OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR AGENTLIGINING
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TOVARLARNING KELIB ChIQIShINI SERTIFIKATLAShNI OʻTKAZISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 1-iyunda 945-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining, Moliya vazirligining, Davlat bojxona qoʻmitasining 2010-yil 19-iyuldagi EG-01/10-4014, 60, 01-02/8-10-sonli “Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2131, 13.08.2010-y.) muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tomonidan 2000-yil 30-iyunda EG-01/12-3409-son bilan tasdiqlangan va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi bilan 2000-yil 30-iyunda 02/20-32-son bilan kelishilgan “Oʻzbekiston Respublikasida tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga (2000-yil 13-iyul, roʻyxat raqami 945) quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1. 1.3-banddagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi” soʻzlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2. 1.3-bandning ikkinchi xatboshidagi hamda 2.4-bandning birinchi xatboshidagi “TIAV” abbreviaturasi “TIAA” abbreviaturasi bilan almashtirilsin;
3. 2.5-band boʻyicha:
birinchi xatboshidagi “tovarning oʻzbek kelib chiqishiga” soʻzlari “tovarning Oʻzbekiston Respublikasida kelib chiqishiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻninchi xatboshidagi “(P mezoni)” soʻzi va “(W mezoni)” soʻzlari chiqarib tashlansin.
4. 3.1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ekspertiza natijasida tovarning Oʻzbekiston Respublikasidan kelib chiqishi tasdiqlangan va kelib chiqish mezoni belgilangan taqdirda belgilangan shaklda ekspertiza dalolatnomasi tuziladi”.
5. 3.7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tovarning Oʻzbekiston Respublikasidan kelib chiqishi haqidagi ekspert xulosasini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari, arxivda ekspertiza dalolatnomasi bilan birga uch yil saqlanadi”.
6. 3.8-bandning ikkinchi xatboshidagi “oʻzbek kelib chiqishiga mansub tovar” soʻzlari “kelib chiqish mamlakati Oʻzbekiston Respublikasi boʻlgan tovar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. 5.2-band boʻyicha:
uchinchi xatboshidagi “1993-yil 24-sentabrdagi MDOʻ hukumatlari rahbarlari Kengashining qaroriga muvofiq” soʻzlari chiqarib tashlansin;
quyidagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Sertifikatlarning namunalari TIAA tomonidan tasdiqlanadi”.
8. 5.4-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sertifikatlarning, sertifikatlarni tasdiqlash majburiyati yuklatilgan shaxslarning imzolari namunalari hamda tovarlarni ekspertiza va sertifikatsiyalash boʻyicha ekspert organi muhrlarining ottisklari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasiga, shuningdek boshqa davlatlarning tovarlarning kelib chiqishini sertifikatsiyalash boʻyicha tegishli vakolatli organlariga yuboriladi”;
9. 6.3-bandida “tovarning kelib chiqishi haqidagi sertifikat” soʻzlaridan keyin “aslining (asli yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelganda — dublikatining)” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
10. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi bilan kelishilgan.
11. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiritilsin.
Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi raisi N. NAJIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 25-may,
NN-01/10-2298-son
“Kelishildi”
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi
B. MATLYUBOV
Toshkent sh.,
2005-yil 25-may,
01-02/20-12-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi
B. MATLYUBOV
Toshkent sh.,
2005-yil 25-may,
01-02/20-12-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 22-son, 164-modda)