09.09.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2263
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining qarori, 09.09.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2263
Kuchga kirish sanasi
19.09.2011
Hujjat 15.02.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKINI BOSHQARISH DAVLAT QOʻMITASINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“DAVLAT ULUSHLARINI ISHONCHLI BOSHQARISH VA AKSIYADORLIK JAMIYATLARINI BOSHQARISHDA ISHTIROK ETISH MAXSUS HUQUQI (“OLTIN AKSIYA”) BOʻYICHA DAVLAT VAKILLARINING XIZMAT HAQI TOʻLOVLARINI AMALGA OSHIRISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOM”NI TASDIQLASH HAQIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 24-yanvardagi PF-3202-son “Oʻzbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2007-yil 20-iyuldagi PF-3897-son “Iqtisodiyotning strategik tarmoqlari korxonalarini xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-son “Xususiylashtirilgan korxonalarni korporativ boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2007-yil 24-iyuldagi 151-son “Davlat tomonidan aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda ishtirok etish maxsus huquqi (“oltin aksiya”)dan foydalanish tartibi toʻgʻrisida”gi, 2012-yil 14-noyabrdagi 322-son “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi, 2012-yil 30-dekabrdagi 374-son “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2013-yil 11-iyundagi 165-son “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2018-yil 9-yanvardagi 3 va 01/29-10/02-sonli (roʻyxat raqami 2263-2, 15.02.2018-y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2018-y., 10/18/2263-2/0707-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Davlat ulushlarini ishonchli boshqarish va aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda ishtirok etish maxsus huquqi (“oltin aksiya”) boʻyicha davlat vakillarining xizmat haqi toʻlovlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining 2003-yil 16-iyuldagi “Davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom”ni tasdiqlash toʻgʻrisidagi 86, 01/06-7-sonli qarori (roʻyxat raqami 1262, 2003-yil 1-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 15-son);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining 2004-yil 4-martdagi “Davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom”ga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 38, 01/06-04-sonli qarori (roʻyxat raqami 1262-1, 2004-yil 12-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 15-son, 180-modda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2006-yil 25-yanvardagi “Davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom”ga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 7-, 01/06-18/01-sonli qarori (roʻyxat raqami 1262-2, 2006-yil 18-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 8-son, 56-modda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2007-yil 6-apreldagi “Davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom”ga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 37-, 01/12-18/08-sonli qarori (roʻyxat raqami 1262-3, 2007-yil 7-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 19-20-son, 204-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan soʻng oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vaziri R. AZIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil 11-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi raisi v.b. A. ABDUXAKIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil 11-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
01/12-18/05-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2011-yil 11-avgustdagi 51, 01/12-18/05-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ulushlarini ishonchli boshqarish va aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda ishtirok etish maxsus huquqi (“oltin aksiya”) boʻyicha davlat vakillarining xizmat haqi toʻlovlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 24-yanvardagi PF-3202-son “Oʻzbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2007-yil 20-iyuldagi PF-3897-son “Iqtisodiyotning strategik tarmoqlari korxonalarini xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-son “Xususiylashtirilgan korxonalarni korporativ boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2007-yil 24-iyuldagi 151-son “Davlat tomonidan aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda ishtirok etish maxsus huquqi (“oltin aksiya”)dan foydalanish tartibi toʻgʻrisida”gi, 2012-yil 14-noyabrdagi 322-son “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi, 2012-yil 30-dekabrdagi 374-son “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2013-yil 11-iyundagi 165-son “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq davlat ulushini boshqarish va aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda davlatning ishtirok etish maxsus huquqi (“oltin aksiya”)dan foydalanish faoliyati boʻyicha haq toʻlash tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2018-yil 9-yanvardagi 3 va 01/29-10/02-sonli (roʻyxat raqami 2263-2, 15.02.2018-y.) qarori tahririda — (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2018-y., 10/18/2263-2/0707-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom davlat ulushi ishonchli boshqaruvga berilgan (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilariga, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga berilgan hollar bundan mustasno) aksiyadorlik jamiyatlari, masʼuliyati cheklangan va qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlarga (keyingi oʻrinlarda xoʻjalik jamiyatlari deb yuritiladi) hamda davlatning ishtirok etish maxsus huquqi (“oltin aksiya”) kiritilgan aksiyadorlik jamiyatlariga tatbiq etiladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2018-yil 9-yanvardagi 3 va 01/29-10/02-sonli (roʻyxat raqami 2263-2, 15.02.2018-y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2018-y., 10/18/2263-2/0707-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Nizomda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat vakili — Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi qaroriga asosan tayinlangan va aksiyadorlik jamiyatlarida aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda davlatning ishtirok etish maxsus huquqini (“oltin aksiya”) qonunchilik asosida amalga oshiruvchi jismoniy shaxs;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2018-yil 9-yanvardagi 3 va 01/29-10/02-sonli (roʻyxat raqami 2263-2, 15.02.2018-y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2018-y., 10/18/2263-2/0707-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ulushi – davlatga tegishli boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalari va masʼuliyati cheklangan va qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar ustav jamgʻarmasidagi ulushlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishonchli boshqaruvchi – davlat ulushini ishonchli boshqarish shartnomasi tuzilgan davlatning ishonchli vakili, investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi yoki tijorat banki;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmatlar haqi toʻlovi – davlat ulushini boshqarish boʻyicha qatʼiy belgilangan mukofot.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Ishonchli boshqaruvchi va davlat vakili xizmatlari haqi toʻlovini shakllantirish manbalari
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ishonchli boshqaruvchilarga xizmat haqini toʻlash uchun mablagʻlar manbai hisobot yilidagi davlat ulushi boʻyicha davlat budjetiga tushgan dividendlar hisobidan shakllanadi. Bunda, hisobot yilining toʻrtinchi choragi uchun xizmat haqi hisobot yilidan keyingi yilning birinchi choragida davlat budjetida ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida, hisobot yilida davlat budjetiga dividendlar tushumidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishonchli boshqaruvchilarga xizmat haqini toʻlash uchun moʻljallangan, hisobot yilida davlat budjetiga tushgan davlat ulushi boʻyicha dividendlar yetarli boʻlmaganda yoki ular tushmagan (hisoblanmagan) taqdirda, xizmat haqini toʻlash uchun Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish jamgʻarmasi umumiy mablagʻlarining bir qismidan foydalaniladi.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2018-yil 9-yanvardagi 3 va 01/29-10/02-sonli (roʻyxat raqami 2263-2, 15.02.2018-y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2018-y., 10/18/2263-2/0707-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ishonchli boshqaruvchilarga xizmat haqi Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb yuritiladi) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Bosh boshqarmasining Toshkent shahridagi Hisob-kassa markazida xizmat haqini toʻlash uchun ochilgan alohida subschyotidan amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2018-yil 9-yanvardagi 3 va 01/29-10/02-sonli (roʻyxat raqami 2263-2, 15.02.2018-y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2018-y., 10/18/2263-2/0707-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Markaz tomonidan har yili davlat ulushlarini boshqarish xarajatlari smetasi loyihasini shartnomalar va davlat ulushlarini ishonchli boshqaruvga bosqichma-bosqich berish hamda “oltin aksiya” kiritish grafigi, shuningdek, ishonchli boshqaruvchilarning choraklik hisobotlari asosida choraklarga boʻlgan holda ishlab chiqiladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2015-yil 27-iyuldagi 71, 01/09-26/19-son qarori (roʻyxat raqami 2263-1, 30.07.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 30-son, 407-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Markaz ishonchli boshqaruvchilar va davlat vakillariga xizmat haqi toʻlovlari smetasi boʻyicha hisob-kitoblarni 1-iyuldan kechiktirmay kelgusi yil davlat budjeti loyihasiga kiritish uchun Moliya vazirligiga belgilangan tartibda taqdim etadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2015-yil 27-iyuldagi 71, 01/09-26/19-son qarori (roʻyxat raqami 2263-1, 30.07.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 30-son, 407-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ishonchli boshqaruvchilar Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Davlat raqobat qoʻmitasi deb yuritiladi) tomonidan tasdiqlangan shakl va muddatlarda davlat ulushlarini boshqarish faoliyatlari toʻgʻrisidagi hisobotlarni Markazga topshiradi.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2018-yil 9-yanvardagi 3 va 01/29-10/02-sonli (roʻyxat raqami 2263-2, 15.02.2018-y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2018-y., 10/18/2263-2/0707-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Topshirilgan hisobotlar tahlili asosida Markaz ishonchli boshqaruvchilar va davlatning vakillari xizmat haqi toʻlovlari boʻyicha smetani toʻlash manbalarini koʻrsatgan holda tayyorlaydi va hisobot davridan keyingi ikkinchi oyning 20-sanasigacha Moliya vazirligiga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, hisobot yilining toʻrtinchi choragi boʻyicha ishonchli boshqaruvchilar xizmat haqi toʻlovlari smetasi ular tomonidan belgilangan tartibda Markazga topshirgan yillik hisobotlar asosida tayyorlanadi va hisobot yilidan keyingi yilning 1-apreligacha Moliya vazirligiga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Smetaga faqat hisobot davri uchun ishonchli boshqaruvchilar va davlat vakillarining xizmat haqi toʻlovlari kiritiladi, mazkur Nizomning 11-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tegishli hisobot davri uchun taqdim etilgan smetaga kiritilmagan ishonchli boshqaruvchilar va davlat vakillarining xizmat haqlari Markaz va Moliya vazirligi tomonidan amalga oshirilmaydi, mazkur Nizomning 11-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xizmat haqi toʻlovlari smetasining ishonchliligi va toʻgʻri tuzilishi uchun Markaz javobgar hisoblanadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2015-yil 27-iyuldagi 71, 01/09-26/19-son qarori (roʻyxat raqami 2263-1, 30.07.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 30-son, 407-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Taqdim etilgan smeta asosida Moliya vazirligi 10 ish kuni ichida ishonchli boshqaruvchilar xizmati haqlari toʻlash uchun smetaga kiritilgan xoʻjalik jamiyatlaridan davlat ulushi boʻyicha tushgan dividendlar hisobidan Davlat raqobat qoʻmitasi subschyotiga mablagʻlarni oʻtkazadi.
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2018-yil 9-yanvardagi 3 va 01/29-10/02-sonli (roʻyxat raqami 2263-2, 15.02.2018-y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2018-y., 10/18/2263-2/0707-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat raqobat qoʻmitasi kelib tushgan mablagʻlarni Markazning Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Bosh boshqarmasining Toshkent shahridagi Hisob-kassa markazidagi subschyotiga oʻtkazadi;
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2018-yil 9-yanvardagi 3 va 01/29-10/02-sonli (roʻyxat raqami 2263-2, 15.02.2018-y.) qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2018-y., 10/18/2263-2/0707-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz davlat ulushlarini boshqarish choraklik xizmat haqlarini toʻlovini quyidagicha amalga oshiradi:
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi tomonidan Davlat raqobat qoʻmitasiga davlat ulushlari boʻyicha budjetga toʻlangan dividendlarning qismi hisobidan oʻtkazilgan va Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan Markazga yoʻnaltirilgan mablagʻlar hisobidan Markaz subschyotiga tegishli mablagʻlar kelib tushgan paytdan eʼtiboran 10 bank ish kuni ichida;
(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2018-yil 9-yanvardagi 3 va 01/29-10/02-sonli (roʻyxat raqami 2263-2, 15.02.2018-y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2018-y., 10/18/2263-2/0707-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish jamgʻarmasi umumiy mablagʻlari hisobidan Markaz subschyotiga tegishli mablagʻlar kelib tushgan paytdan boshlab 10 bank ish kuni ichida, agar:
(9-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2018-yil 9-yanvardagi 3 va 01/29-10/02-sonli (roʻyxat raqami 2263-2, 15.02.2018-y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2018-y., 10/18/2263-2/0707-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmatlar haqini toʻlashda davlat ulushi boʻyicha dividendlar yetarli boʻlmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ulushi boʻyicha dividendlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida koʻrsatilgan boshqa maqsadlarga yoʻnaltirilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyadorlik jamiyati umumiy yigʻilishi (ishtirokchilar yigʻilishi) tomonidan dividendlarni korxonani rekonstruksiya qilish va texnik qayta jihozlashga yoʻnaltirish boʻyicha qaror qabul qilinganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobot davrida haqiqatda jamiyat tomonidan dividendlar toʻlanmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyadorlik jamiyati tomonidan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 54-moddasiga muvofiq cheklovlar sababli dividendlar toʻlashning imkoniyati boʻlmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
masʼuliyati cheklangan jamiyat tomonidan “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 26-moddasiga muvofiq cheklovlar sababli foydani taqsimlashning imkoniyati boʻlmaganda.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish jamgʻarmasi umumiy mablagʻlari hisobidan toʻlanishi lozim boʻlgan tegishli mablagʻlar Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan xizmatlar haqini toʻlash uchun Markazning subschyotiga oʻtkaziladi.
(9-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2018-yil 9-yanvardagi 3 va 01/29-10/02-sonli (roʻyxat raqami 2263-2, 15.02.2018-y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2018-y., 10/18/2263-2/0707-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Xizmat haqi toʻlovlari Markaz subschyotiga oʻtkazilgandan keyin Markaz bu haqda, shuningdek shaxsiy hisobvaraqlari yoki hisob-kitob varaqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotni taqdim etish haqida (toʻlov birinchi marta amalga oshirilayotgan boʻlsa) ishonchli boshqaruvchilar va davlatning vakillarini yozma ravishda xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishonchli boshqaruvchilar va davlat vakillarining xizmat haqi toʻlovlarini toʻlash Markaz tomonidan ularning bankdagi shaxsiy hisobvaraqlari yoki hisob-kitob varaqlariga tegishli mablagʻlarni oʻtkazib berish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2015-yil 27-iyuldagi 71, 01/09-26/19-son qarori (roʻyxat raqami 2263-1, 30.07.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 30-son, 407-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Xizmat haqini toʻlash uchun nazarda tutilgan, Markaz subschyotida 90 kundan ortiq turib qolgan, ishonchli boshqaruvchilar va davlatning vakillari tomonidan talab qilinmagan hamda Markazga tegishli hujjatlarni taqdim etmaganliklari sababli ularning shaxsiy hisobvaraqlari yoki hisob-kitob varaqlariga oʻtkazilmagan pul mablagʻlari Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish jamgʻarmasiga qaytariladi.
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2018-yil 9-yanvardagi 3 va 01/29-10/02-sonli (roʻyxat raqami 2263-2, 15.02.2018-y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2018-y., 10/18/2263-2/0707-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, xizmat haqi toʻlovlarini toʻlash uchun davlat budjetidan yuborilgan mablagʻlar toʻlaligicha davlat budjetiga qaytarilishi lozim.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2015-yil 27-iyuldagi 71, 01/09-26/19-son qarori (roʻyxat raqami 2263-1, 30.07.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 30-son, 407-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ishonchli boshqaruvchilar va davlatning vakillari tomonidan 90 kundan keyin xizmat haqi toʻlovini soʻrab murojaat qilinsa, pul mablagʻlari toʻlovi mazkur Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Ishonchli boshqaruvchilar xizmatiga haq toʻlashning hisob-kitoblari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Agar ulush toʻliq chorak davomida boshqarilmagan boʻlsa, ishonchli boshqaruvchilarga xizmat haqi ulush haqiqatda boshqarilgan davr (ishonchli boshqaruv shartnomasi kuchga kirgan vaqtdan kunlar soni) uchun hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Strategik ahamiyatga ega boʻlgan xoʻjalik jamiyatlarida investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilarga (tijorat banklariga) hisobot choragi uchun davlat ulushini boshqarish xizmati haqi toʻlovi eng kam ish haqining toʻrt barobarini mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan tegishli koeffitsiyentlarga koʻpaytirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Strategik ahamiyatga ega boʻlgan xoʻjalik jamiyatlarida davlatning ishonchli vakillarga hisobot choragi uchun davlat ulushini boshqarish xizmati haqi toʻlovi eng kam ish haqining ikki barobarini mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan tegishli koeffitsiyentlarga koʻpaytirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Strategik ahamiyatga ega boʻlmagan xoʻjalik jamiyatlarida investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilarga (tijorat banklariga) hisobot choragi uchun davlat ulushini boshqarish xizmati haqi toʻlovi eng kam ish haqining ikki barobarini mazkur Nizomning 2-ilovasida keltirilgan tegishli koeffitsiyentlarga koʻpaytirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Strategik ahamiyatga ega boʻlmagan xoʻjalik jamiyatlarida davlatning ishonchli vakillariga hisobot choragi uchun davlat ulushini boshqarish xizmati haqi toʻlovi eng kam ish haqining bir yarim barobarini mazkur Nizomning 2-ilovasida keltirilgan tegishli koeffitsiyentlarga koʻpaytirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ishonchli boshqaruvchilarga hisobot choragi uchun xizmat haqi toʻlovi quyidagi hollarda amalga oshirilmaydi:
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2015-yil 27-iyuldagi 71, 01/09-26/19-son qarori (roʻyxat raqami 2263-1, 30.07.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 30-son, 407-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan muddatlarda davlat ulushini boshqarish faoliyati boʻyicha hisobotlarni topshirmagan yoki toʻliq topshirmagan va dividendlarning tegishli qismini toʻlanganligi toʻgʻrisidagi toʻlov topshiriqnomalari nusxalarini (agar toʻlovlar amalga oshirilgan boʻlsa) taqdim etmagan holatda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avvalgi chorakka nisbatan davlat ulushiga hisoblangan dividendlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlik koʻpayganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishonchli boshqaruv shartnomasi kuchga kirgandan boshlab olti oydan ortiq vaqt oʻtganda zararlar mavjud boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Quyidagi hollarda ishonchli boshqaruvchilarga hisobot choragi uchun xizmat haqi toʻlovi tegishli 0,6 pasayish koeffitsiyentiga kupaytiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatning davlat ulushiga hisoblangan dividendlardan muddati oʻtgan qarzdorligi mavjud boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyat tomonidan uning biznes-rejasida nazarda tutilgan sof foydaning choraklik prognoz koʻrsatkichlari bajarilmagan boʻlsa.
Oldingi tahrirga qarang.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2015-yil 27-iyuldagi 71, 01/09-26/19-son qaroriga (roʻyxat raqami 2263-1, 30.07.2015-y.) muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2015-y., 30-son, 407-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Davlat vakillari xizmatiga haq toʻlashning hisob-kitoblari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Davlat vakillari xizmat haqi toʻlovi shartnoma kuchga kirgan paytdan boshlab ishlangan kunlarga mutanosib ravishda hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Davlat aktivlarini ishonchli boshqarishni ham amalga oshiruvchi davlat vakiliga ishonchli boshqaruvchilar uchun ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda xizmat haqi toʻlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Aksiyadorlik jamiyatida faqat davlatning ishtirok etish maxsus huquqi (“oltin aksiya”)ni boshqarishni amalga oshiruvchi davlatning vakillariga ular tomonidan Markazga yil yakuni boʻyicha belgilangan tartibda hisobot topshirilib, qonun hujjatlari talablari asosida Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishlarida va Kuzatuv kengashining majlislarida albatta shaxsan qatnashishini inobatga olib bir yilda bir marotaba xizmat haqi toʻlanadi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2015-yil 27-iyuldagi 71, 01/09-26/19-son qarori (roʻyxat raqami 2263-1, 30.07.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 30-son, 407-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Toʻlovlar Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish jamgʻarmasi umumiy mablagʻlari hisobidan aksiyadorlik jamiyati joylashgan joydan kelib chiqib, quyidagi formulalar boʻyicha amalga oshiriladi:
(21-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2018-yil 9-yanvardagi 3 va 01/29-10/02-sonli (roʻyxat raqami 2263-2, 15.02.2018-y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2018-y., 10/18/2263-2/0707-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

№‎

Hududlar nomi‎

Davlat vakili xizmati haqini toʻlashning hisob-kitobi‎

1.‎ Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati ‎ (A+V)*5 EKIH‎
2.‎ Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari‎ (A+V)*4 EKIH ‎
3.‎ Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlari‎ (A+V)*3 EKIH ‎
4.‎ Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari ‎ (A+V)*2 EKIH ‎
5.‎ Sirdaryo, Jizzax va Toshkent viloyatlari‎ (A+V)*1 EKIH‎
6.‎ Toshkent shahri‎ (A+V)*0.5 EKIH‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
A — davlat vakili ishtirok etgan va ovoz bergan kuzatuv kengashi majlislari soni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
B — davlat vakili ishtirok etgan va ovoz bergan Aksiyadorlarning umumiy majlislari soni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
EKIH — smeta tuzilgan davrdagi eng kam ish haqi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlik jamiyati va davlat vakili bitta hududda joylashgan taqdirda, xizmat haqi toʻlovi quyidagi formula asosida hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(A + V) * 0,5 EKIH
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Davlat vakillariga yil yakuni boʻyicha xizmat haqi quyidagi hollarda toʻlanmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan muddatlarda hisobotlarni topshirmagan yoki toʻliq topshirmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat vakili tomonidan hisobot yili davomida davlat tomonidan aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda ishtirok etish maxsus huquqi (“oltin aksiya”)dan foydalanish tartibi boʻyicha qonun hujjatlari talablari buzilganligi aniqlanganda. Aniqlangan qonun buzilishi holatlari bartaraf etilgan taqdirda (agarda ularni bartaraf etish mumkin boʻlsa) va davlat vakili tomonidan xizmat haqi toʻlash shartlariga rioya etilsa, xizmat haqi keyingi yildan boshlab toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ulushlarini ishonchli boshqarish va aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda ishtirok etish maxsus huquqi (“oltin aksiya”) boʻyicha davlat vakillarining xizmat haqi toʻlovlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Strategik ahamiyatga ega boʻlgan xoʻjalik jamiyatlarining ustav fondlaridagi davlat ulushlarini ishonchli boshqarish faoliyati xizmat haqi toʻlovini belgilovchi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KOEFFITSIYENTLAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Ishonchli boshqaruvga berilgan davlat ulushining nominal qiymatdagi miqdori (mln. soʻm)

Koeffitsiyent

1.

500 gacha

5,0

2.

700 gacha

5,5

3.

900 gacha

6,5

4.

1100 gacha

7,5

5.

1300 gacha

8,5

6.

1500 gacha

9,5

7.

1700 gacha

10,5

8.

1900 gacha

11,5

9.

2100 gacha

12,5

10.

2300 gacha

13,5

11.

2500 gacha

14,0

12.

2700 gacha

14,5

13.

2900 gacha

15,0

14.

3100 gacha

15,5

15.

3300 gacha

16,0

16.

3500 gacha

16,5

17.

3700 gacha

17,0

18.

3900 gacha

17,5

19.

4100 gacha

18,0

20.

4100 dan koʻp

18,5

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2018-yil 9-yanvardagi 3 va 01/29-10/02-sonli (roʻyxat raqami 2263-2, 15.02.2018-y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2018-y., 10/18/2263-2/0707-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ulushlarini ishonchli boshqarish va aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda ishtirok etish maxsus huquqi (“oltin aksiya”) boʻyicha davlat vakillarining xizmat haqi toʻlovlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Strategik ahamiyatga ega boʻlmagan xoʻjalik jamiyatlarining ustav fondlaridagi davlat ulushlarini ishonchli boshqarish faoliyati xizmat haqi toʻlovini belgilovchi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KOEFFITSIYENTLAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Ishonchli boshqaruvga berilgan davlat ulushining nominal qiymatdagi miqdori (mln. soʻm)

Koeffitsiyent

1.

500 gacha

4,5

2.

700 gacha

5,0

3.

900 gacha

5,5

4.

1100 gacha

6,0

5.

1300 gacha

6,5

6.

1500 gacha

7,0

7.

1700 gacha

7,5

8.

1900 gacha

8,0

9.

2100 gacha

8,5

10.

2300 gacha

9,0

11.

2500 gacha

9,5

12.

2700 gacha

10,0

13.

2900 gacha

10,5

14.

3100 gacha

11,0

15.

3300 gacha

11,5

16.

3500 gacha

12,0

17.

3700 gacha

12,5

18.

3900 gacha

13,0

19.

4100 gacha

13,5

20.

4100 dan koʻp

14,0

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2018-yil 9-yanvardagi 3 va 01/29-10/02-sonli (roʻyxat raqami 2263-2, 15.02.2018-y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2018-y., 10/18/2263-2/0707-son)