Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.05.1998 05.05.1994 yildagi 1052-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.05.1998
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ChET EL INVESTITSIYaLARI VA ChET ELLIK INVESTORLAR FAOLIYATINING KAFOLATLARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1998-yil 30-apreldagi 610-I-sonli “Chet el investitsiyalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi qarorining 3-bandiga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyalarini amalga oshirishning huquqiy, tashkiliy-iqtisodiy asoslarini hamda tartibini belgilab beradi. Qonun chet ellik investorlar samarali faoliyat yuritishining kafolatlarini taʼminlab beradi, Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotini rivojlantirish, uning jahon iqtisodiy tizimiga qoʻshilishiga koʻmaklashish maqsadida chet elning moliyaviy, moddiy, intellektual va boshqa resurslarini, xorijning zamonaviy texnologiyasi va boshqaruv sohasidagi tajribasini jalb etishga va ulardan omilkorlik bilan foydalanishga qaratilgandir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Chet ellik investorlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy davlatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ajnabiy yuridik shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro tashkilotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ajnabiy fuqarolar, fuqarolarning uyushmalari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet elda doimiy yashaydigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari chet ellik investorlar boʻlishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Chet el investitsiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet ellik investorlar foyda (daromad) olish maqsadida tadbirkorlik faoliyati va boshqa turdagi faoliyat obyektlariga qoʻshayotgan mulkiy boyliklarning va ularga nisbatan huquqlarning, shuningdek intellektual mulkka nisbatan huquqlarning barcha turlari chet el investitsiyalari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boyliklarni birlamchi yoki takror qoʻshish shaklining biron-bir tarzda oʻzgartirilishi ularning investitsiya sifatidagi mohiyati oʻzgarishiga olib kelmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Chet el investitsiyalarini amalga oshirish shakllari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet ellik investorlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari bilan birgalikda barpo etilgan xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlarida, banklar, sugʻurta tashkilotlari va boshqa korxonalarda ulush qoʻshib qatnashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
butunlay investorlarga qarashli boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlari, banklar, sugʻurta tashkilotlari va boshqa korxonalarni barpo qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mol-mulk, aksiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlar sotib olish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mustaqil ravishda yoki yuridik va jismoniy shaxslar ishtirokida mulkiy huquqlarni, shu jumladan savdo va xizmat koʻrsatish sohasi obyektlari, shuningdek turar joy binolari bilan birga ular joylashgan yer uchastkalariga mulkdorlik erga (xususan ijara asosida) va tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqlarini egallash yoʻli bilan investitsiyalarni amalga oshirishlari mumkin.
(3-moddaning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 6-maydagi 70–I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 118-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar deganda aksiyalar (ulushlar, paylar) yoki ustav fondining kamida 30 foizini chet el investitsiyalari tashkil etadigan korxonalar tushuniladi. Ular Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zid kelmaydigan har qanday tashkiliy-huquqiy shakllarda amal qiladi.
(4-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi 485–I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 241-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona uni taʼsis etish orqali, yoki chet el investori tomonidan ilgari chet el investitsiyalari ishtirokisiz taʼsis etilgan korxonada ishtirok etish ulushini (payini, aksiyalarini) yoki shunday korxonani butunlay, shu jumladan xususiylashtirish jarayonida sotib olish orqali tuzilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet el investitsiya ishtirokidagi korxonalarning ishtirochilari bilan albatta chet el yuridik shaxsi boʻladi.
(4-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi 485–I-son Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 241-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtmogʻi lozim va roʻyxatga olingan paytdan boshlab yuridik shaxs xuquqiga ega boʻladi.
(4-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 6-maydagi 70–I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 118-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning filial va vakolatxonalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona ushbu Qonun talablariga rioya etgan holda Oʻzbekiston Respublikasi hududida yuridik shaxs huquqiga ega boʻlgan shuʼba korxonalar, filiallar, shuningdek yuridik shaxs boʻlmagan vakolatxonalar va boshqa alohida boʻlimlar ochishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning filiallari, vakolatxonalari va boshqa alohida boʻlinmalari ochilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Korxonalarning xoʻjalik uyushmalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq ixtiyoriy asoslarda Oʻzbekiston Respublikasi hududida xoʻjalik uyushmalari, konsernlari, konsorsiumlari va boshqa birlashmalar tuzishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Chet el investitsiyalarining huquqiy sharoiti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida chet el investitsiyalari davlat huquqiy himoyasi bilan taʼminlanadilar. Chet el investitsiyalarining huquqiy sharoiti Oʻzbekiston Respublikasining shunga oʻxshash yuridik va jismoniy shaxslari uchun belgilangan tegishli sharoitga qaraganda noqulayroq boʻlishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiyalarini ustuvor iqtisodiyot tarmoqlari va mintaqalarga yoʻllaydigan chet el investorlari uchun Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan qoʻshimcha imtiyozlar belgilanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Faoliyat turlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet ellik investorlar va chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari bilan taqiqlanmagan va bunday korxonalarning ustavlarida nazarda tutilgan maqsadlarga javob beradigan faoliyatning har qanday turlarini amalga oshirishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq litsenziya olish kerak boʻlgan faoliyat turlari bilan shugʻullanish uchun chet ellik investor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilab beradigan tartibda litsenziya olishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda. Chet ellik investorlarning huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet ellik investor amalga oshiriladigan investitsiyalarning hajmi, turi va yoʻnalishini mustaqil belgilaydi hamda investitsiyalarni amalga oshirish uchun yuridik va jismoniy shaxslarni oʻz xohishiga koʻra jalb etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet ellik investor Oʻzbekiston Respublikasi hududida hamda uning tashqarisida investitsiya obyektlari va natijalariga, shu jumladan takroriy investitsiyalar hamda savdo operatsiyalari obyektlari va natijalariga xalqaro huquq normalari va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet ellik investorning qaroriga binoan investitsiyalarga, ularning natijalariga egalik qilish, ulardan foydalanish, ularni tasarruf etish huquqlari Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga berilishi mumkin. Huquqlar oʻzgaga oʻtkazilgan taqdirda tomonlarning oʻzaro munosabatlari shartnomalar asosida tartibga solinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet ellik investorlar va chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va shartlarda yer uchastkalarini sotib olishlari mumkin.
(9-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 6-maydagi 70–I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 118-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda. Chet ellik investorlarning majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet ellik investorlar investitsiya faoliyatini amalga oshirish chogʻida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalda boʻlgan qonun hujjatlariga rioya etishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq soliqlar toʻlashlari va oʻzga toʻlovlarni bajarishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya loyihalarida sanitariya-gigiyena, ekologiya talablari va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlaridan kelib chiqadigan oʻzga talablarga rioya etilganligi xususida ekspertiza xulosasini olishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda. Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi oʻz hududida investitsiya faoliyatini amalga oshirayotgan chet ellik investorlarning huquqlari umum eʼtirof etgan xalqaro huquq normalariga muvofiq himoya qilinishiga kafolat beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining keyinchalik qabul qilingan qonun hujjatlari investitsiyalash shartlarini yomonlashtiradigan boʻlsa chet el investitsiyalariga nisbatan investitsiyalash paytida amalda boʻlgan qonun hujjatlari uzogʻi bilan oʻn yil davomida qoʻllaniladi. Bu talab mudofaani, milliy xavfsizlikni va jamoat tartibini taʼmin etish, atrof-muhitni muhofaza qilishga doir qonun hujjatlari oʻzgarishiga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining davlat organlari chet ellik investorlarning huquqlarini kamsituvchi normativ hujjatlar qabul qilgan taqdirda yetkazilgan zarar ana shu idoralardan sud yoʻli bilan undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari chet ellik investorlarning Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirayotgan xoʻjalik faoliyatiga aralashishga haqli emaslar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda. Natsionalizatsiya va rekvizitsiya qilinishdan kafolat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida chet el investitsiyalari natsionalizatsiya qilinishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet el investitsiyalari rekvizitsiya qilinishi mumkin emas, tabiiy ofatlar, avariyalar, epidemiyalar, epizootiyalar bundan mustasno. Rekvizitsiya qilish haqidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi. Bunday hollarda chet ellik investorga toʻlanadigan tovon koʻrilgan zararga mutanosib boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda. Foydaning chet el valyutasida oʻtkazilishining kafolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet ellik investorlarning qonuniy faoliyatlari natijasida olgan foyda va boshqa mablagʻlarini chet el valyutasida chet elga hech qanday cheklashsiz oʻtkazishlari kafolatlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda. Foydani ishlatish kafolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet ellik investorlarning Oʻzbekiston Respublikasida olgan foydasi respublika hududida takror investitsiya qilinishi yoki mulk egasining ixtiyoriga koʻra oʻzgacha tarzda ishlatilishi mumkin. Chet ellik investorlar respublika banklarida hech qanday cheklashsiz har qanday valyutada hisob raqamlariga ega boʻlishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet ellik investorlar oʻz hisob raqamlaridagi milliy pul birligidagi mablagʻdan ichki valyuta bozorida chet el valyutasi xarid qilib olishda foydalanishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda. Chet el investitsiyalarining sugʻurta himoyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet ellik investorlarning investitsiyalarini va tavakkal harakatlarini sugʻurtalash ixtiyoriylik asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida chet el investitsiyalarining sugʻurta himoyasi sugʻurta tizimi vositasida taʼminlanib, uning tarkibiga davlatning rasmiy sugʻurta agenti boʻlmish Oʻzbekiston Respublikasi Milliy sugʻurta kompaniyasi hamda chet el sugʻurta tashkilotlari ishtirokidagi qoʻshma sugʻurta kompaniyalari kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet el investitsiyalarini sugʻurtalovchi sugʻurta tashkilotlari Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari boʻyicha javobgar boʻlmaydilar. Oʻzbekiston Respublikasi sugʻurta tashkilotlarining majburiyatlari boʻyicha javobgar boʻlmaydi, tomonlarning shartnomasida qayd etilgan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet el investitsiyalarini sugʻurtalash tizimi chet ellik investorlarni:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mol-mulk ekspropriatsiyalanishidan (tortib olinishidan), shuningdek mol-mulk tortib olinishiga, mol-mulkning oʻzini yoki undan orttiriladigan daromadni nazorat qilishdan mahrum boʻlishga olib keladigan har qanday qonuniy yoki maʼmuriy choralardan (oʻz hududida iqtisodiy faoliyatni tartibga solish maqsadlarida mamlakat tomonidan umumiy qoʻllash uchun joriy etiladigan, huquqni kamsitmaydigan choralar bundan mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
urush yoki fuqarolar gʻalayonlaridan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurta tashkiloti bilan investor oʻrtasidagi shartnoma munosabatlariga mamlakat maʼmurlarining aralashuvidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy valyutani boshqa valyutalarga konvertatsiyalash va uni mamlakatdan tashqariga chiqarishga doir mamlakat maʼmurlari tomonidan cheklashlar joriy etilishidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investorlarning ayrim guruhlari uchun huquqni kamsitadigan ruhdagi yangi qonun-qoidalar joriy etilishidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa turdagi tavakkallardan sugʻurtalashni taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet el investorlarining faoliyatini sugʻurta vositasida himoyalash sugʻurta tashkilotlarining aktivlari bilan taʼminlanadi, bu aktivlarning bir qismi chet el banklariga qoʻyilishi mumkin va chet el investorlariga ularning investitsiyalari har taraflama himoyalanishini kafolatlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda. Oʻz valyuta xarajatlarini oʻzi qoplash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning chet el valyutasidagi barcha xarajatlari ularning oʻz valyuta tushumlari hisobidan, shuningdek chet el valyutasini olishning Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida ruxsat etilgan boshqa manbalari hisobidan taʼminlanishi kerak. Ularning valyuta bilan oʻz xarajatlarini oʻzi qoplashi tuzilayotgan birlashmalar, konsorsiumlar va boshqa tashkiliy tuzilmalar doirasida ham taʼminlanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda. Mahsulotni eksport va import qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq oʻzi ishlab chiqargan mahsulotni litsenziyasiz eksport qilishga va oʻzining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun mahsulot import qilishga haqlidir. Oʻzi ishlab chiqargan, eksportga yetkazib beriladigan mahsulotlar hamda oʻzining ehtiyojlari uchun korxona tomonidan import qilinadigan mahsulotlar roʻyxatini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzi ishlab chiqargan mahsulotni eksport qilishdan olingan valyuta tushumlari belgilangan soliqlar va oʻzga toʻlovlar toʻlanganidan keyin butunlay korxonaning egaligida qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda. Boj olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasiga chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonaning oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun va ajnabiy xodimlarning shaxsiy ehtiyojlari uchun olib kiriladigan mol-mulk boj poshlinasi toʻlashdan ozod qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda. Soliq solish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar, shuningdek chet ellik investorlar Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq soliqlar va boshqa toʻlovlar toʻlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda. Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar faoliyatini nazorat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari talablariga rioya etayotganligini maxsus nazorat vazifalarini bajaruvchi soliq organlari va davlatning boshqa organlari oʻz vakolatlari doirasida nazorat qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxonalar mazkur organlarga nazorat qilish uchun oʻz faoliyatlari toʻgʻrisidagi zarur axborotlarni taqdim etadilar. Nazorat qiluvchi organ tijorat siri saqlanishini taʼminlashi shart. Tijorat sirini oshkor qilish qonun bilan jazolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda. Hisobga olish va hisobot
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisob va hisobot yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-modda. Majburiyatlarning taʼminlanishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona oʻziga qarashli mol-mulkdan oʻzining barcha turdagi majburiyatlarini, shu jumladan qarz mablagʻlarini jalb etishini taʼminlovchi vosita sifatida foydalanishi mumkin. Uning savdo va xizmat koʻrsatish sohasi obyektlari, shuningdek turar joy binolari bilan birga ular joylashgan yer uchastkalariga mulkdorlik huquqi, binolarga, inshootlarga, asbob-uskunalarga nisbatan mulkiy huquqlari, shuningdek boshqa mulkiy huquqlari uning oʻz majburiyatlarini taʼminlovchi vosita sifatida amal qilishi mumkin, yerga va boshqa tabiat resurslariga egalik qilish hamda ulardan foydalanish huquqi bundan mustasno.
(22-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 6-maydagi 70–I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 118-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-modda. Intellektual mulk
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar korxona hujjatlari bilan tasdiqlangan topshiriqlarga muvofiq yaratiladigan intellektual mulk obyektlari xususida oʻz xodimlari bilan shartnomalar tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ixtirolarni patentlash va sanoat namunalarini joriy etish chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-modda. Mehnat munosabatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar xodimlarining mehnat munosabatlari Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-modda. Ajnabiy xodimlarni jalb etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning ishchi va xizmatchilari, maʼmuriyati, nazorat kengashi aʼzolari tarkibiga ajnabiy fuqarolar kirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonaning ajnabiy xodimlari mehnatiga haq toʻlashga, ularga mehnat taʼtili berishga, ularning pensiya taʼminotiga doir masalalar har bir xodim bilan yakka tartibda tuzilgan mehnat shartnomalarida (kontraktlarda) hal etilishi lozim. Bu xodimlar oladigan ish haqlari va qonuniy yoʻl bilan topilgan boshqa daromadlarini hech qanday cheklashsiz boshqa davlatlarga oʻtkazishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-modda. Ijtimoiy sugʻurta va taʼminot
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning xodimlarini ijtimoiy sugʻurta qilish va ularning ijtimoiy taʼminoti (ajnabiy xodimlarning pensiya taʼminoti bundan mustasno) Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona ajnabiy xodimlarning pensiya taʼminoti uchun ana shu xodimlar doimiy istiqomat qiladigan mamlakatlarning tegishli fondlariga valyutada mablagʻlar oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona Oʻzbekiston Respublikasi xodimlarining va ajnabiy xodimlarning davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha ajratmalarni hamda Oʻzbekiston Respublikasi xodimlarining pensiya taʼminotiga ajratmalarni amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq toʻlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27-modda. Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning fondlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar korxona fondlarining roʻyxati, ularni tuzish va tasarruf etish tartibini mustaqil tarzda belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28-modda. Qayta tashkil etish va tugatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona mustaqil ravishda Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat roʻyxatidan oʻtgan sanadan boshlab belgilangan tartibda bir yil davomida oʻz ustav fondini taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorlarda boʻlishini taʼminlamagan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona tashkil etilmagan deb hisoblansin.
(28-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi 485–I-son Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 241-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona aktivlariga korxona tugatilgan vaqtda ularning real qiymatiga qarab soliq solinishi kerak. Aktivlarning qolgan qismi, agar taʼsis hujjatlarida boshqacha tartib koʻzda tutilgan boʻlmasa, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonaning qatnashchilari oʻrtasida ularning korxona mol-mulkidagi ulushlariga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan taqdirda ishdan boʻshatilayotgan xodimlarga qonun hujjatlariga muvofiq ularning huquq va manfaatlariga rioya etilishi kafolatlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29-modda. Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonadan chiqishda mol-mulkni taqsimlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet ellik investor chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonadan chiqqanda yoki bu korxona tugatilgan taqdirda korxona mol-mulkidagi oʻz ulushini bozor qiymatiga muvofiq pul yoki tovar shaklida qaytarib olish huquqiga ega boʻladi. Bunda boshqa qatnashchilarga chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonadan chiqayotgan ajnabiy qatnashchining ulushini sotib olish huquqi beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30-modda. Chet ellik investorlarning yerdan foydalanish huquqiga ega boʻlishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet ellik investorlarga va chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga shartnoma shartlarida koʻrsatilgan muddatga ijaraga yer berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Binolar va inshootlarga egalik qilish huquqi boshqa shaxsga oʻtganda shu obyektlar bilan birga yer uchastkasidan foydalanish huquqi ham Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilanadigan tartib va shartlar asosida oʻtadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31-modda. Ijara
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet ellik investorlarga mol-mulkni ijaraga berish ijaraga beruvchi tomonidan shartnomalar asosida hamda qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32-modda. Konsessiya shartnomalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet ellik investorlarga tabiat resurslarini qidirish, olish va ulardan foydalanish hamda boshqa xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish uchun konsessiya berish chet ellik investorlar Oʻzbekiston Respublikasi davlat boshqaruvining vakolatli organlari bilan qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan tartibda tuzadigan konsessiya shartnomalari asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsessiyalarga Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida man etilmagan hamda tuzilayotgan konsessiya shartnomalari maqsadlariga javob bera oladigan faoliyatning barcha sohalari va turlarida yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33-modda. Nizolarni qarab chiqish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet ellik investorlar bilan Oʻzbekiston Respublikasining davlat organlari oʻrtasidagi nizolar, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va bitimlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi sudlarida koʻrilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet ellik investorlar va chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar bilan Oʻzbekiston Respublikasi korxonalari, jamoat birlashmalari hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslari oʻrtasidagi, investorlar bilan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar oʻrtasidagi ular faoliyati bilan bogʻliq masalalarga doir nizolar Oʻzbekiston Respublikasi xoʻjalik sudlarida, shuningdek tomonlarning kelishuviga muvofiq hakamlar va xolislar tekshiruvi tartibida chet elda qarab chiqilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34-modda. Xalqaro shartnomalar va bitimlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Basharti, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari yoki bitimlarida chet el investitsiyalari toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlaridagidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnomaning yoki bitimning qoidalari qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1994-yil 5-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1052-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 5-son, 128-modda; 1994-y., 11-12-son, 285-modda; Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 118-modda; 1997-y., 9-son, 241-modda)