Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi
Qarori
2008 YIL 13 MAYDAGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI USTYuRT MINTAQASIDAGI URGA, KUANISh VA AKChALAK GURUHIGA TEGIShLI MAHSULOT TAQSIMOTIGA OID BITIMNI BAJARISh DOIRASIDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOJXONA ChEGARASI ORQALI OLIB OʻTILADIGAN TOVARLARNING BOJXONA RASMIYLAShTIRUVI QOIDALARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 14-dekabrda 2053-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining 2017-yil 10-yanvardagi 01-02/12-66 va 2017/03-1-sonli “2008-yil 13-maydagi Oʻzbekiston Respublikasi Ustyurt mintaqasidagi Urga, Kuanish va Akchalak guruhiga tegishli mahsulot taqsimotiga oid bitimni bajarish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2053-2, 17.01.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”, “Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 26-martdagi PQ-1081-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Ustyurt mintaqasidagi Urga, Kuanish va Akchalak guruhiga tegishli mahsulot taqsimotiga oid Bitimni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” va 2009-yil 3-iyundagi PQ-1121-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Ustyurt mintaqasidagi Urga, Kuanish va Akchalak guruhiga tegishli mahsulot taqsimotiga oid Bitimni amalga oshirish mexanizmi toʻgʻrisida”gi qarorlariga, 2008-yil 13-maydagi Oʻzbekiston Respublikasi Ustyurt mintaqasidagi Urga, Kuanish va Akchalak guruhiga tegishli mahsulot taqsimotiga oid Bitimga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi qaror qiladilar:
1. 2008-yil 13-maydagi Oʻzbekiston Respublikasi Ustyurt mintaqasidagi Urga, Kuanish va Akchalak guruhiga tegishli mahsulot taqsimotiga oid Bitimni bajarish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2009-yil 2-noyabr,
01-02/12-22-son
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E. GʻANIYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 2-noyabr,
EG-01/10-7233-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining 2009-yil 2-noyabrdagi 01-02/12-22, EG-01/10-7233-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
2008-yil 13-maydagi Oʻzbekiston Respublikasi Ustyurt mintaqasidagi Urga, Kuanish va Akchalak guruhiga tegishli mahsulot taqsimotiga oid Bitimni bajarish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi
QOIDALARI
Ushbu qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”, “Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 26-martdagi PQ-1081-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Ustyurt mintaqasidagi Urga, Kuanish va Akchalak guruhiga tegishli mahsulot taqsimotiga oid bitimni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” va 2009-yil 3-iyundagi PQ-1121-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Ustyurt mintaqasidagi Urga, Kuanish va Akchalak guruhiga tegishli mahsulot taqsimotiga oid bitim boʻyicha ishlarni amalga oshirish mexanizmi toʻgʻrisida”gi qarorlari, 2008-yil 13-maydagi Oʻzbekiston Respublikasi va “PETRONAS Carigali Overseas Sdn. Bhd.” (Malayziya) oʻrtasidagi Oʻzbekiston Respublikasi Ustyurt mintaqasidagi Urga, Kuanish va Akchalak guruhiga tegishli mahsulot taqsimotiga oid bitimga muvofiq ushbu bitim doirasida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
MTB — 2008-yil 13-maydagi Oʻzbekiston Respublikasi va “Petronas Charigali Oversiz Sdn. Bxd.” (Malayziya) oʻrtasidagi Oʻzbekiston Respublikasi Ustyurt mintaqasidagi Urga, Kuanish va Akchalak guruhiga tegishli mahsulot taqsimotiga oid bitim, ilova, shuningdek, oʻzgartirish va qoʻshimchalar bilan birga.
Marketing kelishuvlar — MTBning ajralmas qismi boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi va “PETRONAS CARIGALI (URGA) LTD” oʻrtasidagi Oʻzbekiston Respublikasi Ustyurt mintaqasidagi Urga, Kuanish va Akchalak guruhiga tegishli mahsulot taqsimotiga oid bitim boʻyicha marketing kelishuvlari.
Sarmoyador — “PETRONAS CARIGALI (URGA) LTD”, uning huquqiy vorislari va yoʻl qoʻyiladigan tsessionariylari bilan birga.
Operator — MTBda nazarda tutilgan neft-gaz operatsiyalarini bajarishni tashkil etish uchun tuzilgan va Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtgan “PETRONAS Carigali (Urga) Operating Company LLC” kompaniyasi.
Vakolatli organ — “Oʻzbekneftegaz” Milliy Xolding Kompaniyasi.
Neft-gaz operatsiyalari — loyihalashtirish, tovarlar, ishlar va xizmatlarni xarid qilish, baholash, joylashtirish, qazib olish, ishlatish, qoʻzgʻatish, dam berib haydash, yigʻish, barqarorlashtirish, tozalash (tabiiy gazni tayyorlashni qoʻshgan holda), qazib chiqarish (shu jumladan, tovar holidagi oltingugurtni olish) va shartnoma maydonida qazib olingan uglevodorod va oltingugurtni saqlash, ortish, yuklab joʻnatish, qayta ishlash va yetkaziladigan punktga yetkazib berish hamda shartnoma maydoni bilan bogʻliq tugatish va konservatsiya qilish operatsiyalari boʻyicha barcha faoliyatni, shuningdek, Yillik ish dasturini bajarishni taʼminlaydigan boshqa faoliyatni anglatadi.
Pudratchi — sarmoyador va (yoki) operator bilan neft-gaz operatsiyalari bilan bogʻliq boʻlgan tovarlarni yetkazib berish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisida bitim tuzgan har qanday jismoniy yoki yuridik shaxs. Ushbu tushuncha neft-gaz operatsiyalari bilan bogʻliq boʻlgan tovarlarni yetkazib berish, ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisida pudratchi bilan bitimlar tuzgan subpudratchilarni ham oʻz ichiga oladi.
Tovarlar — MTBga asosan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan erkin muomalaga chiqarish uchun moʻljallangan tovarlar va qaytariladigan tovarlar, shuningdek, MTB doirasida eksport qilish maqsadida sarmoyador va (yoki) operator tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tabiiy gaz.
Erkin muomalaga chiqarish uchun moʻljallangan tovarlar — Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan materiallar, uskunalar, asboblar, jihozlar va qismlar, YoMM (yoqilgʻi-moylash materiallari), transport vositalari va boshqa koʻchar mulk, shuningdek, MTB boʻyicha ishlarni olib borish jarayonida ishlatiladigan moddiy-texnik resurslar, loyiha va texnik hujjatlar.
Qaytariladigan tovarlar — vaqtinchalik olib kirish bojxona rejimiga joylashtiriladigan keyinchalik esa Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqib ketiladigan materiallar, uskunalar, asboblar, jihozlar va qismlar, transport vositalari va boshqa koʻchar mulk, loyiha va texnik hujjatlar.
Tabiiy gaz — shartnoma maydonida harorat va bosimning normal sharoitida (20o S va 101,325 kPa) gaz xususiyati holatida qazib olinadigan hamma uglevodorodlar, jumladan, Uglevodorod konlarining plastik qorishmalaridan iborat boʻlgan suyuq uglevodorodlarni ekstraksiya va separatsiya qilishdan keyin qolgan yoʻlakay gaz va quruq gaz, boshqa uglevodorod mahsulotlari bundan mustasno.
Bojxona yuk deklaratsiyasi (BYuD) — yuridik ahamiyatga ega boʻlgan va qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtiriladigan hujjat.
Agent — “Oʻztransgaz” AK, sarmoyador va vakolatli organ nomidan tabiiy gazni sotish boʻyicha vakolatli vakil.
Boshqaruv qoʻmitasi — MTB doirasida ishlarni bajarish boʻyicha faoliyatni muvofiqlashtiruvchi va MTBda sanab oʻtilgan funksiyalarga muvofiq MTBni bajarish bilan bogʻliq boʻlgan hamda sarmoyador va vakolatli organ uchun majburiy boʻlgan qarorlarni qabul qiluvchi, sarmoyador va vakolatli organ vakillaridan iborat tarkibda doimiy ish yurituvchi organ.
Ushbu qoidalarda alohida tarifi keltirilmagan boshqa atamalar MTBda bunday atamalar uchun keltirilgan maʼnoga ega boʻladi.
II. Tovarlarni olib kirish va tasarruf etish
2. Sarmoyador va (yoki) operator tomonidan tovarlarni yetkazib berish boʻyicha tuzilgan shartnomalar belgilangan tartibda vakolatli bankda va bojxona organlarida hisobga qoʻyilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Sarmoyador, operator va pudratchilar tomonidan olib kirilayotgan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi MTBning 20.1-moddasiga muvofiq quyidagi xususiyatlarni inobatga olib, bojlar, soliq va yigʻimlar (bojxona rasmiylashtiruvi uchun olinadigan yigʻimlardan tashqari) undirilmagan holda amalga oshiriladi:
sarmoyador tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning hisobi bojxona organlari tomonidan sarmoyadorga berilgan 00000021 kodiga asosan yuritiladi;
operator va pudratchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning hisobi qonun hujjatlariga muvofiq operatorga berilgan operatorning KTUT kodiga asosan yuritiladi.
Sarmoyadorning huquqiy vorislari va yoʻl qoʻyiladigan tsessionarlariga alohida kod beriladi.
4. Berilgan imtiyozlarning hisobini olib borish uchun BYuD bojxona toʻlovlari hisobga olingan holda toʻldiriladi.
5. Olib kirilishi vakolatli organlarning ruxsatini olishni talab qiladigan tovarlar qonun hujjatlari va MTBda belgilangan tartib va shartlarda olib kiriladi.
6. Sarmoyador va (yoki) operator neft-gaz operatsiyalarini oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-noyabrdagi 523-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami, 2003-y., 11-son, 124-modda) va “Bojxona ombori” bojxona rejimi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 1318, 2004-yil 27-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 8-son, 103-modda) muvofiq bojxona ombori taʼsis etish huquqiga ega.
7. Qaytariladigan tovarlar olib kirish maqsadidan kelib chiqib, sarmoyador va (yoki) operator yoki pudratchi tomonidan qayd qilingan va bojxona organlari tomonidan oʻrnatilgan muddatga vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtiriladi va bojxona yuk deklaratsiyasi quyidagi xususiyatlarni hisobga olgan holda toʻldiriladi:
24-ustunning chap kichik boʻlimida bitimning kodi “79” koʻrsatiladi;
44-ustunning 3-bandida MTBning raqami va imzolash sanasi, shuningdek, sarmoyador va (yoki) operatorning joylashtiriladigan tovarlarga tegishli xati koʻrsatiladi. Operator tomonidan tuzilgan shartnomalar boʻyicha tovarlar joylashtirilgan taqdirda, bundan ham ularning raqami va imzolash sanasi koʻrsatiladi.
8. Qaytariladigan tovarlarning vaqtincha olib kirish rejimida bojxona rasmiylashtiruvi va bojxona nazorati tegishli bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladi.
9. Sarmoyador va (yoki) operator va (yoki) pudratchi vaqtinchalik olib kirish muddati tugaguniga qadar qaytariladigan tovarlarni quyidagi usullardan biri orqali tasarruf etishi kerak:
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan ularni reeksport rejimida olib chiqishi;
belgilangan vaqtinchalik olib kirish muddati tugashidan kamida oʻttiz kun oldin tegishli bojxona organiga yozma murojaatnoma asosida ularning vaqtinchalik olib kirish muddatlarini uzaytirishi;
qonun hujjatlari va MTBda belgilangan tartibda erkin muomalaga chiqarish rejimiga yoki boshqa rejimga joylashtirish toʻgʻrisida murojaat qilishi.
10. MTBning amal qilish muddati davomida qaytariladigan tovarlarni vaqtincha olib kirish muddatini BYuDda dastlab koʻrsatilgan muddatdan ortiq muddatga uzaytirish bojxona organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-avgustdagi 399-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 33-son, 372-modda) va Vaqtinchalik olib kirish (olib chiqish) bojxona rejimi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 1418, 2004-yil 14-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 40-41-son, 444-modda) muvofiq amalga oshiriladi.
11. Qaytarib olib chiqiladigan qaytariladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi qayd qilingan vaqtincha olib kirish rejimiga muvofiq ushbu qaytariladigan tovarlarni nazoratga qoʻygan tegishli bojxona organi tomonidan amalga oshiriladi.
12. Erkin muomalaga chiqarish uchun moʻljallangan tovarlar uchun BYuD quyidagi xususiyatlarni inobatga olib toʻldiriladi:
24-ustunning chap kichik boʻlimida bitimning kodi “79” koʻrsatiladi;
44-ustunning 3-bandida MTBning raqami va imzolash sanasi, shuningdek, sarmoyador va (yoki) operatorning joylashtiriladigan tovarlarga tegishli xati koʻrsatiladi. Operator tomonidan tuzilgan shartnomalar boʻyicha tovarlar joylashtirilgan taqdirda, bundan ham ularning raqami va imzolash sanasi koʻrsatiladi;
“S” ustuni operator tomonidan tuzilgan shartnomalar boʻyicha tovarlar joylashtirilganda toʻldiriladi.
13. Sarmoyador va (yoki) operator yoki pudratchilarning erkin muomalaga chiqarish uchun moʻljallangan tovarlari bojxona ombori rejimiga joylashtirilishi mumkin.
14. Bojxona rasmiylashtiruvi maqsadida sertifikatlanishi majburiy boʻlgan, erkin muomalaga chiqarish uchun moʻljallangan tovarlarni sertifikatlashdan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 27-son, 315-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi hududiga sertifikatlanishi majburiy boʻlgan tovarlarni (mahsulotlarni) olib kirish va uning hududidan olib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomada (roʻyxat raqami 901, 2000-yil 26-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 5-son) belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Erkin muomalaga chiqarish rejimiga joylashtirilgan tovarlar sarmoyador va (yoki) operator yoxud pudratchining arizasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga reeksport rejimida Reeksport bojxona rejimi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 1134, 2002-yil 12-may) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 9-son) bilan belgilangan shartlar va tartiblarga amal qilgan holda olib chiqilishi mumkin.
III. Tabiiy gazning olib chiqilishi
16. Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga tabiiy gazni olib chiqish qonun hujjatlari va marketing kelishuvi talablariga muvofiq eksport bojxona tartibida agent tomonidan amalga oshiriladi.
17. Eksport qilinayotgan tabiiy gazning bojxona rasmiylashtiriluvi agent tomonidan amalga oshiriladi. Eksport qilinayotgan tabiiy gaz hajmi va narxi MTB va marketing kelishuvi qoidalariga hamda Qozogʻiston Respublikasi bilan Oʻzbekiston Respublikasi chegarasini kesib oʻtayotgan MTB doirasidagi tabiiy gaz berilayotgan Oʻrta Osiyo — Markaz yoki Buxoro — Ural gaz quvurlari tizimining gazni hisobga olish tijorat oʻlchov tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasi chegarasi — DAF (Inkoterms — 2000 keyingi oʻzgartishlar bilan) shartlarida tabiiy gaz eksporti shartnomalarining shartlariga muvofiq belgilanadi.
18. Ekspertiza oʻtkazish va eksport qilinayotgan tabiiy gaz uchun mahsulot kelib chiquvchi davlat sertifikatining berilishi Oʻzbekiston Respublikasida tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq (roʻyxat raqami 945, 2000-yil 13-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 13-son), agentning arizasi boʻyicha amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Quvurlar orqali oʻtadigan tabiiy gazni deklaratsiyalash va bojxona rasmiylashtiruvi ikki bosqichda amalga oshiriladi.
20. Birinchi bosqichda: har oyda, Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan tabiiy gaz oʻtkazilgan oydan avvalgi oyning 20 sanasidan kech boʻlmagan muddatda, agent bojxona organiga Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan oʻtkazishga moʻljallangan hisobot oyidagi tabiiy gaz hajmi boʻyicha vaqtinchalik (toʻliqsiz) bojxona yuk deklaratsiyasini (bundan keyingi oʻrinlarda VBYuD deb yuritiladi) va quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
MTB nusxasi (faqat dastlabki rasmiylashtiruvda taqdim etiladi);
marketing kelishuvlar nusxasi (faqat dastlabki rasmiylashtiruvda taqdim etiladi);
tabiiy gaz eksporti boʻyicha shartnoma;
bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojlar toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat;
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtilishi moʻljallangan tabiiy gaz hajmiga invoys (hisob-faktura);
hisobot oyida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali oʻtkazishga moʻljallangan tabiiy gazning yetkazilish davlati, ogʻirligi, hajmi, miqdori va narxi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan agentning hisob-kitob hujjati.
21. Tabiiy gazning eksporti uchun VBYuD Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (roʻyxat raqami 834, 1999-yil 3-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 1999-y., 12-son) muvofiq quyidagi xususiyatlarni inobatga olgan holda toʻldiriladi:
a) 1-ustunning uchinchi kichik boʻlimida “Deklaratsiya turi”da “VD” – vaqtinchalik (toʻliqsiz) bojxona yuk deklaratsiyasining harfli indeksi koʻrsatiladi;
b) 2-ustunda “Joʻnatuvchi-eksporter”da agentning joylashgan joyi koʻrsatilgan holda vakolatli organ va sarmoyador topshirigʻi boʻyicha agent koʻrsatiladi;
v) 9 va 28-ustunlarda agentning rekvizitlari koʻrsatiladi;
g) 24-ustunning chap kichik boʻlimida “Bitim xususiyati”da bitimning kodi “79”koʻrsatiladi;
d) 29-ustun “Chegaradagi bojxona”da Oʻrta Osiyo — Markaz yoki Buxoro — Ural gaz quvurlari tizimining gazni hisobga olish tijorat oʻlchov tarmogʻini nazorat qiluvchi bojxona postining nomi va kodi koʻrsatiladi;
e) 31-ustun “Yuk joylari va tovarlarning bayoni”da:
tabiiy gazning yetkazib berilish kalendar oyi va yili koʻrsatilib, “_________ muddatda yetkazib berish” yozuvi kiritiladi;
tabiiy gazning koʻrsatilgan muddatda olib chiqilishi moʻljallanayotganligidan kelib chiqib, uning taxminiy hajmlari koʻrsatiladi;
j) 44-ustun “Qoʻshimcha maʼlumot/taqdim etilayotgan hujjatlar”da:
3-raqam ostida olib chiqish uchun asos sifatida MTB, tabiiy gaz eksporti shartnomasining raqami, sanasi va summasi koʻrsatiladi;
8-raqam ostida — agent hamda vakolatli organ va sarmoyador oʻrtasidagi topshiriq shartnomasining raqami va sanasi koʻrsatiladi;
z) 45-ustun “Bojxona narxi”da tabiiy gaz eksporti shartnomasining shartlari asosida bojxona chegarasi orqali oʻtkazilishi moʻljallanayotgan tabiiy gaz hajmiga muvofiq aniqlanadigan shartli bojxona bahosi qayd qilinadi;
i) VBYuDda qayd etilishi lozim boʻlgan boshqa maʼlumotlar tabiiy gazning moʻljallanayotgan hajmini hisobga olgan holda taxminiy koʻrsatiladi.
Toʻliq BYuDni rasmiylashtirishda taqdim etiladigan hujjatlarni talab etadigan VBYuDning ustunlari toʻldirilmaydi.
22. VBYuD va boshqa hujjatlarni qabul qilish, roʻyxatdan oʻtkazish va bojxona rasmiylashtiruvi BYuDni taqdim etish orqali deklaratsiyalanadigan tovarlarga nisbatan qoʻllaniladigan tartibga muvofiq bojxona organi tomonidan amalga oshiriladi. VBYuDni roʻyxatdan oʻtkazish BYuDni roʻyxatdan oʻtkazish jurnalida amalga oshiriladi.
23. Ikkinchi bosqichda bojxona organi tomonidan VBYuD qabul qilinadigan kunda amal qiladigan qonun hujjatlariga muvofiq toʻliq BYuDning bojxona rasmiylashtiriluvi amalga oshiriladi.
24. Toʻliq BYuDning taqdim etish muddati VBYuDda koʻrsatilgan hisob-kitob davri tugashidan ikki oydan oshib ketmasligi lozim. Alohida hollarda (toʻliq BYuDni taqdim etish uchun zarur boʻlgan hujjatlarning taqdim etilishi asoslangan sabablarga koʻra kechikishi) BYuDni taqdim etish muddati hududiy bojxona organi boshligʻining ruxsati bilan 30 kungacha uzaytirilishi mumkin. Bunda agent bojxona organiga toʻliq BYuDni taqdim etish imkoni mavjud emasligining sabablarini koʻrsatgan holda yozma ravishda murojaat qiladi.
BYuD bilan bir vaqtda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
VBYuD;
Oʻzbekiston Respublikasi gaz transport kompaniyasi va operator tomonidan imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasida tabiiy gazni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi;
agent va xaridor tomonidan imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasida tabiiy gazni qabul qilish-topshirish tijorat dalolatnomasi;
hisobot oyida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali amalda olib oʻtilgan tabiiy gazning hajmiga invoys (hisob-faktura);
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali amalda oʻtkazilgan tabiiy gazni yetkazib berish davlati, ogʻirligi, miqdori va narxi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan birga hisobot oyida tabiiy gazni yetkazib berish toʻgʻrisidagi agentning maʼlumotnomasi;
muvofiqlik sertifikati;
Keyingi tahrirga qarang.
Hisob-kitoblar maʼlumotnomasini rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (roʻyxat raqami 1137, 2002-yil 14-may) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 9-son) keltirilgan 3-ilovaga muvofiq vakolatli bank tomonidan beriladigan hisob-kitoblar maʼlumotnomasi (mahsulot taqsimotiga oid bitimlarni amalga oshirish doirasida).
Keyingi tahrirga qarang.
25. BYuD Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (roʻyxat raqami 834, 1999-yil 3-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 1999-y., 12-son) muvofiq VBYuD toʻldirilishi va quyidagi xususiyatlarni inobatga olgan holda toʻldiriladi:
40-ustun “Umumiy deklaratsiya/avvalgi hujjat”da VBYuDning maʼlumot raqami koʻrsatiladi;
D-ustunida “Bojxona nazorati” bojxona organi xodimi qoʻshimcha ravishda tabiiy gaz yetkazib berilgan oyning oxirgi sanasini qoʻyadi, uni imzolaydi, shaxsiy raqamli muhr bilan tasdiqlaydi va toʻliq BYuDning elektron nusxasiga kiritadi.
26. VBYuDga berilgan maʼlumot raqami BYuDga ham beriladi, bunda ular bir-birining ajralmas qismi hisoblanadi.
27. BYuD va VBYuD koʻrsatilgan tabiiy gazning amaldagi hajmlarida farq boʻlganda, tabiiy gazning amalda oʻtkazilganligi toʻgʻrisida deklaratsiya toʻldiruvchi tomonidan hujjatlar taqdim qilishda VBYuDni qayta rasmiylashtirish amalga oshirilmaydi.
Bunda, agar BYuDga muvofiq bojxona rasmiylashtiruvi uchun hisoblangan va toʻlanishi lozim boʻlgan summa VBYuD boʻyicha toʻlangan summadan oshiq boʻlsa, ularga qoʻshimcha haq toʻlanadi. Bojxona rasmiylashtiruvi uchun toʻlovlarga qoʻshimcha haq bojxona organi BYuDni qabul qilgungacha yoki bir paytda amalga oshiriladi.
Agar BYuDga muvofiq bojxona rasmiylashtiruvi uchun hisoblangan va toʻlanishi lozim boʻlgan summa VBYuD boʻyicha toʻlangan summadan kam boʻlsa, bojxona rasmiylashtiruvi uchun ortiqcha toʻlangan toʻlovlarni qaytarish yoki kelgusi toʻlovlar hisobiga oʻtkazish “Ortiqcha toʻlangan va undirilgan bojxona toʻlovlarini qaytarish toʻgʻrisida”gi yoʻriqnomaga muvofiq (roʻyxat raqami 947, 2000-yil 14-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 13-son) amalga oshiriladi.
28. Agar VBYuD boʻyicha oʻtkazilishi qayd qilingan tabiiy gazning eksport yetkazib berilishi amalga oshirilmagan boʻlsa, VBYuD bekor qilinadi. Bunda bojxona rasmiylashtiruvi uchun toʻlangan toʻlovlarni qaytarish “Ortiqcha toʻlangan va undirilgan bojxona toʻlovlarini qaytarish toʻgʻrisida”gi yoʻriqnomaga muvofiq (roʻyxat raqami 947, 2000-yil 14-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 13-son) amalga oshiriladi.
IV. Sarmoyador, operator, agent va pudratchilarning majburiyatlari
29. Sarmoyador, operator, agent va pudratchilar:
bojxona organiga olib oʻtilayotgan tovarlarni koʻrsatish va bojxona organiga ularni tegishli bojxona rejimida rasmiylashtirish uchun zarur hujjatlarni taqdim etish;
bojxona rasmiylashtiruvi uchun qonun hujjatlarida belgilangan yigʻimlarni toʻlash;
qaytariladigan tovarlarni erkin muomalaga chiqarish rejimida rasmiylashtirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bojxona toʻlovlarni toʻlash;
vaqtinchalik olib kirish muddatlari tugaganida qaytariladigan tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqish yoki ularni qonun hujjatlariga muvofiq boshqa bojxona rejimiga qayta rasmiylashtirish;
MTBning amal qilish muddatlari tugashi boʻyicha erkin muomalaga chiqarish bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan tovarlardan foydalanish toʻgʻrisida bojxona organiga yakuniy hisobot taqdim qilishga majburdirlar.
30. Tovarlarni olib kirishda pudratchi sarmoyador va (yoki) operator oʻrtasida tuzilgan shartnomalar shartlariga muvofiq ushbu qoidalarda nazarda tutilgan majburiyatlarni bajaradi.
31. Ushbu qoidalarning 29-bandida nazarda tutilgan majburiyatlar tuzilgan shartnomalarga muvofiq sarmoyador, operator yoki pudratchilar tomonidan vakolat berilgan shaxslar tomonidan bajarilishi mumkin.
32. Sarmoyador, operator yoki agent tomonidan MTB doirasida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali oʻtkazilayotgan tovarlarga nisbatan bojxona rasmiylashtiruvi uchun toʻlovlarning oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishi uchun sarmoyador javobgar boʻladi.
33. Pudratchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali oʻtkazilayotgan tovarlarga nisbatan bojxona rasmiylashtiruvi uchun toʻlovlarning oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishi uchun sarmoyador va (yoki) operator bilan tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq pudratchi javobgar boʻladi.
V. Yakuniy qoidalar
34. Zarur hollarda operator sarmoyadorning topshirigʻiga binoan va vakolatli organ bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga loyiha, texnik, hisobot hujjatlarini, ishlov berish, analiz qilish va oʻrganishni amalga oshirish maqsadida geolog-geofizik materiallarni, geologik zotlar va plastik flyuidlarning namuna va nusxalarini qonun hujjatlariga muvofiq tegishli bojxona organiga yozma murojaat qilish orqali olib chiqadi.
35. Operator sarmoyadorning topshirigʻiga binoan va vakolatli organ bilan kelishgan holda yozuvlarning asl nusxalari va boshqa maʼlumotlarga ishlov berish, analiz qilish va oʻrganishni amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqishi mumkin. Sarmoyador va (yoki) operator olib chiqilgan yozuvlar va maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasiga qaytarib olib kelishi kerak.
36. Olib kirilgan tovarlarning belgilanmagan maqsadda ishlatilishi, shuningdek, ularni boshqa shaxslarga berish hollarida, qonun hujjatlariga muvofiq davlat budjetiga toʻlanishi kerak boʻlgan barcha toʻlovlar belgilangan tartibda undiriladi.
37. Ushbu qoidalar vakolatli organ va sarmoyador bilan kelishilgan.
“Oʻzbekneftegaz” MXK boshqaruv raisi U. NAZAROV
2009-yil 25-oktabr
Petronas Carigali (Urga) Ltd boshligʻi I. NADARADJAX
2009-yil 25-oktabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 50-51-son, 546-modda; 2013-y., 4-son, 50-modda)