16.12.2024 yildagi 37-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolik ishlari boʻyicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganligi munosabati bilan, shuningdek, sudlar tomonidan qonun normalarini bir xilda va toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlash, fuqarolik ishlari boʻyicha sud xarajatlarini undirish amaliyotida mavjud kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 22-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, fuqarolik ishlari boʻyicha sud xarajatlari davlat boji va ishni koʻrish bilan bogʻliq chiqimlardan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunining (bundan buyon matnda “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun deb yuritiladi) 3-moddasiga muvofiq, davlat boji yuridik ahamiyatga molik harakatlarni amalga oshirganlik va (yoki) bunday harakatlar uchun vakolatli muassasalar va (yoki) mansabdor shaxslar tomonidan hujjatlar berganlik uchun olinadigan majburiy toʻlov hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat boji boshqa turdagi majburiy toʻlovlar qatori Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlarini shakllantirishning tarkibiy qismini tashkil etishi bois, sudlar fuqarolik ishlari boʻyicha davlat bojini undirish toʻgʻrisidagi qonun talablariga qatʼi rioya etishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Fuqarolik ishlari boʻyicha davlat bojini undirish bilan bogʻliq masalalar “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun, ushbu Qonun bilan tasdiqlangan “Davlat boji stavkalarining miqdorlari” va Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining (bundan buyon matnda FPK deb yuritiladi) 13-bobiga muvofiq tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tushuntirilsinki, fuqarolik ishlari boʻyicha davlat boji quyidagilardan undiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) sudlarga beriladigan daʼvo arizalardan, alohida tartibda yuritiladigan ishlarga doir arizalardan, sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizalardan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) hakamlik sudining hal qiluv qarorlari yuzasidan nizolashish haqidagi arizalardan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizalardan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) chet davlat sudining hamda chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish haqidagi arizalardan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining maʼmuriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan yuzaga kelmaydigan qarorlari hamda ular mansabdor shaxslarining shunday harakatlari (harakatsizligi) ustidan berilgan daʼvo arizalaridan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibidagi shikoyatlaridan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) sudlarning hal qiluv qarorlari ustidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi, daʼvoni koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisidagi, sud jarimalarini solish toʻgʻrisidagi ajrimlar ustidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) hakamlik sudining hal qiluv qarorlari yuzasidan nizolashish haqidagi ishlar boʻyicha ajrimlar ustidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizalar boʻyicha ajrimlar ustidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) chet davlat sudining hamda chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi arizalar boʻyicha ajrimlar ustidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) hujjatlarning dublikatlarini va koʻchirma nusxalarini (shu jumladan, takroriy ravishda beriladigan sud hujjatlarining koʻchirma nusxalarini) berganlik uchun.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlarga tushuntirilsinki, FPKning 396, 416 va 41927-moddalariga asosan apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyasi sudlari sud hujjatlarini toʻliq hajmda tekshirib chiqishi shartligidan kelib chiqib, sud qarorlarining sud xarajatlari qismidan norozi boʻlib berilgan apellyatsiya, kassatsiya va taftish shikoyatlari boʻyicha davlat boji umumiy asoslarda toʻlanadi, davlat boji bilan bogʻliq masalalar boʻyicha chiqarilgan ajrimlarga nisbatan berilgan xususiy shikoyatlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Davlat boji va pochta xarajati ariza, daʼvo arizasi, shikoyat (bundan buyon — ariza) sudga berilgunga qadar toʻlanadi, qonun bilan davlat boji toʻlovi boʻyicha boshqacha tartib belgilangan hollar bundan mustasno (masalan, arizachi qonun bilan davlat bojini toʻlashdan ozod qilingan, sud tomonidan davlat boji toʻlovi kechiktirilgan yoki boʻlib-boʻlib toʻlash belgilangan hollar).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, sudlarning eʼtibori pochta xarajatlari toʻlovidan ozod qilish, uni kechiktirish, kamaytirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash qonunda nazarda tutilmaganligiga qaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat boji toʻlanganligi fakti:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank tomonidan toʻlovchiga berilgan belgilangan shakldagi toʻlov hujjati (kvitansiya, toʻlov topshiriqnomasi va boshqalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan shaklda toʻlovni amalga oshirgan mansabdor shaxs yoki davlat organi va tashkilotning kassasi tomonidan toʻlovchiga berilgan toʻlov hujjati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron toʻlov tizimidan olingan maʼlumotlar bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daʼvo bahosi chet el valyutasida belgilangan mulkiy nizo boʻyicha sudga ariza berilganda, davlat bojining miqdori ariza taqdim etilgan sanada Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs boʻyicha milliy valyutada belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar muayyan sudda alohida koʻrilishi kerak boʻlgan bir nechta arizalar boʻyicha davlat boji bir toʻlov hujjati bilan toʻlangan boʻlsa, toʻlov hujjati ishlardan biriga ilova qilinadi. Qolgan ishlarga toʻlov hujjatining nusxasi qoʻshilib, uning asli qoʻshib qoʻyilgan ishga havola qilingan holda sudya tomonidan davlat boji toʻlanganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyiladi yoki maʼlumotnoma tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur qoida pochta xarajatlari toʻlov hujjatlariga nisbatan ham qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Shuni nazarda tutish kerakki, toʻlanishi lozim boʻlgan davlat boji miqdori arz qilingan talabning xususiyatiga (mulkiy yoki nomulkiy) bogʻliq boʻladi va “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun bilan belgilangan stavkalar boʻyicha aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daʼvo talabi mulkiy xususiyatga ega boʻlgan hollarda davlat boji miqdorini daʼvogar tomonidan koʻrsatilgan daʼvo bahosidan kelib chiqib, FPKning 129 va 130-moddalariga muvofiq sudya belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mulkiy xususiyatga ega boʻlgan bir nechta mustaqil talablardan iborat daʼvo arizalardan davlat boji umumiy daʼvo summasidan kelib chiqqan holda undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir nechta mustaqil talablarni oʻz ichiga olgan nomulkiy xususiyatga ega boʻlgan daʼvo arizalardan har bir talab uchun alohida davlat boji undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir vaqtning oʻzida mulkiy va nomulkiy xususiyatga ega boʻlgan mustaqil talablardan iborat boʻlgan arizalardan davlat boji har bir talab uchun alohida, mulkiy va nomulkiy xususiyatdagi arizalar uchun belgilangan stavkalar boʻyicha undiriladi. Masalan, nikohdan ajratish va mol-mulkni boʻlish haqidagi daʼvo talablari bitta arizada berilganda yoki uydan koʻchirish va uyga kiritish haqidagi talablar bitta ishga birlashtirilganda, davlat boji har bir talab boʻyicha alohida undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, sudlarning eʼtibori, bir vaqtning oʻzida biri ikkinchisidan kelib chiqqan talablardan iborat boʻlgan arizalardan davlat boji faqat asosiy talab boʻyicha undirilishiga qaratilsin (masalan, qurilmani buzdirish va yerni oʻz holiga qaytarish; kredit shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish, kredit qarzdorligini undirish va undiruvni garov mulkiga qaratish; merosxoʻr deb topish, merosni taqsimlash va meros ulushlarini belgilash; uy-joyga kiritish va undan foydalanish huquqini belgilash; foydalanish huquqini yoʻqotgan deb topish va turar joydan koʻchirish haqidagi talablar va hokazo).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Agar sud tomonidan ish koʻrilishi jarayonida daʼvo bahosi koʻpaytirilgan boʻlsa, davlat boji daʼvoning koʻpaytirilgan summasidan kelib chiqqan holda hisoblanadi (“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun 19-moddasining sakkizinchi qismi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, kelib chiqqan davlat bojidagi farq daʼvo rad qilinganda davlat foydasiga daʼvogardan, daʼvo toʻliq yoki qisman qanoatlantirilganda esa, javobgardan qanoatlantirilgan qismiga mutanosib ravishda undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud qonunda belgilangan hollarda arz qilingan talablar doirasidan chetga chiqqanida ham davlat boji shunday tartibda hisoblanib, daʼvoning qanoatlantirilgan qismiga mutanosib ravishda javobgardan undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish koʻrilishi jarayonida daʼvogar tomonidan daʼvo talablari kamaytirilgan hollarda, toʻlangan davlat boji qayta hisoblab chiqilmaydi va qaytarilmaydi (“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun 19-moddasining yettinchi qismi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlarning eʼtibori, dastlab davlat boji toʻlanmasdan (kechiktirish, boʻlib-boʻlib toʻlash, kamaytirish yoki ozod qilish hollarda) ish yuritishga qabul qilingan daʼvo ariza boʻyicha keyinchalik daʼvoning bahosi kamaytirilgan hollarda, davlat bojini undirish masalasi sudya tomonidan ish yakuni boʻyicha qaror qabul qilishda umumiy asoslarda hal qilinishi lozimligiga qaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunning 19-moddasiga koʻra, davlat boji quyidagi hollarda umumiy asoslarda undiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarshi daʼvo arizalardan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi shaxslarning ishga mustaqil daʼvo talablar bilan kirishganligi toʻgʻrisidagi arizalardan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishga kirishgan daʼvogarning huquqiy vorisidan davlat boji, agar u daʼvogar tomonidan toʻlanmagan boʻlsa, umumiy asoslarda undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun 7-moddasining ikkinchi qismi va 8-moddasi qoidalari inobatga olinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Daʼvo bir nechta daʼvogar tomonidan birgalikda bir yoki bir nechta javobgarga nisbatan taqdim etilganda davlat boji daʼvoning umumiy summasidan kelib chiqib hisoblanadi va daʼvogarlar tomonidan ular qoʻygan talablar ulushiga mutanosib tarzda toʻlanadi (“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun 19-moddasining oʻninchi qismi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir daʼvogar tomonidan bir nechta javobgarga nisbatan daʼvo taqdim etilganda ham, shuningdek sudya tomonidan bir turdagi bir nechta talab bir ish yuritishga birlashtirilganda ham davlat boji daʼvoning umumiy summasidan kelib chiqqan holda undiriladi (“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun 19-moddasining oʻn birinchi qismi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birlashtirilgan bir yoki bir nechta daʼvo talablari sudya tomonidan alohida ish yuritishga ajratilganda, qonunchilik talablariga muvofiq toʻlangan davlat boji qayta hisoblab chiqilmaydi va qaytarilmaydi. U alohida ajratilgan ish yuritish boʻyicha hisobga olinadi va bu haqda sudya tomonidan tegishli maʼlumotnoma tuzilib, toʻlov hujjatining nusxasi bilan birga ish materiallariga qoʻshib qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Sudga ariza davlat boji toʻlovisiz kelib tushganda, sudya arizachi qonun bilan uni toʻlashdan ozod qilingan-qilinmaganligini tekshirishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolik ishlari boʻyicha davlat boji toʻlashdan ozod qilingan jismoniy va yuridik shaxslar roʻyxati “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun 8-moddasining birinchi qismida belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunning 7-moddasiga koʻra, 2020-yil 1-yanvarga qadar qabul qilingan boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan va ushbu Qonunda nazarda tutilmagan davlat bojini toʻlashdan ozod qilish ushbu hujjatlarning amal qilish muddati tugaguniga qadar kuchda qolishi inobatga olinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar arizachi qonun yoki boshqa qonunchilik hujjatlariga koʻra davlat bojini toʻlashdan ozod qilinmagan va arizada uni toʻlashni kechiktirish, kamaytirish, boʻlib-boʻlib toʻlash haqida iltimosnoma mavjud boʻlmasa, shuningdek pochta xarajatlari toʻlanmagan boʻlsa, sudya arizani qaytarish haqida ajrim chiqaradi (FPK 195-moddasi birinchi qismining 7-bandi). Ajrimda toʻlanishi lozim boʻlgan davlat boji, pochta xarajatlari summasi koʻrsatilishi va ushbu kamchilik bartaraf qilinganidan soʻng takroran murojaat qilish imkoniyati mavjudligi tushuntirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
FPK 133-moddasining ikkinchi qismi va 193-moddasiga muvofiq, sudya fuqarolik ishini qoʻzgʻatish bosqichida arizachining iltimosnomasi boʻyicha uning mulkiy ahvoliga qarab davlat bojini toʻlashni kechiktirishga, boʻlib-boʻlib toʻlashga yoki miqdorini kamaytirishga haqli boʻlib, bu haqda arizani ish yuritishga qabul qilish va ish qoʻzgʻatish haqidagi ajrimida yoxud arizachining iltimosnomasini qanoatlantirish haqidagi alohida ajrimda koʻrsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iltimosnoma rad qilinganda, ariza va unga ilova qilingan hujjatlar sudyaning ajrimi bilan arizachiga qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun 8-moddasining ikkinchi qismida, ushbu modda birinchi qismining 10, 132, 14, 33-36 va 371-bandlarida koʻrsatilgan shaxslarning talablari qanoatlantirish toʻliq yoki qisman rad etilgan taqdirda, davlat boji shu shaxslardan talablarning qanoatlantirilishi rad etilgan miqdoriga mutanosib ravishda undirilishi nazarda tutilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun 19-moddasining yigirma uchinchi qismida davlat boji toʻlashdan ozod qilingan davlat organlari hamda boshqa shaxslar tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini koʻzlab bildirilgan talablarni qanoatlantirish rad etilgan yoki ular qisman qanoatlantirilgan taqdirda, davlat boji ariza qaysi shaxslarning manfaatlarini koʻzlab taqdim etilgan boʻlsa, shu shaxslardan daʼvo talablarning qanoatlantirilishi rad etilgan qismiga mutanosib ravishda undirilishi koʻrsatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shundan kelib chiqib, sudlarga tushuntirilsinki, bunday talab FPK 138-moddasining beshinchi qismida ham belgilanganligidan kelib chiqib, davlat bojini toʻlashdan ozod etilgan davlat organlari va boshqa organlar, shuningdek tashkilotlarning yuridik shaxslar va fuqarolarning manfaatlarini koʻzlab taqdim etilgan daʼvo talablarini qanoatlantirish rad etilgan yoki ular qisman qanoatlantirilgan taqdirda, davlat boji manfaatlari koʻzlanib daʼvo taqdim etilgan shaxslardan (agar ular qonunga muvofiq davlat boji toʻlashdan ozod qilinmagan boʻlsa) daʼvo talablarining qanoatlantirilishi rad etilgan qismiga mutanosib ravishda undirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, koʻrsatilgan davlat organlari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan topshirilgan ariza, apellyatsiya, kassatsiya, taftish shikoyatlarini qabul qilishda, sudlar manfaatlari koʻzlangan yuridik va jismoniy shaxslarning bunday murojaat qilishga roziligi mavjudligini tekshirishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. FPK 133-moddasiga asosan ham jismoniy, ham yuridik shaxsdan davlat foydasiga undiriladigan sud xarajatlarini kechiktirish, boʻlib-boʻlib toʻlash yoki miqdorini kamaytirish masalasini hal qilishda, sud ularning bu xarajatlarni bir yoʻla yoki qisman toʻlashga qurbi yetmasligini tasdiqlovchi dalillar mavjudligini (masalan, ish haqi (daromadi), bankda mablagʻlari mavjud emasligi, arizachining oilasi kam taʼminlangan deb tan olinganligi toʻgʻrisidagi vakolatli organning maʼlumoti (maʼlumotnomasi) va hokazo) tekshirishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik shaxslar, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslar davlat boji toʻlovini kechiktirish, kamaytirish, boʻlib-boʻlib toʻlash haqida iltimosnoma bilan murojaat qilib, unga bankning hisob raqamida pul mablagʻi mavjud emasligi yoki yetarli emasligi haqidagi maʼlumotnomani ilova qilganda, ushbu maʼlumotnoma sudga murojaat qilingan kundan koʻpi bilan uch kun oldingi sana bilan qayd etilgan boʻlishi lozimligi, bu muddatdan avvalgi sanadagi maʼlumotnoma inobatga olinmasligiga sudlarning eʼtibori qaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Davlat bojini qaytarish “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun 18-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan asoslarga muvofiq amalga oshiriladi. Davlat boji qonunda talab qilinganidan ortiqcha miqdorda toʻlangan boʻlsa, shu ortiqcha toʻlangan qismi qaytariladi. Qonunning ushbu moddasida qayd etilgan boshqa hollarda boj toʻliq miqdorda qaytarilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlarning eʼtibori davlat boji summalarining qaytarilishi “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun 18-moddasining ikkinchi qismida belgilangan tartibda sud hujjatiga asosan amalga oshirilishiga qaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar daʼvogar davlat bojini toʻlab, sudga ariza bilan murojaat qilmagan boʻlsa, sudning ushbu holatni tasdiqlovchi maʼlumotnomasi uni qaytarish uchun asos boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda sudlar pochta xarajatlarini qaytarish qonunda nazarda tutilmaganligini inobatga olishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Sudlar shuni inobatga olishlari lozimki, FPK 123-moddasining ikkinchi qismi talablariga muvofiq, sud FPK 122-moddasining 1, 3, 4 va 103-bandlarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha arizani koʻrmasdan qoldirganda, davlat bojini qaytarish masalasini hal qilishi va bu haqda ajrimda koʻrsatishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari, “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun 18-moddasi birinchi qismining 5, 10, 11, 13 va 14-bandlari talablariga muvofiq, quyidagi hollarda ham davlat boji toʻliq yoki qisman qaytariladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar ish sudga taalluqli boʻlmasa, ishni yuritish tugatilganda, bundan ish taalluqliligiga koʻra boshqa sudga koʻrib chiqish uchun oʻtkazilgan hollar mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishda ishtirok etgan shaxs vafot etganida, agar nizoli huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yoʻl qoʻymasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar ishda ishtirok etayotgan yuridik shaxs tugatilgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
daʼvogar nizoni sudga qadar hal etish (eʼtiroz bildirish) tartibiga rioya etmaganda, agar bu hol qonunda ushbu toifadagi nizolar uchun yoki taraflarning shartnomasida nazarda tutilgan hamda bunday hal etish imkoniyati boy berilgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud buyrugʻini chiqarish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilish rad etilganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud, FPKning tegishli moddalarida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha arizani koʻrmasdan qoldirganda yoki ish yuritishni tugatganda, davlat bojini qaytarish haqida ham oʻz ajrimida koʻrsatishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, ariza FPK 122-moddasi birinchi qismining 5, 6, 9 va 91-bandlariga asosan koʻrmasdan qoldirilganda, daʼvo ariza berilganda kechiktirilgan yoki boʻlib-boʻlib toʻlash belgilangan davlat boji taraflardan undirilmasligi inobatga olinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Sud tomonidan ilgari koʻrmasdan qoldirilgan takroran berilgan ariza boʻyicha davlat boji qaytadan umumiy asoslarda toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, agar ariza koʻrmasdan qoldirilganligi munosabati bilan toʻlangan davlat boji qaytarilishi belgilangan boʻlib, amalda qaytarilmagan boʻlsa, u budjetga oʻtkazilgan kundan eʼtiboran Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining (bundan buyon matnda FK deb yuritiladi) 150-moddasida belgilangan umumiy daʼvo muddati davrida, davlat boji toʻlanganligi toʻgʻrisidagi dastlabki hujjat takroran berilgan arizaga ilova qilinishi mumkin (“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun 19-moddasining toʻrtinchi qismi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu qoida ariza, apellyatsiya, kassatsiya va taftish shikoyati qaytarilgan va takroran berilgan hollarga ham tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Sud buyrugʻi bekor qilingan taqdirda undiruvchi tomonidan toʻlangan davlat boji qaytarilmaydi, biroq, u budjetga oʻtkazilgan kundan eʼtiboran FKning 150-moddasida belgilangan umumiy daʼvo muddati davrida, undiruvchi tomonidan qarzdorga nisbatan daʼvo ishi yuritish tartibida daʼvo qoʻzgʻatilgan taqdirda, toʻlangan davlat boji toʻlanishi lozim boʻlgan bojga qoʻshib hisoblanadi (“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun 19-moddasining toʻrtinchi va yigirma beshinchi qismi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlar inobatga olishlari kerakki, sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizani FPK 175-moddasida koʻrsatilgan asoslar bilan qabul qilish rad etilganda toʻlangan davlat boji qaytarilishi belgilangan boʻlib, amalda qaytarilmagan boʻlsa ham, davlat boji toʻlanganligi toʻgʻrisidagi dastlabki hujjat davlat boji budjetga oʻtkazilgan kundan eʼtiboran umumiy daʼvo muddati doirasida berilgan daʼvo arizaga ilova qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Sudlarning eʼtibori qaratilsinki, fuqarolik ishlarini koʻrish bilan bogʻliq chiqimlarga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar va tarjimonlarga toʻlanishi lozim boʻlgan summalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joyga borib koʻzdan kechirish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
FPK 165-moddasida nazarda tutilgan hollarda javobgarni qidirish uchun qilingan xarajatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud xabarnomalarini va sud hujjatlarini yuborish bilan bogʻliq pochta xarajatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud tomonidan tan olingan boshqa zarur xarajatlar kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqa sud xarajatlariga (FPK 132-moddasi birinchi qismining 5-bandi) sud tomonidan oqilona miqdorlarda belgilanadigan, amalda yoʻqotilgan vaqt uchun undiriladigan kompensatsiya, vakilning yordami uchun toʻlanadigan xarajatlar va hokazolar kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. FPK 135-moddasida ishni koʻrish bilan bogʻliq chiqimlarni toʻlash taraflar zimmasiga yuklatilganligi sababli, ishni sud muhokamasiga tayyorlashda yoki sud muhokamasi davomida taraflar tomonidan ushbu mablagʻlarni sudning depozit hisobvaragʻiga oldindan kiritish choralarini koʻrish lozimligiga sudlarning eʼtibori qaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud chiqimlarining taraflar tomonidan oldindan kiritilmaganligi guvohni, ekspertni, mutaxassisni chaqirish, joyiga borib koʻzdan kechirish haqidagi iltimosnomani, agar bu tomonlarning huquq va majburiyatlarini, ishning haqiqiy holatlarini har tomonlama, toʻla va xolisona aniqlash uchun zarur boʻlsa, qanoatlantirishni rad etish uchun asos boʻlmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday holda ishni koʻrish bilan bogʻliq sarf qilingan chiqimlar, FPK 141-moddasida belgilangan qoidalar boʻyicha sud hujjati qabul qilinayotganda undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, FPK 132-moddasining uchinchi qismiga muvofiq, sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar summasi sud tomonidan belgilanishi va ishda ishtirok etuvchi shaxslardan ishni koʻrish natijalariga koʻra undirilishi lozimligi inobatga olinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Tushuntirilsinki, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlarga toʻlanishi lozim boʻlgan summalar va ularni toʻlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-oktabrdagi 570-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarga toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlarni hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom bilan belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Nazarda tutish lozimki, sud qarorini ijro qilish bilan bogʻliq xarajatlar deganda, Oʻzbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 75-moddasida nazarda tutilgan xarajatlar tushuniladi. Ularni qoplash mazkur Qonunning 77-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, FPK 137-moddasida nazarda tutilgan amalda yoʻqotilgan vaqt uchun haq sud tomonidan ishda mavjud hujjatlar asosida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
daʼvogardan — insofsizlik bilan asossiz daʼvo taqdim etilganda yoxud ishning toʻgʻri va oʻz vaqtida koʻrib chiqilishiga muntazam qarshilik qilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
javobgardan — insofsizlik bilan daʼvoga qarshi nizolashganda yoxud ishning toʻgʻri va oʻz vaqtida koʻrib chiqilishiga muntazam qarshilik qilganda undirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Umumiy qoidaga koʻra, ish boʻyicha sud xarajatlari nizoda nohaq boʻlib chiqqan tarafdan undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud xarajatlarini taraflar oʻrtasida taqsimlash va ularni davlat foydasiga undirish FPK 136 — 141-moddalari bilan tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu sababli, sud (sudya) sud xarajatlarini undirish masalasini muhokama qilib, sud hujjatining asoslantiruvchi qismida tegishli xulosalar qilishi va nafaqat undiruvga boʻlgan huquqni, balki ish boʻyicha taraflardan undirilishi kerak boʻlgan aniq summani belgilab, uni sud hujjatining xulosa qismida koʻrsatishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Davlat bojini toʻlashdan ozod qilingan daʼvogar tomonidan taqdim etilgan daʼvo toʻliq yoki qisman qanoatlantirilganda, davlat boji javobgardan, agar u qonunga muvofiq davlat boji toʻlashdan ozod qilinmagan boʻlsa, arz qilingan talablarning qanoatlantirilgan qismiga mutanosib ravishda davlat daromadiga undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat bojini toʻlashdan ozod qilingan bir nechta daʼvogarlar tomonidan bir nechta javobgarlarga nisbatan taqdim etilgan daʼvo toʻliq yoki qisman qanoatlantirilganda, qanoatlantirilgan qismiga mutanosib ravishda davlat boji har bir javobgardan alohida, undan undirilgan summadan kelib chiqqan holda davlat foydasiga undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tushuntirilsinki, daʼvogar arz qilgan talablaridan voz kechsa yoki daʼvo arizani koʻrmasdan qoldirish haqida ariza bersa, u tomonidan qilingan xarajatlar javobgar tomonidan qoplanmaydi, javobgar daʼvogarning talablarini ixtiyoriy qanoatlantirganligi holatlari bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat bojini toʻlashdan ozod qilingan daʼvogar oʻz daʼvo talablaridan ular javobgar tomonidan ixtiyoriy ravishda toʻliq yoki qisman qanoatlantirilganligi oqibatida voz kechganligi sababli ish yuritish tugatilgan yoxud shu asos bilan daʼvogarning arizasiga binoan daʼvo ariza koʻrmasdan qoldirilgan hollarda, davlat boji javobgardan davlat budjetiga undirilishi lozim (“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun 19-moddasining oʻn toʻrtinchi qismi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlarning eʼtibori, “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun 19-moddasining oltinchi qismiga muvofiq ishni sud muhokamasiga tayyorlash muddati tugagunga qadar daʼvogar daʼvodan voz kechganligi, taraflar oʻrtasida kelishuv bitimi tuzilganligi munosabati bilan alimentlarni undirish toʻgʻrisidagi ish boʻyicha ish yuritish tugatilgan holda, javobgardan davlat boji undirilmasligiga qaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Daʼvo qanoatlantirilib, javobgarlar zimmasiga solidar javobgarlik yuklatilganda, sud javobgarlardan davlat bojini ham solidar tartibda undiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu qoida fuqarolik ishini koʻrish bilan bogʻliq chiqimlarni undirishga ham tatbiq etiladi, bundan protsessual sherik ishtirokchining talabi bilan va faqat uning manfaatida amalga oshirilgan protsessual harakatlar uchun qilingan va boshqa protsessual sherik ishtirokchilar tomonidan qoplanmaydigan xarajatlar mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Sudlar shuni inobatga olishlari lozimki, fuqarolik ishlarining alohida toifalari boʻyicha daʼvo bahosini belgilashning xususiyatlari FPKning 129-moddasida nazarda tutilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aliment undirish haqidagi barcha daʼvolardan (bola, ota-ona, er-xotin va boshqalar taʼminoti uchun) davlat boji bir yil uchun aliment toʻlovlarining jami summasidan, agar aliment undirilgan muddat bir yildan oshmasa, shu davr uchun aliment toʻlovlari jami summasidan hisoblab chiqiladi. Toʻlovlar summasi javobgarning oxirgi ish joyidagi oʻrtacha oylik ish haqi (daromadi)dan kelib chiqib aniqlanadi. Javobgar ishlamagan taqdirda, davlat bojini hisoblash uchun toʻlovlar summasi Oʻzbekiston Respublikasida amalda boʻlgan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aliment qarzini toʻlashdan ozod qilish, aliment miqdorini oʻzgartirish (kamaytirish yoki koʻpaytirish) haqidagi daʼvolar boʻyicha davlat boji toʻlovlar kamaygan, koʻpaygan yoki bekor qilingan, ammo bir yildan ortiq boʻlmagan davr uchun belgilangan summadan kelib chiqqan holda belgilanadi va daʼvogardan undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun 19-moddasi birinchi qismining ikkinchi xatboshiga muvofiq, shartnomalarni haqiqiy emas deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi, shartnomalarni bekor qilish toʻgʻrisidagi yoki ularning shartlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi daʼvo arizalariga shartnoma toʻlaligicha yoki uning biron-bir qismi nizolashilayotganligidan qatʼi nazar, shartnoma oldi nizolari boʻyicha arizalar uchun belgilangan stavkalar boʻyicha davlat boji toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlarning eʼtibori, “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun bilan belgilangan davlat boji stavkalarining fuqarolik ishlari boʻyicha sudlariga oid qismida shartnoma oldi nizolari boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan davlat boji stavkalari belgilanmaganligi hamda FPK 129-moddasining 2-bandida mol-mulkni talab qilib olish toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha daʼvoning bahosi talab qilinayotgan mol-mulkning qiymatiga qarab belgilanishi nazarda tutilganligi sababli, shartnomani haqiqiy emas deb topish yoki bekor qilish haqidagi talablar yuzasidan nizolashilayotgan shartnomada koʻrsatilgan pul qiymati (shartnoma bahosi) daʼvo bahosi hisoblanishi va davlat boji mulkiy xususiyatga ega daʼvo arizalar uchun qonunda belgilangan stavka boʻyicha toʻlanishi lozimligiga qaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, shartnoma shartlarini oʻzgartirish yoki unga qoʻshimcha kiritish haqidagi talablar boʻyicha soʻralayotgan qoʻshimcha yoxud oʻzgartirish shartnoma qiymatiga taʼsir qiladigan miqdoridan, qiymat jihatidan baholanmaydigan talablar arz qilingan holda esa nomulkiy xususiyatga ega talab uchun belgilangan stavkalardan kelib chiqib davlat boji belgilanishi lozimligi tushuntirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, sudlarning eʼtibori bitta nizo predmeti boʻyicha bir nechta bitimlar nizolashilganda, daʼvoning bahosi nizo predmetining qiymatidan kelib chiqib belgilanishiga qaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Mol-mulkka nisbatan meros qilib olish huquqi toʻgʻrisida hal qiluv qarori qabul qilinganda, davlat boji sud tomonidan mol-mulkning umumiy qiymatidan kelib chiqqan holda hisoblanadi va vorislarning har biridan uning ulushiga mutanosib ravishda undiriladi (“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun 19-moddasining oʻn oltinchi qismi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda davlat bojini hisoblash uchun mol-mulkning umumiy qiymatiga quyidagilar kirmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsiy va mulkiy sugʻurta shartnomalari boʻyicha sugʻurta summasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
banklarda saqlanayotgan omonat summalari va obligatsiyalar qiymati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
daromad summalari (mehnat haqlari), shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻidagi pul mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asar muallifining mulkiy huquqlari, asarni yaratish hamda undan foydalanish mualliflik haqi summalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vasiyatnoma va hadya shartnomalari boʻyicha davlat va yuridik shaxslarga oʻtayotgan mol-mulk qiymati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vatanni himoya qilish, davlat yoki jamiyat oldidagi boshqa majburiyatlarni bajarish munosabati bilan yoki inson hayotini qutqarish, davlat mulkini va huquq tartibotni muhofaza qilish boʻyicha fuqarolik burchini bajarish paytida vafot etgan shaxslarning mol-mulki;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joy (kvartira) yoki uy-joy qurilish shirkatidagi pay, basharti vorislar shu uy-joy (kvartira)da meros qoldiruvchi bilan birga yashab kelishgan, u vafot etgan kunga qadar roʻyxatdan (propiskadan) oʻtishgan va meros qoldiruvchi vafotidan soʻng ham yashashni davom ettirishayotgan boʻlsalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. FPK 262-moddasi birinchi qismining 3-bandi talablariga koʻra, sud xarajatlarini undirish masalasiga doir qoʻshimcha hal qiluv qarori faqat hal qiluv qarorining xulosa qismida sud xarajatlarini taqsimlash nazarda tutilmagan holda chiqarilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun 8-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar sud hujjatlari ustidan apellyatsiya, kassatsiya, taftish shikoyati bilan murojaat qilganda davlat bojini toʻlashdan ozod etilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya, kassatsiya shikoyati, taftish tartibidagi shikoyatni qanoatlantirish rad etilgan taqdirda, sud “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun 8-moddasining ikkinchi qismi talablaridan kelib chiqib, davlat boji masalasini hal qilishi lozim.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya, kassatsiya, taftish shikoyatidan voz kechilganligi sababli shikoyat boʻyicha ish yuritish tugatilganda, toʻlangan davlat boji qaytarilmaydi, agar shikoyat berishda davlat boji toʻlanmagan boʻlsa, davlat boji shikoyat bergan shaxsdan undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Apellyatsiya, kassatsiya va taftish sud instansiyalari fuqarolik ishlarini koʻrishda quyi sudlar tomonidan sud xarajatlarini undirishda yoʻl qoʻyilgan xatolarni tuzatish choralarini koʻrishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Yuqori instansiya sudi tomonidan sud hujjati bekor qilinib, ish yangidan koʻrish uchun yuborilganda, sud xarajatlarini taqsimlash masalasi ishni yangidan koʻrayotgan sud tomonidan, dastlab toʻlangan (undirilgan) davlat boji va daʼvo talablarining qanoatlantirilgan miqdori hisobga olingan holda, hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Sud xarajatlari notoʻgʻri undirilgan holatlar aniqlanganda, apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyalari sudlari protsessual qonunda koʻrsatilgan hollarda va tartibda sud xarajatlarini undirishga, undirilgan summa miqdorini kamaytirishga yoki ularni qayta taqsimlashga, shuningdek, “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunda va boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda ularni toʻlashdan ozod qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. FPK 41915-moddasida Oliy sudning sudyasi taftish tartibidagi shikoyatni oʻrganish davomida yuridik ahamiyatga molik boʻlgan bir qator harakatlarni amalga oshirishi, shu jumladan, taftish tartibidagi shikoyatni zarur boʻlgan hollarda ishni talab qilib olgan holda oʻrganishi, oʻrganish natijalari boʻyicha sud hujjatlarini taftish tartibida tekshirish uchun asoslar mavjud boʻlmasa, shikoyatni sudlov hayʼatiga koʻrib chiqish uchun oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida ustidan shikoyat qilinishi mumkin boʻlgan protsessual hujjat (ajrim) chiqarishi nazarda tutilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shunga koʻra, “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun 3-moddasining birinchi qismi va 5-moddasining 1-bandiga asosan, davlat boji oldindan toʻlanmagan yoki kam miqdorda (toʻlovni kechiktirish, kamaytirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash belgilangan boʻlsa) toʻlangan holda topshirilgan taftish tartibidagi shikoyat sudlov hayʼatiga koʻrib chiqish uchun oʻtkazish rad etilganda ham davlat bojini undirish masalasi sudya tomonidan umumiy asoslarda hal qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari davlat soliq xizmati organlari bilan birgalikda davlat boji tushumlari hisobga olinishi yuzasidan muntazam ravishda taqqoslash oʻtkazishlari, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini koʻrishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2009-yil 24-noyabrdagi “Fuqarolik ishlari boʻyicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti toʻgʻrisida”gi 14-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi B. ISLAMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi N. XAKIMOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 16-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37-son