27.12.2010 yildagi O‘RQ-276-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 15.09.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dafn etish va dafn ishi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan 2010-yil 18-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2010-yil 3-dekabrda maʼqullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va asosiy vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunning maqsadi dafn etish va dafn ishi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsning oʻlimidan keyin uning jasadiga (saqlanib qolgan tana qismlariga) munosib munosabatda boʻlish toʻgʻrisidagi xohish-irodasini (bundan buyon matnda vafot etgan shaxsning xohish-irodasi deb yuritiladi) inobatga olgan holda vafot etgan shaxsni dafn etish kafolatlarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dafn etish uchun nafaqa berish hamda moddiy va boshqa yordam koʻrsatish kafolatlarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dafn etish joylarini tanlash va saqlashda ekologik normalarning, sanitariya, shaharsozlik normalari va qoidalarining hamda boshqa normalar va qoidalarning bajarilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dafn ishini tashkil etish asoslarini belgilash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Dafn etish va dafn ishi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dafn etish va dafn ishi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining dafn etish va dafn ishi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Dafn etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dafn etish vafot etgan shaxsning jasadini (saqlanib qolgan tana qismlarini) uning xohish-irodasini inobatga olgan holda sanitariya normalari va qoidalariga hamda boshqa normalar va qoidalarga zid boʻlmagan urf-odatlar va anʼanalarga muvofiq koʻmishga doir marosim harakatidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dafn etish vafot etgan shaxsning jasadini (saqlanib qolgan tana qismlarini) yerga (qabrga yoki sagʻanaga) koʻmish orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dafn etish qonun hujjatlariga muvofiq boshqa usullar bilan ham amalga oshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Dafn etish joylari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dafn etish joylari qabrlar, sagʻanalar, shuningdek dafn etishni amalga oshirishga moʻljallangan boshqa binolar va inshootlarni barpo etish uchun ekologik normalarga, sanitariya, shaharsozlik normalari va qoidalariga hamda boshqa normalar va qoidalarga muvofiq ajratib berilgan yer uchastkalaridir. Dafn etish joylari moddiy madaniy meros obyektlari jumlasiga kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dafn etish joylari tuman, shahar davlat hokimiyati organlarining bevosita tasarrufida boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangi dafn etish joylarini barpo etish va mavjud boʻlganlarini rekonstruksiya qilish ekologik ekspertizaning xulosasi va sanitariya-gigiyenik xulosa boʻlgan taqdirda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda diniy tashkilotlarning takliflari inobatga olingan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dafn etish joylari buzib tashlanishi mumkin emas va doimiy ravishda suv ostida qolish, koʻchkilar hamda boshqa tabiiy ofatlar tahdid etgan taqdirda belgilangan tartibda faqat tuman, shahar davlat hokimiyati organlarining qaroriga binoan koʻchirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilgari dafn etish joylari joylashgan hududlardan foydalanishga ular koʻchirilgan paytdan eʼtiboran yigirma yil oʻtgach ruxsat beriladi. Bunday holda ushbu hududlardan faqat manzarali dov-daraxt koʻchatlari oʻtqazish uchun foydalanilishi mumkin. Bu hududlarda binolar va inshootlarni qurish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dafn etish joylarida marosim va ibodat inshootlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda barpo etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qabr usti yodgorliklarini oʻrnatish qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda amalga oshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Vafot etgan shaxsning xohish-irodasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vafot etgan shaxsning xohish-irodasi ogʻzaki (guvohlar hozirligida) yoki yozma shaklda ifodalangan, patologik-anatomik yorib koʻrishga roziligi yoki rozi emasligi haqidagi, oʻz jasadidan (saqlanib qolgan tana qismlaridan) organlar va (yoki) toʻqimalar ajratib olinishiga, u yoxud bu joyga, u yoki bu urf-odatlar va anʼanalar boʻyicha, ilgari vafot etgan u yoki bu shaxslarning yoniga dafn etilishiga roziligi yoxud rozi emasligi toʻgʻrisidagi, oʻz xohish-irodasini bajarishni u yoxud bu shaxsga ishonib topshirish haqidagi istagidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vafot etgan shaxsning jasadiga (saqlanib qolgan tana qismlariga) munosib munosabatda boʻlishga doir harakatlar, agar xohish-irodani bajarish mumkin boʻlmaydigan holatlar yuzaga kelmagan boʻlsa yoki qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, uning xohish-irodasiga toʻla muvofiq ravishda amalga oshirilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vafot etgan shaxsning xohish-irodasi mavjud boʻlmagan taqdirda vafot etgan shaxsning eri (xotini), ota-onasi, farzandlari va boshqa qarindoshlari yoki qonuniy vakili, ular boʻlmaganda esa dafn etishni amalga oshirish majburiyatini oʻz zimmasiga olgan boshqa shaxs ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan harakatlarga ijozat berish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Vafot etgan shaxsning xohish-irodasini bajaruvchilar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vafot etgan shaxsning xohish-irodasida koʻrsatilgan shaxslar uning xohish-irodasini bajaruvchilardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vafot etgan shaxsning xohish-irodasida bajaruvchilar koʻrsatilmagan yoki ular vafot etgan shaxsning xohish-irodasini bajarishni rad etgan taqdirda, mazkur xohish-iroda uning eri (xotini), ota-onasi, farzandlari va boshqa qarindoshlari yoxud qonuniy vakili tomonidan amalga oshiriladi, shuningdek dafn etishni amalga oshirish majburiyatini oʻz zimmasiga olgan boshqa shaxs tomonidan bajarilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Dafn etishni amalga oshirish kafolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Vafot etgan shaxsning xohish-irodasini bajarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududida har bir insonga uning oʻlimidan keyin jasadini (saqlanib qolgan tana qismlarini) vafot etgan shaxsning xohish-irodasini inobatga olgan holda ushbu Qonunga muvofiq dafn etish va dafn etish uchun joyni tekin berish kafolatlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vafot etgan shaxsning uning jasadini (saqlanib qolgan tana qismlarini) ilgari vafot etgan shaxslar yoniga dafn etish toʻgʻrisidagi xohish-irodasini bajarish dafn etish uchun boʻsh joy yoki ilgari vafot etgan yaqin qarindoshining qabri mavjud boʻlgan taqdirda taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxs boshqa aholi punktida yoki xorijiy davlat hududida vafot etgan taqdirda vafot etgan shaxsning uning jasadini (saqlanib qolgan tana qismlarini) dafn etish toʻgʻrisidagi xohish-irodasini bajarish dafn etishni amalga oshirish va dafn etish bilan bogʻliq xarajatlarni toʻlash majburiyatini oʻz zimmasiga olgan shaxsga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻlim haqidagi guvohnomani (maʼlumotnomani), vafot etgan shaxsning jasadini (saqlanib qolgan tana qismlarini) olib ketish uchun ruxsatnomani, yoʻl hujjatlarini, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasini kesib oʻtishga doir hujjatlarni olishga koʻmaklashish qismida kafolatlanadi. Mazkur koʻmakni mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek oʻz faoliyati turiga koʻra shunday hollarda zarur xizmatlar koʻrsatuvchi boshqa yuridik shaxslar koʻrsatishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Dafn etishni amalga oshirishdagi kafolatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vafot etgan shaxsning eri (xotini), ota-onasi, farzandlari va boshqa qarindoshlariga yoki qonuniy vakiliga, ular boʻlmaganda esa dafn etishni amalga oshirish majburiyatini oʻz zimmasiga olgan boshqa shaxsga quyidagilar kafolatlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vafot etgan shaxsni dafn etish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni oʻlim sababi aniqlangan paytdan eʼtiboran darhol berish. Vafot etgan shaxsning jasadini (saqlanib qolgan tana qismlarini) oʻlim sababini aniqlash uchun oʻlikxonaga joylashtirish asoslari vujudga kelgan hollarda, uning jasadini (saqlanib qolgan tana qismlarini) eri (xotini), ota-onasi, farzandlari va boshqa qarindoshlari yoki qonuniy vakilining, ular boʻlmaganda esa dafn etishni amalga oshirish majburiyatini oʻz zimmasiga olgan boshqa shaxsning talabiga koʻra berish bir sutkadan ortiq muddatga kechiktirilishi mumkin emas;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar vafot etgan shaxsning eri (xotini), ota-onasi, farzandlari va boshqa qarindoshlari yoki qonuniy vakili, ular boʻlmaganda esa dafn etishni amalga oshirish majburiyatini oʻz zimmasiga olgan boshqa shaxs oʻlim haqida xabardor qilingan, ammo dafn etishni ular tomonidan amalga oshirishni qiyinlashtiruvchi obyektiv holatlar mavjud boʻlsa, vafot etgan shaxsning jasadi (saqlanib qolgan tana qismlari) oʻlim sababi aniqlangan paytdan eʼtiboran ikki sutkagacha oʻlikxonada turishiga imkoniyat berish. Vafot etgan shaxsning eri (xotini), ota-onasi, farzandlari va boshqa qarindoshlari yoki qonuniy vakili, ular boʻlmaganda esa dafn etishni amalga oshirish majburiyatini oʻz zimmasiga olgan boshqa shaxs qidirilgan taqdirda bu muddat uch sutkagacha uzaytirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda. Dafn etish uchun nafaqa hamda moddiy va boshqa yordam koʻrsatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vafot etgan shaxsning eri (xotini), ota-onasi, farzandlari va boshqa qarindoshlariga yoki qonuniy vakiliga, ular boʻlmaganda esa dafn etishni amalga oshirish majburiyatini oʻz zimmasiga olgan boshqa shaxsga dafn etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan nafaqa berish kafolatlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dafn etish uchun nafaqani toʻlash murojaat etilgan kunda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimi tomonidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vafot etgan shaxs pensiya yoki ijtimoiy nafaqa olib turgan yoxud ishlamagan va pensioner boʻlmagan hollarda — oʻlim haqidagi guvohnoma asosida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻlik bola tugʻilgan yoki bola hayotining birinchi haftasi davomida vafot etgan (perinatal oʻlim) taqdirda — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladigan perinatal oʻlim toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxona, muassasa, tashkilotning xodimi yoki xodimning qaramogʻida boʻlgan oila aʼzosi vafot etgan taqdirda dafn etish uchun nafaqani toʻlash mazkur xarajatlarning oʻrni keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplangan holda korxona, muassasa yoki tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vafot etgan xodimning oila aʼzolariga yoki oila aʼzosi vafot etganligi munosabati bilan xodimga korxona, muassasa va tashkilot tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq moddiy va boshqa yordam koʻrsatilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda. Vafot etgan shaxsni uning eri (xotini), ota-onasi, farzandlari va boshqa qarindoshlari yoki qonuniy vakili yoxud dafn etishni amalga oshirish majburiyatini oʻz zimmasiga olgan boshqa shaxs boʻlmaganda dafn etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vafot etgan shaxsning eri (xotini), ota-onasi, farzandlari va boshqa qarindoshlari yoki qonuniy vakili yoxud dafn etishni amalga oshirish majburiyatini oʻz zimmasiga olgan boshqa shaxs boʻlmaganda yoki ularning dafn etishni amalga oshirish imkoniyati boʻlmaganda, vafot etganning shaxsini ichki ishlar organlari aniqlaganidan keyin uni dafn etishni, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda ichki ishlar organlari tomonidan shaxsi aniqlanmagan vafot etganni dafn etishni mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tashkil etiladigan maxsus xizmat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda. Vafot etgan harbiy xizmatchilarni, harbiy yigʻinlarga chaqirilgan fuqarolarni, ichki ishlar organlari xodimlarini dafn etish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tinchlik vaqtida harbiy xizmatni (harbiy yigʻinlarni), ichki ishlar organlaridagi xizmatni oʻtayotganda vafot etgan yoki mayib boʻlish (yaralanish, shikastlanish, kontuziya boʻlish), kasallanish natijasida vafot etgan harbiy xizmatchilarni, harbiy yigʻinlarga chaqirilgan fuqarolarni, ichki ishlar organlari xodimlarini, shuningdek xizmatda boʻlish yoshining chegarasiga yetganligiga, sogʻligʻining holatiga koʻra yoxud tashkiliy-shtat tadbirlari munosabati bilan harbiy xizmatdan yoki ichki ishlar organlaridagi xizmatdan boʻshatilgan vafot etgan fuqarolarni dafn etish vafot etgan shaxs harbiy xizmatni (harbiy yigʻinlarni), ichki ishlar organlaridagi xizmatni oʻtagan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning mablagʻlari hisobidan ushbu Qonunga muvofiq amalga oshiriladi. Mazkur shaxslarning dafn etilishini tashkil etish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Urush davrida xizmatni oʻtash vaqtida va jangovar harakatlar olib borilayotgan davrda vafot etgan harbiy xizmatchilar, ichki ishlar organlari xodimlarini dafn etish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda. Qamoqda yoki jazoni ijro etish muassasalarida saqlab turilgan vafot etgan shaxslarni dafn etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qamoqda yoki jazoni ijro etish muassasalarida saqlab turilgan vafot etgan shaxslarni dafn etish ushbu Qonunga muvofiq amalga oshiriladi. Qamoqda yoki jazoni ijro etish muassasalarida saqlab turilgan vafot etgan shaxslarni ularning eri (xotini), ota-onasi, farzandlari va boshqa qarindoshlari yoki qonuniy vakillari yoxud dafn etishni amalga oshirish majburiyatini oʻz zimmasiga olgan boshqa shaxslar boʻlmaganda yoki dafn etishni ular tomonidan amalga oshirish imkoniyati boʻlmaganda yoxud ular dafn etishni amalga oshirishni rad etganda dafn etish, shuningdek umrbod ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni oʻtagan vafot etgan shaxslarni dafn etish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Dafn etish joyini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda. Dafn etish joyini tashkil etish uchun yer uchastkasini tanlash va ajratish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dafn etish joyini tashkil etish uchun yer uchastkasini tanlash joyning gidrogeologik tavsiflari, relyefi xususiyatlari, tuprogʻi tarkibi, atrof tabiiy muhitga tushadigan ekologik yukning yoʻl qoʻyiladigan eng yuqori chegarasi hisobga olingan holda shaharsozlik hujjatlariga, aholi punktlarini va hududlarini barpo etish qoidalariga, shuningdek sanitariya normalari va qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi hamda u dafn etish joyining nomuayyan uzoq muddat mavjud boʻlishini taʼminlashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dafn etish joyini tashkil etish uchun yer uchastkasi ajratish mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dafn etish joyini tashkil etish uchun yer uchastkasining oʻlchami muayyan aholi punktida yashovchilarning soni hisobga olingan holda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dafn etish uchun beriladigan joyning oʻlchami Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda. Dafn etish joylarini saqlash va obodonlashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dafn etish joylarini lozim boʻlgan holatda saqlash va obodonlashtirish majburiyati mahalliy davlat hokimiyati organlari zimmasiga yuklanadi hamda ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan alohida xarajatlar moddasi boʻyicha mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. Ushbu maqsadlar uchun yuridik va jismoniy shaxslarning xayr-ehsonlaridan ham foydalanish mumkin boʻlib, ulardan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dafn etish joylarini obodonlashtirish fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari koʻmagida hashar yoʻli bilan ham amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dafn etish joylari oʻralgan boʻlishi, qoʻriqlanishi, suv, elektr, zarur binolar va ashyo-anjomlar, shuningdek kirib boriladigan yoʻl bilan taʼminlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dafn etish joylarida mol va boshqa uy jonivorlarini boqish, mevali koʻchatlar ekish, qishloq xoʻjaligi ekinlarini oʻstirish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda. Dafn etish joylarining saqlanishi ustidan ekologik nazorat va sanitariya-epidemiologiya nazorati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dafn etish joylarining saqlanishi ustidan ekologik nazorat va sanitariya-epidemiologiya nazorati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
(15-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dafn etish joylarida ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish ekologik normalarga, sanitariya normalari va qoidalariga, shuningdek dafn etish joylarini saqlashning mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanadigan qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekologik normalar, sanitariya normalari va qoidalari, shuningdek dafn etish joylarini saqlash qoidalari buzilgan taqdirda mahalliy davlat hokimiyati organlari dafn etish joyida ishlar bajarilishi va xizmatlar koʻrsatilishini toʻxtatib turishi yoki tugatishi hamda yoʻl qoʻyilgan qoidabuzarliklarni bartaraf etish va dafn etish joyining inson sogʻligʻi hamda atrof tabiiy muhitga nomaqbul taʼsiriga barham berish, zarur hollarda esa yangi dafn etish joyini barpo qilish choralarini koʻrishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda. Eski va ilgari nomaʼlum boʻlgan qabrlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mavjudligi haqida ishonchli maʼlumotlar boʻlmagan qabrlar eski va ilgari nomaʼlum boʻlgan qabrlar deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qabrlar borligi ehtimoli boʻlgan hududlarda har qanday ishlarni amalga oshirishdan oldin mahalliy davlat hokimiyati organlari bu hududni tekshiruvdan oʻtkazishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eski va ilgari nomaʼlum boʻlgan qabrlar aniqlangan taqdirda mahalliy davlat hokimiyati organlari qabrlarni belgilab qoʻyishi va roʻyxatga olishi, zarur hollarda esa dafn etilganlarning saqlanib qolgan tana qismlari qayta koʻmilishini tashkil etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining tegishli ruxsatnomasiga ega boʻlmagan yuridik yoki jismoniy shaxslarning eski va ilgari nomaʼlum boʻlgan qabrlarni qidirishi hamda ochishi taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arxeologiya merosi obyektlari boʻlgan eski va ilgari nomaʼlum boʻlgan qabrlarni qidirish hamda ochish arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Dafn ishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda. Dafn ishini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dafn ishini tashkil etish mahalliy davlat hokimiyati organlari zimmasiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dafn etish boʻyicha xizmatlar mahalliy davlat hokimiyati organlari tashkil etadigan maxsus xizmatlar tomonidan koʻrsatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tashkil etiladigan maxsus xizmatlarning faoliyati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda. Dafn ishini moliyalashtirish manbalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dafn ishini moliyalashtirish manbalari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda. Nizolarni hal etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dafn etish va dafn ishi sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda. Dafn etish va dafn ishi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dafn etish va dafn ishi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda. Qonun hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 27-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻRQ-276-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 52-son, 508-modda; 2017-y., 37-son, 978-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2019-y., 03/19/584/4025-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son, 24.06.2022-y., 03/22/780/0560-son; 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son; 19.10.2024-y., 03/24/977/0831-son; 07.02.2026-y., 03/26/1117/0116-son)