Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2024 24.11.2009 yildagi 14-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2024
Hujjat 13.11.2015 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
FUQAROLIK ISHLARI BOʻYICHA SUD XARAJATLARINI UNDIRISH AMALIYOTI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 37-sonli “Fuqarolik ishlari boʻyicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolik ishlari boʻyicha sud xarajatlarini undirish amaliyotida mavjud kamchiliklarni bartaraf qilish, sudlar tomonidan mazkur masalaga doir qonunchilik toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, fuqarolik ishlari boʻyicha sud xarajatlari davlat boji va ishni koʻrish bilan bogʻliq chiqimlardan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qonunga koʻra, davlat boji deganda, yuridik ahamiyatga molik harakatlarni amalga oshirganlik va (yoki) bunday harakatlar uchun vakolatli muassasalar va (yoki) mansabdor shaxslar tomonidan hujjatlar berganlik uchun olinadigan majburiy toʻlov tushuniladi (Soliq kodeksining 326-moddasi).
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat boji boshqa majburiy toʻlovlar qatorida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetini shakllantirishning tarkibiy qismini tashkil etishi tufayli, sudlar fuqarolik ishlari boʻyicha davlat boji undirishga doir qonun talablariga soʻzsiz rioya etishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tushuntirilsinki, fuqarolik ishlari boʻyicha davlat boji quyidagilardan undiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi instansiya sudiga beriladigan sud buyrugʻi chiqarish haqidagi arizalardan, daʼvo arizalaridan, davlat organlari va boshqa organlar, shuningdek mansabdor shaxslar xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyatlardan, alohida tartibda yuritiladigan ishlar boʻyicha arizalardan, hakamlik sudi hal qiluv qarorlari bilan bogʻliq ishlar boʻyicha arizalardan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
apellyatsiya, kassatsiya shikoyatlaridan, sud qarorlari ustidan nazorat tartibida protest keltirish toʻgʻrisidagi arizalardan;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud hujjatlari nusxalarini berganlik uchun.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Fuqarolik ishlari boʻyicha davlat bojini toʻlash bilan bogʻliq munosabatlar Soliq kodeksining XVII-boʻlimi (bundan buyon-SK), Fuqarolik protsessual kodeksining (keyingi oʻrinlarda — FPK) oʻninchi bobi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-sonli “Davlat boji stavkalari toʻgʻrisida”gi va 1993-yil 19-avgustdagi 423-sonli “Xorijiy valyutadagi davlat bojlari, yigʻimlar va soliq boʻlmagan boshqa toʻlovlar stavkalari toʻgʻrisida”gi qarorlari bilan tartibga solinadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Davlat boji ariza, daʼvo arizasi shikoyat (bundan buyon ariza) sudga berilgunga qadar toʻlanadi, agar qonunda boshqacha belgilanmagan boʻlsa (masalan, toʻlovchi davlat bojini toʻlashdan ozod qilingan, davlat boji toʻlash kechiktirilgan yoki boʻlib-boʻlib toʻlanadigan hollarida).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat boji naqd pulsiz shaklda toʻlanganligi fakti bankning toʻlov qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi belgisi boʻlgan toʻlov topshiriqnomasi bilan tasdiqlanishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat boji naqd pul shaklida toʻlanganligi fakti bank tomonidan toʻlovchiga beriladigan belgilangan shakldagi kvitansiya bilan yoki Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi belgilagan shaklda davlat bojini qabul qilgan tashkilot yoki mansabdor shaxs tomonidan toʻlovchiga beriladigan kvitansiya bilan tasdiqlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudga mulkiy nizo boʻyicha daʼvo bahosi chet el valyutasida koʻrsatilgan daʼvo arizasi berilganda, davlat boji Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan stavkalar va tartibda chet el valyutasida undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar muayyan sudda koʻrilishi kerak boʻlgan bir necha arizalar boʻyicha davlat boji bir toʻlov topshiriqnomasi bilan toʻlangan boʻlsa, toʻlov topshiriqnomasi ishlardan biriga ilova qilinadi. Qolgan ishlarga sudya tomonidan toʻlov topshiriqnomasi sanasi va raqami koʻrsatilgan asosda toʻlov topshiriqnomasi qoʻshib qoʻyilgan ishga havola qilingan holda davlat boji toʻlanganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyiladi (maʼlumotnoma tuziladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Shuni nazarda tutish lozimki, toʻlanishi shart boʻlgan davlat boji miqdori arizachi sudga murojaat qilayotgan talabning xususiyatiga (mulkiy yoki nomulkiy) bogʻliq boʻladi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan stavkalar boʻyicha aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizachining talabi mulkiy xususiyatga ega boʻlgan hollarda davlat boji miqdori davogar tomonidan koʻrsatiladigan daʼvo bahosidan kelib chiqqan tarzda belgilanadi va sudya tomonidan FPK 105 va 106-moddalariga muvofiq tekshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir vaqtning oʻzida mulkiy va nomulkiy xarakterga ega boʻlgan mustaqil talablardan iborat boʻlgan arizalardan davlat boji har bir talab alohida, mulkiy va nomulkiy xarakterdagi arizalar uchun belgilangan tegishli stavkalar boʻyicha undiriladi. Masalan, nikohdan ajratish va mol-mulk haqidagi talab bitta daʼvo arizasida qoʻyilganda yoki bitta ishga birlashtirilganda, davlat boji har bir talab boʻyicha alohida undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daʼvo summasi koʻpaytirilganda, davlat bojining yetishmayotgan summasi daʼvo miqdorining koʻpaytirilganligi inobatga olingan bahosiga muvofiq undirilishi lozim, daʼvogar tomonidan daʼvo talablari kamaytirilganda esa, davlat boji qayta hisoblab chiqilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, qonunga muvofiq (SK 337-moddasi) davlat boji quyidagi hollarda umumiy asoslarda undiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarshi daʼvo arizalaridan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi shaxslarning ishga mustaqil davr talablari bilan kirishganligi toʻgʻrisidagi arizalardan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud dastlabki daʼvogarni uning roziligi bilan boshqa shaxs bilan almashtirganda yoki ishdan dastlabki daʼvogar huquqiy voris bilan almashtirilganda, davlat boji, agar u dastlabki daʼvogar tomonidan toʻlanmagan boʻlsa, ishga kirishgan shaxsdan yoki huquqiy vorisdan umumiy asoslarda undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Daʼvo bir necha daʼvogar tomonidan birgalikda bir yoki bir necha javobgarga nisbatan taqdim etilganda davlat boji daʼvoning umumiy summasidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqiladi va daʼvogarlar tomonidan ular qoʻygan talablar ulushiga mutanosib tarzda toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir daʼvogar tomonidan bir necha javobgarga nisbatan daʼvo taqdim etilganda ham, shuningdek sudya tomonidan bir turdagi bir necha talab bir ish yuritishga birlashtirilganda ham davlat boji daʼvoning umumiy summasidan kelib chiqqan holda undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birlashtirilgan bir yoki bir necha daʼvo talablari sudya tomonidan alohida ish yuritishga ajratilganda, qonunchilik talablariga muvofiq toʻlangan davlat boji qayta hisoblab chiqilmaydi va qaytarilmaydi. U alohida ajratilgan ish yuritish boʻyicha hisobga olinadi, bu haqda sudya tomonidan tegishli maʼlumotnoma tuziladi va ish materiallariga qoʻshib qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Sud tomonidan ilgari koʻrmasdan qoldirilgan, takroran berilgan ariza boʻyicha davlat boji qaytadan umumiy asoslarda toʻlanadi, FPK 97-moddasi 1-bandiga asosan ariza koʻrmasdan qoldirilgan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunda arizani qabul qilishni rad etish yoki ish yuritishni tugatish asoslari bartaraf etilgandan soʻng takroran berilgan arizaga davlat boji toʻlanganligi haqidagi dastlabki hujjat ilova qilinishiga yoʻl qoʻyiladi (SK 337-moddasi yigirma birinchi qismi).
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Sudga davlat boji toʻlanmagan ariza kelib tushganda, sudya arizachi qonun boʻyicha davlat bojini toʻlashdan ozod qilingan-qilinmaganligini tekshirishi shart (SK 329-moddasi).
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar arizachi qonunga koʻra davlat bojini toʻlashdan ozod qilinmagan va arizada uni toʻlashdan ozod qilish haqida iltimos mavjud boʻlmasa, sudya arizani harakatsiz qoldirish haqida ajrim chiqarishi shart. Ajrimda toʻlanishi lozim boʻlgan davlat boji summasi, toʻlash muddati va FPK 154-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan toʻlamaslik oqibatlari koʻrsatilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar arizachi qonunga koʻra davlat bojini toʻlashdan ozod qilinmagan va arizada uni toʻlashdan ozod qilish haqida iltimos mavjud boʻlsa, sudya FPK 110-moddasiga rioya etgan holda, uni davlat bojini toʻlashdan ozod qilish masalasida ajrim chiqaradi, rad etilganda, shu ajrim bilan ariza harakatsiz qoldiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Jismoniy shaxsni sud xarajatlarini, shu jumladan davlat bojini davlat foydasiga toʻlashdan ozod qilish, shuningdek, ham jismoniy va yuridik shaxsdan davlat foydasiga undiriladigan bunday xarajatlarni FPK 110, 111-moddalari boʻlib-boʻlib toʻlash va miqdorini kamaytirish masalasini hal qilishda sud ularning bu xarajatlarni qisman yoki bir yoʻla toʻlashga qurbi yetmasligini tasdiqlovchi asoslar (masalan, ish haqi (daromadi), mablagʻi mavjudligi, uning egaligida boʻlgan mulk soni va qiymati, voyaga yetmagan farzandlari, boshqa boqimandalari borligi va h.k. toʻgʻrisida maʼlumotlarni) mavjudligini tekshirishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Davlat bojini qaytarish FPKning 108 va Soliq kodeksining 342-moddalarida koʻrsatilgan asoslarga muvofiq amalga oshiriladi. Boj qonunda talab qilinganidan ortiqcha miqdorda toʻlangan boʻlsa, shu ortiqcha toʻlangan qismi qaytariladi. Qonunda qayd etilgan boshqa hollarda boj toʻliq miqdorda qaytarilishi lozim.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boj sudyaning ajrimi asosida, agar boj budjetga oʻtkazilgan kundan boshlab bir yillik muddat oʻtmagan boʻlsa, moliya organlari tomonidan qaytariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar daʼvogar bojni toʻlab, sudga ariza bilan murojaat qilmagan boʻlsa, sudning ushbu holatni tasdiqlovchi maʼlumotnomasi bojni qaytarib berish uchun asos boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, fuqarolik ishlarini koʻrish bilan bogʻliq chiqimlarga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar va tarjimonlarga toʻlanishi lozim boʻlgan summalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joyga borib koʻzdan kechirish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
FPK 140-moddasida nazarda tutilgan hollarda javobgarni qidirish uchun qilingan xarajatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakil (advokat) yordami uchun haq toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻqotilgan vaqt uchun haq toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudning hal qiluv qarorini ijro etish bilan bogʻliq xarajatlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Fuqarolik ishlarini koʻrish bilan bogʻliq chiqimlarni qoplash, qoida tariqasida, taraflar zimmasiga yuklatilishi sababli, sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlashda, taraf (taraflar) tomonidan FPK 113-moddasiga muvofiq zarur pul summasi sudning depozit hisobiga kiritish choralarini koʻrishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuni nazarda tutmoq lozimki, qonunda belgilangan chiqimlarning taraf (taraflar) tomonidan oldindan kiritilmaganligi guvohni, mutaxassisni chaqirish, joyga borib koʻzdan kechirish haqida qilingan iltimosnomani rad etish uchun asos boʻlmaydi, agar bu ishning haqiqiy holatlarini har tomonlama, toʻla va xolisona aniqlash uchun zarur boʻlsa. Sud tomonidan bu maqsadlar uchun sarflangan summalar taraflardan FPK 120-moddasida belgilangan talablar inobatga olingan holda undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Tushuntirilsinki, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar tomonlarga toʻlanishi lozim boʻlgan summalar va uni toʻlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 3-iyuldagi keyinchalik qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilgan “Guvohlar, jabrlanuvchilar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarga xarajatlarni toʻlash tartibi va miqdori haqida”gi Qonuni bilan belgilangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Nazarda tutmoq lozimki, sud qarorini ijro qilish bilan bogʻliq xarajatlar deyilganda, Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 75-moddasida nazarda tutilgan xarajatlar tushuniladi. Ularni qoplash mazkur Qonunning 77-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Umumiy qoidaga koʻra, ish boʻyicha sud xarajatlarini nizoda nohaq boʻlib chiqqan taraf toʻlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud xarajatlarini taraflar oʻrtasida taqsimlash va ularni davlat foydasiga undirish FPK 114 — 120-moddalari bilan tartibga solinadi Shu sababli, sud muhokamasi jarayonida sud (sudya) sud xarajatlari bilan, zarur hollarda esa, bir tarafga boshqa taraf yoʻqotgan, ish vaqti uchun haq toʻlash majburiyatini yuklash bilan bogʻliq holatlar mavjudligini tekshirishi shart, bu holatlar boʻyicha hal qiluv qarorining asoslantiruvchi qismida tegishli xulosalar qilishi va nafaqat undiruvga boʻlgan huquqni, balki ish boʻyicha taraflar (tarafdan undirilishi lozim boʻlgan aniq summani belgilashi hamda shu summani hal qiluv qarorining (ajrimning) xulosa qismida koʻrsatishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Davlat bojini toʻlashdan ozod qilingan daʼvogar tomonidan taqdim etilgan daʼvo toʻliq yoki qisman qanoatlantirilganda, davlat boji qanoatlantirilgan daʼvo summasiga mos tarzda javobgardan (agar u davlat bojini toʻlashdan ozod qilinmagan boʻlsa) davlat foydasiga undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat bojini toʻlashdan ozod qilingan bir necha daʼvogarlar tomonidan bir necha javobgarlarga nisbatan taqdim etilgan daʼvo toʻliq yoki qisman qanoatlantirilganda, davlat boji har bir javobgardan alohida, undan undirilgan summadan kelib chiqqan holda davlat foydasiga undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat bojini toʻlashdan ozod qilingan daʼvogar oʻz daʼvo talablaridan ular javobgar tomonidan ixtiyoriy ravishda toʻliq yoki qisman qanoatlantirilganligi oqibatida voz kechganligi sababli ish yuritish tugatilgan hollarda, davlat boji sud ajrimiga asosan javobgardan davlat foydasiga undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Agar sud tomonidan hal qiluv qarori chiqarilayotganda umumiy daʼvo summasi oshsa, davlat boji daʼvoning oshgan summasidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqiladi. Bunda kelib chiqqan farq davlat foydasiga daʼvogardan, daʼvo toʻliq qanoatlantirilganda esa, javobgardan undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud, arz qilingan talablar doirasidan qonunda belgilangan hollarda chetga chiqqanida ham davlat boji shunday tartibda hisoblab chiqiladi. Bunda, davlat boji daʼvoning qanoatlantirilgan qismiga mutanosib ravishda javobgardan undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Daʼvo qanoatlantirilgan va javobgarlar zimmasiga solidar javobgarlik yuklatilganda, sud javobgarlardan davlat bojini ham solidar undiradi. Bu qoida fuqarolik ishini koʻrish bilan bogʻliq chiqimlarni undirishga ham tatbiq etiladi, protsessual ishtirokchining talabi bilan va faqat uning manfaatida amalga oshirilgan protsessual harakatlar uchun qilingan va boshqa protsessual ishtirokchilar tomonidan qoplanmaydigan xarajatlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Sudlar shuni inobatga olishlari lozimki, fuqarolik ishlarining alohida toifalari boʻyicha daʼvo bahosini belgilashning xususiyatlari FPK 105-moddasida nazarda tutilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aliment undirish haqidagi barcha daʼvolardan (bola, ota-ona, er-xotin va boshqalar taʼminoti uchun) davlat boji 12 oy uchun aliment toʻlovlari jami summasidan, agar aliment undirilgan muddat 12 oydan oshmasa, shu davr uchun aliment toʻlovlari jami summasidan hisoblab chiqiladi. Toʻlovlar summasi javobgarning oxirgi ish joyidagi oʻrtachaga oylik ish haqi (daromadi)dan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Javobgar. ishlamagan taqdirda, davlat bojini hisoblash uchun toʻlovlar summasi Oʻzbekiston Respublikasida amalda boʻlgan oʻrtacha oylik ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aliment qarzini toʻlashdan ozod qilish, aliment miqdorini oʻzgartirish (kamaytirish yoki koʻpaytirish) haqidagi daʼvolar boʻyicha davlat boji toʻlovlar kamaygan, koʻpaygan yoki bekor qilingan, lekin bir yildan ortiq boʻlmagan davr uchun belgilangan summadan kelib chiqqan holda belgilanadi va daʼvogardan undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Mulkka nisbatan vorislik huquqi toʻgʻrisida hal qiluv qarori chiqarilganda, davlat boji sud tomonidan mol-mulkning umumiy qiymatidan kelib chiqqan holda hisoblanadi va vorislarning har biridan uning ulushiga mutanosib ravishda undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda mol-mulkning umumiy qiymatiga quyidagilar kirmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsiy va mulkiy sugʻurta shartnomalari boʻyicha sugʻurta summasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining kredit muassasalarida saqlanayotgan obligatsiyalar va omonatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
daromad summalari (mehnat haqlari), mualliflik haqlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vasiyatnoma va hadya shartnomalari boʻyicha davlat va yuridik shaxslarga oʻtayotgan mol-mulk qiymati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vatanni himoya qilish, davlat yoki jamiyat oldidagi boshqa majburiyatlarni bajarish munosabati bilan yoki inson hayotini, davlat mulkini va huquq tartibotni saqlash boʻyicha fuqarolik burchini bajarish paytida vafot etgan shaxslar mol-mulki;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joy (kvartira) yoki uy-joy qurilish shirkatidagi pay, basharti vorislar shu uy-joy (kvartira)da meros qoldiruvchi bilan birga yashab kelishgan, u vafot etgan kunga qadar roʻyxatdan (propiskadan) oʻtishgan va meros qoldiruvchi vafotidan soʻng ham yashashni davom ettirishayotgan boʻlsalar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Fuqarolik protsessual kodeksining 214-moddasiga koʻra, sud xarajatlari masalasiga doir qoʻshimcha hal qiluv qarori faqat, bu masala hal qiluv qarori chiqarish vaqtida yechilmagan holdagina chiqarilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Yuqori instansiya sudlari fuqarolik ishlarini apellyatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida koʻrish vaqtida birinchi instansiya sudi tomonidan sud xarajatlarini undirishda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni tuzatish choralarini koʻrishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Sud xarajatlari notoʻgʻri undirilgan holatlar aniqlanganda, apellyatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyalari sudlarda protsessual qonunda koʻrsatilgan hollarda va tartibda, sud xarajatlarini undirishga, ularni toʻlashdan ozod qilishga, shuningdek undirilgan summa miqdorini kamaytirishga yoki ularni taraflar oʻrtasida qayta taqsimlashga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi “Fuqarolik ishlari boʻyicha sud xarajatlarini va jinoyat ishlari yuzasidan sud chiqimlarini undirish amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy sud raisi B. MUSTAFAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Plenum kotibi, Olin sud sudyasi Y.TURSUNBAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 24-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-son