Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 31.05.1996 yildagi PF-1467-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjat 17.06.2009 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etishni va ularning faoliyatini ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi ishlab chiqarish korxonalarining tashkil etilishi va ularning faoliyat koʻrsatishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning respublikaning iqtisodiy salohiyatini mustahkamlashga hamda jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashishga qoʻshadigan hissasini oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Belgilansinki, eksportga moʻljallangan va importning oʻrnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqaruvchi xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etishni va ularning samarali faoliyat koʻrsatishini ragʻbatlantirish Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy va investitsiya siyosatidagi muhim ustuvorlik hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida xorijiy investorlarning mulkka va olingan daromadni olib ketishga boʻlgan huquqi himoya qilinishini taʼminlovchi, ular uchun qulay investitsiya muhitini yaratuvchi kafolatlar keng tizimi belgilanganligi ilovaga muvofiq maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(2-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 17-iyundagi PF-4116-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 25-son, 282-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish, roʻyxatdan oʻtkazish va ularning faoliyat koʻrsatishi tartibini murakkablashtiruvchi idoraviy hujjatlar chiqarish, hukumat qarorlarida nazarda tutilmagan qoʻshimcha maʼlumotlar va hujjatlarni soʻrash taqiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tegishli idoralar va tuzilmalarning rahbarlari ularning faoliyatiga eng avvalo xorijiy investitsiyalar jalb qilinishiga va qoʻshma ishlab chiqarishlar soni koʻpayishiga koʻmaklashishlariga va ragʻbatlantirishlariga qarab baho berilishi haqida ogohlantirib qoʻyilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Adliya vazirligi ikki hafta muddatda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni eksportga moʻljallangan va importning oʻrnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqaruvchi ishlab chiqarish korxonalariga mansub deb hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsinlar va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 17-iyundagi PF-4116-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 25-son, 282-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 16-iyuldagi PF-3276-sonli Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 6-7-son, 93-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari manfaatdor vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar va korporatsiyalar ishtirokida 3-bandga muvofiq tarmoqlar, ishlab chiqarish faoliyati sohalari, respublika hududlari boʻyicha xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tashkil etish boʻyicha investitsiya takliflarini bir oy muddatda aniqlashtirsinlar va ularni amalga oshirish chora-tadbirlarini koʻrsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Xorijiy sarmoyalar boʻyicha agentlik, “Oʻzbekinvest” milliy sugʻurta kompaniyasi koʻrsatib oʻtilgan ustuvor investitsiya takliflari roʻyxatini chet el elchixonalari va vakolatxonalariga, manfaatdor xorijiy banklarga, firmalar va kompaniyalarga yetkazsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, Davlat mulki qoʻmitasi hamda Fan va texnika davlat qoʻmitasi Xorijiy sarmoyalar boʻyicha agentlik bilan birga xorijiy investitsiyalarni axborot bilan taʼminlashning yagona tizimini 1996-yil oxirigacha ishlab chiqsinlar va joriy etsinlar, bunda quyidagilarni nazarda tutsinlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning yoʻnalishi va borishi, iqtisodiyotga investitsiya qoʻyishning shartlari va ustuvor yoʻnalishlari, imtiyozlar va kafolatlarning, investorlar huquqlari va manfaatlarini himoya qilishning amaldagi tizimi bilan xorijiy investorlarning keng doirasini tanishtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy investorlarni zarur qonunchilik va normativ hujjatlar, yoʻriqnoma va axborot-maʼlumot materiallari bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot tarmogʻini hamda ustuvor investitsiya takliflarini va mamlakatimizdagi va chet eldagi potensial sheriklar toʻgʻrisida yagona maʼlumotlar bazasini yaratish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Tashqi iqtisodiy milliy banki hisob-kitoblar tartibini soddalashtirish va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga koʻrsatiladigan bank xizmatlari tizimini takomillashtirish yuzasidan bir oy muddatda takliflar kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi soddalashtirilgan viza rejimini, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar takliflariga binoan va ish yuzasidan sherikchilik aloqalari oʻrnatish uchun keluvchi chet el fuqarolari va mutaxassislarining kelishlari va ketishlari, yashashlari hamda respublika hududi boʻylab yurishlari tartibini ikki hafta muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy bank amaldagi qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritishga oid takliflarni bir oy muddatda tayyorlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1996-yil 31-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-1467-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 31-maydagi PF-1467-son Farmoniga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida xorijiy investorlarga berilgan kafolatlar
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 17-iyundagi PF-4116-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 25-son, 282-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tartib raqami‎

Imtiyozlar va ragʻbatlantirishlar turi‎

Korxonalar turi‎

Kafolatlar va imtiyozlar mazmuni‎

Qonun hujjatlari‎

I.‎

Kafolatlar‎

1‎.

2‎

3‎

4‎

5‎

1.‎

Qonun bilan berilgan kafolatlar‎

Qoʻshma korxonalar va chet ellik yuridik shaxslar‎

Oʻzbekiston Respublikasining keyinchalik qabul qilingan qonun hujjatlari investitsiyalash shartlarini yomonlashtiradigan boʻlsa chet el investitsiyalariga nisbatan investitsiyalash paytida amalda boʻlgan qonun hujjatlari uzogʻi bilan oʻn yil davomida qoʻllaniladi.
‎‎Bu talab mudofaani, milliy xavfsizlikni va jamoat tartibini taʼmin etish, atrof muhitni muhofaza qilishga doir qonun hujjatlari oʻzgarishiga nisbatan tatbiq etilmaydi.

“Chet el investitsiyalari va chet ellik investorlar faoliyatini kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (11-modda)‎

2.‎

Mulkni saqlab qolish kafolati‎

Qoʻshma korxonalar va chet ellik yuridik shaxslar‎

Oʻzbekiston Respublikasida chet el investitsiyalari natsionalizatsiya qilinishi mumkin emas.
‎Chet el investitsiyalari rekvizitsiya qilinishi mumkin emas, tabiiy ofatlar, avariyalar, epidemiyalar, epizootiyalar bundan mustasno. Rekvizitsiya qilish haqidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi. Bunday hollarda chet ellik investorga toʻlanadigan tovon koʻrilgan zararga mutanosib boʻlishi kerak.‎

�Chet el investitsiyalari va chet ellik investorlar faoliyatini kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (12-modda)‎

3.‎

Foydani chet elga oʻtkazish kafolati ‎

Qoʻshma korxonalar va chet ellik yuridik shaxslar‎

Chet ellik investorlarning qonuniy faoliyatlari natijasida olgan foyda va boshqa mablagʻlarini chet el valyutasida chet elga hech qanday cheklashsiz oʻtkazishlari kafolatlanadi.‎

“Chet el investitsiyalari va xorijiy investorlar faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (13-modda)‎

4.‎

Ish haqini chet elga oʻtkazish kafolati‎

Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarda ishlovchi chet ellik jismoniy shaxslar‎

Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning ishchi va xizmatchilari, maʼmuriyati, nazorat kengashi aʼzolari tarkibiga ajnabiy fuqarolar kirishi mumkin.
‎Bu xodimlar oladigan ish haqlari va qonuniy yoʻl bilan topilgan boshqa daromadlarini hech qanday cheklashsiz boshqa davlatlarga oʻtkazishlari mumkin.‎

“Chet el investitsiyalari va xorijiy investorlar faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (25-modda, 2-qism)‎

5.‎ Sugʻurta himoyasi‎ Chet ellik investorlar‎

Chet el investitsiyalarini sugʻurtalash tizimi chet ellik investorlarni:
‎— mol-mulk ekspropriatsiyalanishidan (tortib olinishidan), shuningdek mol-mulk tortib olinishiga, mol-mulkning oʻzini yoki undan orttiriladigan daromadni nazorat qilishdan mahrum boʻlishga olib keladigan har qanday qonuniy yoki maʼmuriy choralardan (oʻz hududida iqtisodiy faoliyatni tartibga solish maqsadlarida mamlakat tomonidan umumiy qoʻllash uchun joriy etiladigan, huquqni kamsitmaydigan choralar bundan mustasno);
‎— urush yoki fuqarolar gʻalayonlaridan;
‎— sugʻurta tashkiloti bilan investor oʻrtasidagi shartnoma munosabatlariga mamlakat maʼmurlarining aralashuvidan;
‎— milliy valyutani boshqa valyutalarga konvertatsiyalash va uni mamlakatdan tashqariga chiqarishga doir mamlakat maʼmurlari tomonidan cheklashlar joriy etilishidan;
‎— investorlarning ayrim guruhlari uchun huquqni kamsitadigan ruhdagi yangi qonun-qoidalar joriy etilishidan;
‎— boshqa turdagi tavakkallardan sugʻurtalashni taʼminlaydi.

“Chet el investitsiyalari va xorijiy investorlar faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (15 modda, 4-qism)‎

(ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 17-iyundagi PF-4116-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 25-son, 282-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 84-modda; 2003-y., 6-7-son, 93-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 25-son, 282-modda; 2014-y., 15-son, 163-modda)