Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.05.2019 15.05.2008 yildagi 12-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.05.2019
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SUDLAR TOMONIDAN JINOYAT IShLARINI NAZORAT TARTIBIDA KO‘RISh AMALIYOTI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 24-maydagi 11-sonli “Jinoyat ishlarini nazorat tartibida ko‘rish bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jinoyat ishlari bo‘yicha sud qarorlari qonuniyligi va asosliligini nazorat tartibida tekshirish qonuniylik va fuqarolar huquqlarini ta’minlashning qo‘shimcha kafolati, odil sudlov sifatini oshirishning samarali vositasi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud amaliyoti tahlili shuni ko‘rsatadiki, nazorat instansiyasi sudlari birinchi, apellatsiya va kassatsiya instansiyalari sudlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolarni tuzatish yuzasidan muayyan faoliyat olib bormoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, nazorat instansiyasi sudlari tomonidan ishlar har doim ham qonun talab etganidek to‘liq hajmda tekshirilmasligi natijasida yo‘l qo‘yilgan xatolar tuzatilmay qolmoqda. Nazorat instansiyasi sudlari qarorlari ba’zan qonun talabiga muvofiq tuzilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu munosabat bilan, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tushuntirilsinki, Jinoyat-protsessual kodeksining 510-moddasiga muvofiq nazorat tartibida ish yuritish nazorat protesti bildirish to‘g‘risidagi iltimosnoma (bundan buyon-iltimosnoma)ga muvofiq qo‘zg‘atiladi. Bunday iltimosnoma bilan mahkum (oqlangan shaxs), uning himoyachisi yoki qonuniy vakili, jabrlanuvchi yoki uning vakili, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar yoki ularning vakillari murojaat qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat tartibida ish yuritish, shuningdek:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, uning o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha Oliy sudi raisi, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat, Toshkent shahar sudi, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisi ko‘rsatmasi bo‘yicha ham JPK 511-moddada belgilangan vakolat doirasida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, uning o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori, viloyat, Toshkent shahar prokurori va unga tenglashtirilgan prokurorlar JPK 511-moddasida belgilangan vakolat doirasida bildirgan protest bo‘yicha qo‘zg‘atiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat tartibida ish yuritish faqat apellatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rilgan ishlar bo‘yicha qo‘zg‘atiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qonunga ko‘ra iltimosnoma, nazorat protesti (bundan buyon — protest) bevosita JPK 519-moddasiga muvofiq shikoyat qilinayotgan sud qarorini qayta ko‘rib chiqish vakolatiga ega bo‘lgan nazorat instansiyasi sudiga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qonunda iltimosnoma (protest) berish uchun biron bir muddat belgilanmagan. Shu bilan birga, JPK 513-moddasi mazmuniga ko‘ra, hukm (ajrim) qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab bir yil o‘tgandan so‘ng berilgan iltimosnoma (protest), basharti unda og‘irroq jinoyatga doir qonun moddalarini qo‘llash zarurligi, jazoni kuchaytirish yoki mahkumning ahvolini og‘irlashtiradigan boshqa o‘zgarishlar (mahkumni o‘ta xavfli retsidivist deb topish, jazoni ijro etish koloniyasining qattiqroq turini belgilash, shartli hukmni bekor qilish, undiruv miqdorini ko‘paytirish, basharti bu jinoyat kvalifikatsiyasini mahkumning ahvolini og‘irlashtiruvchi tomonga o‘zgartirishga olib kelsa va h.k.), shuningdek oqlov hukmini yoxud ishni tugatish to‘g‘risidagi ajrimini bekor qilish nazarda tutilgan bo‘lsa, sud tomonidan qanoatlantirilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda bir yillik muddat tegishli hukm, ajrim yoki qaror qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab, nazorat instansiyasi sudi tomonidan qaror qabul qilingan kun qo‘shilgan holda hisoblanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar iltimosnoma (protest) bir yillik muddat o‘tgunga qadar berilgan bo‘lib, mazkur muddat ish bo‘yicha qaror qabul qilingunga qadar o‘tib ketsa, u qanoatlantirilmasdan qoldiriladi va bu haqda iltimosnoma (protest) bergan shaxsga ma’lum qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qonunda iltimosnoma (protest) mazmuni yuzasidan muayyan talablar belgilanmagan bo‘lsada, qonun analogiyasiga ko‘ra iltimosnoma (protest) mazmuni apellatsiya shikoyati (protesti) mazmuniga nisbatan qo‘yilgan talablarga mos bo‘lishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iltimosnoma (protest) quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iltimosnoma (protest) bergan shaxs yoki kimga nisbatan qaror ustidan shikoyat (protest) keltirayotganligi to‘g‘risida ma’lumot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iltimosnoma (protest) bergan shaxsning, uning fikriga ko‘ra hukm yoki boshqa qarorning noto‘g‘riligi nimadan iborat ekanligi to‘g‘risidagi vajlari va talablarining mazmuni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arizachi o‘z talablarini asoslayotgan hamda nazorat instansiyasi sudi tomonidan tekshirilishi shart bo‘lgan dalillar to‘g‘risida ma’lumot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iltimosnoma (protest) bergan shaxsning imzosi bo‘lmasa uni bergan shaxsga qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iltimosnoma (protest) unga quyidagilar ilova qilinmagan hollarda ham qaytarilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ustidan shikoyat berilayotgan sud hukmi yoki ajrimining nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu ish bo‘yicha apellatsiya (kassatsiya) instansiyasi sudi ajrimining, nazorat instansiyasi qarori (ajrimi)ning yoki boshqa qarorining nusxasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Jinoyat-protsessual kodeksi 514-moddasiga muvofiq iltimosnoma nazorat instansiyasi sudi tomonidan u kelib tushgan kundan boshlab bir oy mobaynida, ish chaqirtirilgan va tekshirib chiqilgan hollarda esa — ikki oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqilishi kerak. Bu muddatga ishni nazorat instansiyasida ko‘rish uchun JPK 483-moddasida belgilangan vaqt qo‘shilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuni nazarda tutish lozimki, iltimosnomani ko‘rib chiqish uchun belgilangan muddatning uzaytirilishi qonunda nazarda tutilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Sudlarga tushuntirilsinki, qonunda nazorat tartibida ish yuritish predmeti bo‘yicha muayyan istisnolar belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hukm chiqarilgandan so‘ng qabul qilingan amnistiya aktini tatbiq etish, tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash masalalari yuzasidan, shuningdek, mahkumga nisbatan ijro etilmagan bir necha hukm mavjud bo‘lib, keyingi hukmni chiqargan sud bundan bexabar bo‘lgan va h.k. hollarda berilgan iltimosnoma (protest), agar unda ayni bir paytda jinoyat ishining mazmuni yoki hukm (ajrim)ning qonuniyligi va asosliligi bo‘yicha boshqa masalalar qo‘yilgan bo‘lmasa, nazorat tartibida alohida ko‘rilmaydi. Bu masalalar birinchi instansiya sudi tomonidan JPK 540-moddasi va 541-moddasining birinchi qismi qoidalariga muvofiq hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Jinoyat-protsessual kodeksi 76 va 516-moddalariga muvofiq, chaqirtirilgan yoki protest bilan kelib tushgan jinoyat ishi ushbu ishning ko‘rilishida muqaddam ishtirok etmagan sudya tomonidan o‘rganib chiqilishi lozim. Qonun mazmuniga ko‘ra bunday qoida iltimosnomani ko‘rib chiqishga nisbatan ham qo‘llanilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iltimosnoma yoki jinoyat ishi mazkur ishning ko‘rilishida muqaddam ishtirok etgan sudyaga tayinlangan hollarda, u JPK 80-moddasiga muvofiq o‘zini o‘zi rad etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Iltimosnomani ko‘rib chiqish natijasiga ko‘ra quyidagi qarorlardan biri qabul qilinishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iltimosnomani qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishni chaqirtirish to‘g‘risida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iltimosnomani ish bo‘yicha protest bildirish huquqiga ega bo‘lgan sud raisiga yuborish to‘g‘risida, basharti iltimosnoma viloyat va unga tenglashtirilgan sudning nazorat instansiyasini chetlab, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga yuborilgan bo‘lsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iltimosnomani qanoatlantirishni rad etish yoki ishni chaqirtirish to‘g‘risidagi qaror protest bildirish huquqiga ega bo‘lgan shaxs tomonidan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Iltimosnomani ko‘rib chiqishda sudlar shundan kelib chiqishlari lozimki, iltimosnomada bayon etilgan vajlar sud hukmi, ajrimi yoki qarorining qonuniyligi va asosliligi yuzasidan shubha uyg‘otgan yoki bunday shubha bevosita sud qarorlari mazmunidan kelib chiqqan har bir holda ish chaqirtirilishi shart. Jumladan, ish quyidagi hollardan biri:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud tergovining to‘liqligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud xulosalari ishning haqiqiy holatlariga muvofiqligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoyat yoki jinoyat-protsessual qonuni normalariga rioya etilganligi va to‘g‘ri qo‘llanilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tayinlangan jazoning adolatliligi yuzasidan shubha tug‘ilgan har bir holda chaqirtirilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Qonunga ko‘ra, protest bildirish uchun asoslar bo‘lmaganda nazorat instansiyasida jinoyat ishini o‘rgangan sudya iltimosnoma vajlarini rad etuvchi hamda hukm yoki boshqa sud qarori qonuniyligi va asosliligini tasdiqlovchi aniq dalillar va asoslar bayon etilgan holda xulosa tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud iltimosnomani qanoatlantirish rad etilganligi va protest bildirish uchun asoslar yo‘qligi to‘g‘risida ariza muallifiga xat orqali xabar yuborishi lozim bo‘lib, unda iltimosnomaning sud qarori to‘g‘riligini shubha ostiga oluvchi barcha vajlariga asoslantirilgan javoblar berilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. JPK 518-moddasi mazmuniga ko‘ra protest bildirgan shaxs sud majlisida protestni ko‘rib chiqish boshlangandan so‘ng uni qaytarib olish yoki unga o‘zgartirish kiritish huquqiga ega emas. Biroq sud majlisi davomida protest vajlari o‘zgartirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Protestning qaytarib olinishi, agar ish bo‘yicha boshqa shaxs tomonidan berilgan protest bo‘lmasa, nazorat tartibida ish yuritish tugatilishiga olib keladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mahkum (oqlangan shaxs)ning nazorat instansiyasi sudi majlisida qatnashishi masalasini hal etish sudning huquqiga tegishlidir. Shuning uchun jinoyat ishi kelib tushgandan so‘ng mahkum (oqlangan shaxs)ning nazorat instansiyasi sudida ishtirok etishiga zarurat aniqlanishi va natijasiga qarab, uning sud majlisida ishtirok etishi choralari ko‘rilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. JPK 480-moddasining birinchi qismi mazmuniga ko‘ra nazorat instansiyasi sudi mazkur instansiya sudida qatnashish vakolatiga ega bo‘lgan prokurorni har bir ish bo‘yicha oldindan xabardor etish choralarini ko‘rishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Nazorat instansiyasi sudi majlisida ishtirok etishga huquqi bor shaxslar doirasi qonunda belgilangan (JPK 479-moddasining to‘rtinchi qismi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishning ko‘rilish joyi, sanasi va vaqti to‘g‘risida tegishli ravishda xabardor etilgan shaxslarning uzrli sabablarsiz sud majlisiga kelmasligi uni ko‘rish uchun monelik qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayni paytda, qonunga ko‘ra nazorat instansiyasi sudida prokurorning ishtiroki shart bo‘lib, bunday holda, JPK 25-moddasining birinchi qismi, 51-moddasi birinchi qismining 6-bandi va ikkinchi qismi mazmunidan kelib chiqib, ushbu instansiyada himoyachining ishtiroki ham ta’minlanishi shart (JPK 52-moddasida ko‘rsatilgan hollar bundan mustasno). Shu sababli prokuror yoki himoyachi kelmagan hollarda ishning muhokamasi keyinga qoldirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Nazorat instansiyasi sudi xolislik va beg‘arazlikni saqlagan holda taraflarga o‘z protsessual huquq va majburiyatlarini amalga oshirishlari uchun zarur sharoit yaratib berishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat instansiyasi sudida ishning muhokamasi JPK 520-moddasida nazarda tutilgan qoidalar asosida olib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Nazorat tartibida ish yuritishning apellatsiya tartibidan farqli xususiyati shundan iboratki, nazorat instansiyasi sudi faqat qisman sud tergovi o‘tkazishi, shu jumladan, birinchi instansiya sudi tomonidan tekshirilmagan dalillarni tekshirib chiqishi va ularga sud majlisida aniqlangan yangi holatlar natijasiga ko‘ra huquqiy baho berishi mumkin (JPK 490-moddasining to‘rtinchi qismi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat instansiyasi sudi taraflarning iltimosnomalarini (yangi guvohlarni so‘roq qilish, ekspertizalar o‘tkazish, ashyoviy dalillar va hujjatlarni talab qilib olish va boshqalar haqida), ular birinchi instansiya sudi tomonidan rad etilganligi sababligina, rad etishga haqli emas. Zarur hollarda sud qo‘shimcha dalillarni talab qilib olishda tashabbus ko‘rsatishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JPK 481-moddasiga muvofiq qo‘shimcha materiallar sud tomonidan tergov organlariga muayyan tergov harakatlarini o‘tkazish to‘g‘risida topshiriq berish yo‘li bilan ham olinishi mumkin. Bu haqda nazorat instansiyasi sudi ajrim chiqaradi, ishning muhokamasi esa keyinga qoldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Protsess ishtirokchilarining sud majlisi bayonnomasida qayd etilgan ko‘rsatuvlari ularning birinchi, apellatsiya (kassatsiya), nazorat instansiyalari sudida aslida bergan ko‘rsatuvlariga mos emasligi to‘g‘risida protestda keltirilgan vajlar bu shaxslarni so‘roq qilish yo‘li bilan tekshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Nazorat instansiyasi sudi birinchi, apellatsiya (kassatsiya), nazorat instansiyalari sudi tomonidan ishning haqiqiy holatlari qanchalik to‘g‘ri aniqlanganligini, moddiy va protsessual qonun normalari qanchalik to‘g‘ri qo‘llanilganligini tekshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat instansiyasi sudi jinoyat ishini faqat shaxs sudlangan yoki oqlangan ayblov doirasida ko‘rib chiqadi. Biroq shikoyat (protest) kim tomonidan berilganligidan qat’i nazar, JPK 494-moddasiga muvofiq, sud ishni yangidan sudda ko‘rishga yubormay yoki qayta tergov yuritish uchun qaytarmay turib, o‘z qarori bilan jazoni kuchaytirishga, shuningdek og‘irroq jinoyatga doir qonunni qo‘llashga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. JPK 482-moddasiga muvofiq nazorat instansiyasi sudi shikoyat (protest)da bayon etilgan vajlar bilangina chegaralanmasdan, sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini to‘la hajmda (taftish tartibida) tekshirishga majbur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish bo‘yicha bir necha mahkum (oqlangan shaxs) o‘tgan bo‘lib, ulardan ayrimlariga nisbatan protest bildirilgan hollarda nazorat instansiyasi sudida ish barcha mahkumlarga (oqlangan shaxslarga) nisbatan tekshiriladi. Agar protest bildirilmagan shaxslarga nisbatan sud qarorlarini bekor qilish yoki o‘zgartirish uchun asoslar bo‘lmasa, ajrim (qaror)da ishning ularga doir qismi tekshirilganligi va ularga nisbatan chiqarilgan sud qarorlari kuchida qoldirilganligi ko‘rsatilmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud qarori nazorat tartibida faqat protest asosida qayta ko‘rib chiqilishi mumkinligi tufayli, sud faqat protestda ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha mahkum, oqlangan yoki ishi tugatilgan shaxsning ahvolini keyinchalik og‘irlashtiruvchi ajrim (qaror) chiqarishi mumkin.
(19-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2012-yil 13-dekabrdagi 19-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunga ko‘ra, sud protestda keltirilgan vajlar doirasidan chetga chiqishga, shuningdek protest bildirilmagan mahkum (oqlangan shaxs)larga nisbatan sud qarorlarini bekor qilishga, basharti bu ular ahvolining og‘irlashishiga olib kelsa, haqli emas (JPK 494-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlari).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Nazorat instansiyasi sudi aynan bir hukm, ajrim, qaror ustidan aynan bir mahkum (oqlangan shaxs)ga nisbatan bildirilgan protest bo‘yicha ishni takroran ko‘rib chiqishga haqli emas. Ayni paytda sud ilgari nazorat tartibida qaror qabul qilinmagan mahkum (oqlangan shaxs)larga nisbatan ishni takroran ko‘rib chiqishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Nazorat instansiyasi, agar chiqarilgan sud qarorlari moddiy va protsessual qonun talablariga muvofiq ekanligini aniqlasa, ularni o‘zgarishsiz qoldiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud qarorlari o‘zgarishsiz qoldirganda nazorat instansiyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JPK 533-moddasi birinchi qismi uchinchi bandida ko‘rsatilgan asoslar mavjud bo‘lganda — hukmning ijrosini kechiktirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amnistiya aktini qo‘llashga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. JPK 484-moddasida sud qarorlari bekor qilinishi va o‘zgartirilishi uchun umumiy asoslar belgilangan bo‘lib, nazorat instansiyasi sudi, ishning muayyan holatlaridan kelib chiqqan holda, ularni u yoki bu tarzda qo‘llashi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud qarorlari quyidagi hollarda, agar ish bo‘yicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dastlabki yoki sud tergovi to‘liq bo‘lmasa yoki bir yoqlama olib borilgan bo‘lib, biroq yo‘l qo‘yilgan kam-ko‘stlar to‘ldirilganidan so‘ng nazorat instansiyasi sudi jinoyat kvalifikatsiyasi o‘zgartirilishi zarurligi haqida xulosaga kelsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukmda, ajrimda, qarorda bayon qilingan sud xulosalari ishning haqiqiy holatlariga muvofiq bo‘lmay, biroq nazorat instansiyasi sudi mahkumning ahvolini og‘irlashtirmay turib, ularga tegishli baho bera olsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jinoyat-protsessual kodeksi normalari buzilishiga yo‘l qo‘yilgan bo‘lib, ularning nazorat instansiyasida bartaraf etilishi sud qarorlari o‘zgartirilishiga olib kelsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jinoyat kodeksi normalari noto‘g‘ri qo‘llanilgan bo‘lib, biroq nazorat instansiyasi sudi bu xatoni mahkumning ahvolini og‘irlashtirmay turib tuzatishi mumkin bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomutanosib og‘ir jazo tayinlangan bo‘lib, nazorat instansiyasi sudi o‘z vakolati doirasida uni yengillatishga haqli bo‘lsa, o‘zgartirilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat instansiyasi sudida kamchiliklarni to‘ldirish va protsessual qonun buzilishini bartaraf etish imkoniyati bo‘lmasa, sud qarorlari barcha hollarda bekor qilinishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Nazorat instansiyasi sudi hukmni o‘zgartirish uchun asoslar mavjud bo‘lganda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qilmishni Jinoyat kodeksining boshqa moddasiga (bir necha moddalariga) qayta kvalifikatsiya qilishga, agar bu mahkumga hukmda bayon qilinganidan jiddiy farq qiladigan ayblov qo‘yilishiga yoki unga og‘irroq jazo tayinlanishiga olib kelmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukmdan ayblovning bir qismini (ayrim epizodlarini) yoki mahkumning javobgarligini og‘irlashtiruvchi belgilarni chiqarishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukmdan jinoyatlarning ideal majmui tariqasida qilmishni noto‘g‘ri baholash tufayli ortiqcha e’lon qilingan Jinoyat kodeksi moddasini chiqarishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JK 70—72-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lganda — mahkumni jazodan ozod qilishga yoki shartli hukm qo‘llashga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jinoyat kodeksi Maxsus qismi moddasi sanksiyasi doirasida yoki shu Kodeks 57-moddasini qo‘llagan holda jazo miqdorini kamaytirishga yoki boshqa yengilroq jazo (asosiy va qo‘shimcha) tayinlashga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoyat natijasida yetkazilgan zararni qoplash miqdorini ko‘paytirish yoki kamaytirishga, shuningdek ushbu masala birinchi instansiya sudi tomonidan hal etilmagan hollarda — bunday zararni qoplash to‘g‘risida qaror qabul qilishga, basharti bunda jinoyat kvalifikatsiyasini mahkumning ahvolini og‘irlashtiradigan tomonga o‘zgartirish zarurati yuzaga kelmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahkumni o‘ta xavfli retsidivist deb topishga yoki hukmdan uni o‘ta xavfli retsidivist deb topish haqidagi qarorni chiqarishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahkumga nisbatan jazoni ijro etish koloniyasining boshqa, shu jumladan qattiqroq turini belgilashga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, mahkumga nisbatan jazoni yengillatishga yoki uni jazoni o‘tashdan ozod qilishga asos sifatida faqat ish bo‘yicha aniqlangan va hukm chiqarish paytida mahkumga nomutanosib og‘ir jazo tayinlanganligidan dalolat beruvchi holatlar olinishi mumkin. Hukm chiqarilgandan so‘ng kelib chiqqan holatlar, shuningdek mahkumning jazoni o‘tash vaqtidagi xulq-atvori esa, o‘z-o‘zidan hukmning o‘zgartirilishiga olib kelmasligi lozim va faqat ishning nazorat tartibida ko‘rib chiqilishi uchun boshqa asoslar mavjud bo‘lganda inobatga olinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Nazorat instansiyasi sudi mahkumga nisbatan jazoni yengillatish masalasini hal qila turib, uni nafaqat kamaytirishi, balki yengilroq jazo turiga ham o‘tishi mumkin. Bunda yengilroq jazo muddati qonunda belgilangan doirada hukm bo‘yicha tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosi muddatidan oshishi mumkin (JK 61-moddasida nazarda tutilgan hisoblash qoidalari inobatga olingan holda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoga nisbatan qo‘llanilgan shartli hukm o‘rniga sud jarima, muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari yoki xizmat bo‘yicha cheklash jazosi tayinlashga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Asosiy jazo yengillashtirilganda, shu jumladan JK 57-moddasi qo‘llanilganda ham nazorat instansiyasi sudi hukmning qo‘shimcha jazo tayinlash haqidagi qismini o‘zgarishsiz qoldirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. JPK 494-moddasi birinchi qismi talablariga rioya etgan holda mahkumning qilmishi Jinoyat kodeksining bir moddasidan ikki va undan ortiq moddalariga qayta kvalifikatsiya qilinganda, nazorat instansiyasi sudi hukmga tegishli o‘zgartirishlar kiritishi va JK 59-moddasida belgilangan qoidaga muvofiq jazo tayinlashga haqli. Bunda uzil-kesil tayinlangan yangi jazo turi va miqdori hukm bo‘yicha tayinlangan jazodan og‘irroq bo‘lishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar Jinoyat kodeksining bir moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi shart bo‘lgan ikki yoki undan ortiq qilmish Jinoyat kodeksining bir necha moddasi bilan noto‘g‘ri kvalifikatsiya qilingan bo‘lsa, nazorat instansiyasi sudi ushbu qilmishlarni yengilroq jinoyat to‘g‘risidagi moddaga qayta kvalifikatsiya qilib, uning sanksiyasi doirasida mazkur modda bo‘yicha tayinlangan jazodan og‘irroq, biroq uzil-kesil tayinlangan jazo miqdoridan ko‘p bo‘lmagan jazo belgilashga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Nazorat instansiyasi sudi hukm va keyingi sud qarorlari bir yoki bir necha jinoyat uchun tayinlangan jazo yengillashtirilgan holda o‘zgartirilganda jinoyatlar majmui bo‘yicha hukmda qo‘llanilgan jazoning og‘irini yengili bilan qoplash qoidasi o‘rniga ularni qo‘shish qoidasini qo‘llashga haqli. Biroq, bunda JK 59-moddasiga muvofiq tayinlangan jazo hukmda belgilangan jazo miqdoridan (keyingi sud instansiyalari tomonidan kiritilgan o‘zgartirishlarni inobatga olgan holda) oshmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar birinchi instansiya sudi tomonidan bir necha hukm bo‘yicha jazo belgilashda bir jazoni boshqasi bilan qoplash qoidasi qonunga xilof tarzda qo‘llanilgan bo‘lsa yoki o‘talmagan jazo muddatini qo‘shish imkoniyati bo‘lmasa, nazorat instansiyasi sudi oxirgi hukm bo‘yicha jazoni yengillashtirganda oldingi hukm bo‘yicha o‘talmagan jazoni qisman yoki to‘liq qo‘shishga haqli. Bunda uzil-kesil jazo hukmda belgilangan jazo miqdoridan (keyingi sud instansiyalari tomonidan kiritilgan o‘zgartirishlarni inobatga olgan holda) oshmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Nazorat instansiyasi sudi hukmni, ajrimni, qarorni bekor qilganda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JPK 83, 84-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lganda, ishni to‘liq hajmda yoki mustaqil kvalifikatsiya qilingan ayblov qismi bo‘yicha tugatishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JPK 484-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha ishni yangidan sudda ko‘rishga yuborishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JPK 419-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lganda, ishni qo‘shimcha tergov yuritish uchun qaytarishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat instansiyasi sudi apellatsiya yoki kassatsiya ajrimini, shuningdek keyingi sud qarorlarini (agar ular chiqarilgan bo‘lsa), bekor qilib, ishni apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasida yangidan ko‘rib chiqishga yuborishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Agar voyaga yetmagan shaxsga nisbatan ishni ko‘rishda nazorat instansiyasi sudi aybdor jinoiy jazo qo‘llamasdan ham axloqan tuzatilishi mumkin, degan xulosaga kelsa, u hukmni bekor qilib, ishni tugatishga yoki voyaga yetmagan shaxsni jazodan ozod etib, unga nisbatan qonunda belgilangan majburlov choralaridan birini (JK 87-moddasi) qo‘llashga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Jinoyat-protsessual qonuni normalarining hukm bekor qilinishiga sabab bo‘ladigan darajada jiddiy buzilishi aniqlanganda, nazorat instansiyasi sudi protest kimga nisbatan kiritilganligidan qat’i nazar, yo‘l qo‘yilgan qonun buzilishi daxl etgan barcha mahkumlarga nisbatan ayblov hukmini bekor qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday talabga nafaqat JPK 487-moddasi ikkinchi qismida ko‘rsatib o‘tilgan qonun buzilishlari aniqlanganda, balki o‘sha moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lganda, ya’ni jinoyat-protsessual qonun normalarining boshqacha tarzda buzilishi ayblanuvchi, sudlanuvchi va protsess boshqa ishtirokchilarini qonunda belgilangan huquqlaridan mahrum qilgan yoki sudga ish holatlarini har tomonlama, to‘la va xolisona aniqlashda boshqacha tarzda xalal bergan hamda qonuniy va asosli hukm chiqarishga ta’sir etgan yoki ta’sir etishi mumkin bo‘lgan holda ham (ayb e’lon qilinmaganligi, sudlanuvchiga ayblov xulosasi nusxasining berilmaganligi, qonunga ko‘ra o‘tkazilishi shart bo‘lgan ekspertiza o‘tkazilmaganligi, sudlanuvchiga oxirgi so‘z berilmaganligi va boshqalar) rioya etilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuni nazarda tutish lozimki, jinoyat-protsessual qonuni normalari jiddiy buzilganligining aniqlanishi nazorat instansiyasi sudini protestda keltirilgan boshqa vajlar (ayblovning isbotlanganligi, kvalifikatsiyaning to‘g‘riligi, jazoning adolatliligi to‘g‘risida va h.k.)ni ham mazmunan ko‘rib chiqish va ular bo‘yicha ajrimda tegishli xulosa chiqarish majburiyatidan ozod etmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jinoyat ishi bo‘yicha yo‘l qo‘yilgan jinoyat-protsessual qonunining buzilishi hollari nazorat instansiyasi sudi tomonidan ayblov hukmi bekor qilinib, ishning JPK 83, 84-moddalariga muvofiq tugatilishiga to‘siq bo‘lmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Boshqa epizodlar bilan umumiy kvalifikatsiya qilingan bir yoki bir necha epizod (masalan, bir necha marta pora olganlik) bo‘yicha ish holatlari to‘liq tekshirilmagan deb topilganda, agar ularni hukmdan chiqarish uchun yetarli asoslar yoki yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni to‘ldirish uchun imkoniyat bo‘lmasa, nazorat instansiyasi hukmni bekor qilib, ishni to‘liq hajmda yangidan ko‘rish uchun yuborishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar mahkum Jinoyat kodeksining turli moddalari bo‘yicha kvalifikatsiya qilingan bir necha jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilgan bo‘lib, ulardan har birini alohida ko‘rish imkoniyati bo‘lsa, nazorat instansiyasi sudi hukmning bir yoki bir necha jinoyatga oid qismini bekor qilib, ishning shu qismini yangidan ko‘rishga yuborishi yoki qo‘shimcha tergovga qaytarishi, ayni paytda, o‘sha mahkumga nisbatan hukmning qolgan qismini o‘zgarishsiz qoldirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar nazorat instansiyasi sudi hukmning mahkumlardan biriga doir qismini bekor qilib, ishning shu qismini yangidan sudda ko‘rishga yuborish yoki qo‘shimcha tergovga qaytarish to‘g‘risida fikrga kelsa va ishning shu qismini JPK 332, 416, 417-moddalari mazmunidan kelib chiqib ajratishning imkoni bo‘lmasa, hukm to‘la hajmda bekor qilinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod etishni nazarda tutuvchi amnistiya aktiga zid ravishda yoki jinoiy javobgarlikka tortish muddati o‘tgandan so‘ng jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hollarda, hukm, garchi unda mahkum jazodan ozod qilingan bo‘lsada, bekor qilinib, ish tugatilishi kerak, ishning reabilitatsiya uchun sabab bo‘lmaydigan asoslarda tugatilishiga monelik qiladigan hollar mavjudligi bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar nazorat instansiyasi mahkumning harakatlarini Jinoyat kodeksining boshqa moddasiga qayta kvalifikatsiya qilish kerakligi to‘g‘risida xulosaga kelsa va bu modda shaxsni jazodan ozod etishni nazarda tutuvchi yoki jazo qo‘llanilishini istisno etuvchi amnistiya akti ta’siri doirasiga tushsa, nazorat instansiyasi birinchi instansiya sudi qabul qilishi shart bo‘lgan qaror chiqarishi kerak. Mahkumning harakatlari Jinoyat kodeksining boshqa moddasiga qayta kvalifikatsiya qilinib, bu modda bo‘yicha shaxs JPK 463-moddasi ikkinchi qismining 2-bandi hamda uchinchi qismining 2 va 5-bandlariga muvofiq jazodan ozod qilinishi lozim bo‘lgan yoki unga nisbatan jazo tayinlanishi istisno etilgan hollarda ham shunday qaror qabul qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Agar amnistiya akti sud tomonidan qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan mahkumga nisbatan qo‘llanilgan bo‘lsa, nazorat instansiyasi protest bo‘lgan taqdirda sud qarorlarining jazo tayinlash qismini bekor qilib, ishni yangidan ko‘rishga yuborishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biroq, agar nazorat instansiyasi amnistiya akti qo‘llanilgan holda hukm (ajrim, qaror)da tayinlangan jazo amnistiya akti qo‘llanilmagan holda ham mahkum uchun yetarli deb topsa, ishni yangidan ko‘rish uchun yubormasdan, hukm (ajrim, qaror)ni o‘zgartirishga — undan amnistiya aktini qo‘llash haqidagi xulosa va qarorni chiqarib, amnistiya akti qo‘llanilgan holda tayinlangan jazoni qoldirishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. JPK 494-moddasining ikkinchi qismi mazmuniga ko‘ra, hukm (ajrim, qaror) nazorat instansiyasi sudi tomonidan mahkumning ahvolini og‘irlashtiruvchi tomonga faqat protestda ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha bekor qilinishi mumkin. Masalan, agar protestda faqat mahkumning harakatlari noto‘g‘ri kvalifikatsiya qilinganligi to‘g‘risidagi masala qo‘yilgan bo‘lsa, sud qarori jazoning yengilligi sababli bekor qilinishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Nazorat instansiyasi sudi ishni yangidan sudda ko‘rishga yoki qo‘shimcha tergovga yuborish paytida ayblovning isbotlanganligi yoki isbotlanmaganligi, u yoki bu dalilning ishonchli yoki ishonchsizligi, ayrim dalillarning boshqa dalillardan ustunligi, jinoyatning kvalifikatsiyasi va jazo to‘g‘risida dastlabki tergov organlari va sud tomonidan chiqariladigan xulosalarni oldindan hal qiluvchi ko‘rsatmalar berishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat instansiyasi sudi, hukm (ajrim, qaror)ni bekor qilib, ishni yangidan sudda ko‘rishga yuborayotganda, o‘z qarori (ajrimi)da qanday holatlar hukm (ajrim, qaror)ning bekor qilinishiga asos bo‘lganligini va yo‘l qo‘yilgan qonun buzilishi qanday bartaraf etilishi kerakligini ko‘rsatishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hukm (ajrim, qaror)ni bekor qilib, ishni qo‘shimcha tergov yuritish uchun yuborayotganda, sud dastlabki tergov organi tomonidan qanday holatlar aniqlanishi shartligini ko‘rsatishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Hukm bekor qilinib, ish yangidan sudda ko‘rishga yuborilganda va yangi hukm chiqarilganda nazorat instansiyasi sudi JPK 490-moddasiga ko‘ra birinchi, apellatsiya (kassatsiya) yoki nazorat instansiyasining faqat keyingi qarorlarini bekor qilishi yoki o‘zgartirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, oqlov hukmining asosi bu haqda protest berilgan holdagina o‘zgartirilishi mumkin (JPK 494-moddasi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oqlov hukmi nazorat instansiyasi sudi tomonidan, faqat, shaxsning asossiz oqlanganligi to‘g‘risida protest bo‘lgan holda bekor qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayrim oqlangan shaxslarga nisbatan protest berilishi boshqa oqlangan shaxslarga nisbatan hukmning bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi uchun asos bo‘lmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Agar ish nazorat tartibida ko‘rilganda hukm bekor qilinib, ish mahkumning jinoyat sodir etilishiga daxldor emasligi tufayli tugatilsa-yu, biroq bu jinoyatni sodir etgan shaxs aniqlanmay qolsa, sud JPK 464-moddasi talablaridan kelib chiqib, ayblanuvchi tariqasida javobgarlikka tortilishi lozim bo‘lgan shaxsni aniqlash yuzasidan chora ko‘rish uchun ishni prokurorga yuborishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Agar mahkum protest bildirilgandan so‘ng, biroq ish nazorat instansiyasida ko‘rilgunga qadar vafot etsa, ish yuritish umumiy asoslarda davom ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Marhumni reabilitatsiya qilish uchun asoslar bo‘lgan taqdirda nazorat instansiyasi sudi ayblov hukmini bekor qilib, ushbu shaxsga nisbatan jinoyat ishini JPK 83-moddasiga muvofiq tugatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish tugatilganda ashyoviy dalillar taqdiri haqidagi masala JPK 211-moddasiga muvofiq, ularning tegishliligi to‘g‘risida nizo kelib chiqqanda esa — fuqarolik ish yurituv tartibida ko‘rilishi mumkin. Marhumning harakatlari bilan yetkazilgan zararni undirish masalasi ham jabrlanuvchi yoki prokuror tomonidan marhumning vorislariga yoki uning mulkini boshqarish huquqini o‘ziga olgan shaxsga nisbatan qo‘zg‘atilgan da’vo bo‘yicha fuqarolik ish yurituv tartibida ko‘riladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Nazorat instansiyasi sudi hukmning fuqaroviy da’voga oid qismi noto‘g‘riligini aniqlasa, unga tegishli o‘zgartirishlar kiritishi, jumladan, undiruv miqdorini ko‘paytirishi mumkin, basharti ish bo‘yicha dalillar to‘plash yoki ularni qo‘shimcha tekshirish zarurati bo‘lmasa va ish holatlari birinchi instansiya sudi tomonidan to‘la va to‘g‘ri aniqlanib, biroq moddiy qonun normalarini qo‘llashda xatoga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar fuqaroviy da’vo bo‘yicha undiruv miqdorini ko‘paytirish jinoyat kvalifikatsiyasini yoki ayb mazmuni mahkumning holatini og‘irlashtirish tomoniga o‘zgartirishni taqozo etsa, aynan shu asoslarda bildirilgan protest mavjud bo‘lgandagina hukm bekor qilinishi lozim,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Ish nazorat tartibida ko‘rib chiqilayotganda protest bilan birga taqdim etilgan qo‘shimcha materiallardan, basharti ular sud majlisida tekshirilgan holatlarga daxldor bo‘lsa va yangi ochilgan holatlar mavjudligidan dalolat bermasa, foydalanilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qo‘shimcha materiallar ishda mavjud dalillar bilan qo‘shilgan holda baholanadi va ular bilan birga, faqat hukm, ajrim, qarorni bekor qilib, ishni qo‘shimcha tergovga yoki yangidan sudda ko‘rishga yuborish lozimligi to‘g‘risidagi qaror asosiga qo‘yilishi mumkin. Ishni protsessning qaysi bosqichidan boshlab yangidan ko‘rishga yuborish lozimligi to‘g‘risidagi masalani hal etishda, sud ish holatlari to‘la va har tomonlama tekshirilishi va ayblanuvchining himoya huquqi ta’minlanishi zaruratidan kelib chiqishi, bunda qo‘shimcha materiallar dastlabki tekshirish predmeti bo‘lmaganligi va qonunga muvofiq ayblanuvchiga taqdim etilmaganligini inobatga olishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hukm bekor qilinib ish tugatilgan yoki hukm o‘zgartirilgan holda sud o‘z ajrimi (qarori)da faqat birinchi instansiya sudi tomonidan aniqlangan va mahkumning javobgarligini istisno etuvchi yoki yengillashtiruvchi holatlarga tayanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qo‘shimcha materiallar asosida hukm va keyingi sud qarorlari o‘zgartirilishi yoki bekor qilinib ish tugatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, bunday materiallar bilan aniqlanadigan faktlar haqqoniyligi birinchi instansiya sudi tomonidan tekshirilishi talab etilmaydigan hollar bundan mustasno (mahkum jinoiy javobgarlik kelib chiqadigan yoshga yetmaganligi to‘g‘risidagi, muqaddam sudlanmaganligi to‘g‘risidagi hujjatlar va h.k).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, sud qarorini nazorat tartibida qayta ko‘rib chiqishga faqat ish materiallaridan kelib chiqadigan asoslar mavjud bo‘lgandagina yo‘l qo‘yiladi. Agar sud qarorining qonuniyligi va asosliligi xususidagi shubhalar sudga ma’lum bo‘lmagan va tegishli hukm, ajrim yoki qaror qonuniy kuchga kirgandan so‘ng aniqlangan holatlar bilan bog‘liq bo‘lsa, bunday sud qarorini qayta ko‘rib chiqish masalasi faqat yangi ochilgan holatlar bo‘yicha ish yuritish tartibida hal etilishi mumkin. Agar bunday hollarda nazorat tartibida protest bildirilgan bo‘lsa, nazorat instansiyasi sudi uni ko‘rmasdan qoldiradi va ishni barcha materiallar bilan birga prokurorga yangi ochilgan holat bo‘yicha ish yuritishni qo‘zg‘atish uchun yuboradi (JPK 522-moddasi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Nazorat instansiyasining ajrimi (qarori) aniq, batafsil, yuridik jihatdan asoslantirilgan bo‘lishi va unda birinchi, apellatsiya (kassatsiya), nazorat instansiyalarining ayb hajmi va isbotlanganligi, jinoyat kvalifikatsiyasi, hukm bo‘yicha tayinlangan jazoning adolatliligi xususidagi qarorlari to‘g‘riligi yoki xatoligiga doir xulosalar bayon etilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jinoyat-protsessual kodeksi 496-moddasiga muvofiq ajrim (qaror)da hukmning qaror qismi mazmuni bilan bir qatorda protest mohiyati, prokuror fikrining va ishda ishtirok etuvchi shaxslar tushuntirishlarining qisqacha bayoni, nazorat instansiyasi sudining protest vajlari asosliligi to‘g‘risidagi xulosasi, qabul qilingan qarorning sabablari moddiy yoki protsessual qonunga havola etilgan tarzda ko‘rsatilishi lozim. Hukm bekor qilinib, ish qo‘shimcha tergovga yoki yangidan sudda ko‘rishga yuborilganda, ajrim (qaror)da qaysi holatlar qo‘shimcha tarzda aniqlanishi lozimligini sud aniq ko‘rsatishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat instansiyasi sudining ajrimi (qarori) u e’lon qilingan paytdan e’tiboran kuchga kiradi va darhol ijroga qaratilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. JPK 298-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lganda, shuningdek surishtiruv, dastlabki tergov yuritilgan yoki sud muhokamasi vaqtida qonun buzilishiga yo‘l qo‘yilganligini aniqlagan taqdirda, nazorat instansiyasi sudi xususiy ajrim (qaror) chiqarish yo‘li bilan tegishli organ yoki mansabdor shaxsning e’tiborini bunga jalb etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud qarori o‘zgarishsiz qoldirilganda, nazorat instansiyasi sudi uning qonuniyligi va asosliligini shubha ostiga oluvchi xususiy ajrim chiqarishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Odil sudlov sifatini oshirish maqsadida jinoyat ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudi, viloyatlar va ularga tenglashtirilgan sudlarga ishlarning nazorat instansiyasida sinchkovlik bilan, har tomonlama, to‘la va xolisona ko‘rib chiqilishi uchun qonunda berilgan barcha imkoniyatlardan foydalanish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Mazkur qaror qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2001-yil 1-iyundagi “Jinoyat ishlarini kassatsiya va nazorat tartibida ko‘rish amaliyoti haqida” gi 5-sonli qarorining ishlarni nazorat tartibida ko‘rish yuzasidan berilgan tushuntirishlarga oid qismi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 15-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-son