15.03.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2339
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining buyrugʻi, 15.03.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2339
Kuchga kirish sanasi
25.03.2012
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MUZEYLAR, TEATRLAR VA KONSERT ZALLARI XODIMLARI UCHUN MEHNATNI MUHOFAZA QILISH QOIDALARINI TASDIQLASH HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 15-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2339]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining toʻplami, 2000-y., 7-son, 39-modda) va 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 28-29-son, 234-modda) qarorlariga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Muzeylar, teatrlar va konsert zallari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir A. XAITOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 14-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-B-son

Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2012-yil 14-fevraldagi 7-B-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muzeylar, teatrlar va konsert zallari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.

Mazkur Qoidalar muzeylar, teatrlar va konsert zallari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Qoidalar muzeylar, teatrlar va konsert zallariga (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) taalluqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Qoidalar ishlab chiqarish binolarini va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, texnik jihozlash va qayta jihozlashda, texnologik jarayonlar hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish va ishlab chiqarish boʻyicha xavfsizlikka oid normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan saylanadigan mehnatni muhofaza qilish boʻyicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II bob. Xavfsizlikka qoʻyiladigan umumiy talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqiladi (tasdiqlanadi) va yuritiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari boʻyicha boʻlimni oʻz ichiga olgan jamoaviy shartnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasdiqlangan mehnat sharoitlarini baholash va ish oʻrinlarini attestatsiya qilish uslubiga muvofiq ish oʻrinlarini attestatsiya qilish kartalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlar va muhandis-texnik xodimlarni oʻqitish, yoʻl-yoʻriq berish va bilimlarini sinovdan oʻtkazish dasturlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnatni muhofaza qilish boʻyicha maʼmuriy-jamoatchilik nazoratini yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarga yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriq berish va yongʻin-texnikaviy minimum mashgʻulotlarini oʻtkazish dasturi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir kasb va ish turlari boʻyicha mehnatni muhofaza qilish yoʻriqnomalari.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq, ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq boʻlgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini taʼminlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha tegishli tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud boʻlgan tashkilotda yoʻl harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xodimlarining soni ellik nafardan kam boʻlgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassis lavozimini joriy etish toʻgʻrisidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining oʻziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mehnatni muhofaza qilish xizmati va yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tashkilotning mustaqil tarkibiy boʻlinmalari boʻlib, ular bevosita tashkilot rahbariga boʻysunadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yoʻriqnomasiga binoan ularning majburiyatlariga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bogʻliq ravishda sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Xodimlarni oʻqitish, ularning bilimlarini sinovdan oʻtkazish va ularga yoʻl-yoʻriq berishni tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Tashkilot xodimlari oʻz kasblari va ish turlari boʻyicha belgilangan tartibda oʻqishlari, ularning bilimlarini sinovdan oʻtkazilishi va ularga yoʻl-yoʻriq berilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish boʻyicha bilimlarini tekshirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazish, oʻqitish va bilimlarni tekshirish, malaka oshirish hamda qayta tayyorlash toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ishlarni texnologik reglament boʻyicha xavfsiz yuritish yoʻriqnomalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomalarni ishlab chiqish toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq ishlab chiqiladi hamda tashkilot xodimlarini va ish joylarini ushbu yoʻriqnomalar bilan taʼminlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Tashkilotlar GOST 17.2.3.02-78 boʻyicha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, xodimlarga taʼsir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari toʻgʻrisida toʻliq va xolisona maʼlumotga ega boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti hamda mehnat jarayonining xavfli va zararli omillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim oʻlchovi natijalari, shuningdek mehnatning ogʻir sharoitlari attestatsiya qilish orqali belgilanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Yangi zararli moddalar paydo boʻlishiga yoki xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari yoʻqolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar oʻzgarishlarida yoki yangi ishlab chiqarish asbob-uskunalarini joriy qilishda xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Oʻta xavfli kasblar va ishlar roʻyxati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Tashkilot oʻta xavfli sharoitda bajariladigan ishlar roʻyxatiga ega boʻlishi lozim. Roʻyxatga xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlar, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlar, bugʻ va suv isitish qozonlari, yuk koʻtarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sigʻimlar, elektr asbob-uskunalariga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq ishlar va amaldagi tarmoq roʻyxatlariga muvofiq boshqa ishlar kiritilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Barcha xodimlar oʻta xavfli ishlarni bajarish topshirigʻini olishdan oldin, mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻl-yoʻriq olishi va ishlarni bajarish usullarini oʻzlashtirib olishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Oʻta xavfli ishlarni bajarish, faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan naryad-ruxsatnomaga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Tashkilot rahbariyati oʻta xavfli ishlarni belgilangan talablarga muvofiq rejalashtirishga, tashkillashtirishga va xavfsiz bajarishga toʻla javobgardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-§. Jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarini qoʻllash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Xodimlarni xavfli va zararli ishlab chiqarish omillaridan himoya qilish jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanish orqali taʼminlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Jamoaviy himoya qilish vositalariga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining havo muhitini meʼyorlashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo haroratini, namligini bir xil meʼyorda saqlash va boshqalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yorugʻligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorugʻlikdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shovqindan, tebranishdan, elektr va statik toklar urishidan hamda uskunalar yuzasini yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mexanik va kimyoviy omillarning taʼsiridan himoya qilish vositalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari boʻlgan xonadagi barcha xodimlarga taʼsir qilganda qoʻllanishi shart va tashkilotni qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini ruxsat etilgan miqdorgacha kamaytirish imkonini bermagan hollarda yakka tartibdagi himoya vositalari qoʻllanilishi lozim. Bunday hollarda yakka tartibdagi himoya vositalarisiz xodimlarning ishga jalb qilinishi taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanadigan xodimlar ularni qoʻllashi, himoya xususiyatlari va amal qilish muddati toʻgʻrisida maʼlumotlarga ega boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Tashkilotlarda quyidagilar taʼminlanishi shart:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakka tartibdagi himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
himoya vositalarini qoʻllash va toʻgʻri foydalanish ustidan doimiy nazorat amalga oshirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
himoya vositalarining samaradorligi va sozligining tekshirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakka tartibdagi himoya vositalaridan xavfli va zaharli moddalar muhitida foydalanilganda ularning degazatsiya va dezinfeksiya qilinishi (bir marta qoʻllaniladigan himoya vositalari bundan mustasno).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Turli agressiv moddalar bilan ishlayotganda teri kasalliklarining oldini olish uchun profilaktik pasta va mazlardan foydalanish lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Xodimlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibdagi himoyalanish vositalari bilan bepul taʼminlanishi lozim.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-§. Kasbiy tanlov
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Tashkilotlarda tanlov oʻtkazilishi lozim boʻlgan kasblar va mutaxassisliklar roʻyxati boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Xodimlar va rahbar xodimlar tegishli maʼlumotga hamda ish tajribasiga ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Bosim ostida ishlovchi asbob-uskunalar va xavfi yuqori boʻlgan ishlarda xizmat koʻrsatuvchi xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan oʻtgan va tegishli guvohnomaga ega boʻlishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-iyuldagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan ogʻir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning roʻyxatiga muvofiq oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar ogʻir ishlarga hamda zararli va xavfli mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-§. Xodimlarning salomatligini nazorat qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Tashkilot rahbariyati kasaba uyushmasi qoʻmitasi va sogʻliqni saqlash organlari bilan birgalikda har-yili dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozim boʻlgan xodimlarning roʻyxatini tuzishi hamda xodimlarning koʻrikka kelishini taʼminlashi lozim.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Majburiy tibbiy koʻriklar tashkilotga tibbiy xizmatlar koʻrsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, ular boʻlmagan taqdirda esa korxona joylashgan yerdagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan oʻtkaziladi. Majburiy tibbiy koʻriklar davolash-sogʻlomlashtirish tadbirlari belgilangan tekshirish dalolatnomasi bilan yakunlanishi lozim.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Ish beruvchi majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan yoxud majburiy tibbiy koʻrik natijalariga koʻra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan boʻyin tovlagan shaxslarni ishdan chetlashtirishi shart.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Davriy majburiy tibbiy koʻriklar oʻz vaqtida, sifatli oʻtkazilishi va ularning natijalariga koʻra tavsiyalar bajarilishi uchun javobgarlik tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklanadi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Xodimlarni sogʻligʻi tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-§. Sanitariya va gigiyenaga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Tashkilot xonalari ish hududidagi harorat, nisbiy namlik, havoning harakatlanish tezligi va boshqalar GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi, Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari”ga muvofiq boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Tashkilotning ishlab chiqarish xonalari quyidagi sanitariya qoidalariga muvofiq saqlanishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xonalarda ruxsat etilgan harorat, nisbiy namlik va havoning harakatlanish tezligi, ish joylaridagi ortiqcha issiqlik, bajarilayotgan ishning ogʻirlik darajasiga koʻra toifasi, yil mavsumi hisobga olingan holda belgilanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish, sanitariya-maishiy xonalarning, xom ashyo va tayyor mahsulotni saqlash xonalarining yorugʻligi QMQ 3.01.05-98 “Tabiiy va sunʼiy yorugʻlik. Loyihalashtirish meʼyorlari”ga muvofiq boʻlishi hamda mehnat sharoitlarini yaratish uchun yetarli yorugʻlik kuchini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xonalarda yoritish asboblari chang toʻplanishiga imkoniyat bermaydigan konstruksiyaga ega boʻlishi, shuningdek singan taqdirda uning parchalari sochilib ketmasligi uchun yopiq boʻlishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Tashkilot xodimlari barcha ustki kiyim, poyabzal, bosh kiyim va shaxsiy narsalarni garderob (kiyim almashtiradigan maxsus xona)da qoldirishi, ish jarayoni boshlanishidan oldin va tugaganidan keyin qoʻllarini yuvishi, toza sanitar kiyimini kiyishi va kiyimni ifloslangunga qadar almashtirishi hamda ish joylarida ovqat isteʼmol qilmasliklari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-§. Tashkilot maydonlariga boʻlgan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Tashkilot maydonlari va binolarining joylashuvi SHNQ 2.09.17-21 “Sanoat korxonalarining bosh rejalarini loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos boʻlishi kerak.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Tashkilotda transport vositalarining va piyodalarning tashkilot hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Transport vositalari va tashkilot hududida piyodalarning harakati chizmasi tashkilotga kirish va chiqish hamda ish uchastkalarining koʻrinarli joylariga osib qoʻyilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Tashkilot maydonlari koʻkalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmoqlari bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Tashkilot maydonidagi oʻtish joylari mustahkam yopqichlar, suvlar oqib ketadigan inshootlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Yilning yoz vaqtida yoʻlaklar va oʻtish joylariga suv sepilgan, qishda qordan tozalanib, qum sepilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Yoʻlovchilar uchun yoʻlak va tashkilotga kirish joyi tekis, kengligi kamida 1,5 m yon tomonlarida devorcha va toʻsiqlar boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Binolarning tomlarini qishki mavsumda qordan, karnizlarni qotgan muzlardan tozalab turish zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Tashkilot hududida har kuni tozalab va dezinfeksiya qilib turiladigan axlat tashlanadigan idishlar boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Hovlidagi hojatxonalarni ozoda saqlash, muntazam dezinfeksiya qilish, sutkaning qorongʻi paytida esa yoritilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-§. Bino va inshootlarga boʻlgan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Binolar va inshootlar SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(53-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Yordamchi binolar va xonalar SHNQ 2.09.02-23Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos kelishi lozim.
(54-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Xonalarning (harorati, nisbiy namligi, havoni harakatlanish tezligi va boshqalar) mikroiqlimi GOST 12.1.005-88 talabiga javob berishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Nam xonalarda hamda issiq oʻtkazuvchi pollarda (betonli, gʻishtli, plitali va boshqalar) muntazam ishlashga moʻljallangan ish joylarda yogʻoch toʻshamalar va panjaralar yotqizilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Pol toʻshamalari zararli moddalar, ishlab chiqarishdagi kirlar va changlardan yengil tozalangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Binoga transport vositalarining kirish joylari darvozalar va signal asbob-uskunalari bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Darvoza tavaqalari yopiq va ochiq holatida maxsus moslamalar mustahkam oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. Transport vositalarining binoga kirishi uchun darvoza eni foydalanilayotgan transport vositalari eni miqdoridan oshiq boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Darvozalarning balandligi transport vositasining balandligidan kamida 0,2 m dan oshiq boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62. Tashkilotlarda binolar va inshootlardan foydalanish holatini muntazam kuzatish tashkil etilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-§. Shamollatish va isitish tizimiga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63. Shamollatish va isitish SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(63-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish yerdan kamida 2 m balandlikda bajarilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65. Oʻtish joylarida joylashgan isitish jihozlari ruxsat etilgan oʻtish yoʻlaklarining enini kamaytirmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
66. Ish joylarida havo harorati yengil jismoniy ishda 210 S, oʻrtacha ogʻir ishda 170 S va ogʻir ishda 160 S dan past boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
67. Xodimlarining isinishi uchun xonalarda harorat 220 S dan kam boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
68. Isinish xonalarigacha boʻlgan masofa binolarda joylashgan ish joylaridan 75 m dan, bino tashqarisidagi ish joylaridan esa 150 m dan koʻp boʻlmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-§. Suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga qoʻyiladigan talablar
(12-paragrafning nomi Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
69. Suv bilan taʼminlash va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” talabiga mos kelishi kerak.
(69-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
70. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar boʻlishi kerak. Suv quvurlari yoʻq boʻlganda baklarda qaynatilgan suv boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71. Ichimlik suvining harorati 8o S dan 20o S gacha boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
72. Tashkilot hududidagi hojatxonalar issiq suv va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga ulangan boʻlishi lozim.
(72-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
73. Tashkilotda oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi yoʻq boʻlganda davlat sanitariya nazorati organlari bilan kelishilgan holda tashkilotda yer qatlamini ifloslantirmagan holda dushxonalardan va yuz-qoʻl yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali axlat oʻralarini mavjud boʻlishiga ruxsat etiladi.
(73-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-§. Yoritishga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
74. Ishlab chiqarish xonalarini tabiiy va sunʼiy yoritish SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos boʻlishi lozim. Yoritish vositalari toza va soz holatda boʻlishi kerak.
(74-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
75. Yoritish vositalari toza va soz holatda boʻlishi kerak. Yorugʻlik tushuvchi oynalarni yilida kamida ikki marotaba tozalash lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
76. Yorugʻlik tushadigan deraza va eshiklarni turli predmetlar (asbob-uskuna va boshqalar) bilan toʻsib qoʻyishga ruxsat etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
77. Sunʼiy yoritish umumiy va birlashgan (umumiy mahalliy bilan birgalikda) tizim orqali amalga oshiriladi. Birgina mahalliy yoritishni qoʻllash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
78. Uchastka va xonalarda portlash boʻyicha xavfli gaz va changlar konsentratsiyasi yigʻilib qolishi ehtimoli boʻlsa, elektr yoritish tizimi portlashdan alohida bajarilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
79. Xavflilik darajasi yuqori boʻlgan xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori boʻlmagan koʻchma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak. Uskunalar va inshootlar (bunkerlar, quduqlar, bugʻlantirish kameralari, tunnellar va boshqalar)ni ichki sirtini yoritish uchun koʻchma elektr yoritqichlarning kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
80. Koʻchirib yuriluvchi yoritqichlar shishali himoya qopqoqlari va metall toʻr bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Ushbu va boshqa koʻchirib yuriluvchi apparatlar uchun mis tolali egiluvchan kabel va elektr oʻtkazgichlar qoʻllanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
81. Evakuatsiya yoʻlaklari va zinapoyalarda avariya yoritqichlari boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
82. Avariya boshqa yoritqichlardan turi, oʻlchamlari va maxsus tushirilgan belgilari bilan ajralib turishi va vaqti-vaqti bilan changdan tozalanib turilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
83. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya isteʼmolchilarning ulanishi taqiqlanadi. Avariya yoritqichlarini sozligi har chorakda kamida bir marta tekshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-§. Maishiy imoratlarga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
84. Tashkilot maishiy xonalar, ovqatlanish xonalari, tibbiy punktlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
85. Kiyim almashtirish xonalari, dushxonalarning oʻlchamlari, dush setkalari, oyoq vannalari, bet-qoʻl yuvgichlari, isteʼmol suv taʼminoti qurilmalari, hojatxonalar va shu kabi qurilmalarning soni, smenadagi eng koʻp xodimlar soni hisobga olingan holda belgilanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
86. Dushxonalar va hojatxonalardagi tarnovlar, kanallar, traplar, pissuarlar va unitazlar muntazam ravishda tozalanishi, yuvilishi va dezinfeksiya qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-§. Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishga boʻlgan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
87. Tashkilot atrof muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishiga va zararli omillarning tegishli normalardan ortiq darajada tarqalishiga olib kelmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
88. Tashkilotlarda ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda atrof muhitni chiqindilar (oqova suvlar, shamollatish tizimi chiqindilari va boshqalar) bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar taʼminlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
89. Tashkilotlarda chiqindilarini yigʻish uchun atrofi oʻralgan maxsus joy ajratilishi va konteynerlar bilan taʼminlanishi, konteynerlar chiqindilardan boʻshatilgandan soʻng xlorli ohak eritmasi bilan dezinfeksiya qilinishi va yuvilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-§. Mehnat va dam olishga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
90. Xodimlarning ish vaqti, shu jumladan qisqartirilgan ish vaqti, dam olish va tanaffuslar vaqti tashkilotlar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III bob. Tashkilotlarda faoliyat olib borish jarayonlariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Umumiy talablar

91. Tashkilotlar zallaridagi osma qandil va yechiluvchi sofitlar kontyurlar bilan muvozanatga keltirilgan boʻlishi kerak. Koʻtarish yoki tushirishga xizmat qiluvchi kanatlardan tashqari yechiluvchi sofitlar binoning mustahkam qismlari (ferma, toʻsin va boshqalar)ga yordamchi kanat, zanjir va metalli sterjenlar bilan mahkamlab qoʻyilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
92. Yechiluvchi sofitlar (projektor lampalar) kanatlardan tashqari kamida ikki joydan mahkamlab qoʻyilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
93. Zallar har kuni, kuniga ikki va undan ortiq spektakl qoʻyilganda esa har bir spektakldan soʻng yuvib turilishi kerak. Yumshoq mebellar va yoʻlakcha toʻshamalari hamda toʻsiqlarning yumshoq qoplamalari ikki haftada kamida bir marta changdan tozalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
94. Teatrlar va konsert zallarining orkestr ijro etish joylarida kamida ikki tomondan chiqish joyi boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Yongʻin va portlashga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
95. Tashkilotda yongʻin va portlash xavfsizligi, ularni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va olib borishda GOST 12.1.004-91 “Yongʻin xavfsizligi. Umumiy talablari” va GOST 12.1.010-90 “Portlash xavfi. Umumiy talablari”ga va ushbu Qoidalarga muvofiq taʼminlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
96. Tashkilotda sinalmagan yongʻin va portlash xavfi mavjud hamda toksik xususiyatlarga ega boʻlgan moddalar va materiallarni qoʻllash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
97. Binolar va xonalarning portlash jihatdan xavflilik toifalari loyiha tashkiloti tomonidan TLTM 24-86 “Texnologik loyihalashtirish tarmoq meʼyorlari” ga muvofiq har holat uchun alohida aniqlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
98. Ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda yongʻinlar, portlashlar, avariyalar, zaharlanishlar sodir boʻlishi hamda atrof muhit uning chiqindilari (oqova suvlari, shamollatish chiqindilari va boshqalar) bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar taʼminlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
99. Binolar va xonalar dastlabki yongʻinni oʻchirish vositalari bilan taʼminlangan boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
100. Shamollatish tizimi yongʻindan darak beruvchi signalizatsiya bilan birlashtirilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
101. Bino va yongʻin suv manbai yoʻlaklari hamda yongʻin vositalari va asbob-uskunalariga boradigan yoʻlaklar doimo boʻsh boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
102. Portlashni oldini olish uchun mashina va agregatlarining ishqalanuvchi qismlarini qizib ketishiga yoʻl qoʻymaslik lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
103. Aralashganda portlovchi modda hosil qilishi lozim boʻlgan gazlarni umumiy kollektorga chiqarish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
104. Binolar va xonalar uchun hududiy yongʻin xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan yongʻin xavfsizligi boʻyicha yoʻriqnoma ishlab chiqilishi va koʻrinadigan joyga osib qoʻyilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
105. Xodimlar bilan yongʻin xavfsizligi boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazilishi va yongʻinning oldini olish boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar berilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Tashkilotlarda elektr qurilmalariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
106. Tashkilotlarda elektr qurilmalarini oʻrnatish va ulardan foydalanishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari talablariga rioya qilinishi kerak.
(106-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
107. Elektr tok oʻtkazuvchi qismlar, taqsimlovchi qurilmalar, apparatlar va oʻlchash asboblari, shuningdek turli saqlovchi qurilmalar, rubilniklar va boshqa ishga tushiruvchi apparatlar va moslamalar faqat yonmaydigan asoslarda montaj qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
108. Yuqori namlik va issiqlik ajralib chiquvchi xonalarda elektr yoritqichlar namlikdan, elektr dvigatellari esa suyuqlik sachrashidan himoyalangan yopiq holatda boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
109. Taqsimlovchi qurilmalar izolyatsiyasining qarshiligi va chidamliligi tekshirilib turilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
110. Ishlab chiqarish binolari va maishiy xonalarida qoʻllanuvchi lyuminessent yoritqichlar yopiq holatda, namlik va chang oʻtkazmaydigan maxsus moslamalarda oʻrnatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
111. Kabellar va elektr oʻtkazgichlarning izolyatsiyasi, tashqi birikmalar, himoyalovchi yerga ulagichlar, elektr dvigatellarning ishlash rejimi tashkilotning muhandis-elektriklari tomonidan muntazam koʻrikdan oʻtkazilishi va asboblar oʻlchash orqali tekshirilib turilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
112. Elektr apparatlari va agregatlarining nolga ulash hamda yerga ulash simlarining butunligi tashkilot bosh muhandis-energetigi boshchiligidagi komissiya tomonidan kamida 6 oyda bir marta tekshirilishi lozim. Tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
113. Kam quvvatli elektr lampalari va asboblarini kattaroq quvvatlilariga almashtirish tarmoq uchun yoʻl qoʻyiluvchi yuklanishni hisobga olgan holda elektr xoʻjaligi uchun javobgar shaxsning ruxsati bilan amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
114. Bitta elektr shtepseliga bir nechta moslamalarni ulash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
115. Changlarning statik elektr razryadlaridan alangalanib ketmasligi uchun mashinalarning gʻiloflari, uning asosiy vallari va havo quvurlari yerga ulangan boʻlishi kerak. Havo quvurlarining materialdan tayyorlangan filtrlari mayda katakli metall toʻrlar bilan oʻralgan va toʻr yer bilan ulangan boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
116. Tashkilotning barcha turdagi bino va inshootlari yashin qaytargichlar bilan himoyalangan boʻlishi kerak. Yashin qaytargichlar har yili bahorda tekshirilib turilishi va aniqlangan nosozliklar bartaraf etilishi kerak. Bundan tashqari, har doim momaqaldiroqdan soʻng yashin qaytargichlarning elementlari tekshirib turiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Teatr va konsert zallarida mashgʻulotlar oʻtkazish xonalariga boʻlgan xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
117. Mashgʻulot zalining poli taxtali yoki parketdan, tekis, boʻrtib chiqish va tirqishsiz hamda isitilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
118. Mashgʻulot zali derazalariga shamollatib turish maqsadida framugalar oʻrnatilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
119. Mashgʻulot zallari issiq oʻtish yoʻlak (karidor)lari orqali dush va hojatxonalar bilan bogʻlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
120. Mashgʻulot zallari qoshida bir vaqtning oʻzida eng koʻp mashq olib boruvchilar soniga teng ravishda alohida shkafchalarga ega garderob xonalari tashkil qilinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
121. Mashgʻulot zallari har bir mashgʻulotdan soʻng tozalanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-§. Teatr va konsert zallaridagi sahnaga boʻlgan xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
122. Sahna poli sifatli taxta materialidan tayyorlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
123. Sahnadan foydalanish jarayonida yechiluvchi konstruksiyalarning qismlari hamda toʻshama elementlari toʻliq boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
124. Sahnada chiqishlar boshlanishidan oldin pol quruq boʻlishiga moʻljallanib, nam latta bilan artib chiqilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
125. Sahnada raqs ijro etilishidan avval sahna poliga maydalangan kanifol (sirpanishdan saqlovchi modda) kukuni sepib chiqilishi yoki oʻyinchilar sahnaga chiqishidan oldin oyoq kiyimlariga maydalangan kanifol kukunini surkab chiqishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
126. Dekoratsiyalarni saqlash uchun sahnada aniq belgilar bilan koʻrsatib qoʻyilgan maxsus joy ajratilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
127. Barcha osma dekaratsiyalarni shtanketlarga oldindan, spektaklga tayyorgarlik koʻrish vaqtida osib qoʻyilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
128. Sahnani oʻrab turuvchi konstruksiyalar (eshik, lyuk, deraza va boshqalar) sahnaga sovuq havo kirib kelishiga yoʻl qoʻymaydigan mahkam yopiluvchi qurilmalar (jihozlar) bilan taʼminlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
129. Yumshoq va katta hajmli dekoratsiyalarni boʻyash changni kamroq chiqarishni taʼminlovchi usullar bilan amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
130. Dekoratsiyalarni boʻyash uchun zaharli aralashmalar (masalan qoʻrgʻoshin kukuni)ga ega boʻyoqlardan foydalanish man etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
131. Yumshoq dekoratsiyalar bir oyda kamida bir marta tozalab turilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
132. Sahnani (tryum, planshet, ishchi galeriyalar), sofit va shtanketlarni hamda boshqa qurilmalarni umumiy tozalash ishlari oyda kamida ikki marotaba amalga oshirilishi kerak. Sahna poli zarurat tugʻilganda, biroq kamida bir kunda ikki marotaba (dam olish kunlaridan tashqari) tozalanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-§. Sahnadagi harakatlanuvchi (aylanmali) maydonchalarga boʻlgan xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
133. Harakatlanuvchi (aylanmali) maydonchalar kamida 250 kg/m2 ogʻirlik koʻtarishga moʻljallanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
134. Yonma-yon boʻlgan harakatlanuvchi (aylanmali) maydonchalar orasidagi masofa (tirqish) 5 mm dan katta boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
135. Har bir harakatlanuvchi (aylanmali) maydonchalar yechiluvchi konstruksiyaga mahkam oʻrnatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
136. Harakatlanuvchi (aylanmali) maydonchalarda qismlar joyini almashtirish, arqon (sim)lar uzunligini belgilanganidan oʻzgartirish hamda mahkamlanishi (material, kanat, moslama, asbob-uskuna va boshqalar bilan) taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
137. Harakatlanuvchi (aylanmali) maydonchalar va ulardagi asbob-uskunalar holatini nazorat qiluvchi masʼul xodim boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-§. Teatr va konsert zallarida akustika hamda yoritish lojalariga boʻlgan xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
138. Teatr va konsert zallarida akustikalar oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
139. Akustik qoplamalar bilan jihozlashda yonmaydigan yoki qiyin yonuvchi, ovoz yutuvchi material va qurilmalardan foydalanish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
140. Akustik qoplamalar mahkamlanadigan karkaslar yonmaydigan materiallardan ishlangan boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
141. Yoritish uskunalari oʻrnatilgan lojalar 0,8 m dan kam boʻlmagan toʻsiqqa ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
142. Lojalarda yoritish uskunalarini oʻrnatish va osish uchun uskunaning toʻsiq mahkamligini taʼminlovchi mustahkam ustunlar, kronshteyn va boshqa moslamalar oʻrnatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
143. Yoritish uskunasini oʻrnatishga xizmat qiluvchi shtativ (trenos)lar lojaning poliga mahkamlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
144. Yoritish uskunasining joylashuvi ish jarayonida (burilish, yoritish filtrlarini almashtirish va boshqalar) har bir uskunaga xizmat koʻrsatish imkonini berishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
145. Yoritish lojalari 25o S dan yuqori boʻlmagan havo haroratini saqlab turuvchi shamollatish tizimiga ulanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
146. Yoritish lojalarining tez yonuvchi qoplamalar bilan oʻralishi man etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
147. Yoritish lojalarida begonalarning boʻlishi taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
148. Yoritish lojalarida navbatchi dielektrik va issiqlikdan saqlovchi materialdan tikilgan kombinatsiyalangan qoʻlqoplar boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
149. Yoritish lojalari bir kunda kamida bir marotaba tozalanib turilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-§. Muzey koʻrgazma zallariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
150. Muzey koʻrgazma zallarini jihozlash va ulardan foydalanish tartibi zallarning loyihalanishi va qurilishi talablariga mos boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
151. Muzey koʻrgazma zallarining devorlari yorqin ranglarda boʻyalgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
152. Koʻrgazma zallarida koʻrgazma uchun oʻrnatilgan barcha dekorativ buyumlar hamda eksponatlar ishonchli ilgaklarda yaxshi mahkamlangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
153. Eksponatlarni 2 m gacha boʻlgan balandlikka ilish oldindan tayyorlab qoʻyilgan ilgaklarga maxsus tirgakli narvonlarda kamida ikki kishi tomonidan amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
154. Muzey koʻrgazma zallari bir kunda kamida bir marotaba tozalanib turilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-§. Muzey eksponatlariga ishlov berishda xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
155. Xonalar sunʼiy shamollatish tizimiga ulangan boʻlishidan qatʼi nazar, tabiiy shamollatish sharoiti (ochiladigan derazalar, tuynuklari)ga ega boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
156. Toksik moddalar bilan ishlashda shamollatish tizimi va respiratorlardan foydalanish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
157. Changlanuvchi vositalarni ishlatish (gips, bronza, aluminiy, boʻyoqlar va boshqalar), shuningdek ularning ustki qismlarini silliqlash himoya koʻzoynaklari va respiratorlar yordamida amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
158. Kimyoviy moddalarni hidlash yoki qoʻlga surtib koʻrish orqali bilish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
159. Xlorofos yoki boshqa zaharli moddalarni ishlatishda maxsus kiyimlar (xalat, himoya koʻzoynagi, rezina qoʻlqoplar, respirator)dan foydalanish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
160. Xlorofos qorishmasi teriga tegib ketsa, uning qurishini kutmasdan darhol suv bilan yuvib tashlash lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
161. Xlorofos va boshqa zaharli moddalar bilan ishlab boʻlgandan soʻng idish va anjomlar sovunlab yuvilishi va alohida xonada, qulflanadigan shkafda saqlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-§. Dekorativ bezatishga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
162. Sahnani bezatishda yuk koʻtaruvchi asbob-uskunalarning konstruksiyalari texnik shartlar talablariga muvofiq sifatli tayyorlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
163. Sahnada barcha yuk koʻtaruvchi uskunalardan sahnaning ogʻirlik yukini koʻtarish imkoniyatidan (odam, uskunaning oʻz ogʻirligi va boshqalar) kelib chiqib foydalanilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
164. Dekoratsiya qismlarini yasash uchun moʻljallangan yogʻochlar har tomondan randalangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
165. Dekoratsiyalar uchun moʻljallangan qismlar konstruksiyasi ulanma tugunlarning chidamliligi hamda mustahkamligini taʼminlashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
166. Dekoratsiyalar balandligi 1,5 m va undan yuqori boʻlsa, ularning quyi qismidan 0,7-0,8 m oraliqda dastak (dekoratsiyalarni koʻtarish uchun moʻljallangan koʻndalang brusok) oʻrnatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
167. Dekaratsiyani tashkil etuvchi qismlar bir-biri bilan metalldan ishlangan mahkamlovchi qismlar yordamida ulanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
168. Dekoratsiyalar yasashda yogʻochlarni biriktirish uchun foydalaniladigan metall qismlar sifatli (yoriq, chang va boshqa nuqsonlarsiz) boʻlishi hamda yogʻochga mustahkam mahkamlanishi kerak. Yogʻoch sirtidan boʻrtib chiquvchi metall qismlar silliq (oʻtkir burchak, gʻadir-budurlarsiz va boshqalar) boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
169. Dekoratsiyalar alohida qismlarining ogʻirligi 80 kg dan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
170. Oʻtish koʻprikcha (pandus)larni bir-biri ustiga qiyalatib oʻrnatish man etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
171. Boshqa bezak qismlari dekoratsiyaga mahkam qoʻzgʻalmaydigan qilib oʻrnatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
172. Dekorativ bezatish buyumlari omborxonada yoxud sahnadagi maxsus ajratilgan joyda saqlanishi kerak. Ularni sahnaning boshqa qismlarida saqlash man etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
173. Sahnadagi bezatish buyumlarini tiklab qoʻyish uchun ajratilgan maydonlar sahna poliga aniq chiziqlar bilan belgilab qoʻyilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
174. Yumshoq dekoratsiyalarni saqlash uchun moʻljallangan xonaga ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
175. Dekoratsiya, mebel, yasama jihozlar va boshqalarni koʻtarish va tushirish ishlari osma dekoratsiyalar bilan amalga oshiriluvchi xuddi shunday ishlarga qoʻyiladigan talablarga javob berishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
176. Dekoratsiyalarni xonalardan chiqarish va yigʻishtirish jarayonida lyukninig ochiq joyi toʻsiq bilan oʻralishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
177. Omborxona va sahna eshiklarining eni 1,5 m dan va balandligi 2,5 m dan past boʻlmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
178. Dekoratsiyalar saqlanadigan xonalar isitilmasa, ushbu omborxonalardan sahnaga olib boruvchi yoʻlaklarga sahnani yelvizaklardan saqlovchi uskunalar oʻrnatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
179. Dekoratsiyalar saqlanadigan omborxonalardagi isitish uskunalari tashqi yuzasidan 300 mm dan kam boʻlmagan uzoqlikda mustahkam toʻsiqlar bilan taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
180. Omborxonalarning devor va shiftlarida dekoratsiya hamda osma buyumlarni saqlashga moʻljallangan moslamalar boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
181. Yigʻiluvchi bezak buyumlari saqlanish joyidan sahnaga imkon qadar shift boʻylab koʻchirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
182. Baland bezak buyumlar tushib ketishini oldi olingan holda oʻrnatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
183. Omborxonalarda pol sathidan baland toʻshamalar mavjud boʻlgan taqdirda, ular qulay va mustahkam narvonlarga ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
184. Yigʻilgan dekoratsiyalar orasidagi oʻtish yoʻllari 0,75 m dan qisqa boʻlmasligi kerak. Yoʻlaklarni tirband qilish man etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV bob. Asbob-uskunalarga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Umumiy talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
185. Asbob-uskunalarni masʼul xodim tomonidan koʻzdan kechirganidan soʻng ishlatishga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
186. Asbob-uskunalarni rostlash va moylash ishlari asbob-uskuna ishlashdan butunlay toʻxtaganidan soʻng amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
187. Tashkilotda quyidagilar nazorat qilinishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlar soz, oʻtkirlangan va ishlab chiqarishning tegishli sharoitlariga mos asbob-uskunalar bilan taʼminlanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asbob-uskunalarning oʻz maqsadi boʻyicha ishlatilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asbob-uskunalarning toʻgʻri saqlanishi va sinchkovlik bilan koʻrikdan oʻtkazilishini hamda nosoz asbob-uskunalardan foydalanmaslik.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
188. Asbob-uskunalarni saqlash uchun har bir uskuna va dastgoh yonida ish sharoiti boʻyicha zarur quti yoki shkafchalar boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
189. Asbob-uskunalarni olib yurish uchun maxsus gʻiloflar, sumka yoki qutilardan foydalanish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
190. Asbob-uskunaga oʻrnatilgan detalni dastgoh ishlab turgan paytda qoʻl bilan ushlash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
191. Asbob-uskunalarning asosiy qismlarini ishonchli ushlash va qisish, shuningdek kesuvchi asbob-uskunaga materiallarni toʻgʻri uzatishi hamda uzatish paytida siljib va qiyshayib ketmasligini taʼminlashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
192. Asbob-uskunalarga detallarni oʻrnatish, qistirish va yechish qoʻlda bajariladigan moslamalar konstruksiyasi, koʻrsatilgan operatsiyalarni bajarish uchun toʻla xavfsizlikni, shuningdek qirindilarning erkin chiqishi va asbob-uskunalardan uni oson olib tashlanishini taʼminlashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
193. Har bir asbob-uskuna yoqish va oʻchirish uchun ishonchli moslamalarga ega boʻlishi, ular ish oʻrinlarida qulay va xavfsiz foydalanishni taʼminlashi hamda oʻz-oʻzidan ularning ishlab ketmaslik ehtimolining oldi olinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
194. Asbob-uskunalarni yurgizish moslamalari uning tezkorligi va ravonligini taʼminlashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
195. Qayta ishlanayotgan detal va asbob-uskunalarni qotirish uchun barcha moslamalarning konstruksiyalari ishonchli qotirilishi va ish davomida oʻz-oʻzidan buralib chiqib ketmaslik ehtimolining oldi olinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
196. Asbob-uskunalar ishlayotgan vaqtda uni tozalash, artish, sozlash yoki gaykalarni tortish, zanjirlarni kiydirish va iflos narsalarni olib tashlash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
197. Asbob-uskunalardagi qisqichlarning oʻqi orasidagi masofa ishlov berilayotgan detal oʻlchamiga muvofiq boʻlishi va qisqichlarning detalni ishonchli qisib turishini taʼminlashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
198. Asbob-uskunalardan boshqa maqsadlarda foydalanish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Yuk ortish va tushirish mexanizmlari hamda yordamchi moslamalariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
199. Yuk ortish va tushirish ishlari va yuklarni joylashtirish Yuk ortish va tushirish ishlaridagi yukchilar uchun ishlarning xavfsizligi qoidalari (roʻyxat raqami 1582, 2006-yil 13-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 24-son, 221-modda) talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
200. Yuk ortish va tushirish mexanizmlariga oʻrnatiluvchi sim kanatlarini sinov yuki bilan koʻzdan kechirish va sinovdan oʻtkazish mexanizmni umumiy tekshiruvdan oʻtkazish bilan bir paytda amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arqonlar (kanat)lar mavsum boshlanishi arafasida doimiy ravishda sinovdan oʻtkazilishi hamda natijalar sinaluvchi kanat qoʻllanilayotgan moslama pasportiga kiritilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
201. Sahnada yuklar uchun qoʻllaniluvchi arqon (kanat)lar 9 barobardan kam boʻlmagan quvvat zaxirasiga ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
202. Arqon (kanat)lar maxsus ajratilgan joylarda saqlanadi. Arqon (kanat)lar yaxshilab quritilishi va aylana holatda oʻrab qoʻyilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
203. Foydalaniluvchi arqon (kanat)lar ishlatilish maqsadlari va aniq belgilariga ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sahnada xomutlar bilan siqish yoʻli orqali arqon (kanat) sirtmoq hosil qilish man etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
204. Yuk ortish va tushirishda ulangan arqon (kanat)lardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
205. Arqon (kanat)larni koʻtariluvchi yukka tugun bogʻlash orqali biriktirish man etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
206. Arqon (kanat)lar blok oralab oʻtganda ular imkon qadar bir yoʻnalishda bukilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
207. Bittadan ortiq tutib turuvchi arqon (kanat)lar yordamida yuk koʻtarilganda ogʻirlik bir xilda taqsimlanishga erishish maqsadida arqon (kanat)lar tarangligi muvozanatini muvofiqlashtirib turish uchun moslama (taranglashtiruvchilar) oʻrnatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
208. Kanop va paxtadan tayyorlangan arqon (kanat)lar hamda sahnada uchuvchi arqonlardan yuk ortish maqsadida foydalanish man etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
209. Xomut va halqalar yumshoq temirdan (gʻovak boʻlish, zang, yoriq va boshqa nuqsonlarsiz) tayyorlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
210. Xomutlar faqat ichkariga ochilishi hamda ularning tasodifan ochilib ketishiga yoʻl qoʻymaydigan qulflarga ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
211. Xomut va halqalar oʻrnatishdan avval ikki hissa ogʻir yuk koʻtartirgan holda 15 daqiqadan kam boʻlmagan vaqt sinovdan oʻtkazish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
212. Har bir xomut yoki halqada yoʻl qoʻyiluvchi ogʻirlik yuklamasi belgilanuvchi tamgʻa bosiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
213. Har bir ish joyidagi chigʻirlar imkon qadar koʻp yuk ogʻirligiga moʻljallanishi, bunda barcha chigʻirlar (ham mexanik, ham qoʻl bilan boshqarish uchun moʻljallangan)da barcha muhim qismlar metalldan qilingan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
214. Chigʻir staninasi asos (fundament, konsoller, toʻsiq va boshqalar)lari ogʻir yukni koʻtarish yoki siljitishda chigʻir joyidan qoʻzgʻalmaydigan qilib mahkamlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
215. Harakatlanuvchi chigʻir noqulay ish sharoitlarida ham dosh bera oladigan (oʻrnatilgan joydan orqaga itarish, koʻtarilish yoki tasodifan koʻchishga) tarzda oʻrnatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
216. Barcha chigʻirlarda har ikkala tomonga harakatlanuvchi ishonchli yuk koʻtaruvchi avtomatik tormoz (reversiv)lar boʻlishi kerak. Qoʻshimcha tormozlar oʻrnatilgan taqdirda ular asosiylaridan mustaqil ravishda ishlashini taʼminlash lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
217. Uzatma ushlagichlar qurilmasi yukni faqat ushlagichni teskari tomoniga burish orqali tushirishi kerak. Ushlagich harakatlanmagan sharoitda yukni tushirishga imkon beruvchi dastakli chigʻirlardan foydalanish man etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
218. Qoʻl bilan boshqariluvchi chigʻirlarning dastakli harakatlanuvchi oʻqi poldan 0,8 m dan 1 m gacha balandlikda oʻrnatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
219. Chigʻirning barcha aylanuvchi qismlari (vallar, tishli gʻildiraklar, shponaning chizib turuvchi qismlari va boshqalar) xizmat koʻrsatish (moylash, taʼmirlash va boshqalar)ga xalaqit bermaydigan qilib mahkam va qulay metall himoya toʻsiqlari bilan yopilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
220. Tasma va friksion uzatgichlarga ega elektr chigʻirlardan foydalanish man etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
221. Barcha chigʻirlar quyidagi tartibda majburiy davriy koʻrikdan oʻtkazib turilishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilk marotaba ishga tushirilishdan oldin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har mavsum boshlanishidan oldin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa joyga koʻchirilganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
222. Chigʻirlar oʻrnatilgan joylarda sunʼiy yoritqichlar boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V bob. Taʼmirlash (tuzatish) ishlarini bajarishda qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
223. Tashkilot hududida taʼmirlash va montaj ishlarini bajarish vaqtida taʼmirlash ishlarining rahbari tashkilot rahbari bilan birgalikda ushbu ishlarni xavfsiz bajarilishini, shuningdek ishlash uchun qoldirilgan asbob-uskunalar normal ishlashini taʼminlovchi chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
224. Barcha asbob-uskunalarda tasdiqlangan jadval asosida belgilangan muddatlarda rejali taʼmirlash ishlari oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
225. Asbob-uskuna va mexanizmlarni taʼmirlash hamda sozlash ishlari maxsus oʻqitilgan va yoʻl-yoʻriqdan oʻtgan, tegishli malakaga ega va bilimlari tekshirilgan xodim tomonidan amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
226. Taʼmirlash ishlarida band boʻlgan pudratchining barcha xodimlari taʼmirlash ishlari boshlanishidan oldin, ushbu ishlarni xavfsiz olib borish uchun xodimlar texnika xavfsizligi boʻyicha kirish yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazilishi lozim. Yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazish ishlari tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
227. Rejalashtirilgan ishlarni bajarishdan oldin mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazish ishlari pudratchi tashkilot tomonidan oʻtkazilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
228. Pudratchi ishlayotgan hududda tashkilot tomonidan zararli va yonish xavfi boʻlgan moddalarning paydo boʻlishiga yoʻl qoʻymaydigan sharoitlari yaratilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
229. Asbob-uskuna va kommunikatsiyalarda taʼmirlash ishlarini amalga oshirishdan oldin quyidagilar bajarilishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr energiya taʼminotidan oʻchirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asbob-uskuna va kommunikatsiyalarni texnologik muhit qoldiqlaridan, asbob-uskunani zararli, zaharli va yonuvchi gaz va mahsulotlardan boʻshatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼmirlanadigan asbob-uskuna, kommunikatsiya, quduq va oʻralardagi inert, yonuvchi, zaharli gazlar va kislorod miqdorini tegishli tahlillarini oʻtkazish yoʻli bilan tekshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
230. Balandlikdagi ishlarda faqat tayanch yoki rezinali qoplamalar bilan taʼminlangan soz narvonlardan foydalanish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
231. Taʼmirlash ishlari asbob-uskunalarni ishlab chiqaruvchi-zavod tasdiqlagan taʼmirlash va foydalanish hujjatida belgilangan talablarga muvofiq olib borilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
232. Asbob-uskuna taʼmirlangandan soʻng sinovdan oʻtkazilishi va ishlatib koʻrilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
233. Sinov va ishlatib koʻrish davrida taʼmirlangan asbob-uskunada aniqlangan barcha nosozliklar (elektr dvigatel va tarmoq podshipniklarining qizish darajasi hamda moy oqishi va boshqalar) bartaraf qilinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
234. Asbob-uskuna yigʻilgandan yoki taʼmirlangandan soʻng foydalanish uchun yoqishdan oldin quyidagilarni bajarish zarur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarni xavfsiz joyga oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asbob-uskuna tashqarisi va ichidan begona buyumlarni olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
himoya toʻsiqlari mavjudligi va mustahkamligini tekshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harakatlanuvchi qismlarni moylash va sozlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
himoya saqlovchi va nazorat oʻlchov asbob-uskunalarining sozligini tekshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asbob-uskuna yigʻilishi toʻgʻriligini tekshirishda, oʻzaro bogʻliq harakatlanuvchi mexanizmlarni toʻliq siklida uning harakatlanuvchi qismini aylantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asbob-uskunani boʻsh harakatda va ish yuklovi ostida sinash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI bob. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
235. Tashkilotlarni (xonalarni) loyihalashtirishda, qurishda (montaj qilishda) mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
236. Mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(236-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII bob. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
237. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi, Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B. ZOKIROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 10-fevral

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NARBAYEVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 10-fevral
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash vaziri A. IKRAMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 10-fevral
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi B. GULYAMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 10-fevral
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 10-fevral
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi boshligʻi A. NIMATULLAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 10-fevral
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktori A. ABDUVALIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 10-fevral
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniyat va sport ishlari vaziri T. QOʻZIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 10-fevral
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 11-son, 124-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son; 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son; 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)