Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 29.08.1997 yildagi 421-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QIZKETKAN SHAHARCHASINI SUV BILAN TA’MINLASHNING KO‘RGAZMALI LOYIHASINI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Orolbo‘yi aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlash dasturini amalga oshirish, aholining turmush darajasini ko‘tarish maqsadida va O‘zbekiston Respublikasi bilan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki o‘rtasida tuzilgan Qarz haqidagi bitimni ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan 20 yil muddatga 5 million AQSH dollari summasida kredit berilgan, Qizketkan shaharchasini suv bilan ta’minlashning ko‘rgazmali loyihasini amalga oshirishga va Orolbo‘yini suv bilan ta’minlashning to‘liq ko‘lamdagi loyihasini batafsil ishlab chiqishga qaratiladigan besh yillik imtiyozli davr ham shu jumlaga kiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekkommunalloyiha” loyiha instituti tomonidan ko‘rgazmali loyihaning muhandislik jihatdan batafsil ishlab chiqilishi tugallanmoqda.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Orolbo‘yi aholisini suv bilan ta’minlash loyihasini amalga oshirish uchun mas’ul tashkilot etib belgilansin, ushbu ishga O‘zbekiston Respublikasi “O‘zkommunxizmat” agentligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm viloyati hokimligi, “O‘zgeodezkadastr”, Davlat geologiya qo‘mitasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar jalb etilsin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qizketkan shaharchasini suv bilan ta’minlashning ko‘rgazmali loyihasini mablag‘ bilan ta’minlash va yuqorida ko‘rsatilgan Qarz haqidagi bitim doirasidagi to‘liq ko‘lamli loyihaning muhandislik jihatdan batafsil ishlab chiqilishi sxemasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda Moliya vazirligi keyingi yillarga investitsiya dasturini tuzishda respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘lar, shuningdek “Suv oqova” Qoraqalpog‘iston ishlab chiqarish boshqarmasining o‘z mablag‘larini hisobga olgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti hisobiga Qizketkan shaharchasida suv ta’minoti ko‘rgazmali loyihasini amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi xarajatlari ulushini qoplashga va u bo‘yicha olingan kredit va foizlarni to‘lashga 2-ilovaga muvofiq markazlashtirilgan sarmoya mablag‘lari limitlarini nazarda tutsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi loyihani amalga oshirishga yo‘naltirilayotgan budjet mablag‘larini respublika budjeti xarajatlarida alohida qatorda nazarda tutsin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markaziy bank hamda Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi bilan birgalikda uch hafta muddatda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan berilayotgan qarz mablag‘lari berilishi, foydalanilishi va qaytarilishi tartibini, shuningdek xorijiy va milliy valyutadagi loyiha schyotlari ochilishi, foydalanilishi va to‘ldirilishi tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi Moliya vazirligi, Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda loyihani amalga oshirish davomida suv bilan ta’minlovchi tashkilotlarning moliyaviy mustaqilligini, aholining suvdan oqilona foydalanish jarayoniga faol jalb etilishini ta’minlovchi tarif stavkalarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1997-yil 1-oktabrgacha — Qizketkan shaharchasini suv bilan ta’minlashning ko‘rgazmali loyihasi loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1997-yil dekabr oyida — tender asosida pudrat tashkilot aniqlanishini va 1997-yil oxirigacha u bilan kontrakt tuzilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999-yil 1-aprelgacha — obyekt qurilishi tugallanishini va u foydalanish uchun belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga berilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 13-yanvardagi 17-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining qarzi hisobiga mablag‘ bilan ta’minlanadigan, Orolbo‘yi suv ta’minoti loyihasini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha korxonalar va tashkilotlar tomonidan bajariladigan ishlar va xizmatlar qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga Orolbo‘yi aholisini suv bilan ta’minlash loyihasini ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy maslahat firmalari va kompaniyalari tomonidan xizmatlar ko‘rsatilishi va moliyaviy resurslar berilishi uchun zarur bo‘lgan materiallarni (shu jumladan, maxfiy materiallarni) ularga, shuningdek mablag‘ bilan ta’minlovchi xalqaro tashkilotlarga tegishli idoralar bilan kelishuv bo‘yicha belgilangan tartibda maxfiylik asosida berishga ruxsat etilsin.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Iqtisodiyot vazirligining buyurtmanomalari bo‘yicha Orolbo‘yi aholisini suv bilan ta’minlash loyihasini ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy tashkilotlarning vakillariga haq undirmasdan vizalar, zarurat bo‘lganda ko‘p martalik vizalar berilishini ta’minlasin.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Orolbo‘yi aholisini suv bilan ta’minlash loyihasini ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarni O‘zbekiston Respublikasida yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun yig‘imlar to‘lashdan ozod qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi bojxona hujjatlari va Orolbo‘yi aholisini suv bilan ta’minlash loyihasi uchun xarid qilinadigan materiallar va asbob-uskunalar keltirilishi, shuningdek xorijiy mutaxassislar tomonidan ushbu loyiha bo‘yicha ular tomonidan xizmatlar bajarilishi maqsadida keltiriladigan va keyinchalik ular tomonidan olib ketiladigan asbob-uskunalar, materiallar va shaxsiy mol-mulk boj poshlinalari va yig‘imlar to‘lanmasdan operativ rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Orolbo‘yi suv ta’minoti loyihasini ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashish uchun kelayotgan xorijiy mutaxassislar va tashkilotlarga yashaganlik va transportning barcha turlarida yurganlik, kommunal xizmatlar haqini to‘lash va binolar ijarasi uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan tariflar bo‘yicha haq to‘lash huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari I.H. Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1997-yil 29-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
421-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 29-avgustdagi 421-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qizketkan shaharchasini suv bilan ta’minlashning ko‘rgazmali loyihasini mablag‘ bilan ta’minlash va to‘liq ko‘lamli loyihaning muhandislik jihatdan batafsil ishlab chiqilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani amalga oshirish muddati‎ umumiy qiymati‎ shu jumladan
XTTB qarz mablag‘lari‎ budjet mablag‘lari‎ aholi mablag‘lari‎

I. Qizketkan shaharchasini suv bilan ta’minlashning ko‘rgazmali loyihasi, shu jumladan, qurilish, shuningdek qurilish materiallari va nasos stansiyasi uchun asbob-uskunalar, xlorlagich, toza suv rezervuarlari, elektr podstansiyalari, elektr tarmoqlari, yo‘llar, suv to‘plovchi va tarqatuvchi vodoprovod tarmoqlari, jumladan suvni hovlilarga olib kirish va suv o‘lchagichlar o‘rnatish qiymati.‎

1997—1999‎ 2059‎ 1653‎ 352**‎ 54**‎

II. To‘liq ko‘lamli loyihaning chet ellik maslahatchilar, ixtisoslashtirilgan mahalliy loyihalash tashkilotlari tomonidan muhandislik jihatdan batafsil ishlab chiqilishi:‎

1997-1998‎ 3347‎ 3347‎ 50 (1997-y.) 302 (1998-y.)

—gidravlik hisob-kitoblarni, loyiha obyektlari sxemalari va chizmalarini tayyorlash;‎

1054*
—qurilish ishlari hajmlari hisob-kitoblarini va asbob-uskunalar ro‘yxatini tayyorlash, ularni paketlar bo‘yicha jonlashtirish; ‎ 1403*‎
—xarid qilishga kontraktlar tuzish, shu jumladan, materiallar, asbob-uskunalar va ish turlariga batafsil texnik ixtisoslashtirish uchun tender hujjatlarini tayyorlash;‎ 621*‎
—qurilishni boshqarishning batafsil rejasini tayyorlash; ‎ 30*

—loyihani amalga oshirishni boshqarish.

239*‎

Jami:‎

5406‎ 5000‎ 352*‎ 54**‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Loyihaning ayrim komponentlari qiymati uni tayyorlash va sotish jarayonida aniqlashtirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** Ekvivalent so‘mlarda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 29-avgustdagi 421-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarzni uzish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jadvali
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Majburiyat uchun vositachilik haqi

0,25% yillik foyda*

Foiz stavkasi (hisoblangan)

6,94% ‎

Qarz summasi

5000 ming AQSH dollari ‎

Imtiyozli davr

5 yil ‎

Qarzni uzish muddati

15 yil ‎

(ming AQSH dollarida)

Yil‎ Foizlar va vositachilik haqi**‎ Qarzni uzish‎ Umumiy summa‎
1997 7.4‎
1998‎ 85.9‎
1999‎ 183.9 183.9‎
2000‎ 281.7‎ 281.7‎
2001‎ 302.1‎ 302.1‎
2002‎ 340.2‎ 195‎ 535.2‎
2003‎ 326.7‎ 215‎ 541.7‎
2004‎ 311.7‎ 225‎ 536.7‎
2005‎ 296.2‎ 245‎ 541.2‎
2006‎ 279.2‎ 260‎ 539.2‎
2007‎ 261.1‎ 275‎ 536.1‎
2008‎ 242.1‎ 295‎ 537.1‎
2009‎ 221.6‎ 315‎ 536.6‎
2010‎ 199.7‎ 345‎ 544.7‎
2011‎ 175.8‎ 365‎ 540.8‎
2012‎ 150.4‎ 395‎ 545.4‎
2013‎ 122.9‎ 420‎ 542.9‎
2014‎ 93.9‎ 450‎ 543.9‎
2015‎ 62.6‎ 480‎ 542.6‎
2016‎ 18.1‎ 520‎ 538.1‎
Jami‎ 3963.2‎ 5000‎ 8963.2‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* XTTB chegirmalarini hisobga olgan holda 0,5% ga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** Qarz mablag‘laridan amalda foydalanilishiga va foiz stavkalarining o‘zgarib turishiga muvofiq aniqlashtirilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 13-yanvardagi 17-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)