Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining
buyrugʻi
XORIJDAN KELTIRILGAN DORI VOSITALARINING SIFAT NAZORATI TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2000-yil 29-dekabrda 995-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2009-yil 10-apreldagi 108-sonli “Xorijdan keltirilgan dori vositalarining sifat nazorati toʻgʻrisidagi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi (roʻyxat raqami 995-1, 24.04.2009-y.) buyrugʻiga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunini bajara borib, Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-avgustdagi “Ichki bozorni dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlashga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 307-son va 1999-yil 14-yanvardagi “Dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari sotishni tartibga solish toʻgʻrisida”gi 19-son qarorlari ijrosini taʼminlash, sotuvga chiqarilayotgan dori vositalari tannarxini oshib ketishini oldini olish maqsadida buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi farmatsevtika bozorida oʻzining sifatli mahsulotlari bilan tanilgan, xalqaro GMP sertifikatiga ega chet el farmatsevtika firmalarining (ilova) mahsulotlari ulardan bevosita xarid qilinganda, har bir seriyasi toʻliq laboratoriya tahlilidan oʻtkazilmasdan ishlab chiqaruvchi firmalar tomonidan berilgan sifat sertifikatiga asosan sotuvga chiqarishga ruxsat etilsin.
2. Ilovada koʻrsatilgan chet el firmalarining yoki ularning distribyutorlari tomonidan yilning har choragi oxirida Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish Bosh boshqarmasiga Oʻzbekiston farmatsevtika bozoriga kiritilgan dori vositalarining turi, miqdori va seriyalari koʻrsatilgan maʼlumotnoma taqdim etish soʻralsin.
3. Farmatsevtika faoliyatining ulgurji savdo bilan shugʻullanish huquqiga ega boʻlgan litsenziatlariga:
ilovada keltirilgan chet el firmalari mahsulotlari bevosita xarid qilinganda ularning dori turlari assortimenti boʻyicha kamida 10 foizini belgilangan tartibda, vakolatlangan laboratoriyalarda tanlab tahlil qilish ishlari amalga oshirilsin;
ilovada keltirilgan firmalar mahsulotlariga ishlab chiqarish sertifikatlari taqdim etilmagan hollarda vakolatlangan laboratoriyalarda toʻliq nazorati oʻtkazish;
ushbu dori vositalarining ulgurji savdosi amalga oshirilmagan hollarda, dori vositalariga rasmiylashtiriladigan yuk xatlarida ularning seriyalari, ishlab chiqaruvchi firma setifikatlari tasdiqlangan sanasi yoki nazorat-tahlil laboratoriyasida oʻtkazilgan nazorat tahlili bayonnomasining xulosasi va qayd etish raqami koʻrsatilishini joriy etish vazifalari yuklatilsin.
4. Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish Bosh boshqarmasi boshligʻi A. N. Yunusxoʻjayevga:
yilning har choragi yakuni natijalariga asoslanib, seriyaviy sifat nazoratidan ozod etilgan chet el firmalari roʻyxatini sifatli mahsulotlari bilan tanilgan yangi firmalar bilan toʻldirish yoki tekshiruv natijasida talablarga javob bermaydigan sifatsiz dori vositalari ishlab chiqargan firmalarni roʻyxatdan chiqarish boʻyicha takliflar kiritish vazifasi topshirilsin.
5. Ushbu buyruq kuchga kiritilishi munosabati bilan Sogʻliqni saqlash vazirligining 2000-yil 31-oktabrdagi 565-son buyrugʻi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Ushbu buyruq ijrosining nazorati vazir muovini M. X. Xodjibekov zimmasiga yuklatilsin.
Vazir F. Gʻ. NAZIROV
Toshkent sh.,
2000-yil 14-dekabr,
636-son
SERIYAVIY SIFAT NAZORATIDAN OZOD ETILGAN ChET EL FIRMALARI ROʻYXATI
| № |
Firmalarning nomi |
Davlat |
| 1. | 3M Medica | Germaniya |
| 2. | Alcon-Couvreur, a.s., n.v. | Belgiya, Ispaniya |
| 3. | Alkaloid | Makedoniya |
| 4. | Angelini Francesco S.p.A. | Italiya |
| 5. | Arzneimittelwerk Dresden GmbH |
Germaniya |
| 6. | Asta Medica (ABD) | Germaniya |
| 7. | Asta Pharma AG | Germaniya |
| 8. | ASTRA Farm Ko., OOO | Germaniya |
| 9. | B.Braun Melsungen AG | Germaniya |
| 10. | Bayer AG | Germaniya |
| 11. | Beaufour Ipsen | Fransiya |
| 12. | Berlin Chemje - AG Menarini Group |
Germaniya |
| 13. | Biochemie GmbH | Avstriya |
| 14. | Biogal Pharmaceutical Works Ltd. (a subsidiary of Teva Pharm. Ind. Ltd.) |
Vengriya |
| 15. | Boechringer Ingelheim | �ermaniya, Italiya, Fransiya |
| 16. | Bristol-Mavers Squibb | Avstriya, Germaniya, Daniya |
| 17. | Byk Gulden Lomberg & Chemische Fabrik GmbH |
Germaniya |
| 18. | Chinoin Pharmaceutical Chemical Works Co.Ltd. |
Vengriya |
| 19. | Ciba-Geigy (Novartis) | Shveysariya, Tursiya |
| 20. | CTS Chemical Industries Ltd. | Izrail |
| 21. | Dakota Pharm for Sanofi-Winthrop |
Fransiya |
| 22. | Delta West | Avstraliya |
| 23. | Dr. Falk Pharma GmbH | Germaniya |
| 24. | Du Pont Pharma | SShA |
| 25. | EBEWE | Avsriya |
| 26. | Eczacibasi | Tursiya |
| 27. | Egis | Vengriya |
| 28. | Eli Lilly | Vengriya, Velikobritaniya, Fransiya, SShA, Italiya |
| 29 | F.Hoffmann-La Roche | Shveysariya, Fransiya |
| 30 | Ferrosan A/S | Daniya |
| 31. | Fisons | Velikobritaniya |
| 32. | Galena a.s. | Cheshskaya Respublika |
| 33. | Gedeon Richter | Vengriya |
| 34. | Genpharm Inc. | Kanada |
| 35. | GlaxoWallcome | Velikobritaniya |
| 36. | GlaxoWallcome Poznan A.S. | Polsha |
| 37. | Grindex | Latviya |
| 38. | Hafslund Nycomed Pharma AG | Avstriya |
| 39. | ICN | Vengriya |
| 40. | ICN Polfa Rzeszow A.S. | Polsha |
| 41. | ICN Yugoslavia A.D. | Yugoslaviya |
| 42. | Immunotech | Chexiya |
| 43. | Innotech International | Fransiya |
| 44. | Janssen Pharmaceutica | Belgiya |
| 45. | Jelfa | Polsha |
| 46. | Jenapharm GmbH | Germaniya |
| 47. | Krewel Meuselbach GmbH | Germaniya |
| 48. | KRKA | Sloveniya |
| 49. | Laboratoires du Dr.E.Bouchara | Fransiya |
| 50. | Lachema AS | Chexiya |
| 51. | Lannacher Heilmittel G mbH | Avstriya |
| 52. | Lechiva a.s. | Chexiya |
| 53. | Lek | Sloveniya |
| 54. | Lemery | Meksika |
| 55. | Leo Pharmaceutical Products | Daniya |
| 56. | Life Pharma | Italiya |
| 57. | Merck KGaA | Germaniya |
| 58. | Merck Sharp & Dohme | SShA |
| 59. | Merckle GmbH | Germaniya |
| 60. | Mundipharma GmbH | Germaniya |
| 61. | Novo Nordisk A/S | Daniya |
| 62. | Nycomed | Avstriya |
| 63. | Olaines KFR | Latviya |
| 64. | Organon | Niderlandiya |
| 65. | Orion Corporation | Finlandiya |
| 66. | Pasteur Merieux Connaught | Fransiya |
| 67. | Pasteur Merieux Serums & Vaccins |
Fransiya |
| 68. | Pfizer | SShA, Belgiya, Fransiya, Italiya, Germaniya |
| 69. | Pharmacia | Shvetsiya, Italiya |
| 70. | Pharmacia& Upjohn | Italiya, SShA, Belgiya |
| 71. | Pierre Fabre Medicament | Fransiya |
| 72. | Pliva | Xarvatiya |
| 73. | Polfa | Polsha |
| 74. | Poli Industria Chemica S.p.A. | Italiya |
| 75. | Polpharma AG | Polsha |
| 76. | Pro. Med. CS Praha a.s. | Chexiya |
| 77. | Rhone-PoulencRore (Aventis)r | Germaniya, Fransiya, SShA |
| 78. | Richard Bittner GmbH | Avstriya |
| 79. | Rivopharm laboratories | Shveysariya |
| 80. | Sanavita Gesundheitsmittel GmbH & Co. KG |
Germaniya |
| 81. | Sanitas, AO | Latviya |
| 82. | Sanofi Diagnostics Pasteur | Fransiya |
| 83. | Sanjfi-Winthrop | Velikobritaniya |
| 84. | Santen Oy | Finlyandiya |
| 85. | Schering AG | Germaniya |
| 86. | Schering-Plough | Belgiya, Portugaliya, Irlandiya |
| 87. | Schwarz-Pharma GmbH | Germaniya |
| 88. | Slovakofarma a.s. | Slovakiya |
| 89. | Smith Kline Beecham Consumer Healthcare |
Velikobritaniya, Belgiya |
| 90. | Solco Basel AG | Shveysariya |
| 91. | Solvay PharmaceuticalsB.V. | Niderlandiya |
| 92. | Solvay Pharmaceuticals GmbH | Germaniya |
| 93. | Teva Pharmaceutical Industries Ltd. |
Izrail |
| 94. | UPSA, Bristol-Myers Squibb | Fransiya |
| 95. | Yamanouchi Europe BV. | Niderlandi |