Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.08.2011 27.08.2003 yildagi 370-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.08.2011
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI FAOLIYATINI YANADA TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining qonunchilik ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish, shuningdek insonning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini himoya qilish bo‘yicha faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ijtimoiy-siyosiy hayotni, davlat tuzilishini, shu jumladan sud-huquq sohasini erkinlashtirish, insonning huquq va erkinliklarini himoya qilishni ta’minlashga yo‘naltirilgan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va Hukumatining qarorlari ijrosini ta’minlash bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan ishlar amalga oshirilmoqda. Tadbirkorlar va xususiy mulk egalarining qonuniy manfaatlarini himoya qilishning samarali mexanizmlari yaratildi, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning shartnomaviy-huquqiy ishlari takomillashtirilmoqda, huquqni qo‘llash amaliyotini doimiy tahlil qilish va uning monitoringi hamda amaldagi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha asoslangan takliflar berish tizimi ishlab chiqildi va amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar adliya organlarining faoliyatini yanada takomillashtirishni taqozo etmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash Adliya vazirligining asosiy va eng muhim vazifasi bo‘lishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining eng muhim vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik ijodkorligi faoliyati va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqish, ular amalga oshirilishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konstitutsiya va qonunlar bilan mustahkamlangan insonning huquq va erkinliklarini himoya qilishni ta’minlash, fuqarolik jamiyati institutlarini har tomonlama rivojlantirish, ularning huquqiy asoslarini mustahkamlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatda huquqiy ong, huquqiy madaniyatni oshirishga va qonuniylikni mustahkamlashga yo‘naltirilgan huquqiy targ‘ibot bo‘yicha davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudlarni moddiy-texnikaviy va moliyaviy jihatidan ta’minlash bo‘yicha ishlarning samaradorligini oshirish, ularning haqiqiy mustaqilligini ta’minlash, sud hujjatlari va boshqa davlat organlari hujjatlari ijrosini ta’minlashning samarali mexanizmini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
notariat, advokatura, FHDY organlari hamda fuqarolar va yuridik shaxslarga huquqiy xizmat ko‘rsatuvchi boshqa tuzilmalar faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish va ularning samaradorligini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlikni rivojlantirish va huquqiy ta’minlash samaradorligini oshirishga, tadbirkorlik subyektlari va xususiy mulk egalari, xorijiy investorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tashkil etish va ro‘yxatga olish jarayonini soddalashtirishga, shartnomaviy intizomni mustahkamlashga yo‘naltirilgan kompleks tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxslar, shu jumladan nodavlat notijorat tashkilotlarni ro‘yxatdan o‘tkazishda qonunchilikka rioya qilinishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli davlat organlari bilan birgalikda xalqaro-huquqiy munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasi manfaatlari samarali huquqiy himoya qilinishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy talablar va standartlarni hisobga olgan holda huquqshunos kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Insonning huquq va erkinliklarini huquqiy himoya qilish samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimida 6 kishidan iborat Inson huquqlarini himoya qilish boshqarmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarida esa 1-ilovaga muvofiq tegishli bo‘limlar tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki, adliya organlari va muassasalari mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqildirlar va bevosita O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga bo‘ysunadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to‘g‘risidagi nizom, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimining tashkiliy tuzilmasi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy apparatining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligining tuzilmalari, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining namunaviy tuzilmalari 2—6-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy apparati xodimlarining umumiy cheklangan soni 202 kishidan, shu jumladan 151 nafar boshqaruv va 51 nafar xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan iborat etib belgilansin.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 29-apreldagi 203-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 17-son, 199-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziriga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining markaziy apparati tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy cheklangan soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” va “O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari Axborotnomasi” nashrlari negizida O‘zbekiston Respublikasining barcha normativ-huquqiy hujjatlarining yagona rasmiy nashri — “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami”ni ta’sis etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘plami” davriy nashr qilinishini, shuningdek uning ochiq obuna yo‘li bilan tarqatilishini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 7-ilovaga muvofiq qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inson huquqlarini himoya qilish boshqarmasining tuzilmasi va Nizomini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga mazkur qaror talabidan kelib chiqadigan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2003-yil 27-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
370-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 27-avgustdagi
370-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari Inson huquqlarini himoya qilish bo‘limlarining shtatdagi xodimlari soni*
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Bittadan shtatdagi xodimlar soni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirining, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boshliqlarining o‘rinbosarlari lavozimlarini qisqartirish hisobiga shakllantiriladi. Qolgan shtatdagi xodimlar soni O‘zbekiston Respublikasi Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasi hisobiga moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Mintaqalar ‎

Shtatdagi xodimlar soni‎

Andijon, Buxoro, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahri ‎

3‎

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Navoiy, Sirdaryo, Surxondaryo, Xorazm viloyatlari ‎ 2‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 27-avgustdagi
370-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (keyingi o‘rinlarda matnda Vazirlik deb yuritiladi) davlat boshqaruvi organi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri o‘z maqomiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlik tizimiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti, boshqa adliya organlari va muassasalari kiradi (keyingi o‘rinlarda matnda adliya organlari va muassasalari deb yuritiladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya organlari va muassasalari mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqildir va bevosita Vazirlikka bo‘ysunadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamentining faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Nizom bilan tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Adliya organlari va muassasalarini moddiy-texnik ta’minlash, shuningdek adliya tizimining xodimlari mehnatiga haq to‘lash Vazirlikka ajratiladigan mablag‘ doirasida davlat budjeti Sudlar, adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 21-dekabrdagi 263-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 50-51-son, 523-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlik, uning organlari va muassasalari yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan va o‘z nomi yozilgan muhrga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Vazirlikning vazifalari va funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) qonunchilik ijodkorligi va huquqni qo‘llash sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) Konstitutsiya va qonunlar bilan mustahkamlangan insonning huquq va erkinliklarini himoya qilishni ta’minlash, fuqarolik jamiyati institutlarini har tomonlama rivojlantirish, ularning huquqiy asoslarini mustahkamlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) jamiyatda huquqiy ong, huquqiy madaniyatni oshirishga va qonuniylikni mustahkamlashga yo‘naltirilgan huquqiy targ‘ibot bo‘yicha davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) sudlarni moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash bo‘yicha ishlarning samaradorligini oshirish, ularning haqiqiy mustaqilligini ta’minlash, sud hujjatlari va davlat organlari boshqa hujjatlari ijrosini ta’minlashning samarali mexanizmini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) notariat, advokatura, FHDY organlari hamda fuqarolar va yuridik shaxslarga huquqiy xizmat ko‘rsatuvchi boshqa tuzilmalar faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish va ularning samaradorligini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish, tadbirkorlik subyektlari va xususiy mulk egalari, xorijiy investorlar va chet el investitsiyalari jalb qilingan korxonalarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) xo‘jalik yurituvchi subyektlarga xo‘jalik shartnomalarini tuzishda va ularni bajarishda huquqiy yordam ko‘rsatish hamda shartnoma intizomini mustahkamlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8) yuridik shaxslar, shu jumladan nodavlat notijorat tashkilotlarni ro‘yxatdan o‘tkazishda qonunchilikka rioya qilinishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9) tegishli davlat organlari bilan birgalikda xalqaro-huquqiy munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasi manfaatlari samarali huquqiy himoya qilinishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10) zamonaviy talablar va standartlarni hisobga olgan holda huquqshunos kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11) adliya organlari va muassasalari tizimiga rahbarlikni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlik o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) qonunchilik ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) qonunlar va boshqa normativ hujjatlarni tayyorlash va huquqiy ekspertizadan o‘tkazish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlarining qonunchilik ijodkorligi masalalari bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularga metodik rahbarlikni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik ijodkorligi faoliyatini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqadi, ularning amalga oshirilishini ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlari tomonidan qonun loyihalarini tayyorlashning zarurligi masalalari bo‘yicha oldindan kelishishni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari bo‘yicha va o‘z tashabbusiga ko‘ra qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi loyihalarni ishlab chiqadi va ularni ko‘rib chiqish uchun belgilangan tartibda kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari bo‘yicha davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining qonun loyihalarini tayyorlash masalalari bo‘yicha takliflarini ko‘rib chiqadi va umumlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini yuridik ekspertizadan o‘tkazadi va ularning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonun hujjatlariga, shuningdek qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligi yuzasidan xulosalar beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga muvofiqlashtirish, huquqiy tartibga solishning tizimga solinishini va yaxlitligini ta’minlash to‘g‘risida takliflar ishlab chiqadi, qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir takliflarni tahlil qiladi va umumlashtiradi hamda ularni ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga taqdim qiladi, qonun hujjatlarini kodekslashtirish bo‘yicha ishlarni olib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, ularning Kengashlari, qo‘mitalari va komissiyalari bilan doimiy amaliy aloqada bo‘ladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) idoraviy norma ijodkorligi sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning umumiy majburiy tusdagi normativ-huquqiy hujjatlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestrini yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni e’lon qilish va manfaatdor shaxslar e’tiboriga yetkazish, shuningdek ularni qo‘llash bo‘yicha ishlarini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning holati to‘g‘risida jamoatchilikni xabardor qilib turadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) qonunchilikni tizimlashtirish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlarini davlat hisobiga olish va qonun hujjatlarini turkumlash ishlarini olib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlarining nazorat nusxalarini yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlari bankini (fondini) shakllantiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi tarmoq qonunchiligining umumhuquqiy klassifikatorini rivojlantirilishni amalga oshiradi, normativ-huquqiy hujjatlarga klassifikator asosida kodlar beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarida qonun hujjatlarining turkumlashtirilgan hisobini yuritish qoidalarini belgilaydi va ularga rioya qilish ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) huquqni qo‘llash amaliyoti sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqni qo‘llash amaliyoti masalalari bo‘yicha davlat boshqaruvi organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bir xilda qo‘llanilishini ta’minlash ishlarini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bajarilishi monitoringini olib boradi va uning natijalari bo‘yicha takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarini qo‘llash bo‘yicha o‘z vakolatlari doirasida xulosalar beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) Konstitutsiyada va qonunlarda mustahkamlangan inson huquq va erkinliklari himoya qilinishini ta’minlash sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inson huquqlari sohasida qonun hujjatlarini doimiy ravishda tahlil qiladi va ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro tajribani o‘rganadi va xalqaro-huquqiy normalarning O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonun hujjatlaridagi ijrosi bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inson huquq va erkinliklari sohasida aholining huquqiy bilimlarini oshirish, jamiyatda inson huquqlarini hurmat qilish g‘oyasini targ‘ib qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inson huquqlari sohasida qonun hujjatlariga rioya qilishning holatini o‘rganadi va umumlashtiradi hamda uni yaxshilash yuzasidan tegishli davlat organlariga takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inson huquq va erkinliklarini himoya qilishda advokatlik tuzilmalarining rolini kuchaytirishga, fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga hamda ularning huquqiy asoslari mustahkamlanishiga ko‘maklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inson huquqlari bo‘yicha, shu jumladan inson huquq va erkinliklariga rioya qilinishi monitoringi sohasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) va Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazi bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning o‘z konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari buzilishi to‘g‘risidagi murojaatlari xolisona va har tomonlama ko‘rib chiqishini ta’minlaydi, ular bo‘yicha qonun hujjatlariga muvofiq chora-tadbirlar ko‘radi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) davlat organlarining huquqiy targ‘ibot ishlarini muvofiqlashtirish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqiy targ‘ibot va huquqiy ta’limning ahvolini tahlil qiladi, ularni yaxshilash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatda huquqiy ongni, huquqiy madaniyatni oshirishga, qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan huquqiy bilimlar aholi o‘rtasida targ‘ib qilinishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquq sohasida ta’lim ishlari metodik jihatdan ta’minlanishini tashkil etadi, huquqiy tarbiya va ta’limning zamonaviy shakllarini joriy etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy va o‘rta maxsus hamda kasb-hunar o‘quv yurtlarining talabalari va o‘quvchilari uchun yuridik darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, normativ-huquqiy hujjatlar to‘plamlari, shuningdek, ilmiy-ommabop va boshqa yuridik adabiyotlar nashr etish rejalarini ishlab chiqadi va nashr etilishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatni huquqiy axborot bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish dasturlari va tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
adliya organlari va muassasalari uchun huquqiy axborotni yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilishning dasturiy-texnik vositalari va texnologiyalari joriy etilishini tashkil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
adliya organlari va muassasalarini zarur qonunchilik materiallari bilan ta’minlash choralarini ko‘radi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasini yaratish va saqlashni tashkil qiladi, yuridik va jismoniy shaxslarning ulardan belgilangan tartibda foydalanishini ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqiy axborotlar davlatlararo almashinishini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kodekslar va qonun hujjatlari to‘plamlarini, shu jumladan, normativ-huquqiy hujjatlarni e’lon qilishning rasmiy manbai hisoblangan “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” rasmiy nashr etilishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning normativ-huquqiy hujjatlarni nashr etish, qonun hujjatlari ma’lumotlarining elektron bazasini yaratish bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish ishlarini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli davlat boshqaruvi organlari bilan birgalikda normativ-huquqiy hujjatlarni e’lon qilish va tarqatish, qonun hujjatlari ma’lumotlarining elektron bazasini yaratish qoidalarini belgilaydi, ularning ijro etilishini ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘radi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) sudlar faoliyatini moddiy-texnik va moliyaviy ta’minlash, shuningdek sud hujjatlari va boshqa davlat organlari hujjatlari ijrosini ta’minlash sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudlarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda ularni moliyalashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudlarning binolarini qurish va ta’mirlashga, sudlarning faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga ajratilgan mablag‘lar samarali o‘zlashtirilishini ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudlar va sud jarayonlarining xavfsizligini ta’minlash ishlarini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudlarning faoliyatini ta’minlash, ularning amaldagi mustaqilligini mustahkamlash masalalari bo‘yicha huquqni muhofaza qilish organlari va boshqa organlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud hujjatlari va boshqa davlat organlari hujjatlari ijrosini ta’minlashning samarali mexanizmlarini yaratadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) huquqiy xizmat ko‘rsatishning davlat tomonidan tartibga solinishini amalga oshirish sohasida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) notariat va fuqarolik holati dalolatnomalarini ro‘yxatga olish faoliyatini tashkil etish bo‘yicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat notarial idoralarini tashkil etadi va tugatadi, notarius lavozimini ta’sis etadi va tugatadi;
(7-bandning 5-kichik bandi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 23-fevraldagi 46-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 65-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning 5-kichik bandi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 23-fevraldagi 46-sonli qarori bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 65-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat notarial idoralari davlat reyestrini yuritadi;
(7-bandning 5-kichik bandi beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-iyundagi 104-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 22-son, 175-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
stajor notarius faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi, Oliy malaka komissiyasi va malaka komissiyalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
(7-bandning 5-kichik bandi oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 23-fevraldagi 46-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 65-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet elda foydalanish uchun mo‘ljallangan hujjatlardagi notariuslar imzosining va ular muhri ko‘chirmasining haqiqiyligini tasdiqlaydi, notariat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa funksiyalarni bajaradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
notariuslar tomonidan xizmat majburiyatlarining, shu jumladan notarial ish yurituv qoidalarining bajarilishi yuzasidan belgilangan tartibda nazorat olib boradi, ularning ishini tahlil qiladi va umumlashtiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
notarial ish yuritish qoidalarini, notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomalarni, notarial harakatlar, tasdiqlovchi yozuvlar va guvohnomalarni ro‘yxatga olish reyestrlari shaklini tasdiqlaydi, O‘zbekiston Respublikasining “Notariat to‘g‘risida”gi Qonunida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi;
(7-bandning 5-kichik bandi to‘qqizinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-iyundagi 104-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 22-son, 175-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolik holati dalolatnomalarini ro‘yxatga olishni tashkil qiladi, FHDY organlari faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi va ularni nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
FHDY organlarini tashkil qiladi, qayta tashkil qiladi va tugatadi, ularning ishini tekshiradi, tahlil qiladi va umumlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
FHDY va notariat idoralari xodimlari tomonidan fuqarolarga huquqiy xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish chora-tadbirlarini ko‘radi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish blankalari namunalarini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
FHDY organlarini va O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi konsullik muassasalarini qat’iy hisobdagi gerbli guvohnomalar blankalari bilan ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
notariat va FHDY organlari faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, ushbu organlar uchun ko‘rsatmalar va uslubiy tushuntirishlar beradi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda davlat notarial idoralarining notariuslari tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar, FHDY organlari tomonidan jismoniy shaxslarga ko‘rsatiladigan pulli xizmatlar ro‘yxatlarini, ushbu harakatlar amalga oshirilganligi va xizmatlar ko‘rsatilganligi uchun, shuningdek notarial arxivlar tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga notarial tasdiqlangan hujjatlar dublikatlari, ro‘yxatlardan ko‘chirmalar, ma’lumotnomalar va arxiv hujjatlarining nusxalari berilganligi uchun to‘lovlar miqdorlarini tasdiqlaydi;
(7-bandning 5-kichik bandi o‘n beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 23-fevraldagi 46-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 65-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) advokatura va yuridik xizmatlarni rivojlantirish bo‘yicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
advokatlarning respublika jamoat birlashmasi bilan birgalikda malaka komissiyalari vakolatlarini va ular faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
advokatlarning respublika jamoat birlashmasi bilan birgalikda advokatlarning Oliy malaka komissiyasi tarkibini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
advokatlarga litsenziyalar berishni va advokatlik byurolari, hay’atlari va firmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
advokatlar, shuningdek advokatlik byurolari, hay’atlari va firmalarining reyestrini yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
advokatlik byurolari, hay’atlari, firmalari va advokatlarning Oliy malaka komissiyasining faoliyatiga metodik yordam ko‘rsatadi va ko‘maklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
advokatlarning ijobiy ish tajribasini o‘rganadi va ommalashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
advokatlar malakasini oshirish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirishga ko‘maklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
advokatlarning kasbiy faoliyati bilan bog‘liq ta’qiblar, asossiz cheklashlar va tajovuzlardan advokatlarni himoya qilish chora-tadbirlarini ko‘radi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
advokatlik faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlariga, advokatlik etikasi qoidalariga rioya qilinishi, shuningdek advokatlarning kasbiy tayyorgarligi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
advokatlik byurolari, hay’atlari va firmalarining adliya organlariga statistika hisoboti taqdim qilish shakllarini tasdiqlaydi va muddatlarini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etish va rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda huquqiy ishlarni muvofiqlashtiradi, ularni yaxshilashga doir tavsiyalar ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqiy ishlarni yo‘lga qo‘yish amaliyotini tekshiradi va tahlil qiladi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar yuridik xizmatlarining ishida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ijobiy ish tajribasini yoyish, yuridik maslahatchilarning malakasini oshirish chora-tadbirlarini ko‘radi, ularni attestatsiyadan o‘tkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish, tadbirkorlik subyektlari va xususiy mulk egalarining, xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqiy ta’minot samaradorligini oshirishga va tadbirkorlikni rivojlantirishga, tadbirkorlik subyektlari va xususiy mulk egalarining, xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan kompleks tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangidan tashkil etilayotgan va faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari, xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyatini tartibga solish hamda ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha barcha qonun hujjatlariga va normativ-huquqiy hujjatlarga qat’iy rioya qilinishi ustidan nazoratni ta’minlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish, kichik korxonalarni, xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish va ularning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun qulay huquqiy va tashkiliy shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha qonunchilikni qo‘llash amaliyotini o‘rganadi, uni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;
(7-bandning oltinchi kichik bandi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 3-son, 31-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat qiluvchi organlar o‘tkazayotgan tekshirishlarning qonuniyligi ustidan nazoratni ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyektlari, xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning buzilgan huquqlarini tiklash bo‘yicha choralar ko‘radi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoiy, fuqarolik, xo‘jalik va ma’muriy ishlar materiallarini belgilangan tartibda o‘rganadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat tuzilmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek ularning mansabdor shaxslari tomonidan tadbirkorlik subyektlari, xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyatiga noqonuniy holatlarini tegishli ma’lumotlar bazasini shakllantirgan holda aniqlaydi, o‘rganadi va monitoringni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyektlarining, shu jumladan xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishi holatlari bo‘yicha murojaatlarini ko‘rib chiqadi, ko‘rilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida ularni xabardor qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) shartnomaviy-huquqiy munosabatlar sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xo‘jalik yurituvchi subyektlarga xo‘jalik shartnomalarini tuzishda va bajarishda huquqiy yordam ko‘rsatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnoma intizomini takomillashtirish yuzasidan belgilangan tartibda takliflar ishlab chiqadi va kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xo‘jalik yurituvchi subyektlarni va eng avvalo, ularning mansabdor shaxslarini shartnoma intizomini buzganlik uchun javobgarlikka tortish bo‘yicha belgilangan choralar qo‘llanilishini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xo‘jalik yurituvchi subyektlar rahbarlarining shartnoma intizomiga rioya etish yuzasidan javobgarligini oshirish ishlarini olib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8) yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasida:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nodavlat notijorat tashkilotlarini, shu jumladan jamoat birlashmalari (diniy tashkilotlar, siyosiy partiyalar)ni, xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli bo‘lmagan) notijorat tashkilotlarning vakolatxonalari va filiallarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi, ko‘rsatib o‘tilgan vakolatxonalar va filiallarning xorijiy davlatlar fuqarolari bo‘lgan xodimlarini, shuningdek ularning qaramog‘ida bo‘lgan oila a’zolarini akkreditatsiyadan o‘tkazadi;
(7-band 8-kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 29-apreldagi 203-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 17-son, 199-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auditorlik va sug‘urta tashkilotlarini, chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalarni, birjalar, bozorlar, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazishda qonuniylikka rioya qilinishini ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘zi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan yuridik shaxslarning davlat reyestrini yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
adliya organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan yuridik shaxslar tomonidan ta’sis hujjatlariga, ustav faoliyatiga, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish va tugatish tartibiga rioya etilishi yuzasidan nazorat olib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va o‘z ustav fondlarini qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda shakllantirmagan korxonalarni tugatish bo‘yicha belgilangan tartibda chora-tadbirlar ko‘radi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
siyosiy partiyalarning ustavlarida nazarda tutilgan faoliyatni moliyalashtirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ajratiladigan davlat mablag‘larini ular o‘rtasida taqsimlaydi;
(7-bandning 8-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 20-iyuldagi 343-son qaroriga muvofiq xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 29-son, 334-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9) xalqaro-huquqiy munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasining manfaatlarini samarali huquqiy himoya qilish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish bo‘yicha takliflarni kelishadi, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tayyorlash va bajarishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi xalqaro shartnomalarini tayyorlash, tuzish va bajarish haqida belgilangan tartibda takliflar taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi tomonlardan biri hisoblanadigan xalqaro-huquqiy hujjatlar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati kafolati ostida tuzilgan qarz va kredit shartnomalari bo‘yicha yuridik xulosalar beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro shartnomalar loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z vakolatlari doirasida boshqa davlatlarning tegishli organlari, shuningdek xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik to‘g‘risida shartnomalar tuzadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro-huquqiy axborot masalalari bo‘yicha ma’lumotlar bankini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z vakolatlari doirasida xorijiy davlatlarda O‘zbekiston Respublikasi va uning fuqarolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy davlatlar sudlarida tomonlardan biri O‘zbekiston Respublikasi bo‘lgan nizolar ko‘rib chiqilayotganda vakillik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va eks-Prezidentining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini huquqiy, shu jumladan sudda himoya qilishni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10) huquqshunos kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlarining yuridik kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlaydi, ularni Toshkent davlat yuridik institutida, Toshkent yuridik kollejida, Toshkent davlat yuridik instituti huzuridagi akademik litseyda va Vazirlik tizimining boshqa o‘quv yurtlarida tayyorlash ishlarini tashkil etadi va rahbarlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy talablar va standartlarni hisobga olgan holda huquqshunos kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etadi, huquqshunoslar o‘rtasida kadrlar siyosatini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
adliya organlari va muassasalarining kadrlar zaxirasini yaratadi, kadrlarni tayyorlashni tashkil etadi, tanlashni amalga oshiradi va belgilangan tartibda joy-joyiga qo‘yishda qatnashadi, ularni qayta tayyorlashni tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11) fuqarolar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning murojaatlarini ko‘rib chiqish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
adliya organlari va muassasalari xodimlarining noqonuniy harakatlari ustidan fuqarolarning shikoyat va arizalarini ko‘rib chiqadi, ushbu masalalar bo‘yicha shikoyatlar har tomonlama xolisona ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikning buzilishi holatlari yuzasidan tushgan shikoyatlarni zarur hollarda joylarda mutasaddi tashkilotlar va mutaxassislar bilan birgalikda tekshirib, adolatli qarorlar qabul qilinishini ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
adliya organlari va muassasalarining shikoyat va arizalarni ko‘rib chiqish bilan bog‘liq faoliyatini o‘rganadi va bu boradagi ishlarni umumlashtiradi, shu yo‘nalishdagi ishlarni yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12) huquqiy statistika sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va boshqa organlardan olingan huquqiy statistika ma’lumotlarini umumlashtiradi va tahlil qiladi, ushbu masalalar bo‘yicha statistika hisoboti yuritish va tahlil qilishga metodik rahbarlikni ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
adliya organlari va muassasalarida statistika hisoboti va birlamchi hisobga olish hujjatlari shakllarini ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
advokatura faoliyati to‘g‘risidagi statistika ma’lumotlarini to‘playdi va o‘rganadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolik holati dalolatnomalarini va notarial harakatlarni ro‘yxatga olishni, shuningdek adliya organlari va muassasalari faoliyatining boshqa yo‘nalishlari bo‘yicha statistikani yuritadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudlari hisobini ro‘yxatdan o‘tkazish va muvaqqat hakamlik sudlarini hisobga olishni amalga oshiradi.
(7-bandining o‘n ikkinchi kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 30-oktabrdagi 235-sonli qarori asosida xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2008-y., 44-45-son, 443-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13) adliya organlari va muassasalarini moddiy-texnik ta’minlash va moliyalashtirish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
adliya tizimi xodimlarining moddiy va ijtimoiy ta’minoti to‘g‘risidagi takliflarni ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
adliya organlari va muassasalarini moddiy-texnik ta’minlashni tashkil etadi, adliya organlari, davlat notarial idoralari, FHDY bo‘limlari, sud ijrochilari bo‘limlari va boshqa adliya muassasalari binolarini kapital qurish va ta’mirlash choralarini ko‘radi, mahalliy davlat hokimiyati organlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tegishli takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
adliya organlari va muassasalarini belgilangan tartibda moliyaviy ta’minlashni amalga oshiradi, adliya tizimida buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etadi va nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
adliya organlari va muassasalarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyati yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14) sud-ekspert, ilmiy va ta’lim muassasalarini rivojlantirish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqiy fanlarni rivojlantirish choralarini ko‘radi, sud ekspertizasi sohasida ilmiy-tadqiqot, ekspertlik ishlarini tashkil etadi;
(7-bandning 14-kichik bandi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 15-dekabrdagi 299-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 50-son, 474-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi davlat sud-ekspert muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiradi va unga ilmiy-metodik rahbarlik qiladi, shuningdek Sud ekspertizasi muammolari bo‘yicha kengashni boshqaradi;
(7-bandning 14-kichik bandi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 15-dekabrdagi 299-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 50-son, 474-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi faoliyatini tashkiliy ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘radi;
(7-bandning 14-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 15-dekabrdagi 299-sonli qaroriga muvofiq to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2010-y., 50-son, 474-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi, Respublika yuristlar malakasini oshirish markazi, Toshkent davlat yuridik instituti, Toshkent yuridik kolleji va boshqa adliya muassasalari faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi.
(7-bandning 14-kichik bandi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-noyabrdagi 528-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 22-son, 226-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirlik o‘ziga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bevosita, shuningdek o‘ziga bo‘ysunuvchi respublika organlari va hududiy organlar orqali amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Vazirlikning huquqlari va javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Vazirlik o‘z zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslardan belgilangan tartibda zarur ma’lumotlar, hujjatlar va materiallarni, inson huquq va erkinliklariga rioya qilish sohasida tahliliy, statistika materiallari va boshqa materiallarni so‘rash va olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va boshqa davlat organlari ko‘rib chiqishi uchun qonun hujjatlarini va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish masalalari bo‘yicha takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) davlat boshqaruv organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari uchun normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash masalalari bo‘yicha metodik ko‘rsatmalarni ishlab chiqish va tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, ilmiy muassasalar, o‘quv yurtlari va boshqa tashkilotlardan qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari bo‘yicha xulosalar olish hamda ko‘rsatib o‘tilgan organlar va tashkilotlar rahbarlari bilan kelishgan holda ushbu loyihalarni tayyorlash bo‘yicha komissiyalar (ishchi guruhlari) tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarda normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, e’lon qilish va manfaatdor shaxslar e’tiboriga yetkazish bo‘yicha belgilangan tartibga ular tomonidan rioya qilinishi, shuningdek ularning qo‘llanilishi yuzasidan tekshirishlar o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralarga davlat ro‘yxatidan o‘tmagan normativ-huquqiy hujjatlarni bekor qilish va ijrodan chaqirib olish to‘g‘risida, buzilgan huquqlarni tiklash, yetkazilgan zararlarni qoplash to‘g‘risida belgilangan muddatlarda bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish, shuningdek tegishli organlar oldiga bunda aybdor mansabdor shaxslarni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi masalani qo‘yish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini belgilangan tartibda davlat reyestridan chiqarish yoxud ularning (to‘liq yoki qisman) amal qilishini to‘xtatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8) vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish muddatini ko‘rsatgan holda ularni qabul qilish zarurligi to‘g‘risida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lmagan normativ-huquqiy hujjatlarni bekor qilish, yoxud ularni qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish to‘g‘risida taqdimnomalar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9) vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy hokimiyat organlari, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari normalari to‘g‘ri va bir xilda qo‘llanilishi bo‘yicha ishlarning holatini o‘rganish. O‘rganish natijalari bo‘yicha tegishli organlar rahbarlariga O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari normalari zarur darajada qo‘llanilishi to‘g‘risida taqdimnomalar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10) Vazirlik vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarini bajarmaganlik (lozim darajada bajarmaganlik) holatlari yuzasidan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarini javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ko‘rib chiqish uchun kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11) davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan inson huquqlari sohasida O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga rioya qilinishini tekshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘rsatib o‘tilgan organlarning rahbarlariga aniqlangan qonun hujjatlari buzilishini va uning sabablari hamda unga ko‘maklashuvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish, shuningdek insonning buzilgan huquq va erkinliklarini tiklash chora-tadbirlarini ko‘rish to‘g‘risida belgilangan muddatlarda bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12) xorijiy davlatlarning sudlarida O‘zbekiston Respublikasining huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor huquqiy nizolar bo‘yicha da’vogar va javobgarning vakili sifatida ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13) huquqiy, shu jumladan, sud masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va eks-Prezidentining vakili sifatida ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14) tegishli organlarga sudyalar va sud apparati mehnat sharoitlarini yaxshilash, moddiy va ijtimoiy ta’minlash yuzasidan takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15) advokatlarga berilgan litsenziyalarning amal qilishini belgilangan tartibda to‘xtatib turish va to‘xtatish;
(9-bandning 15-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 23-fevraldagi 46-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 65-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16) advokatlar malaka komissiyalariga advokatlarni intizomiy javobgarlikka tortish masalasini kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17) advokatlik byurolari, hay’atlari va firmalariga aniqlangan qonun hujjatlari buzilishini bartaraf qilish to‘g‘risida ko‘rsatmalar yuborish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18) vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarda huquqiy ishlar holatini, shuningdek, ularning yuridik xizmatlari faoliyatini tekshirish, ulardan amalga oshirgan ishlari to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etishlarini talab qilish, ko‘rsatilgan organlarning, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlariga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida belgilangan muddatlarda bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish, qonun hujjatlarini buzganlik uchun mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish yoki ularning aybi bilan davlatga yoki korxona, muassasa va tashkilotga yetkazilgan moddiy zararni undirish to‘g‘risidagi masala bilan yuqori turuvchi organlarga yoki sudga murojaat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19) xizmat majburiyatlarini qo‘pol ravishda buzilishiga yo‘l qo‘yayotgan yuridik xizmat xodimlariga berilgan attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomalarni bekor qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20) tadbirkorlik subyektlari, xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni javobgarlikka tortishning asosliligini zarur hujjatlar, shu jumladan jinoiy, fuqarolik, xo‘jalik va ma’muriy ishlar materiallari bilan tanishish yo‘li bilan o‘rganib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21) tadbirkorlarning “ishonch telefoni” orqali tushayotgan murojaatlarini ko‘rib chiqish barcha vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar tomonidan tadbirkorlar, xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar huquqlariga rioya etish bo‘yicha qonun hujjatlari og‘ishmay bajarilishini tekshirish. Ko‘rsatib o‘tilgan organlar va tashkilotlar rahbarlariga belgilangan muddatlarda bajarilishi majburiy bo‘lgan:
(9-bandning 21-kichik bandi birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 19-martdagi 80-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 12-13-son, 117-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aniqlangan qonun hujjatlari buzishlarini, qonun buzilishining sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlar, shu jumladan xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning buzilgan huquqlarini tiklash bo‘yicha choralar ko‘rish to‘g‘risida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22) Konstitutsiyada va qonunlarda mustahkamlangan inson huquq va erkinliklari, tadbirkorlik subyektlari, xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning huquqlari va qonuniy manfaatlari mansabdor shaxslar tomonidan buzilishi holatlari aniqlanganda, shuningdek adliya organlarining qonuniy talablari mansabdor shaxslar tomonidan bajarilmaganda aybdor mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi masalani tegishli organlar oldiga qo‘yish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23) davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shu jumladan nazorat organlari va litsenziyalovchi organlar hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining tadbirkorlik subyektlari, xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar huquqlarini buzuvchi qarorlarini, shuningdek ular mansabdor shaxslarining harakatlarini (harakatsizligini) to‘xtatib qo‘yish;
(9-bandning 23-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 19-martdagi 80-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 12-13-son, 117-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24) jinoiy, fuqarolik, xo‘jalik va ma’muriy ishlar bo‘yicha tadbirkorlik subyektlari, xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzuvchi sud hujjatlarini davlat boji to‘lamasdan qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida sud instansiyalariga taqdimnomalar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25) tadbirkorlar va xususiy mulk egalari huquqlariga rioya qilish bo‘yicha qonun hujjatlarining buzilishi mumkin emasligi to‘g‘risida mansabdor shaxslarni yozma ravishda ogohlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26) fuqarolarning, shu jumladan tadbirkorlik subyektlari, xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to‘g‘risida murojaatlarni tekshirish uchun tegishli mutaxassislarni jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27) xo‘jalik shartnomalari bajarilishi jarayonini nazorat qilish, shartnoma intizomi buzilgan taqdirda xo‘jalik yurituvchi subyektlarga mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligi va sudlarda da’vo qo‘zg‘ashlari, shuningdek shartnoma majburiyatlarini bajarilmaganligi (lozim darajada bajarilmaganligi) natijasida yetkazilgan zararni qoplashlari yuzasidan belgilangan muddatlarda bajarilishi majburiy bo‘lgan tegishli taqdimnomalar kiritish; taqdimnomada bayon qilingan talablar belgilangan muddatda bajarilmagan taqdirda vakolatli organlar yoki sudlar oldiga shartnoma intizomini buzganlik uchun mansabdor shaxslarning javobgarligi to‘g‘risidagi masalani qo‘yish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28) adliya organlarida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarning ta’sis hujjatlariga amal qilishini tekshirish, ulardan kerakli hujjatlar va ma’lumotlar taqdim etishlarini talab qilish, ko‘rsatib o‘tilgan yuridik shaxslarning rahbarlariga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida belgilangan muddatlarda bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish, ta’sis hujjatlarini va amaldagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun mansabdor shaxslarni belgilangan javobgarlikka tortish, shuningdek, ularning aybi bilan davlatga yoki korxonaga yetkazilgan moddiy zararni undirish uchun yuqori turuvchi organlarga yoki sudga murojaat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
siyosiy partiyalarning ustavlarida nazarda tutilgan faoliyatni davlat tomonidan moliyalashtirishni to‘xtatib turish yoki to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
(9-bandning 28-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 20-iyuldagi 343-son qaroriga muvofiq xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 29-son, 334-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28-1) Xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli bo‘lmagan) notijorat tashkilotlar vakolatxonalari va filiallarining xodimlarini, ular tomonidan O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari buzilgan hollarda akkreditatsiyadan mahrum qilish;
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 29-apreldagi 203-son qaroriga muvofiq 28-1-kichik band bilan to‘ldirilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 17-son, 199-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29) o‘z vakolatlari doirasida xorijiy davlatlar organlari va xalqaro tashkilotlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalar o‘rnatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30) barcha davlat organlari va boshqa tashkilotlardan huquqiy statistikani tashkil etish va yuritish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31) davlat, yuridik va jismoniy shaxslar manfaatlarini ko‘zlab sudlarga davlat boji to‘lamasdan arizalar va da’volar bilan murojaat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32) adliya organlari va muassasalari faoliyatini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan tegishli bo‘linmalar tashkil etish, ularni qayta tashkil etish va tugatish, shuningdek, ularning ustavlari (nizomlari)ni tasdiqlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Vazirlikning Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish boshqarmasi, Xorijiy investitsiyalar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni huquqiy himoya qilish boshqarmasi va ularning joylardagi bo‘limlarining xodimlari o‘z vakolati doirasida nazoratni amalga oshirishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshirishni o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va materiallar bilan tanishish uchun xizmat guvohnomasini ko‘rsatib tegishlicha vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning, ularning hududiy va tarkibiy bo‘linmalarining, korxona va tashkilotlarning tobeligidan, mansubligidan qat’i nazar, hududlariga va binolariga kirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘rganish uchun zarur bo‘ladigan qarorlar, farmoyishlar, yo‘riqnomalar, buyruqlar va boshqa hujjatlarni talab qilib olishga, tadbirkorlar, xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar huquqiga rioya qilish bo‘yicha qonuniylikning ahvoli, shuningdek uni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur bandning ikkinchi xatboshida ko‘rsatib o‘tilgan organlar va tashkilotlarning mansabdor shaxslari va boshqa xodimlarini chaqirishga, ulardan tadbirkorlarning, xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning huquqlari rioya qilinishi bo‘yicha qonun hujjatlarining buzilishi yuzasidan og‘zaki va yozma tushuntirishlar talab qilishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Vazirlik o‘z vakolati doirasida vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, notariuslar, advokatlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiy bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik, zarur hollarda boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bilan birgalikda qo‘shma qarorlar va boshqa hujjatlarni chiqarishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Vazirlik qonunchilik ijodkorligi sohasida davlat siyosatining amalga oshirilishini ta’minlash va o‘ziga yuklangan boshqa vazifalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Vazirlik faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Vazirlikka O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tasdiqlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan Adliya vaziri boshchilik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan besh nafar o‘rinbosarlari, shu jumladan bir nafar birinchi o‘rinbosari bo‘ladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi 108-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 23-son, 183-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Vazir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) yakkaboshchilik asosida Vazirlik faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi va Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) o‘z o‘rinbosarlari vakolatlarini belgilaydi, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi, Vazirlik tizimidagi boshqa mansabdor shaxslarning vakolatlarini, Vazirlik faoliyatining alohida qismlari hamda unga bo‘ysunuvchi organlar va muassasalarning ishi uchun o‘z o‘rinbosarlarining va boshqa mansabdor shaxslarning javobgarligi darajasini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) Vazirlik tarkibiy va hududiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni, shuningdek, Vazirlik tizimiga kiruvchi boshqa o‘ziga qarashli organlar va muassasalarning nizom (ustav)larini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) xodimlar belgilangan umumiy soni doirasida Vazirlik markaziy apparati tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritadi, shtat jadvalini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) Vazirlik markaziy apparatining, shuningdek adliya organlari va muassasalarining xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) respublika notariat va FHDY muassasalari tizimini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8) tegishli davlat organlariga adliya organlari va muassasalarini tashkil etish hamda ularning xodimlari sonini belgilash to‘g‘risida takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9) Vazirlik markaziy apparati, adliya organlari va muassasalari xodimlari bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10) Vazirlik markaziy apparati xodimlarini, uning hududiy bo‘linmalari rahbarlarini, shuningdek Vazirlik tizimiga kiruvchi boshqa o‘ziga qarashli organlar va muassasalar rahbarlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11) adliya organlari va muassasalari xodimlariga belgilangan tartibda martaba darajalari beradi, adliya organlari va muassasalari xodimlariga oliy martaba darajalari berish uchun ularni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12) adliya organlari va muassasalarining xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal etadi, Vazirlik tizimining alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini faxriy unvonlar berishga va O‘zbekiston Respublikasining davlat mukofotlari bilan taqdirlashga taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13) qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Adliya organlari va muassasalarining, shu jumladan Vazirlik tizimidagi ilmiy muassasalar va o‘quv yurtlari xodimlariga egallab turgan lavozimiga va ish stajiga muvofiq maxsus darajali unvonlar hamda martaba darajalari beriladi va belgilangan xizmat muddati uchun ustama haqi to‘lab boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Martaba darajalari berish va undan mahrum etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Nizom bilan tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Vazirlikda Vazir (hay’at raisi), uning o‘rinbosarlari (lavozimiga ko‘ra), shuningdek Vazirlik faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy bo‘linmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hay’atning a’zolari soni va shaxsiy tarkibi Vazirning taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hay’at quyidagilar bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik faoliyatining qonunchilik ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqishni davom ettirish, ularning amalga oshirilishini ta’minlash, insonning huquq va erkinliklarini himoya qilishni ta’minlash, fuqarolik jamiyati institutlarini har tomonlama rivojlantirish, huquqiy targ‘ibot bo‘yicha davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, tadbirkorlikni huquqiy ta’minlash va rivojlantirish samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan kompleks tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, tadbirkorlik subyektlari va xorijiy investorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shartnoma intizomini mustahkamlash, huquqshunos kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha ushbu Nizomda belgilangan asosiy yo‘nalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish, tayyorlash va qayta tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha ijro intizomini mustahkamlash, ularning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash uchun Adliya vazirligi rahbarlari va xodimlarining shaxsiy javobgarligini oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hay’at Vazirlik vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hay’at majlisiga Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hay’at uning majlisida tarkibining yarmidan ko‘pi qatnashgan taqdirda vakolatli bo‘ladi. Ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha qarorlar oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hay’at qarorlari Vazirning buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Vazir va hay’at a’zolari o‘rtasida kelishmovchiliklar paydo bo‘lgan taqdirda rais paydo bo‘lgan kelishmovchiliklar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hay’at a’zolari ham o‘z fikr-mulohazalarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xabar qilishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hay’at faoliyati tartibi uning hay’at tasdiqlaydigan reglamentida belgilanadi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi 108-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 23-son, 183-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 27-avgustdagi
370-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TAShKILIY TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-noyabrdagi 528-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 22-son, 226-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 27-avgustdagi
370-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy apparati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuzilmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 29-apreldagi 203-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 17-son, 199-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 27-avgustdagi
370-son qaroriga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuzilmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-iyundagi 104-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 22-son, 175-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 27-avgustdagi
370-son qaroriga
6-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining namunaviy
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuzilmasi*
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(6-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-iyundagi 104-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 22-son, 175-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 27-avgustdagi
370-son qaroriga
7-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan qarorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ro‘yxati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini takomillashtirish masalalari to‘g‘risida” 1992-yil 12-noyabrdagi 523-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1992-y., 11-son, 32-modda) 1-bandining ikkinchi xatboshi, 5-bandining ikkinchi xatboshi, 6-bandi, shuningdek ushbu qarorga 1 va 2-ilovalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Markaziy apparati tarkibida iqtisodiy islohot bo‘yicha qonunchilik va normativ hujjatlar loyihalarini tayyorlash va huquqiy ekspertiza qilish boshqarmasini tashkil etish to‘g‘risida” 1994-yil 24-yanvardagi 27-son qarorining 2-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 1-son, 3-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Garov to‘g‘risidagi shartnomalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha Vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida” 1994-yil 1-fevraldagi 50-son qarorining 7-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 2-son, 8-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini takomillashtirish va uning apparati tuzilmasidagi o‘zgartirishlar to‘g‘risida” 1995-yil 27-apreldagi 152-son qarorining 3-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 4-son, 16-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimida Fuqarolarning qonunchilikning buzilishi yuzasidan shikoyat va arizalarini ko‘rib chiqish boshqarmasini tuzish to‘g‘risida” 1997-yil 10-iyuldagi 345-son qarorining 6-bandi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 15-16-son, 138-modda, 22-son, 226-modda; 2004-y., 3-son, 31-modda, 17-son, 199-modda, 29-son, 334-modda; 2007-y., 50-51-son, 523-modda; 2008-y., 44-45-son, 443-modda; 2010-y., 22-son, 175-modda, 23-son, 183-modda, 50-son, 474-modda; 2011-y., 7-8-son, 65-modda, 12-13-son, 117-modda)