16.07.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2000-2
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining buyrugʻi, 16.07.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2000-2
Kuchga kirish sanasi
26.07.2011
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKI QOʻMITASI HUZURIDAGI QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORI FAOLIYATINI MUVOFIQLAShTIRISh VA NAZORAT QILISh MARKAZI BOSh DIREKTORINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QIMMATLI QOGʻOZLAR EMISSIYASI VA EMISSIYAVIY QIMMATLI QOGʻOZLAR ChIQARILIShLARINI DAVLAT ROʻYXATIDAN OʻTKAZISh QOIDALARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 16-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2000-2]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 29-30-son, 278-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi toʻgʻrisidagi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1996-y., 3-son, 11-modda) muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2009-yil 16-iyuldagi 2009-40-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Qimmatli qogʻozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalariga (roʻyxat raqami 2000, 2009-yil 30-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 36-son, 394-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh direktor v.v.b. A. OBIDOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil 14-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-09-son

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2011-yil 14-iyundagi 2011-09-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 22-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“22. Obligatsiyalar faqat tijorat banklari, shuningdek ochiq aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan quyidagi shartlarga rioya etgan holda chiqarilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) auditorlik tashkilotining xulosasi bilan tasdiqlangan oʻz kapitalining obligatsiyalar chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadagi miqdori doirasida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) oxirgi uch yil mobaynida rentabellik, toʻlovga qobiliyatlilik, moliyaviy barqarorlik va likvidlilikning auditorlik tashkiloti xulosalari bilan tasdiqlangan ijobiy koʻrsatkichlariga ega boʻlgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) mustaqil reyting bahosini olgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) investorlarga tegishli mablagʻlarning emitentlar tomonidan toʻlanishi boʻyicha toʻlov agentlari vazifasini bajaruvchi tijorat banklari ishtirokida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) ustav kapitalini qonun hujjatlarida belgilangan eng kam miqdordan kam boʻlmagan miqdorda shakllantirgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) kamida uch yildan beri faoliyat yuritayotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandning “b” kichik bandi talablari tijorat banklariga tatbiq qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat banklari — ochiq aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan ustav bilan belgilangan bank ustav kapitali miqdori doirasida obligatsiyalar chiqarilgan taqdirda qaror qabul qilingan sanadagi auditorlik tashkilotining oʻz kapitali miqdoriga doir xulosasining mavjudligi talab qilinmaydi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 24-band “chiqarilgan” degan soʻzdan keyin “va soʻndirilmagan (bekor qilinmagan)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 40-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Emitentning oxirgi yil uchun moliyaviy hisobotining auditor tomonidan tekshiruvi tugaguniga qadar emitent risolani oxirgi tugallangan yil uchun auditorlik xulosasi nusxasini ilova qilmagan holda taqdim etishga haqli”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagi mazmundagi 451-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“451. Qimmatli qogʻozlar chiqarish va (yoki) ilgari roʻyxatdan oʻtkazilgan qimmatli qogʻozlar chiqarilishiga oʻzgartirishlar kiritishga doir hujjatlarni tayyorlash uchun emitent investitsiya maslahatchisini jalb qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Emitent tomonidan investitsiya maslahatchisi jalb qilingan taqdirda mazkur Qoidalarga muvofiq qimmatli qogʻozlar chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etiladigan qimmatli qogʻozlar chiqarilishi toʻgʻrisidagi qaror, risola va ilgari roʻyxatdan oʻtkazilgan qimmatli qogʻozlar chiqarilishiga oʻzgartirishlar matni investitsiya maslahatchisi rahbarining imzosi va asosiy muhri bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiya maslahatchisi emitentga mazkur Qoidalarda nazarda tutilgan hujjatlarni tayyorlashga doir xizmatlar koʻrsatadi va davlat roʻyxatidan oʻtkazish rad etilgan taqdirda ular oʻrtasida tuzilgan shartnoma va qonun hujjatlariga muvofiq emitent oldida javobgar boʻladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 58-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qimmatli qogʻozlar chiqarilishining davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ markaziy apparati tomonidan amalga oshirilgan emitent hujjatlari, shuningdek keyingi qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarining davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini amalga oshirish, ilgari roʻyxatdan oʻtkazilgan qimmatli qogʻozlar chiqarilishiga oʻzgartirishlar kiritish va ushbu emitentlar qimmatli qogʻozlari chiqarilishlarini YaDRdan chiqarib tashlash roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ markaziy apparati rahbarining buyrugʻi bilan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning emitent yuridik shaxs sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joydagi hududiy boshqarmalariga berilishi mumkin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. 85-band quyidagi mazmundagi “d” kichik bandi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“d) jamiyat ustav kapitalini kamaytirish maqsadida aksiyalar umumiy soni qisqartirilganda”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qoidalarning 1, 1a, 2, 2a va 2b-ilovalari “Muhr Sana” degan soʻzlardan keyin quyidagi mazmundagi satrlar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎‎“Qimmatli qogʻozlar chiqarilishiga doir hujjatlarni tayyorlash boʻyicha xizmat koʻrsatgan investitsiya maslahatchisining nomi: ____________________

Investitsiya maslahatchisi bilan tuzilgan shartnoma raqami va sanasi _______‎
Investitsiya maslahatchisi rahbarining F.I.Sh. va imzosi:

_______________ ‎

_______________ ‎

Muhr ‎

Sana”.‎

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qoidalarning 9 va 10-ilovalari quyidagi mazmundagi satrlar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

“Ilgari roʻyxatdan oʻtkazilgan qimmatli qogʻozlar chiqarilishlariga oʻzgartirishlar kiritishga doir hujjatlarni tayyorlash boʻyicha xizmat koʻrsatgan investitsiya maslahatchisining nomi: __________________________

Investitsiya maslahatchisi bilan tuzilgan shartnoma raqami va sanasi _______‎
Investitsiya maslahatchisi rahbarining F.I.Sh. va imzosi:

_______________ ‎

_______________ ‎

Muhr ‎

Sana”.‎

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulki qoʻmitasi raisi v.b. A. ABDUXAKIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil 10-iyun

Markaziy banki raisi F. MULLAJANOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil 10-iyun
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 29-son, 305-modda)