Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YONGʻIN XAVFSIZLIGI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan 2009-yil 24-iyunda qabul qilingan Senat tomonidan 2009-yil 28-avgustda maʼqullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yongʻin xavfsizligi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunning maqsadi yongʻin xavfsizligi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yongʻin — odamlarning hayoti va (yoki) sogʻligʻiga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga, shuningdek atrof tabiiy muhitga zarar yetkazadigan, nazorat qilib boʻlmaydigan yonish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yongʻin nazorati — yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini tekshirish va tekshiruv natijalari boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish maqsadida belgilangan tartibda amalga oshiriladigan faoliyat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yongʻinlar profilaktikasi — yongʻinlar kelib chiqishi ehtimolini istisno etishga va ularning oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan ogohlantirish chora-tadbirlari majmui;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yongʻindan saqlash xizmati — odamlarning hayoti va sogʻligʻini, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini, atrof tabiiy muhitni yongʻinlardan himoya qilish, shuningdek obyektlarda, aholi punktlarida hamda boshqa hududlarda yongʻin xavfsizligini talab darajasida saqlab turish maqsadida belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqaruv organlari, kuchlar va vositalar majmui;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yongʻin xavfsizligi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yongʻin xavfsizligi — odamlarning, yuridik va jismoniy shaxslar mol-mulkining, shuningdek atrof tabiiy muhitning yongʻinlardan himoyalanganligi holati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yongʻin xavfsizligi talablari — yongʻin xavfsizligini taʼminlash maqsadida qonun hujjatlarida belgilangan ijtimoiy va (yoki) texnik xususiyatga ega maxsus shartlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yongʻin xavfsizligi talablarining buzilishi — yongʻin xavfsizligi talablarini bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yongʻin-texnik mahsuloti — yongʻin xavfsizligini taʼminlashga moʻljallangan maxsus texnik, ilmiy-texnik va intellektual mahsulotlar, shu jumladan yongʻinni oʻchirish texnikasi va asbob-uskunalari, yongʻinni oʻchirish aslaha-anjomlari, olovni oʻchirish va olovdan himoya qilish moddalari hamda materiallari, maxsus aloqa va boshqarish vositalari, elektron hujjatlar, elektron hisoblash mashinalari uchun dasturiy mahsulotlar va maʼlumotlar bazalari, shuningdek yongʻinlarning oldini olish hamda ularni oʻchirishning boshqa vositalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yongʻinga qarshi rejim — yongʻin xavfsizligi talablari buzilishining oldi olinishini va yongʻinlar oʻchirilishini taʼminlash yuzasidan odamlarning xatti-harakat qoidalari, ishlab chiqarishni tashkil etish va (yoki) binolarni (hududlarni) saqlash tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yongʻinga qarshi alohida rejim — yongʻin xavfi yuqori boʻlgan davrda muayyan hududlarda qonun hujjatlariga muvofiq yongʻin xavfsizligining qoʻshimcha talablarini belgilash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Yongʻin xavfsizligini taʼminlash tizimi
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yongʻin xavfsizligi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yongʻin xavfsizligini taʼminlash tizimi yongʻinlarning oldini olish hamda ularni oʻchirishga qaratilgan huquqiy, tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy va ilmiy-texnik chora-tadbirlar, shuningdek kuchlar va vositalar majmuidan iboratdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yongʻin xavfsizligini taʼminlash tizimi subyektlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlar (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) va fuqarolardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Davlat organlari va boshqa organlarning yongʻin xavfsizligi sohasidagi vakolatlari. Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining yongʻin xavfsizligini taʼminlashdagi ishtiroki. Tashkilotlar hamda fuqarolarning yongʻin xavfsizligi sohasidagi huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yongʻin xavfsizligi sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yongʻin xavfsizligi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

yongʻin xavfsizligi sohasida yagona davlat siyosati oʻtkazilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yongʻin xavfsizligi sohasida davlat dasturlarini tasdiqlaydi va ularning amalga oshirilishini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining yongʻin xavfsizligi sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Yongʻin xavfsizligi sohasidagi maxsus vakolatli organning vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yongʻin xavfsizligi sohasidagi maxsus vakolatli organ Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yongʻin xavfsizligi xizmatidir (bundan buyon matnda Davlat yongʻin xavfsizligi xizmati deb yuritiladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yongʻin xavfsizligi sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqadi va ularning amalga oshirilishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yongʻindan saqlash xizmati boʻlinmalarini yongʻinni oʻchirish texnikasi va boshqa texnika vositalari bilan jihozlash sohasida yagona texnika siyosatini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yongʻinlarni oʻchirishni, yongʻin zonasida qolgan odamlarni hamda yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini qutqarishni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha turdagi yongʻindan saqlash xizmati boʻlinmalarining yongʻinlarni oʻchirishga shayligi holati va yongʻinlar profilaktikasiga doir ishlarning bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yongʻin xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari ishlab chiqilishida ishtirok etadi;

davlat yongʻin nazoratini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yongʻin xavfsizligi talablaridan asosli ravishda chetga chiqilgan yoki bunday talablar mavjud boʻlmagan taqdirda binolar, inshootlarni va boshqa obyektlarni qurish, kapital taʼmirlash, rekonstruksiya qilish, kengaytirish va texnik jihatdan qayta jihozlashga doir loyiha hujjatlarining yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishiga taalluqli qismini koʻrib chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish uchun maydonlar (trassalar) tanlash (ajratish) komissiyasining, shuningdek qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilib olish komissiyalarining ishida ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yongʻin xavfsizligi sohasida yongʻinga qarshi targʻibotni, oʻqitishni va axborot bilan taʼminlashni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yongʻin xavfsizligining ilmiy-texnik jihatdan taʼminlanishini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yongʻin xavfsizligi sohasida litsenziyalash va sertifikatlashtirishni belgilangan tartibda amalga oshiradi;
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-son qarori bilan tasdiqlangan “Yongʻinni avtomatik tarzda oʻchirish va yongʻin signalizatsiyasi qurilmalarini montaj qilish, sozlash, taʼmirlash hamda ularga texnik xizmat koʻrsatish faoliyatining pasporti”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yongʻinlar va ularning oqibatlari hisobini yuritadi;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-fevraldagi 13-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yongʻinlarni va ularning oqibatlarini hisobga olish, shuningdek yongʻinlarga doir axborotni toʻplash hamda oʻzaro almashish tartibi haqida”gi nizom.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, tashkilotlar va fuqarolarga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish hamda yongʻinlarning oldini olishga doir tadbirlar oʻtkazish toʻgʻrisida yozma koʻrsatmalar beradi.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 4-oktabrdagi 272-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat yongʻin nazorati toʻgʻrisida”gi nizom.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining yongʻin xavfsizligi sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.05.00 Kompaniyalar, konsernlar, uyushmalar va boshqalar;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yongʻin xavfsizligi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari (bundan buyon matnda vakolatli organlar deb yuritiladi) oʻz vakolatlari doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining ijrosini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yongʻin xavfsizligi sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi va ularning amalga oshirilishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yongʻin xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari ishlab chiqilishida ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yongʻin xavfsizligi sohasidagi texnik reglamentlar, standartlar, normalar, qoidalar va boshqa normativ hujjatlar ishlab chiqilishida ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yongʻin nazoratini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yongʻin xavfsizligi sohasidagi ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ehtiyojlari uchun yongʻin-texnik mahsulotining nomenklaturasini ishlab chiqadi va hajmlarini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yongʻinlarni va ularning oqibatlarini hisobga olish tizimini yaratadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi punktlarida, oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlarda, ijtimoiy-madaniy, sanoat obyektlarida hamda boshqa obyektlarda, hududlar va kommunikatsiyalarda yongʻinlar oʻchirilishini tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli organlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yongʻin xavfsizligi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yongʻin xavfsizligi sohasidagi davlat dasturlari amalga oshirilishida ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yongʻin xavfsizligi chora-tadbirlarining bajarilishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy budjetlarning yongʻin xavfsizligiga, shu jumladan yongʻindan saqlash xizmatining taʼminoti xarajatlariga doir qismining ishlab chiqilishi, tasdiqlanishi va ijro etilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yongʻin oʻchiruvchilar depolari qurilishini amalga oshiradi, yongʻindan saqlash xizmatining mahalliy budjetlar mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan boʻlinmalarini belgilangan tartibda saqlaydi va moddiy-texnika bazasi bilan taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yongʻin xavfsizligini taʼminlashning ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan ragʻbatlantirilishini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli hududda yongʻinga qarshi alohida rejim oʻrnatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda. Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining yongʻin xavfsizligini taʼminlashdagi ishtiroki
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.02.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakolatlari;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yongʻin xavfsizligi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻngilli yongʻindan saqlash xizmatining tashkil etilishiga va faoliyatiga koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yongʻin nazoratining amalga oshirilishiga koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishi ustidan jamoat nazoratini amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tadbirlarda ham ishtirok etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz hududida sodir boʻlgan yongʻinlarning kelib chiqish va kuchayish (tarqalish) sabablari hamda sharoitlarini aniqlashga doir ishlarni bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yongʻin xavfsizligini taʼminlashni ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan ragʻbatlantirish chora-tadbirlarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda yongʻin xavfsizligi masalalari boʻyicha axborot olish, shu jumladan yongʻindan saqlash xizmatining boshqaruv organlari va boʻlinmalaridan axborot olish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashkilotlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilishi;

yongʻindan saqlash xizmati mansabdor shaxslarining qonuniy talablarini bajarishi;

yongʻin xavfsizligi chora-tadbirlarini ishlab chiqishi va amalga oshirishi, shuningdek ularning bajarilishi ustidan doimiy nazoratni taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yongʻinga qarshi targʻibot oʻtkazishi va oʻz xodimlariga yongʻin xavfsizligi chora-tadbirlarini qoʻllashni oʻrgatishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻziga qarashli yongʻinga qarshi himoya tizimi va vositalarini, yongʻinga qarshi suv taʼminoti manbalarini, shu jumladan yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalarini ishga yaroqli holda saqlashi, ulardan belgilanganidan boshqa maqsadda foydalanilishiga yoʻl qoʻymasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yongʻindan saqlash xizmati boʻlinmalariga yongʻinlarni oʻchirishda, shuningdek yongʻin nazorati organlariga yongʻinlarning kelib chiqish va kuchayish (tarqalish) sabablari hamda sharoitlarini aniqlashda, yongʻin xavfsizligi talablarining buzilishida va yongʻinlar kelib chiqishida aybdor shaxslarni topishda belgilangan tartibda koʻmaklashishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz hududidagi yongʻinlarni oʻchirish chogʻida zarur kuchlar va vositalarni belgilangan tartibda berishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yongʻindan saqlash xizmatining mansabdor shaxslari oʻz xizmat vazifalarini bajarayotganda ularning oʻz hududiga, binolar, inshootlarga va boshqa obyektlarga erkin kirishini taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻziga qarashli obyektlarning yongʻin xavfsizligi holati toʻgʻrisidagi, shu jumladan oʻzi ishlab chiqarayotgan mahsulotning yongʻin xavfliligi haqidagi, shuningdek oʻz hududida sodir boʻlgan yongʻinlar va ularning oqibatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni hamda hujjatlarni yongʻin nazorati organlari mansabdor shaxslarining talabiga koʻra taqdim etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kelib chiqqan yongʻinlar, mavjud yongʻinga qarshi himoya tizimlari va vositalaridagi nosozliklar toʻgʻrisida, yoʻllar va tor koʻchalarning holati oʻzgarganligi haqida yongʻindan saqlash xizmatiga darhol xabar qilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻngilli yongʻindan saqlash xizmatining faoliyatiga belgilangan tartibda koʻmaklashishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashkilotlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlishi va ularning zimmasida boshqa majburiyatlar boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda. Fuqarolarning yongʻin xavfsizligi sohasidagi huquq va majburiyatlari
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yongʻin xavfsizligi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar:

yongʻin kelib chiqqan taqdirda oʻz sogʻligʻi va mol-mulkining himoya qilinishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yongʻin tufayli oʻziga yetkazilgan zararning oʻrni belgilangan tartibda qoplanishi;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 57-bobi (“Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar”).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz sogʻligʻiga va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazgan yongʻinning kelib chiqish sabablari hamda sharoitlarini aniqlashda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yongʻin xavfsizligi masalalari boʻyicha belgilangan tartibda axborot olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yongʻindan saqlash xizmati yetib kelguniga qadar odamlarni, mol-mulkni qutqarish va yongʻinlarni oʻchirish yuzasidan choralar koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yongʻinlarni oʻchirishda yongʻindan saqlash xizmatiga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yongʻin xavfsizligini taʼminlashda, shu jumladan koʻngilli yongʻindan saqlash xizmati faoliyatida ishtirok etish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yongʻinni sezib qolganda bu haqda yongʻindan saqlash xizmatiga darhol xabar qilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yongʻindan saqlash xizmati mansabdor shaxslarining qonuniy talablarini bajarishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻziga qarashli ishlab chiqarish, xoʻjalik binolarini, turarjoylarni va boshqa binolar hamda imoratlarni belgilangan tartibda yongʻin nazoratini amalga oshirish maqsadida koʻzdan kechirishi va tekshirishi uchun yongʻin nazorati organlarining mansabdor shaxslariga imkoniyat berishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlishi va ularning zimmasida boshqa majburiyatlar boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Yongʻin xavfsizligini taʼminlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda. Yongʻin xavfsizligini taʼminlashni tashkil etish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.01 Umumiy qoidalar;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yongʻin xavfsizligi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yongʻin xavfsizligini taʼminlash tashkilotlarning mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatining tarkibiy qismidir. Yongʻin xavfsizligini taʼminlashga doir talablar mansab yoʻriqnomalarida va boshqa yoʻriqnomalarda, zarur hollarda esa tegishli shartnomalarda aks ettirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashkilotlarning yongʻin xavfsizligini taʼminlash, agar tegishli shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, mazkur tashkilotlarning rahbarlari va ular vakolat bergan shaxslar zimmasiga yuklatiladi. Yongʻin xavfsizligini taʼminlashga doir vazifalarning vakolatli shaxslar zimmasiga yuklatilishi rahbarlarning zimmasidan masʼuliyatni soqit qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiy va davlat uy-joy fondlarining turarjoylari va boshqa binolarida yongʻin xavfsizligini taʼminlash, agar bu mulkiy ijara (arenda) shartnomasida koʻrsatilgan boʻlsa, mulkdorlar yoki ijaraga (arendaga) oluvchilar zimmasiga yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholi punktlarini rivojlantirish va ularda imorat qurishni rejalashtirish, binolar va inshootlarni loyihalashtirish, qurish, kengaytirish, rekonstruksiya qilish hamda texnik jihatdan qayta jihozlash chogʻida yongʻin xavfsizligini taʼminlash tegishincha shaharsozlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi, buyurtmachilar, imorat quruvchilar, loyiha va qurilish tashkilotlari zimmasiga yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda. Yongʻin xavfsizligi sohasida normativ jihatdan tartibga solish
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yongʻin xavfsizligi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yongʻin xavfsizligi sohasida normativ jihatdan tartibga solish ijro etilishi shart boʻlgan yongʻin xavfsizligi talablarining vakolatli organlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarda, shuningdek normativ hujjatlarda belgilanishidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli organlar tomonidan tasdiqlanadigan yongʻin xavfsizligi talablarini oʻz ichiga olgan normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek normativ hujjatlar Davlat yongʻin xavfsizligi xizmati bilan kelishib olinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda. Yongʻin xavfsizligi chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yongʻin xavfsizligi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yongʻin xavfsizligi chora-tadbirlari yongʻin xavfsizligini taʼminlashga, shu jumladan yongʻin xavfsizligi talablarini bajarishga doir harakatlardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yongʻin xavfsizligi chora-tadbirlari yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga, yongʻin xavfsizligi sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq, shuningdek yongʻinlarga qarshi kurashish tajribasi, moddalar, materiallar, texnologik jarayonlar, buyumlar, konstruksiyalar, asbob-uskunalar, binolar va inshootlarning yongʻin xavfliligiga baho berish asosida ishlab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moddalar, materiallar, buyumlar, konstruksiyalar va asbob-uskunalarni ishlab chiqaruvchilar (yetkazib beruvchilar) mazkur moddalar, materiallar, buyumlar, konstruksiyalar va asbob-uskunalarning yongʻin xavfliligi koʻrsatkichlarini, shuningdek ulardan foydalanishda qoʻllaniladigan yongʻin xavfsizligi chora-tadbirlarini tegishli texnik hujjatlarda koʻrsatishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashkilotlar, binolar, inshootlar va boshqa obyektlar uchun yongʻin xavfsizligi chora-tadbirlarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda, shu jumladan ular loyihalashtirilayotganda yongʻinlar chogʻida odamlarning evakuatsiya qilinishini hamda yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki saqlab qolinishini taʼminlovchi yechimlar nazarda tutilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholi punktlari va boshqa hududlar uchun yongʻin xavfsizligi chora-tadbirlari tegishli mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ishlab chiqiladi hamda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda. Yongʻinlarni oʻchirish
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yongʻin xavfsizligi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yongʻinlarni oʻchirish odamlarning hayotini asrab qolish hamda sogʻligʻini saqlash, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini, atrof tabiiy muhitni asrash hamda yongʻinlarni bartaraf etish harakatlaridan iboratdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yongʻindan saqlash xizmati boʻlinmalari tomonidan yongʻinlarning oʻchirilishini tashkil etish tartibini Davlat yongʻin xavfsizligi xizmati belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat yongʻin xavfsizligi xizmati boshqaruv organlari va boʻlinmalarining yongʻindan saqlash xizmatining boshqa turlari, vakolatli organlar, avariya-taʼmirlash xizmatlari va oʻzga xizmatlar bilan yongʻinlarning oʻchirilishini tashkil etishni taʼminlashga doir hamkorligi kelishuvlar bilan tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat yongʻin xavfsizligi xizmati boʻlinmalarining kuchlari va vositalarini favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishga jalb qilish tartibi favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yongʻinlarni oʻchirish uchun yongʻindan saqlash xizmati boʻlinmalarining kuchlari va vositalarini jalb qilishning mintaqalararo hamda mahalliy darajalardagi rejalari mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yongʻinlar toʻgʻrisidagi xabarlarni qabul qilish uchun aholi punktlarining telefon tarmoqlarida yagona raqam — 101 oʻrnatiladi.
(15-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yongʻin kelib chiqqanligi toʻgʻrisidagi xabarni olgach, Davlat yongʻin xavfsizligi xizmati boʻlinmalari yongʻin joyiga darhol joʻnab ketishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zarur hollarda, yongʻinlarni oʻchirish chogʻida yongʻin kuchayishining (tarqalishining) hamda yongʻin bilan bogʻliq boʻlgan, odamlarga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga, atrof tabiiy muhitga tahdid soluvchi xavfli omillarning oldini olish uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yongʻinlar tarqalgan (tarqalish ehtimoli boʻlgan) va xavf keltirib chiqaradigan joylarga kirib borishga doir;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yongʻinlarning kuchayishiga (tarqalishiga) toʻsqinlik qiladigan va ularni bartaraf etishni taʼminlaydigan sharoitlarni yaratishga doir;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilotlar va fuqarolarda mavjud boʻlgan aloqa, transport vositalaridan, asbob-uskunalardan, yongʻinni oʻchirish vositalari va olovni oʻchirish moddalaridan keyinchalik oʻrni belgilangan tartibda qoplanishi sharti bilan foydalanishga doir;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli xizmatlarni jalb etgan holda jamoat tartibini taʼminlash, yongʻinlar oʻchirilayotgan joylarni qoʻriqlash (shu jumladan yongʻinlarning kelib chiqish va kuchayish (tarqalish) sabablarini, sharoitlarini tekshirish chogʻida), yoʻl harakatini tartibga solish, evakuatsiya qilish va (yoki) yongʻin kelib chiqqan joyda boshqa tadbirlarni amalga oshirishga doir harakatlar bajariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yongʻindan saqlash xizmati boʻlinmalari yongʻinlarni oʻchirish, yongʻinlar va avariyalarning kelib chiqishi hamda kuchayishining (tarqalishining) oldini olish bilan bogʻliq zarur ishlarni amalga oshirishda yongʻinni oʻchirish maqsadi uchun tabiiy va sunʼiy suv manbalaridan suv bilan bepul taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Asosli tavakkalchilik doirasida harakat qilgan Davlat yongʻin xavfsizligi xizmatining shaxsiy tarkibi va yongʻinni oʻchirishda qatnashgan boshqa ishtirokchilar yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashdan ozod qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda. Yongʻinni oʻchirishga rahbarlik qilish
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yongʻin xavfsizligi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yongʻinni oʻchirishga rahbarlik qilish yongʻin joyiga yetib kelgan yongʻindan saqlash xizmatining katta tezkor mansabdor shaxsi (bundan buyon matnda yongʻinni oʻchirish rahbari deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi, u yongʻinni oʻchirish harakatlarini bajarishda ishtirok etayotgan yongʻindan saqlash xizmatining shaxsiy tarkibini, shuningdek yongʻinni oʻchirishga jalb etilgan kuchlar va vositalarni yakkaboshchilik prinsipi asosida boshqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yongʻinni oʻchirish rahbari vazifalarning bajarilishi, yongʻinni oʻchirish harakatlarini bajarishda ishtirok etayotgan yongʻindan saqlash xizmati shaxsiy tarkibining hamda yongʻinni oʻchirishga jalb etilgan kuchlar va vositalarning xavfsizligi uchun javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yongʻinni oʻchirish rahbari yongʻinni oʻchirish harakatlari amalga oshirilayotgan hudud chegaralarini, mazkur harakatlarni bajarishning tartibini va oʻziga xos jihatlarini belgilaydi, shuningdek yongʻin chogʻida odamlarni, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini qutqarish boʻyicha qarorlar qabul qiladi. Zarur hollarda, yongʻinni oʻchirish rahbari boshqa qarorlar, shu jumladan yongʻinni oʻchirish harakatlari amalga oshirilayotgan hududdagi yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlarini cheklaydigan qarorlar qabul qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yongʻinni oʻchirish rahbarining koʻrsatmalari yongʻinni oʻchirish harakatlari amalga oshirilayotgan hududdagi barcha tashkilotlar va fuqarolarning ijro etishi uchun majburiydir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yongʻin oʻchirilayotganda yongʻinni oʻchirish rahbarining harakatlariga aralashishga yoki uning farmoyishlarini bekor qilishga hech kim haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda. Yongʻin xavfsizligi sohasida ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yongʻin xavfsizligi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yongʻin xavfsizligi sohasidagi ishlar va xizmatlar yongʻin xavfsizligi talablarini amalga oshirish, shuningdek yongʻinlar profilaktikasini taʼminlash va yongʻinlarni oʻchirish maqsadida bajariladi hamda koʻrsatiladi. Yongʻin xavfsizligi sohasidagi ishlar va xizmatlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yongʻin xavfsizligi sohasi mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholiga yongʻin xavfsizligi chora-tadbirlarini qoʻllashni oʻrgatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yongʻinga qarshi targʻibot ishlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-texnik maslahatlar berish va ekspertizalar oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilotlarni, aholi punktlari va boshqa hududlarni yongʻinlardan muhofaza qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yongʻin-texnik mahsulotini ishlab chiqarish, sinovdan oʻtkazish, xarid qilish va yetkazib berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moddalar, materiallar, buyumlar, konstruksiyalar va asbob-uskunalarni yongʻin xavfsizligi jihatidan sinovdan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha, tadqiqot ishlarini bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
olovdan himoya qilish va pech-moʻrikon ishlarini bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yongʻinga qarshi himoya tizimlari va vositalarini montaj qilish, ularga texnik xizmat koʻrsatish hamda ularni taʼmirlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yongʻinga qarshi aslaha-anjomlarni, yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalarini taʼmirlash va ularga xizmat koʻrsatish, olovni oʻchirish moddalarining sifatini tiklash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yongʻin xavfsizligi sohasidagi ishlar va xizmatlar jumlasiga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa ishlar va xizmatlar ham kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda. Yongʻinga qarshi targʻibot va yongʻin xavfsizligi chora-tadbirlarini qoʻllashni oʻrgatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yongʻinga qarshi targʻibot aniq maqsadni koʻzlagan holda jamiyatni ommaviy axborot vositalari, maxsus adabiyotlar va reklama mahsulotlarini nashr etish hamda tarqatish, muayyan mavzuga bagʻishlangan koʻrgazmalar, koʻriklar, konferensiyalar oʻtkazish va aholini xabardor qilishning qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa shakllaridan foydalanish orqali yongʻin xavfsizligi muammolari va yongʻin xavfsizligini taʼminlash yoʻllari haqida xabardor qilishdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yongʻinga qarshi targʻibotni yongʻindan saqlash xizmati, shuningdek yongʻindan saqlash xizmati koʻmagida vakolatli organlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, tashkilotlar va fuqarolar oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashkilotlarning xodimlariga yongʻin xavfsizligi chora-tadbirlarini qoʻllashni oʻrgatish ish beruvchilar (maʼmuriyat, mulkdorlar) tomonidan yongʻin xavfsizligi sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq, tegishli vakolatli organlar tasdiqlagan va Davlat yongʻin xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan maxsus dasturlar boʻyicha olib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalarga va boshqa taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan shaxslarga yongʻin xavfsizligi chora-tadbirlarini qoʻllashni majburiy tarzda oʻrgatish mazkur muassasalar tomonidan tegishli vakolatli organlar tasdiqlagan va Davlat yongʻin xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan maxsus dasturlar boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida bolalarga yongʻin xavfsizligi chora-tadbirlarini qoʻllashni oʻrgatish, ularni kasbga yoʻnaltirish, yongʻinga qarshi targʻibot tizimini takomillashtirish hamda yongʻinlarning oldini olishga va yongʻin chogʻida toʻgʻri harakat qila bilishga qaratilgan boshqa vazifalarni amalga oshirish maqsadida qonun hujjatlariga muvofiq yosh yongʻin oʻchiruvchilar drujinalari tashkil etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda. Yongʻin xavfsizligi sohasida axborot bilan taʼminlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli organlar yongʻin xavfsizligi uchun noqulay sharoitlar toʻgʻrisida oʻz vakolatlari doirasida Davlat yongʻin xavfsizligi xizmatini darhol va bepul asosda xabardor qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Faoliyati toʻliq yoki qisman Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ommaviy axborot vositalari yongʻin xavfsizligi masalalariga doir tezkor axborotni bepul asosda eʼlon qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yongʻin xavfsizligini taʼminlash yuzasidan qabul qilgan qarorlari haqida aholini xabardor qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda. Yongʻinlarni va ularning oqibatlarini hisobga olish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yongʻin xavfsizligi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yongʻinlarni va ularning oqibatlarini hisobga olish, shuningdek yongʻinlarga doir axborotni toʻplash hamda oʻzaro almashish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda. Yongʻinga qarshi alohida rejim
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yongʻin xavfi yuqori boʻlganda mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan tegishli hududlarda yongʻinga qarshi alohida rejim oʻrnatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yongʻinga qarshi alohida rejimning amal qilishi davrida tegishli hududlarda yongʻin xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan yongʻin xavfsizligiga oid qoʻshimcha talablar belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-modda. Yongʻin xavfsizligini ilmiy-texnik jihatdan taʼminlash
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yongʻin xavfsizligi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yongʻin xavfsizligini ilmiy-texnik jihatdan taʼminlashni ilmiy- tadqiqot, tajriba-konstruktorlik, loyiha tashkilotlari va boshqa ilmiy-texnik tashkilotlar, shuningdek tegishli taʼlim muassasalari amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yongʻin xavfsizligi sohasidagi ilmiy-texnik ishlanmalarni moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, tashkilotlarning mablagʻlari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashkilotlar yangi texnologiyalar va mahsulotlar yaratilishida yongʻin xavfsizligini taʼminlash maqsadida zarur ilmiy-texnik ishlanmalar amalga oshirilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-modda. Yongʻin-texnik mahsulotini ishlab chiqarish
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yongʻin xavfsizligi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yongʻin-texnik mahsuloti davlat buyurtmasi asosida, shuningdek tadbirkorlik faoliyati tartibida ishlab chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yongʻin-texnik mahsulotini ishlab chiqarish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-modda. Yongʻin xavfsizligi sohasidagi faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yongʻin xavfsizligi sohasidagi faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yongʻin xavfsizligi sohasidagi majburiy sertifikatlashtirilishi lozim boʻlgan mahsulotlar va xizmatlarning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yongʻin xavfsizligi sohasidagi mahsulotlar va xizmatlarning yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligini tasdiqlash uchun ular tashkilotlar hamda fuqarolar tashabbusiga koʻra ixtiyoriy sertifikatlashtirishdan oʻtkazilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yongʻindan saqlash xizmati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-modda. Yongʻindan saqlash xizmatining asosiy vazifalari
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yongʻin xavfsizligi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yongʻindan saqlash xizmatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yongʻinlar profilaktikasini oʻtkazish va yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yongʻinlarni oʻchirish, yongʻin zonasida qolgan odamlarni hamda yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini qutqarish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yongʻindan saqlash xizmati kuchlari va vositalarining yongʻinlar profilaktikasi hamda yongʻinlarni oʻchirish bilan bogʻliq boʻlmagan ishlarni bajarishga jalb qilinishiga, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27-modda. Yongʻindan saqlash xizmatining turlari
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yongʻin xavfsizligi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yongʻindan saqlash xizmati davlat, idoraviy va koʻngilli yongʻindan saqlash xizmatlariga boʻlinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28-modda. Davlat yongʻindan saqlash xizmati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat yongʻindan saqlash xizmati yongʻindan saqlash xizmatining asosiy turidir va u Davlat yongʻin xavfsizligi xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat yongʻin xavfsizligi xizmatining boʻlinmalari tumanlar, shaharlar va boshqa aholi punktlarida, oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlarda belgilangan tartibda tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat yongʻin xavfsizligi xizmatining tuzilishi, vazifalari, funksiyalari, tashkil etilishi va faoliyat yuritish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 700-son “Respublikaning tumanlari, shaharlari va boshqa aholi punktlarida, oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlarda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29-modda. Davlat yongʻin xavfsizligi xizmatining shaxsiy tarkibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat yongʻin xavfsizligi xizmatining shaxsiy tarkibi tegishli shtat lavozimlarida turgan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
safdorlar, serjantlar va ofitserlar tarkibidan boʻlgan shaxslarni (xodimlarni);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus unvonga ega boʻlmagan shaxslarni (xizmatchilarni) oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat yongʻin xavfsizligi xizmatining xodimlariga nisbatan ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtashni tartibga soluvchi nizomlar amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat yongʻin xavfsizligi xizmatining xizmatchilariga nisbatan mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan qoidalar amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat yongʻin xavfsizligi xizmatining shaxsiy tarkibi belgilangan namunadagi xizmat kiyimiga va farqlash belgilariga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30-modda. Davlat yongʻin xavfsizligi xizmati shaxsiy tarkibini ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat yongʻin xavfsizligi xizmati shaxsiy tarkibining hayoti va sogʻligʻi davlat himoyasidadir hamda belgilangan tartibda davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31-modda. Idoraviy yongʻindan saqlash xizmati
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yongʻin xavfsizligi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoraviy yongʻindan saqlash xizmati vakolatli organlarda va tashkilotlarda ularga qarashli obyektlarning yongʻin xavfsizligini taʼminlash uchun tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoraviy yongʻindan saqlash xizmati boshqaruv organlari va boʻlinmalarining faoliyatini tashkil etish, shuningdek shaxsiy tarkibning xizmatni oʻtash tartibi tegishli vakolatli organlar va tashkilotlar tomonidan Davlat yongʻin xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32-modda. Koʻngilli yongʻindan saqlash xizmati
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yongʻin xavfsizligi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻngilli yongʻindan saqlash xizmati fuqarolar va jamoat birlashmalarining tashkilotlarda, aholi punktlari va boshqa hududlarda yongʻin xavfsizligi chora-tadbirlarini taʼminlashda, yongʻinlarni oʻchirishda ishtirok etishining shaklidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻngilli yongʻindan saqlash xizmati boʻlinmalari drujinalar va (yoki) komandalar tarzida tashkil etiladi hamda tegishli maʼmuriy-hududiy birlikning yongʻin xavfsizligini taʼminlash tizimiga kiradi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻngilli yongʻindan saqlash xizmati boʻlinmalarini tashkil etish va ularning faoliyat yuritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33-modda. Idoraviy va koʻngilli yongʻindan saqlash xizmati boʻlinmalarini hisobga olish roʻyxatidan oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoraviy va koʻngilli yongʻindan saqlash xizmati boʻlinmalari hisobga olish roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoraviy va koʻngilli yongʻindan saqlash xizmati boʻlinmalarini hisobga olish roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yongʻin nazorati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34-modda. Davlat yongʻin nazorati
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yongʻin xavfsizligi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat yongʻin nazorati vakolatli organlar, tashkilotlar, ularning mansabdor shaxslari, shuningdek fuqarolar tomonidan yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini tekshirish va tekshiruv natijalari boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish maqsadida amalga oshiriladigan nazoratdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat yongʻin nazorati Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yongʻin xavfsizligi xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
(34-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining obyektlarida, oʻrmon xoʻjaligi hududlarida, kon qazilmalari va shaxta inshootlarida, portlovchi materiallar ishlab chiqarilayotganda, tashilayotganda, saqlanayotganda, ulardan foydalanilayotganda va ular utilizatsiya qilinayotganda, sanoat uchun moʻljallangan portlovchi materiallardan foydalangan holda portlatish ishlarini olib boruvchi tashkilotlarda, havo, suv, temir yoʻl, avtomobil transporti hamda elektr transportidan foydalanilayotganda davlat yongʻin nazoratini amalga oshirish tartibi Davlat yongʻin xavfsizligi xizmati va tegishli vakolatli organlar oʻrtasidagi kelishuvlar bilan belgilanadi.
(34-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrdagi OʻRQ-564-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalarida yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishi ustidan davlat yongʻin nazorati Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan diplomatik va boshqa chet el vakolatxonalari egallab turgan obyektlarda yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishi ustidan davlat yongʻin nazorati ushbu muassasalar rasmiy vakilining Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali qilgan yozma murojaati asosida davlat yongʻin nazorati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat yongʻin nazorati organlari va mansabdor shaxslarining roʻyxati, vazifalari, huquq va majburiyatlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Davlat yongʻin nazorati toʻgʻrisidagi nizom bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35-modda. Idoraviy yongʻin nazorati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoraviy yongʻin nazorati idoraviy yongʻindan saqlash xizmati, shuningdek qonun hujjatlarida vakolat berilgan mansabdor shaxslar tomonidan idoralarga qarashli tashkilotlarning yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilishini tekshirish va tekshiruv natijalari boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish maqsadida amalga oshiriladigan nazoratdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoraviy yongʻin nazorati vakolatli organlar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralarga qarashli tashkilotlarda yongʻin xavfsizligi talablari yongʻin kelib chiqishiga va odamlarning xavfsizligiga tahdid soladigan tarzda buzilganligi aniqlangan taqdirda, idoraviy yongʻindan saqlash xizmati alohida ishlab chiqarishning, ishlab chiqarish uchastkasining, agregatning ishini, binodan, inshootdan, xonadan foydalanishni, ayrim turdagi ishlarni bajarishni toʻliq yoki qisman toʻxtatib qoʻyish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36-modda. Yongʻindan saqlash xizmatining moliyaviy va moddiy-texnika taʼminoti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat yongʻin xavfsizligi xizmati boshqaruv organlari hamda boʻlinmalarining, bundan tashkilotlar bilan tuziladigan shartnomalar asosida tashkil etiladigan boʻlinmalar mustasno, moliyaviy va moddiy-texnika taʼminoti Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat yongʻin xavfsizligi xizmatining tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida tashkil etilgan boʻlinmalarining taʼminoti mazkur tashkilotlar mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoraviy va koʻngilli yongʻindan saqlash xizmatining moliyaviy hamda moddiy-texnika taʼminoti, shuningdek shaxsiy tarkibning ijtimoiy kafolatlari va kompensatsiyalarini moliyaviy taʼminlash ularning muassislari tomonidan oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37-modda. Nizolarni hal etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yongʻin xavfsizligi sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2009-yil 1-oktabrdagi 191-192 (4854-4855)-sonida eʼlon qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 30-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻRQ-226-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 40-son, 432-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son, 2019-y., 2-son, 47-modda, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son; 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son; 04.12.2020-y., 03/20/653/1592-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son; 28.11.2025-y., 03/25/1099/1104-son; 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son; 21.04.2026-y., 03/26/1136/0393-son)