Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.01.2019 21.10.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2090-3
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrugʻi, 21.10.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2090-3
Kuchga kirish sanasi
31.10.2010
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.01.2019
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrug‘i
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NOTARIUSLAR TOMONIDAN NOTARIAL HARAKATLARNI AMALGA OShIRISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMAGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 21-oktabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2090-3]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 4-yanvardagi 2-mh-sonli “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3113, 04.01.2019-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining “Adliya organlari va muassasalari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 37-son, 313-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 27-avgustdagi 370-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 15-16-son, 138-modda) muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga (ro‘yxat raqami 2090, 2010-yil 30-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 13-son, 99-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi (B. Boliyev) O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (S. Nuriyev) va Notariat, FHDY va advokatura boshqarmasi (D. Yakubova) ushbu normativ-huquqiy hujjatni o‘n kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kundan keyin kuchga kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir o‘rinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir R. MUHITDINOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 21-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
227-mh-son

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2010-yil 21-oktabrdagi 227-mh-son buyrug‘iga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Muqaddima “notariuslari” degan so‘zdan keyin “(bundan keyingi o‘rinlarda notariuslar deb yuritiladi)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshidagi “davlat notarial idoralarida ishlovchi notariuslar “(bundan keyingi o‘rinlarda notarius deb yuritiladi)” degan so‘zlar “notariuslar” degan so‘z bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yigirma to‘rtinchi xatboshidagi “Davlat notariuslari” va “oshirishlari” degan so‘zlar tegishincha “Notariuslar” va “oshirishi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 5-band quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“davlat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan notarial harakatlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar va hujjatlarni so‘rash hamda olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslar nomidan tegishli davlat organlariga mol-mulkka bo‘lgan huquqlarni va hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshirish uchun, shuningdek hujjatlarning chet elda amal qilishi uchun mazkur organlar tomonidan rasmiylashtirilgan hujjatlarni olgan holda hujjatlarni legallashtirish uchun murojaat qilish”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yettinchi xatboshi quyidagi mazmundagi yettinchi, sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda besh yilda kamida bir marta o‘z kasbiy malakasini oshirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda ko‘chmas mulk ijarasi shartnomalarini tasdiqlash va ijara haqining miqdori to‘g‘risidagi, meros yoki hadya tartibida fuqarolar mulkiga o‘tayotgan mol-mulkning qiymati haqidagi ma’lumotnomalarni davlat soliq xizmati organiga taqdim etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud, prokuratura, tergov organlari talabiga binoan mazkur organlarning yurituvida bo‘lgan ishlar bilan bog‘liq notarial harakatlarni amalga oshirganlik to‘g‘risida ma’lumotnomalar (ma’lumotlar) berishi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshilar tegishincha o‘ninchi va o‘n birinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 9-bandning birinchi xatboshisidagi “idorasi joylashgan binoda” degan so‘zlar “idoralarining binolarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. 13-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi ikkinchi — yettinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining (bundan keyingi o‘rinlarda Fuqarolik kodeksi deb yuritiladi) 43-moddasiga muvofiq quyidagi hujjatlar yuridik shaxsning ta’sis hujjatlari bo‘lib hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ustav;

ta’sis shartnomasi va ustav;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ta’sis shartnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nizom.

Yuridik shaxsning huquq layoqatini, uning organlarining yoki vakillarining vakolatini tekshirishda, uning tashkiliy-huquqiy shakliga e’tibor berish zarur”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. 34-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Notarius notarial harakatni amalga oshirish uchun o‘z ish joyidan boshqa joyga borganida manfaatdor jismoniy yoki yuridik shaxslar uning haqiqatda qilingan transport xarajatlarining o‘rnini qoplaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notariusga murojaat qilgan jismoniy yoki yuridik shaxslar bilan notarius o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda haq undiriladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. 39-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi (bundan keyingi o‘rinlarda Fuqarolik kodeksi deb yuritiladi)” degan so‘zlar “Fuqarolik kodeksi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. 41-bandning uchinchi xatboshisi, 59-bandning birinchi xatboshisi, 64-bandning ikkinchi xatboshisi, 80-bandning o‘n birinchi xatboshisi, 95-bandning o‘n to‘rtinchi xatboshisi, 112-bandning uchinchi xatboshisi, 131-bandning birinchi xatboshisi, 231-bandning ikkinchi va to‘rtinchi xatboshilari hamda 247-bandning ikkinchi xatboshisidagi “shahar (qishloq, ovul) fuqarolar yig‘ini raislari (oqsoqollari) va” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshidagi “notarial tasdiqlangan boshqa bitimlar” degan so‘zlar “boshqa bitimlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘n birinchi xatboshidagi “shahar (qishloq, ovul) fuqarolar yig‘ini raislari (oqsoqollari) va” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. 179-bandning uchinchi xatboshisi va 205-bandning birinchi xatboshisidagi “davlat notariusi” degan so‘zlar “notarius” degan so‘z bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. 206-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“206. Agar meros qoldiruvchining mol-mulki yoki uning bir qismi meros ochilgan joydan tashqarida bo‘lsa, meros ochilgan joydagi notarius bu haqda meros mol-mulk joylashgan erdagi notariusga meros mol-mulkning qo‘riqlanishiga doir chora-tadbirlar ko‘rish to‘g‘risida topshiriq yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Meros mol-mulkning qo‘riqlanishiga doir chora-tadbirlar ko‘rgan notarius meros ochilgan joydagi davlat notarial idorasiga ko‘rilgan chora-tadbirlar haqida xabar qiladi va meros mol-mulk ro‘yxatining nusxasini yuboradi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. 232-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Merosxo‘r meros ochilgan kundan e’tiboran istalgan vaqtda merosdan voz kechishga haqli”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. 233-band birinchi xatboshisining ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. 234-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. 238-bandning ikkinchi xatboshisidagi “bir yil” degan so‘zlar “uch yil” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. 298-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“298. Banklarga taqdim qilinadigan imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqchalardagi yuridik shaxs, ularning vakolatxona va filiallari mansabdor shaxslarining, yakka tartibdagi tadbirkorning hamda yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yuritayotgan dehqon xo‘jaligi boshlig‘ining imzolari namunalarini shahodatlashda notariuslar ushbu shaxslarning imzosi haqiqiyligini va imzo qo‘yish huquqi vakolatini tekshiradi. Bunda imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqchalar bankda ochiladigan har bir hisob raqami uchun alohida uch nusxada (bir nusxasi davlat notarial idorasida qoladi) bitta fotosurat bilan taqdim qilinadi. Qayd etib o‘tilgan shaxslarning imzo qo‘yish huquqi vakolatining tasdig‘i sifatida quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) yuridik shaxslar uchun (vakolatxona va filiallar bundan mustasno):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxsning ta’sis hujjatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxs ijro organi rahbarining tayinlanganligi haqida hujjat (umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyruq va hokazo);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs tayinlanganligi haqida hujjat;

davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) yuridik shaxslarning vakolatxona va filiallari uchun (norezident yuridik shaxslarning vakolatxonalari va filiallariga taalluqli hujjatlar belgilangan tartibda legallashtirilgan bo‘lishi lozim):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxs — asosiy tashkilotning ta’sis hujjatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxs — asosiy tashkilotning vakolatxona ochish yoki filial tashkil etish to‘g‘risidagi hujjati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatxona yoki filiallarning muassisi tomonidan tasdiqlangan nizom yoki ustav;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatxona yoki filial rahbarining tayinlanganligi haqida hujjat (umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyruq va hokazo);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxs tomonidan vakolatxona yoki filial rahbariga berilgan ishonchnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatxona yoki filial rahbarining akkreditatsiya kartochkasi, agar ushbu vakolatxonani ochish yoki filialni tashkil etish norezident yuridik shaxs tomonidan amalga oshirilgan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchiga ushbu vazifalar yuklatilganligi haqida hujjat, agar ushbu vazifalar chet el fuqarosi tomonidan amalga oshirilsa, qo‘shimcha ravishda uning akkreditatsiya kartochkasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatxona yoki filial davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma (yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lganlar uchun) yoki vakolatxona akkreditatsiya qilinganligi to‘g‘risida sertifikat (xorijiy tijorat tashkiloti tomonidan tashkil etilganlar uchun);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxs — asosiy tashkilotning rasmiy ro‘yxatdan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjat (davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma yoki savdo reyestridan ko‘chirma);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) yakka tartibdagi tadbirkor va yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yuritayotgan dehqon xo‘jaliklari uchun davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) norezidentning O‘zbekiston Respublikasidagi doimiy muassasasi uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat soliq xizmati organida doimiy muassasa sifatida hisobga qo‘yilganligi to‘g‘risida hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
doimiy muassasa orqali faoliyatni amalga oshirayotgan norezident yuridik shaxsning shartnomasi yoki norezident yuridik shaxs nomidan O‘zbekiston Respublikasida ish yuritish uchun berilgan ishonchnomasi, shuningdek majburiyatlarining bajarilishi doimiy muassasa tashkil topishiga olib keladigan shartnoma mavjud bo‘lsa, shu shartnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
doimiy muassasa orqali faoliyatni amalga oshirayotgan yuridik shaxsning rahbari tayinlanganligi to‘g‘risida hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs tayinlanganligi haqida hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) chet el davlatlarining diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlarning hamda iqtisodiy va texnik hamkorlik, shuningdek muruvvat yordami ko‘rsatish bo‘yicha chet el davlatlar hukumati tashkilotlarining vakolatxonalari uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet el davlatlarining diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlarning, iqtisodiy va texnik hamkorlik yoki muruvvat yordami ko‘rsatish bo‘yicha chet el davlatlar hukumati tashkilotlarining vakolatxonalari boshliqlarining akkreditatsiya kartochkasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchiga ushbu vazifalar yuklatilganligi haqida hujjat, agar ushbu vazifalar chet el fuqarosi tomonidan amalga oshirilsa, qo‘shimcha ravishda uning akkreditatsiya kartochkasi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Quyidagi mazmundagi 2981 va 2982-bandlar bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“2981. Imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqchalardagi imzolarning haqiqiyligini shahodatlashda bitta bankda bitta hisob raqami ochish uchun taqdim etiladigan imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqchalari uchun bitta reyestr raqami beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2982. Yuridik shaxsni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan so‘ng yuridik shaxsni tugatish komissiyasi tomonidan tayinlangan shaxsning yoki tugatuvchi hisoblangan jismoniy shaxsning imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqchalardagi imzosini haqiqiyligini shahodatlashda uning vakolatini tasdiqlovchi hujjat (umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyruq, sud hujjati va hokazo), tugatilayotgan yuridik shaxsning ta’sis hujjatlari, davlat ro‘yxatidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjat talab etiladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. 299-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“299. Imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqchalardagi yuridik shaxs mansabdor shaxsining, yakka tartibdagi tadbirkor va yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yuritayotgan dehqon xo‘jaligi boshlig‘ining imzolari haqiqiyligini shahodatlashda reyestrga ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazgan organning nomi, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnomaning raqami va sanasi yozib qo‘yiladi”.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 42-43-son, 373-modda)