18.04.2011 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PROTOKOL
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daromaddan olinadigan soliqlarning ikki yoqlama qoʻllanishining oldini olish toʻgʻrisidagi 1996-yil 3-iyulda imzolangan Bitimga oʻzgartishlar kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1996-yil 3-iyulda Toshkent shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati oʻrtasida daromaddan olinadigan soliqlarning ikkiyoqlama qoʻllanishining oldini olish toʻgʻrisidagi Bitimga (bundan buyon matnda “Bitim” deb yuritiladi) oʻzgartishlar kiritish haqida Protokol qabul qilish istagini bildirib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitimning 25-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“1. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari ushbu Bitim qoidalarini bajarish uchun yohud Ahdlashuvchi Davlatlar yoki mahalliy davlat hokimiyati organlari nomidan undiriladigan har qanday turdagi soliqlarga taalluqli maʼmuriy yoki milliy qonun hujjatlari boʻyicha olish mumkin boʻlgan axborotni ushbu qonun hujjatlari boʻyicha soliq solish mazkur Bitimga zid boʻlmagan darajada almashinadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborot almashish 1 va 2-moddalar bilan cheklanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ahdlashuvchi Davlat tomonidan 1-band doirasida olingan har qanday axborot ham shu Davlat milliy qonun hujjatlariga muvofiq olingan axborot singari, xuddi shu maʼnoda maxfiy hisoblanadi hamda belgilash yoki soliqlarni yigʻish yoxud majburiy undirish yoki mazkur Bitim tatbiq etiladigan soliqlarga nisbatan apellyatsiya tartibida koʻrib chiqish bilan mashgʻul shaxslar yoki davlat organlariga ochib beriladi. Bunday shaxslar yoki organlar bu axborotdan faqat shu maqsadlarda foydalanadilar. Ular Ushbu axborotni ochiq sud majlisi vaqtida yoki sud qarorlari qabul qilish chogʻida ochishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Hech qanday holatda 1-band qoidalari Ahdlashayotgan Davlatlardan birining zimmasiga quyidagi majburiyatlarni yuklovchi qoidalar sifatida talqin qilinmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) u yoki bu Ahdlashuvchi Davlatning qonunlariga zid boʻlgan maʼmuriy choralar oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) u yoki bu Ahdlashuvchi Davlatning milliy qonunlariga koʻra olinishi mumkin boʻlmagan axborotni taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) savdo, tadbirkorlik, sanoat, tijorat yoki xizmat sirini yoxud savdo jarayonini ochib beruvchi axborotni yoki ochilishi davlat siyosatiga (ommaviy tartib haqida izoh) zid kelishi mumkin boʻlgan axborotni taqdim etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Agar axborot bir Ahdlashuvchi Davlat tomonidan mazkur moddaga muvofiq soʻralsa, boshqa Ahdlashuvchi Davlat soʻralgan axborotni olish uchun, hatto agar bunday axborot ushbu boshqa Davlatga oʻz soliq maqsadlari uchun talab qilinmasa-da, axborot yigʻish boʻyicha oʻz chora-tadbirlaridan foydalanishi kerak. Bundan avvalgi jumlada keltirilgan majburiyat 3-bandning qoidalari bilan cheklangan obyekt hisoblanadi, biroq hech qanday holda bunday cheklovlar Ahdlashuvchi Davlatga faqat unga boʻlgan ichki manfaatdorlikning yoʻqligi sababli axborot taqdim etishdan bosh tortishga ruxsat beradi deb qarash mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 3-bandning birorta qoidasi Ahdlashuvchi Davlatga faqat axborotning egasi bank, boshqa moliyaviy muassasa yoki ishonchli vakil hisoblangan shaxs hisoblanishi yoki axborot shaxsning mulk huquqlariga kirishi sababli axborot taqdim etishdan voz kechishga ruxsat beradi deb qaralmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ahdlashuvchi Davlatlarning har biri ichki qonunchilikka muvofiq talab etiladigan ushbu Bitimning kuchga kirish taomili yakunlangani toʻgʻrisida diplomatik kanallar orqali bir-birini xabardor qiladi. Ushbu Bitim oxirgi shunday xabarnoma olingandan oʻttiz kundan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Protokol Bitimning ajralmas qismi hisoblanadi va oʻzining amal qilishini Bitimning amal qilishi toʻxtatilgan sanadan boshlab toʻxtatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buni tasdiqlash uchun tegishli tarzda bunga vakolat berilgan quyida imzo chekuvchilar, mazkur Protokolni imzoladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pekin shahrida 2011-yil 18-aprelda ikki nusxada, har biri oʻzbek, xitoy va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega. Mazkur Protokol qoidalarini talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, ingliz tilidagi matn asos qilib olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(imzolar)
(Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari toʻplami, 2011-y., 3-4-son)