Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
XALQARO SHARTNOMALARNI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
1. Quyidagi, 2009-yil 28-may kuni Braziliya shahrida imzolangan:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Braziliya Federativ Respublikasi Hukumati oʻrtasida iqtisodiyot va savdo sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Braziliya Federativ Respublikasi Hukumati oʻrtasida texnikaviy hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Braziliya Federativ Respublikasi Hukumati oʻrtasida qishloq xoʻjaligi sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Braziliya Federativ Respublikasi Hukumati oʻrtasida diplomatik pasport egalarini vizalardan ozod qilish toʻgʻrisidagi Bitim;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Braziliya Federativ Respublikasi Hukumati oʻrtasida madaniy hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Braziliya Federativ Respublikasi Hukumati oʻrtasida turizm sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Anglashuv Memorandumi tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnomalar kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan ichki davlat tartib-qoidalari bajarilgani toʻgʻrisidagi tegishli bildirishnomani yoʻllasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnomalar kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasinlar.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 10-iyul,
PQ-1156-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 29-son, 331-modda)