Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 30.12.2003 yildagi 578-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 30.12.2003 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ChIGIT EKISh UChUN AGROTEXNIKA TADBIRLARINI OʻTKAZISh ChORA-TADBIRLARI VA 2004 YILDA PAXTA YETIShTIRIShNING PROGNOZ HAJMLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2004-yil paxta hosili uchun agrotexnika tadbirlarini oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasining 2004-yilda paxta yetishtirishning prognoz hajmlari toʻgʻrisidagi taklifi ilovaga muvofiq qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta yetishtirishning koʻrsatilgan hajmlariga 2004-yil hosili uchun paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklar va tayyorlov tashkilotlari oʻrtasida kontraktatsiya shartnomalari tuzishda nazorat koʻrsatkichlari sifatida qaralsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Paxtachilikni rivojlantirish kengashi tavsiyalarini hisobga olgan holda ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jahon bozorida paxta tolasiga shakllanayotgan konyunkturadan va almashlab ekish joriy etilishidan kelib chiqib chigitning rayonlashtirilgan va istiqbolli navlarini joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chigitni plyonka ostida ekish maydonlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chigit navlarining jahon paxta bozorida xaridorgir boʻlgan istiqbolli navlari yaratilishini ragʻbatlantiruvchi seleksiya navlariga tuzatish koeffitsiyentlari boʻyicha takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxta narxlarini shakllantirish mexanizmi toʻgʻrisida” 2002-yil 20-avgustdagi PF-3114-son Farmoniga muvofiq belgilanadigan paxta xomashyosining xarid narxlarini hisobga olgan holda tijorat banklari, “Paxtasanoat” hududiy birlashmalari bilan birgalikda, 2003-yil dekabr oyidan boshlab qishloq xoʻjaligi korxonalariga avans berishni va 2004-yil hosili uchun kontraktatsiya shartnomalari tuzgan fermer xoʻjaliklariga toʻgʻridan toʻgʻri imtiyozli kredit berishni agrotexnika tadbirlariga qatʼiy muvofiq holda amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 2004-yilda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta tolasi hajmi amalda yetishtiriladigan paxta xomashyosi hajmining 50 foizi miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 31-oktabrdagi 421-son, 2001-yil 2-maydagi 201-son va 2001-yil 26-noyabrdagi 461-son qarorlariga muvofiq Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi loyihalar amalga oshirilayotgan tumanlar va qishloq xoʻjaligi korxonalari uchun paxta xomashyosi xaridining belgilangan tartibi va prinsiplari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 26-dekabrdagi 501-son qarori bilan tasdiqlangan paxta xomashyosi uchun uning sifat koʻrsatkichlarini hisobga olgan holda hisob-kitob qilish tartibi saqlab qolinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzagromashservis” uyushmasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yerlarning oʻz vaqtida va sifatli shudgorlanishi, yuvilishi va tekislanishini, gipslangan va zichlashgan tuproqlarning imkoni boricha chuqur yumshatilishini, kuzgi shudgorlashdan oldin fosforli va organik oʻgʻitlar solinishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chigit ekish uchun moʻljallangan yerlarda yanvar-fevral oylarida pushta olish amaliyotini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kuchli shoʻrlangan yerlarga chigit ekmaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yerlarning botqoqqa aylanishining, gʻoʻza zararkunandalari va kasalliklar bilan zararlanishining oldini olish uchun chigit ekish moʻljallangan maydonlar yaqiniga sholi va makkajoʻxori ekmaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasining janubiy tumanlarida sholi ekmaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shirkat xoʻjaliklari, fermer xoʻjaliklari bilan tuzilgan shartnomalar asosida xoʻjalik ichki kollektor-drenaj tarmoqlarini tozalash tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari bilan paxtachilik xoʻjaliklari kontraktatsiya shartnomalarini oʻz vaqtida tuzish yuzasidan javobgarlik — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxtachilik xoʻjaliklariga agrotexnika tadbirlarini oʻtkazish uchun mexanizatsiyalashgan xizmatlarni oʻz vaqtida koʻrsatish, texnikani taʼmirlash uchun zarur ehtiyot qismlar yetkazib berish yuzasidan javobgarlik — “Oʻzagromashservis” uyushmasiga, “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxtachilik xoʻjaliklarga tuzilgan shartnomalar boʻyicha mineral oʻgʻitlar va kimyolashtirish vositalarini oʻz vaqtida yetkazib berish yuzasidan javobgarlik — “Oʻzkimyosanoat” va “Oʻzqishloqxoʻjalikkimyo” kompaniyalariga;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
haqining 30 foizini oldindan toʻlagan taqdirda xoʻjaliklar va mashina-traktor parklarini yonilgʻi-moylash materiallari bilan uzluksiz taʼminlash yuzasidan javobgarlik — “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2003-yil 30-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
578-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 30-dekabrdagi 578-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2004-yilda paxta yetishtirishning prognoz hajmlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yalpi hosil, ming tonna‎
Qoraqalpogʻiston Respublikasi ‎ 176,0‎
viloyatlar:‎
Andijon‎ 310,0‎
Buxoro‎ 360,0‎
Jizzax‎ 230,0‎
Qashqadaryo‎ 410,0‎
Navoiy‎ 110,0‎
Namangan‎ 270,0‎
Samarqand‎ 235,0‎
Surxondaryo‎ 345,0‎
Sirdaryo‎ 264,0‎
Toshkent‎ 275,0‎
Fargʻona‎ 340,0‎
Xorazm‎ 275,0‎
Jami‎ 3600,0‎