O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING “RESPUBLIKA OLIMPIYA ZAXIRALARI TENNIS MAKTABINING FAOLIYATINI TAShKIL ETISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA” 2008 YIL 13 IYuNDAGI 132-SON QARORIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi negizida yuqori klassli tennischilarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 16-iyun,
179-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 16-iyundagi 179-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 13-iyundagi 132-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. 1-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabiga har yili 12 nafargacha iqtidorli, qoidaga ko‘ra, 11-12 yoshdagi sportchilar 5 yil muddatga o‘qish uchun qabul qilinadi, sportchilarning umumiy kontingenti 60 nafar”.
2. Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi to‘g‘risida nizomning 12 va 13-bandlari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“12. Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabiga, qoidaga ko‘ra, 11-12 yoshdagi (umumta’lim maktabida o‘qiyotgan yoki 5-sinfiga o‘tayotgan) sportchilar qabul qilinadi. Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabida o‘qish muddati 5 yilni tashkil etadi. Har yili Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabiga 12 o‘quvchi qabul qilinadi, sportchilarning umumiy kontingenti — 60 kishi.
13. Ayrim hollarda yuksak sport natijalariga ega bo‘lgan 11 yoshdan kichik o‘quvchilar qabul qilinishi mumkin”.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 25-son, 258-modda)