O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining
buyrug‘i
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TIBBIYoT AMALIYoTIDA QO‘LLAShGA RUXSAT ETILGAN TIBBIY BUYuMLARNING RO‘YXATINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 13-aprelda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2094]
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2016-yil 29-iyundagi 59-sonli “O‘zbekiston Respublikasi tibbiyot amaliyotida qo‘llashga ruxsat etilgan tibbiy buyumlarning ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyruqni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2094-1, 12.07.2016-y.) asosan 2016-yil 19-oktabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasi “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son, 120-modda) 3-moddasiga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi tibbiyot amaliyotida qo‘llashga ruxsat etilgan tibbiy buyumlarning ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir A. IKROMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 22-mart,
81-son
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2010-yil 22-martdagi 81-son buyrug‘iga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi tibbiyot amaliyotida qo‘llashga ruxsat etilgan tibbiy buyumlarning
RO‘YXATI
I. Bog‘lov materiallari:
1. Tibbiy bintlar;
2. Tibbiy paxta;
3. Gipsli bintlar;
4. Gips-dokali bog‘lamlar;
5. Tibbiy doka;
6. Birinchi yordam bog‘lov xaltalari;
7. Tibbiy bog‘lagichlar;
8. Dokali tibbiy salfetkalar va qirqimlar;
9. Tibbiy niqoblar;
10. Turli tibbiy plastirlar;
11. Tibbiy yelimlar.
II. Tibbiyotda qo‘llaniladigan tikuv materiallari:
12. So‘riladigan jarrohlik iplari (tabiiy va sintetik);
13. So‘rilmaydigan jarrohlik iplari (ipakli, lavsanli, kapronli, polimerli, metall simli);
14. Jarrohlik iplari ignalari bilan.
III. Teshish, inyeksiya, transfuziya va so‘rib olish uchun ishlatiladigan buyumlar:
15. Bir marotaba qo‘llaniladigan inyeksion shpritslar;
16. Atravmatik, insulinli, inyeksion, ligaturali, epidural anesteziya uchun, spinalli, fistulali jarrohlik ignalar;
17. Infuzion, transfuzion sistemalar;
18. Infuzion eritmalarni saqlash uchun konteynerlar, qonni olish va saqlash uchun qopchalar;
19. Shprits-ruchkalar;
20. Periferik vena ichiga qo‘yiladigan, tomir ichiga qo‘yiladigan, kichik venalarga qo‘yish, qon quyish uchun mo‘ljallangan kateterlar;
21. Vena ichiga, kindikka, miya qorinchasini teshish uchun qo‘yiladigan kanyulalar;
22. Polimerli, rezinali zondlar;
23. Trubkalar, o‘tkazgichlar, liniyalar, transfuziya uchun steril filtrlar, uychalar, transdyuserlar, introdyuserlar;
24. Skarifikatorlar.
IV. Angiografiyada, angioplastikada, sun’iy qon aylanishida ishlatiladigan buyumlar:
25. Oksigenatorlar, gemokonsentratorlar, stentlar, magistrallar, o‘tkazgichlar.
V. Stomatologiya va ortodontiya uchun buyumlar:
26. Qolip olish materiallari;
27. Stomatologiya plastmassalari, metallokeramika asosida plastmassa;
28. Metallsiz va metallkeramikali tish protezlari uchun farfor massalar;
29. Sun’iy tishlar (plastmassali va farforli);
30. Borlar (olmosli, po‘latli va qattiq qotishmali turbinali to‘g‘ri va burchakli uchliklari uchun);
31. Stomatologiya to‘plamlari;
32. Stomatologiya yordamchi materiallari: mumlar, loklar, silliqlovchi materiallar, yong‘inga chidamli va ularni o‘rnini bosuvchi materiallar, protezlarni fiksatsiyasi uchun ishlatiladigan materiallar;
33. Metallokeramika, sementlar.
34. Abraziv buyumlar: disklar, toshlar, aylanalar, shtiftlar, matritsalar;
35. Plombalash materiallari;
36. Stomatologik qotishmalar;
37. Tibbiy gips.
VI. Oftalmologiya buyumlari:
38. Tashxis uchun oftalmologik shisha to‘plamlari;
39. Kontaktli, intraokulyarli linzalar;
40. Ko‘zoynak gardishlari, linzalar, optik shishalar, linza to‘plamlari, ko‘zoynaklar va o‘xshash optik buyumlar, ko‘rish qobiliyatini to‘g‘rilash uchun buyumlar;
41. Yumshoq, qattiq linzalarni tozalash hamda saqlash uchun eritmalar va vositalar;
42. Ko‘z qobiliyatini tekshirish uchun ishlatiladigan jadval, belgilar, skiasopik chizgichlar.
VII. Akusherlik va ginekologiya, urologiya uchun buyumlar:
43. Bir marotaba ishlatiladigan polimer qin ko‘zgulari;
44. Bachadon halqalari;
45. Sitoshetkalar;
46. Urologik va siydik yo‘li uchun kateterlar;
47. Siydik haydash uchun kanyulalar;
48. Tug‘riqda ishlatiladigan bir marotabalik to‘plamlar;
49. Ginekologiya va ekstrakorporal urug‘lantirish uchun sarflanadigan materiallar.
VIII. Otorinolaringologiya uchun buyumlar:
50. Shaxsiy ingalyatorlar;
51. Quloq tiqinlari. Quloq bekitgichlari;
52. Burun aspiratorlari.
IX. Anesteziologiya va reanimatsiya uchun buyumlar:
53. Traxeal, endotraxeal, nafas yo‘li uchun, laringial, traxeotomik naylar;
54. Drenajlar, drenaj kateterlar;
55. Havo o‘tkazgichlar;
56. Stiletlar,o‘tkazgichlar;
57. Narkoz, nafas yo‘li uchun niqoblar (rezinali, lateksli va polimer materiallardan);
58. Sun’iy nafas oldirish va sun’iy nafas oldirish apparati uchun qopchalar;
59. Orqa miya, peridural, o‘tkazuvchi, mahalliy va boshqa turdagi anesteziya to‘plamlari;
60. Nafas yo‘li filtrlari;
61. Peridural, kindik, orqa miya va so‘rib olish uchun kateterlar.
X. Protezlar, implantantlar va qayta tiklash vositalari:
62. Ortopediya oyoq kiyimlari, davolash pataklari;
63. Ortopediya moslamalari: korsetlar, fiksatorlar, reklinatorlar, obturatorlar va boshqa buyumlar (qo‘ltiqtayoqlar, tibbiyot hassalari);
64. Suyak osteosintezi uchun tashqi mahkamlash moslamalari, suyak usti kortikal va intramedullyar osteosintezi uchun metall mahkamlagichlar;
65. Suyak sinishini davolash uchun ishlatiladigan shinalar va moslamalar (immobilayzerlar, bo‘yin yoqasi)
66. Elektrostimulyatorlar;
67. Tomirlar sun’iy protezi va yamoqlar, yurak klapanlar, endoprotezlar, sut bezi protezi, qo‘l-oyoq a’zo protezlari, jamlangan davolovchi-kosmetik vositalar;
68. Protezlash va implantantologiyada ishlatish uchun asbob-anjomlar va sarflanadigan materiallar.
XI. Sarflanadigan materiallar:
69. Dializ, plazmaferez, gemodializ, angiografiya uchun (dializatorlar, magistrallar, fistulalar, gemodializ kateterlar, naylar, o‘tkazgichlar, plazmofiltrlar, konsentratlar, gemokonsentratlar, dezinfektantlar).
XII. Tashhis qo‘yish uchun vositalar:
70. Auskultatsiya va perkussiya uchun qurilmalar (stetoskoplar, fonendoskoplar, perkussion bolg‘alar);
71. Peshona reflektorlari;
72. Tibbiy termometrlar;
73. Rentgenografiya va flyuorografiya plyonkalari;
74. Tibbiy plyonkalarni yorituvchi va mustahkamlovchi;
75. Biopsiya va punksiya uchun ignalar va moslamalar;
76. Ultratovush tekshiruvlar uchun gel.
XIII. Rezina, rezina matoli, lateksli, polimerli va boshqa tibbiy buyumlar:
77. Qo‘lqoplar;
78. So‘rg‘ich;
79. Bo‘sh rezinali buyumlar (gryelkalar, muz uchun pufakchalar, sprinsovkalar);
80. Jgutlar;
81. Belbog‘lar, bandajlar;
82. Korrektorlar, fiksatorlar;
83. Tomirlar varikoz kengayishida ishlatiladigan kolgotkalar, paypoqlar;
84. Elastik bintlar.
XIV. Kontratseptivlar:
85. Spirallar, prezervativlar;
86. Homiladorlikdan saqlovchi qalpoqchalar.
XV. Tibbiy yordam ko‘rsatish uchun buyumlar:
87. Dori qutilari, sanitar sumkalar (ichidagilar O‘zbekiston Respublikasida qayd etilgan bo‘lishi kerak);
88. Kislorod uchun ballonchalar va yostiqlar;
89. Resuskitatorlar;
90. Mexanik so‘rg‘ichlar.
XVI. Kasallarni parvarishlash uchun buyumlar:
91. Taglik kleyonkalar;
92. Uchliklar;
93. Siydik qabul qilgichlar;
94. Tuvaklar;
95. Buyraksimon tibbiyot lotoklari;
96. Tibbiy pipetkalar;
97. Tibbiy bankalar;
98. Sut so‘rg‘ichlar;
99. Najas qabul qilgichlar.
XVII. in vitro tashhis buyumlari:
Tashhis qo‘yish to‘plamlari, reagentlar va boshqa laboratoriya tashhis vositalari
100. Immunologik tashhis uchun reagentlar to‘plami;
101. Serologik tashhis uchun reagentlar to‘plami;
102. Biokimyoviy tashhis uchun reagentlar to‘plami;
103. Gemostoz sistemasini baholash uchun reagentlar to‘plami;
104. Polimeraz-zanjirli reaksiya tahlil tashhisi uchun reagentlar to‘plami;
105. Ekspress-testlar, indikatorli sistemalar;
106. Yopiq turdagi analizatorlarga reagentlar;
107. Referens-materiallar;
108. Ozuqa muhitlari, hujayralarni ekishda ishlatiladigan eritmalar va o‘stiruvchi omillar.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 14-15-son, 118-modda)