Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining
Qarori
“2008-yil 13-maydagi Oʻzbekiston Respublikasi Ustyurt mintaqasidagi Urga, Kuanish va Akchalak guruhiga tegishli mahsulot taqsimotiga oid Bitimni bajarish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 17-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2053-2]
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-sentabrdagi PQ-2607-son “Sechankoʻl, Oqjar va Chimboy investitsiya bloklarida geologiya qidiruv ishlarini amalga oshirish, shuningdek Urga, Akchalak va Chandir guruhi konlarini qazib chiqarish” investitsiya loyihasini amalga oshirish boʻyicha choralar toʻgʻrisida”gi va 2016-yil 23-dekabrdagi PQ-2695-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq Davlat bojxona qoʻmitasi va Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi qaror qiladi:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining 2009-yil 2-noyabrdagi 01-02/12-22, EG-01/10-7233-son “2008-yil 13-maydagi Oʻzbekiston Respublikasi Ustyurt mintaqasidagi Urga, Kuanish va Akchalak guruhiga tegishli mahsulot taqsimotiga oid Bitimni bajarish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2053, 2009-yil 14-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 50-51-son, 546-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining 2012-yil 25-dekabrdagi 01-02/19-37, EG-01/10-8808-son “2008-yil 13-maydagi Oʻzbekiston Respublikasi Ustyurt mintaqasidagi Urga, Kuanish va Akchalak guruhiga tegishli mahsulot taqsimotiga oid Bitimni bajarish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2053-1, 2013-yil 25-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 4-son, 50-modda).
2. Mazkur qaror “Oʻzbekneftegaz” milliy xolding kompaniyasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M. TOXIRIY
Toshkent sh.,
2017-yil 10-yanvar,
01-02/12-66-son
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E. GʻANIYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 10-yanvar,
2017/03-1-son
Kelishilgan:
“Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi boshqaruvi raisi A. SULTANOV
2017-yil 10-yanvar
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 3-son, 44-modda)