07.03.2006 yildagi 38-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomototransport vositalarini sotib olish, ulardan foydalanish va ularni boshqa shaxsga berishni tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomototransport vositalarini sotib olish, ulardan foydalanish va ularni boshqa shaxsga berishni hamda ularni rasmiylashtirishni yanada tartibga solish, avtomototransport vositalari bilan bitishuvlarni sodir etishda fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash hamda jinoyatchilikning oldini olish va huquq-tartibotni mustahkamlash chora-tadbirlarini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligi rahbariyatiga avtomototransport vositalari bilan bog‘liq ishonchnomalar va bitishuvlarni rasmiylashtirishning belgilangan tartibini ta’minlash, belgilangan qoidalarga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilangan tartib buzilishi aniqlangan taqdirda aybdor mansabdor shaxslar javobgarlikka, zarur hollarda jinoiy javobgarlikkacha tortilsin.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 23-fevraldagi 46-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 65-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, 2008-yil 1-dekabrdan boshlab:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
notariuslar tomonidan taraflarning xohishiga ko‘ra avtomototransport vositalaridan foydalanish va (yoki) ularni tasarruf etish ishonchnomalarini, boshqa shaxsga berish (oldi-sotdi, almashtirish, hadya etish, renta), ijaraga berish, tekin foydalanish, garovga qo‘yish, lizing shartnomalarini notarial tasdiqlash faqat “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan tayyorlanadigan, himoya darajasiga, seriyaga, tartib raqamiga va hududiy kodga ega bo‘lgan qat’iy hisobot beriladigan gerbli (maxsus) blankalarda amalga oshiriladi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
notarial tasdiqlangan boshqa shaxsga berish shartnomalari ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak, foydalanish va (yoki) tasarruf etish huquqiga ishonchnomalar va ijaraga berish, tekin foydalanish, garovga qo‘yish, lizing shartnomalari esa O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining DYHXX organlarida hisobga qo‘yilishi kerak
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 16-oktabrdagi 229-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 43-son, 434-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qo‘yilsinki, avtomototransport vositalaridan foydalanish va ularni tasarruf etish huquqiga oldin berilgan ishonchnomalar mazkur qarorga muvofiq ular amal qilishining qolgan muddatiga qayta rasmiylashtirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligi ko‘rsatib o‘tilgan ishonchnomalar 2007-yil 1-yanvargacha davlat boji undirilmasdan qayta rasmiylashtirilishini ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishonchnomalar qayta rasmiylashtirish uchun taqdim etilmagan taqdirda 2007-yil 1-yanvardan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Avtomototransport vositalari bilan bog‘liq bitimlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining DYHXX organlari aybdor shaxslarni qonunda belgilangan javobgarlikka tortgan va ularni transport vositasini boshqarishdan vaqtincha chetlatgan holda avtomobil egalari tomonidan avtomototransport vositalarini rasmiylashtirish tartibiga rioya etilishi ustidan tegishli nazoratni amalga oshirsin.
(4-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 16-oktabrdagi 229-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 43-son, 434-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy normativ hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri B. Mustafoyev va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri B. Matlyubov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 7-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2006-yil 7-martdagi 38-son qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomototransport vositalari bilan bog‘liq bitimlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi
(ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 16-oktabrdagi 229-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 43-son, 434-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom avtomototransport vositalaridan foydalanish va (yoki) ularni tasarruf etish ishonchnomalarini, boshqa shaxsga berish (oldi-sotdi, almashtirish, hadya etish, renta), ijaraga berish, tekin foydalanish, garovga qo‘yish, lizing shartnomalarini (keyingi o‘rinlarda “avtomototransport vositalari bilan bog‘liq bitimlar” deb yuritiladi) rasmiylashtirish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 16-oktabrdagi 229-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 43-son, 434-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Nizomning amal qilishi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxslar tomonidan mazkur yuridik shaxslarning xodimlariga avtotransport vositalaridan foydalanishga ishonchnomalar berilishi hollariga;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisida ko‘rsatilgan transport vositasi egasining yaqin qarindoshlariga (ota-ona, er (xotin), bolalar, aka-ukalar, opa-singillar) transport vositasidan foydalanish va boshqarishni berish hollariga;
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-noyabrdagi 915-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.11.2019-y., 09/19/915/4033-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yengil avtomobillarni, mototransport vositalarini ijaraga berish xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar hamda jismoniy shaxslar o‘rtasida yengil avtomobillarni va mototransport vositalarini, shuningdek karshering tashkilotlari yo‘lovchilar avtotransporti va mototransport vositalarini jismoniy va yuridik shaxslarga o‘ttiz kungacha muddatga qisqa muddatli ijaraga berish yuzasidan oddiy yozma shartnomalar tuzish hollariga;
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlarida (keyingi o‘rinlarda DYHXX deb ataladi) ro‘yxatdan o‘tkazilmaydigan transport vositalariga tatbiq etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Avtomototransport vositalari bilan bog‘liq bitimlar notariuslar tomonidan notarial tartibda tasdiqlanishi kerak. Avtomototransport vositalarini:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomototransport vositalarini ishlab chiqaruvchi korxonalar, ularning distribyutor va diler tashkilotlari, shuningdek, distribyutor tashkilotlarining dilerlik tashkilotlari;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-avgustdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.08.2025-y., 09/25/535/0776-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
lizing shartnomalari bo‘yicha lizing xizmatlari ko‘rsatadigan tashkilotlar (yengil avtotransport vositalari lizingidan tashqari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxslar bilan lizing shartnomalari bo‘yicha mamlakatimizda ishlab chiqarilgan yengil avtotransport vositalarini kamida 2,0 mlrd so‘m miqdorida ustav kapitaliga ega bo‘lgan kredit tashkilotlari va asosiy faoliyat turi lizing hisoblangan tashkilotlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar va yuridik shaxslar tomonidan distribyutor va diler tashkilotlariga, shu jumladan, “TRADE-IN” va “TRADE-UP” dasturlari bo‘yicha;
(3-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-avgustdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.08.2025-y., 09/25/535/0776-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
distribyutor va diler tashkilotlari tomonidan ilgari foydalanishda bo‘lgan avtomototransport vositalarini sotishda;
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-avgustdagi 535-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.08.2025-y., 09/25/535/0776-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va uning hududiy bo‘linmalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi hududiy boshqarmalarining tuman (shahar) bo‘limlari davlat ijrochilari tomonidan belgilangan tartibda elektron onlayn-auksionlarda sotish holatlari bundan mustasno.
(3-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-dekabrdagi 859-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2024-y., 09/24/859/1047-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Notariat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq avtomototransport vositalaridan foydalanish va ularni tasarruf etish huquqiga ishonchnomalar belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalari konsullari tomonidan ham tasdiqlanadi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 29-martdagi 57-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 13-son, 98-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi hududiga boshqa davlatlardan olib kelingan avtomototransport vositalari bilan bog‘liq bitimlar tuzish ular bojxona organlarida rasmiylashtirilgandan va DYHXX organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin amalga oshiriladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 16-oktabrdagi 229-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 43-son, 434-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. DYHXX organlarida ro‘yxatdan o‘tmagan avtomototransport vositalarining bozorlarda oldi-sotdisi va ayirboshlanishi, shuningdek avtomototransport vositalarini birjalar orqali sotish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Avtomototransport vositalari bilan bog‘liq bitimlarni notarial tartibda tasdiqlash mazkur Nizomda belgilangan xususiyatlar hisobga olingan holda O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga, “Notariat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 16-oktabrdagi 229-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 43-son, 434-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Notariuslar tomonidan avtomototransport vositalari bilan bog‘liq bitimlarni tasdiqlash (tasarruf etish huquqisiz ishonchnomalar bundan mustasno) distribyutor va diler tashkilotlari tomonidan ilgari foydalanishda bo‘lgan avtomototransport vositalarining oldi-sotdi shartnomasini, shu jumladan, “TRADE-IN” va “TRADE-UP” dasturlari bo‘yicha oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirish boshqa shaxsga berish taqiqlanmaganligi va xatlab qo‘yilmaganligi tekshirilgandan keyin amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notariuslar tomonidan avtomototransport vositasini boshqa shaxsga berish to‘g‘risidagi shartnomani rasmiylashtirish davomida murojaat qiluvchilar tomonidan avtomototransport vositalari agregatlar raqamlarining ro‘yxatdan o‘tkazish raqamlariga muvofiqligi yuzasidan ko‘zdan kechiriladi va bu haqda shartnomada aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Distribyutor va diler tashkilotlari tomonidan ilgari foydalanishda bo‘lgan avtomototransport vositalarining oldi-sotdi shartnomasini, shu jumladan, ular tomonidan “TRADE-IN” va “TRADE-UP” dasturlari bo‘yicha oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirishga qadar avtomototransport vositalari sotib oluvchining tanloviga ko‘ra, xohlagan DYHXX organlarida agregatlar raqamlari ro‘yxatdan o‘tkazish raqamlariga muvofiqligi yuzasidan ko‘zdan kechirilishi lozim. Bunda agregatlar raqamlarining ro‘yxatdan o‘tkazish raqamlariga muvofiqligi yuzasidan ma’lumotnoma taqdim etiladi hamda ushbu ma’lumotnoma ko‘zdan kechirgan mansabdor shaxsning familiyasi, ismi va otasi ismining bosh harflari, ko‘zdan kechirilgan sana ko‘rsatilgan va mansabdor shaxs imzosi qo‘yilgan holda shtamp bilan tasdiqlanadi. Ma’lumotnoma 10 kun mobaynida amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomototransport vositasi ko‘zdan kechirilganligi uchun to‘lov undirilmaydi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-avgustdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.08.2025-y., 09/25/535/0776-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Taraflarning xohishiga ko‘ra avtomototransport vositalari bilan bog‘liq bitimlarni notarial tartibda tasdiqlash faqat qat’iy hisobda turadigan, himoya darajasiga, seriyaga, tartib raqamiga va hududiy kodga ega bo‘lgan gerbli (maxsus) blankalarda amalga oshiriladi. Bunda ishonchnoma bo‘yicha ishonchli shaxsga, boshqa shaxsga berish shartnomasi bo‘yicha sotib oluvchiga va ijaraga berish shartnomasi bo‘yicha ijaraga oluvchiga, tekin foydalanish shartnomasi bo‘yicha ssuda oluvchiga, garov shartnomasi bo‘yicha pul beruvchiga, lizing shartnomasi bo‘yicha lizing oluvchiga berilishi kerak bo‘lgan birinchi nusxa taraflarning xohishiga ko‘ra gerbli (maxsus) blankada rasmiylashtiriladi. Agar ishonchnoma bittadan ortiq ishonchli shaxsga berilgan taqdirda, u ishonchli shaxslar soni bo‘yicha taraflarning xohishiga ko‘ra gerbli (maxsus) blankada rasmiylashtiriladi. Qolgan nusxalarda gerbli (maxsus) blankaning seriyasi, tartib raqami va hududiy kodi ko‘rsatiladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Gerbli (maxsus) blankalardagi ishonchnomalar va bitimlar notarial tartibda tasdiqlanganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida gerb yig‘imi undiriladi.
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gerb yig‘imidan tushadigan mablag‘lar quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50 foizi — tumanlar va shaharlar budjetlari daromadiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50 foizi –O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining g‘aznachilik hisob raqamlariga o‘tkaziladi va gerbli blankalar tayyorlashga hamda boshqa shaxsga berish taqiqlangan va xatlab qo‘yilgan avtomototransport vositalari to‘g‘risidagi elektron ma’lumotlar bankini yaratishga, shuningdek adliya organlari va muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tadbirlariga maqsadli tartibda sarflanadi.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 23-dekabrdagi 413-sonli qaroriga asosan ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 603-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gerbli (maxsus) blankalar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shakl bo‘yicha “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan tayyorlanadi.
(9-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 16-oktabrdagi 229-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 43-son, 434-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Notariuslar tomonidan tasdiqlangan avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga berish shartnomalari, shuningdek avtotransport vositalarini distribyutor yoki diler tashkilotlari va kimoshdi savdolari orqali sotish shartnomasi (bayonnoma) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish, ularning hisobini olib borish, milliy davlat raqami belgilarini berish va ularni almashtirish ishlarini tartibga solish haqida” 1997-yil 26-maydagi 256-son qaroriga muvofiq bir vaqtning o‘zida avtotransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazgan va hisobdan chiqargan holda sotib oluvchining yashash joyidagi (turgan joyidagi) DYHXX organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-avgustdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.08.2025-y., 09/25/535/0776-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtotransport vositalarini 18 yoshga to‘lmagan shaxslarga, mototransport vositalarini 16 yoshga to‘lmagan shaxslarga istisno tariqasida ro‘yxatdan o‘tkazishda ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi ushbu shaxslarga rasmiylashtiriladi, guvohnomaga va avtomototransport vositalarini ro‘yxatga olish kartochkasiga: “Transport vositasi egasi 18 (16) yoshga to‘lgunga qadar vasiylik va homiylik organlarining yoki ularning qonuniy vakillarining (ota-onalari, farzandlikka oluvchilar va homiylarning) ruxsatisiz avtomototransport vositalari bilan bog‘liq bitimlar tuzish taqiqlanadi” yozuvi kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notariuslar tomonidan tasdiqlangan avtomototransport vositalari bilan bog‘liq bitimlar (distribyutor yoki diler tashkilotlari va kimoshdi savdolari orqali sotish bo‘yicha boshqa shaxsga berish shartnomalari, shartnomalar (bayonnomalar) bundan mustasno) O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan tartibda avtomototransport vositasi ro‘yxatga olingan joydagi DYHXX organlarida hisobga qo‘yilishi kerak”;
(10-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-avgustdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.08.2025-y., 09/25/535/0776-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
101. Avtomototransport vositalaridan foydalanish va (yoki) ularni tasarruf etish ishonchnomalarida ishonchnoma berilgan shaxsda ushbu avtotransport vositasini chet elga olib chiqish huquqi mavjud yoki mavjud emasligi haqidagi yozuv alohida ko‘rsatilishi shart.
(101-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Notariuslar tomonidan tasdiqlangan avtomototransport vositalari bilan bog‘liq bitimlar notarial tartibda tasdiqlangan paytdan boshlab 10 kun mobaynida DYHXX organlarida ro‘yxatga olish (hisobga qo‘yish) uchun taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notariuslar tomonidan avtotransport vositasini boshqa shaxsga berish to‘g‘risidagi shartnomalar bilan bog‘liq ma’lumotlar DYHXXning elektron ma’lumotlar bazasiga “yagona darcha” tamoyili asosida avtomatik ravishda yuboriladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-avgustdagi 513-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshisi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/513/0787-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DYHXX organlari tegishli notarial idoralardan ularga nisbatan avtomototransport vositalari bilan bitimlar tasdiqlangan avtomototransport vositalariga tegishli tezkor ma’lumotlarni olish yo‘li bilan avtomototransport vositalari bilan bog‘liq bitimlar avtomobil egalari (ijaraga oluvchilar va ishonchli shaxslar) tomonidan DYHXX organlarida o‘z vaqtida ro‘yxatdan o‘tkazilishi (hisobga qo‘yilishi) bo‘yicha talablarga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomototransport vositalarini mazkur band talablarini buzgan holda boshqarish qonunchilikka muvofiq haydovchilar transport vositasini boshqarishdan vaqtincha chetlatilgan holda ularni ma’muriy javobgarlikka tortishga olib keladi.
(11-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan gerbli blankalar bo‘yicha har oylik hisobot yuritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligi yilning har choragida tasdiqlangan avtomototransport vositalari bilan bog‘liq bitimlar bo‘yicha taqqoslash o‘tkazadi.
(12-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 16-oktabrdagi 229-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 43-son, 434-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi notarial idoralarida avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga berish va taqiqlanganligi va xatlab qo‘yilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar banki (hujjatli) shakllantirilishini ta’minlaydi. Ma’lumotlar bankini shakllantiradigan notarial idoralari ro‘yxati tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan tasdiqlanadi.
(12-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan DYHXX organlari bilan birgalikda qo‘shimcha ravishda tegishli hudud bo‘yicha boshqa shaxsga berish taqiqlangan va xatlab qo‘yilgan avtomototransport vositalari to‘g‘risidagi elektron ma’lumotlar banki yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga berish taqiqlanishi va taqiq olib tashlanishi, shuningdek boshqa shaxsga berish taqiqlangan va xatlab qo‘yilgan avtomototransport vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bankini shakllantirish tartibi boshqa manfaatdor idoralar bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur Nizomni buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda mazkur Nizom talablarini tushuntirish va avtomototransport vositalari egalari e’tiboriga yetkazish tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mazkur Nizom 2006-yil 1-iyuldan boshlab kuchga kiradi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 10-son, 77-modda; 2008-y., 43-son, 434-modda; 2009-y., 17-son, 214-modda; 2010-y., 13-son, 98-modda; 2011-y., 7-8-son, 65-modda; 2013-y., 37-son, 485-modda; 2016-y., 52-son, 603-modda; 2017-y., 33-son, 864-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2018-y., 09/18/863/2098-son; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2019-y., 09/19/876/3927-son; 19.11.2019-y., 09/19/915/4033-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son, 12.08.2021-y., 09/21/513/0787-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 23.12.2024-y., 09/24/859/1047-son; 25.08.2025-y., 09/25/535/0776-son; 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)