Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 15.12.2009 yildagi 314-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009 YILDA SANOAT KOOPERATSIYASI ASOSIDA TAYYOR MAHSULOTLAR, BUTLOVChI BUYuMLAR VA MATERIALLAR IShLAB ChIQARIShNI MAHALLIYLAShTIRISh DASTURIGA TUZATIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Mahalliylashtirish dasturiga tuzatishlar kiritish mexanizmini soddalashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2009-yil 2-apreldagi 94-son qaroriga muvofiq hamda raqobatbardoshli, eksportga yo‘naltirilgan va importning o‘rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarishni yanada rag‘batlantirish, tarmoq ichida va tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini, shu jumladan respublikaning kichik biznes va yirik korxonalari o‘rtasida mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturining amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha maxsus komissiyaning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 27-yanvardagi PQ-1048-son qarori bilan ma’qullangan 2009-yilda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga (keyingi o‘rinlarda Mahalliylashtirish dasturi deb ataladi):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliylashtirish dasturining 2a-ilovasiga Butlovchi uzellar va detallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning 1-ilovaga* muvofiq yangi loyihalarini kiritish to‘g‘risidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliylashtirish dasturining 3a-ilovasiga Mahsulotlarning tayyor turlari, xomashyo va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning 2-ilovaga* muvofiq yangi loyihalarini kiritish to‘g‘risidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliylashtirish dasturidan korxonalarning tugatilganligi, ichki bozorda ehtiyojning yo‘qligi, shuningdek ishlab chiqarilayotgan mahsulotning narxi va sifati bo‘yicha raqobatga bardoshli emasligi sababli 3-ilovaga* muvofiq loyihalarni chiqarib tashlash to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qo‘yilsinki, ushbu qaror bilan Mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan loyihalarni amalga oshiruvchi korxonalarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2009-yilda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi to‘g‘risida” 2009-yil 27-yanvardagi PQ-1048-son qarorining 3-bandida nazarda tutilgan imtiyozlar bojxona to‘lovlari bo‘yicha — ushbu qaror qabul qilingan vaqtdan boshlab, soliqlar bo‘yicha esa — 2009-yil 1-dekabrdan boshlab qo‘llanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi loyihaning tashabbuskorlari bilan birgalikda ikki hafta muddatda 1 va 2-ilovalarga muvofiq mahalliylashtirilayotgan mahsulotlarni ishlab chiqarish yuzasidan ishlab chiqarishni tashkil etish hamda prognoz hajmlarini bajarishning tarmoq jadvallarini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 15-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
314-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 50-51-son, 542-modda)