1-ILOVA
| № | Tadbirlar nomi | Bajarish muddati | Mas’ul ijrochilar |
Taqdim etiladigan hujjatlarning shakli, amalga oshirish mexanizmi va kutilayotgan natija |
|
Nomoddiy madaniy merosni saqlash, muhofaza qilish va kelajak avlodga yetkazishga qaratilgan normativ-huquqiy bazani hamda ma’muriy boshqaruv tizimini takomillashtirish | ||||
| 1. |
Nomoddiy madaniy meros obyektlarining ro‘yxatini yuritish to‘g‘risidagi nizom va Nomoddiy madaniy meros obyektlarini tarixiy-madaniy ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2010-yil dekabr | O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi. |
| 2. |
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 29-iyuldagi 269-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi madaniy meros obyektlari davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risida nizom” va “Madaniy meros obyektlarining tarixiy-madaniy ekspertizasi to‘g‘risida nizom”ga o‘zgartirishlar kiritish. |
2010-yil dekabr | O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi. |
| 3. |
Davlat va nodavlat tashkilotlarning nomoddiy madaniy meros masalalaridagi faoliyatini muvofiqlashtirish: |
2010-yil dekabr | O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi |
Vazirlar Mahkamasi qarorining loyihasi. |
|
Nomoddiy madaniy merosni ilmiy jihatdan o‘rganish va tadqiqot ishlarini tashkil etish | ||||
| 4. |
Nomoddiy madaniy meros muammolariga bag‘ishlangan xalqaro va respublika ilmiy-amaliy anjumanlarini o‘tkazish. |
2011-yildan boshlab har ikki yilda | O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy komissiyasi |
Vazirlar Mahkamasining Farmoyishi loyihasi. |
| 5. |
Nomoddiy madaniy merosning quyidagi yo‘nalishlari bo‘yicha grantlar ajratilishini ta’minlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirish, tadqiqot ishlariga yosh olimlarni jalb etish: |
2010—2020-yillar | Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi |
Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining mazkur masala bo‘yicha qarori. |
| 6. | Nomoddiy madaniy meros tarixining mohiyatini ochib beruvchi qadimiy qo‘lyozmalar, fono yozuvlarni sinchiklab o‘rganish va ularni turli tillarda bosma ko‘rinishda va zamonaviy disklarda chop etishni yo‘lga qo‘yish. | 2011-yil mart oyidan boshlab | O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Matbuot va axborot agentligi |
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Hay’atining qarori. |
| 7. |
O‘zbekistonning qadimiy folklor va an’anaviy ijrochiligi saqlanib qolgan Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Navoiy, Buxoro, Xorazm viloyatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Farg‘ona vodiysi bo‘ylab kompleks folklor ekspeditsiyalari uyushtirish. |
2010—2020-yillar | Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi |
Manfaatdor vazirlik va idoralar hamkorligida ishlab chiqilgan besh yillik rejalar. O‘zbekiston hududidagi an’anaviy madaniyat unsurlari tabiiy ravishda saqlanib qolgan joylar sinchiklab o‘rganiladi. Ro‘yxatga kiritishga tavsiya etilgan obyektlarni joyida o‘rganish imkoniyati yaratiladi. Qo‘shimcha materiallar to‘planishi va manbalarning boyitilishiga erishiladi. |
| 8. | Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Afg‘oniston va Xitoyda yashovchi o‘zbeklar folklorini yozib olishni tashkil etish. | 2011—2020-yillar | O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi |
Madaniyat va sport ishlari vazirligi va Fanlar akademiyasining yillik rejalari. O‘zaro kelishilgan taklif Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan Tashqi ishlar vazirligiga kiritiladi. Belgilangan tartibda ekspeditsiyalarni o‘tkazishga ruxsat olinadi. Xorijiy davlatlarda yashayotgan o‘zbeklarning folklori o‘rganiladi. Eng noyob namunalar bosma ko‘rinishda, audio variantda chop etiladi. Millatga xos folklorning turli ko‘rinishlarini taqqoslash imkoniyati yaratiladi. |
| 9. | O‘zbekistonda Navro‘zning tiklanish tarixi va mustaqillik yillarida uning ham mazmunan, ham shaklan boyishi jarayonini tadqiq etish va targ‘ib qilish. | 2010—2020-yillar | O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi |
Tadqiqot natijalarining chop etilishi. Navro‘z ensiklopediyasini nashrga tayyorlash va chop etish. Ushbu yo‘nalishda O‘zbekistonda orttirilgan boy tajriba to‘g‘risida xalqaro va mahalliy xabardorlik darajasi ortadi. Ilg‘or natijalar amaliyotda foydalanish uchun tavsiya etiladi. |
| 10. | “O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari” 100 tomligini asar matni, notasi va izohlari bilan nashrga tayyorlash. | 2012—2020-yillarda bosqichma-bosqich | O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Matbuot va axborot agentligi |
Xalq ijodiyotining eng sara namunalari jamlanmasi nashrga tayyorlanadi. Ular bosqichma-bosqich chop etiladi. Turli manbalarda qayd etilgan durdonalar bir joyga jamlanadi. Mutaxassislar va barcha qiziquvchilarni qoniqtiradigan ma’lumotlarning yagona nashr doirasida to‘planishiga erishiladi. |
| 11. | “Go‘ro‘g‘li”, “Alpomish” singari dostonlarni fundamental ilmiy tadqiq etish ishlarini yanada kuchaytirish. | 2012—2014-yillar | O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi |
Fundamental tadqiqotlar natijalari. Turkiy xalqlarda keng tarqalgan dostonlarni, ularning variantlarini solishtirish, birgalikda tadqiq etish imkoniyati yaratiladi. Ushbu dostonlarning umumiyligidan, barcha turkiy xalqlarni birlashtiruvchi kuchidan foydalanish yo‘lga qo‘yiladi. |
| 12. | O‘zbek an’anaviy musiqasiga oid ma’lumotlarni jamlash va yaxlit holda chop etilishini tashkil etish. | 2011—2020-yillar | O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,O‘zbekiston Fanlar akademiyasi |
“O‘zbek an’anaviy musiqasi” ko‘p tomlik antalogiyasi nashrga tayyorlanadi va chop etiladi. “Shashmaqom”, Xorazm va Farg‘ona-Toshkent maqomlari, dutor va surnay maqom yo‘llari, “Feruz” va “Ushshoq” kabi turkumlarning zamonaviy ijrochilar talqini sifatli zamonaviy texnik vositalarda yozib olinishiga erishiladi va foydalanish uchun SD, DVD, multimedia ko‘rinishlarida tayyorlanadi. Ulardan ta’lim dasturlarida keng foydalanish imkoniyati yaratiladi. |
| 13. | O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tizimida nomoddiy madaniy meros masalalari bilan shug‘ullanuvchi maxsus bo‘linma faoliyatini tashkil etish. | 2011-yil may | O‘zbekiston Fanlar akademiyasi |
O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Hay’at qarori. San’atshunoslik instituti tarkibida maxsus Nomoddiy madaniy meros bo‘limi tashkil etiladi. Fanlar akademiyasi tizimida nomoddiy madaniy meros masalalarini tadqiq etish ishlari muvofiqlashtirilishiga erishiladi. |
| Nomoddiy madaniy merosni ro‘yxatga olish va ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hujjatlashtirish | ||||
| 14. | Muhofaza ostiga olinishi lozim bo‘lgan nomoddiy madaniy meros obyektlarining ro‘yxatini tuzish va doimiy yangilanib borilishini tashkil etish. | 2011-yil yanvar | O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi |
Zudlik bilan muhofaza ostiga olinishi lozim bo‘lgan nomoddiy madaniy meros obyektlarining ro‘yxati. Tarixiy-madaniy ekspertiza xulosasi asosida zudlik bilan muhofaza ostiga olinishi lozim bo‘lgan obyektlar aniqlanadi. Ularni saqlab qolish va muhofaza qilish ishlariga mahalliy hokimlik, homiylar, davlat organlari jalb etiladi. Zarur bo‘lgan hollarda tegishli hujjatlar tayyorlanib, xalqaro miqyosdagi yordam uchun taklif kiritiladi. Yo‘qolib ketish xavfi bartaraf etilgan obyektlar ro‘yxatdan chiqariladi. |
| 15. | Jahon nomoddiy madaniy merosining Reprezentativ ro‘yxatiga kiritilgan “Shashmaqom”, “Navro‘z”, “Katta ashula” obyektlarini inventarlashtirish ishlarini yakunlash. | 2012-yil dekabr | O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi |
Ma’lumotlar banki. |
| 16. | Jahon nomoddiy madaniy merosining Reprezentativ ro‘yxatiga kiritish uchun tavsiya etilgan “Askiya”, “Lapar”, “Xalfachilik”, “Baxshichilik” haqida to‘liq ma’lumotlarni YUNESKOga taqdim etish. | 2010—2012-yillar | O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi |
“Askiya”, “Lapar”, “Xalfachilik”, “Baxshichilik” obyektlari bo‘yicha ma’lumotlar bazasi. So‘nggi davrda ularni saqlash va muhofaza qilish, targ‘ib etish borasida hukumat, mahalliy boshqaruv organlari, nodavlat va jamoatchilik tashkilotlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar jamlanadi. Barcha yangi ma’lumotlar asosida takliflar tayyorlanadi va YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy komissiyasi orqali YUNESKOning markaziy qarorgohiga jo‘natiladi. |
| 17. | Nomoddiy madaniy merosni hujjatlashtirish, arxivlashtirish, ma’lumotlar bazasini tashkil qilish andozalarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish. | 2010-yildan boshlab | O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi |
Ma’lumotlar bazasining andozalari. Ro‘yxatga olingan nomoddiy madaniy meros obyektlariga tegishli yozma, audio, video ma’lumotlar asosida ularni inventarlashtirish, arxivlashtirish va barcha ma’lumotlar bazasini shakllantirishning andozalari ishlab chiqiladi. Ro‘yxatga olingan har bir obyekt bo‘yicha mazkur andozalar asosida hujjatlar jamlanadi va belgilangan tartibda saqlanishiga erishiladi. |
| 18. | Nomoddiy madaniy meros obyektlarining milliy ro‘yxatini shakllantirish va doimiy yangilanib borishini ta’minlash. | 2010—2020-yillar | O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi |
Nomoddiy madaniy meros obyektlarining Milliy ro‘yxati. Mamlakat miqyosida ahamiyatga ega bo‘lgan nomoddiy madaniy meros obyektlari aniqlanib, ularga tegishli ma’lumotlar belgilangan shaklda tarixiy-madaniy ekspertizadan o‘tkazish uchun kiritiladi. Ekspertiza xulosasi asosida obyektlar Milliy ro‘yxatga kiritiladi. Ro‘yxat doimiy ravishda yangilanib boriladi. |
| 19. | Nomoddiy madaniy meros obyektlarining mahalliy ro‘yxatlarini shakllantirish va doimiy yangilanib borishini nazorat ostiga olish. | 2010—2020-yillar | O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi |
Nomoddiy madaniy meros obyektlarining Mahalliy ro‘yxatlari. Mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan nomoddiy madaniy meros obyektlari aniqlanib, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning takliflari asosida mahalliy ro‘yxatlarga kiritish uchun tavsiya etiladi. Tegishli hujjatlar to‘planib, belgilangan shaklda rasmiylashtirilgan hujjatlar tarixiy-madaniy ekspertizadan o‘tkazish uchun kiritiladi. Ekspertiza xulosasi asosida obyektning ro‘yxatga kiritilishi hal etiladi. Mahalliy ro‘yxatdan Milliy ro‘yxatga tavsiya etilgan va unga kiritilgan obyektlar Mahalliy ro‘yxatdan chiqariladi. Yangi obyektlarni ro‘yxatga olish va ro‘yxatdan chiqarish hisobiga ro‘yxatlar doimiy ravishda yangilanib turishiga erishiladi. |
| 20. | Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha xalqaro Konvensiya talablarining bajarilishi borasida mamlakatimizda olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida 2014 va 2020-yillarda hisobotlarni tayyorlash va belgilangan tartibda YUNESKO tashkilotiga taqdim etish. | 2014, 2020-yillar | O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy komissiyasi |
O‘zbekiston Respublikasining ishtirokchi-davlat sifatidagi 6 yillik hisoboti. Har olti yilda bir marotaba ishtirokchi-davlatlarning belgilangan shaklda hisobot taqdim etishlari munosabati bilan o‘tgan olti yil mobaynida mamlakatda nomoddiy madaniy merosni saqlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot tayyorlanadi. Vazirlar Mahkamasidan tayinlangan mas’ul xodimning imzosi bilan tasdiqlangan hisobot YUNESKOning markaziy qarorgohiga jo‘natiladi. |
| Soha mutaxassislarini tayyorlash va malaka oshirish ishlarini tashkil etish | ||||
| 21. | Nomoddiy madaniy merosni o‘rganish masalalarini oliy ta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining tegishli fanlar o‘quv dasturlariga kiritish, qo‘llanmalar tayyorlash va chop etish. | 2011-2012 o‘quv yilidan | O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi |
Yangi o‘quv rejasi, o‘quv dasturlari, o‘quv qo‘llanmalari. Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha xalqaro konvensiya talablari asosida nomoddiy madaniy merosni o‘rganish masalalari mavjud ta’limiga joriy etiladi. Kollej, litsey va oliy ta’lim muassasalarida nomoddiy madaniy meros har tomonlama chuqur o‘rganilishi uchun sharoit yaratiladi. |
| 22. | Nomoddiy madaniy meros, uni saqlash va muhofaza qilish tushunchalarini umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘qitiladigan ijtimoiy fanlar hamda o‘quv dasturlariga kiritish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish va joriy etish. | 2011-2012 o‘quv yilidan boshlab | O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi |
Uslubiy tavsiyanoma va qo‘llanmalar. Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha xalqaro konvensiya talablari asosida ta’lim dasturlarida yoshlarga nomoddiy madaniy meros haqida tarbiyaviy jihatdan to‘g‘ri yo‘nalish berish imkoniyati yaratiladi. Nomoddiy madaniy meros, uning mohiyati va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni to‘g‘risida o‘quvchilarning xabardorlik darajasi ortadi. |
| 23. | Umumta’lim maktablari o‘qituvchilarining malaka oshirish kurslari o‘quv rejalari va dasturlariga nomoddiy madaniy merosni o‘rganishga bag‘ishlangan mavzularni kiritish. | 2011-2012 o‘quv yilidan boshlab | O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi |
Yangi o‘quv rejalari, fan dasturlari, o‘quv qo‘llanma va tavsiyanomalar. Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha xalqaro konvensiya talablaridan biri bo‘lgan ta’lim dasturlarida nomoddiy madaniy merosning o‘rganilishi uchun sharoit yaratiladi. |
| 24. | Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent Davlat madaniyat instituti negizida nomoddiy madaniy meros bilan bog‘liq fanlardan saboq beruvchi o‘qituvchilarning ixtisoslik salohiyatini oshirish. Ularga mo‘ljallangan malaka oshirish dasturlarini tayyorlash. | 2011-yildan boshlab | O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi |
Manfaatdor vazirliklarning qo‘shma qarori. Nomoddiy madaniy meros bilan bog‘liq fanlardan mashg‘ulotlar olib boruvchi professor-o‘qituvchilar zarur manbalar bilan qurollantiriladi. Maxsus dasturlar asosida amalga oshiriladigan malaka oshirish kurslarida ularga zarur yangi ma’lumotlar yetkaziladi. |
| 25. | Nomoddiy madaniy merosni saqlovchi va yetkazuvchilarni o‘quv dasturlarini takomillashtirish ishlariga va bevosita o‘quv jarayoniga jalb etish, ularga shart-sharoitlar yaratish. | 2011-2012 o‘quv yilidan boshlab | O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi |
O‘quv dasturlarini tayyorlash va o‘quv jarayoniga nomoddiy madaniy merosni chuqur biladigan mutaxassislar va amaliyotchilar jalb etilishi orqali ta’lim samaradorligi oshirilishiga erishiladi. Tinglovchilarning bevosita shu soha mutasaddilari bilan muloqot qilishlariga erishiladi. |
| 26. | Nomoddiy madaniy merosni o‘rganishga qiziquvchi talaba va o‘quvchilar uchun yozgi o‘quv kurslari, ochiq eshiklar kuni kabi tadbirlarni tashkil etish. | 2011-yildan boshlab | Yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi |
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining yillik rejasi. Talaba va o‘quvchilarning yozgi ta’til davrida tashkil etiladigan maxsus o‘quv kurslarida ularga nomoddiy madaniy meros to‘g‘risida kengroq ma’lumotlar berilishi uchun imkoniyat yaratiladi. Ochiq eshiklar kunida shu sohaga ixtisoslashgan ta’lim muassasalarida erishilgan yutuqlar, tajribalar yoyilishiga erishiladi. Bu tadbirlar natijasida talaba va o‘quvchilarning nomoddiy madaniy meros sohasidagi bilimlar doirasi kengayadi. |
| 27. | Yoshlarni nomoddiy madaniy meros bo‘yicha materiallar to‘plash va targ‘ibot ishlariga jalb etish. | 2011-yildan boshlab | O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Yoshlar ittifoqi |
Manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda yillik rejalar ishlab chiqiladi. Nomoddiy madaniy meros bilan qiziquvchi yoshlar yozga ta’til davrida o‘zlari yashab turgan hududdagi nomoddiy madaniy meros bo‘yicha materiallar to‘plash ishlariga jalb etiladi. Yig‘ilgan qiziqarli materiallar matbuotda e’lon qilinadi, shuningdek, ulardan ishtirokchilarning keyingi izlanishlari va tadqiqotlarida foydalaniladi. Yoshlarning nomoddiy madaniy meros obyektlari bilan bevosita tanishuvi orqali qiziqishlari ortishiga erishiladi. |
| 28. | Nomoddiy madaniy meros targ‘iboti bilan bog‘liq foto va video tanlovlar tashkil etish. | 2010-yildan boshlab har yili | O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Yoshlar ittifoqi |
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining yillik rejasi va maxsus buyrug‘i. Nomoddiy madaniy merosni targ‘ib etuvchilar, nomoddiy madaniy meros bilan bog‘liq tadbirlarning foto va video tasvirlarining tanlovi orqali merosimiz targ‘ib etilishiga erishiladi. Ushbu tanlovlarga tavsiya etilgan foto va videotasvirlardan hujjatlashtirish ishlarida foydalanish imkoniyati yaratiladi. Eng yaxshi namunalar nomoddiy madaniy merosga bag‘ishlangan veb-saytlarda e’lon qilib boriladi. |
| 29. | Nodavlat tashkilotlar va muassasalarga mo‘ljallangan, nomoddiy madaniy merosdan tadbirkorlikda foydalanishga oid dasturlar ishlab chiqish. | 2011-yil avgust | O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Respublika “Mahalla” jamg‘armasi |
Tavsiyaviy qo‘llanma. Nomoddiy madaniy merosni boshqarish va shu sohada tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ishlab chiqilgan dasturlar asosida bevosita joylarda shu sohaning rivojlanishiga va tadbirkorlik asosida moddiy manfaatdorlikka erishiladi. |
| 30. |
Oliy ta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Xazina”, “Meros”, “Barhayot an’analar” ko‘rik-tanlovlarini o‘tkazish. |
Doimiy | O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Yoshlar ittifoqi |
Manfaatdor vazirlik va idoralarning yillik rejasi va maxsus buyruqlari. Talaba va o‘quvchilarning nomoddiy madaniy merosni amaliy o‘zlashtirishlari uchun imkoniyat yaratiladi. Ilg‘or tajribaning keng yoyilishi, targ‘ib etilishiga erishiladi. Yoshlarning qiziqishi ortadi. |
| 31. |
Musiqa, madaniyat va san’at ta’lim yo‘nalishlarida o‘qiyotgan talabalarning nomoddiy madaniy meros borasidagi tadqiqotlarni qo‘llab- quvvatlash va ushbu yo‘nalishdagi eng yaxshi tadqiqotlar tanlovlarini e’lon qilish, g‘oliblarni rag‘batlantirish. Eng sara ishlarni ilmiy to‘plam shaklida chop etish. |
2011-yildan boshlab har ikki yilda | O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Yoshlar ittifoqi |
Manfaatdor vazirlik va idoralarning yillik rejasi va maxsus buyruqlari. Eng yaxshi tadqiqotlarni olib borgan yoshlar moddiy va ma’naviy rag‘batlantiriladi. Ularning ilmiy izlanishlari bepul chop etiladi va tarqatiladi. |
| 32. |
Nomoddiy madaniy meros bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislarning malakasini oshirish. |
2011-yildan boshlab | O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi |
Xorijiy davlatlarda tashkil etiladigan o‘quv kurslari, seminar va treninglarga malakali mutaxassislar jo‘natiladi. Respublika miqyosida ham shunday malaka oshirish tadbirlari tashkil etiladi. Mutaxassislarning kasb malakasi oshadi. Ular so‘nggi ma’lumotlar bilan qurollantiriladi, nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish va saqlash borasida xorijiy davlatlarda amalga oshirilayotgan ishlar va tajribalardan xabardor bo‘ladilar. |
| 33. |
Umumta’lim maktablaridagi Musiqa fani darsliklarini nomoddiy madaniy merosga oid ma’lumotlar bilan boyitish orqali takomillashtirish. |
2011-2012 o‘quv yilidan boshlab | O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi |
Qayta ishlangan Musiqa fani darsliklari. Ushbu fan bo‘yicha olib boriladigan mashg‘ulotlarda san’atning boshqa yo‘nalishlari to‘g‘risida ham qiziqarli ma’lumotlar berilishiga erishiladi. |
|
Nomoddiy madaniy meros obyektlarini saqlashning amaliy chora-tadbirlari | ||||
| 34. |
Nomoddiy madaniy merosimizning boyligi bo‘lgan, unutilish arafasida turgan betakror, purma’no so‘z va iboralarni to‘plash asosida maqollar, matallar, afsona va rivoyatlar, hikoyatlar to‘plamlarini nashr etish. |
Muntazam (maxsus reja asosida) | O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti, Matbuot va axborot agentligi |
Maqollar, matallar, afsona va rivoyatlar, hikoyatlar to‘plamlari Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti xodimlari tomonidan nashrga tayyorlanadi. Ular Matbuot va axborot agentligi tomonidan chop etiladi. Aholining, ayniqsa yoshlarning nomoddiy madaniy merosimizning sara namunalaridan bahramand bo‘lishiga erishiladi. |
| 35. |
Xalqimiz tarixi, madaniyati, vatanparvarlik va xalq qahramonlarining jasorati, milliy qadriyat va an’analarni tarannum etuvchi sahna asarlari yaratishni kuchaytirish, ushbu yo‘nalishlarda yaratilgan asarlarni tomoshabinlar orasida keng namoyish etishni yo‘lga qo‘yish. |
Muntazam | “O‘zbekkino” MA, “O‘zbekteatr” ijodiy ishlab chiqarish birlashmasi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi |
Pyesa va spektakllar yaratiladi. Mazkur asarlar orqali milliy o‘zlikni anglash, milliy g‘urur, vatanparvarlik kabi xislatlar tarbiyalanadi. Yoshlar tarbiyasida milliy urf-odatlar, qadriyatlardan foydalanish imkoniyati yaratiladi. |
| 36. | Nomoddiy madaniy meros muhofazasi va targ‘iboti masalalariga bag‘ishlangan maxsus “Meros” ilmiy-ommabop jurnalini tashkil etish. | 2012-yildan boshlab | O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti, Matbuot va axborot agentligi, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti |
Madaniyat va sport ishlari vazirligi va O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti ta’sischi sifatida ishtirok etadi. Jurnal belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Mazkur jurnalda nomoddiy madaniy meros bilan shug‘ullanuvchi davlat va nodavlat tashkilotlari hamda muassasalaridan olingan ilmiy va ommabop maqolalar chop etiladi. Aholining nomoddiy madaniy meros borasidagi xabardorlik darajasi ortadi. |
| 37. | Nomoddiy madaniy meros targ‘iboti bilan bog‘liq bosma nashrlar, video va audio mahsulotlar, shuningdek, hunarmandchilik mollari tayyorlanishini jonlantirish va sotuvga chiqarish. | 2010-yildan boshlab | O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, “Hunarmand” uyushmasi |
Nomoddiy madaniy meros targ‘iboti bilan bog‘liq kitoblar, filmlar, video va audio yozuvlar, milliy hunarmandchilik mollari, musiqa cholg‘ulari, an’anaviy milliy kiyimlar tayyorlanadi. Ushbu tovarlarni sotish orqali topilgan mablag‘lar shu sohalarni yanada rivojlantirish va kengaytirishga sarflanadi. Mamlakatimiz aholisi va xorijiy turistlar tomonidan sotib olingan tovarlar nomoddiy madaniy merosimizni kengroq targ‘ib etishga xizmat qiladi. |
| 38. | “O‘zbek nonlari va shirinliklari” bayrami (BREAD AND SWEETS Festival)ni o‘tkazish | Har yili mart oyida | “O‘zbekturizm” MK qoshidagi “Inturist Toshkent” DUK, Toshkent shahar hokimligi, vazirliklar |
“O‘zbekturizm” MKning yillik rejasi. Milliy nonlar va shirinliklarni namoyish etish orqali pazandachilik san’atining yutuqlari namoyish etiladi. Toshkentning turistik maskan sifatida jozibadorligi yanada ortishiga erishiladi. |
| 39. | “Chahorbog‘da qovun, uzum sayli” (MELON AND GRAPES Festival)ni o‘tkazish. | Har yili “Mehrjon” bayrami arafasida | “O‘zbekturizm” MK qoshidagi “Inturist Toshkent” DUK, Toshkent shahar hokimligi, “Oromgoh” DUK, vazirliklar |
“O‘zbekturizm” MKning yillik rejasi. Xalq sayllarining tiklanishi, Toshkent shahri va viloyati bo‘yicha turistik mahsulot va dasturlarning yanada boyishi, xorijiy va mahalliy turistlarning mazmunli dam olishi ta’minlanadi. Sayl davomida turli xalq o‘yinlari, folklor jamoalarining chiqishlari, “shirinaki” tanlovlari orqali mehmondo‘stlik an’analari targ‘ib etiladi. |
|
Nomoddiy madaniy merosni saqlash va uning muhofazasini tashkil etish bo‘yicha olib boriladigan targ‘ibot-tashviqot ishlari | ||||
| 40. | Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish, asrash va ulardan foydalanish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, ilg‘or tajribalarni ommaviy axborot vositalari orqali keng targ‘ib etish. | 2010-yildan boshlab | O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi |
Aholi, ayniqsa yoshlarning, shuningdek, chet el jamoatchiligining nomoddiy madaniy meros bo‘yicha xabardorlik darajasini oshirishga qaratilgan, jahon nomoddiy madaniy merosining Reperezentativ ro‘yxatiga kiritilgan va mazkur ro‘yxatga kiritish uchun tavsiya etilgan obyektlar, nomoddiy madaniy meros targ‘iboti bilan bog‘liq xalqaro va respublika miqyosidagi simpoziumlar, seminarlar, jamoatchilik forumlari, festivallar, tanlovlar va ko‘rgazmalar, respublika miqyosida o‘tkazilayotgan tadbirlar, shu sohaga bag‘ishlangan ilmiy ekspeditsiyalar va dala tadqiqotlari haqida ko‘rsatuvlar va eshittirishlar, maqolalar tayyorlanadi va e’lon qilib boriladi. Nomoddiy madaniy meros borasidagi xabardorlik ortadi. Uning mamlakatimiz hayotidagi o‘rni keng ommaga yetkaziladi. |
| 41. | Har yili bir marotaba nomoddiy madaniy merosning targ‘iboti bilan bog‘liq festivallar o‘tkazilishini tashkil etish hamda yoritish. | 2011-yildan boshlab har yili | O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi |
Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tomonidan chiqariladigan qo‘shma buyruq asosida nomoddiy madaniy merosning muayyan yo‘nalishi bo‘yicha festival tashkil etilib, uning viloyat bosqichlari bevosita joylarda yozib olinadi va efirga uzatiladi. Respublika bosqichi Toshkent shahrida o‘tkazilib, televideniye orqali namoyish etiladi. Buning natijasida joylardagi iqtidorlar kashf etilib, ularning faoliyati targ‘ib etiladi. |
| 42. | Nomoddiy madaniy merosni saqlash va targ‘ib etishga ixtisoslashgan davlat va nodavlat tashkilotlari va muassasalarining faoliyatini, bu yo‘nalishdagi tashabbuslarni, nomoddiy madaniy merosning ijtimoiy hamjihatlikni ta’minlashdagi o‘rnini, bu boradagi tajribalarni ommalashtirishga qaratilgan ekspert va mutaxassislar ishtirokidagi ko‘rsatuv va eshittirishlarni tayyorlash va efirga uzatish, maqolalar chop etish. | 2010-yildan boshlab muntazam | O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi |
Teleko‘rsatuvlar, radioeshittirishlar va maqolalar. Davlat va nodavlat tashkilotlari va muassasalarining ushbu yo‘nalishdagi faoliyati tahlil etiladi, ilg‘or tajribalar targ‘ib etiladi. Nomoddiy madaniy meros muhofazasi borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida aholining xabardorligi ortadi. |
| 43. | Internet tarmog‘ida milliy nomoddiy madaniy merosni targ‘ib etishga bag‘ishlangan maxsus veb-sahifalarning doimiy ravishda yangilab turilishini ta’minlash. | Doimiy | O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi |
Nomoddiy madaniy merosni saqlash, muhofaza qilish va targ‘ib etish borasida davlat va nodavlat tashkilotlari hamda muassasalari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida Internet orqali ma’lumotlar olish imkoniyati yaratiladi. |
| 44. |
Xalqimiz tarixi, madaniyati, vatanparvarlik va xalq qahramonlarining jasorati, milliy qadriyat va an’analarni tarannum etishga bag‘ishlangan badiiy, multiplikatsion va hujjatli filmlar yaratilishini yo‘lga qo‘yish. |
2010-yildan boshlab doimiy | “O‘zbekkino” MA |
Yillik rejalar asosida har yili kamida 2 ta badiiy, 4 ta multiplikatsion va 5 ta hujjatli film tasvirga olinadi. Tayyorlangan filmlar kinoteatrlarda namoyish etiladi, shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun ushbu filmlar DVD ko‘rinishida ko‘paytirilib, sotuvga chiqariladi. Xalqimiz, ayniqsa yoshlar o‘rtasida nomoddiy madaniy merosimizning noyob namunalari targ‘ib etilishiga, ularning xabardorlik darajasi ortishiga erishiladi. |
| 45. | Mahalla, tuman, viloyat va respublika bosqichlariga ega bo‘lgan “Nomoddiy madaniy meros targ‘ibotchisi va faoli” tanlovlarini o‘tkazish. | 2011-yildan boshlab | O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Respublika “Mahalla” jamg‘armasi |
Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda Respublika “Mahalla” jamg‘armasining yillik rejalari, maxsus qo‘shma buyruq, tanlov nizomi. Eng faol nomoddiy madaniy meros targ‘ibotchisi va faoli nominatsiyasi bo‘yicha tanlov e’lon qilinib, yil yakunida tanlov g‘oliblari moddiy va ma’naviy rag‘batlantiriladi. Eng ilg‘or tajribalar targ‘ib etiladi. |
|
Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish borasida hamkorlik tarmog‘ini rivojlantirish | ||||
| 46. | Nomoddiy madaniy meros masalalari bilan shug‘ullanuvchi nodavlat tashkilotlari va muassasalarining uyushmasini tashkil etish. | 2011-yil | O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi |
Uyushmaning ta’sis majlisi bayonnomasi. Yagona uyushmaga birlashish orqali nodavlat tashkilot va muassasalarning faoliyati muvofiqlashtirilishiga erishiladi. Hamkorlikda amalga oshiriladigan loyihalar aniqlanadi. Boshqa tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlarda amaliy yordam tashkil etiladi. Hamkorlik aloqalari rivojlanadi. |
| 47. | Davlat va nodavlat tashkilotlari va muassasalari tomonidan o‘tkaziladigan nomoddiy madaniy meros bilan bog‘liq tanlov, ko‘rik, festival, ko‘rgazmalarning yillik rejalari ishlab chiqilishi, muvofiqlashtirilishi va e’lon qilinishini ta’minlash. | 2011-yildan boshlab | O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, “O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg‘armasi, “Hunarmand” uyushmasi, Xalqaro “Oltin meros” jamg‘armasi |
Nomoddiy madaniy meros bilan bog‘liq ommaviy-madaniy tadbirlarning qo‘shma rejasi. Nomoddiy madaniy meros targ‘iboti bilan bog‘liq ommaviy tadbirlarning hamkorlikda, bir-birini takrorlamagan holda tashkil etilishiga va manfaatdor tashkilotlar hamda tomoshabinlarning ularni o‘tkazish muddati va joyidan xabardor bo‘lishiga erishiladi. |
| 48. | Mahallalarda nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish va targ‘ib etish borasidagi ishlarni reja asosida tashkil etish, ularni fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan birgalikda amalga oshirish. | Muntazam | Respublika “Mahalla” jamg‘armasi |
Yillik rejalar. Mahallalarda istiqomat qiladigan nomoddiy madaniy merosni saqlovchi va boshqalarga yetkazuvchilarga tegishli sharoitlar yaratiladi. Shu yo‘nalishdagi tadbirlarni o‘tkazish joyi va muddatlari aniqlanadi, tadbirlarga boshqa hamkor tashkilotlarning ishtiroki ta’minlanadi. |
|
Nomoddiy madaniy meros targ‘ibotida madaniy turizm dasturlaridan keng foydalanish | ||||
| 49. | Boysun, Nurota, Chust, Karmana, Sherobod kabi maskanlarni turistik dasturlarga kiritish choralarini ko‘rish, ushbu qadimiy madaniyat o‘choqlari tarixi va u yerda saqlanib qolgan an’anaviy madaniyatni keng targ‘ib etish. | 2011-yil turistik mavsumidan boshlab | “O‘zbekturizm” MK, turizm faoliyatini olib boruvchi tashkilotlar |
Yangi sayyohlik dasturlari. Dunyo miqyosida boy tariximizning keng targ‘ib etilishiga, turistik mahsulot va dasturlarning yanada boyishiga erishiladi, xorijiy va mahalliy turistlarning mazmunli dam olishi ta’minlanadi. Mamlakatimizdagi qadimiy madaniyat o‘choqlari to‘g‘risidagi xabardorlik darajasi ortadi, an’anaviy madaniyat targ‘ib etiladi. |
| 50. | Barcha turistik tashkilotlar, turist va mehmonlarning “Navro‘z” tantanalariga tashrifini “O‘zbekturizm” MK tizim tashkilotlari orqali markazlashtirilgan holda tashkil etish, Surxondaryoga arzonlashtirilgan narxlarda “Sayohat poyezdi”ni tashkil etish hamda turistik dasturlarning “Shashmaqom”, “Katta ashula”, “O‘lan”, “Dostonchilik”, “Baxshichilik”, “Lapar”, “Tanavor”, masxarabozlik, dorbozlik, qo‘g‘irchoqbozlik, “Ko‘pkari”, turli xalq o‘yinlari, o‘zbek raqslari singari nomoddiy madaniy merosimiz durdonalari bilan boyitilishiga erishish. | 2011-yil turistik mavsumidan boshlab | “O‘zbekturizm” MK, “O‘zbekiston temir yo‘llari” DATK |
Boy madaniy merosimizning keng targ‘ib etilishiga, shu yo‘l bilan ularni saqlanib qolishiga zamin yaratilishi, turistik mahsulot va dasturlarning yanada boyishi, xorijiy va mahalliy turistlarning mazmunli dam olishiga erishiladi. Dunyo miqyosida qadimiy milliy bayramlarimizning keng targ‘ib etilishiga erishiladi. Turistik mahsulot va dasturlarning yanada boyishi, xorijiy va mahalliy turistlarning mazmunli dam olishi ta’minlanadi. Yoshlar Vatanimiz tarixi bilan chuqur tanishtiriladi, yosh avlod har tomonlama yetuk va barkamol voyaga yetishiga ko‘maklashish maqsadida nomoddiy madaniy merosimizning namunalaridan bahramand etiladi. |
| 51. | Nomoddiy madaniy meros namunalari hisoblangan milliy hunarmandchilik mollari, musiqa cholg‘ulari, an’anaviy milliy kiyimlar va shu kabilarni tashrif buyuradigan turistik guruhlar orasida keng targ‘ib etish. | Muntazam ravishda | “O‘zbekturizm” MK |
Milliy hunarmandchilik mollari keng targ‘ib etiladi, shu yo‘l bilan ularning saqlanib qolinishiga zamin yaratiladi, turistik mahsulot va dasturlarning yanada boyishiga erishiladi. |
| 52. | Ichki turizmda, xususan o‘quvchi-talabalar guruhlari orasida nomoddiy madaniy meros namunalarining keng targ‘ib etilishini kuchaytirish. | Muntazam ravishda | O‘zbekturizm” MK, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi |
Yillik reja, qo‘shma buyruqlar. Yosh avlod har tomonlama yetuk va barkamol voyaga yetishiga erishiladi, nomoddiy madaniy merosimizning saqlanib qolinishiga zamin yaratiladi. |
| 53. | Muzeylarda nomoddiy madaniy meros obyektlarini o‘rganish uchun zarur sharoitlarni yaratish. | Muntazam | “O‘zbekmuzey” jamg‘armasi |
Yillik reja. Mamlakatimiz aholisining nomoddiy madaniy merosdan bahramand bo‘lishiga erishiladi, yosh avlodning har tomonlama yetuk va barkamol voyaga yetishiga xizmat qiluvchi nomoddiy madaniy merosimizning saqlanib qolishiga zamin yaratiladi. |
| 54. | Xorijiy va mahalliy turistlarga mo‘ljallab Buxoro va Toshkent shaharlarida “Shashmaqom” siklidan iborat, Farg‘ona vodiysida “Katta ashula” namunalaridan iborat maxsus dasturlar namoyish etilishini yo‘lga qo‘yish. | 2010-yil kuzgi turistik mavsumidan boshlab | “O‘zbekturizm” MK qoshidagi “Inturist Toshkent” DUK, “Oltin meros” xalqaro jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi |
Yangi musiqiy dasturlar. “Shashmaqom”ning keng targ‘ib etilishi, shu yo‘l bilan uning saqlanib qolishiga zamin yaratilishi, turistik mahsulot va dasturlarning yanada boyishi, xorijiy va mahalliy turistlarning mazmunli dam olishiga erishiladi. Katta ashula namunalarining keng targ‘ib etilishi, uning saqlanib qolishiga zamin yaratilishi, xorijiy va mahalliy turistlarning mazmunli dam olishiga erishiladi. |
|
Nomoddiy madaniy meros namunalarini saqlashni moliyalashtirish tizimini yanada takomillashtirish | ||||
| 55. | Madaniyatshunoslar, san’atshunoslar, folklorshunos, etnograf va ekspertlarning nomoddiy madaniy merosni o‘rganish bo‘yicha ekspeditsiyalarini muntazam ravishda tashkil etib borish va ushbu tadbirlarni maqsadli moliyalashtirish choralarini ko‘rish. | 2011—2020-yillar | O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi |
Madaniyat va sport ishlari vazirligi O‘zbekiston Fanlar akademiyasi bilan kelishgan holda ekspeditsiya rejasini ishlab chiqadi va navbatdagi yilgi xarajatlar smetasiga kiritilishini asoslaydi. Shu asosda budjet mablag‘lari ajratiladi. |
| 56. | Madaniyat va sport ishlari vazirligi tasarrufidagi oliy ta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida tahsil olayotgan yoshlarni nomoddiy madaniy meros bo‘yicha materiallar to‘plash va targ‘ibot ishlariga jalb etish masalasining moliyalashtirilishini hal etish. | 2012-yildan boshlab | O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, “Kamolot” YOIH |
Madaniyat va sport ishlari vazirligi O‘zbekiston Fanlar akademiyasi bilan kelishgan holda ekspeditsiya rejasini ishlab chiqadi va navbatdagi yilgi xarajatlar smetasiga kiritilishini asoslaydi. Shu asosda budjet mablag‘lari ajratiladi. |
| 57. | Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish doirasidagi tadbirlarni maqsadli moliyalashtirishni tashkil etish, homiylar va madaniyat sohasida hamkorlik qilishga ixtisoslashgan xalqaro tashkilotlar mablag‘larini jalb qilish. | Muntazam | O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi |
Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish, hujjatlashtirish, mavjud hujjatlarni tarjima qilish, shu sohaga ixtisoslashgan muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash borasida asoslangan takliflar tayyorlanib, belgilangan tartibda taqdim etiladi. Ajratiladigan grantlar uchun asosli loyihalar taqdim etiladi. |