Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.12.2019 17.04.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1943
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazining qarori, 17.04.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1943
Kuchga kirish sanasi
27.04.2009
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.12.2019
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlimI vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

DARSLIKLAR VA OʻQUV-METODIK QOʻLLANMALAR XARID QILISh YuZASIDAN TANLOV SAVDOLARI OʻTKAZISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 17-aprelda 1943-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 13-dekabrdagi 536-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1943-2, 13.12.2019-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 19-martdagi “Vazirlar Mahkamasining “2005 — 2009-yillarda umumtaʼlim maktablari uchun darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar nashr etish dasturi toʻgʻrisida” 2004-yil 22-noyabrdagi 548-sonli qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi 77-sonli qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-yil, 13-son, 142-modda) 2-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar xarid qilish yuzasidan tanlov savdolari oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq taʼlimi vaziri Gʻ. ShOUMAROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,

2009-yil 14-aprel,

17-son

Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi direktori Z. SATTOROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 14-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14 Q/Q-son

Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining 2009-yil 14-apreldagi 17, 14 Q/Q-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar xarid qilish yuzasidan tanlov savdolari oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 19-martdagi 77-sonli “Vazirlar Mahkamasining “2005 — 2009-yillarda umumtaʼlim maktablari uchun darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar nashr etish dasturi toʻgʻrisida” 2004-yil 22-noyabrdagi 548-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 13-son, 142-modda) muvofiq darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalarni xarid qilish yuzasidan tanlov savdolarini tashkil qilish va oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tanlov savdolari darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar (komplekslar)ni xarid qilishga tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Darsliklar va oʻquv-metodik komplekslarga (bundan keyingi oʻrinlarda oʻquv adabiyoti deb yuritiladi) darsliklar, qoʻshimcha oʻquv, metodik, maʼlumotnoma adabiyotlar va ish daftarlari kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tanlov savdolari faqat oʻquv adabiyotlari boʻyicha Uzluksiz taʼlim tizimi uchun oʻquv dasturlari, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarini qayta koʻrib chiqish va yangilarini yaratish boʻyicha Hukumat komissiyasining (bundan keyingi oʻrinlarda Hukumat komissiyasi deb yuritiladi) qarori va huquq egalarining (mualliflar va mualliflar jamoalarining, shuningdek oʻquv adabiyotlarining original-maketi uchun huquqlarga ega boʻlgan nashriyotlarning) roziligi mavjud boʻlgan oʻquv adabiyotlariga eʼlon qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, koʻzi ojiz, kar, zaif eshituvchi va ruhiy rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan oʻquvchilari uchun maxsus maktab va maktab internatlari tomonidan oʻquv adabiyotlarini xarid qilish yuzasidan tanlov savdolarini oʻtkazishga Hukumat komissiyasining qarori talab etilmaydi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining 2009-yil 19-noyabrdagi 50 va 44/QQ-sonli qarori (roʻyxat raqami 1943-1, 01.12.2009-y.) tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 49-son, 526-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tanlov savdolari oʻquv adabiyotlarini xarid qilishda bir kontrakt boʻyicha 100 ming AQSh dollariga teng boʻlgan miqdordan kam boʻlganda amalga oshiriladi, bunda takliflar tanlov yoʻli bilan aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Tanlov savdolarining qatnashchilari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Buyurtmachi (Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi), tanlov komissiyasi, tanlov savdolarining tashkilotchisi va oferent-qatnashchilar tanlov savdolarining asosiy ishtirokchilari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Buyurtmachi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) buyruq chiqargan holda tanlovning turi, sanasi, joyi va shartlarini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) oʻquv adabiyotining boshlangʻich qiymatini mustaqil ravishda yoki ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni jalb qilgan holda belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) talabgorlarning malakasiga qoʻyiladigan asosiy talablarni, oʻquv adabiyotiga qoʻyiladigan maxsus va texnik talablarni belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) tanlov hujjatlarini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) tanlov savdolarini oʻtkazish tartib-qoidalarini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) tanlov takliflarini baholash mezonlarini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) tanlov takliflarini qabul qilishning oxirgi kuni va vaqtini, konvertlarni ochish vaqti va joyini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) tanlov savdolari gʻolibi bilan shartnoma tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tanlov komissiyasi oʻquv adabiyotlarini nashr etish va qayta nashr etishga davlat buyurtmasini joylashtirish uchun tanlov savdolarini oʻtkazish boʻyicha doimiy organ hisoblanadi. Tanlov komissiyasining son tarkibi aʼzolarning toq sonidan, qoidaga koʻra, kamida 5 kishidan iborat boʻladi. Tanlov komissiyasining aʼzolariga Buyurtmachining xodimlari kiradi. Buyurtmachining rahbari yoki uning oʻrinbosari komissiya raisi boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tanlov komissiyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tegishlicha rasmiylashtirgan holda tanlov savdolarini oʻtkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) takliflar bildirilgan konvertlarni ochadi, ularning tanlov hujjatlari bilan belgilangan talablarga (taqdim etilgan hujjatlarning toʻliqligi, ularning rasmiylashtirilishi va hokazo) muvofiqligini tekshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) baholash guruhiga jalb etiladigan mustaqil ekspertlar yoki maslahatchilar ishini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) tanlov gʻoliblarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tanlov savdolarining tashkilotchisi (Buyurtmachining taklifiga koʻra tanlov komissiyasi tomonidan tayinlanadigan ishchi guruh yoki buyurtmachi tomonidan shartnoma asosida jalb etiladigan konsalting kompaniyasi):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tanlov hujjatlarining ishlab chiqilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) tasdiqlangan tanlov hujjatlarini talabgorlarga taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) tanlov oʻtkazilishi toʻgʻrisida eʼlon beradi va potensial talabgorlarga taklifnomalar yuborilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) tanlov takliflarini baholash mezonlari ishlab chiqilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) arizalar va tanlov takliflarini qabul qiladi, ularning hisobga olinishi va maxfiyligini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) ilgari tuzilgan shartnomalar boʻyicha oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarni zarur darajada bajarmagan oferentlar toʻgʻrisidagi axborotni tanlov komissiyasiga taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) tanlov ishtirokchilarining belgilangan malaka talablariga mosligini oʻrganadi va tanlov komissiyasiga xulosalar beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) tanlov takliflarining asl nusxalarini konvertlarni ochish va tanlov oʻtkazish uchun tanlov komissiyasiga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Savdolarni tashkil etish uchun konsalting kompaniyasi jalb etilgan taqdirda, tanlov savdolari tashkilotchisining huquq va majburiyatlari u bilan buyurtmachi oʻrtasida tuziladigan shartnomada belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tanlov takliflarini ekspertizadan oʻtkazish va baholash uchun Buyurtmachi tomonidan baholash guruhi tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baholash guruhi tanlov komissiyasi aʼzolaridan yoki oʻquv adabiyotini nashr etish va kitob nashri texnologiyasi sohasida vakolatli boʻlgan kamida uch nafar mutaxassisdan iborat tarkibdagi mustaqil ekspertlar yoki maslahatchilardan iborat boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Baholash guruhi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tanlov takliflarini koʻrib chiqadi va tahlil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) tanlov hujjatlarida koʻrsatilgan mezonlar asosida ballar qoʻyadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) eng yaxshi tanlov taklifini aniqlaydi, savdo gʻolibini aniqlash va tasdiqlash uchun tanlov komissiyasiga xulosalar kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, nashriyot-matbaa faoliyatida tajribaga ega boʻlgan tashkilotlar hamda xorijiy tashkilotlar ham tanlov savdolarining oferentlari-qatnashchilari boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Tanlov savdolariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tanlov savdolari eʼlon qilingan sanada roʻyxatdan oʻtkazish paytidan boshlab oʻz faoliyatini 6 oydan kam muddatda amalga oshirayotgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ilgari tuzilgan shartnomalar boʻyicha qabul qilingan majburiyatlarni lozim darajada bajarmagan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) qayta tashkil etish (boʻlish, qoʻshish va hokazo), tugatish yoki bankrotlik bosqichida turgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) sud muhokamasi holatida turgan tashkilotlar, korxonalar va yakka tartibdagi tadbirkorlar qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Tanlov komissiyasi aʼzolaridan kimgadir bevosita tashkiliy-huquqiy yoki moliyaviy bogʻliq boʻlgan tashkilotlar savdo qatnashchilari boʻlishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Tanlov savdolari qatnashchilari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tanlov takliflarini tayyorlaydi va savdo tashkilotchisiga taqdim etadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ularning faoliyatini va moliyaviy holatini baholash uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha axborotni taqdim etadilar (tanlov komissiyasining soʻroviga koʻra);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) tanlov takliflarini tayyorlash va taqdim etish davomida sarflangan barcha moliyaviy xarajatlarni oʻz manbalaridan qoplaydilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) tanlov savdolarida gʻolib chiqqan taqdirda, buyurtmachi bilan shartnoma tuzadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Tanlov hujjatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Tanlov hujjatlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tanlov savdolari qatnashchilariga qoʻyiladigan malaka talablari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) nashr etiladigan oʻquv adabiyotlarining roʻyxati, texnik talablari va spetsifikatsiyasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) tanlov taklifining shakli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) shartnoma proformasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Talabgorlarga tanlovda qatnashish uchun quyidagi malaka talablari qoʻyiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) shartnoma tuzishga fuqarolik huquqiy layoqati va vakolatlari (qatnashchining roʻyxatdan oʻtkazilganligi va sud majburiyatlari mavjudligi toʻgʻrisidagi axborot hamda faoliyatning mazkur turini amalga oshirish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) davlat buyurtmasining butun hajmini bajarish uchun zarur boʻlgan oʻzining yoxud shartnoma asosida foydalanayotgan ishlab chiqarish bazasining, mehnat resurslarining va malakali mutaxassislarning mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) oʻquv adabiyotini nashr etish va qayta nashr etish uchun moʻljallangan qiymatning kamida 10 foizi miqdorida Buyurtmachining talablariga koʻra boʻsh aylanma mablagʻlarning mavjudligi yoki koʻrsatib oʻtilgan mablagʻlarni berishga bankning kafolat xati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) kitob, shu jumladan, oʻquv adabiyoti nashr etish va qayta nashr etishga doir ish tajribasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) tanlov savdolariga qoʻyilgan oʻquv adabiyotini nashr etish va qayta nashr etishning prognozlashtirilayotgan hajmi (faqat oʻz kuchlari bilan nashr etilishi va qayta nashr etilishi mumkin boʻlgan hajm-foizlarda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlov savdolarida qatnashish uchun talabgorga buyurtmachi tomonidan belgilanadigan, biroq talabgorlarning oʻz tijorat sirining muhofaza qilinishi huquqini buzmaydigan boshqa talablar ham qoʻyilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Nashr etiladigan oʻquv adabiyotlarining roʻyxati, texnik talablari va oʻziga xosligi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomi va nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuzilma va maketga qoʻyilgan talablar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qogʻoz formati va sifati, boʻyoqlarning hajmi va soni, materiallar va matbaaning sifati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nashr etilayotgan oʻquv adabiyotining yuqori sifati va uzoq muddat foydalanilishini taʼminlashga koʻmaklashadigan boshqa texnologik talablar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Tanlov taklifi texnik taklif, tijorat taklifi, vakilga berilgan ishonchnoma, majburiyatlar bajarilishini taʼminlash shakllari hamda oʻquv adabiyotini nashr etish va qayta nashr etish jadvalidan iborat boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Shartnoma proformasi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq tuziladi va oʻquv adabiyotini nashr etish shartlari, narxi va jadvalini, xizmatlarning manbalari va haq toʻlash shaklini, toʻlovlar shartlari va jadvalini, tomonlarning majburiyatlarini, nizolarni hal etish tartibini, shuningdek bitimlar tuzishda majburiy boʻlgan boshqa shartlar va holatlarni oʻz ichiga olishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shartnoma proformasini tuzishda buyurtmachi yoki tanlov savdolari tashkilotchisi shartnoma asosida ixtisoslashtirilgan konsalting kompaniyalariga murojaat qilishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Tanlov savdolari tashkilotchisi takliflarni taqdim etish muddati tamom boʻlgunga qadar, tanlov hujjatlarini sotib olgan talabgorlarga maʼlum qilgan holda, taklifga tuzatish kiritish uchun yetarli boʻlgan vaqt berib, uning muddatini uzaytirib, tanlov hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Talabgorning soʻroviga koʻra, tanlov savdolari tashkilotchisi tanlov takliflarini taqdim etishning soʻnggi muddatidan kamida 10 kun oldin soʻrov manbaini koʻrsatmagan holda tanlov savdolarining barcha qatnashchilariga majburiy tartibda javob yuborishi va tanlov hujjatlarining mohiyati yoki mazmuni bilan bogʻliq savolga yozma ravishda javob berishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Tanlov komissiyasi, savdo tashkilotchisi va talabgorlar oʻrtasida xabar, bildirishnoma va boshqa axborotni ayirboshlash yozma shaklda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Tanlov savdolarini oʻtkazish tartibi va shartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Ommaviy axborot vositalarida tanlov savdolarini oʻtkazish toʻgʻrisida rasmiy eʼlon berilgan sana yoki talabgorga pochta (sana pochta shtempeli boʻyicha aniqlanadi), telefaks yoki boshqa shaklda qatnashish uchun rasmiy bildirishnoma (taklifnoma) yuborilgan sana tanlov savdosi ochilgan sana hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Tanlov savdolari toʻgʻrisidagi eʼlon markaziy va boshqa eng koʻp tarqalgan gazeta va jurnallarda tanlov takliflari bildirilgan konvertlar rasmiy ochilishidan kamida 30 kun oldin eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Eʼlonda quyidagilar koʻrsatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) buyurtmachining nomi va manzili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) davlat buyurtmasini shakllantirish manbalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) nashr etilishi moʻljallangan oʻquv adabiyotining nomi va nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) talabgorlarga qoʻyiladigan asosiy shartlar va talablar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) tanlov hujjatlari olinadigan joy (tanlov savdolari tashkilotchisining manzili, aloqa telefoni va telefaksi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) tanlov hujjatlari uchun haq toʻlash qiymati va tanlov taklifi berishda tanlov qatnashchisi uchun zakalat summasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) zakalat summasi va tanlov hujjatlari uchun haq toʻlash shartlari, ularni toʻlash uchun bank rekvizitlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) tanlov hujjatlarini taqdim etish joyi, oxirgi muddati (kun va soat koʻrsatilgan holda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) tanlov takliflari bildirilgan konvertlarni ochish joyi, kuni va vaqti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Tanlov savdolarida qatnashish istagini bildirilgan talabgorlar eʼlon berilgandan keyin savdo tashkilotchisidan tanlov hujjatlarini oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlov hujjatlari uchun toʻlov miqdori Buyurtmachi tomonidan Buyurtmachining tanlovga tayyorgarlik koʻrish va tanlovni oʻtkazish uchun ketadigan mablagʻlaridan kelib chiqib belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Tanlov takliflari tanlov hujjatlariga qoʻyiladigan talablarga muvofiq ishlab chiqiladi va konvertda taqdim etilib, quyidagilardan iborat boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) texnik taklif qatnashchining malakasi va moliyaviy holatini tasdiqlovchi hujjatlardan, zakalat toʻlanganligini tasdiqlovchi bank hujjatlaridan (nashr etilayotgan oʻquv adabiyotining hisoblangan qiymatining bir foizidan besh foizigacha Buyurtmachi tomonidan belgilanadigan miqdorda), oʻquv adabiyoti maketidan iborat boʻladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) tijorat taklifi narx takliflarini, boʻlishi mumkin boʻlgan chegirmalarni, taklif etilayotgan jadvalni va oʻquv adabiyotini nashr etish va qayta nashr etish muddatlarini oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Konvertda tanlov qatnashchisining, tanlov savdosi tashkilotchisining nomi va manzili, nashr etilishi va qayta nashr etilishi taklif etilayotgan oʻquv adabiyotining nomi va taklifnomaning tartib raqami koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Tanlov taklifining tegishli ravishda “Asl nusxa” va “Nusxa” soʻzlari bilan belgi qoʻyilgan, talabgorning imzosi va muhri bilan tasdiqlangan asl nusxasi va nusxasi tanlov savdolari tashkilotchisiga muhrlangan shaklda yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Tanlov taklifining amal qilish muddati tanlov hujjatlarida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qatnashchilar oʻzlarining tanlov takliflarini ularni taqdim etishning oxirgi kuni va vaqti tamom boʻlgunga qadar qaytarib olishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taqdim etish muddati tamom boʻlgandan keyin tushgan tanlov taklifi koʻrib chiqilmaydi va konvertlar ochilmasdan savdo qatnashchisiga qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Tanlov takliflarini taqdim etish sanasi tanlov savdolari tashkilotchisining pochta bildirishnomasi olinganligi toʻgʻrisidagi belgisi yoki xat tashuvchi orqali yuborilgan tanlov takliflari roʻyxatdan oʻtkazilgan sana boʻyicha aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Tanlov takliflari berishning belgilangan muddati tamom boʻlgach belgilangan kun va soatda komissiya tanlov takliflari konvertini ochadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hozir boʻlish istagini bildirgan tanlov qatnashchilari yoki ularning toʻlaqonli vakillari ishtirokida konvertlar ochiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Konvertlar ochilgandan soʻng savdo qatnashchilarining nomlari oʻqiladi, savdo shartlari va tartib-qoidalariga rioya qilish, tegishli hujjatlarning mavjudligi tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Hujjatlar paketida tanlov hujjatlariga qoʻyiladigan talablar buzilganligi aniqlangan taqdirda, hujjatlar ularning mazmuni eʼlon qilinmasdan qatnashchiga qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Tanlov komissiyasi majlisining natijalari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomada savdo qatnashchilari tomonidan eʼtirof etilgan tashkilotlar sanab oʻtiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bayonnomada shakl boʻyicha taqdim etilmagan va savdolarga qoʻyilmagan takliflarning rad etilish sabablari koʻrsatilgan holda alohida sanab oʻtiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Tanlov takliflari bildirilgan konvertlarni ochish toʻgʻrisidagi bayonnoma ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Texnik va narx takliflari oʻrganish, tahlil etish va baholash uchun baholash guruhiga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Takliflarni baholashda qatnashchining malakasi va moliyaviy ahvoli, taklif etilayotgan narx, ishlarni bajarish shakli va muddatlari, oʻquv adabiyoti namunalari parametrlarining buyurtmachi tomonidan belgilangan texnik talablar va spetsifikatsiyasiga muvofiqligi majburiy tartibda hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Takliflarni baholash tanlov komissiyasi tomonidan belgilangan har bir baholash mezoni boʻyicha ballar qoʻyish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Savdo qatnashchilari yoki ularning vakillari tanlov takliflarini baholashda hozir boʻlishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Baholash davomida tanlov komissiyasi tushuntirishlar olish uchun qatnashchilarga yozma ravishda murojaat qilish, ulardan qoʻshimcha maʼlumotlar va tasdiqnomalar olish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Qatnashchining malaka maʼlumotlari toʻgʻrisida ishonchsiz axborot aniqlangan taqdirda, tanlov komissiyasining qarori bilan talabgor tanlov savdolarida bundan keyin ishtirok etishdan chetlatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Tanlov komissiyasi tomonidan belgilanadigan tanlov takliflarini baholashning umumiy davri takliflar bildirilgan konvertlar rasman ochilgan paytdan boshlanadi va 10 kalendar kundan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Tanlov takliflarini baholash va savdo gʻolibini aniqlash tanlov komissiyasi tomonidan uning majlisi boshlangunga qadar tasdiqlangan mezonlar asosida amalga oshiriladi. Tanlov paytida mezonlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Tushgan takliflarning koʻrib chiqilishi va ularning tanlov komissiyasi va baholash guruhi aʼzolari tomonidan baholanishi toʻgʻrisidagi axborot maxfiy hisoblanadi hamda tanlov tartib qoidasiga rasman aloqador boʻlmagan shaxslarga maʼlum qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Tanlov hujjatlarini tekshirish chogʻida aniqlangan arifmetik xatolar mavjud boʻlgan taqdirda, tanlov komissiyasi talabgorga tanlov taklifiga tuzatish kiritish imkoniyatini berishi yoki takliflarni baholashda, agar oʻquv adabiyoti birligi narxi bilan birlik narxi va sonini koʻpaytirish natijasida olingan yakuniy narx oʻrtasida nomuvofiqlik mavjud boʻlsa, oʻquv adabiyoti birligi narxi ustunlik qiladigan, umumiy narxda tuzatish kiritiladigan qaror qabul qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar soʻzlar bilan yozilgan summa bilan raqamda koʻrsatilgan summa oʻrtasida nomuvofiqlik mavjud boʻlsa, u holda soʻzlar bilan yozilgan summa ustunlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Texnik va tijorat takliflarini baholash yakunlari yigʻindisi boʻyicha tanlov taklifi eng koʻp ball olgan qatnashchi tanlov savdosining gʻolibi deb eʼlon qilinadi. Ballarning yakuniy yigʻindisi teng boʻlganda eng kam narx takliflarini bergan qatnashchiga ustunlik beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Yakuniy xulosa va savdo gʻolibi toʻgʻrisidagi qaror tanlov komissiyasi tomonidan qabul qilinadi. Tanlov savdosi gʻolibini tanlash baholash guruhining xulosalari natijalariga va tanlov komissiyasi aʼzolarining yakka tartibdagi xulosasiga asoslanadi. Qaror tanlov komissiyasi aʼzolari umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlib qolganda tanlov komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Tanlov komissiyasining yakuniy bayonnomasida gʻolib va zaxiradagi qatnashchilar, tanlov komissiyasi tarkibi, baholash guruhining xulosasi, qatnashchilarning tanlov takliflari yigʻma jadvali va gʻolib bilan shartnoma imzolashning moʻljallanayotgan muddatlari toʻgʻrisidagi axborot koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bayonnoma tanlov komissiyasi yigʻilishida ishtirok etayotgan aʼzolar tomonidan imzolanadi va tanlov komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Tanlov savdolari tashkilotchisi tanlov savdolari gʻolibiga savdo yakunlangandan keyin uch kundan kechiktirmay yozma bildirishnoma yuboradi va tanlov savdolari yakunlarini ommaviy axborot vositalarida eʼlon qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Tanlov savdolari gʻolibi bildirishnomani olgan kundan boshlab oʻn kun muddat ichida Buyurtmachi bilan shartnoma tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Agar tanlov savdolari gʻolibi shartnoma tuzishni rad etsa yoki belgilangan muddatda shartnomani bajarish uchun kafolat bermasa, u holda buyurtmachi tanlov komissiyasi bilan birgalikda tanlov gʻolibidan keyingi oʻrinni egallagan qatnashchini tanlov savdolari gʻolibi deb eʼtirof etishi yoki takroriy tanlov savdolari oʻtkazishni tayinlashi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Tanlov komissiyasi majlisini oʻtkazish uchun aʼzolarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etishi lozim. Agar tanlov komissiyasi majlisida komissiya raisi qatnashmasa yoxud aʼzolarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etmasa tanlov komissiyasi majlisi huquqiy vakolatli hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Quyidagi hollarda tanlov savdolari boʻlib oʻtmagan deb hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tanlov takliflarini taqdim etishning eng oxirgi muddatigacha faqat bitta taklif tushsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) barcha tanlov takliflari tanlov hujjatlariga qoʻyiladigan talablarga muvofiq boʻlmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) barcha tanlov takliflarida tanlov hujjatlari shartlari bilan talab qilinadigan hujjatlar mavjud boʻlmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) barcha qatnashchilarning taklif etgan narxlari oʻquv adabiyotining boshlangʻich qiymatidan ancha yuqori boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Agar tanlov savdolari boʻlmagan deb eʼtirof etilsa, takroriy tanlov savdolari oʻtkaziladi, unda tanlov hujjatlari shartlarini qayta koʻrib chiqishga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Zakalat quyidagi hollarda qaytariladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tanlov savdolari gʻolibiga — shartnoma bajarilishining talab etiladigan taʼminlanishi (kafolati) taqdim etilishi boʻyicha shartnoma tuzilgandan keyin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) boshqa qatnashchilarga — tanlov savdolari gʻolibi bilan shartnomalar tuzilgandan keyin, biroq tanlov takliflari amal qilish muddatidan kechikmay;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) oʻz taklifini taklifni taqdim etishning oxirgi kuni va vaqti tamom boʻlgunga qadar qaytarib olgan qatnashchiga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zakalat qaytarish uchun asoslar paydo boʻlgan paytdan boshlab besh kun mobaynida qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Zakalat quyidagi hollarda qaytarilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) taklifni taqdim etishning oxirgi kuni va vaqti tamom boʻlgandan keyin oʻz taklifiga oʻzgartirish kiritgan yoki uni qaytarib olgan qatnashchiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) taklifi amal qilishi davrida oʻz taklifini qaytarib olgan, tanlov hujjatlarida belgilangan shartlarda shartnoma tuzishni yoki shartnoma bajarilishining talab etiladigan taʼminlanishini (kafolatini) taqdim etishni rad etgan tanlov savdolari gʻolibiga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Tanlov komissiyasi va baholash guruhi aʼzolari tanlov bilan bogʻliq axborotlarni oshkor qilinganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 16-son, 208-modda, 49-son, 526-modda)