13.06.2008 yildagi 132-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RESPUBLIKA OLIMPIYA ZAXIRALARI TENNIS MAKTABINING FAOLIYATINI TASHKIL ETISH CHORA - TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabini tashkil etish toʻgʻrisida” 2008-yil 29-apreldagi PQ-848-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi huzuridagi Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi (keyingi oʻrinlarda Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi deb ataladi) internatga ega boʻlgan, oʻquvchilari turar joy, kuniga toʻrt marta ovqatlanish, sport anjomlari, formasi, asbob-uskunalar va inventar bilan taʼminlanadigan qoʻshimcha taʼlim muassasasi hisoblanadi;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 776-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2025-y., 09/25/776/1149-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabiga har yili 12 nafargacha iqtidorli, qoidaga koʻra, 11-12 yoshdagi sportchilar 7 yil muddatga oʻqish uchun qabul qilinadi, sportchilarning umumiy kontingenti 84 nafar.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi sportchilarini umumtaʼlim dasturlari boʻyicha oʻqitish yaqin-atrofda joylashgan umumtaʼlim maktablarida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining Toshkent shahrida joylashgan “Umid” sport kompleksini belgilangan tartibda bepul asosda Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi balansiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Toshkent shahar hokimligi Xalq taʼlimi vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda “Umid” sport kompleksini belgilangan tartibda Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi balansiga oʻtkazsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi “Umid” sport kompleksining sport maydonchalari va inshootlaridan aholi foydalanishining amaldagi tartibini saqlab qolsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Toshkent tennis markazi” OAJ sport kompleksining Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi balansiga oʻtkazilishi munosabati bilan Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining “Toshkent tennis markazi” OAJni belgilangan tartibda tugatish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi toʻgʻrisidagi nizom va uning tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabiga oʻquvchilarni tanlov asosida tanlab olish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi oʻquvchilarini turar joy va ovqatlanish, sport anjomlari va forma bilan taʼminlash normativlari 4 va 5-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi Oʻzbekiston Tennis federatsiyasi bilan birgalikda:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabining belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv yili boshlangunga qadar tennischilar tayyorlashning keng jahon tajribasini hisobga oluvchi tennischilar tayyorlash dasturlarini tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv-trenirovka jarayonini zarur darajada tashkil etish maqsadida Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabini malakali mutaxassislar bilan taʼminlash, zarur oʻquv-metodik adabiyotlarni tanlab olgan holda oʻquv xonalarini jihozlash chora-tadbirlarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda zarur sport anjomlari, formasi, inventar va asbob-uskunalar xarid qilinishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda har yili Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabiga oʻqishga yuboriladigan iqtidorli oʻquvchilarni tanlab olish tadbirlari rejasini tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sportchilarni tayyorlash sifati yuzasidan davriy monitoring olib borsin, zarurat boʻlganda, Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabining Homiylik kengashiga oʻquv-trenirovka jarayonini takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Uzluksiz majburiy umumiy oʻrta taʼlimning taʼminlanishi hamda Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi bitiruvchilarining ustun darajada kasb-hunar taʼlimi muassasalariga biriktirilishi uchun masʼuliyat Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga hamda Sport vazirligiga yuklansin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Oʻzbekiston Tennis federatsiyasi bilan birgalikda:
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF)ning trenerlarni oʻqitish dasturlaridan foydalangan holda Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabining trenerlari malakasini oshirish kurslarini tashkil etishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
institutning kadrlar va ilmiy-metodik salohiyatidan Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabining oʻquv-trenirovka jarayonida foydalanilishini nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi Homiylik kengashining 2008-2009 oʻquv yili boshlangunga qadar Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabini homiylar mablagʻlari hisobiga 6-ilovaga* muvofiq zarur oʻquv, trenirovka va maishiy asbob-uskunalar, zamonaviy kompyuter texnikasi va axborot-resurs markazi bilan jihozlash boʻyicha taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 4—6-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻquvchining Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabida oʻqish uchun har oylik badali miqdori bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida belgilansin.
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, oʻquvchilarning badallari sifatidagi tushumlar ushbu maqsadlarga ajratiladigan budjet mablagʻlari bilan bir qatorda maqsadli tarzda oʻquvchilarni ovqatlantirishni yaxshilashga yoʻnaltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabining tashkil etilishi hamda “Umid” sport kompleksining uning balansiga oʻtkazilishi munosabati bilan respublika budjeti hamda Toshkent shahar mahalliy budjeti parametrlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-maydagi 288-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 20-son, 367-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S.Qosimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 13-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
132-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-iyundagi 132-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi huzuridagi Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi (keyingi oʻrinlarda “ROZTM” deb yuritiladi) — internatga ega boʻlgan qoʻshimcha taʼlim muassasasidir. Yuksak mahoratli tennischilarni tarbiyalash va tayyorlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ularning sport mahoratini takomillashtirish, Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalarining zaxirasini shakllantirish ROZTMning asosiy faoliyati hisoblanadi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 776-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2025-y., 09/25/776/1149-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. ROZTM oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. ROZTM yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, banklarda hisob raqamlari va boshqa hisob raqamlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan va oʻz nomi koʻrsatilgan muhrga, burchakli shtampga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. ROZTM tuzilmasi sportning yuqori yutuqlari zamonaviy talablariga mos boʻlgan malakali trener-oʻqituvchilar tarkibini va moddiy-texnik bazani (oʻz moddiy-texnika bazasini yoki ijaraga olingan moddiy-texnik bazani), sport zaxiralari tayyorlashning ilmiy-metodik va tibbiy-biologik tizimini oʻz ichiga oladi. ROZTM tennis boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalarini tayyorlashni, istiqbolli sportchilarni tanlashni ham taʼminlaydi hamda tajriba orttirish yoʻli bilan trener-oʻqituvchi kadrlar malakasini oshirish ishlarini tashkil etadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. ROZTM yillik ish rejasiga, butlash rejasiga, sport hamda ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga, maktabning asosiy kontingenti sportchilarining soʻrovnoma maʼlumotlariga, buyruqlar daftariga, mashgʻulotlar jadvaliga, sportchilarni tayyorlashning yakka tartibdagi rejalariga, trener-oʻqituvchilar ishini hisobga olish daftarlariga va ROZTM faoliyat koʻrsatishi uchun zarur boʻlgan boshqa hujjatlarga ega boʻladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. ROZTM ishi tennis boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalari aʼzoligiga tayyorlangan nomzodlar soni hamda oʻquvchilarning Oʻzbekiston Respublikasi chempionatlari va xalqaro sport musobaqalarida ishtiroki natijalariga koʻra baholanadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. ROZTMning asosiy vazifalari va funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Quyidagilar ROZTMning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuksak mahoratli tennischilar tayyorlash boʻyicha oʻquv-trenirovka jarayonini tashkil etish uchun zarur zamonaviy moddiy-texnik baza va malakali trenerlar tarkibini barpo etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarurat boʻlganda xorijiy mutaxassis-trenerlarni jalb etgan holda tennis sohasida eng yangi ilmiy-metodik tavsiyalar asosida oʻquv-trenirovka jarayonini tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tennischilarning nazariy tayyorgarligi va texnik-taktik koʻnikmalarini takomillashtirish, professional sifatlarini takomillashtirish, shuningdek zamonaviy tennisni rivojlantirishning xalqaro talablariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalarini tayyorlash darajasini oshirish;
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tennischilar va trenerlar tarkibining kasb mahoratini oshirish uchun tajriba ayirboshlash boʻyicha xorijiy tennis maktablari, akademiyalar va klublar bilan hamkorlikni rivojlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. ROZTM oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tennis klublari va sport maktablarida oldindan tayyorgarlikdan oʻtgan, tennis bilan shugʻullanish uchun zarur sport layoqatiga ega boʻlgan va yuksak mahoratli tennischilarni tayyorlash uchun tegishli salohiyatga ega boʻlgan isteʼdodli yigit va qizlar orasidan tanlov asosida tanlab olish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROZTMda taʼlim olayotganlarning respublika va xalqaro sport musobaqalarida ishtirok etishini taʼminlash hamda respublikada va uning tashqarisida oʻquv-trenirovka yigʻinlari oʻtkazish;
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tennischilarni tayyorlashning keng xalqaro tajribasini hisobga oladigan yuksak mahoratli tennischilar tayyorlashning maxsus dasturlariga oʻqitish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tennischilarning nazariy tayyorgarligi va texnik-taktik koʻnikmalari oshishiga, jismoniy sifatlari rivojlanishiga, shuningdek zamonaviy tennis talablariga muvofiq tennis boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalari, tennis klublari, sport maktablarini tayyorlash darajasini oshirishga koʻmaklashish;
(8-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turli darajalardagi sport musobaqalariga xizmat koʻrsatish uchun trener-oʻqituvchilar va tennis boʻyicha sport hakamlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
(8-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim jarayonini zamonaviy texnik vositalardan foydalanish negizida tennis boʻyicha eng yangi ilmiy-metodik axborot bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilgʻor ilmiy texnologiyalar va metodikalarni ishlab chiqish va oʻquv-trenirovka jarayoniga joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy mamlakatlarning yetakchi mutaxassislarini jalb etish, shuningdek xorijiy tennis klublari va maktablarining ilgʻor ish tajribasini oʻrganish uchun mutaxassislarni chet elga yuborish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. ROZTMning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. ROZTM quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tennischilar tayyorlashning keng xalqaro tajribasini hisobga oladigan yuksak mahoratli tennischilarni tayyorlash maxsus dasturlari asosida maktabning oʻquv rejasini, yillik kalendar rejani, oʻquv jadvalini va oʻquv-trenirovka mashgʻulotlari jadvalini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport tayyorgarligining har bir bosqichida oʻquvchilarni yakka tartibda oʻqitishning qancha vaqt davom etishini belgilash hamda tayyorlash davri va bosqichiga qarab oʻquv guruhlari soni va ularning toʻldirilishini, oʻquv-trenirovka ishlarining haftalik rejimini belgilash;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikka zid boʻlmagan taʼlim va tarbiya shakli, vositalari va usullarini tanlash;
(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROZTMda oʻqiganlikni va uni tamomlaganlikni tasdiqlaydigan sertifikat berish. Sertifikat qatʼiy hisobot beriladigan blanka hisoblanadi, u belgilangan tartibda hisobga olinishi va saqlanishi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzining ixtisosiga muvofiq pulli xizmatlar koʻrsatish va shartnomaviy ishlarni bajarish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda tashkil etilgan mehnatga haq toʻlash fondi doirasida qonunchilikka muvofiq xodimlarga lavozim maoshlari va stavkalarni belgilash;
(9-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarning ish samaradorligi va sifatidan kelib chiqqan holda mehnatga haq toʻlash fondi (moddiy ragʻbatlantirish fondi) doirasida ularni mukofotlash tartibi va miqdorini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarga sportdagi va ishdagi boshqa yutuqlari, oʻtkazilgan tadbirlarning yuksak sifati uchun budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga qoʻshimcha ustamalar belgilash. Ustamalar miqdori amalga oshirilgan chora-tadbirlar, bajariladigan ishlar (koʻrsatilgan xizmatlar) sifatini oshirishga, daromadlar oʻsishiga har bir xodimning qoʻshgan shaxsiy hissasiga bogʻliq ravishda belgilanadi. Ish sifati yomonlashgan, guruhlarni toʻldirish pasaygan va boshqa koʻrsatkichlar yomonlashgan, oʻquv rejalari va dasturlar bajarilmagan taqdirda koʻrsatib oʻtilgan ustamalar kamaytiriladi yoxud toʻliq bekor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. ROZTM quyidagilarga majbur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim berishning texnik vositalarini keng qoʻllagan holda mashqlarni bajarishning zamonaviy metodikalari asosida oʻquv-trenirovka jarayonini tashkil etish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ham respublika hududida, ham yetakchi xorijiy sport klublarida oʻquv-trenirovka mashgʻulotlari va yigʻinlarini tashkil etish, respublika va xalqaro musobaqalarda, oʻyinli uchrashuvlarda, tiklash, profilaktika va sogʻlomlashtirish tadbirlarida qatnashish, tibbiy, biologik tekshirish, pedagogik test sinovi va nazariy mashgʻulotlar oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROZTM oʻquvchilarining 4-marta ovqatlanishini, ularning istiqomat qilishini, ularga sport kiyimi va inventar berilishini taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro turnirlar, Olimpiya va Osiyo oʻyinlari, respublika sport musobaqalari va oʻyinli uchrashuvlarga umumiy va maxsus tayyorgarlik boʻyicha oʻquv-trenirovka yigʻinlari rejimida ishlash;
(10-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport mahoratining maqbul shart-sharoitlarda, mashq turkumining muayyan davrlarida takomillashtirilishini taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv-trenirovka yigʻinlari va sport musobaqalari oʻtkazilayotgan vaqtda oʻquvchilarni ovqat, turar joy, sarf-xarajatlarning belgilangan normalari boʻyicha farmakologiya, tiklash vositalari, vitaminlar hamda oqsil-glukoza preparatlari bilan taʼminlash;
(10-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktab direktori tomonidan tasdiqlangan reja boʻyicha oʻquv-trenirovka mashgʻulotlari jarayonida maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar olib borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. ROZTM:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv-trenirovka jarayoni tashkil etilishining qoʻllaniladigan shakllari, usullari va vositalari oʻquvchilarning yosh bilan bogʻliq psixofizik xususiyatlari, mayllari, qobiliyatlariga, ularning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish talablariga muqobilligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquvchilar va xodimlarning huquq va erkinliklariga rioya qilinishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻziga yuklangan vazifalar zarur tarzda va samarali bajarilishi uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradi.
(11-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Sportchilar, ularning huquq va majburiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabiga, qoidaga koʻra, 11-12 yoshdagi (umumtaʼlim maktabida oʻqiyotgan yoki 5-sinfiga oʻtayotgan) sportchilar qabul qilinadi. Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabida oʻqish muddati 7 yilni tashkil etadi. Har yili Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabiga 12 nafargacha iqtidorli oʻquvchi qabul qilinadi, sportchilarning umumiy kontingenti-84 kishi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ayrim hollarda yuksak sport natijalariga ega boʻlgan 11 yoshdan kichik oʻquvchilar qabul qilinishi mumkin.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 16-iyundagi 179-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 25-son, 258-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. ROZTM sportchilari quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yaqin-atrofdagi umumtaʼlim muassasalarida oʻqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-marta ovqat bilan bepul taʼminlanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROZTM tomonidan belgilangan tartibda ROZTMning moddiy-texnika bazasi va mol-mulkidan bepul foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yotoqxonada yashash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa taʼlim muassasasiga oʻtish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. ROZTM sportchilari quyidagilarga majbur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz sport mahoratini takomillashtirish va oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muntazam ravishda sportchi kundaligini yuritish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROZTMning trenerlar kengashi tomonidan tasdiqlangan test sinovi va asosiy sport musobaqalarida qatnashish.
(15-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Oʻquv-trenirovka jarayonini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. ROZTM oʻquv-trenirovka jarayoni maktab direktori tomonidan tasdiqlangan oʻquv rejasi boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Oʻquv-trenirovka yigʻinlari, guruhli oʻquv-trenirovka va nazariy mashgʻulotlar, respublika va xalqaro sport musobaqalarida, oʻyinli uchrashuvlarda qatnashish, tiklash, profilaktik va sogʻlomlashtirish tadbirlarini, tibbiy-biologik tekshirishni, pedagogik test sinovini amalga oshirish, oʻquv filmlarini, kinodasturlar va sport musobaqalarini tomosha qilish ROZTM oʻquv-trenirovka jarayonining asosiy shakllari hisoblanadi.
(17-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROZTM oʻquv rejasiga muvofiq oʻquv, oʻquv-trenirovka va tarbiyaviy ishlar shakllari va usullarini, mashgʻulotlarning boshlanishi, taʼtillarni oʻtkazish va yakuniy attestatsiya muddatlarini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Tarbiyalanuvchilarning rejali sport tayyorgarligini taʼminlash maqsadida oʻquv-mashq jarayoni Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasi hisobga olingan holda amalga oshiriladi, uning asosida sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasi tuziladi va ushbu tadbirlarda ROZTM tarbiyalanuvchilarining ishtiroki taʼminlanadi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. ROZTM oʻquvchilari oʻqish davrida oʻquv-trenirovka yigʻinlariga joʻnab ketganlarida umumtaʼlim fanlariga oʻqitish yaqin-atrofda joylashgan umumtaʼlim maktablari negizida tashkil etiladi. Bunday oʻqishni tashkil etish uchun shart-sharoitlar mavjud boʻlmagan taqdirda oʻquvchilar yigʻinlarda boʻlishning butun davrida oʻzlari oʻqiyotgan umumtaʼlim maktablarida oʻqituvchilardan yakka tartibda topshiriqlar oladilar, qaytganlaridan keyin esa dasturlarning tegishli boʻlimlari boʻyicha sinovlar topshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Oʻquv-trenirovka yigʻinlarida oʻqitish jarayoni ROZTMning trener — oʻqituvchilari tomonidan oʻz tennischilari bilan ROZTMga oʻqishga kelgan shaxsiy trenerlar bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Oʻquv-trenirovka jarayoni oʻqitishning texnik vositalari va tiklash tadbirlari keng qoʻllanilgan, kun rejimi oqilona tashkil etilgan holda mashq qilishning zamonaviy metodikasi asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Oʻquv-trenirovka yigʻinlarining vazifalari trenerlar kengashi tomonidan belgilanadi va mashq qilish turkumining muayyan davrlarida sport mahorati maqbul sharoitlarda takomillashtirilishini taʼminlashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Vrach nazorati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. ROZTM sportchilari ROZTM va Respublika davolash-jismoniy tarbiya dispanseri tibbiyot xodimlarining doimiy kuzatuvi ostida boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. ROZTMda ilmiy-metodik taʼminlash tibbiyot tashkilotlari va ilmiy tashkilotlardan jalb etiladigan kompleks ilmiy guruh tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. ROZTM rahbariyati, maʼmuriy xodimlar, trener- oʻqituvchilarning majburiyatlari va javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. ROZTMning butun faoliyatiga bevosita rahbarlikni Oʻzbekiston Tennis federatsiyasining taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan tayinlanadigan ROZTM direktori amalga oshiradi.
(25-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROZTM direktori lavozimiga oliy jismoniy tarbiya maʼlumotiga va kamida 5 yil tashkiliy ish tajribasiga ega boʻlgan shaxslar tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. ROZTM direktori:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROZTM nomidan ish koʻradi va uning manfaatlarini ifodalaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda ROZTMning mol-mulkini tasarruf etadi va shartnomalar tuzadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROZTMning vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi hamda oʻquv yurtiga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz oʻrinbosarlari vakolatlarini va ularning javobgarligi darajasini belgilaydi, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROZTMning barcha xodimlari uchun majbur boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki tartib-qoidalarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(26-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Direktorning oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari ROZTM direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi. Direktorning oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari oliy jismoniy tarbiya maʼlumotiga va kamida 3 yillik trener-oʻqituvchi ish tajribasiga ega boʻlishi kerak. Direktor oʻrinbosari oʻquv-trenirovka jarayoni tashkil etilishi, sportchilar tanlanishi va ROZTM butlanishi, yoʻriqchi-metodistlar ishi tashkil etilishi uchun javob beradi, oʻquv-trenirovka mashgʻulotlari oʻtkazilishi va sportchilarning yakka tartibdagi rejalari bajarilishi ustidan metodik nazoratni amalga oshiradi, trener-oʻqituvchilarning malakasini oshirishga oid materiallarni tayyorlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Direktorning xoʻjalik ishlari boʻyicha oʻrinbosari ROZTM direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi hamda maʼmuriy-xoʻjalik faoliyati ish tajribasiga ega boʻlishi kerak. Direktorning xoʻjalik ishlari boʻyicha oʻrinbosari oʻquv-trenirovka jarayoni uchun moddiy-texnik shart-sharoitlar yaratilishi, maktabning mol-mulki va inventari saqlanishi, binolar va xonalardan foydalanish, ularni zarur sanitariya holatida saqlash, transport taʼminoti va undan foydalanish uchun javob beradi. Direktorning xoʻjalik ishlari boʻyicha oʻrinbosari sport inshootlaridan toʻgʻri foydalanishni, ular profilaktikasini amalga oshirishni, ularning joriy taʼmirlanishini nazorat qilishi, sport snaryadlari va inventari soz holatda boʻlishini kuzatib borishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Katta yoʻriqchi-metodist va yoʻriqchi metodist lavozimiga oliy yoki oʻrta maxsus jismoniy tarbiya maʼlumotiga ega boʻlgan shaxslar tayinlanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻriqchi-metodist metodik ishlarni amalga oshiradi, tibbiyot xodimlari va kompleks ilmiy guruhlar ishini muvofiqlashtiradi, trenerlarning ish tajribasini umumlashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Direktorlar, direktor oʻrinbosarlari, katta yoʻriqchi-metodistlar va yoʻriqchi metodistlarga ularning asosiy lavozimi boʻyicha ish vaqti mobaynida belgilangan normativlarga muvofiq sport boʻyicha trener — oʻqituvchilarning stavkalari hisob-kitobidan kelib chiqib haq toʻlangan holda oʻz maktabida oʻquv mashgʻulotlari olib borishga ruxsat beriladi. Bunda koʻrsatib oʻtilgan ish uchun ish haqi sport boʻyicha trener — oʻqituvchi 0,5 stavkasidan ortiq boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. ROZTMda tarkibi direktor tomonidan tasdiqlangan trenerlar kengashi tashkil etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Trenerlar kengashi metodik ishlarni amalga oshiradi, xalqaro turnirlarga borish uchun sport terma jamoalarini shakllantiradi, har xil turnirlar tamom boʻlgandan keyin yakunlar chiqaradi va oʻzini eng yuqori darajada koʻrsatgan sportchilarni ragʻbatlantirish uchun tavsiya qiladi.
(31-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. ROZTMda trener-oʻqituvchilar ishini nazorat qiladigan, oʻquv-trenirovka jarayoni tashkil etilishi, boʻlinmalar butlanishi, oʻquv ishi rejalashtirilishi va hisobga olinishi, nazorat test sinovlari oʻtkazilishi, boʻlinmalarning trenerlar kengashlari oʻtkazilishi, trener-oʻqituvchilarning malakasini oshirish chora-tadbirlari tashkil etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradigan katta trener-oʻqituvchilar tayinlanadi, ular qoʻshma mashgʻulotlar va yigʻinlarni tashkil etish vaqtida oʻquv-trenirovka jarayoni oʻtkazilishida qatnashadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Trener-oʻqituvchilar tarkibi birinchi va oliy malaka toifasiga ega boʻlgan mutaxassislardan butlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Trener-oʻqituvchi oʻz guruhining har bir sportchisi uchun tayyorgarlikning yakka tartibdagi rejalarini ishlab chiqadi, ularga muvofiq oʻquv-trenirovka ishlari va tarbiyaviy ishlarni olib boradi, umumiy, maxsus jismoniy, texnik tayyorgarlik boʻyicha sportchilarni test sinovdan oʻtkazish natijalari, sportchilar tomonidan mashq yuklamalari bajarilishi, sanitariya-gigiyena normalariga va mashgʻulotlar oʻtkaziladigan joylarga nisbatan qoʻyiladigan talablarga rioya qilinishining muntazam hisobini yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sport boʻyicha trener — oʻqituvchi muntazam ravishda oʻz malakasini oshirib boradi, metodik seminarlarda qatnashadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Trener-oʻqituvchi oʻquv-trenirovka mashgʻulotlarida, yigʻinlar va sport musobaqalarida sportchilarning hayoti va sogʻligʻi, sportchilarning chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻz vaqtida oʻtishi uchun javob beradi.
(33-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻl qoʻyilgan qoida buzishlar uchun trener-oʻqituvchi qonunchilikka muvofiq javob beradi.
(33-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VIII. Moliyalashtirish, moddiy taʼminlash, hisobot
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. ROZTM faoliyatini moliyalashtirish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquvchilarning badallari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
homiylarning mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjetdan tashqari mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik faoliyatidan, pulli xizmatlar koʻrsatishdan olingan mablagʻlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
(34-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. ROZTMni moliyalashtirish uchun hisob-kitob birligi sifatida oʻrtacha yillik kontingent — 1 nafar sportchi koʻrsatkichi qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. ROZTMni moliyalashtirish belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. ROZTM amaldagi shakllarga muvofiq belgilangan tartibda moliyaviy va xoʻjalik faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotni Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etadi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IX. Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabining xalqaro faoliyati
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi hamda boshqa tashkilotlar orqali xalqaro sport musobaqalarida qatnashish, chet ellarda oʻquv-trenirovka yigʻinlari tashkil etish va oʻtkazish huquqiga ega.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi tajriba almashish, tajriba orttirish, turli tadbirlar, sport musobaqalari, olimpiadalar va shu kabilarda qatnashish maqsadida oʻquvchilar va trener-oʻqituvchilarni chet ellarga yuborish uchun tanlab oladi.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi hamda Oʻzbekiston Tennis federatsiyasi orqali tajriba almashish, tajriba orttirish va sport musobaqalarida qatnashish uchun xorijiy delegatsiyalarni qabul qiladi.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi mavjud xalqaro aloqalardan foydalangan holda xorijiy sport muassasalari va tashkilotlari bilan maktabning pedagog xodimlari va sportchilarini ayirboshlash, birgalikda tadbirlar, bayramlar, koʻriklar, yigʻinlar, seminarlar va shu kabilar oʻtkazish toʻgʻrisida belgilangan tartibda bitimlar tuzish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-iyundagi 132-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-iyundagi 132-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabiga oʻquvchilarni tanlov asosida tanlab olish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabiga oʻquvchilarni tanlov asosida tanlab olish va qabul qilish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi hamda Oʻzbekiston Tennis federatsiyasi oʻquvchilarni tanlov asosida sifatli tanlab olishga erishish maqsadida qabul qilish boshlanishidan kamida 2 oy oldin ommaviy axborot vositalarida tanlov va uni oʻtkazish shartlari toʻgʻrisida eʼlon beradi, shuningdek boshqa metodlardan foydalanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Qabul komissiyasi
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabiga oʻquvchilarni sinab koʻrish va tanlab olish Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligining buyrugʻi bilan tasdiqlangan qabul komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Qabul komissiyasining raisi va kotibi oʻquvchilarning hujjatlarini qabul qilib olish, rasmiylashtirish, saqlash uchun masʼul hisoblanadilar.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Komissiya raisi tajribali, malakali trenerlar orasidan tayinlanadi. Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi direktori ham komissiya raisi etib tayinlanishi mumkin. Oʻquv yurti xususiyatlaridan kelib chiqqan holda komissiya tarkibiga psixolog, tibbiyot xodimi, Tennis federatsiyasi, Oʻzbekiston tennisni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, shuningdek boshqa manfaatdor sport tashkilotlari vakillari kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qabul komissiyasiga quyidagi vazifalar yuklanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻquvchilar, ota-onalar, jamoatchilik oʻrtasida Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi faoliyati, unga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida tushuntirish ishlarini olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov oʻtkazilgunga qadar oʻquvchilar va ota-onalar uchun mutaxassislar konsultatsiyalarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov asosida tanlab olishni oʻtkazish, oʻquvchilar qabul qilish yakunlarini tahlil qilish, umumlashtirish. Qabul komissiyasi protokolini kotib rasmiylashtiradi va rais tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Oʻquvchilarni qabul qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qabul komissiyasiga ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolani Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabiga qabul qilish toʻgʻrisida direktor nomiga ariza;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi (uning asl nusxasi hujjatlarni qabul komissiyasi tomonidan qabul qilish vaqtida taqdim etiladi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
086/u shaklidagi tibbiy maʼlumotnoma;
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-oktabrdagi 789-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y., 09/18/789/1993-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquvchining 3/4 yoki 4/6 hajmdagi 6 ta fotosurati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻqigan maktabidan berilgan oʻzlashtirish tabeli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquvchining uzluksiz psixologik-pedagogik tekshiruv daftari yoki maktab psixologi va sinf rahbari tomonidan tasdiqlangan tavsifnoma.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabiga hujjatlarni qabul qilish qabul komissiyasi tomonidan tanlov sinovlari boshlanishidan bir hafta oldin oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Tanlov asosida tanlab olishni oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabiga qabul qilish qabul komissiyasining qatʼiy nazorati ostida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi Oʻzbekiston Tennis federatsiyasi bilan birgalikda Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi tomonidan ishlab chiqilgan oʻquvchilarni qabul qilish vaqtida oʻtkaziladigan sinovlar shakllarini: suhbatlar, test sinovlari, yozma ishlar, sinov materiallarini hamda ushbu sinovlarni (har qaysi yoʻnalish boʻyicha) oʻtkazuvchi komissiyalar tarkibini, sinovni oʻtkazish muddatlari aniq koʻrsatilgan holdagi jadvalni tasdiqlaydi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabida tanlov-test sinovlari tasdiqlangan jadvalga muvofiq 5 — 15-avgust oraligʻida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Test-imtihon sinovlari yakunlari 20-avgustgacha oʻquvchilarga, ota-onalarga yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga eʼlon qilinishi kerak. Tanlov sinovlaridan oʻtolmaganlarga hujjatlar ular oʻqigan maktab manziliga qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Tanlov-test sinovlari ushbu muassasada oʻqitiladigan tilda, Umumtaʼlim predmetlari boʻyicha umumiy oʻrta taʼlim davlat taʼlim standartlari asosida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻqishga kiruvchilarning bilimlari 100 balli tizim boʻyicha baholanadi. Tanlab olish qabul rejasiga muvofiq faqat eng koʻp ball olgan talabgorlar orasidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qabul qilish rejasi bajarilmay qolgan hollarda boʻsh oʻrinlarga qoʻshimcha tanlov oʻtkazilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Talabgorlarning ballari teng boʻlib qolgan hollarda qoʻshimcha suhbatlashuvlar oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtgan oʻquvchilar Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabiga qabul komissiyasi protokoli asosida direktor buyrugʻi bilan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Oʻquvchilarni oʻqishdan chetlatish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Umumtaʼlim predmetlari boʻyicha oʻquv dasturlari talablarini bajarmagan hamda ixtisoslik boʻyicha yil mobaynida nazorat test sinovlaridan oʻtmagan va ichki tartib-qoidalarni buzgan oʻquvchilar Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi tarbiyalanuvchilari qatoridan chetlashtiriladi va oʻqishni davom ettirishi uchun yashash joyidagi umumtaʼlim maktablariga joʻnatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Sogʻligʻining holatiga koʻra Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabida oʻqishni davom ettirolmaydigan oʻquvchilar tegishli tibbiyot muassasalarining xulosasi asosida yashash joyidagi umumtaʼlim maktablariga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi oʻquvchilarini boshqa oʻquv yurtlariga oʻtkazish direktor buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi. Oʻtkazishlar faqat oʻquv choragi yoki yarim yilligi tugagandan keyin amalga oshiriladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 24-25-son, 226-modda; 2011-y., 25-son, 258-modda; 2016-y., 43-son, 499-modda; 2017-y., 20-son, 367-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son, 04.10.2018-y., 09/18/789/1993-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son; 11.12.2025-y., 09/25/776/1149-son)