Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.12.2017 25.05.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2106
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi, 25.05.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2106
Kuchga kirish sanasi
04.06.2010
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.12.2017
Hujjat 29.09.2014 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASh VAZIRINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻllash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 25-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2106]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2017-yil 15-dekabrdagi 129-sonli “Qoʻllash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyruqni, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2106-3 22.12.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 16-fevraldagi “Respublika dorixona muassasalarida dori-darmon va tibbiy buyumlar sotish qoidalariga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi 18-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 6-7 son, 50-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Qoʻllash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan 2000-yil 12-dekabrda tasdiqlangan Qoʻllash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 997, 2000-yil 29-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 24-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir A. IKRAMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 26-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
95-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2010-yil 26-martdagi 95-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻllash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YOʻRIQNOMA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son, 120-modda) va “Davlat sanitariya nazorati toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 355-modda) qonunlariga muvofiq qoʻllash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni yoʻq qilish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Yoʻriqnoma giyohvand vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlarni yoʻq qilishga taalluqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Yoʻriqnomada quyidagilar qoʻllash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlar (keyingi oʻrinlarda yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlar deb yuritiladi) sifatida eʼtirof etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va “in bulk” mahsulotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilmagan va (yoki) muvofiqlik sertifikatiga ega boʻlmagan dori vositalari va tibbiy buyumlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalari va tibbiy buyumlarning gʻayriqonuniy nusxalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish korxonasi oʻrami butunligi buzilgan hamda haqiqiyligini aniqlash mumkin boʻlmagan dori vositalari va tibbiy buyumlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II-bob. Yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni yoʻq qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlar yoqib yuborish, sindirish, ezish, toʻkish va koʻmish usullari bilan yoʻq qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2014-yil 15-sentabrdagi 17-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2106-1, 22.09.2014-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2014-y., 39-son, 492-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2014-yil 15-sentabrdagi 17-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2106-1, 22.09.2014-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2014-y., 39-son, 492-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2014-yil 15-sentabrdagi 17-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2106-1, 22.09.2014-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2014-y., 39-son, 492-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni yoʻq qilish uchun dori vositalari va tibbiy buyumlarning egasi boʻlgan tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan besh kishidan kam boʻlmagan tarkibda yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni yoʻq qilish komissiyasi (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) tuziladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2014-yil 15-sentabrdagi 17-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2106-1, 22.09.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 39-son, 492-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Komissiya tomonidan yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni yoʻq qilish haqida mazkur Yoʻriqnomaning 3-ilovasiga muvofiq shaklda qaror qabul qilinadi. Komissiyaning mazkur qarorida yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni yoʻq qilish sanasi, vaqti, joyi hamda yoʻq qilinayotgan dori vositalari va tibbiy buyumlarning atrof-muhit uchun bezararligi, ularning fizik-kimyoviy mutanosibligi eʼtiborga olingan holda yoʻq qilish usullari belgilanadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2014-yil 15-sentabrdagi 17-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2106-1, 22.09.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 39-son, 492-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Komissiyaning qarori ochiq ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi va uning aʼzolarini kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganida kuchga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Yoʻq qilinishi lozim boʻlgan dori vositalari va tibbiy buyumlarni yoʻq qilingunga qadar saqlash uchun tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan moddiy javobgar shaxs tayinlanadi. Buyruqda saqlashga qoldirilgan yoʻq qilinishi lozim boʻlgan dori vositalari hamda tibbiy buyumlarning nomlari va seriyalari, oʻramlari soni (miqdori) koʻrsatilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni yoʻq qilish Komissiya aʼzolari ishtirokida, mahsulot egasi yoki uning vakili tomonidan amalga oshiriladi. Yoʻq qilish jarayoni fotosuratga olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlar belgilangan tartibda yoʻq qilinganidan soʻng, Komissiya tomonidan ushbu Yoʻriqnomaning 4-ilovasiga muvofiq shaklda dalolatnoma tuziladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2014-yil 15-sentabrdagi 17-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2106-1, 22.09.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 39-son, 492-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Dalolatnoma quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarini yoʻq qilish sanasi, vaqti va joyi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlar nomi (seriya raqami, yaroqlilik muddati, oʻramlari soni (miqdori), ishlab chiqaruvchining nomi koʻrsatilgan holda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yaroqsiz dori vositalari va tibbiyot buyumlarining egasi (moddiy-javobgar shaxs);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻq qilish usuli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarini yoʻq qilishda ishtirok etgan Komissiya aʼzolari (familiyasi, ismi, otasining ismi, ish joyi va lavozimi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Dalolatnoma Komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadi hamda yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarning egasi hisoblangan tashkilot rahbarining imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Dalolatnoma, fotomateriallar va yaroqsiz dori vositalari yoki tibbiy buyumlarni yoʻq qilinganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlar egasi boʻlgan tashkilotda saqlanadi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2014-yil 15-sentabrdagi 17-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2106-1, 22.09.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 39-son, 492-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2014-yil 15-sentabrdagi 17-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2106-1, 22.09.2014-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2014-y., 39-son, 492-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Agar tergov ishlari yoki sud muhokamasi uchun dori vositalari va tibbiy buyum namunalari olingan boʻlsa, ular saqlash muddatidan qatʼi nazar, ish yakuniga etmagunga qadar yoʻq qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III-bob. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Mazkur Yoʻriqnoma talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi N. UMAROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 25-mart
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2014-yil 15-sentabrdagi 17-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2106-1, 22.09.2014-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2014-y., 39-son, 492-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2014-yil 15-sentabrdagi 17-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2106-1, 22.09.2014-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2014-y., 39-son, 492-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻllash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Qoʻllash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni yoʻq qilish komissiyasining qarori

‎‎20___ y. ___ ___________

____-son

‎‎

‎Kun tartibi ______________________________yoʻq qilish usulini belgilash

‎‎Qatnashdilar: ______________________________________________________

(F.I.O.)

Kun tartibi boʻyicha muhokama:‎‎
‎1. Qoʻllash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlar haqida mahsulot egasining maʼlumoti;
‎2. Komissiya ekspertizasi xulosasi;
3. Taklif. ‎

‎Qaror qilindi: ____________________________________________________

‎(yoʻq qilish sanasi, vaqti, joyi hamda yoʻq qilinayotgan dori vositalari va tibbiy buyumlarning atrof-muhit uchun bezararligi, ularning fizik-kimyoviy mutanosibligi eʼtiborga olingan holda yoʻq qilish usullari koʻrsatiladi)


‎____________________________________‎‎________


‎_____________________‎

‎(F.I.O., lavozimi, ish joyi)

(imzo)‎

____________________________________________‎

_____________________‎

‎(F.I.O., lavozimi, ish joyi)

(imzo)‎

‎____________________________________________

_____________________‎

‎(F.I.O., lavozimi, ish joyi)

(imzo)‎

____________________________________________

_____________________‎

‎(F.I.O., lavozimi, ish joyi)

(imzo)‎

____________________________________________

_____________________‎

‎(F.I.O., lavozimi, ish joyi)

(imzo)‎

M.Oʻ.‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻllash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

“Tasdiqlayman”‎

_____________________‎

(muassasa nomi)‎

_____________________‎

(muassasa rahbari F.I.O.)‎

___ __________ 20___ y.‎


‎YOʻQ QILISh DALOLATNOMASI

Ushbu dalolatnoma 20___ y. ____ ______________ soat _____ da quyidagi Komissiya aʼzolari tomonidan qoʻllash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni yoʻq qilinganligi haqida tuzildi.
‎__________________________________________________________________

(yoʻq qilinayotgan dori vositalari va tibbiy buyumlarning nomi, seriya raqami, oʻramlar soni (miqdori))

__________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________
‎‎Haqiqatda ______________________usulda yoʻq qilindi.
‎‎
‎‎Yoʻq qilish joyi va sanasi___________________________________
Yoʻq qilishda ishtirok etdilar:
‎‎____________________________________________

_____________________‎

(F.I.O., lavozimi, ish joyi)

(imzo)‎

‎‎____________________________________________

_____________________‎

(F.I.O., lavozimi, ish joyi)

(imzo)‎

____________________________________________

_____________________‎

(F.I.O., lavozimi, ish joyi)

(imzo)‎

____________________________________________

_____________________‎

(F.I.O., lavozimi, ish joyi)

(imzo)‎

____________________________________________

_____________________‎

(F.I.O., lavozimi, ish joyi)

(imzo)‎

M.Oʻ.‎
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 21-son, 165-modda; 2014-y., 39-son, 492-modda; 2016-y., 1-son, 10-modda)