Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.08.2024 11.10.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2147
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining qarori, 11.10.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2147
Kuchga kirish sanasi
21.10.2010
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.08.2024
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TABIIY MONOPOLIYA SUBYEKTLARINING DAVLAT REESTRINI TUZISh VA YURITISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 11-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2147]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 19-iyundagi 11-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3520, 19.06.2024-y.) asosan 2024-yil 3 avgustdan davlat reyestridan chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 212-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-dekabrdagi 374-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 2-son, 19-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2013-yil 6-avgustdagi 01/17-26/08-sonli qarori (roʻyxat raqami 2147-1, 21.08.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 34-son, 461-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tabiiy monopoliya subyektlarining Davlat reyestrini tuzish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining 2009-yil 23-fevraldagi 7-son “Tabiiy monopoliya subyektlarining Davlat reyestrini tuzish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1930, 2009-yil 30-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami 2009-y., 14-son, 166-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rais J. ISMAILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 6-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2010-yil 6-oktabrdagi 14-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tabiiy monopoliya subyektlarining davlat reyestrini tuzish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 212-modda) muvofiq Tabiiy monopoliya subyektlarining davlat reyestrini (bundan keyingi oʻrinlarda Reyestr deb yuritiladi) tuzish va yuritish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Reyestr tabiiy monopoliya subyektlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qogʻoz va elektron shakllarda saqlovchi birlashgan axborot bazasi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Reyestrni tuzish Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi (bundan keyingi oʻrinlarda Qoʻmita deb yuritiladi) va uning hududiy organlari tomonidan ushbu Nizom ilovasida keltirilgan roʻyxatga muvofiq tabiiy monopoliya sharoitida ishlab chiqariladigan (realizatsiya qilinadigan) tovarlar, ishlar va xizmatlar (bundan keyingi oʻrinlarda tovarlar deb yuritiladi) boʻyicha amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining 2023-yil 23-maydagi 04/05-05/01-sonli qarori (roʻyxat raqami 2147-3, 31.05.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2023-y., 10/23/2147-3/0311-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Reyestrni yuritish Qoʻmita va uning hududiy organlari tomonidan tabiiy monopoliya subyekti va uning xoʻjalik faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni birlashgan axborot bazasiga kiritish, ushbu maʼlumotlarni yangilash, tabiiy monopoliya subyekti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni bazadan chiqarish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Reyestr respublika va hududiy boʻlimlardan tashkil topgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Reyestrning respublika boʻlimiga tabiiy monopoliya sharoitida ikki va undan ortiq viloyatlar hududlarida tovarlar ishlab chiqarayotgan (realizatsiya qilayotgan) xoʻjalik yurituvchi subyektlar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Reyestrning hududiy boʻlimiga tabiiy monopoliya sharoitida bir viloyat hududi chegarasida tovarlar ishlab chiqarayotgan (realizatsiya qilayotgan) xoʻjalik yurituvchi subyektlar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tabiiy monopoliya sharoitida tovarlar ishlab chiqarayotgan (realizatsiya qilayotgan), davlat yoki xoʻjalik boshqaruvi organlari tarkibiga kiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar ushbu davlat yoki xoʻjalik boshqaruvi organi subyekti sifatida Reyestrning respublika boʻlimiga kiritilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining 2023-yil 20-sentabrdagi 11/05-05/01-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2147-4, 09.10.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2023-y., 10/23/2147-4/0759-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tabiiy monopoliya sharoitida tovarlar ishlab chiqarayotgan (realizatsiya qilayotgan) xoʻjalik yurituvchi subyektlar tovarlarni faqat oʻz ehtiyojlari yoki fors-major holati hosil boʻlgan vaziyatlarda, texnologik kamchiliklarni bartaraf etish uchun, tabiiy va texnogen xaraktyerga ega boʻlgan avariya yoki favqulodda holatlarda hamda ushbu tovarlarni qisqa muddatlarda (vaqt oraligʻi uch oygacha) realizatsiya qilgan taqdirda, Reyestrga kiritilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Reyestrga kiritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Reyestrga tabiiy monopoliya subyektlari ularning tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tabiiy monopoliyaning turli sohalarida faoliyat koʻrsatuvchi tabiiy monopoliya subyekti Reyestrga har bir faoliyat turi boʻyicha alohida kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tabiiy monopoliya subyektlarini Reyestrga kiritish davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, isteʼmolchilarning jamoat birlashmalari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar hamda boshqa manbalardan olingan tabiiy monopoliya sharoitida tovarlar ishlab chiqarilayotganligi (realizatsiya qilinayotganligi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tahlil qilish asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Qoʻmita yoki uning hududiy organi tabiiy monopoliya subyektini Reyestrga kiritish masalasini koʻrib chiqish uchun unga Qoʻmita tomonidan tasdiqlanadigan shakldagi soʻrovnoma yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Tabiiy monopoliya subyekti soʻrovnomani olgan paytdan boshlab oʻn kundan kechiktirmasdan soʻrovnomani toʻldiradi va uni Qoʻmita yoki uning hududiy organiga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Tabiiy monopoliya subyektini Reyestrning tegishli boʻlimiga kiritish Qoʻmita yoki uning hududiy organi buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Tabiiy monopoliya subyektining Reyestrga kiritilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma Qoʻmita yoki uning hududiy organi tomonidan Reyestrga kiritilgan tabiiy monopoliya subyektiga va tegishli moliya organiga ushbu Nizomning 12-bandida koʻrsatilgan buyruq rasmiylashtirilgandan keyin besh kunlik muddatda yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Tabiiy monopoliya subyekti Reyestrga kiritilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomani olgan paytdan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tabiiy monopoliya sharoitida ishlab chiqarilayotgan (realizatsiya qilinayotgan) tovarlar narxlari (tariflari) yoki ularning eng yuqori darajalarini (pochta aloqasi universal xizmatlariga tariflar bundan mustasno) tasdiqlash uchun tegishli moliya organiga murojaat qiladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Tabiiy monopoliya subyekti joylashgan manzili (pochta manzili), tashkiliy huquqiy shakli, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami oʻzgargan taqdirda, oʻn kun muddatda bu haqda Qoʻmita yoki uning hududiy organini yozma ravishda xabardor qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Reyestrdan chiqarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Quyidagi hollarda tabiiy monopoliya subyekti Reyestrdan chiqariladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tabiiy monopoliya subyekti tugatilganda;
(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiiy monopoliya subyekti tomonidan tabiiy monopoliya sharoitida tovarlarni ishlab chiqarish (realizatsiya qilish) toʻxtatilganda, lekin tabiiy monopoliya tovarlarini realizatsiya qilishni toʻxtatish vaqti uch oydan erta boʻlmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlariga muvofiq tabiiy monopoliya subyektlarining faoliyati sohasida davlat tomonidan tartibga solish toʻxtatilganda.
(16-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Tabiiy monopoliya subyektini Reyestrdan chiqarish Qoʻmita yoki uning hududiy organi buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Tabiiy monopoliya subyektini Reyestrdan chiqarish toʻgʻrisidagi bildirishnoma Qoʻmita yoki uning hududiy organi tomonidan Reyestrdan chiqarilgan tabiiy monopoliya subyektiga va tegishli moliya organiga ushbu Nizomning 17-bandida koʻrsatilgan buyruq rasmiylashtirilgandan keyin besh kunlik muddatda yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Mazkur Nizom talablarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Qoʻmita yoki uning hududiy organlarining Reyestrga kiritish yoki Reyestrdan chiqarish toʻgʻrisidagi buyruqlaridan norozi boʻlgan tabiiy monopoliya subyektlari qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan tartibda sudga yoki Qoʻmitaga murojaat qilishga haqlidir.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vaziri R. AZIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 6-oktabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tabiiy monopoliya subyektlarining Davlat reyestrini tuzish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tabiiy monopoliya sharoitida ishlab chiqariladigan (realizatsiya qilinadigan) tovarlar (ishlar, xizmatlar)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Neft, neft mahsulotlari va gazni quvur orqali transportirovka qilish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
neft, neft mahsulotlari va gazni quvur orqali transportirovka qilish xizmatlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish hamda transportirovka qilish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr va issiqlik energiyasini transportirovka qilish, shu jumladan abonentdan subabonentgacha transportirovka qilish xizmatlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Temir yoʻllar infratuzilmasidan foydalanish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy foydalaniladigan temir yoʻllar, temir yoʻl stansiyalari, elektr taʼminoti uskunalari, aloqa tarmoqlari, signalizatsiya, markazlashtirish va blokirovkalash tizimlari, axborot kompleksi va harakatlanishni boshqarish tizimi hamda ushbu kompleks faoliyatini taʼminlovchi boshqa obyektlarni oʻz ichiga oluvchi texnologik kompleks xizmatlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Umumiy erkin foydalaniladigan pochta aloqasi xizmatlari sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yozma korrespondensiyalarni joʻnatish boʻyicha umumiy erkin foydalaniladigan pochta aloqasi xizmatlari (oddiy, buyurtma va qimmatli xatlar, banderollar, oddiy va buyurtma pochta varaqchalari hamda sekogrammalar (koʻzi ojizlar uchun), shuningdek mayda paketlar).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Suv quvurlari va kanalizatsiya xizmatlari sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv taʼminoti va kanalizatsiya (oqova suvlarni tortish va tozalash) hamda suv va oqova suvlarni transportirovka qilish xizmatlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Aeronavigatsiya xizmatlari sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
havodagi harakatni boshqarish, parvozlarning radiotexnik taʼminoti, aeronavigatsiya axborotlarini taqdim etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Port xizmatlari sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuklarni (shu jumladan, yukli va boʻsh konteynerlarni) ortish, tushirish va saqlash xizmatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inshootlar va moslamalar kompleksiga ega va sohilning tegishli uchastkasi (port hududi) bilan suvga tutash boʻlgan hududda (port akvatoriysida) kemalarni yoqilgʻi bilan taʼminlash hamda ularga texnik xizmat koʻrsatish xizmatlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Aeroport xizmatlari sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
samolyotlarning uchishini taʼminlash, yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish, yuklar, pochta va bagajlarga ishlov berish xizmatlari.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2013-yil 6-avgustdagi 01/17-26/08-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2147-1, 21.08.2013-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 34-son, 461-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 40-41-son, 357-modda; 2013-y., 34-son, 461-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2020-y., 10/20/2147-2/1394-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son, 01.06.2023-y., 10/23/2147-3/0311-son; 10.10.2023-y., 10/23/2147-4/0759-son)