning 114-moddasida nazarda tutilgan bitimlarning haqiqiy emasligining oqibatlari qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, taraflardan biri bitimni davlat roʻyxatidan oʻtkazishdan bosh tortgan holda, ikkinchi taraf ijara shartnomasini roʻyxatdan oʻtkazishga majburlash haqidagi talab bilan sudga murojaat qilishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
FK 384-moddasining birinchi qismiga koʻra, shartnoma qanday shaklda tuzilgan boʻlsa, uni oʻzgartirish toʻgʻrisidagi kelishuv ham, agar qonunchilikdan, shartnoma yoki ish muomalasi odatlaridan boshqacha tartib kelib chiqmasa, shunday shaklda tuziladi. Bundan kelib chiqib, davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan koʻchmas mulk ijarasi shartnomasini oʻzgartirish haqidagi taraflarning kelishuvi ham shartnomaning ajralmas qismi hisoblanib, roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim.
(4-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 6-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijara shartnomasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish haqidagi fuqarolik qonunchiligining talabi ikkilamchi ijara shartnomasiga ham tatbiq etiladi.
(4-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 6-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. FK 538-moddasining mazmunidan kelib chiqib, mulkning egasi yoxud qonun yoki mulkdor tomonidan mulkni ijaraga berish vakolati berilgan boshqa shaxslar ijaraga beruvchi boʻlishi mumkin. Ijaraga beruvchining mulkdor ekanligi masalasini aniqlashda sudlar mulkka boʻlgan huquqni belgilovchi (egalik huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqidagi guvohnoma, oldi-sotdi shartnomasi, kadastr hujjatlari, transport vositasiga texnik pasport va boshqalar) va ijaraga beruvchi haqiqatda ham mulkdor ekanligini tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilishlari lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlar nazarda tutishlari kerakki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-apreldagi “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 102-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat mulkini ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq davlat mulki faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari huzuridagi davlat unitar korxonalari shaklidagi davlat mulkini ijaraga berish markazlari orqali ijaraga beriladi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi 37-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. FKning 540-moddasiga koʻra mulk ijarasi shartnomasi boʻyicha umumiy qoida tariqasida ijara muddatini belgilash huquqi taraflarning oʻzlariga berilgan boʻlib, bunda ijara muddati muhim shart hisoblanmaydi. Ijara muddati bilan bogʻliq nizolarni koʻrib chiqishda sudlar hisobga olishlari kerakki, taraflar ushbu muddatlarni ijara munosabatlarini tartibga soluvchi qonunchilikda nazarda tutilgan cheklovlarni hisobga olgan holda belgilashlari lozim.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 6-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar qonun bilan ayrim turdagi mulk ijarasi shartnomalari uchun eng koʻp (oxirgi) muddati belgilangan boʻlib, shartnoma esa belgilangan ushbu oxirgi muddatdan ortiq muddatga tuzilgan boʻlsa, bunday shartnoma belgilangan oxirgi muddatga teng muddatga tuzilgan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar qonun bilan ayrim turdagi mulk ijarasi shartnomalari uchun eng kam (cheklangan) muddat belgilangan boʻlib, shartnoma esa belgilangan ushbu eng kam muddatdan kam muddatga tuzilgan boʻlsa, bunday shartnoma FKning 116-moddasiga koʻra oʻz-oʻzidan haqiqiy emas hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. FK 541-moddasining uchinchi qismiga koʻra, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, mol-mulk barcha mansub ashyolari va unga aloqador hujjatlar bilan birga ijaraga topshiriladi (texnik pasport, sifat sertifikati va hokazo). Agar bunday mansub ashyolar va hujjatlar topshirilgan boʻlmasa, va ularsiz ijaraga oluvchi mol-mulkdan uning oʻz vazifasi boʻyicha foydalana olmasa yoxud shartnoma tuzish paytida moʻljallashga haqli boʻlgan ancha narsasidan mahrum boʻlsa, u ijaraga beruvchidan bunday mansub ashyolar va hujjatlarni topshirishni yoxud shartnomani bekor qilishni, shuningdek zararni qoplashni talab qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
FK 541-moddasining toʻrtinchi qismiga asosan, ijara shartnomasida mol-mulkni topshirish muddati koʻrsatilmagan hollarda, ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga oqilona muddatda mol-mulkni topshirishga majbur. Bunda ijaraga beruvchini ijaraga oluvchiga mol-mulkni, mansub ashyolar va (yoki) hujjatlarini topshirish uchun zarur boʻlgan muddat “oqilona muddat” deb tushunilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga ijaraga berilgan mol-mulkni shartnomada koʻrsatilgan muddatda, basharti shartnomada bunday muddat koʻrsatilgan boʻlmasa, oqilona muddatda topshirmagan boʻlsa, ijaraga oluvchi FKning 331-moddasiga muvofiq bu mol-mulkni undan talab qilib olish va ijroning kechikkanligi tufayli yetkazilgan zararni qoplashni talab qilish yoki shartnomani bekor qilish va uning bajarilmaganligi sababli yetkazilgan zararni qoplashni talab qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Sudlar hisobga olishlari kerakki, FK 549-moddasining birinchi qismiga koʻra, ijaraga topshirilgan mol-mulkka nisbatan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqning ijaraga beruvchidan boshqa shaxsga oʻtishi natijasida ijaraga beruvchining oʻzgarishi, boshqa shaxs mulkni sotib olishda ijara shartnomasidan kelib chiqadigan majburiyatlar haqida ogohlantirilmaganligidan qatʼi nazar, avvalgi ijaraga beruvchining ijara boʻyicha barcha majburiyatlari toʻla hajmda unga oʻtadi. Yangi ijaraga beruvchi shartnomaning amal qilish muddati tugagunga qadar ijaraga berilgan mulkni qaytarishni yoki ishtirokchilarning tarkibi oʻzgarishini asos qilib, shartnoma shartlarini oʻzgartirishni talab qilishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mulk ijarasi shartnomasi haq evaziga tuziladigan shartnoma hisoblanadi, shu sababli ijaraga oluvchining asosiy majburiyatlaridan biri mulkdan foydalanganlik uchun haqni, yaʼni ijara haqini oʻz vaqtida toʻlashdir. Ijara haqini toʻlash muddatlari taraflar tomonidan belgilanadi va shartnomada koʻrsatiladi. Ijara haqini toʻlash muddati muayyan sana yoki davr bilan belgilanishi mumkin. Ijara shartnomasida ijara haqini toʻlash muddati koʻrsatilmagan hollarda FK 544-moddasining ikkinchi qismi qoidalari qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlar nazarda tutishlari lozimki, ijaraga oluvchining ijara haqini toʻlash majburiyati ijaraga berilgan mulk unga topshirilgan paytdan boshlab vujudga keladi. Agar ijaraga beruvchi ijara obyektini ijaraga oluvchiga shartnomani tuzish paytida yoki shartnomada belgilangan boshqa muddatda topshirmagan boʻlsa, u mulkdan foydalanganlik uchun toʻlovlarni tegishli davrda amalga oshirishni talab qilishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, ijara shartnomasi muddati tugaganidan keyin ham ijarachi ijaraga olingan mulkdan amalda foydalanishni davom ettiraversa, ijaraga oluvchi butun foydalangan davr uchun ijara haqini toʻlashga majbur.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
FK 541-moddasi ikkinchi qismining mazmuniga koʻra, mulkni ijaraga beruvchi tomonidan ijaraga oluvchiga topshirilishi topshirish dalolatnomasi asosida amalga oshiriladi. Shu bilan birga sudlar shuni inobatga olishlari lozimki, agar taraflarning shartnomaviy huquqiy munosabatlarga kirishganligi yozma yoki boshqa dalillar bilan tasdiqlansa, topshirish dalolatnomasining mavjud emasligi ijaraga beruvchining ijara haqini undirish toʻgʻrisidagi talablarini qanoatlantirishni rad etish uchun asos boʻla olmaydi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mulkdan foydalanganlik uchun toʻlov miqdori va uni aniqlash shartlari ijara shartnomasida koʻrsatilmagan boʻlsa, bunday shartnoma tuzilmagan hisoblanadi. Bunday hollarda, bitimlarni haqiqiy emas deb topish oqibatlari qoʻllaniladi (FK 116-moddasi). Bunday holatda, agar mulk ijaraga oluvchiga shunday shartnomaga asosan berilgan boʻlsa, ijaraga beruvchi mulkni qaytarishni va FKning 1023-moddasiga asosan mulkdan foydalanganlik haqini talab qilishga haqli.
(9-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Sudlarga tushuntirilsinki, ijara shartnomasi haqiqiy emas deb topilganda, FKning 114-moddasida nazarda tutilgan oqibatlar qoʻllaniladi va taraflarning har biri boshqasiga shartnoma boʻyicha olgan hamma narsani qaytarib berishga majbur. Ijaraga oluvchining olgan narsasi mulkdan foydalanishda ifodalanganligi uchun u foydalanganlik qiymatini pul bilan qaytarishi shart. Bunda foydalanganlik qiymati ijara shartnomasida belgilangan ijara haqining miqdoridan kelib chiqib aniqlanadi, shartnomada ijara haqining miqdori nazarda tutilmagan hollarda esa foydalanganlik qiymati FKning 356-moddasiga muvofiq aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. FK 551-moddasining birinchi qismi ijaraga beruvchining talabi boʻyicha sud tomonidan mulk ijarasi shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish holatlari roʻyxatini oʻz ichiga oladi. Ijara shartnomasida ijaraga beruvchining talabi bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qilishning boshqa asoslari ham nazarda tutilishi mumkin. Biroq, nazarda tutish lozimki, FK 551-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan asoslar roʻyxati taraflar kelishuviga binoan qisqartirilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11.1. Agar shartnomani muddatidan oldin bekor qilish haqidagi talab FK 551-moddasiga asosan bildirilgan boʻlsa, shartnomani muddatidan oldin bekor qilish tartibi haqidagi maxsus norma qoʻllaniladi. Bunda nazarda tutish lozimki, ijaraga beruvchining shartnomani muddatidan oldin bekor qilish haqidagi talabi sudga ijaraga oluvchiga majburiyatlarni bajarish zarurligi haqidagi yozma ogohlantirish yuborilganidan keyingina berilishi mumkin. Mazkur talabni bajarmaslik nizoni sudgacha hal qilish tartibiga rioya qilmaslik deb baholanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
FKning 552-moddasi FKning 551-moddasidan farqli ravishda ijaraga oluvchining zimmasiga ijaraga beruvchiga belgilangan muddatda majburiyatni bajarish yoki shartnoma shartlarining buzilishini bartaraf etish haqida yozma ogohlantirish yuborish majburiyatini yuklamaydi, bunday holatda FK 384-moddasining ikkinchi qismi qoidalari qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Sudlar FK 553-moddasining toʻrtinchi qismiga muvofiq shartnomani qaytadan tuzilgan deb tan olish uchun ikkita shart mavjud boʻlishi zarurligini nazarda tutishlari lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) shartnomaning muddati tamom boʻlganidan keyin ham ijaraga oluvchi mulkdan foydalanishni davom ettirayotganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) ijaraga beruvchi bunga eʼtiroz bildirmaganligi. Bunday holda shartnoma nomuayyan muddatga qaytadan tuzilgan hisoblanadi va taraflardan har biri FK 540-moddasining ikkinchi qismida belgilangan muddatda boshqa tarafni xabardor qilgan holda istagan vaqtda undan voz kechishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
FK 553-moddasi toʻrtinchi qismining nomuayyan muddatga ijara shartnomasini tuzishga tegishli qoidalari FKning 546-moddasidagi ikkilamchi ijara shartnomasining muddati ijara muddati bilan chegaralanishi haqidagi qoidalarni hisobga olgan holda ikkilamchi ijara shartnomasiga nisbatan ham qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Sudlar prokat ijaraning bir turi sifatida quyidagi xususiyatlarga ega ekanligini nazarda tutishlari lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) prokat shartnomasi boʻyicha ijaraga beruvchilar sifatida faqat ular uchun mol-mulkni ijaraga berish asosiy tadbirkorlik faoliyati hisoblanadigan xoʻjalik yurituvchi subyektlar boʻlishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) prokat narsasi faqatgina koʻchar mulk boʻlishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) prokat shartnomasi ommaviy shartnoma boʻlib, ijaraga beruvchi FKning 358-moddasi talablariga muvofiq unga murojaat qilgan har qanday shaxs bilan shartnoma tuzishga majbur va bir shaxsni boshqa shaxsga nisbatan afzal koʻrishga haqli emas. Hisobga olish kerakki, xoʻjalik yurituvchi subyekt ommaviy shartnomani tuzishdan asossiz bosh tortganda, ijaraga oluvchi shartnomani tuzishga majburlash toʻgʻrisidagi talab bilan sudga murojaat qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13.1. Prokat shartnomasi yozma shaklda tuziladi, bunda shartnomani davlat roʻyxatidan oʻtkazish yoki notarial tasdiqlash talab qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13.2. FK 559-moddasining birinchi qismiga muvofiq, prokat shartnomasi bir yilgacha muddatga tuziladi. Sudlar nazarda tutishlari zarurki, FK 540-moddasining uchinchi qismi mazmunidan kelib chiqib, bir yildan ortiq muddatga tuzilgan prokat shartnomasi bir yil muddatga tuzilgan deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13.3. FK 559-moddasining ikkinchi qismiga koʻra, prokat shartnomalariga nisbatan mulk ijarasi shartnomasini nomuayyan muddatga qaytadan tuzish va ijaraga oluvchining mulk ijarasi shartnomasini qaytadan tuzishga imtiyozli huquqi haqidagi qoidalar qoʻllanmaydi. Sudlar hisobga olishlari lozimki, bu qoidadan aynan shu ijaraga beruvchi bilan yangi muddatga prokat shartnomasini tuzish imkoniyati yoʻqligi kelib chiqmaydi, biroq bu holatda shartnoma umumiy asoslarda tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13.4. Prokat shartnomalaridan kelib chiqadigan nizolarni koʻrishda sudlar eʼtiborga olishlari lozimki, FKning 237-moddasida belgilangan qoidadan istisno tariqasida, FK 559-moddasining uchinchi qismida ijaraga oluvchining prokat shartnomasi boʻyicha majburiyatlarni bajarishni istagan vaqtda rad etishga haqliligi nazarda tutilgan. Ushbu qoidadan kelib chiqib, ijaraga oluvchining prokat shartnomasini bajarishni rad etishi uning ijaraga beruvchi tomonidan soʻzsiz qabul qilinishiga olib keladi.
(13.4-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Xoʻjalik sudi Plenumining 2016-yil 17-iyundagi 299-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Sudlar nazarda tutishlari lozimki, transport vositalarini ijaraga berish shartnomasi ijara shartnomasining alohida turi hisoblanadi va u yozma shaklda tuzilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilikda belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan avtomototransport vositalarini ijaraga berish shartnomasi notarial tasdiqlangan boʻlishi kerak, bundan FK 565-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 6-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlar nazarda tutishlari kerakki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-martdagi “Avtomototransport vositalarini sotib olish, ulardan foydalanish va ularni boshqa shaxsga berishni tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 38-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Avtomototransport vositalari bilan bogʻliq bitimlarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 3-bandi mazmunidan kelib chiqib, avtomototransport vositalarini ijaraga berish shartnomalari notarial tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notarial tasdiqlangan avtomototransport vositasini ijaraga berish shartnomasi davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organida hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Bino va inshootlarni ijaraga berish toʻgʻrisidagi shartnomalardan kelib chiqadigan nizolarni koʻrishda sudlar ijaraga beruvchida mulkni ijaraga berish huquqi mavjudligini aniqlashlari lozim. Ijaraga beruvchining bino yoki inshootni ijaraga berish huquqini baholashda sudlar quyidagilarni hisobga olishlari zarur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxs, agar uning koʻchmas mulkka nisbatan operativ boshqarish huquqi roʻyxatdan oʻtkazilmagan boʻlsa, mulkni ijaraga berishga haqli emas;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik yuritish huquqi asosida unitar korxonaga biriktirilgan koʻchmas mulkni mulkdor unitar korxonaning roziligisiz ijaraga berishga haqli emas;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mulkdorning roziligisiz unitar korxona tomonidan tuzilgan xoʻjalik yuritish huquqi asosida unga tegishli koʻchmas mulkni ijaraga berish shartnomasi FKning 116-moddasi talablariga koʻra oʻz-oʻzidan haqiqiy emas hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. FK 574-moddasining birinchi qismiga muvofiq, bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasi yozma shaklda taraflar tomonidan imzolangan bitta hujjat tarzida tuziladi. Sudlar hisobga olishi zarurki, FK 366-moddasining toʻrtinchi qismi qoidalari koʻchmas mulkni ijaraga berish shartnomalariga nisbatan qoʻllanilmaydi va bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasini yozma shaklda tuzilishi haqidagi talabga rioya qilmaslik uning haqiqiy emasligiga olib keladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Shartnomani davlat roʻyxatidan oʻtkazish zaruratini baholashda sudlar hisobga olishlari kerakki, bino (inshoot)ni ijaraga berish shartnomasining amal qilish muddati joriy yilning biror bir oyining 1-sanasidan keyingi yilning oldingi oyi 30-sanasigacha (31-sanasigacha) belgilanganda, FK 574-moddasining toʻrtinchi qismini qoʻllash maqsadida bir yilga tenglashtirilgan deb tan olinadi.
(17-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi 37-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(17-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 6-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17.1. Sudlar hisobga olishi kerakki, ijara shartnomasining amal qilish muddati davomida taraflar bir yildan kam boʻlgan muddatga yangi shartnoma tuzgan boʻlsalar, bu shartnomalarning muddatlari qoʻshilmaydi va yangi shartnomani davlat roʻyxatidan oʻtkazish talab qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nomuayyan muddatga tuzilgan bino va inshootni ijaraga berish shartnomasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish talab qilinmaydi. Biroq, nazarda tutish lozimki, bir yildan kam muddatga tuzilgan bino va inshootni ijaraga berish shartnomasi boʻyicha taraflarning huquqiy munosabatlari bir yildan ortiq muddatda davom etsa, bunday shartnoma davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(17.2-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 6-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. FK 575-moddasining birinchi qismiga koʻra, bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasi boʻyicha ijaraga oluvchiga bunday koʻchmas mulkka egalik qilish va undan foydalanish huquqlarini topshirish bilan bir vaqtda yer uchastkasining ana shu koʻchmas mulk joylashgan va undan foydalanish uchun zarur qismiga boʻlgan huquqlar ham topshiriladi. Bundan kelib chiqib, sudlar nazarda tutishlari lozimki, ijara obyekti joylashgan yer uchastkasidan foydalanish huquqi qonunga muvofiq vujudga keladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tegishli yer uchastkasiga huquqlar bino yoki inshootning ijara shartnomasida qayd etilgan boʻlishi lozim. Ijara shartnomasida bunday maʼlumotlarning mavjud boʻlmasligi yer uchastkasidan foydalanish sharti boʻyicha kelishuvga erishilmagan hisoblanadi. Biroq nazarda tutish kerakki, tegishli yer uchastkasidan foydalanish sharti boʻyicha kelishuvga erishilmaganligi asosida bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasini haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi talab rad etilishi lozim, chunki yer uchastkasiga boʻlgan huquq ijaraga berilgan bino yoki inshootga boʻlgan huquqdan hosil boʻladi va bu shartning mavjud emasligi ijara shartnomasining haqiqiy emasligiga olib kelmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. FK 364-moddasining birinchi qismi talablaridan kelib chiqib, ijara predmeti va ijara haqining miqdori haqidagi shartlar bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasining muhim shartlari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19.1. Sudlar ijara predmeti haqidagi maʼlumotlarning yetarliligiga baho berishda ish holatlaridan kelib chiqishlari lozim, lekin bunda predmet individual aniqlangan va shartnomaning oʻzida belgilangan boʻlishi lozimligini hisobga olishlari zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19.2. Ijara shartnomasida ijaraga oluvchiga topshirilishi lozim boʻlgan mulkni aniqlash imkonini beruvchi maʼlumotlar mavjud boʻlmasa, taraflar ijara predmeti haqidagi shart boʻyicha kelishmagan, shartnoma esa tuzilmagan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19.3. Agar bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasining predmeti aniq belgilanmagan boʻlsa va ijaraga beruvchi shartnomani davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha zarur harakatlarni amalga oshirmayotgan boʻlsa, sudda ijaraga beruvchini shartnomani roʻyxatdan oʻtkazishga majburlashga qonuniy asoslar mavjud emas, chunki shartnoma tuzilmagan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19.4. Kommunal xizmatlar toʻlovi boʻyicha shartnoma sharti ijara toʻlovining sharti sifatida baholanmasligi lozim, chunki kommunal xizmatlar ijara haqidan tashqari toʻlanadi va ijara haqining tarkibiga kirmaydi. Shu munosabat bilan kommunal xizmatlar uchun toʻlovlarning amalga oshirilmaganligi fakti, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, shartnoma shartlarining jiddiy buzilishi hisoblanmaydi va tegishincha bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish uchun asos sifatida xizmat qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19.5. Ijara obyektining muddatidan oldin (ijara shartnomasining amal qilishi tugaguniga qadar) boʻshatilishi ijaraga oluvchining ijara haqini toʻlash boʻyicha majburiyatlarining tugashiga asos boʻlmaydi, ijara obyektini topshirish-qabul qilish dalolatnomasi asosida ijaraga beruvchiga topshirish hollari bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19.6. Ijara shartnomasining amal qilish muddati tugaganidan soʻng ijaraga berilgan bino yoki inshootdan foydalanganlik uchun ijara haqining undiruvi ushbu shartnomada belgilangan miqdorda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19.7. Shartnomani tuzish paytida yoki shartnoma bilan belgilangan boshqa muddatda ijaraga berilgan bino yoki inshootni topshirish majburiyatini bajarmagan ijaraga beruvchi ijaraga oluvchidan ijara haqini toʻlashni faqatgina unga ijara obyektini amalda topshirganidan soʻng talab qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19.8. Sudlar nazarda tutishlari lozimki, ijaraga oluvchining unga topshirilmagan ijaraga berilgan mol-mulkni undan haqiqatda foydalanib kelayotgan uchinchi shaxsdan talab qilish haqidagi daʼvosi asossiz hisoblanadi va qanoatlantirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy xoʻjalik sudi raisi D. MIRZAKARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy xoʻjalik sudi Plenumining kotibi, sudya M. IZRAILBEKOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil 1-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
234-son