Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.05.2022 13.08.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2131
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining qarori, 13.08.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2131
Kuchga kirish sanasi
23.08.2010
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.05.2022
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR, INVESTITSIYaLAR VA SAVDO VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QO‘MITASINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TOVARLARNING KELIB ChIQIShINI SERTIFIKATLAShNI O‘TKAZISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 10-maydagi 11-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3366, 10.05.2022-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 13-avgustda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2131]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 31-dekabrdagi PQ-2463-son “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining tuzilmasini maqbullashtirish va uning faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 31-martdagi 137-sonli “O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdo faoliyatini erkinlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasida tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni o‘tkazish tartibini takomillashtirish va amaldagi qonunchilik normalarini bir xilda qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladilar:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2016-yil 2-dekabrdagi 2016/39-7, 90, 01-02/16-65-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2131-2, 14.12.2016-y.) tahririda —O‘R QHT, 2016-y., 50-son, 573-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tomonidan 1999-yil 22-martda 01/12-1327-son bilan, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1999-yil 19-mayda EG/02-6405/1050-son bilan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan 1999-yil 1-martda 02/8-45-son bilan tasdiqlangan Tovarlar ishlab chiqarilgan mamlakatni aniqlash qoidalari (ro‘yxat raqami 787, 1999-yil 30-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 248-modda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tomonidan 2000-yil 6-yanvarda VR-01/12-62-son bilan, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan 2000-yil 7-yanvarda 5 son, 02/8-02-son bilan tasdiqlangan “Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 30-iyulda 787-son bilan ro‘yxatga olingan Tovarlarning kelib chiqish mamlakatini aniqlash qoidalariga 1-son qo‘shimcha” (ro‘yxat raqami 787-1, 2000-yil 17-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 2-son, 22-modda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tomonidan 2000-yil 30-iyunda EG-01/12-3409-son bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom (ro‘yxat raqami 945, 2000-yil 13-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 13-son, 39-modda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligining 2005-yil 25-maydagi NN-01/10-2298-son “O‘zbekiston Respublikasida tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 945-1, 2005-yil 1-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 22-son, 164-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E. G‘ANIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 19-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
EG-01/10-4014-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vaziri R. AZIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 19-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat bojxona qo‘mitasi raisi S. NOSIROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 19-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
01-02/8-10-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasining 2010-yil 19-iyuldagi EG-01/10-4014, 60, 01-02/8-10 son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 31-dekabrdagi PQ-2463-son “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining tuzilmasini maqbullashtirish va uning faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 31-martdagi 137-son “O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdo faoliyatini erkinlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni o‘tkazish tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2016-yil 2-dekabrdagi 2016/39-7, 90, 01-02/16-65-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2131-2, 14.12.2016-y.) tahririda —O‘R QHT, 2016-y., 50-son, 573-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Asosiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchi — tovarlarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi sertifikatni olish uchun murojaat etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli organ — zimmasiga sertifikat berish funksiyasi yuklatilgan organ. O‘zbekiston Respublikasida vakolatli organ bo‘lib “O‘zbekekspertiza” AJ va uning bo‘linmalari hisoblanadi;
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2016-yil 2-dekabrdagi 2016/39-7, 90, 01-02/16-65-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2131-2, 14.12.2016-y.) tahririda —O‘R QHT, 2016-y., 50-son, 573-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli shaxs — vakolatli organning sertifikatni guvohlantirish uchun mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxs;
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2016-yil 2-dekabrdagi 2016/39-7, 90, 01-02/16-65-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2131-2, 14.12.2016-y.) tahririda —O‘R QHT, 2016-y., 50-son, 573-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarishni ekspertiza qilish — ekspert tomonidan ariza beruvchining ishlab chiqarishini mazkur Nizomda belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovarlarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi sertifikat (bundan buyon sertifikat deb yuritiladi) — tovarlarning kelib chiqish mamlakati to‘g‘risida aniq dalolat beruvchi hujjat, shu jumladan elektron shakldagi hujjat;
(1-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2012-yil 30-avgustdagi EG-01/10-4974, 67, 01-02/8-13-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2131-1, 03.10.2012-y.) tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 40-son, 471-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlash (bundan buyon matnda sertifikatlash deb yuritiladi) — O‘zbekiston Respublikasidan eksport va reeksport qilinayotgan tovarlarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi sertifikatni berish, guvohlantirish orqali tovarlarning kelib chiqish mamlakatini aniqlash maqsadida ekspertiza o‘tkazish jarayoni;
(1-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2012-yil 30-avgustdagi EG-01/10-4974, 67, 01-02/8-13-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2131-1, 03.10.2012-y.) tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 40-son, 471-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar — bojxona chegarasidan o‘tuvchi har qanday mol-mulk, shu jumladan issiqlik, elektr, boshqa energiya turlari va transport vositalari (tovar va yo‘lovchilarni xalqaro tashish xizmatlarini amalga oshiruvchi transport vositalaridan tashqari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar turkumi — bitta oluvchining manziliga bitta transport hujjati bo‘yicha kelayotgan yoki bitta pochta yuk xati bilan jo‘natilayotgan yoxud bojxona chegarasi orqali o‘tayotgan bitta jismoniy shaxsning qo‘l yukida va bagajida olib o‘tilayotgan tovar yoki uning bir qismi;
(1-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2016-yil 2-dekabrdagi 2016/39-7, 90, 01-02/16-65-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2131-2, 14.12.2016-y.) tahririda —O‘R QHT, 2016-y., 50-son, 573-modda)
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2012-yil 30-avgustdagi EG-01/10-4974, 67, 01-02/8-13-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2131-1, 03.10.2012-y.) asosan sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 40-son, 471-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekspert — vakolatli organning zimmasiga ekspertiza o‘tkazish, ekspertiza dalolatnomasini yoki ekspert xulosasi va sertifikatni rasmiylashtirish funksiyasi yuklatilgan vakili.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aynan bir xil tovar” — bir ishlab chiqaruvchi tomonidan aynan bir xil texnologik jarayonga asosan ishlab chiqarilgan, tarkibi, nomi (shu jumladan, modeli, savdo belgisi, turi bo‘yicha) va TIF TN kodlari bo‘yicha bir xil tavsiflangan, aynan bir ariza beruvchi tomonidan sertifikatlash uchun taqdim etilgan tovar.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2016-yil 2-dekabrdagi 2016/39-7, 90, 01-02/16-65-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2131-2, 14.12.2016-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan —O‘R QHT, 2016-y., 50-son, 573-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Sertifikat vakolatli organ tomonidan tovarning kelib chiqish mamlakatini guvohlantirish maqsadida rasmiylashtiriladi va tovar olib kiriladigan mamlakatning qonunchiligiga muvofiq imtiyozlar olish uchun qo‘llanilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan tovarlarni olib chiqib ketish vaqtida sertifikat, basharti uning zarurligi tegishli shartnomalarda, tovar olib kiriladigan mamlakatning milliy qoidalarida qayd etilgan yoki O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarida nazarda tutilgan bo‘lsa, shuningdek eksportyorning talabi bo‘yicha beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tovarlarning kelib chiqish mamlakatini aniqlash tamoyillari mavjud xalqaro amaliyotga asoslanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Tovarlarning kelib chiqish mamlakatini aniqlash qoidalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tovarlar batamom ishlab chiqarilgan yoki yetarli darajada qayta ishlangan mamlakat tovarning kelib chiqish mamlakati hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir guruh mamlakatlar, mamlakatlarning bojxona ittifoqlari, mintaqa yoki basharti, tovar ishlab chiqarilgan joyni aniqlash maqsadi ajratib ko‘rsatishni taqozo etsa, biror mamlakatning muayyan qismi tovar ishlab chiqarilgan mamlakat deb hisoblanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagi tovarlar mazkur mamlakatda batamom ishlab chiqarilgan deb hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) uning hududidan yoki hududiy suvlaridan yoxud kontinental shelfidan va dengiz ostidan olingan foydali qazilmalar, agar mamlakat dengiz ostini qazish uchun mutlaq huquqqa ega bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) uning hududida o‘stirilgan yoki yig‘ib olingan o‘simlik mahsulotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) mamlakatda tug‘ilgan va parvarish qilingan tirik hayvonlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) mamlakatda yetishtirilgan o‘simlik mahsulotlari va hayvonlardan olingan mahsulot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) mamlakatda tayyorlangan ovchilik, baliqchilik va dengiz ovi mahsuloti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) mamlakat kemalarida yoki u ijaraga olgan (fraxt qilingan) kemalarda jahon okeanida ovlangan va (yoki) tayyorlangan dengiz ovi mahsulotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) mamlakatdagi ishlab chiqarish yoki boshqa operatsiyalarning natijasi bo‘lmish ikkilamchi xomashyo va chiqindilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) mamlakatga qarashli yoki u ijaraga olgan kosmik kemalarda ochiq kosmosda olingan yuqori texnologiya mahsulotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) mamlakatda mazkur bandning “a”—“z” kichik bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan mahsulotlardangina ishlab chiqarilgan tovarlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Agar tovarni ishlab chiqarishda ikki yoki undan ortiq mamlakat ishtirok etayotgan bo‘lsa, tovarning kelib chiqishi uning “yetarli darajada qayta ishlanganligi” mezoniga muvofiq aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ushbu mamlakatda tovarning “yetarlicha darajada qayta ishlanganligi” mezoni quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarni qayta ishlash natijasida tovar pozitsiyasining (tovarning tasniflovchi kodining) TIF TN bo‘yicha dastlabki to‘rtta kod belgisining istalgan biri darajasida o‘zgarishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
advalor ulush qoidasi — foydalanilgan materiallar qiymatining yoki qo‘shilgan qiymatning foizlardagi ulushi yetkazib berilayotgan tovar bahosining qayd etilgan ulushiga yetganda, tovar qiymatining o‘zgarishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
81. Tovarlarni MDH davlatlariga eksport qilishda “yetarlicha darajada qayta ishlanganligi” mezonini qo‘llash uchun kumulatsiya tamoyilidan foydalanish mumkin, ya’ni tovarlarni MDH davlatlarida birin-ketinlikda qayta ishlashda, ushbu davlatlar kelib chiqishni aniqlash maqsadlari uchun yaxlit hudud sifatida ko‘riladi.
(81-band O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2012-yil 30-avgustdagi EG-01/10-4974, 67, 01-02/8-13-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2131-1, 03.10.2012-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2012-y., 40-son, 471-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Agar aniq tovar yoki aniq mamlakatga (mamlakatlarga) nisbatan tovarning kelib chiqishi mezoni alohida belgilanmagan bo‘lsa, TIF TN bo‘yicha dastlabki to‘rtta kod belgisining istalgan biri darajasida tovar pozitsiyasining (tovarning tasniflovchi kodining) o‘zgarishi sodir bo‘lsa, tovar yetarli darajada qayta ishlanganligi to‘g‘risidagi qoida qo‘llaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Etarli darajada qayta ishlanganlik mezoni advalor ulush orqali ifodalangan holatlarda, qiymatli ko‘rsatkichlar quyidagicha hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) import qilinayotgan materiallar uchun — olib kirishda boj olinadigan (SIF negizida) qiymat bo‘yicha; yoki agar ularning kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan holda, — ishlab chiqarish amalga oshiriladigan mamlakat hududida belgilangan birinchi sotuv bahosi bo‘yicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) tayyor tovarlar uchun — franko-zavod bahosi yoki eksport bahosi bo‘yicha.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Quyidagilar “yetarli darajada qayta ishlanganlik” mezoniga javob bermaydi deb hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) saqlash yoki transportda tashish vaqtida tovarlarning saqlanishini ta’minlash bo‘yicha operatsiyalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) tovarlarni sotish va transportda tashishga tayyorlash bo‘yicha operatsiyalar (tovar turkumini maydalash, tovarlarni jo‘natishni tashkil qilish, saralash, qaytadan o‘rash);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) oddiy yig‘uv operatsiyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) tovarlarni (tarkibiy qismlarni) aralashtirib hosil qilingan mahsulotga unga dastlabki tarkibidan jiddiy farqlanadigan xususiyatlarni bermaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) yuqorida ko‘rsatilgan operatsiyalarning ikkitasi yoki undan ortig‘ini bir vaqtda amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) chorva mollarini so‘yish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ishlab chiqarish yoki transport sharoitlariga ko‘ra, tovarlarni bitta turkum qilib jo‘natishning iloji bo‘lmaganligi sababli ular bo‘lib-bo‘lib yoki yig‘ilmagan holda yetkazib berilsa*, uning kelib chiqishini aniqlash nuqtai nazaridan importyorning xohishiga ko‘ra, yagona predmet deb qaralishi kerak**.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Bu qoida, shuningdek bir turkum tovar noto‘g‘ri taqsimlanishi yoki manzili noto‘g‘ri ko‘rsatilganligi sababli bir nechta turkumga bo‘lingan hollarda ham qo‘llaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** Ushbu qoidaning qo‘llanish sharti quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bo‘laklarga bo‘lingan yoki yig‘ilmagan tovarning bir necha turkumga taqsimlanganligini, bunday taqsimlash sabablarini, har bir turkumga kiradigan tovarlarning TIF TN bo‘yicha kodlari, qiymati va ularni ishlab chiqargan mamlakatni ko‘rsatgan holda har bir turkumning batafsil tasnifini O‘zbekiston Respublikasi bojxona organiga oldindan ma’lum qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha turkumdagi tovarlarning bitta mamlakatdan bitta eksportyor orqali yetkazib berilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlarning barcha turkumlarini bitta bojxona postida rasmiylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha turkumdagi tovarlarning shartnomada ko‘rsatilgan muddatdan kechiktirmay yetkazib berilishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Tovarlarning kelib chiqishini aniqlashda, ularni ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan issiqlik va elektr energiyasi, mashinalar, uskuna va asboblarning kelib chiqishi inobatga olinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovarlarning kelib chiqish mamlakati “yetarli darajada qayta ishlanganlik” mezoniga muvofiq aniqlanganda, kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan materiallar xorijiy materiallar deb hisoblanadi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2018-yil 11-oktabrdagi 2018/23-04, 133, 01-02/8-62-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2131-3, 16.11.2018-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan —Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.11.2018-y., 10/18/2131-3/2191-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Tovarlarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi sertifikat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Tovarning kelib chiqishi, eksport/reeksport qiluvchi mamlakat tomonidan belgilangan tartibda va shaklda vakolatli organ tomonidan berilgan sertifikat bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Sertifikat ko‘rsatilgan tovar muayyan mamlakatdan kelib chiqqanligidan aniq dalolat berishi, ya’ni unda quyidagilar bo‘lishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tovarning muayyan mamlakatda ishlab chiqarilganlikning tegishli mezoniga mosligi haqida eksportyorning yozma deklaratsiyasi (ST-1 shakldagi va Bosh Preferensiyalar Tizimining A shaklidagi sertifikatlar uchun).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) sertifikatda keltirilgan ma’lumotlarning haqiqiyligi to‘g‘risida tovar olib chiqib ketilayotgan mamlakatning vakolatli organining yozma guvohnomasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Tovarning import qilinishi chog‘ida, uning mazkur mamlakatda ishlab chiqarilganligi to‘g‘risida guvohlik berish uchun, O‘zbekiston Respublikasining bojxona organiga eksport/reeksport qiluvchi mamlakatning vakolatli organi tomonidan belgilangan tartib va shaklda berilgan sertifikat taqdim etilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Import qilinayotgan tovarlar uchun sertifikat O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlariga rus yoki ingliz tillarida taqdim etiladi. Boshqa tilda to‘ldirilgan sertifikat, bojxona organiga, o‘rnatilgan tartibda, rasman tasdiqlangan o‘zbek (rus) tilidagi tarjimasi bilan birga taqdim etilishi kerak. Qo‘lda bosma harflar bilan to‘ldirilgan, eksport yoki reeksport qiluvchi mamlakatning vakolatli organi tomonidan guvohlantirilgan sertifikatni qabul qilishga ruxsat etiladi. Vakolatli organ tomonidan guvohlantirilmagan, o‘zgartirish yoki tuzatishlarga ega bo‘lgan sertifikatlar ko‘rib chiqish uchun qabul qilinmaydi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2018-yil 11-oktabrdagi 2018/23-04, 133, 01-02/8-62-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2131-3, 16.11.2018-y.) tahririda —Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.11.2018-y., 10/18/2131-3/2191-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Sertifikat bojxona deklaratsiyasi va bojxonada rasmiylashtirish uchun zarur bo‘lgan boshqa hujjatlar bilan birga taqdim etiladi. Sertifikat yo‘qotilgan taqdirda, uni bergan vakolatli organ tomonidan rasmiy ravishda tasdiqlangan dublikati qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga tovar import qilinganda sertifikat quyidagi hollarda bojxona organlariga taqdim etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) O‘zbekiston Respublikasi tomonidan tarif preferensiyalari berilgan mamlakatlarda ishlab chiqarilgan tovarlarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) mazkur mamlakatdan import qilinishi miqdoriy cheklovlar (kvotalar) orqali yoki tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning boshqa usullari orqali tartibga solinadigan tovarlarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) basharti bu O‘zbekiston Respublikasi ishtirokchisi bo‘lgan xalqaro bitimlar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) bojxonada rasmiylashtirish uchun taqdim etilgan hujjatlarda tovarlarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lmagan yoki bojxona organida tovarlarning kelib chiqishi to‘g‘risida noto‘g‘ri ma’lumotlar deklaratsiyalanmoqda deb hisoblashga asos bo‘lgan hollarda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Katta turkumlarda bo‘lmagan (faktura qiymati 5000 AQSh dollarigacha bo‘lgan) tovarlarning kelib chiqishini guvohlantirishda, eksportyor tovarning kelib chiqish mamlakatini hisobvaraq-fakturada yoki tovarning kuzatuv hujjatlarida quyidagi shartlarda deklaratsiyalashi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur tovarlar turkumi bitta shartnoma doirasida yetkazib berilayotgan tovarlar turkumining bir qismi bo‘lmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobvaraq-fakturada va/yoki boshqa tovarning kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar ularni berish vakolatiga ega bo‘lgan tashkilotlar tomonidan o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan bo‘lsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Lozim darajada rasmiylashtirilgan sertifikat yoki so‘ralgan ma’lumotlar taqdim etilmaguniga qadar, tovar mazkur mamlakatdan kelib chiqqan deb hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandning birinchi xatboshisi qoidalarini hisobga olgan holda, kelib chiqishi ishonchli belgilanmagan tovarlar O‘zbekiston Respublikasiga O‘zbekiston Respublikasi boj tarifining maksimal stavkalari bo‘yicha bojxona bojlari to‘langan holda kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Lozim darajada rasmiylashtirilgan kelib chiqish to‘g‘risidagi sertifikat yoki ma’lumotlarning taqdim etilmasligi, tovarni O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali o‘tkazishni rad etish uchun asos bo‘lmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bojxona organi, O‘zbekiston Respublikasi ishtirokchisi bo‘lgan xalqaro bitimlarga va (yoki) O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq tovarlari O‘zbekiston Respublikasiga kiritilmaydigan mamlakatda ishlab chiqarilgan deb hisoblashga asoslar bo‘lsagina, tovarlarni kiritishni rad etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. 19-bandning ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan tovarlarga nisbatan, bojxonada rasmiylashtirish amalga oshirilgan sanadan uzog‘i bilan bir yil ichida ularning kelib chiqishi to‘g‘risidagi tegishli guvohnoma olinsa, eng ko‘p qulaylik berish rejimi yoki preferensial rejim qo‘llanilishi (qayta tiklanishi) mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. 1994-yil 15-apreldagi Erkin iqtisodiy zonani yaratish to‘g‘risidagi Bitim ishtirokchi-davlatlarining tovarlari uchun kelib chiqish mamlakatini aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Mazkur Nizomning alohida qoidalarini talqin etishda, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi hukumatlari rahbarlari Kengashining 1993-yil 24-sentabrdagi qarori bilan, keyinchalik kiritilgan o‘zgartirishlar bilan birga tasdiqlangan Tovarlarning kelib chiqish mamlakatini aniqlash qoidalarining asl nusxasidan foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Tovarning Erkin iqtisodiy zonani yaratish to‘g‘risidagi Bitim ishtirokchi-davlatining bojxona hududidan kelib chiqqanligini guvohlantirish uchun O‘zbekiston Respublikasi bojxona organiga Bitim ishtirokchisi bo‘lgan kelib chiqish mamlakatining vakolatli organi tomonidan berilgan sertifikat (ST-1 shakl) taqdim etilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Tovar, agar u mazkur Nizomning II bo‘limida belgilangan kelib chiqish mezonlariga muvofiq bo‘lsa, Erkin iqtisodiy zonani yaratish to‘g‘risidagi Bitim ishtirokchi-davlatlaridan birortasining rezidenti tomonidan eksport qilinayotgan va Bitimning boshqa ishtirokchi davlati bojxona hududidan ushbu Bitimning ishtirokchi-davlati rezidenti tomonidan olib kirilayotgan bo‘lsa, 1994-yil 15-apreldagi Erkin iqtisodiy zonani yaratish to‘g‘risidagi Bitim ishtirokchi-davlatining bojxona hududidan kelib chiqqan deb hisoblanadi. Bunda rezident deganda, ushbu davlat hududida tuzilgan tashkilot yoki ushbu davlat hududida doimiy yashovchi jismoniy shaxs tushuniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. O‘zbekiston Respublikasidan eksport qilinayotgan tovarlarning kelib chiqish mamlakatini aniqlash bo‘yicha ekspertiza o‘tkazish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Sertifikat olish uchun ariza beruvchi tovarni yuklash amalga oshirilayotgan joydagi vakolatli organga mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda yozma ariza taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizaga ariza beruvchining imzosi bilan tasdiqlangan quyidagi hujjatlarning nusxalari (mazkur Nizomning 273 va 274-bandlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno) ilova qilinadi:
(27-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining 2020-yil 11-avgustdagi 9-SP-son, Moliya vazirligining 2020-yil 8-avgustdagi 35-son va Davlat bojxona qo‘mitasining 2020-yil 7-avgustdagi 01-02/8-35-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2131-4, 25.08.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.08.2020-y., 10/20/2131-4/1220-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetkazib beruvchi va xaridor o‘rtasidagi eksport (reeksport) qilinayotgan tovar bo‘yicha shartnoma (kontrakt asosida eksport qilingan taqdirda);
(27-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2018-yil 11-oktabrdagi 2018/23-04, 133, 01-02/8-62-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2131-3, 16.11.2018-y.) tahririda —Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.11.2018-y., 10/18/2131-3/2191-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport qilinayotgan tovarga hisobvaraq-faktura (invoys);
(27-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2012-yil 30-avgustdagi EG-01/10-4974, 67, 01-02/8-13-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2131-1, 03.10.2012-y.) tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 40-son, 471-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqaruvchi (tayyorlovchi), eksport qilinayotgan tovarni ishlab chiqarishda foydalaniladigan xomashyo va qismlarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlar (xomashyoni yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar, hisobvaraq-fakturalar yoki O‘zbekiston Respublikasiga xomashyo yoki qismlarni olib kirishdagi yuk bojxona deklaratsiyalari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarni tayyorlash texnologik jarayonining bajarilishiga asos bo‘ladigan hujjatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishlab chiqarilishida import qilingan qismlar, xomashyo materiallari, butlovchi va ehtiyot qismlar ishlatilgan tovarlarning kelib chiqish mamlakatini aniqlash bo‘yicha murojaat qilingan holda, yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlarga qo‘shimcha tarzda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarning foydalanilgan materiallarning qiymatini hisobga olgan holda tannarxining hisobi (tovarlarning kelib chiqishini advalor ulush qoidasi bo‘yicha aniqlash zarurati bo‘lgan hollarda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar pozitsiyasining (tovarning tasnif kodining) tovarni qayta ishlash natijasida sodir bo‘lgan TIF TN bo‘yicha dastlabki to‘rtta kod belgisining istalgan biri darajasida o‘zgarishining asosi (kelib chiqish mezoni alohida aytib o‘tilmagan hollarda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
To‘liq hajmda taqdim etilmagan hujjatlar ko‘rib chiqish uchun qabul qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
271. Reeksport qilinayotgan tovarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi sertifikatni olish uchun murojaat qilinganda quyidagilar taqdim qilinishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelgan tovarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi sertifikatning asl nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarning O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga kelib tushganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport shartnomasi yoki tovarning O‘zbekiston Respublikasi hududidan reeksport qilinayotganligini tasdiqlovchi boshqa hujjat nusxasi.
(271-band O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2012-yil 30-avgustdagi EG-01/10-4974, 67, 01-02/8-13-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2131-1, 03.10.2012-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2012-y., 40-son, 471-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
272. 27 va 271-bandlarda ko‘rsatilgan hujjatlar ariza beruvchi tomonidan vakolatli organga bevosita, pochta aloqa vositasi orqali yoki elektron shaklda axborot tizimi orqali taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar ariza beruvchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
(272-band O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2016-yil 2-dekabrdagi 2016/39-7, 90, 01-02/16-65-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2131-2, 14.12.2016-y.) asosan kiritilgan —O‘R QHT, 2016-y., 50-son, 573-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
273. O‘zbekiston Respublikasida yetishtirilib eksport qilinayotgan qishloq xo‘jalik mahsulotlariga sertifikat olish bo‘yicha murojaat qilinganda, arizaga ariza beruvchining imzosi bilan tasdiqlangan quyidagi hujjatlarning nusxalari ilova qilinadi:
(273-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining 2020-yil 11-avgustdagi 9-SP-son, Moliya vazirligining 2020-yil 8-avgustdagi 35-son va Davlat bojxona qo‘mitasining 2020-yil 7-avgustdagi 01-02/8-35-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2131-4, 25.08.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.08.2020-y., 10/20/2131-4/1220-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetkazib beruvchi va xaridor o‘rtasidagi eksport (reeksport) qilinayotgan tovar bo‘yicha shartnoma (kontrakt asosida eksport qilingan taqdirda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport qilinayotgan tovarga hisobvaraq-faktura (invoys);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport qilinayotgan tovarning kelib chiqishini tasdiqlaydigan hujjatlar (eksportyorning yer uchastkasidan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar yoki O‘zbekiston Respublikasi hududida yetishtirilib eksport qilinayotgan tovarni sotib olinganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sertifikat olish uchun murojaat qilingan kuni mazkur bandda ko‘rsatilgan hujjatlarni taqdim etish imkoniyati bo‘lmaganda, ariza beruvchi tomonidan eksport qilinayotgan mahsulotning nomi, hajmi, tayyorlovchisi va yetishtirilgan hududi haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi xat taqdim etishi ruxsat etiladi. Bunda xalqaro me’yorlarga muvofiq tovar olib kirilayotgan mamlakatning bojxona yoki boshqa vakolatli organlari tomonidan so‘rovnoma kelganda, ariza beruvchi mazkur bandda ko‘rsatilgan hujjatlarni taqdim etishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
274. Eksport qilinayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotiga mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda sertifikat olish uchun eksportyor mazkur Nizomning 1-a-ilovasiga muvofiq shaklda rasmiylashtirilgan ariza-deklaratsiyani taqdim etishi mumkin. Ariza-deklaratsiya yozma yoki elektron shaklda hamda ariza beruvchining imzosi bilan tasdiqlangan holda taqdim qilinadi.
(274-band O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining 2020-yil 11-avgustdagi 9-SP-son, Moliya vazirligining 2020-yil 8-avgustdagi 35-son va Davlat bojxona qo‘mitasining 2020-yil 7-avgustdagi 01-02/8-35-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2131-4, 25.08.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.08.2020-y., 10/20/2131-4/1220-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. O‘zbekiston Respublikasidan eksport qilinayotgan tovarlarning kelib chiqish mamlakatini aniqlash bo‘yicha ekspertiza o‘tkazish va ekspertiza dalolatnomasini tuzish ariza belgilangan tartibda topshirilgan sanadan boshlab bir ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
(28-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2018-yil 11-oktabrdagi 2018/23-04, 133, 01-02/8-62-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2131-3, 16.11.2018-y.) tahririda —Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.11.2018-y., 10/18/2131-3/2191-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilgari aynan bir xil tovar uchun sertifikat olgan ariza beruvchi murojaat qilgan taqdirda, tovarlarni kelib chiqishini sertifikatlash ariza topshirilgan vaqtdan boshlab bir ish kuni mobaynida amalga oshiriladi, bunda ariza beruvchi arizasida sertifikatlanayotgan mahsulot nomi va miqdoridan so‘ng aynan ilgari berilgan sertifikatning raqamini ko‘rsatadi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2016-yil 2-dekabrdagi 2016/39-7, 90, 01-02/16-65-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2131-2, 14.12.2016-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan —O‘R QHT, 2016-y., 50-son, 573-modda)
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2012-yil 30-avgustdagi EG-01/10-4974, 67, 01-02/8-13-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2131-1, 03.10.2012-y.) tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 40-son, 471-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Tovarning kelib chiqishini sertifikatlash uchun taqdim etilgan ma’lumotlarning ishonchliligi uchun ariza beruvchi javobgardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Ishlab chiqarishni ekspertiza qilish eksport qilinayotgan tovarni ishlab chiqarish (tayyorlash) jarayonini o‘rganishdan va tovarning O‘zbekiston Respublikasidan kelib chiqishini tasdiqlash uchun ekspertiza buyurtmachisi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni tahlil qilishdan boshlanadi. Ekspert quyidagilar bilan tanishib chiqishi va o‘rganishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizomning 27-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport qilinayotgan tovarni ishlab chiqaruvchisi bo‘lib hisoblanmaydigan ariza beruvchi murojaat etgan hollarda, eksport qilinayotgan tovar turkumining mavjudligini tekshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport qilinayotgan tovarni ishlab chiqaruvchisi bo‘lgan ariza beruvchi murojaat etgan hollarda, eksport qilinayotgan tovarni ishlab chiqarish uchun obyektiv sharoitlarni tekshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish jarayonida ekspert eksport qilinayotgan tovar kelib chiqish mezonlaridan qaysi biriga: mahsulotning batamom ishlab chiqarilganligi yoki mahsulotning yetarlicha qayta ishlanganligiga mos kelishini aniqlashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Basharti ekspertiza natijasida tovarning O‘zbekiston Respublikasidan kelib chiqishi tasdiqlansa va kelib chiqish mezoni aniqlansa, mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda ekspertiza dalolatnomasi tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Ekspertiza dalolatnomasi eksport qilinayotgan tovarning shartnomada ko‘rsatilgan barcha miqdoriga yoki (eksportyorning ixtiyoriga ko‘ra) tovarning jo‘natishga tayyor bo‘lgan turkumiga rasmiylashtiriladi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2012-yil 30-avgustdagi EG-01/10-4974, 67, 01-02/8-13-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2131-1, 03.10.2012-y.) tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 40-son, 471-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Dalolatnoma ekspert tomonidan aniq, qisqartirishlarsiz (umumiy qabul qilinganlardan tashqari) va bo‘yalishlarsiz rasmiylashtirilgan bo‘lishi kerak. Tuzatishlarga ekspert tomonidan izoh berilishi va uning imzosi bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Ekspertiza dalolatnomasida taqdim etilgan hujjatlar to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlar, tekshirish natijalari ko‘rsatilgan bo‘lishi va tovarning kelib chiqishini aniqlashning aniq asosi keltirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Ekspertiza dalolatnomasi bir nusxada rasmiylashtirilib, vakolatli organda saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Tovarning O‘zbekiston Respublikasidan kelib chiqishi to‘g‘risidagi ekspert xulosasini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari ekspertiza dalolatnomasi bilan birga arxivda uch yildan kam bo‘lmagan muddat davomida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Agar ekspertiza natijasida tovarning O‘zbekiston Respublikasida “yetarli darajada qayta ishlanganlik” mezoniga rioya qilinmaganligi aniqlansa yoki tovar ishlab chiqarilgan mamlakatni aniqlash imkoni bo‘lmasa, eksportyorga taqdim etilgan tovar O‘zbekiston Respublikasidan kelib chiqqan tovar sifatida tasniflana olmasligi to‘g‘risida, sabablari ko‘rsatilgan holda, mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda ekspert xulosasi beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Ekspert ishlab chiqarishni ekspertiza qilish jarayonida mazkur tashkilotda amal qiluvchi texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Qonunchilikka muvofiq ekspert, ekspertizaning obyektivligi, sifati va o‘z vaqtida o‘tkazilishiga hamda ekspertiza dalolatnomasining lozim darajada rasmiylashtirilishiga javobgardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Sertifikatni rasmiylashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Sertifikat ekspertiza dalolatnomasi yoki ariza-deklaratsiya asosida eksport qilinayotgan tovarning shartnomada ko‘rsatilgan barcha miqdoriga yoki tovarning jo‘natishga tayyor bo‘lgan turkumiga (eksportyorning ixtiyoriga ko‘ra), Bosh Preferensiyalar Tizimiga muvofiq preferensiyalar taqdim etuvchi xorijiy davlatlarga eksport qilinayotgan tovarlarga — A shaklida, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlariga — ST-1 shaklida, boshqa davlatlarga — mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq rus yoki ingliz tillarida yoki O‘zbekiston Respublikasi bilan tuzilgan bitimlarda belgilangan shakllarda rasmiylashtiriladi.
(39-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2018-yil 11-oktabrdagi 2018/23-04, 133, 01-02/8-62-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2131-3, 16.11.2018-y.) tahririda —Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.11.2018-y., 10/18/2131-3/2191-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eksportyorning ixtiyoriga ko‘ra, sertifikat alohida transportda tashilayotgan tovar birliklariga berilishi mumkin.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2012-yil 30-avgustdagi EG-01/10-4974, 67, 01-02/8-13-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2131-1, 03.10.2012-y.) tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 40-son, 471-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspertiza dalolatnomasi yoki ariza-deklaratsiya asosida sertifikatni rasmiylashtirish bir ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2018-yil 11-oktabrdagi 2018/23-04, 133, 01-02/8-62-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2131-3, 16.11.2018-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan —Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.11.2018-y., 10/18/2131-3/2191-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Qoida bo‘yicha, tovarga berilgan sertifikat, shu tovar to‘g‘risida quyidagi zaruriy ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) eksportyorning nomi va manzili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) importyorning nomi va manzili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) transportda tashish vositalari va harakatlanish marshruti (qanchalik aniqligiga qarab);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) o‘rinlar soni va o‘rab-joylash turi, tovarni identifikatsiyalash uchun zarur bo‘lgan barcha ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi tovarning bayoni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) brutto va sof og‘irligi (ushbu ko‘rsatkichlar boshqalar bilan, masalan, tovar birliklari soni yoki hajmi kabilar bilan almashtirilishi mumkin, basharti tovarni transportda tashishda uning vazni sezilarli darajada o‘zgarsa yoki bu birliklar tovarning ushbu turiga standart qo‘llanilsa);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) hisobvaraq-fakturaning raqami va sanasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Sertifikat vakolatli shaxs tomonidan imzolanadi va vakolatli organning muhri bilan tasdiqlanadi. Sertifikatning guvohlantirish joyi (shahri) va sanasi, shuningdek, vakolatli organning nomi va to‘liq manzili ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Sertifikatlarni tasdiqlash majburiyati yuklatiladigan shaxslar imzolarining namunalari va vakolatli organ muhrlarining bosma nusxalari O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasiga, shuningdek, boshqa davlatlarning vakolatli organlariga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Sertifikat bir nechta nusxada, bitta asl nusxa va qolgan nusxalari “kopiya”(“nusxa”) belgisi bilan tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchining asoslangan murojaatiga ko‘ra sertifikatning “bankka taqdim etish uchun” belgisi qo‘yilgan ikkinchi asl nusxasi berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Har bir sertifikat uni identifikatsiyalash mumkin bo‘lgan odatiy tartib raqamiga ega bo‘lishi kerak. Bu raqam quyidagi elementlardan iborat bo‘lishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasini ifodalovchi UZ — ikkita harfdan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dunyo mamlakatlari Klassifikatoriga muvofiq, tovar eksport qilinayotgan davlatni ifodalovchi, ikkita harfdan (agar O‘zbekiston Respublikasi bilan imzolangan bitimlarda o‘zgacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yilni ifodalovchi va joriy yilning so‘nggi raqamiga mos keluvchi bitta raqamdan, masalan, 0 raqami 2010-yilni anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasida hujjatni bergan vakolatli organning bo‘linmasini ifodalovchi ikki xonali raqamdan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
berilgan sertifikatning besh xonali tartib raqamidan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Ariza beruvchining asoslangan iltimosiga ko‘ra sertifikatni tovar jo‘natilganidan so‘ng guvohlantirishga ruxsat etiladi. Bu holda, mazkur Nizomning 27-bandida sanab o‘tilgan hujjatlarga ariza beruvchi tomonidan qo‘shimcha ravishda, tovarning kuzatuv hujjatlari va bojxona organlarining tovarning jo‘natilganligini tasdiqlovchi belgisi qo‘yilgan yuk bojxona deklaratsiyasi taqdim etiladi. Bunday hollarda sertifikatning “Xizmat belgilari uchun” ustunlarida “Keyinchalik berilgan” yozuvi bo‘lishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Sertifikat yo‘qolgan yoki buzilgan hollarda manfaatdor tashkilot ariza beruvchi tomonidan avval taqdim etilgan hujjatlar asosida guvohlantiriladigan dublikat olish to‘g‘risida iltimosnoma bilan murojaat qilish huquqiga ega. Bunday sertifikatning dublikati, sertifikat asl nusxasining rasmiylashtirilgan sanasi va raqami ko‘rsatilgan holda, “dublikat” yozuviga ega bo‘lishi kerak. Bunda dublikatga avval berilgan sertifikat asl nusxasining ro‘yxatga olish raqami va dublikat rasmiylashtirilgan kunning sanasi qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Avval berilgan sertifikatni qayta rasmiylashtirish zarurati tug‘ilganda, ariza beruvchi asoslantirilgan yozma murojaat asosida, yangi sertifikat olish huquqiga ega. Bunda “Xizmat belgilari uchun” ustunlariga bekor qilingan/qayta rasmiylashtirilgan sertifikatning raqami va sanasi ko‘rsatilgan holda, “Sertifikat o‘rniga berilgan” yozuvi kiritiladi. Avval berilgan sertifikatning o‘rniga berilgan sertifikatga yangi ro‘yxatga olish raqami va yangi sertifikat rasmiylashtirilgan kunning sanasi qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Agar sertifikatning haqiqiyligiga yoki undagi eksport qilinayotgan mahsulotga tegishli bo‘lgan ma’lumotlarning aniqligiga shubha tug‘ilishi munosabati bilan, Yevropa Ittifoqining, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari va boshqa mamlakatlarning organlari O‘zbekiston Respublikasida rasmiylashtirilgan sertifikatni tekshirish uchun qaytarsa yoki rasmiy talab yo‘llasa, vakolatli organ sertifikatlash va sertifikatlarni tasdiqlashning belgilangan tartibiga rioya qilinganligini tekshirish bo‘yicha choralar ko‘radi, zarur bo‘lganda mazkur tovarning eksport qiluvchilari — tashkilotlar jalb etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday tekshiruv natijalari bo‘yicha importyor-mamlakatning so‘rovnoma yuborgan organiga axborot yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(VII-bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2012-yil 30-avgustdagi EG-01/10-4974, 67, 01-02/8-13-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2131-1, 03.10.2012-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 40-son, 471-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VIII. Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlash uchun to‘lov to‘lash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Ekspertizani o‘tkazish va sertifikatni rasmiylashtirish xarajatlarini ariza beruvchi to‘laydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Ekspertiza o‘tkazish va sertifikatni rasmiylashtirish, shuningdek, ekspert xulosasi rasmiylashtirilgan hollarda, ariza beruvchi tomonidan vakolatli organga qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda vakolatli organ tomonidan belgilanadigan miqdorda to‘lov to‘lanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasida tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA

ARIZA

(tovarlarning kelib chiqqanligi to‘g‘risidagi sertifikatni olish uchun)

‎Eksportyor_________________________________________ “O‘zbekekspertiza” AJ bilan _____________________ sanada tuzilgan _____-sonli shartnoma asosida tovar(lar)ning kelib chiqish mamlakatini aniqlash bo‘yicha ekspertiza o‘tkazish va tovar(lar)ning kelib chiqqanligi to‘g‘risidagi sertifikatni rasmiylashtirish uchun, ekspert ajratishingizni so‘raydi.
‎‎Tovar(lar)ning nomi ________________________________________________
‎‎Hajmi _________________________ og‘irligi ______________________ kg/m
‎__________________________________________________________________
‎‎Ishlab chiqaruvchi (tayyorlovchi) _______________________________________
‎‎Yuk jo‘natuvchi _____________________________________________________
‎__________________________________________________________________
‎‎Yuk qabul qiluvchi (sotib oluvchi) va uning manzili ______________________
‎__________________________________________________________________
‎‎Yuk jo‘natish turi __________________________________________________
‎‎Jo‘natilish stansiyasi: ______________________________________________
‎‎Qabul qilish stansiyasi: _____________________________________________
‎‎Sertifikat soni ___________________________________________________
‎TIF TN kodi ______________________________________________________
‎‎To‘lovni kafolatlaymiz, bizning rekvizitlar: __________________________
‎__________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________

‎Rahbar‎

‎________________‎

‎________________________________
(mansabi)‎

(imzo)

(F.I.Sh.)

Bosh buxgalter‎ ________________‎ ________________________________

(imzo)

‎(F.I.Sh.)

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2016-yil 2-dekabrdagi 2016/39-7, 90, 01-02/16-65-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2131-2, 14.12.2016-y.) tahririda —O‘R QHT, 2016-y., 50-son, 573-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-a-ILOVA

ARIZA–DEKLARATSIYA
‎ (qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun umumiy shaklda tovarlarning kelib chiqish to‘g‘risidagi
‎sertifikatni berish uchun)

‎‎Ariza beruvchi ___________________________________________________________________________________

‎‎“O‘zbekekspertiza” AJ bilan _____________________ sanada tuzilgan _____-sonli shartnoma asosida umumiy shakldagi tovar(lar)ning kelib chiqishi to‘g‘risidagi sertifikatni rasmiylashtirish uchun, ekspert ajratishingizni so‘raydi.

‎‎To‘lovni kafolatlaymiz. Bizning rekvizitlar __________________________________________________________

_______________________________________________________________________________________________‎‎

1. Tuzilgan sana: _________________________________________________________________________________

2. Tuzilgan joyi: _________________________________________________________________________________‎‎

‎‎3. Ariza-deklaratsiya beruvchi vakili: _________________________________________________________________

________________________________________________________________________________tomonidan t�zildi.

‎‎(korxona nomi, F.I.O. pasport raqami, lavozimi)

‎‎4. Eksporter (yuk jo‘natuvchi): _______________________________________________________________________

‎5. Ishlab chiqaruvchi (tayyorlovchi): ____________________________________________________________________

6. Sotib oluvchi (yuk qabul qiluvchi): __________________________________________________________________‎‎

7. Eksport shartnomasi (mavjud bo‘lsa) va hisobvaraq-faktura (invoys): _____________________________________‎‎

_______________________________________________________________________________________________

8. Yuk jo‘natish turi va sanasi: ______________________________________________________________________‎‎

‎‎9. Jo‘natilish va qabul qilish stansiyasi: ______________________________________________________________

‎‎10. Tovar nomi, TIF TN kodi, miqdori (tovar turlari ko‘p bo‘lganda, tovar nomini ushbu deklaratsiyaning alohida qo‘shimcha varaqlarida ko‘rsatishga ruxsat etiladi): ______________________________________________________

___________________________________________________________________________________

11. Tovarning kelib chiqishi haqida ma’lumotlar: _______________________________________________________

‎‎_______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
‎‎(meva-sabzavotlarni sotib olgan/yetishtirganligini tasdiqlovchi hujjatlaring nomi va raqami)

12. Xulosa qismi: Ushbu bilan, yuqoridagi ma’lumotlar to‘g‘riligi va 10-bandda ko‘rsatilgan tovarlar haqiqatda O‘zbekiston Respublikasidan kelib chiqqanligi deklaratsiyalanadi. Taqdim qilingan barcha ma’lumotlar uchun javobgarlik ma’suliyatini olamiz va keyinchalik biz eksport qilgan tovar bo‘yicha tovar olib kirilayotgan mamlakat vakolatli organlari tomonidan bizga ushbu ariza-deklaratsiyadagi ma’lumotlar asosida berilgan sertifikat doirasida noto‘g‘ri yoki ishonchsiz ma’lumotlar aniqlangan taqdirda tovarning kelib chiqish mamlakatini aniqlash bo‘yicha barcha zarur ma’lumot va hujjatlarni taqdim qilishni va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq barcha harajatlarini to‘lashni o‘z zimmamizga olamiz.

‎‎Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2131, 2010-yil 13-avgust) talablari bilan tanishtirildim.

Rahbar (vakil)

‎(mansabi) ‎‎‎

‎‎________________

‎(imzo)

_____________________________________

‎(F.I.Sh.)

‎‎Kelib chiqish mezoni: “batamom ishlab chiqarilgan”

‎‎Ariza-deklaratsiya ekspert tomonidan ro‘yhatga olindi

______________

‎(imzo)

_______________________________

‎(F.I.Sh.)

M.O‘.‎

(1-a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining 2020-yil 11-avgustdagi 9-SP-son, Moliya vazirligining 2020-yil 8-avgustdagi 35-son va Davlat bojxona qo‘mitasining 2020-yil 7-avgustdagi 01-02/8-35-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2131-4, 25.08.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.08.2020-y., 10/20/2131-4/1220-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasida tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
“O’ZBEKEKSPERTIZA” AKSIYADORLIK JAMIYATI‎

‎RESPUBLIKA UZBEKISTAN
AKSIONERNOYE OBShESTVO “UZBEKEKSPERTIZA”
‎‎(vakolatli organ manzili)

‎EKSPERTIZA DALOLATNOMASI № _____________

1. Tuzilgan sana ____________________________________________________
‎2. Tuzilgan joyi ___________________________________________________
‎3. Dalolatnoma tuzuvchi ekspert _______________________________________
‎4. Ekspertiza ______________________________________________________

(korxona nomi, korxona vakili familiyasi, ismi, sharifi)

‎__________________________________________ qatnashchiligida o‘tkazildi.
‎5. Asos: naryad № ______ sana _________________ y.
‎‎6. Eksportyor _______________________________________________________
‎__________________________________________________________________
‎7. Ishlab chiqaruvchi _________________________________________________
‎__________________________________________________________________
‎‎8. Sotib oluvchi ____________________________________________________
‎__________________________________________________________________
‎‎9. Shartnoma _______________________________________________________
‎10. Tovar nomi, soni ________________________________________________
‎__________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________
11. Ekspertiza maqsadi: tovarning kelib chiqish mamlakatini aniqlash______
‎__________________________________________________________________
‎12. Taqdim etilgan hujjatlar (xomashyo, yarim tayyor mahsulot to‘g‘risida ma’lumot olinganligini tasdiqlovchi hujjatlar) ______________________

‎‎(nomi, tarkibi, artikul)

__________________________________________________________________
‎13. Ekspertiza natijasida aniqlandi: _________________________________
‎__________________________________________________________________

‎‎Ekspert __________________

‎Korxona vakillari ______________________
(imzo) (imzo)‎
M.O‘.
‎‎14. Ekspert xulosasi: yuqorida ko‘rsatilganlar asosida mahsulotning haqiqatdan O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqilganligi tasdiqlanadi.

‎Mahsulot kodi _____________________________________________________
Kelib chiqish mezoni ________________________________________________
‎‎Ekspertiza boshlanishi ___________ ‎‎Ekspertiza yakuni __________

(sana)

(sana)‎

Ekspert __________________
(imzo)‎
M.O‘.

‎‎
‎Dalolatnoma ro‘yxatga olingan sana ______________‎

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2016-yil 2-dekabrdagi 2016/39-7, 90, 01-02/16-65-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2131-2, 14.12.2016-y.) tahririda —O‘R QHT, 2016-y., 50-son, 573-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasida tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
“O’ZBEKEKSPERTIZA” AKSIYADORLIK JAMIYATI‎

‎RESPUBLIKA UZBEKISTAN
AKSIONERNOYE OBShESTVO “UZBEKEKSPERTIZA”
‎‎(vakolatli organ manzili)

EKSPERT XULOSASI
‎№______ sana _______________

‎I. Ekspertiza buyurtmachisi: __________________________________________
‎‎II. Ekspert: ________________________________________________________
‎‎III. Ekspertiza asosi: ________________________________________________

‎‎1. Naryad № ________________________________________________

‎2. Ariza № ________________________________________________

‎IV. Ekspertiza maqsadi: _____________________________________________
‎__________________________________________________________________
‎‎V. Ekspertiza (o‘rganish) natijasi ____________________________________
‎__________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________

‎Ekspert ______________________

M.O‘.

‎Bo‘lim boshlig‘i tomonidan ro‘yxatga olindi ______________________

Muhrsiz haqiqiy emas‎.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2016-yil 2-dekabrdagi 2016/39-7, 90, 01-02/16-65-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2131-2, 14.12.2016-y.) tahririda —O‘R QHT, 2016-y., 50-son, 573-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2012-yil 30-avgustdagi EG-01/10-4974, 67, 01-02/8-13-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2131-1, 03.10.2012-y.) tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 40-son, 471-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2012-yil 30-avgustdagi EG-01/10-4974, 67, 01-02/8-13-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2131-1, 03.10.2012-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 40-son, 471-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 33-son, 279-modda; 2012-y., 40-son, 471-modda; 2016-y., 50-son, 573-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.11.2018-y., 10/18/2131-3/2191-son; 25.08.2020-y., 10/20/2131-4/1220-son)