“SANOATKONTEXNAZORAT” DAVLAT INSPEKSIYASI BOSHLIGʻINING
buyrugʻi
YUK ORTISH VA TUSHIRISH ISHLARIDAGI YUKCHILAR UCHUN ISHLARNING XAVFSIZLIGI QOIDALARINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 13-iyunda 1582-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 18-sentabrdagi 22-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3677, 22.09.2025-y.) asosan 2025-yil 24-dekabrdan davlat reyestridan chiqariladi.
“Mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son qarorini bajarish maqsadida buyuraman:
1. Yuk ortish va tushirish ishlaridagi yukchilar uchun ishlarning xavfsizligi qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin*.
* Qoidalar matni rus tilida berilgan.
2. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
3. Ushbu buyruqning bajarilishini nazorat qilish oʻz zimmamga qoldirilsin.
Inspeksiya boshligʻi R. SAIDOV
Toshkent sh.,
2006-yil 14-fevral,
32-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 24-son, 221-modda; 2010-y., 4-son, 431-modda)