Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.10.2020 06.09.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2140
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining buyrugʻi, 06.09.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2140
Kuchga kirish sanasi
16.09.2010
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.10.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish AGENTLIGI BOSh DIREKTORINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TAKSOFON ORQALI TELEFON ALOQA XIZMATLARINI KOʻRSATISh QOIDALARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 6-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2140]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2020-yil 30-iyundagi 208-mh-sonli “Telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3275, 30.06.2020-y.) asosan 2020-yil 1-oktabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 219-modda) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-maydagi 215-son “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 19-son, 220-modda) qaroriga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Taksofon orqali telefon aloqa xizmatlarini koʻrsatish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi tomonidan 1998-yil 2-iyunda tasdiqlangan Taksofonlardan telefon aloqasi xizmatlarini taqdim etish va ulardan foydalanish qoidalari (roʻyxat raqami 445, 1998-yil 11-iyun) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh direktor X. MUHITDINOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,

2010-yil 3-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
290-son

Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2010-yil 3-avgustdagi 290-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taksofon orqali telefon aloqa xizmatlarini koʻrsatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QOIDALARI

Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 2-songa ilova), Oʻzbekiston Respublikasining “Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 219-modda), “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 59-modda), “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 170-modda) qonunlariga muvofiq taksofonlardan telefon aloqasi xizmatlarini taqdim etish va ulardan foydalanishning tartib va shartlarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Qoidalarda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-maʼlumot xizmati — foydalanuvchilarga, ularning tashabbusiga koʻra, ogʻzaki (tovushli) yoki vizual soʻrov shaklida ifodalangan axborotni (bir telefon bogʻlanish chegarasida) taqdim etuvchi xizmat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy telefon aloqasi — bir aholi punkti yoki maʼmuriy tuman doirasida joylashgan foydalanuvchilar oʻrtasidagi telefon orqali bogʻlanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taksofon — telefon aloqani oʻrnatish, foydalanuvchilarga soʻzlashuvlar va qoʻshimcha xizmatlarni taqdim etish uchun moʻljallangan, foydalanuvchilar bilan naqd pul va naqd pulsiz toʻlov vositalari (maxsus jeton, toʻlov kartasi) yordamida darhol hisob-kitob qilish qurilmasidan iborat boʻlgan, shu jumladan, soʻzlashuv punktlarida oʻrnatiladigan oxirgi abonent telefon qurilmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taksofon orqali telefon aloqadan foydalanuvchi (keyingi oʻrinlarda foydalanuvchi deb yuritiladi) — taksofon orqali telefon aloqa xizmatlarining isteʼmolchisi hisoblangan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taksofon orqali telefon aloqa xizmatlari provayderi (keyingi oʻrinlarda provayder deb yuritiladi) — operator tarmogʻi orqali foydalanuvchilarga taksofon orqali telefon aloqa xizmatlarini koʻrsatuvchi operator bilan shartnoma tuzgan yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekommunikatsiya operatori (keyingi oʻrinlarda operator deb yuritiladi) — mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida telekommunikatsiyalar tarmogʻiga ega boʻlgan, uning ishlashi va rivojlanishini taʼminlovchi hamda telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekommunikatsiyalar tarmogʻidan foydalanish — taksofonlardan telefon aloqasi xizmatlarini taqdim etish uchun provayderga telekommunikatsiya vositalari va inshootlaridan foydalanish imkoniyatini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻlov kartasi — kodlangan maʼlumotni saqlaydigan, tarmoq foydalanuvchisini identifikatsiya qilish va chaqiruvni initsiatsiya qilish imkoniyatini beruvchi toʻlov vositasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaharlararo telefon aloqasi — Oʻzbekiston Respublikasining turli maʼmuriy tumanlari doirasida (shahar tarkibidagi tumanlardan tashqari) joylashgan foydalanuvchilar oʻrtasidagi telefon orqali bogʻlanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro telefon aloqasi — Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan foydalanuvchi va boshqa davlat hududida joylashgan foydalanuvchi oʻrtasidagi telefon orqali bogʻlanish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Operatorlar va provaydyerlarning faoliyati qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda litsenziyalash amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Taksofonlar koʻchalarda, maydonlarda, bozorlarda, aloqa boʻlimlarida, aeroportlarda, vokzallarda, metro bekatlarida, avtobus bekatlarida, doʻkonlarda, oʻquv yurtlarida, shahar jamoat transporti bekatlarida, tibbiyot va davolash muassasalarida, maxsus jihozlangan soʻzlashuv punktlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining bino va inshootlarida hamda boshqa joylarda kelishuv asosida oʻrnatilishi mumkin. Taksofonlar alohida turuvchi hamda ixcham holatda joylashtirilgan boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻrnatilgan taksofonlar ushbu turdagi telekommunikatsiya vositalariga qoʻyiladigan texnik talablarga, standartlarga, sanitariya va yongʻinga qarshi norma va qoidalariga mos kelishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Taksofonlar, kabina va yarim kabinalarning joylashtirilishi va jihozlanishi foydalanish uchun qulaylikni, zarur yoritilganlikni, tashqi shovqin va atmosfera yogʻingarchiliklari taʼsirlarining chegaralashini, soʻzlashuvlarning sir saqlanishini taʼminlashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Taksofonlar oʻrnatilgan joylarda quyidagilar boʻlishi shart:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taksofondan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taksofonlarni ekspluatatsiya qiluvchi operator yoki provayder toʻgʻrisida axborot (nomi, manzili, telefon nomyerlari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqdim etiladigan xizmatlar tarifi toʻgʻrisida axborot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼlumot koʻrinishidagi axborot (favqulodda tezkor xizmatlar hamda taksofonlarni taʼmirlash xizmatining telefon nomyerlari, yaqin atrofda joylashgan taksofonning manzili va boshqalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus jetonlar va toʻlov kartalarini sotib olish joylari toʻgʻrisidagi axborot.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Operator tomonidan taksofonlarga telefon nomyerlari ajratilgan hollarda, shunday taksofonlardan kiruvchi chaqiruvlarni qabul qilib olish uchun foydalanish mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Foydalanuvchilarga taksofon orqali koʻrsatiladigan telefon aloqa xizmati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Taksofon orqali quyidagi pullik xizmat turlari koʻrsatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy telefon soʻzlashuvlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaharlararo telefon soʻzlashuvlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro telefon soʻzlashuvlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-maʼlumot xizmati operatorlari bilan telefon aloqasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Taksofondan quyidagi favqulodda tezkor xizmatlarni chaqirish bepul amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yongʻin xavfsizligi xizmati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki ishlar organlari;
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2019-yil 29-iyuldagi 201-mh-sonli (roʻyxat raqami 2140-1, 05.08.2019-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2019-y., 10/19/2140-1/3622-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tez tibbiy yordam;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gaz tarmogʻining avariya xizmati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining qutqaruv xizmati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Operatorning huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Operator quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
provayder shartnoma shartlarini buzganda provayderning telekommunikatsiya tarmogʻidan foydalanishini toʻxtatib qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
provayder tomonidan keltirilgan zararlar oʻrnini shartnomaga muvofiq qoplanishini talab qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
provayderning noqonuniy harakatlari ustidan qonun hujjatlariga muvofiq shikoyat qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Operator tomonidan taksofon orqali telefon aloqa xizmatlari bevosita koʻrsatilgan holda, operator quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanuvchilarga xizmatlarni koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanuvchilarga taksofon orqali telefon aloqa xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha texnik siyosatni mustaqil ravishda belgilash va tashkiliy tadbirlarni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Operator qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Operator quyidagilarga majburdir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirish;

tuzilgan shartnoma asosida provayderga telekommunikatsiya tarmogʻidan foydalanishini taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnomaning bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun provaydyerlarga yetkazilgan zararlarni qoplash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
provaydyerlarni telekommunikatsiya tarmoqlaridan normal foydalanish rejimi buzilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan tarmoqdagi taʼmirlash-sozlash va profilaktika ishlarining boshlanish vaqti va davomiyligi toʻgʻrisida xabardor qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
provaydyerlarning shikoyatlarini, agar tuzilgan shartnomada boshqacha holat nazarda tutilmagan boʻlsa, 15 kundan koʻp boʻlmagan muddatda koʻrib chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Operator tomonidan taksofon orqali telefon aloqa xizmatlari bevosita koʻrsatilgan holda, operator quyidagilarga majburdir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanuvchini taksofon orqali sifatli telefon aloqa xizmatlaridan foydalanishini taʼminlash;

taksofonlar, kabinalar va yarim kabinalarni soz holatda saqlanishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taksofon orqali telefon aloqa xizmatlarini koʻrsatish tartibi va shartlari oʻzgarganligi toʻgʻrisidagi axborotni foydalanuvchilarga taqdim etish;

foydalanuvchilar uchun qulay boʻlgan (savdo tarmogʻi, aloqa boʻlimi va hokazo) joylarda maxsus jeton yoki toʻlov kartalari sotilishini taʼminlash;

foydalanuvchilarning shikoyatlarini qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda koʻrib chiqish.

Operator zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Provayderning huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Provayder quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operator tomonidan shartnoma shartlari buzilgan taqdirda operator xizmatlarini rad etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operatordan uzilishlarda yoki telekommunikatsiya tarmogʻidan lozim darajada foydalanilmaganda toʻlovlarning qayta hisoblanishini talab qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanuvchilarga taksofon orqali telefon aloqa xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha texnik siyosatni mustaqil ravishda belgilash va tashkiliy tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operator yoki foydalanuvchining aybi bilan yetkazilgan moddiy zarar qoplanishini talab qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz huquqlari buzilgan taqdirda vakolatli davlat organlariga yoki sudga murojaat qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Provayder qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Provayder quyidagilarga majburdir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekommunikatsiya tarmogʻidan foydalanish uchun operatorga toʻlovni oʻz vaqtida amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operatorning ish sifatini pasaytirishga yoki telekommunikatsiya tarmoqlarini shikastlantirishga qaratilgan xatti-harakatlar qilmaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanuvchini taksofon orqali sifatli telefon aloqa xizmatlaridan foydalanishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taksofonlar, kabinalar va yarim kabinalar soz holatda saqlanishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taksofon orqali telefon aloqa xizmatlarini koʻrsatish tartibi va shartlari oʻzgarganligi toʻgʻrisidagi axborotni foydalanuvchilarga taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanuvchilar uchun qulay boʻlgan (savdo tarmogʻi, aloqa boʻlimi va hokazo) joylarda maxsus jeton yoki toʻlov kartalari sotilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanuvchilarning shikoyatlarini qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda koʻrib chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Provayder zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Foydalanuvchi quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operator yoki provayder tomonidan ushbu Qoidalarga muvofiq oʻz vaqtida va sifatli xizmat koʻrsatilishidan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taksofonlarni ekspluatatsiya qiluvchi operator yoki provayderni taksofonlarning sifatsiz ishlashi, kabina va yarim kabinalarning qoniqarsiz holati toʻgʻrisida arz qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taksofon orqali telefon aloqa xizmatlarini taqdim etish bilan bogʻliq takliflar va daʼvolar bilan operatorga yoki provayderga murojaat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operatorning yoki provayderning aybi bilan telefon aloqa xizmatlari koʻrsatilmaganligi yoki sifatsiz koʻrsatilganligi natijasida keltirilgan zarar oʻrnini qoplanishini talab qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Foydalanuvchi quyidagilarga majburdir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Qoidalarga rioya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taksofondan foydalanish boʻyicha yoʻriqnomaga muvofiq foydalanish, taksofonlar, kabinalar yoki yarim kabinalarning shikastlanishiga yoʻl qoʻymaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqdim etilgan soʻzlashuv toʻlovi uchun taksofonlarning ushbu tipi uchun moʻljallangan naqd pul va naqd pulsiz toʻlov vositalaridan (maxsus jeton, toʻlov kartasi) foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operatorga yoki provayderga yetkazilgan zararni qonun hujjatlariga muvofiq qoplash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Taksofon orqali telefon aloqa xizmatiga haq toʻlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Taksofon orqali telefon aloqa xizmatiga haq toʻlash uchun maxsus jeton, toʻlov kartasi, tanga va milliy valyutaning tegishli kupyurasi ishlatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toʻlov kartasida quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kartani tayyorlagan yuridik shaxs (firma) nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmatlar uchun avans toʻlovining miqdori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kartani tayyorlash uchun buyurtma bergan operator yoki provayderning maʼlumot (bogʻlanish) uchun telefonlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kartadan foydalanish qoidalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kartaning identifikatsion raqami.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Taksofon orqali mahalliy, shaharlararo va xalqaro telefon aloqasi xizmati uchun tariflar qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Taksofon orqali shaharlararo va xalqaro telefon aloqasining tarifikatsiya birligining oʻlchovi hamda tarifikatsiya birligining toʻliq boʻlmagan birligini toʻlash tartibi operator yoki provayder tomonidan foydalaniladigan kommutatsiya texnikasining texnik imkoniyatlariga bogʻliq holda belgilanadi. Bunda tarifikatsiya birligi bir minutdan koʻp boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Taksofon orqali telefon soʻzlashuvining davomiyligi chaqiriluvchi abonent yoki abonent qurilmasining javobidan to chaqiruvchi yoki chaqiriluvchi abonentning yoki abonent qurilmasining uzilishigacha hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Chaqiriluvchi shaxsning javobiga tenglashtirilgan, javob signali telefon soʻzlashuvi davomiyligi hisobining boshlanishi boʻlgan, abonent qurilmasiga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼlumotlar uzatish apparaturasi (modem va boshqalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faksimil apparati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtojavob bergich bilan jihozlangan abonent qurilmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chaqiriluvchi abonentga maxsus signalizatsiya tizimi yordamida telefon apparati trubkasining koʻtarilishini imitatsiya qilish vositasida chaqiruvchi abonent nomerini aniqlash imkonini beradigan maxsus qurilma bilan taʼminlangan telefon apparati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
abonent boʻlmaganda uning oʻrnini bosadigan va axborot almashinuvini taʼminlaydigan (yoki imitatsiya qiladigan) boshqa abonent qurilmasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Mazkur Qoidalar talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qoʻmitasi raisi J. ISMAILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 3-avgust.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 35-36-son, 310-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2019-y., 10/19/2140-1/3622-son)