Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
buyrugʻi
XORIJDAN KELTIRILGAN DORI VOSITALARINING SIFAT NAZORATI TOʻGʻRISIDAGI BUYRUQNI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB TOPISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 24-aprelda 995-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasiga isteʼmol tovarlari olib kelishni takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish toʻgʻrisida” 427-son hamda 2004-yil 6-iyuldagi “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 318-son qarorlariga muvofiq, muvofiqlik sertifikatlari majburiy taqdim etilishi talab qilinadigan isteʼmol tovarlarining qoʻshimcha roʻyxatiga dori vositalarini kiritilishi munosabati bilan buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2000-yil 14-dekabrdagi “Xorijdan keltirilgan dori vositalarining sifat nazorati toʻgʻrisida”gi 636-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 995, 29.12.2000-y.) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Sogʻliqni saqlash vaziri F. Gʻ. NAZIROV
Toshkent sh.,
2009-yil 10-aprel,
108-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 17-son, 221-modda)