Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
XALQARO SHARTNOMALARNI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
1. Quyidagi 2010-yil 24-noyabr kuni Doxa (Qatar Davlati) shahrida imzolangan:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qatar Davlati Hukumati oʻrtasida iqtisodiy, savdo va texnikaviy hamkorlik qilish toʻgʻrisidagi Bitim;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qatar Davlati Hukumati oʻrtasida huquqiy sohada hamkorlik qilish toʻgʻrisidagi Bitim;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qatar Davlati Hukumati oʻrtasida atrof-muhitni muhofaza qilish va barqaror taraqqiyot maqsadida tabiiy resurslardan oqilona foydalanish toʻgʻrisidagi anglashuv Memorandumi tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnomalar kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan ichki davlat tartib-qoidalari bajarilgani toʻgʻrisida tegishli bildirishnoma yoʻllasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnomalar kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasinlar.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 25-fevral,
PQ-1489-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 9-son, 87-modda)