Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.06.1997 04.04.1995 yildagi 117-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.06.1997
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR KENGAShI, VILOYaTLAR VA TOShKENT ShAHAR HOKIMLIKLARI APPARATI TARKIBIDA XALQ ISTE’MOL TOVARLARI IShLAB ChIQARISh, SAVDO VA XIZMAT KO‘RSATISh SOHASIDA TADBIRKORLIK, XUSUSIY BIZNES VA TIJORAT IShLARINI MUVOFIQLAShTIRISh VA QO‘LLAB-QUVVATLASh BO‘LIMLARI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 17-iyundagi 301-sonli “Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari apparati tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, bozor infrastrukturasini tashkil etish maqsadida va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tadbirkorlikda tashabbus ko‘rsatish va uni rag‘batlantirish to‘g‘risida” 1995-yil 5-yanvardagi PF-1030-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ijro etuvchi apparatlari tarkibida xodimlarning umumiy soni va ularga sarflanadigan xarajatlar doirasida xalq iste’mol tovarlari ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida tadbirkorlikni, xususiy biznes va tijorat ishlarini muvofiqlashtirish va qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining xalq iste’mol tovarlari ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida tadbirkorlik, xususiy biznes va tijorat ishlarini muvofiqlashtirish va qo‘llab-quvvatlash bo‘limi to‘g‘risidagi Namunaviy nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1995-yil 4-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
117-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 4-apreldagi 117-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq iste’mol tovarlari ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida tadbirkorlik, xususiy biznes va tijorat ishlarini muvofiqlashtirish va qo‘llab-quvvatlash bo‘limi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Xalq iste’mol tovarlari ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida tadbirkorlik, xususiy biznes va tijorat ishlarini muvofiqlashtirish va qo‘llab-quvvatlash bo‘limi (keyingi o‘rinlarda bo‘lim deb ataladi) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari apparatining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa normativ hujjatlarga hamda mazkur Nizomga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Bo‘lim xalq iste’mol tovarlari ishlab chiqarish, savdo va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish, tayyorlash va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash masalalariga oid O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarorlari va farmoyishlarini amalga oshirish hamda ularning bajarilishini nazorat qilish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilishini ta’minlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Bo‘lim tegishli hududlarda joylashgan xalq iste’mol tovarlari ishlab chiqarish, savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalarining, tayyorlov tashkilotlarining, dehqon bozorlari va mulkchilikning barcha shakllaridagi tadbirkorlarning faoliyatini muvofiqlashtirishni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar bo‘limning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish davrida mintaqaviy xususiyatlarni va aholining ehtiyojlarini hisobga olgan holda tegishli bo‘linmalar va xo‘jalik organlari bilan birgalikda mulkchilikning barcha shakllarida xalq iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatishni istiqbolli rivojlantirishning umumiy konsepsiyasini va maqsadli dasturlarini ishlab chiqishni tashkil etish va unda qatnashish hamda ularni ko‘rib chiqish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga belgilangan tartibda kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli tarmoqlarda mulkchilik shakllarini o‘zgartirish, monopol tuzilmalarning yakka hokimligini tugatish, tadbirkorlikni rivojlantirishni va xususiy biznesning ahamiyatini oshirishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda yordam ko‘rsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika va hududiy organlar bilan birgalikda jahon bozorida raqobatlasha oladigan xalq iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni rivojlantirishga, eksportga tovarlar yetkazib berishni uzluksiz ko‘paytirishga, xorijiy firmalar va MDH mamlakatlari bilan birgalikdagi yuqori sifatli tovarlar ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxonalar tashkil etishga, yangi ishlab chiqarishlar tashkil etish va ishlab turganlarini texnik qayta jihozlash uchun chet el investitsiyalarini keng jalb qilishga oid chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholiga qulaylik yaratishni hisobga olgan holda mulkchilikning barcha shakllaridagi savdo, umumiy ovqatlanish, aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalarini oqilona joylashtirishga oid ishlarni muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mulkchilikning barcha shakllaridagi savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy ko‘rsatishni tashkil etishni takomillashtirish, savdo qilishning ilg‘or shakllari va usullarini joriy etish, aholiga xizmat ko‘rsatish sifati va madaniyatini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishda, xorijiy sarmoya ishtirokidagi qo‘shma korxonalarni tashkil etishda, tijorat, marketing va boshqa tuzilmalarni rivojlantirishda yordam berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlarini, shuningdek ular joylashgan yer maydonlarini jismoniy va yuridik shaxslarga xususiy mulk qilib tanlov asosida sotish bo‘yicha takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savdo va xizmat ko‘rsatish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hududiy (shahar, tuman) bo‘limlariga tashkiliy va metodik yordam ko‘rsatish va ular faoliyatini nazorat qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Bo‘limning asosiy funksiyalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chakana savdo tarmog‘ida kundalik zarur oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari asosiy turlarining sotuvda bo‘lishi va xilma-xil xizmatlarning mavjudligi hamda bozorni tovar resurslari bilan to‘ldirish bo‘yicha tegishli xo‘jalik organlari qabul qilayotgan chora-tadbirlar ustidan muntazam nazoratni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
istiqbolni belgilash va statistika organlari bilan birgalikda xalq iste’mol tovarlari ishlab chiqaradigan mulkchilikning barcha shakllaridagi savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalari faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlarini tahlil qilish va ularning ishlarini yaxshilashga oid tegishli takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tumanlar, shaharlar bo‘yicha mulkchilikning barcha shakllaridagi mavjud savdo, umumiy ovqatlanish va maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalarining va tadbirkorlik tuzilmalarining hisobga olinishini ta’minlash hamda joylarda tegishli tashkilotlar tomonidan savdo va faoliyatning boshqa turlari bilan shug‘ullanish huquqiga ruxsatnoma guvohnomalari berish ishlarining ahvoli ustidan nazoratni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iste’molchilar huquqlarini himoya qilish maqsadida “O‘zdavstandart” markazi organlari bilan birgalikda viloyat hududida joylashgan xalq iste’mol tovarlari va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalari chiqarayotgan mahsulotlar sifatini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaharlar va tumanlar bo‘yicha aholiga savdo, maishiy va boshqa xizmatlar ko‘rsatish sifatini oshirish, xizmat ko‘rsatish sohasini istiqbolda rivojlantirish masalasiga oid ishlarning ahvolini va xo‘jalik organlari tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni ko‘rib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mulkchilikning barcha shakllaridagi savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalarini nazorat-kassa apparatlari bilan ta’minlashda va ulardan joylarda foydalanishni tashkil etishda amaliy yordam ko‘rsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli idoralar hamda tashkilotlar bilan birgalikda yangi ish joylari tashkil etish, qishloq aholisini tovarlar ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatish va savdo sohasiga jalb qilish ishlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiy mulkchilik asosida qurilayotgan va tashkil etilayotgan savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalarini shaharlar, tumanlar va aholi yashash joylarining eng nufuzli hamda gavjum qismlarida joylashtirish masalalarini ko‘rib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaharlar, tumanlar va yirik aholi yashash joylarida supermarketlar, ixtisoslashtirilgan ulgurji bozorlarni tashkil etishda va ularning faoliyat ko‘rsatishida amaliy yordam ko‘rsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining xalq iste’mol tovarlari va xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish ishining haqiqiy ahvolini har tomonlama o‘rganish va shu asosda mintaqada kundalik zarur oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlarini ishlab chiqarishni ko‘paytirishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risidagi chora-tadbirlarni ishlab chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Bo‘limning huquqlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlarining, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarorlari va farmoyishlarining, shuningdek, boshqa normativ hujjatlarning xo‘jalik va boshqa hududiy organlar tomonidan bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z vakolatlari doirasida tegishli korxonalar hamda tashkilotlarni jalb qilgan aholining kundalik ehtiyojlarini qondirishni, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni, bozor infrastrukturasini yaratishni ta’minlovchi xalq iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish, savdo tarmoqlari va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish konsepsiya va dasturlari loyihalarini ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalq iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi aksionerlik jamiyatlaridan, jamoa, xususiy va boshqa korxonalardan, shuningdek, mulkchilikning barcha shakllaridagi savdo, umumiy ovqatlanish va maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalaridan tadbirkorlarning tijorat siri hisoblanmaydigan ma’lumot hamda axborotni talab qiladi va oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joylardagi ishlarning ahvolini o‘rganish va ko‘rib chiqilishi lozim bo‘lgan masalalarni tayyorlash maqsadida zarur hollarda tarmoqlar mutaxassislari va xodimlarini jalb qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi buzilishiga yo‘l qo‘yayotgan savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalariga berilgan mulkka egalik huquqi orderlarini bekor qilish to‘g‘risidagi takliflarni Davlat mulki qo‘mitasi bo‘linmalari bilan birgalikda belgilangan tartibda tegishli organlarga kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mulkchilikning barcha shakllaridagi savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalaridagi ish tartibini tartibga soluvchi normativ hujjatlarga rioya qilinishi ustidan davriy nazoratni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy axborot vositalari bilan aloqani amalga oshiradi, matbuot, televideniye va radio orqali chiqishlar uchun materiallar tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning takliflari, arizalari va shikoyatlari o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini tashkil qiladi, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘radi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Bo‘lim ishini tashkil etish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bo‘limga Vazirlar Mahkamasining tegishli majmui bilan kelishgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadigan mudir boshchilik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bo‘lim o‘z faoliyatini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbariyati tomonidan tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bo‘lim mudiri:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bo‘lim faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, bo‘lim vakolatiga kiruvchi masalalarni hal qilish bo‘yicha yo‘nalishlarni, vazifalarni belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mudir o‘rinbosarlari, bo‘lim xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bo‘limga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi, xodimlarning ularga topshirilgan ish uchastkasi uchun javobgarliklari darajasini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha davlat va jamoat tashkilotlarida o‘z vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari nomidan ish ko‘radi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mulkchilik shakllari va idoraviy bo‘ysunishidagi qat’iy nazar, savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalari xodimlari bilan belgilangan tartibda yig‘ilishlar o‘tkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur ko‘rsatma, topshiriq va tushuntirishlar beradi, ishni tashkil etish uchun hisobotni va bo‘lim vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha boshqa axborotni qonunda belgilangan tartibda talab qilib oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalq xo‘jaligining mutasaddilik qilinayotgan tarmoqlari ishiga aloqador masalalar ko‘rib chiqilayotganda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, doimiy komissiyalar yig‘ilishlarida, shuningdek, Vazirlar Kengashining Raisi, hokimlar va ularning o‘rinbosarlari huzuridagi kengashlarda qatnashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bo‘lim ishini yaxshilash, bo‘lim xodimlarining ish malakalarini oshirishga oid chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bo‘limda kadrlarni tanlash va joylashtirish, xizmat vazifalarini bajarishda o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarni rag‘batlantirish, shuningdek, intizomiy jazolar qo‘llash masalalari bo‘yicha takliflarni belgilangan tartibda kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bo‘lim mutaxassislari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazifalarning taqsimlanishiga muvofiq ish rejasiga binoan ishlaydilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari yig‘ilishlarida va rahbariyat huzuridagi kengashlarda o‘z lavozim vazifalari doirasiga kiruvchi masalalar muhokamasida qatnashadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining tegishli qarorlari bajarilishini nazorat qiladilar, bo‘lim rahbariyatining topshiriqlari bajarilishini ta’minlaydilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mutasaddilik qilinayotgan tarmoqlar ishini chuqur o‘rganadilar va tahlil qiladilar, zarur hollarda ular oldiga qo‘yilgan masalalarni hal qilishda joylarga borib zarur yordam ko‘rsatadilar.
(O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1995-y., 4-son, 13-modda)