Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
SUPERMARKETLAR SHOXOBCHALARINI TASHKIL ETISH VA KENGAYTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini taʼminlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tadbirkorlikda tashabbus koʻrsatish va uni ragʻbatlantirish toʻgʻrisida” 1995-yil 5-yanvardagi PF-1030-son Farmonining 11-bandini bajarish yuzasidan, shuningdek, savdo xizmati koʻrsatish madaniyatini yanada oshirish, aholini zarur oziq-ovqat mahsulotlari va xalq isteʼmol tovarlari bilan taʼminlashni yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Supermarket turidagi doʻkon toʻgʻrisidagi Vaqtinchalik nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
doʻkonlarning koʻrsatib oʻtilgan turlari uchun Vaqtinchalik nizomda qayd etilgan talablarni hisobga olgan holda, ular negizida supermarket turidagi doʻkonlar tashkil qilish moʻljallanayotgan savdo korxonalarining joylashtirilishini ikki hafta muddatda belgilasinlar;
xususiy tadbirkorlarga, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga supermarket turidagi doʻkonlar tashkil etish uchun ularga belgilangan tartibda binolar, xonalar, yer uchastkalari sotishda koʻmaklashsinlar.
Belgilab qoʻyilsinki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari ushbu korxonalarni tashkil etishga doir qabul qilingan qarorlarning bajarilishini taʼminlash boʻyicha shaxsan javob beradilar.
3. “Oʻzbeksavdo” davlat uyushmasi (Fayziyev), Oʻzbekbirlashuv (Abdusaniyev):
savdo korxonalarining supermarket turidagi doʻkonlar uchun Vaqtinchalik nizom talablariga muvofiqligini ekspertizadan oʻtkazish hamda koʻrsatib oʻtilgan korxonalarga tegishli xulosalar berish uchun vakolatli mutaxassislardan maxsus komissiyalar tuzsinlar;
supermarket turidagi doʻkonlar tashkil etishga doir ishlarni muvofiqlashtirishni taʼminlasinlar, savdo ishlarini tashkil qilishga hamda qoʻyilayotgan talablarni hisobga olgan holda ularni zarur oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari bilan toʻldirishga yordam bersinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 472-sonli qaroriga asosan 2020-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son)
5. Supermarket turidagi doʻkonlar uchun oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari majburiy turlarining taxminiy roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosarlari M. 3. Usmonov, B. S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 19-aprel,
135-son
Supermarket turidagi doʻkon toʻgʻrisida Vaqtinchalik
namunaviy nizom
I. Umumiy qoidalar
1. Supermarket turidagi doʻkonlar respublika aholisini kundalik zarur oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari bilan taʼminlashni yaxshilash maqsadida shaharlarda va tuman markazlarida tashkil etiladi.
2. Supermarket sotishning ilgʻor shakllarini qoʻllagan hamda aholiga kompleks xarid talablarini qondiruvchi turli xizmatlar koʻrsatgan holda keng assortimentdagi oziq-ovqat tovarlarini va kundalik zarur nooziq-ovqat tovarlarini sotish uchun moʻljallangan savdo korxonalarining eng maqbul turi hisoblanadi.
3. Supermarket turidagi doʻkonlar universal assortimentli, boʻsh savdo maydonlari boʻlgan, zarur talablarga javob beradigan universamlar, oziq-ovqat doʻkonlari, yirik oziq-ovqat doʻkonlari negizida, shuningdek, savdo maydoni kamida 600 kv metr boʻlgan, qishloq joylaridagi tuman markazlarida kamida 400 kv metr boʻlgan hamda tovarlarni qabul qilib olish, saqlash, ularni sotishga tayyorlash va sotish uchun barcha zarur sharoitlarga ega boʻlgan yangi qurilishlar hisobiga tashkil etilishi mumkin.
4. Texnologik yechimlar hisobga olingan holda supermarket binosi normal savdo jarayonini amalga oshirish, savdoning ilgʻor usullarini qoʻllash va xaridorlar uchun qulayliklarini hisobga olib qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatishni tashkil etish uchun maxsus va yordamchi xonalarga ega boʻlishi kerak.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 29-martdagi 91-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 14-son, 180-modda)
5. Supermarket binolari va xonalari estetik talablarga javob berishi kerak. Arxitektura shakllari, binokorlik materiallari tanlash, binolarni boʻyash, vitrinalarni bezash, savdo zali interyeri — bularning barchasi oʻzaro bogʻliq boʻlib, ular zamonaviy ansamblni tashkil etishi hamda shahar (joy)ning umumiy arxitekturasiga qoʻshilib ketishi kerak.
6. Supermarket turidagi doʻkonlarda yuqori xizmat koʻrsatish madaniyati, tovarlarning keng assortimenti, koʻrgazmali anjomlar va ularni maqbul joylashtirish, sotishning ilgʻor usullari, aholi uchun qulay boʻlgan ish tartibi, turli qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatish, ish oʻrinlarini toʻgʻri tashkil etish, doʻkonlarni eng yangi savdo-texnologik va sovutgich uskunalar, kassa mashinalari, elektron tarozilar, yuk koʻtarish-transport uskunalari bilan jihozlash taʼminlanishi kerak.
7. Supermarketlarda savdo jarayonini tashkil etish oʻziga oʻzi xizmat koʻrsatish usulida amalga oshiriladi.
Supermarketning savdo zaliga oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari faqat qadoqlangan va oʻralgan koʻrinishda sotishga qoʻyiladi.
8. Xarid qilingan tovar uchun xaridorlar bilan pul hisob-kitoblari faqat respublika hududida foydalanish uchun ruxsat berilgan nazorat-kassa mashinalari Davlat reyestriga kiritilgan nazorat-kassa mashinalari qoʻllangan holda amalga oshiriladi.
9. Savdo maydoni 400 kv metr boʻlgan supermarket savdo zaliga qoʻyilgan oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari assortimenti kamida 800 nomdagi, 600 kv metr maydonda kamida 1200 nomdagi, 1000 va undan koʻp kv metr maydonda — kamida 2000 nomdagi tovarlarni tashkil etishi kerak.
10. Supermarketlarda oziq-ovqat tovarlari boʻyicha tovar oboroti ulushi doʻkon tovar oborotining umumiy hajmida kamida 70 — 80 foizni, nooziq-ovqat tovarlari boʻyicha 20 — 30 foizni tashkil etishi kerak, mavjud savdo maydonlariga tovarlarni joylashtirish mana shundan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
11. Qoʻshimcha savdo maydonlari mavjud boʻlgan taqdirda supermarketlarda bar-restoran, qahvaxona yoki “ekspress” kafe hamda eshigi alohida boʻlgan boshqa turdagi va ish tartibi uzaytirilgan umumiy ovqatlanish korxonalari tashkil etish zarur.
Aholini issiq non va non-bulka mahsulotlari bilan taʼminlash uchun kichik novvoyxonalar ham tashkil etish mumkin.
II. Supermarket turidagi doʻkonlarga qoʻyiladigan asosiy talablar
1. Supermarket tashkil etish uchun binolarni, joylarni aniqlashda quyidagilarni hisobga olish zarur:
supermarket, shahar transporti kesishishi hisobga olingan holda, aholi gavjum joylarda, maydonlarda, Markaziy koʻchalarda, dehqon bozorlari va sanoat korxonalari yaqinida, shuningdek, yirik uy-joy dahalarida joylashgan boʻlishi kerak;
xizmat koʻrsatiladigan aholi soni;
avtomashinalar toʻxtab turish joylari tashkil etish.
2. Assortimentni toʻgʻri shakllantirish va tovarlar hamda tovar guruhlarining yuqori darajada aylanuvchanligi supermarket turidagi doʻkonlar uchun zarur shartlardan biri hisoblanadi.
Supermarketlarda sotiladigan tovarlar assortimentiga oziq-ovqat tovarlarining keng nomenklaturasi, shu jumladan, non, non-bulka mahsulotlari, qandolatchilik mahsulotlari, baqqollik tovarlari, sut va sut mahsulotlari, oziq-ovqat mahsulotlari, goʻsht va goʻsht mahsulotlari, baliq va baliq mahsulotlari, alkogolsiz ichimliklar, sharbatlar, vino-araq mahsulotlari, konservalangan mahsulotlar, sabzavotlar va hoʻl mevalar, umumiy ovqatlanish korxonalarining yarim tayyor mahsulotlari, pazandachilik, undan tayyorlangan va qandolatchilik mahsulotlari kirishi kerak.
Kundalik zarur nooziq-ovqat tovarlaridan quyidagilar boʻlishi kerak: ichki trikotaj, paypoqlar va uzun paypoqlar, toʻqimachilik va metalldan ishlangan attorlik buyumlari, iplar, poyabzalga ohor berish buyumlari, tualet anjomlari, pardoz-andoz, xoʻjalik-maishiy va maishiy kimyoning ayrim buyumlari, maktab-yozuv, idora, sport buyumlari, bolalar tovarlari va oʻyinchoqlari, fototovarlar, bogʻdorchilik-polizchilik anjomlari.
3. Savdo korxonalarini supermarket sifatida qayta barpo qilishda savdoning ilgʻor usullarini qoʻllashni va xaridorlarga eng yuqori qulaylik yaratishni, toʻliq oʻziga oʻzi xizmat koʻrsatishni joriy etishni, eng yangi savdo-texnologiya asbob-uskunalarini qoʻllashni, pulli xizmatlar koʻrsatishni kengaytirishni, xodimlarning mehnat sharoitlarini yaxshilashni va xizmat koʻrsatish madaniyatini oshirishni hisobga olgan holda savdoning yagona tashkiliy-texnik jarayonlarini kompleks hal etish, shuningdek xaridorlarga qulay boʻlishi, alohida kirish va chiqish eshiklari boʻlishi uchun hisob-kitobning yagona usulini tashkil etishni nazarda tutib texnologik yechimga alohida eʼtibor berish zarur.
4. Supermarket tashkil etishda texnologik yechimlarga muvofiq qoʻshimcha, yordamchi xonalar, xizmat xonalari va maishiy xonalarni maqbul joylashtirish masalalarini hal etish zarur.
5. Supermarketning savdo zalida xaridorlarning sumkalari va bolalar aravachalari saylanadigan joy albatta nazarda tutilishi kerak.
6. Barcha Supermarketlarda xaridorlar tomonidan tovarlar tanlanishi buyum korzinalari va aravachalarida amalga oshirilishi kerak, ular xaridorlar oqimini hisobga olgan holda yetarli miqdorda boʻlishi lozim.
7. Savdo zalida tovar guruhlarining joylashtirilishi u yoki bu tovarlarga xaridorlarning talabini, xaridorlar oqimini, savdo zali rejalashtirilishini, hisob-kitob uzeli joylashtirilishini hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak.
Yagona hisob-kitob uzeli va “kirish-chiqish” zonalari tashkil etilishi xaridorlar oqimi savdo zaliga toʻgʻri yoʻnaltirilgan boʻlishini, masofaning qisqarishini, kirish-chiqishda tiqilinch boʻlmaslikni, barcha kassa kabinalarini yagona zonada joylashtirishni, xaridorlarning shaxsiy buyumlarini saqlash va oʻrash uchun buyum korzinalari va aravachalari toʻplanadigan maxsus joylar ajratilishini taʼminlashi kerak.
8. Aholiga qulaylik boʻlishi uchun shisha idishlarning barcha turlarini qabul qilish punktlari tashkil etilishi kerak.
Tunda keltirilgan sut va nonni saqlash uchun alohida joy, almashtirilgan boʻsh shisha idishlar jamlanadigan va saylanadigan maydonni nazarda tutish tavsiya etiladi.
9. Supermarketlarda xaridorlarga quyidagicha qoʻshimcha xizmatlar tashkil etilishi kerak:
buyurtmalar saloni;
tovarlarni oʻrash stollari tashkil etish;
sovgʻa toʻplamlarini butlash;
tovarlarni uyga eltib berish;
vaqtincha foydalanishga berish punktlari va maishiy xizmatlarning boshqa turlari.
10. Barcha supermarketlarda sotiladigan tovarlar namoyish qilingan holda vitrinalar zarur darajada bezatilgan, reklama masalalari hal etilgan boʻlishi kerak, tovarlarning xususiyatlari va ular qoʻyilgan joylar, ish tartibi toʻgʻrisida turli axborot va koʻrsatkichlar boʻlishi kerak.
11. Barcha savdo jarayonlari savdo tartibini boshqaruvchi amaldagi normativ hujjatlarni hisobga olgan holda tashkil etilishi kerak.
12. Maishiy va maʼmuriy binolar tarkibida supermarket xodimlari mehnatining ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaxshilaydigan xonalar, ruhiy yengillashish (reloksatsiya) xonasi, ovqatlanish xonasi, jamoat tadbirlari oʻtkaziladigan xona va boshqalar aniq sharoitlar va imkoniyatlardan kelib chiqqan holda zarur hajmlarda nazarda tutilishi tavsiya etiladi.
Supermarket turidagi doʻkonlar uchun mahalliy sharoitlarni va xaridorlarga qoʻshimcha qulayliklar yaratishni hisobga olgan holda ish tartibining soat 7 dan kechkurun soat 21-22-23 gacha va undan kech boʻlgan uzaytirilgan maqbul tartibi belgilanadi. Ularning kecha-kunduz ishlashini tashkil etish masalasi ham ishlab chiqiladi,
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 20-oktabrdagi 413-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Supermarket turidagi doʻkonlar uchun oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari turlarining
taxminiy roʻyxati
|
T/R |
Tovar guruhlari nomi |
Supermarket maydoni | ||
|
400 kv m |
600 kv m |
1000 kv m | ||
| | I. Oziq-ovqat tovarlari |
Tovarlarning mavjud boʻlishi majburiy boʻlgan eng kam turlari | ||
| 1. | Non va non-bulka mahsulotlari | 10 | 15 | 25 |
| 2. | Un | 3 | 4 | 5 |
| 3. | Makaron mahsulotlari | 7 | 10 | 52 |
| 4. | Yorma va dukkali oʻsimliklar mahsulotlari | 15 | 20 | 35 |
| 5. | Choy | 5 | 7 | 10 |
| 6. | Qandolatchilik mahsulotlari | 50 | 100 | 200 |
| 7. | Qandolatchilik mahsulotlari | 50 | 100 | 200 |
| 8. | Murabbo, jem, povidlo, asal | 10 | 15 | 25 |
| 9. | Parranda goʻshti | 5 | 7 | 15 |
| 10. | Goʻshtli konservalar | 4 | 6 | 10 |
| 11. | Kolbasa va dudlangan mahsulotlar | 5 | 10 | 15 |
| 12. | Baliq va dengiz oziq-ovqat mahsulotlari | 5 | 10 | 15 |
| 13. | Seld | 2 | 3 | 5 |
| 14. | Baliq konservalari | 15 | 17 | 25 |
| 15. | Mol yogʻi | 2 | 3 | 5 |
| 16. | Oʻsimlik yogʻi | 4 | 7 | 10 |
| 17. | Eritilgan oziq-ovqat yogʻlari va boshqa oziq-ovqat mol yogʻlari | 2 | 3 | 5 |
| 18. | Margarin mahsulotlari | 2 | 3 | 5 |
| 19. | Mayonez mahsulotlari | 2 | 3 | 5 |
| 20. | Qaymogʻi olinmagan sut mahsulotlari | 5 | 7 | 10 |
| 21. | Sut konservalari | 2 | 5 | 8 |
| 22. | Pishloq-brinza | 5 | 7 | 10 |
| 23. | Tuxum va tuxum mahsulotlari | 2 | 3 | 5 |
| 24. | Tuz va zirovarlar | 5 | 7 | 30 |
| 25. | Yangi va qayta ishlangan sabzavot mahsulotlari | 8 | 15 | 20 |
| 26. | Kartoshka va kartoshka mahsulotlari | 2 | 3 | 10 |
| 27. | Tomat mahsulotlari | 3 | 4 | 10 |
| 28. | Meva va rezavorlar | 5 | 10 | 15 |
| 29. | Sitrus va boshqa subtropik mevalar | 3 | 5 | 7 |
| 30. | Meva-sabzavot konservalari | 5 | 10 | 15 |
| 31. | Meva-rezavor va shu kabilardan tayyorlangan konservalar | 15 | 17 | 30 |
| 32. | Sabzavot, meva, sitrus mevalar sharbati | 15 | 20 | 30 |
| 33. | Quruq mevalar va yongʻoq | 5 | 7 | 20 |
| 34. | Alkogolsiz ichimliklar va mineral suvlar | 10 | 15 | 20 |
| 40. | Oziq-ovqat konsentratlari | 15 | 20 | 25 |
| 41. | Boshqa oziq-ovqat tovarlari (yanchilmagan kofe, kofeli ichimliklar, kraxmal, oziq-ovqat sodasi, sirka essensiyasi, ovqatbop sirka, garmdori, oziq-ovqat yogʻi, ziravorlar va boshqalar) | 100 | 130 | 170 |
| 42. | Tamaki mahsulotlari | 10 | 15 | 20 |
| 43. | Umumiy ovqatlanish mahsulotlari | 10 | 15 | 30 |
| | JAMI: | 400 | 600 | 1000 |
| II. Nooziq-ovqat tovarlari |
Tovarlarning mavjud boʻlishi majburiy boʻlgan eng kam turlari | |||
| 1. | Attorlik tovarlari | 50 | 80 | 150 |
| 2. | Atir-upa-kosmetika tovarlari | 40 | 50 | 100 |
| 3. | Sintetik yuvish va tozalash vositalari | 10 | 15 | 20 |
| 4. | Kir sovun va atir sovun | 5 | 10 | 15 |
| 5. | Idish-tovoq va roʻzgʻor tovarlari | 50 | 70 | 100 |
| 6. | Metall idishlar | 20 | 25 | 30 |
| 7. | Shisha idishlar | 10 | 15 | 25 |
| 8. | Chinni-fayans idishlar | 10 | 15 | 20 |
| 9. | Asboblar | 10 | 10 | 15 |
| 10. | Elektr tovarlar | 30 | 40 | 60 |
| 11. | Oq qogʻoz tovarlar | 30 | 50 | 100 |
| 12. | Maktab-yozuv anjomlari | 20 | 30 | 50 |
| 13. | Oʻyinchoqlar | 20 | 30 | 45 |
| 14. | Boshqa madaniy tovarlar | 10 | 15 | 50 |
| 15. | Fototovarlar | 15 | 20 | 30 |
| 16. | Roʻzgʻor kimyoviy tovarlari | 10 | 20 | 30 |
| 17. | Ich kiyim (erkaklar, ayollar, bolalar) trikotaji | 20 | 30 | 40 |
| 18. | Paypoq-noski (erkaklar, ayollar, bolalar) | 20 | 30 | 50 |
| 19. | Bogʻ-tomorqa asbob-uskunalari | 10 | 15 | 20 |
| 20. | Sport va turizm tovarlari | 20 | 30 | 50 |
| | JAMI: | 400 | 600 | 1000 |
| | HAMMASI: | 800 | 1200 | 2000 |
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)