Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 12.08.1996 yildagi 278-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RESPUBLIKADA NAQD PUL MABLAG‘LARI EMISSIYASI VA KASSA REJASI BELGILANGAN DARAJASINING 1996-YILNING IYuL OYIDAGI BAJARILISh YAKUNLARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, Markaziy bank, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, tijorat banklari, soliq organlari hamda pulli xizmatlar ko‘rsatuvchi boshqa vazirliklar va idoralar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Naqd pul mablag‘lari emissiyasini qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1996-yil 2-iyuldagi 230-son qarori bilan belgilangan parametrlarni bajarishga oid izchil chora-tadbirlar amalga oshirildi. Umuman respublika va Toshkent shahri bo‘yicha naqd pul mablag‘lari emissiyasi darajasini pasaytirishning prognoz ko‘rsatkichlarini bajarishga erishildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va ko‘pgina viloyatlar hokimliklari naqd pul mablag‘lari emissiyasi darajasini pasaytirishga doir belgilangan prognozlarning bajarilishini ta’minlay olmadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘rsatib o‘tilgan qarorning 4-bandiga va “Respublika mintaqalarida naqd pul mablag‘lari emissiyasi darajasini pasaytirish prognozlari va kassa rejalari bajarilishi uchun rahbarlar va mansabdor shaxslarning javobgarligini oshirish va ularni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida Nizom”ga muvofiq kassa prognozlarining 1996-yil iyul oyidagi bajarilish natijalari yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari va Davlat soliq qo‘mitasining o‘z mintaqaviy bo‘linmalari mansabdor shaxslariga nisbatan ko‘rsatib o‘tilgan Nizomga muvofiq tegishli choralar ko‘rish to‘g‘risidagi qarorlari ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Toshkent shahar hokimi K.N. To‘laganov, uning o‘rinbosarlari — R.F. Fayzullayev va R.M. Shoabdurahmonov 1996-yilning iyul oyidagi kassa rejasi hamda naqd pul emissiyasi darajasini pasaytirish prognozlarini oshirib bajarganliklari uchun oylik lavozim maoshining 30 foizi miqdorida mukofotlansinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi va uning o‘rinbosarlariga, shuningdek viloyatlarning hokimlari va ularning o‘rinbosarlariga naqd pul mablag‘lari emissiyasi darajasining hamda kassa rejalarining belgilangan prognozlarini bajarmaganliklari uchun oylik lavozim maoshiga nisbatan ilovaga muvofiq miqdorlarda jarima solinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlarining, shuningdek “O‘zbeksavdo”, “O‘zmaishiyxizmat”, O‘zbekbirlashuv uyushmalari, “O‘zavtotrans” korporatsiyasi, Aloqa vazirligi, Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, “Toshshaharyo‘lovchitrans” uyushmasi hamda O‘zbekiston Respublikasi boshqa vazirliklari va idoralari rahbarlarining e’tibori joylardagi iste’mol bozorini kundalik ehtiyoj tovarlari bilan to‘ldirish, pulli xizmatlar ko‘rsatish sohasini kengaytirish va naqd pullarning aylanishini jadallashtirish hisobiga aholiga joriy to‘lovlarni ta’minlash bo‘yicha ishlarning qoniqarsizligiga qaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Pul-kredit siyosati bo‘yicha respublika komissiyasi (F.M. Mullajonov) va Davlat soliq qo‘mitasi (Sh.K. Gataulin) viloyatlar, shaharlar va tumanlarda emissiya darajasini pasaytirish prognozlarining izchil bajarilishi ustidan nazoratni kuchaytirsinlar. Naqd pullarning bankdan tashqari muomalada bo‘lishini keskin kamaytirish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarga tushumlarni to‘liq va o‘z vaqtida inkassatsiya qilish bo‘yicha qo‘shimcha rag‘batlar yaratish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni o‘n kun muddatda ishlab chiqsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T.A. Alimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1996-yil 12-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
278-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 12-avgustdagi 278-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisiga, viloyatlar hokimlari va ularning o‘rinbosarlariga 1996-yil iyul oyidagi naqd pul emissiyasi darajasini pasaytirish prognozlari va kassa rejasining bajarilishi natijalari bo‘yicha solinadigan jarima
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MIQDORLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Viloyatlar nomi‎

Vazirlar Kengashining raisi va hokimlar‎

Hokimlarning iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosarlari‎

Hokimlarning xalq iste’mol tovarlari, savdo va pulli xizmatlar bo‘yicha o‘rinbosarlari‎

Jarima miqdori, ish haqiga nisbatan foizlarda‎

Qoraqalpog‘iston Respublikasi‎ Avezmatov S.Y.‎ Qoshqarboyev D.‎ Bekturdiyev B.‎ 10‎
Andijon‎ Obidov K.G‘.‎ Ibrohimov Sh.G‘.‎ Qayumov M.K.‎ 20‎
Buxoro‎ Raxmonov M.R.‎ To‘xtayev F.N.‎ Jdanov V.V.‎ 20‎
Jizzax‎ Toshkenboyev A.X.‎ Hakimov Z.X.‎ Uzoqov B.U.‎ 20‎
Qashqadaryo‎ Parmonov O.D.‎ Nasimov R.N.‎ Lixin A.L.‎ 20‎
Navoiy‎ G‘afforov H.R.‎ Halimov A.R.‎ Berdiyev E.Sh.‎ 20‎
Namangan‎ Rapig‘aliyev B.‎ Najmiddinov I.H.‎ Mamatqulov E.R.‎ 20‎
Samarqand‎ Mardiyev A.M.‎ Umarov A.U.‎ Umarov Sh.X.‎ 20‎
Sirdaryo‎ Hasanov G‘.B.‎ Krovnov A.N.‎ Rahimov T.A.‎ 20‎
Surxondaryo‎ Noraliyev J.‎ Ahmedov A.A.‎ Ahmedov N.X.‎ 20‎
Toshkent‎ Ro‘ziyev E.M.‎ Hosilov B.A.‎ Asadov H.‎ 20‎
Farg‘ona‎ Islomov M.Y.‎ Haydarov H.O‘.‎ Ergashev B.M.‎ 20‎
Xorazm‎ Yusupov I.‎ Sultonov J.S.‎ Rahimov Q.‎ 20‎