Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.02.2003 02.07.1996 yildagi 230-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.02.2003
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAQD PUL MABLAGʻLARI EMISSIYASINI QISQARTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-fevraldagi 63-sonli “Pul-kredit koʻrsatkichlarini tartibga solish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Naqd pul mablagʻlari emissiyasi darajasini pasaytirish, respublika mintaqalarida pul muomalasini yaxshilash uchun rahbarlar va mansabdor shaxslarning javobgarligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasida, viloyatlar, shaharlar va tumanlarda 1996-yilning ikkinchi yarim yilligida naqd pul mablagʻlari emissiyasi darajasini pasaytirish prognozlariga va kassa rejasiga 1, 2-ilovalarga* muvofiq rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1 va 2-ilovalar berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari naqd pul mablagʻlari emissiyasi darajasini pasaytirish prognozlari va kassa rejalari bajarilishi ustidan bevosita va lavozimiga koʻra nazoratni taʼminlasinlar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Oʻzbeksavdo” davlat uyushmasi, “Oʻzmaishiyxizmatuyushma”, Oʻzbekbirlashuv, “Oʻzavtotrans” korporatsiyasi, Aloqa vazirligi, Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, “Toshshaharyoʻlovchitrans” davlat uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasining aholiga pulli xizmatlar koʻrsatuvchi boshqa vazirliklari va idoralari hokimliklar bilan birgalikda joylarda xizmat koʻrsatish sohasini kengaytirish, kassa rejalari bajarilishini taʼminlash uchun mansabdor shaxslar va mutaxassislarning moddiy javobgarligi va ularni ragʻbatlantirish shakllari keng qoʻllanilishi yuzasidan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirsinlar, kollegial organlar majlislarida ishlarning ahvolini har oyda koʻrib chiqsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi majmuilarining rahbarlari mazkur bandning bajarilishi uchun amaliy nazoratni taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va bank muassasalari Markaziy bank boshqaruvi tomonidan 1996-yil 20-aprelda 9-son bilan tasdiqlangan Mulkchilik shakllaridan qatʼiy nazar xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan kassa operatsiyalarini yuritish tartibiga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi (B. Mustafoyev) amaldagi Tartib buzilishi aniqlangan taqdirda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning aybdor rahbarlariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik kodeksining 175 va 264-moddalari talablari qoʻllanilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4 Respublika mintaqalarida naqd pul mablagʻlari emissiyasi darajasini pasaytirish prognozlari va kassa rejalari bajarilishi uchun rahbarlar va mansabdor shaxslarning javobgarligini oshirish va ularni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh vazirning oʻrinbosarlari, Markaziy bank, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, tijorat banklari rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari koʻrsatib oʻtilgan Nizomga muvofiq naqd pul mablagʻlari emissiyasi darajasini pasaytirish prognozlari va kassa rejalari bajarilishini taʼminlamayotgan mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortsinlar Buning ustidan muntazam nazorat oʻrnatsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Pul-kredit siyosati boʻyicha respublika komissiyasi har bir oy yakunlari boʻyicha mazkur qaror bandlari bajarilishini koʻrib chiqsin va tegishli takliflar kiritsin. Shaxsan nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari, Moliya vaziri V. Hamidov, Markaziy bank boshqaruvi raisi F. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1996-yil 2-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
230-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
2-iyuldagi 230-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika mintaqalarida pul mablagʻlari emissiyasi darajasini pasaytirish prognozlari va kassa rejalari bajarilishi uchun rahbarlar va mansabdor shaxslarning javobgarligini oshirish va ularni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Respublika mintaqalarida naqd pul mablagʻlari emissiyasi darajasi prognozlari va kassa rejalari bajarilishi uchun ragʻbatlantirish va moddiy javobgarlik tizimi quyidagi rahbarlar va mansabdor shaxslar uchun belgilanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlarning hokimlari, shuningdek ularning mintaqalarni iqtisodiy rivojlantirish va isteʼmol bozorining ahvoli uchun javob beruvchi oʻrinbosarlari (hokimlarning iqtisodiyot boʻyicha, xalq isteʼmol mollari, savdo va pulli xizmatlar boʻyicha oʻrinbosarlari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banklarining respublika Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, shahar, tuman boʻlinmalari va filiallarining rahbarlari va pul muomalasi hamda kassa operatsiyalari boʻlimlarining boshliqlari, pul muomalasi boʻyicha mutaxassislari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining hududiy bosh boshqarmalari rahbarlari va pul muomalasi boʻlimlarining boshliqlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika Qoraqalpogʻiston Respublikasi , viloyat, shahar, tuman soliq organlarining rahbarlari hamda savdo korxonalari va xizmat koʻrsatish sohasini nazorat qilish boʻlimlari boshliqlari va mutaxassislari uchun-kassa rejalarining bajarilishi qismi boʻyicha.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Naqd pul mablagʻlari emissiyasi darajasi prognozlari va kassa rejalari oʻz vaqtida bajarilganligi va oshirib bajarilganligi uchun mazkur Nizomning 1-bandida nazarda tutilgan mansabdor shaxslar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oylik prognozlar bajarilganligi va oshirib bajarilganligi uchun — lavozim maoshining 30 foizigacha miqdorda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yil choragi prognozlari bajarilganligi va oshirib bajarilganligi uchun — lavozim maoshining 50 foizigacha miqdorda mukofotlanadilar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Naqd pul mablagʻlari emissiyasi darajasining belgilangan prognozlari va kassa rejalari bajarilmaganligi uchun mazkur Nizomning 1-bandida koʻrsatib oʻtilgan mansabdor shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 181-moddasiga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan oylik va yil choragi prognozlari bajarilmaganligi uchun — oʻrtacha oylik ish haqining 10 foizidan 20 foizigacha miqdorda jarima solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur Nizomning bajarilishini Pul-kredit siyosati boʻyicha respublika komissiyasi nazorat qiladi va u har oyda oʻzining majlislarida ushbu qaror talablariga muvofiq respublika mintaqalaridagi ishlarning ahvolini koʻrib chiqadi va Vazirlar Mahkamasiga tegishli takliflar kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Jarimalar:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga hamda ularning tegishli oʻrinbosarlariga — Pul-kredit siyosati boʻyicha respublika komissiyasining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Raisi tomonidan;
(5-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12-sentabr 1996-yildagi 315-son qaroriga muvofiq ikkinchi xatboshi bilan oʻzgartirilgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaharlar va tumanlarning hokimlariga va ularning tegishli oʻrinbosarlariga — tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining yoki yuqori turuvchi hokimning qarori bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank muassasalari hamda soliq organlarining rahbarlariga va tegishli boʻlimlarining boshliqlari va mutaxassislariga — ularning yuqori turuvchi organlari tomonidan solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jarimalar Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 182-moddasida nazarda tutilgan tartibda solinadi.