Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.03.2014 14.02.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1905
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrugʻi, 14.02.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1905
Kuchga kirish sanasi
01.06.2009
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.03.2014
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrug‘i
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini tayyorlash va qabul qilish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 14-fevralda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1905]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 28-fevraldagi 53-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2565, 28.02.2014-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 8-modda), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1997-y., 10-son, 33-modda) hamda 2000-yil 19-maydagi 197-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning me’yoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 2000-y., 5-son, 26-modda) qarorlariga muvofiq, shuningdek vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash tartibini yanada takomillashtirish maqsadida buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini tayyorlash va qabul qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatiga olinsin va bu haqda O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining Davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi (B. Xasanov) va Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (A. Inanbabayev) ushbu normativ-huquqiy hujjatni o‘n kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishini va “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2000-yil 16-oktabrdagi 124-son “Idoraviy me’yoriy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 979, 2000-yil 16-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 20-son) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu buyruq 2009-yil 1-iyundan kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir o‘rinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya vaziri R. MUHITDINOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 14-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42-mh-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya vazirining 2009-yil 14-fevraldagi 42-mh-son buyrug‘iga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini tayyorlash va qabul qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QOIDALARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 8-modda), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1997-y., 10-son, 33-modda) hamda 2000-yil 19-maydagi 197-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning me’yoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 2000-y., 5-son, 26-modda) qarorlariga muvofiq vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini tayyorlash, rasmiylashtirish, qabul qilish, huquqiy ekspertizadan, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va kuchga kirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Asosiy tushunchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik texnikasi — huquq ijodkorligi faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish uchun foydalaniladigan qoidalar, metodlar, vositalar va usullar (instrumentlar) majmui;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlari (bundan keyingi o‘rinlarda normativ-huquqiy hujjat deb yuritiladi) — vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar tomonidan belgilangan shaklda qabul qilingan, umummajburiy normativ-huquqiy davlat ko‘rsatmalari sifatida qonun hujjatlari normalarini belgilash, o‘zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqiy ekspertiza — normativ-huquqiy hujjatning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonun hujjatlariga, shuningdek, qonunchilik texnikasiga muvofiqligini tekshirishni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar (bundan keyingi o‘rinlarda vazirlik va idoralar deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, boshqa qonun hujjatlari hamda mazkur Qoidalarga muvofiq normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Qoidalarda idoralar deganda vazirlik yoki davlat qo‘mitasi hisoblanmagan, ijro etish yoki farmoyish berish funksiyalari, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish huquqi berilgan davlat boshqaruv organlari yoxud maxsus vakolatli boshqaruv organlari (agentliklar, komissiyalar, markazlar, boshqarmalar va boshqalar) tushuniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish vakolati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlik va idoralar o‘z vakolatlari doirasida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladilar. Normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish, agar O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida vazirlik yoki idoraga tegishli normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish yoki tegishli munosabatlarni normativ tartibga solish vakolati berilgan bo‘lsa, ularning vakolatiga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik va idoralarning tarkibiy bo‘linmalari va hududiy organlari normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilishga haqli emas, qonunchilik bilan ularga bunday huquq berilgan hollar bundan mustasno. Vazirlik va idoralar normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish bo‘yicha berilgan vakolatni boshqa organlarga, shu jumladan o‘zlarining tarkibiy bo‘linmalari va hududiy organlariga berishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlik va idoralar normativ-huquqiy tartibga solishni talab qiladigan masalalar kelib chiqqan taqdirda, agar ushbu masalalarni normativ-huquqiy tartibga solish o‘z vakolatlariga kirsa, tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z vaqtida qabul qilishlari kerak. Adliya vazirligi vazirlik va idoralarga tegishli normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish zarurligi to‘g‘risida, uni qabul qilish muddatini ko‘rsatgan holda taqdimnoma kiritishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarini bajarish yuzasidan normativ-huquqiy hujjat qabul qilish muddati, agar boshqa muddat belgilanmagan bo‘lsa, qoida tariqasida bir oydan oshmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Normativ-huquqiy hujjatning shakli va amal qilish muddati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlik va idoralar o‘z vakolatlari doirasida mazkur Qoidalarning 1, 2 va 3-ilovalariga muvofiq buyruq va qarorlar shaklida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Normativ-huquqiy ko‘rsatmalarni normativ-huquqiy hujjat hisoblanmagan hujjatlarga (xat, telefonogramma, xususiy masalalar bo‘yicha tushuntirishlar, yakka tartibdagi xususiyatga ega hujjatlar va boshqalar) kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Normativ-huquqiy tusga ega bo‘lmagan, lekin normativ-huquqiy ko‘rsatmalarni o‘z ichiga olgan hujjatlar bekor qilinishi lozim va qo‘llanilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Buyruqlar vazirlar va idora nomidan qarorlar qabul qilish yakka tartibda amalga oshiriladigan boshqa idoralar rahbarlari tomonidan qabul qilinadi. Buyruqlar boshqa vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda qabul qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qarorlar davlat qo‘mitalari va idora nomidan qarorlar qabul qilishni kollegial organ amalga oshiradigan boshqa idoralar tomonidan, shuningdek, ikki yoki bir nechta vazirlik va idoralar tomonidan qo‘shma hujjatlar qabul qilingan hollarda qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Buyruqlar va qarorlar bilan mazkur Qoidalarning 1, 2 va 3-ilovalariga muvofiq ushbu buyruq yoki qarorning tarkibiy qismi hisoblanuvchi nizomlar, qoidalar va yo‘riqnomalar tasdiqlanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitta buyruq yoki qaror bilan bir nechta nizomlar, qoidalar yoki yo‘riqnomalar tasdiqlashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Nizomlarning asosiy mazmuni umumiy belgilar asosida birlashtirilgan munosabatlar majmuini tartibga solishga qaratilgan o‘zaro tizimli bog‘langan qoidalarni o‘rnatishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Qoidalarning asosiy mazmuni aniq munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan alohida huquqiy normalarni o‘rnatishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Yo‘riqnomalarning asosiy mazmuni qonun hujjatlari qoidalarini qo‘llash tartibini belgilashdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Normativ-huquqiy hujjatlar muayyan muddatga (vaqtinchalik) yoki nomuayyan muddatga qabul qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjatlarning amal qilish muddati:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) aniq sana bilan (odatda, bir yildan ko‘p bo‘lmagan);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) muayyan hodisaning yuz berishi yoxud normativ-huquqiy hujjatning qabul qilinishidan ko‘zlangan maqsadga erishilganligi bilan chegaralanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Qo‘shma normativ-huquqiy hujjatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Normativ-huquqiy hujjat bir nechta vazirlik va idoralar tomonidan qo‘shma yoki ulardan biri boshqalari bilan kelishgan holda qabul qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Qo‘shma normativ-huquqiy hujjatlar bir nechta vazirlik va idoralarning qo‘shma qarori shaklida, mazkur Qoidalarning 2-ilovasiga muvofiq qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II-bob. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining tayyorlanishini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash vazirlik va idoralarning bir yoki bir nechta tarkibiy bo‘linmalariga, ularning vazifalari va vakolatlarini hisobga olgan holda, yuklatiladi. Bunda ko‘rsatilgan loyihaning tayyorlanishi uchun mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslar doirasi, uni tayyorlash muddati, zarurat bo‘lgan taqdirda, mazkur ishga jalb qilinadigan tashkilotlar aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlashda vazirlik va idoralarning yuridik xizmati ishtirok etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Eng muhim va murakkab normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek bir nechta vazirlik va idoralar tomonidan qabul qilinadigan hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun ishchi guruhlari tuzilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish jarayonida loyiha mavzusiga oid O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi, tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni qo‘llash amaliyoti, ko‘rib chiqilayotgan masala bo‘yicha ilmiy adabiyotlar va ommaviy axborot vositalarining materiallari, shuningdek agar o‘tkazilgan bo‘lsa, ijtimoiy va boshqa tadqiqotlar ma’lumotlari o‘rganilishi va tahlil qilinishi lozim. Loyihada ko‘rilayotgan masalalar xususiyatini hisobga olgan holda boshqa davlatlarning qonun hujjatlari va qonunchilik yo‘li bilan tartibga solish tajribasi, xalqaro shartnomalar va boshqa hujjatlar o‘rganiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunchiligiga, mamlakatda o‘tkazilayotgan islohotlar maqsadlari va vazifalariga, shuningdek qonunchilik texnikasiga muvofiq bo‘lishi shart.
(18-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 29-oktabrdagi 235-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1905-3, 29.10.2012-y.) tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 508-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
181. Normativ-huquqiy hujjatlarga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korrupsiyaning yuzaga kelishi, davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimida boshqa huquq buzilishlarining sodir etilishi uchun shart-sharoitlar yaratuvchi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyektlari uchun ortiqcha ma’muriy va boshqa cheklashlarni kirituvchi va tadbirkorlik subyektlarining asoslanmagan xarajatlari yuzaga kelishiga olib keluvchi qoidalar va normalar kiritilishi taqiqlanadi.
(181-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 29-oktabrdagi 235-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1905-3, 29.10.2012-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 508-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Normativ-huquqiy hujjat tuzilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Normativ-huquqiy hujjat tuzilishi normativ-huquqiy tartibga solish predmeti izchil (mantiqiy) rivojlanishini, shuningdek bo‘lajak hujjat bir xilda tushunilishi va qo‘llanilishini ta’minlashi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Normativ-huquqiy hujjat uning mazmuni hamda tartibga solish predmetini aks ettiruvchi qisqa nomga ega bo‘lishi lozim. Hujjat nomi aniq, ravon va imkon qadar axborotga boy bo‘lishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar buyruq yoki qaror bilan nizom, qoidalar yoki yo‘riqnoma tasdiqlanadigan bo‘lsa, mazkur Qoidalarning 1, 2 va 3-ilovalariga muvofiq shakl bo‘yicha buyruq yoki qarorning nomida ushbu hujjatlarning tasdiqlangani ko‘rsatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Normativ-huquqiy hujjatni qabul qilishdan ko‘zlangan maqsad va sabablarni tushuntirish uchun loyihada kirish qismi — muqaddima berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muqaddimada normativ-huquqiy hujjatni qabul qilishning sabablari, maqsadlari va vazifalari ko‘rsatiladi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarini (ularning moddalari yoki bandlarini) bajarish yuzasidan yoki ular asosida qabul qilinayotganligi ko‘rsatiladi. Muqaddima normativ-huquqiy ko‘rsatmalarni o‘z ichiga olmasligi, bandlarga bo‘linmasligi va raqamlanmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Normativ-huquqiy ko‘rsatmalar arab raqamlarida belgilanib, nuqta qo‘yilgan bandlar ko‘rinishida bayon qilinadi va sarlavhaga ega bo‘lmaydi. Normativ-huquqiy hujjat bandlari izchil ketma-ketlikda raqamlanishi kerak. Bandlar doirasimon qavslar bilan berkitiladigan harf ko‘rinishidagi kichik bandlarga hamda xatboshilarga bo‘linishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjatda quyidagilarga yo‘l qo‘yilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkitali raqamlarni ishlatish (masalan, “1.1”, “5.1.1”, “1.a”, “a.a” va h.k.);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir vaqtning o‘zida kichik bandlarni va mustaqil (kichik bandlar bilan bog‘lanmagan) xatboshilarni bayon etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xatboshilar boshlanishida defis yoki boshqa belgilar ishlatish.
(22-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 30-apreldagi 94-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1905-2, 30.04.2012-y.) asosan ikkinchi — beshinchi xatboshilarga almashtirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 18-son, 205-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Hajmiga ko‘ra normativ-huquqiy hujjat kamayib boruvchi quyidagicha tuzilmaviy birliklarga bo‘linadi: bo‘limlar, boblar, paragraflar, bandlar, kichik bandlar va xatboshilar. Xatboshilarni boshqa tuzilmaviy birliklarga bo‘lishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bo‘limlar va boblar rim raqamlari bilan raqamlanadi va sarlavhalarga ega bo‘ladi. Paragraflar “§” belgisi bilan belgilanadi, arab raqamlari bilan raqamlanadi va sarlavhalarga ega bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar normativ-huquqiy hujjatda boblar bo‘lmasa, “bo‘lim” tuzilmaviy birligi kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Normativ-huquqiy hujjat mazmunini bayon etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Normativ-huquqiy hujjatning har bir bandida bitta normativ-huquqiy ko‘rsatma bo‘lishi kerak. Hujjatning har bir mustaqil bandi to‘liq va tugallangan mazmunga ega bo‘lishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Normativ-huquqiy hujjatda qonun hujjatlari normalarini so‘zma-so‘z takrorlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun hujjatlarining ayrim qoidalarini takrorlashga ushbu hujjatlar va ularning e’lon qilingan rasmiy manbalarini ko‘rsatgan holda, masalani to‘laroq bayon etish uchungina yo‘l qo‘yilishi mumkin. Ushbu hujjatlarga takroriy havola qilinayotganda ularning rasmiy manbalari ko‘rsatilishi shart emas.
(25-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 30-apreldagi 94-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1905-2, 30.04.2012-y.) tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 18-son, 205-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Normativ-huquqiy hujjat matnida qonun hujjatlariga havolalar qilish faqat istisno hollardagina yo‘l qo‘yiladi. Qonun hujjatlariga ularning ayrim qoidalarini takrorlamasdan havola qilingan hollarda mazkur Qoidalarning 1, 2 va 3-ilovalariga muvofiq e’lon qilingan rasmiy manbalar ham ko‘rsatilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Normativ-huquqiy hujjatda vazirlik va idoralarning boshqa normativ-huquqiy hujjatlarining ayrim qoidalari takrorlangan yoxud ularga havola qilingan hollarda, mazkur Qoidalarning 2-ilovasiga muvofiq ularning nomi, Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda berilgan ro‘yxatdan o‘tkazish raqami, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasi, shuningdek e’lon qilingan rasmiy manbasi ko‘rsatilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatda qonun hujjatlarida mavjud bo‘lmagan normativ-huquqiy hujjatlarga, O‘zbekiston Respublikasi uchun kuchga kirmagan xalqaro shartnomalarga, shuningdek davlat ro‘yxatidan o‘tmagan normativ-huquqiy tusdagi hujjatga havola qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik va idoralarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lmagan, shu jumladan tavsiya xususiyatiga ega hujjatlariga havola qilishga ularning qoidalariga umummajburiy tus bermaslik sharti bilan yo‘l qo‘yiladi (standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlar, sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari, texnik qoida va normalar bundan mustasno).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjat bilan vazirlik va idoralarga ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish vakolatini berishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun hujjatlari majmuiga yoki o‘rnatilgan tartibga havola qilingan holda, yuridik xizmat ma’lumotnomasiga tegishli normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxati ilova qilinadi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 30-apreldagi 94-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1905-2, 30.04.2012-y.) tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 18-son, 205-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Normativ-huquqiy hujjatda uning boshqa bandlariga, shuningdek vazirlik va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlariga havola qilish ularning o‘zaro aloqasini ko‘rsatish yoki takrorlanishlarning oldini olish uchungina yo‘l qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Normativ-huquqiy hujjat normalari, lo‘nda, aniq, oddiy va ravon tilda bayon qilinishi lozim. Normativ-huquqiy hujjatni o‘qiganda va amalda qo‘llaganda, uning matni turli xil talqinlar va tushunmovchiliklarga olib kelmasligi lozim. Normativ-huquqiy hujjatda foydalaniladigan tushunchalar va atamalar ularning qonun hujjatlarida qabul qilingan mazmuniga muvofiq, turlicha sharhlash imkoniyatini istisno etadigan tarzda bir xilda qo‘llaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyihada quyidagilarning qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
og‘zaki nutq shakllari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy tillarning atamalari, davlat tilida teng ma’noli so‘zlar va tushunchalar bo‘lgan taqdirda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eskirgan hamda ko‘p ma’noni anglatadigan so‘zlar va iboralar, majoziy taqqoslashlar, sifatlashlar, kinoyalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyihaning jumlalari rasmiy til uslubidan va yuridik atamashunoslikdan foydalanilgan holda umume’tirof etilgan grammatik, orfografik va punktuatsiya qoidalari asosida tuziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjatda qonun hujjatlarida mavjud bo‘lmagan tushunchalar, shuningdek texnik va boshqa maxsus tushunchalardan foydalanilgan hollarda, hujjatda ularning ta’rifi beriladi. Loyihada ko‘p marotaba qo‘llanilgan bir yoki bir nechta tushunchaga ta’rif berish zarur bo‘lgan hollarda ular mazkur Qoidalarning 2-ilovasiga muvofiq normativ-huquqiy hujjatning boshlanishida alohida bandda ko‘rsatiladi. Normativ-huquqiy hujjatda, shuningdek umum qabul qilingan qisqartmalar qo‘llanilishi va boshqa qisqartmalarga tushunchalar berilishi mumkin.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 30-apreldagi 94-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1905-2, 30.04.2012-y.) tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 18-son, 205-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Agar normativ-huquqiy hujjatda ro‘yxatlar, jadvallar, grafiklar, formulalar, xaritalar, sxemalar, hujjatlar va blankalar namunalari, uslubiyotlar berilsa, unda ular ilovalar ko‘rinishida rasmiylashtirilishi lozim, hujjatning tegishli bandlarida ushbu ilovalarga havola qilinishi lozim.
(31-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 29-oktabrdagi 235-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1905-3, 29.10.2012-y.) tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 508-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjatga, shuningdek, tavsiya xususiyatidagi hujjatlar (namunaviy nizomlar, ustavlar, shartnomalar, uslubiy tavsiyalar va boshqalar) ham, ularning qoidalariga umummajburiy tus bermaslik sharti bilan ilova qilinishi mumkin. Ushbu hujjatlar Adliya vazirligida huquqiy ekspertizadan o‘tkazish predmeti hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilovalar tegishli tartibda arab raqamlari bilan raqamlanadi va mazkur Qoidalarning 3-ilovasiga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ularni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi loyihani tayyorlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Normativ-huquqiy hujjatga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek uni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish tegishlicha buyruqlar va qarorlar bilan rasmiylashtiriladi. Muqaddam qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yoki normativ-huquqiy hujjatlarni yoxud ularning tuzilmaviy birliklarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi normalar mazkur Qoidalarning 5, 6, 7 va 8-ilovalariga muvofiq buyruq yoki qaror loyihasining matniga kiritiladi (o‘z kuchini yo‘qotayotgan normativ-huquqiy hujjatlar, bo‘limlar, boblar, paragraflar, bandlar, kichik bandlar, chiqarib tashlanayotgan xatboshilar ko‘rsatilgan holda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjatga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar yoxud o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi hujjat o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilayotgan yoki o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilayotgan normativ-huquqiy hujjat qaysi tilda qabul qilingan bo‘lsa, shu tilda qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilayotgan yoki o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi normativ-huquqiy hujjat loyihasining matnida o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilayotgan yoki o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilayotgan normativ-huquqiy hujjat nomidan keyin mazkur Qoidalarning 5, 6, 7 va 8-ilovalariga muvofiq unga Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda berilgan ro‘yxatdan o‘tkazish raqami va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasi, shuningdek, e’lon qilishning rasmiy manbasi ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutadigan hujjat bilan ikki yoki undan ortiq o‘zgartirish yoki qo‘shimchalar kiritiladigan, shuningdek ularning hajmi katta bo‘lgan hollarda, bunday o‘zgartirish va qo‘shimchalar mazkur Qoidalarning 9 va 10-ilovalariga muvofiq buyruq yoki qarorga ilova ko‘rinishida rasmiylashtiriladi.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 30-apreldagi 94-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1905-2, 30.04.2012-y.) tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 18-son, 205-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Bir yoki bir nechta normativ-huquqiy hujjat o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilgan hollarda, ushbu hujjatlarning ro‘yxati qoida tariqasida mazkur Qoidalarning 11-ilovasiga muvofiq buyruq yoki qarorga ilova ko‘rinishida rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir vaqtning o‘zida o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar xronologik tartibda joylashtiriladi (ularni qabul qilish sanasi bo‘yicha).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aynan bitta sanada qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar ular ro‘yxat raqamlarining ortib borishi tartibida joylashtiriladi.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 30-apreldagi 94-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1905-2, 30.04.2012-y.) asosan ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 18-son, 205-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Normativ-huquqiy hujjatning kichik bandigacha bo‘lgan (kichik bandni ham qo‘shgan holda) tuzilmaviy birligining amal qilishining tugatilishi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi yoxud normativ-huquqiy hujjatni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi buyruq yoki qarorda o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish, xatboshi ko‘rinishidagi tuzilmaviy birlikning amal qilishining tugatilishi esa chiqarib tashlash deb ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. O‘zgartirishlarga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raqamlar, so‘zlar, gaplar, grafalar, bloklar va pozitsiyalarni almashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kichik bandlar, bandlar, paragraflar, boblar, bo‘limlar, ilovalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish yoki raqamlar, so‘zlar, gaplar, grafalar, bloklar, pozitsiyalar va xatboshilarni chiqarib tashlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xatboshilar, kichik bandlar, bandlar, paragraflar, boblar, bo‘limlar, ilovalarni, shuningdek paragraflar, boblar, bo‘limlar, ilovalar va normativ-huquqiy hujjatlar nomlarini yangi tahrirda bayon qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Qo‘shimchalarga normativ-huquqiy hujjatga yangi raqamlar, so‘zlar, gaplar, grafalar, bloklar, pozitsiyalar, xatboshilar, kichik bandlar, bandlar, paragraflar, boblar, bo‘limlar va ilovalarni kiritish kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Normativ-huquqiy hujjatga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi hujjat quyidagilarga bo‘linishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nuqtali arab raqamlari bilan raqamlanadigan bandlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
doirasimon qavs bilan berkitiladigan kichik harflar bilan belgilanadigan kichik bandlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xatboshilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
381. Normativ-huquqiy hujjatga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishda uning bo‘limlari, boblari, paragraflari, bandlari va kichik bandlarining raqamlanishi o‘zgarmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar normativ-huquqiy hujjat yangi tuzilmaviy birliklar bilan to‘ldirilayotgan bo‘lsa, mazkur Qoidalarning 382-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, unda ularni asosiy raqam yoki harf belgilari tepasiga qo‘yiladigan qo‘shimcha raqamlar bilan belgilash lozim (masalan, 21-band, “v1”-kichik bandi va h.k.).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
382. Agar tegishli qo‘shimchalar tuzilmaviy birligi (bo‘lim, kichik bo‘lim, bob yoki band) oxiriga kiritilayotgan bo‘lsa, unda mavjud raqamlanish davom etadi (masalan, agar normativ-huquqiy hujjatning oxirgi bandi 50-band bo‘lib hisoblansa, normativ-huquqiy hujjat 51-band bilan to‘ldiriladi, agar bandning oxirgi bandi “v” kichik band hisoblansa, unda “g” kichik band bilan to‘ldiriladi va hokazo).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
383. Band yoki kichik bandga yangi xatboshi qo‘shilayotganda, mazkur band yoki kichik bandning keyingi xatboshilari raqamlanishi tegishli tartibda o‘zgaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
384. Kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar matnida, ularning mazmuniga qarab, tinish belgilari ham qo‘shiladi (masalan, “va yo‘riqnomalar” degan so‘zlar “, yo‘riqnomalar va boshqa hujjatlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; “, shuningdek” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; “suv bilan ta’minlovchi korxonalar — ” degan so‘zlar chiqarib tashlansin).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
385. Normativ-huquqiy hujjatning bandi yoki kichik bandi har biri kirish xatboshisining davomi bo‘lgan xatboshilardan iborat bo‘lsa, xatboshilarni hisoblash kirish xatboshisidan boshlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Masalan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“(birinchi xatboshi) 2. Yer osti ishlari quyidagi hujjatlar bilan tasdiqlanishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ikkinchi xatboshi) shaxta yoki rudnikka tushish va yer ustiga chiqish jurnali (tabeli);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(uchinchi xatboshi) marksheyderlik hujjatlari bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(to‘rtinchi xatboshi) ishchi nomiga (shaxtalarda, rudniklarda) akkumulyatorlik raqamlarini biriktirish jurnallari bilan”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
386. Normativ-huquqiy hujjatning tegishli tuzilmaviy birliklari o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilgan taqdirda, keyingi tuzilmaviy birliklarning raqamlanishi o‘zgarmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xatboshi chiqarib tashlanganda keyingi xatboshilarning ketma-ketligi qayta ko‘rib chiqiladi (masalan, 2-bandning “a” kichik bandida: beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin; oltinchi — o‘n ikkinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi — o‘n birinchi xatboshilar deb hisoblansin).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
387. Asosiy normativ-huquqiy hujjat o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotganda, ushbu hujjatga o‘zgartirish kiritgan normativ-huquqiy hujjatlar ham o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanishi kerak”.
(381 — 387-bandlar O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 30-apreldagi 94-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1905-2, 30.04.2012-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2012-y., 18-son, 205-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Agar normativ-huquqiy hujjatga muhim ahamiyatga ega o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish zarurati yoki aynan bir masala bo‘yicha bir nechta hujjatlarning mavjudligi aniqlansa, u holda ularni tartibga solish maqsadida yagona yangi hujjat ishlab chiqiladi. Ushbu hujjat loyihasiga yangi, shuningdek muqaddam qabul qilingan hujjatlardagi o‘z kuchini saqlab qolayotgan normativ-huquqiy ko‘rsatmalar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Normativ-huquqiy hujjatga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishda kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning aniqliligini lozim darajada nazorat qilishni ta’minlash uchun jadval ko‘rinishida rasmiylashtiriladigan taqqoslashlar tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Taqqoslash jadvali uchta grafadan iborat bo‘ladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjatning o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish taklif etilayotgan tuzilmaviy birligining amaldagi tahriri;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjatning o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan tegishli tuzilmaviy birligining taklif etilayotgan tahriri;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni asoslantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tegishli tuzilmaviy birlikning amaldagi va taklif etilayotgan tahriridagi grafalari taqqoslash jadvalida quyidagi ko‘rinishda bayon etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaldagi va taklif etilayotgan tahrirlar grafalarida o‘zgarayotgan raqamlar, so‘zlar, gaplar, grafalar, bloklar, pozitsiyalar, xatboshilar, kichik bandlar, bandlar, paragraflar, boblar, bo‘limlar va ilovalar to‘q shrift bilan ajratib ko‘rsatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taklif etilayotgan tahrir grafasida to‘ldirilayotgan raqamlar, so‘zlar, gaplar, grafalar, bloklar, pozitsiyalar, xatboshilar, kichik bandlar, bandlar, paragraflar, boblar, bo‘limlar va ilovalar to‘q shrift bilan ajratib ko‘rsatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaldagi tahrir grafasida o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilayotgan kichik bandlar, bandlar, paragraflar, boblar, bo‘limlar, ilovalar yoki chiqarib tashlanayotgan raqamlar, so‘zlar, gaplar, grafalar, bloklar, pozitsiyalar va xatboshilar to‘q kursiv shrift bilan ajratib ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar normativ-huquqiy hujjatning tuzilmaviy birligi yangi tahrirda bayon etilayotgan bo‘lsa, u holda taqqoslash jadvalida faqat tegishlicha o‘zgarayotgan, to‘ldirilayotgan, o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilayotgan yoki chiqarib tashlanayotgan raqamlar, so‘zlar, gaplar, grafalar, bloklar, pozitsiyalar, xatboshilar, kichik bandlar, bandlar, paragraflar, boblar, bo‘limlar va ilovalar ajratib ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amaldagi va taklif etilayotgan tahrirlar grafalarida o‘zgarmagan tegishli raqamlar, so‘zlar, gaplar, grafalar, bloklar, pozitsiyalar, xatboshilar, kichik bandlar, bandlar, paragraflar, boblar, bo‘limlar va ilovalar, kiritilgan o‘zgartirishlar ko‘zga yaqqol tashlanishi uchun oddiy shriftda beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III-bob. Normativ-huquqiy hujjatni rasmiylashtirish, kelishish va qabul qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Normativ-huquqiy hujjatni rasmiylashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Normativ-huquqiy hujjatning matni A4 formatdagi qog‘oz varag‘ining bir tomonida masshtab kichraytirilmagan holda joylashishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Buyruqlar va qarorlar matnlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan tegishli blanklarda yozilishi va ularni qabul qilgan organning (organlarning) nomi bo‘lishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Ilovalari bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatning betlari izchil ketma-ketlikda raqamlanishi lozim. Betning tartib raqami varaqning yuqori o‘ng burchagida “2” raqamidan boshlab yoziladi. Birinchi betida “1” raqami qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Qoida tariqasida, standart varaqda 1,5 qator oralig‘ida yozilishi lozim; har bir bet hoshiyasi: yuqoridan va pastdan 2 sm, chapdan 3 sm, o‘ngdan 2 sm bo‘lishi, xatboshi besh-olti belgiga teng va bir xilda bo‘lishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Matnni kompyuter vositasida bosib chiqarishda “Times New Roman” 12 o‘lchamli shriftida yoki shunga o‘xshash shriftni qo‘llagan holda Misrosoft Word matn redaktoridan foydalanish tavsiya qilinadi.
(45-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 30-martdagi 66-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1905-1, 30.03.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 13-son, 101-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Tayyorlangan normativ-huquqiy hujjat loyihasining grammatika qoidalariga muvofiqligi tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha matnining har bir qatorida so‘zlar ko‘chirilmasdan tugallangan bo‘lishi lozim. Loyihaning har bir qatori oxirida, old ko‘makchilar, bog‘lovchilar, “№” belgisi, sonlar qismi, abbreviaturalar va boshqalarning qoldirilishi tavsiya etilmaydi;
(46-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 30-apreldagi 94-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1905-2, 30.04.2012-y.) asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 18-son, 205-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjat matnida o‘chirish va tuzatishlarga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini grammatika qoidalariga muvofiqligi tekshirib chiqilganidan so‘ng vazirlik va idoralarning yuridik xizmati loyihaning qonun hujjatlariga va qonunchilik texnikasiga muvofiqligini tekshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi qonun hujjatlariga va qonunchilik texnikasiga muvofiq bo‘lsa, loyiha yuridik xizmat rahbari tomonidan imzolanadi. Imzolash loyihaning har bir betining orqa tarafiga imzo qo‘yish bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi qonun hujjatlariga va qonunchilik texnikasiga muvofiq bo‘lmasa, yuridik xizmat loyihani tegishli xulosa bilan loyihani tayyorlash uchun mas’ul bo‘lgan tarkibiy bo‘linmaga qaytaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Yuridik xizmat normativ-huquqiy hujjat loyihasini imzolash bilan bir vaqtda ushbu loyiha bo‘yicha ma’lumotnoma tayyorlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Yuridik xizmat ma’lumotnomasida quyidagilar aks ettiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish asoslari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirlik yoki idoraga normativ-huquqiy hujjat qabul qilish topshirilgan qonun hujjatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar (nomi, sanasi, raqami, e’lon qilishning rasmiy manbasi, moddalarning, bandlarning raqami), shuningdek topshiriqning raqami va sanasi (topshiriq nusxasi ma’lumotnomaga ilova qilinadi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish bo‘yicha vazirlik yoki idoraning vakolatini belgilab beruvchi qonun hujjatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar (nomi, sanasi, raqami, e’lon qilishning rasmiy manbasi, moddalarning, bandlarning raqami);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ushbu organ tomonidan ushbu masala bo‘yicha muqaddam qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ushbu masala bo‘yicha muqaddam boshqa organlar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar va ushbu hujjat qabul qilinishi munosabati bilan ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yoki ularni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida takliflar tayyorlash haqidagi ma’lumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) normativ-huquqiy hujjat loyihasini asoslash uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Yuridik xizmat mavjud bo‘lmagan taqdirda, normativ-huquqiy hujjat loyihasi bo‘yicha ma’lumotnoma normativ-huquqiy hujjatni tayyorlash uchun mas’ul bo‘lgan tarkibiy bo‘linma tomonidan tayyorlanishi va vazirlik yoki idora rahbari yoxud uning tegishli o‘rinbosari tomonidan imzolanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini kelishish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Qonun hujjatlariga muvofiq kelishilishi majburiy bo‘lgan hollarda, shuningdek normativ-huquqiy hujjat loyihasida boshqa vazirlik va idoralar manfaatlariga yoki vakolatlariga daxl qiluvchi normalar mavjud bo‘lsa, normativ-huquqiy hujjat loyihasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kelishilayotgan normativ-huquqiy hujjat loyihasi vazirlik va idoralar rahbarlari tomonidan imzolangan va tegishli vazirlik va idoralar muhri bilan tasdiqlangan holda uning kelishilganini ko‘rsatuvchi yakuniy qoidalarni o‘z ichiga olishi lozim. Shu bilan birga, mazkur Qoidalarning 1 va 2-ilovalariga muvofiq shaklda lavozim nomi va familiya, shuningdek kelishilish sanasi ko‘rsatilishi lozim. Normativ-huquqiy hujjat u birinchi kelishilayotgan vazirlik va idora bilan kelishilganidan so‘ng, o‘ttiz kun ichida qabul qilinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va budjet masalalari bilan bog‘liq normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari tegishlicha O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan, tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan, tashqi siyosiy faoliyat bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Xodimlarning ijtimoiy-mehnat huquqlariga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari vazirlik va idoralar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan holda qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Atrof-tabiiy muhitga, shu jumladan tabiiy resurslardan foydalanish va atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilishga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan xo‘jalik va boshqa faoliyatni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi tomonidan majburiy davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 2-martdagi PQ—1293-son “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 9-son, 67-modda) qaroriga muvofiq raqobatni bevosita yoki bilvosita cheklashi va monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari prinsiplarini buzishi mumkin bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasida majburiy tartibda dastlabki ekspertizadan o‘tkaziladi”.
(55-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2010-yil 30-martdagi 66-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1905-1, 30.03.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 13-son, 101-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 1-son, 3-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga oid masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish huquqiga ega. Bunday loyihalar tegishli vazirlik va idoralar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Normativ-huquqiy hujjatni kelishish davomida vazirlik va idoralar o‘rtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, bunday hujjat kelishmovchiliklar bartaraf qilinguniga qadar qabul qilinishi mumkin emas. Agar kelishmovchiliklarni bartaraf qilishning imkoni bo‘lmasa, normativ-huquqiy hujjatni tayyorlashga mas’ul bo‘lgan vazirlik yoki idora bu masalani batamom hal qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yoxud boshqa yuqori turuvchi organga murojaat qilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Vazirlik va idora tomonidan normativ-huquqiy hujjat vazirlik yoki idora rahbari yoxud uning vazifasini bajaruvchi shaxs tomonidan buyruq yoki qarorni imzolash yo‘li bilan qabul qilinadi. Imzolar tegishli vazirlik va idoraning muhri bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qo‘shma qarorlar qabul qilishda imzolar har bir vazirlik va idora uchun tartibga solinayotgan masalaning ahamiyatini hisobga olgan holda ketma-ket joylashtiriladi. Tartibga solinayotgan masala bir nechta vazirlik va idoralar uchun teng ahamiyatga ega bo‘lgan taqdirda, imzolar tegishli vazirlik va idoralar nomlari bo‘yicha alfavit tartibida joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Normativ-huquqiy hujjat davlat tilida qabul qilinadi. Normativ-huquqiy hujjat davlat va rus tillarida qabul qilingan hollarda, ularning tahriri o‘zaro muvofiq bo‘lishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Nizomlar, qoidalar va yo‘riqnomalar ularni tasdiqlayotgan buyruqlar yoki qarorlarga ilova ko‘rinishida rasmiylashtiriladi, buyruq yoki qarorning tegishli bandida esa ularga mazkur Qoidalarning 1, 2 va 3-ilovalariga muvofiq havola bo‘lishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. Qabul qilingan normativ-huquqiy hujjat quyidagi rekvizitlarga ega bo‘lishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) normativ-huquqiy hujjat shaklining belgilanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) normativ-huquqiy hujjat nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) normativ-huquqiy hujjatning raqami, qabul qilingan sanasi va joyi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) vazirlik yoki idora rahbarining yoxud uning vazifasini bajaruvchi shaxsning ushbu vazirlik yoki idoraning muhri bilan tasdiqlangan imzosi, lavozimi, familiyasi, ismi va otasining ismining bosh harflari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
601. Bir nechta vazirlik va idoralarning qo‘shma qabul qilgan normativ-huquqiy hujjati yagona sanaga ega bo‘lishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar vazirlik yoki idora rahbariga ikki yoki undan ortiq lavozimdagi vazifalarni bajarish yuklatilgan bo‘lsa, u holda rekvizit sifatida unga ushbu vazirlik yoki idora nomidan imzolash huquqini beruvchi lavozimi ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik yoki idora rahbari vaqtinchalik mehnatga layoqatsiz bo‘lganida, ta’til yoki boshqa sabab tufayli bo‘lmaganida uning vazifasini bajarishni yuklash tegishli vazirlik yoki idora rahbari tomonidan imzolangan tashkiliy-boshqaruv hujjatida nazarda tutilgan bo‘lishi lozim.
(60-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 30-apreldagi 94-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1905-2, 30.04.2012-y.) asosan 60-601 bandlar bilan almashtirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 18-son, 205-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Vazirlik va idoralar o‘zlari qabul qilayotgan hujjatlar hisobini olib borish uchun yuritadigan alohida jurnalga normativ-huquqiy hujjat haqida quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) shakli va nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) qabul qilingan sanasi va joy nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) hujjat kelishilgan organlar (ular mavjud bo‘lsa);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) hujjatni imzolagan mansabdor shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismining bosh harflari va lavozimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) hujjatni tayyorlash uchun mas’ul bo‘lgan tarkibiy bo‘linmaning nomi, shu jumladan mas’ul xodimning familiyasi, ismi, otasining ismining bosh harflari va lavozimi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
611. Normativ-huquqiy hujjatga normativ-huquqiy hujjatlar hisobini olib borish uchun yuritiladigan jurnaldagi tartib raqamiga mutanosib raqam beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjatlar hisobini olib borish jurnali tartib raqami qo‘yilgan va ip o‘tkazib bog‘langan bo‘lishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jurnaldagi yozuvlarni chizish yoki ularni boshqacha tarzda buzib to‘g‘rilashga yo‘l qo‘yilmaydi. Agar yozuvlarni Jurnalga kiritishda jiddiy xatolarga yo‘l qo‘yilsa, noto‘g‘ri kiritilgan yozuv to‘liqligicha o‘chirilib, ma’lumotlar qaytadan kiritiladi. Jurnalga kiritilayotgan jiddiy bo‘lmagan tuzatishlar, o‘zgartish va qo‘shimchalar vakolatli shaxs imzosi bilan tasdiqlanadi.
(61-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 30-apreldagi 94-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1905-2, 30.04.2012-y.) asosan 61-611 bandlar bilan almashtirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 18-son, 205-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62. Normativ-huquqiy hujjat ikkita asl nusxada qabul qilinadi (“Maxfiy” va “Mutlaqo maxfiy” grifdagi hujjatlar bundan mustasno). Qo‘shma normativ-huquqiy hujjatning asl nusxalari soni hujjatni tasdiqlagan organlar soniga mutanosib ravishda hamda bitta asl nusxasi Adliya vazirligi uchun qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV-bob. Normativ-huquqiy hujjatning huquqiy ekspertizadan, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi va kuchga kirishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Normativ-huquqiy hujjatni Adliya vazirligiga huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63. Normativ-huquqiy hujjat uni qabul qilgan organ tomonidan ushbu normativ-huquqiy hujjat qabul qilingan kundan boshlab, o‘n kun ichida Adliya vazirligiga huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etiladi. Agar ko‘rsatilgan muddatning tugashi ish kuni bo‘lmagan kunga to‘g‘ri kelsa, u holda huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim qilish muddati keyingi ish kuniga qadar uzaytiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjatni belgilangan muddat davomida huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim qilish fakti Adliya vazirligi devonxonasi tomonidan kuzatuv xatiga qo‘yilgan sanadan, agar normativ-huquqiy hujjat pochta orqali yuborilgan bo‘lsa, aloqa bo‘linmasi tomonidan jo‘natma qabul qilingan sanadan qayd qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64. Bir nechta vazirlik va idoralarning qo‘shma qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatini huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga taqdim etish hujjatni imzolaganlar orasida birinchi bo‘lib ko‘rsatilgan organga yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65. Normativ-huquqiy hujjatlar Adliya vazirligiga vazirlik va idora rahbari (rahbar o‘rinbosari) tomonidan imzolangan kuzatuv xati bilan 4 ta nusxada (2 ta asli va 2 ta nusxasi) taqdim qilinadi. “Maxfiy” va “Mutlaqo maxfiy” belgisi qo‘yilgan normativ-huquqiy hujjatlar 2 ta nusxada (1 ta asli va 1 ta nusxasi) taqdim qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-avgustdagi 304-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 2000-y., 8-son, 47-modda) bilan tasdiqlangan “Me’yoriy-huquqiy hujjatlarni tarqatish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 14-bandiga muvofiq Adliya vazirligiga majburiy tartibda, shuningdek ushbu hujjatlarning elektron shakli elektron axborot tashuvchi jismlarda taqdim etiladi yoxud elektron pochta tizimi orqali yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir nechta vazirlik va idoralar tomonidan qo‘shma qabul qilingan normativ-huquqiy hujjat huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga taqdim etilganda, taqdim etilishi lozim bo‘lgan asl nusxalar soni normativ-huquqiy hujjatni tasdiqlagan organlar soniga mutanosib ravishda ko‘payadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjatga uni taqdim etgan organning yuridik xizmati rahbari (vazirlik yoki idoraning rahbari yoki tegishli o‘rinbosari) tomonidan imzolangan ma’lumotnoma (bir nusxada) ilova qilinadi. Ma’lumotnomada imzolagan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi, aloqa telefon raqamlari ko‘rsatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kuzatuv xatida yoxud ma’lumotnomada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlashga mas’ul bo‘lgan xodimning;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan normativ-huquqiy hujjatni olishga vakolatli shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi va aloqa telefon raqamlari ko‘rsatilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjat vazirlik yoki idora rahbari vazifasini bajaruvchi shaxs tomonidan imzolangan taqdirda, ma’lumotnomada vazirlik yoki idora rahbari vazifasini bajarishni yuklash, shuningdek mazkur vazifalarni bajarish muddati ko‘rsatilgan tegishli tashkiliy-boshqaruv hujjatning rekvizitlari bo‘lishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
66. Agar normativ-huquqiy hujjat huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun takroran jo‘natilgan, shuningdek agar u ro‘yxatdan o‘tkazish rad etilgan hujjat o‘rniga qabul qilingan holda, ma’lumotnomada Adliya vazirligining davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilganligi yoki normativ-huquqiy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazmasdan qaytarilganligi to‘g‘risidagi xatining (xulosasining) sanasi va raqami ko‘rsatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
67. Normativ-huquqiy hujjatning tarjimasi tarjimon imzosi, tarjima ixtisoslashgan tashkilot tomonidan amalga oshirilgan taqdirda, rahbarning ushbu tashkilotning muhri bilan tasdiqlangan imzosi bo‘lishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
68. Adliya vazirligida quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning fuqarolik, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlari va majburiyatlariga, ularni amalga oshirish kafolatlariga, ko‘rsatilgan huquq, erkinlik va majburiyatlarni amalga oshirish mexanizmlariga daxl qiluvchi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) idoralararo tusga ega bo‘lgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) normativ-huquqiy hujjatni tasdiqlagan vazirlik yoki idora (qo‘shma tasdiqlagan ikki yoki undan ortiq idora) tizimiga kirmaydigan tashkilotlar uchun majburiy kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar. Agar tashkilotlar vazirlik yoki idoralarning to‘liq bo‘ysunuvida bo‘lsalar, mazkur organlarning tizimiga kiruvchi tashkilotlar hisoblanadilar. Bo‘ysunuv to‘g‘ridan to‘g‘ri (mazkur tizimning barcha yuqori bo‘g‘inlariga vertikal ravishda) yoki bevosita (bevosita yuqori turuvchi organga) bo‘lishi mumkin. Tashkilotlar, agar vazirlik va idoralarga qaysidir alohida munosabatlar yuzasidan (masalan, hisob yuritish qoidalari, mablag‘ bilan ta’minlash, uslubiy rahbarlik masalalari bo‘yicha va hokazo) bo‘ysunuvda bo‘lsalar, ularning nazorati ostida bo‘lsalar yoxud vazirlik yoki idora tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish vazifasini bajarsa, vazirlik yoki idoralar tizimiga kiruvchi hisoblanmaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
681. Bunda yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan belgilardan biri yoki bir nechtasiga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjatlar ularning amal qilish muddatidan (doimiy amal qiluvchi, vaqtinchalik (ma’lum bir muddatga qabul qilingan), shuningdek ularning normativ-huquqiy ko‘rsatmalari qanday xususiyatda bo‘lishidan, shu jumladan davlat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarga yoki maxfiy ma’lumotlarga ega bo‘lishidan qat’i nazar, huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.
(68-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 30-apreldagi 94-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1905-2, 30.04.2012-y.) asosan 68-681 bandlar bilan almashtirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 18-son, 205-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
69. Quyidagilar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) yakka tartibdagi quyidagi hujjatlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsiy tusdagi (lavozimga tayinlash, boshqa lavozimga o‘tkazish yoki lavozimidan ozod qilish, komissiya va boshqa kollegial organlar tarkibini tasdiqlash, faxriy yoki harbiy unvonlar berish, muayyan shaxslarga imtiyozlar berish va boshqa shu kabilar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amal qilishi bir marta qo‘llash bilan tamom bo‘luvchi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tezkor-farmoyishli tusdagi (bir martalik topshiriqlar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) muqaddam belgilangan tartibni ijro etishni tashkil etishga yo‘naltirilgan hamda yangi normativ-huquqiy ko‘rsatmalarini o‘z ichiga olmagan hujjatlar (shu jumladan, butun mazmuni boshqa organlar va mansabdor shaxslarning hujjatlari to‘g‘risida xabardor qilishdan iborat bo‘lgan hujjatlar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) o‘rnatilgan tartibda vakolatli davlat organlari tomonidan ro‘yxatga olinadigan standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlar (standartlar, standartlashtirish bo‘yicha qoidalar va normalar, texnik-iqtisodiy ma’lumotlar klassifikatorlari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarga taalluqli bo‘lmagan texnik qoidalar va normalar. Normativ hujjatlarni texnik qoidalar va normalar deb hisoblash Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi, buning uchun ular vazirlik va idoralar tomonidan majburiy tartibda Adliya vazirligiga huquqiy ekspertizaga taqdim etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) tavsiya xususiyatiga ega hujjatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) normativ-huquqiy hujjatlarga rasmiy sharh berish to‘g‘risidagi hujjatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) umummajburiy tusga ega bo‘lmagan boshqa hujjatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
70. Ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlarning mazkur Qoidalarning 69-bandida sanab o‘tilgan mezonlarga muvofiqligi yuzasidan shubha tug‘ilgan hollarda, bunday hujjatlar Adliya vazirligiga huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun taqdim etilishi lozim. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish zarurligi masalasi yuzasidan yakuniy qaror Adliya vazirligi tomonidan huquqiy ekspertiza o‘tkazilganidan keyin qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Normativ-huquqiy hujjatlarni huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71. Normativ-huquqiy hujjatni huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) normativ-huquqiy hujjatning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunchiligiga, mamlakatda o‘tkazilayotgan islohotlar maqsadlari va vazifalariga, shuningdek qonunchilik texnikasiga muvofiqligini tekshirish yuzasidan huquqiy ekspertiza;
(71-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 29-oktabrdagi 235-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1905-3, 29.10.2012-y.) tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 508-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ushbu hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish zarurligi to‘g‘risida qaror qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ro‘yxatdan o‘tkazish raqamini berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining Davlat reyestriga (bundan keyingi o‘rinlarda Davlat reyestri deb yuritiladi) normativ-huquqiy hujjatning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risida yozuv kiritish va uni Davlat reyestriga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) Davlat reyestriga normativ-huquqiy hujjatning o‘z kuchini yo‘qotganligi to‘g‘risida yozuv kiritish va uni Davlat reyestridan chiqarish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
72. Normativ-huquqiy hujjatni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish Adliya vazirligi tomonidan hujjat kelib tushgan kundan boshlab o‘ttiz kun ichida amalga oshiriladi. Agar ko‘rsatilgan muddatning tugashi ish kuni bo‘lmagan kunga to‘g‘ri kelsa, unda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish muddati undan keyingi birinchi ish kuniga qadar uzaytiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjatning hajmi katta bo‘lgan, malakali mutaxassislarni jalb qilish orqali batafsil o‘rganib chiqishni talab qiladigan texnik norma va qoidalarni o‘z ichiga olgan hollarda, huquqiy ekspertizadan o‘tkazish muddati o‘rnatilgan tartibda yigirma kungacha uzaytirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
73. Taqdim qilingan normativ-huquqiy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish quyidagi hollarda rad etilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) hujjat O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunchiligiga, shuningdek mamlakatda o‘tkazilayotgan islohotlar maqsadlari va vazifalariga zid bo‘lsa;
(73-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 29-oktabrdagi 235-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1905-3, 29.10.2012-y.) tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 508-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) hujjat Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son qarori bilan tasdiqlangan “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarini huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi nizom va mazkur Qoidalar bilan o‘rnatilgan normativ-huquqiy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etish tartibini buzgan holda Adliya vazirligiga yuborilgan bo‘lsa. Normativ-huquqiy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etish tartibi buzilganligi sababli davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilsa, huquqiy ekspertiza o‘tkazilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) hujjat manfaatdor organlar bilan kelishish majburiy hisoblanganda bunday organlar bilan kelishilmagan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) hujjat qonunchilik texnikasi talablariga muvofiq bo‘lmasa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
74. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilgan kundan boshlab o‘n kun ichida vazirlik yoki idora rahbari yoxud uning vazifasini bajaruvchi shaxs ro‘yxatdan o‘tkazish rad etilgan hujjatni bekor qilish to‘g‘risida tegishli hujjat qabul qiladi va uning nusxasini Adliya vazirligiga yuboradi (mazkur Qoidalarning 73-bandi “v” kichik bandida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilgan hollar bundan mustasno). Ushbu hujjat normativ-huquqiy ko‘rsatmalarni o‘z ichiga olmasligi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga zarurat bo‘lmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatni bekor qilish haqidagi hujjat yuborilayotgan kuzatuv xatida Adliya vazirligining davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilganligi haqidagi xatining (xulosasining) sanasi va raqami ko‘rsatilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilgan normativ-huquqiy hujjat bekor qilinganidan so‘ng Adliya vazirligi xulosasini e’tiborga olgan holda qayta ishlab chiqilishi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun takroran taqdim etilishi mumkin. Bunda qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarini bajarish yuzasidan, shuningdek Adliya vazirligi taqdimnomasiga ko‘ra qabul qilingan hujjatlarni qayta ishlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga takroran taqdim etish muddati bir oydan oshmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Qoidalarning 73-bandi “v” kichik bandida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilganda, vazirlik va idoralar bir oy ichida ushbu normativ-huquqiy hujjatni kelishishlari va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun takroran taqdim etishga yoxud hujjatni bekor qilish to‘g‘risidagi hujjat nusxasini Adliya vazirligiga yuborishga majburdirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilgan normativ-huquqiy hujjatlarning asl nusxalari tegishli vazirlik va idoralarning yozma murojaati asosida ularga qaytarib berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
75. Normativ-huquqiy hujjat vazirlik yoki idoraga bu hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim qilgan organning iltimosiga ko‘ra, huquqiy ekspertizaning istalgan bosqichida ro‘yxatdan o‘tkazmasdan Adliya vazirligi tomonidan qaytarib berilishi mumkin. Bu holda vazirlik yoki idora Adliya vazirligiga tegishli xatni, shuningdek ushbu hujjatni bekor qilish haqidagi hujjat nusxasini yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
76. Agar davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjat huquqiy ekspertiza o‘tkazish natijasida Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim emas deb topilsa, ushbu hujjatni huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etgan organga ushbu qarorni qabul qilish asoslari ko‘rsatilgan tegishli xulosa yuboriladi. Agar bunday hujjatga o‘zgartirishlar kiritilsa, ular huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun Adliya vazirligiga taqdim etilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
77. Normativ-huquqiy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Adliya vazirining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjatni Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruq asosida ro‘yxatdan o‘tkazish raqami berilgan holda Davlat reyestriga tegishli yozuv kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjatning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi belgi (davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami, sanasi va Adliya vazirligining gerbli muhri) buyruq yoki qarorning yuqori qismiga qo‘yiladi. Buyruq yoki qaror ilovasining har bir ilova qilinayotgan varag‘ining pastki o‘ng burchagiga davlat ro‘yxatidan o‘tganlik haqida muhr qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjatning rasmiylashtirilgan asl nusxasi normativ-huquqiy hujjatni huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etgan vazirlik yoki idoraning xodimiga tilxat orqali beriladi. Agar hujjat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin bir sutka mobaynida olinmasa, u Adliya vazirligi tomonidan pochta orqali normativ-huquqiy hujjatni huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etgan organga yuborilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kelishuvchi vazirlik va idoralarga, normativ-huquqiy hujjatni huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etgan vazirlik va idora tomonidan normativ-huquqiy hujjatning nusxasi taqdim etiladi.
(77-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 30-apreldagi 94-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1905-2, 30.04.2012-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 18-son, 205-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
78. Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi, shuningdek o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi normativ-huquqiy hujjatlar mazkur Qoidalarda o‘rnatilgan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Normativ-huquqiy hujjatlarning kuchga kirishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
79. Normativ-huquqiy hujjat agar hujjatning o‘zida kechroq muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. O‘n kunlik muddatni hisoblab chiqishda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish kuni hisobga olinadi. Normativ-huquqiy hujjatning amal qilishi o‘ninchi kundan keyingi kundan boshlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar hujjatning o‘zida kechroq muddat ko‘rsatilgan bo‘lsa, unda normativ-huquqiy hujjat shu sanadan boshlab kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
80. Agar qonun hujjatlarida yoki normativ-huquqiy hujjatning o‘zida uning kuchga kirish sharti sifatida rasmiy e’lon qilinishi belgilangan bo‘lsa, unda ushbu hujjat rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi, agar hujjatning o‘zida kechroq muddat belgilanmagan bo‘lsa. Normativ-huquqiy hujjat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kunlik muddat o‘tmasdan e’lon qilingan bo‘lsa, unda ushbu hujjat mazkur Qoidalarning 79-bandiga muvofiq kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
81. Normativ-huquqiy tusdagi hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazmasdan ijroga yuborishga yo‘l qo‘yilmaydi. Mazkur talablar buzilgan taqdirda, hujjatlar kuchga kirmagan hujjat sifatida qo‘llanilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V-bob. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Normativ-huquqiy hujjatlarga rasmiy sharh berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
82. Vazirlik va idoralar o‘zlarining normativ-huquqiy hujjatlarini to‘g‘ri va bir xilda qo‘llanilishini ta’minlaydilar. Normativ-huquqiy hujjatni qo‘llash bo‘yicha sharh berish zarurati yuzaga kelgan taqdirda, normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organ tegishli rasmiy sharh berishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjatda noaniqliklar topilgan, u amaliyotda noto‘g‘ri yoki mantiqqa zid tarzda qo‘llanilgan hollarda rasmiy sharh beriladi. Rasmiy sharhlar berishda normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjatlarga rasmiy sharh berish normativ-huquqiy ko‘rsatmalar mazmunini tushuntirishdan iborat bo‘lib, normativ-huquqiy bo‘lmagan, balki aniqlashtiruvchi ko‘rsatmalarni o‘z ichiga oladi hamda mustaqil ahamiyatga ega bo‘lmaydi va rasmiy sharh berilayotgan normalar bilan birgalikda amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda rasmiy sharh berish maqsadida normativ-huquqiy hujjat matnidan faqat so‘zma-so‘z (uning bo‘limi, bobi, paragrafi, bandi va hokazo) foydalanishga yo‘l qo‘yiladi. Normativ-huquqiy hujjat mazmunidan (uning bo‘limi, bobi, paragrafi, bandi va hokazo) farq qiluvchi hamda yangi normativ-huquqiy ko‘rsatmalar hosil qiluvchi boshqa tushuncha, atama va sharhlardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
83. Adliya vazirligi tegishli organlarga ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlar bo‘yicha rasmiy sharh berish to‘g‘risida taqdimnoma kiritishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
84. Normativ-huquqiy hujjatlarga rasmiy sharhlar tegishlicha buyruq yoki qarorlar bilan mazkur Qoidalarning 12-ilovasiga muvofiq shaklda beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
85. Normativ-huquqiy hujjatga rasmiy sharh berish to‘g‘risidagi tasdiqlangan buyruq yoki qarorning qog‘ozdagi nusxasi va elektron shakli o‘n kun ichida huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va kelishish uchun Adliya vazirligiga taqdim qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rasmiy sharh berish to‘g‘risidagi buyruq yoki qaror Adliya vazirligi bilan kelishilgandan keyingina qo‘llashga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
86. Rasmiy sharh berish to‘g‘risidagi buyruq yoki qaror normativ-huquqiy hujjatning o‘zi manfaatdor shaxslar e’tiboriga qanday tartibda yetkazilgan bo‘lsa, shunday tartibda yetkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
87. Normativ-huquqiy hujjat qoidalarini qo‘llagan holda to‘liq sharh berish imkoni bo‘lmagan taqdirda, vazirlik yoki idora normativ-huquqiy hujjatga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishga va ularni Adliya vazirligiga davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim qilishga majburdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar sharh tayyorlash davomida qonun hujjatlari normalarini qo‘llashning ayrim masalalarini normativ-huquqiy tartibga solish zarurati aniqlansa, vazirlik va idoralar o‘z vakolatlari doirasida tegishli normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqishlari va qabul qilishlari yoxud yuqori turuvchi organlarga normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish bo‘yicha taklif kiritishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yoxud o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
88. Normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yoxud o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish qonun hujjatlari o‘zgarishi munosabati bilan, shu jumladan vazirlik va idoralarning yangi normativ-huquqiy hujjatlari qabul qilinishi munosabati bilan, shuningdek ularni qabul qilgan vazirlik va idoralarning tashabbusi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
89. Yangi normativ-huquqiy hujjat tayyorlanayotganligi munosabati bilan muqaddam qabul qilingan tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga yoki ularning tuzilmaviy birliklariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yoxud ularni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi takliflar bunday hujjat loyihasini ishlab chiqish bilan bir vaqtda tayyorlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
90. Qonun hujjatlari o‘zgargan taqdirda, vazirlik va idoralar o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qonun hujjatlariga muvofiq holga keltirishlari hamda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi tegishli hujjatlarni huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun Adliya vazirligiga taqdim etishga majburdirlar. Normativ-huquqiy hujjatlar qonun hujjatlariga muvofiq holga keltirilgunga qadar ularning qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan qismlari amalda bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya vazirligi vazirlik va idoralarga ularning normativ-huquqiy hujjatlarini qonun hujjatlariga muvofiq holga keltirish to‘g‘risida taqdimnomalar kiritishga haqlidir. Bu holda vazirlik va idoralar o‘n kunlik muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi hujjatni huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun Adliya vazirligiga taqdim etishga majburdirlar. Ushbu norma bajarilmagan taqdirda Adliya vazirligi tegishli organ (organlar)ni keyinchalik xabardor qilgan holda normativ-huquqiy hujjatni Davlat reyestridan chiqarishga haqlidir, bu normativ-huquqiy hujjatni yuridik kuchga ega emas deb hisoblash uchun asos bo‘ladi. Normativ-huquqiy hujjatni Davlat reyestridan chiqarish Adliya vazirining normativ-huquqiy hujjatni Davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risidagi buyrug‘i bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya vazirining normativ-huquqiy hujjatni Davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risidagi buyrug‘i davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
(90-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 29-oktabrdagi 235-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1905-3, 29.10.2012-y.) asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 508-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
91. Normativ-huquqiy hujjatlarni qonun hujjatlari o‘zgarishi munosabati bilan yoxud vazirlik yoki idora tashabbusi bo‘yicha qayta ko‘rib chiqishda ayrim normativ-huquqiy hujjatlarning amal qilishini tugatish zarurati yuzaga kelgan taqdirda, vazirlik va idoralar normativ-huquqiy hujjatni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi tegishli buyruq yoki qarorni Adliya vazirligiga taqdim etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya vazirining ushbu normativ-huquqiy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘i asosida Davlat reyestriga normativ-huquqiy hujjatni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish va Davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risidagi yozuv kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjat uni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi hujjatda ko‘rsatilgan sanadan, agar sana ko‘rsatilmagan bo‘lsa — hujjat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan boshlab o‘z kuchini yo‘qotgan deb topiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
911. Normativ-huquqiy hujjat to‘liq yoki qisman o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsa, to‘liq yoki qisman o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilayotgan normativ-huquqiy hujjatga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritgan normativ-huquqiy hujjatlarning tegishli qoidalari ham o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozim.
(911-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 30-apreldagi 94-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1905-2, 30.04.2012-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2012-y., 18-son, 205-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
912. Ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilgan holda, ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatning amal qilishi tiklanmaydi. Mazkur qoida normativ-huquqiy hujjatning tuzilmaviy birligini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topishga (chiqarib tashlashga) ham tatbiq etiladi.
(912-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 30-apreldagi 94-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1905-2, 30.04.2012-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2012-y., 18-son, 205-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
92. Normativ-huquqiy hujjatga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yoxud uni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish ushbu hujjatni qabul qilgan organ tomonidan yoxud bunga vakolatli boshqa organ tomonidan ushbu hujjat qabul qilingan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqa idoralar bilan qo‘shma yoki kelishilgan holda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga shu idoralar bilan qo‘shma yoki kelishilgan holda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi yoki o‘z kuchini yo‘qotgan deb topiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilgan organ tugatilgan yoki qayta tashkil etilgan taqdirda uning hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish, ularni manfaatdor shaxslar e’tiboriga yetkazish, ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi masalalar uning huquqiy vorisi yoki yuqori turuvchi organ tomonidan hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
93. Vaqtinchalik tusga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar ularning amal qilish muddati tugagan kundan e’tiboran Davlat reyestridan chiqarilgan hisoblanadi. Zarur hollarda vazirlik va idoralar bunday hujjatlarning amal qilish muddati tugashidan kamida o‘ttiz kun oldin ularning muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi tegishli hujjatni Adliya vazirligiga taqdim etib, ularning muddatini uzaytirishga majburdirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Normativ-huquqiy hujjatlarning amal qilishini to‘xtatib turish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
94. Normativ-huquqiy hujjatning amal qilishi quyidagi hollarda Adliya vazirligi tomonidan to‘xtatib turilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) nizoli masalalar kelib chiqqanda, shuningdek normativ-huquqiy hujjatni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan yangi holatlar aniqlanganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) normativ-huquqiy hujjatlarni belgilangan muddatlarda barcha manfaatdor shaxslar e’tiboriga yetkazish ta’minlanmaganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
941. Mazkur Qoidalarning 94-bandining “a” kichik bandida ko‘rsatilgan hollarda Adliya vazirligi, shuningdek normativ-huquqiy hujjatning tegishli qismining amal qilishini to‘xtatib turishga haqlidir.
(94-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 30-apreldagi 94-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1905-2, 30.04.2012-y.) asosan 94-941 bandlar bilan almashtirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 18-son, 205-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
95. Normativ-huquqiy hujjat yoki uning tuzilmaviy birligining amal qilishi uni to‘xtatib turish asoslari bartaraf qilingan taqdirda qayta tiklanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
96. Normativ-huquqiy hujjatning yoki uning tuzilmaviy birligining amal qilishi adliya vazirining buyrug‘i bilan to‘xtatib turiladi yoki qayta tiklanadi, buyruqning nusxasi ushbu normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya vazirining normativ-huquqiy hujjatning yoki uning tuzilmaviy birligining amal qilishini to‘xtatib turish yoki qayta tiklash to‘g‘risidagi buyrug‘i davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
(96-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 29-oktabrdagi 235-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1905-3, 29.10.2012-y.) tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 508-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Normativ-huquqiy hujjatlarni e’lon qilish va barcha manfaatdor shaxslar e’tiboriga yetkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
97. Normativ-huquqiy hujjat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng uning 1 ta asl nusxasi va 1 ta nusxasi Adliya vazirligida qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjatning nusxasidan davlat hisobini yuritish va e’lon qilish uchun foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
98. Normativ-huquqiy hujjatlar e’lon qilishning rasmiy manbalarida e’lon qilinishi shart. “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”, vazirliklar va idoralarning rasmiy nashrlari normativ-huquqiy hujjatlar e’lon qilinadigan rasmiy manbalardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
99. Normativ-huquqiy hujjatni e’lon qilish va tarqatishda Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami va sanasi ko‘rsatilishi majburiydir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjatni rasmiy va norasmiy nashrlarda, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida va ma’lumotlarning elektron bazalarida e’lon qilishda (tarqatishda), shuningdek qayta chop etish yo‘li bilan tarqatishda Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami va sanasi hujjatning birinchi varag‘ining markazida uning nomining ostiga qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
100. Rasmiy sharh berish to‘g‘risidagi buyruqlar yoki qarorlar “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da e’lon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
101. Normativ-huquqiy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Xalq so‘zi” — “Narodnoye slovo” gazetalarida muntazam ravishda e’lon qilib borilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
102. Vazirlik va idoralar o‘zlari tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kunlik muddatda barcha manfaatdor shaxslar e’tiboriga yetkazishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik va idoralar qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni majburiy tartibda tarqatish uchun korxona, muassasa va tashkilotlar ro‘yxatini, shuningdek mazkur organ tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlardan manfaatdor bo‘lishi mumkin bo‘lgan shaxslar (jismoniy va yuridik)ning taxminiy ro‘yxatini belgilashlari lozim. Zarur hollarda, Adliya vazirligi normativ-huquqiy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar bilan tanishtirilishi lozim bo‘lgan shaxslarning eng kam ro‘yxatini belgilashga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
103. Normativ-huquqiy hujjatni manfaatdor shaxslar e’tiboriga yetkazish normativ-huquqiy hujjat matni bilan to‘siqsiz (erkin) tanishish imkonini beruvchi har qanday shakllarda, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, rasmiy nashrlarda, umumfoydalanish joylaridagi peshlavhalarda va boshqalarda e’lon qilish yo‘li orqali amalga oshirilishi mumkin. Bunda normativ-huquqiy hujjatni qo‘llashga mas’ul bo‘lgan shaxslar normativ-huquqiy hujjat bilan shaxsan tanishtirilib, tilxat olinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini tayyorlash va qabul qilish Qoidalariga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

NAMUNA

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING
‎BUYRUG‘I


‎Aktuariy malaka sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida‎

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 10-apreldagi PQ–618-son “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 15-son, 158-modda) ijrosini ta’minlash maqsadida va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 23-noyabrdagi 553-sonli qarori (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1992-y., 12-son, 37-modda) bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq buyuraman:

1. Aktuariy malaka sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Vazir

‎‎(imzo, F.I.O.)
‎‎‎‎M.O‘.‎ ‎

Toshkent sh.,
‎‎2007-yil 6-sentabr,
‎‎‎87-son

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining
2007-yil 6-sentabrdagi
87-son buyrug‘iga
ilova

Aktuariy malaka sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi
NIZOM

Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 10-apreldagi PQ–618-son “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-yil, 15-son, 158-modda) muvofiq aktuariy malaka sertifikatini berish, amal qilish muddatini uzaytirish, amal qilishini to‘xtatish va bekor qilish tartibini belgilaydi.

I. Umumiy qoidalar

1. Aktuariy malaka sertifikati — jismoniy shaxsga, agar u aktuar tashkilot shtatida bo‘lsa yoki u bilan aktuar tashkilot o‘rtasida fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma tuzilgan bo‘lsa, aktuar xizmatlarini ko‘rsatish huquqini beruvchi hujjat.


‎...........................................................................................................

XI. Yakuniy qoidalar

48. Moliya vazirligining aktuariy malaka sertifikatini berish, amal qilishini to‘xtatish va bekor qilish masalalari bo‘yicha qa�orlari ustidan manfaatdor shaxslar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.

49. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.

50. Mazkur Nizom O‘zbekiston sug‘urta bozori professional ishtirokchilari assotsiatsiyasi bilan kelishilgan.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

O‘zbekiston sug‘urta bozori professional ishtirokchilari assotsiatsiyasi bosh direktori‎

(imzo, F.I.O.)‎
‎M.O‘.

2007-yil 8-avgust‎

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini tayyorlash va qabul qilish Qoidalariga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

NAMUNA

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QO‘MITASI
‎O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR, INVESTITSIYaLAR VA SAVDO VAZIRLIGI
‎O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGINING
‎QARORI


‎2006-yil 30-avgustdagi Orol dengizining O‘zbekiston qismiga tegishli Mahsulot taqsimotiga oid bitimni bajarish doirasida O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 230-modda) 6-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi Qonuni, (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 5-modda) O‘zbekiston Respublikasining “Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 1-son, 12-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 30-avgustdagi PQ–457-son “Orol dengizining O‘zbekiston qismini geologik jihatdan o‘rganish va keyinchalik yangi ochiladigan uglevodorod konlarini mahsulotni taqsimlash to‘g‘risidagi Bitim shartlari asosida qazish haqida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 8-son, 477-modda) hamda 2006-yil 24-oktabrdagi PQ–498-son “Orol dengizining O‘zbekistonga tegishli qismiga nisbatan mahsulotni taqsimlash to‘g‘risidagi Bitimni amalga oshirish tartibi va mexanizmi haqida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 43-44-son, 426-modda) qarorlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi qaror qiladilar:

1. 2006-yil 30-avgustdagi Orol dengizining O‘zbekiston qismiga tegishli mahsulot taqsimotiga oid Bitimni bajarish doirasida O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Davlat bojxona qo‘mitasi raisi‎

(imzo, F.I.O.)
‎M.O‘.‎

Toshkent sh.,
‎2007-yil 5-sentabr,
‎202326-son ‎‎

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri‎

(imzo, F.I.O.)
‎M.O‘.‎‎

Toshkent sh.,
‎‎2007-yil 5-sentabr,‎
‎195668-son ‎

Iqtisodiyot vaziri‎

(imzo, F.I.O.)‎
‎M.O‘.‎‎‎

Toshkent sh.,
‎2007-yil 5-sentabr,
‎164575-son ‎‎

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar,
investitsiyalar va savdo vazirligi,
Iqtisodiyot vazirligining
2007-yil 5-sentabrdagi
202326, 195668 va 164575-son qaroriga
ilova

2006-yil 30-avgustdagi Orol dengizining O‘zbekiston
qismiga tegishli mahsulot taqsimotiga oid Bitimni
bajarish doirasida O‘zbekiston Respublikasi bojxona
chegarasi orqali olib o‘tiladigan tovarlarning
bojxona rasmiylashtiruvi
Qoidalari

O‘zbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 230-modda) 6-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi Qonuni, (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 5-modda) O‘zbekiston Respublikasi “Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 1-son, 12-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 30-avgustdagi PQ–457-son “Orol dengizining O‘zbekiston qismini geologik jihatdan o‘rganish va keyinchalik yangi ochiladigan uglevodorod konlarini mahsulotni taqsimlash to‘g‘risidagi Bitim shartlari asosida qazish haqida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 8-son, 477-modda) hamda 2006-yil 24-oktabrdagi PQ–498-son “Orol dengizining O‘zbekistonga tegishli qismiga nisbatan mahsulotni taqsimlash to‘g‘risidagi Bitimni amalga oshirish tartibi va mexanizmi haqida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 43-44-son, 426-modda) qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi va “O‘zbekneftegaz” MXK, Koreya Milliy Neft Korporatsiyasi, “LUKOYL Oversiz Xolding Ltd.” (Rossiya), “Petronas Charigali Oversiz Sdn. Bxd.” (Malayziya) va “Si-En-Pi-Si Inteneshnl Ltd.” (XXR) tarkibidagi sarmoyadorlar konsorsiumi o‘rtasida 2006-yil 30-avgustdagi Orol dengizining O‘zbekiston qismiga nisbatan mahsulotni taqsimlash to‘g‘risidagi Bitimga muvofiq, ko‘rsatilgan Bitim doirasida O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib o‘tilayotgan tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish tartibini belgilaydi.

1. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar ishlatiladi:

MTB — 2006-yil 30-avgustdagi O‘zbekiston Respublikasi va “O‘zbekneftegaz” MXK, Koreya Milliy Neft Korporatsiyasi, “LUKOYL Oversiz Xolding Ltd.” (Rossiya), “Petronas Charigali Oversiz Sdn. Bxd.” (Malayziya) va “Si-En-Pi-Si Inteneshnl Ltd.” (XXR) tarkibidagi sarmoyadorlar konsorsiumi o‘rtasida Orol dengizining O‘zbekiston qismiga nisbatan mahsulotni taqsimlash to‘g‘risidagi Bitim, ilova hamda o‘zgartishlar
va qo‘shimchalarni ichiga olgan holda;

Sarmoyador — “O‘zbekneftegaz” MXK, Koreya Milliy Neft Korporatsiyasi, “LUKOYL Oversiz Xolding Ltd.”, “Petronas Charigali Oversiz Sdn. Bxd.” va “Si-En-Pi-Si Inteneshnl Ltd.” (XXR) kompaniyalarni, ularning huquqiy vorislari va yo‘l qo‘yiladigan tsessionariylarini birga anglatadi;

..............................................................................................................

‎‎8. Operator Neft-gaz operatsiyalarini o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-noyabrdagi 523-son “Bojxona ombori, erkin ombor va boj olinmaydigan savdo do‘koni faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 2003-y., № 11, 124-modda) va “Bojxona ombori” bojxona rejimi to‘g‘risida”gi nizomga (ro‘yxat raqami 1318, 2004-yil 27-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 8-son, 103-modda) muvofiq bojxona ombori ta’sis etish huquqiga ega.

..............................................................................................................

29. Ushbu Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki bilan kelishilgan.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Moliya vaziri

(imzo, F.I.O.)
M.O‘.

2007-yil 3-sentabr

Markaziy bank raisi

(imzo, F.I.O.)
M.O‘.‎‎

2007-yil 3-sentabr

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini tayyorlash va qabul qilish Qoidalariga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

NAMUNA

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRINING
‎BUYRUG‘I


‎Ijro yig‘imini undirish to‘g‘risidagi sud ijrochilari qarorlarining hisobini yuritish va ularning undirilishini nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida‎

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 27-avgustdagi 370-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 15-16-son, 138-modda) bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to‘g‘risida”gi nizomning 11-bandiga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 1-noyabrdagi PQ-722-son Qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 45-son, 451-modda) bilan tasdiqlangan “Ijro yig‘imini undirish va foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 7-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman:

1. Ijro yig‘imini undirish to‘g‘risidagi sud ijrochilari qarorlarining hisobini yuritish va ularning undirilishini nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Mazkur buyruq 2008-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Vazir‎

(imzo, F.I.O.)
M.O‘.

Toshkent sh.,
‎‎2007-yil 24-noyabr,
‎‎2229-son

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

O‘zbekiston Respublikasi Adliya
vazirining 2007-yil 24-noyabrdagi
2229-son buyrug‘iga
ilova

Ijro yig‘imini undirish to‘g‘risidagi sud ijrochilari qarorlarining hisobini yuritish va ularning undirilishini nazorat qilish tartibi to‘g‘risida
Yo‘riqnoma

Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 1-noyabrdagi PQ-722-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi huzuridagi Sud departamentining sud qarorlarini ijro etish, moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 45-son, 451-modda) muvofiq ijro yig‘imini undirish to‘g‘risidagi qarorlarni chiqarish, ijro etish va hisobini yuritish, shuningdek ularning undirilishi ustidan nazorat qilish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi.

I. Umumiy qoidalar

1. Mazkur Yo‘riqnomada mulkiy xarakterga ega bo‘lgan ijro hujjatlari deyilganda qarzdor tomonidan undiruvchiga, davlat foydasiga yoxud boshqa shaxsga muayyan pul mablag‘larini to‘lashni nazarda tutuvchi sud hujjatlari yoki boshqa organlar hujjatlari tushuniladi.

………………………………………………………………………………….

8. Ijro yig‘imini undirish to‘g‘risida qaror ixtiyoriy ravishda ijro etish muddati tugagandan keyingi kundan kechiktirmasdan sud ijrochisi tomonidan mazkur Yo‘riqnomaning 1-ilovasiga muvofiq shaklda chiqariladi.

…………………………………………………………………………………..

15. Bir qarzdorga nisbatan bir necha ijro hujjatini ijro etishda, ijro yig‘imi har bir ijro hujjati bo‘yicha alohida undiriladi.

Bir nechta talablar (ijro hujjatlari) bo‘yicha qarzdordan undiriladigan ijro yig‘imlari Qonunning 80-moddasida belgilangan tartibda tegishli talabning qanoatlantirish navbatiga ko‘ra undiriladi. Bunda, mulkiy xarakterga ega bo‘lmagan ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdordan undiriladigan ijro yig‘imlari, shuningdek mulkiy xarakterga ega bo‘lgan ijro hujjatlari bo‘yicha qonunda belgilangan muddatda realizatsiya qilinmagan mol-mulkni undiruvchiga topshirish holatlari birinchi navbatda qanoatlantiriladigan talablarga tenglashtiriladi. Mazkur xatboshi bilan belgilangan qoidalar qarzdorning bank hisobvaraqlaridagi pul mablag‘larini hisobdan chiqarish navbatlarini belgilash vaqtida ham tatbiq etiladi.

Mazkur Qoidani qo‘llash misollari ushbu Yo‘riqnomaning 2-ilovasida keltirilgan.

V. Yakuniy qoidalar

32. Mazkur Yo‘riqnomaning bajarilishini nazorat qilish Sud departamenti tomonidan amalga oshiriladi.

Ijro yig‘imining hisobini yuritish va undirishning belgilangan tartibi ustidan doimiy nazoratni amalga oshirish Sud departamentining hududiy boshqarmasi boshlig‘iga yuklatiladi.

33. Mazkur Yo‘riqnoma talablarining buzilishi qonunda belgilangan javobgarlikni keltirib chiqaradi.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Ijro yig‘imini undirish to‘g‘risidagi
sud ijrochilari qarorlari hisobini
yuritish va ularning undirilishini nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnomaga
1-ilova

“TASDIQLAYMAN”

_________________

(lavozim)

__________________

(mansabdor shaxs F.I.O.)

___________________
(mansabdor shaxs imzosi)


‎“__” ______ 20___ y.

QAROR
(Ijro yig‘imini undirish to‘g‘risida)

…………………………………………………………………………….

Sud ijrochisi: ______________________________________________

(F.I.O.)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Ijro yig‘imini undirish to‘g‘risidagi
sud ijrochilari qarorlari hisobini
yuritish va ularning undirilishini nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnomaga
2-ilova

Bir qarzdorga nisbatan bir nechta ijro hujjatlarini ijro etishda ijro yig‘imini undirish bo‘yicha misollar

1-Misol. Sud ijrochisining ish yurituviga qarzdor — yuridik shaxsdan turli navbatdagi qarzdorlikni undirish to‘g‘risida uchta ijro hujjati kelib tushgan: soliq bo‘yicha 100 000 so‘m boqimanda qarzdorlik undirish to‘g‘risida (birinchi navbatdagi talab); xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida shartnomaviy munosabatlardan yuzaga kelgan 60 000 so‘m qarzdorlikni undirish to‘g‘risida (oltinchi navbatdagi talab); garovga qo‘yilgan mol-mulk qiymatidan 50 000 so‘m bank kreditini undirish to‘g‘risida (to‘rtinchi navbatdagi talab). Biroq, qarzdor tomonidan ko‘rsatilgan ijro hujjatlari bo‘yicha ijro hujjati talablari ixtiyoriy ravishda bajarilmagan. Shu sababli, sud ijrochisi ko‘rsatilgan har bir ijro hujjati bo‘yicha undirilayotgan summaning 2 foizi miqdorida ijro yig‘imi undirish to‘g‘risida alohida qarorlar chiqargan.

…………………………………………………………………………………..

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini tayyorlash va qabul qilish Qoidalariga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

NAMUNA

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASh VAZIRLIGI
‎O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGINING
‎QARORI


‎Radiatsiya natijasida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan kasalliklar ro‘yxatini tasdiqlash haqida‎

Radiatsiyadan zarar ko‘rgan fuqarolarga tibbiy yordamni tashkil etish va ulardagi rivojlangan kasalliklarning radiatsiyaga bog‘liqligini aniqlash masalalarini takomillashtirishda, Xalqaro qo‘mitalarning, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlaridagi hamda O‘zbekiston Respublikasidagi bir qator ilmiy tashkilotlarning tadqiqotlariga asoslangan holda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi qaror qiladilar:

1. Radiatsiya natijasida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan kasalliklar ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Sog‘liqni saqlash vaziri

(imzo, F.I.O.)
M.O‘.

Toshkent sh.,
‎‎2004-yil 27-fevral,
‎‎1245-son‎

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri

(imzo, F.I.O.)
M.O‘.

Toshkent sh.,
‎‎2004-yil 27-fevral,
‎‎122-son

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni
saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining
2004-yil 27-fevraldagi 1245,
122-son qaroriga
ilova

Radiatsiya natijasida kelib chiqadigan kasalliklar
Ro‘yxati

1. Turli darajadagi o‘tkir va surunkali nur xastaligi.

2. Xavfli o‘sma kasalliklarining (saraton) barcha turlari.

3. Leykoz.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini tayyorlash va qabul qilish Qoidalariga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

NAMUNA

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
‎O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASINING
‎QARORI


‎“Soliq maslahatchisi malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga o‘zgartirish kiritish haqida

O‘zbekiston Respublikasining “Soliq maslahati to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 37-38-son, 374-modda), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 20-martdagi 55-son “Soliq maslahati sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-yil, 12-son, 111-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladilar:

1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2007-yil 17-dekabrdagi 108, 2007-63-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1749, 2007-yil 17-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-yil, 50-51-son, 530-modda) bilan tasdiqlangan “Soliq maslahatchisi malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 39-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“39. Soliq maslahatchisi sertifikatini olish uchun da’vogar bo‘limlar bo‘yicha kamida quyidagi miqdordagi savollarga to‘g‘ri javob berishi lozim:

soliq huquqi — 5;

yuridik va jismoniy shaxslarni soliqqa tortish — 9;

iqtisodiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish — 7;

soliq maslahati berishning huquqiy asoslari, tashkil etish va uslubi — 3;

buxgalteriya hisobi va hisoboti — 8;

soliq hisob-kitoblari va rejalashtirishda iqtisodiy tahlil — 3.

Bunda test natijalarini ijobiy deb e’tirof etish uchun asos bo‘lib hisoblanadigan to‘g‘ri javoblar miqdori imtihon testlaridagi mavjud savollar umumiy miqdorining kamida 75 foizini tashkil etishi kerak”.

2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Moliya vaziri‎

(imzo, F.I.O.)‎
M.O‘.

Toshkent sh.,
‎‎2008-yil 15-sentabr,
‎‎178-son

Davlat soliq qo‘mitasi raisi‎

(imzo, F.I.O.)‎
M.O‘.‎

Toshkent sh.,
‎‎2008-yil 15-sentabr,
‎‎005478-son

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini tayyorlash va qabul qilish Qoidalariga
6-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

NAMUNA

O‘ZBEKISTON STANDARTLAShTIRISh, METROLOGIYA VA SERTIFIKATLAShTIRISh AGENTLIGI BOSh DIREKTORINING
‎BUYRUG‘I


‎“Majburiy tartibda sertifikatlanadigan bir turdagi mahsulotlarning alohida turlarini sertifikatlash qoidalari”ga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 8-avgustdagi 176-son “Majburiy tartibda sertifikatlanadigan mahsulot turlari ro‘yxatiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 33-son, 315-modda) muvofiq buyuraman:

1. O‘zbekiston Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2005-yil 7-sentabrdagi 340-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1513, 2005-yil 28-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 39-son, 299-modda) bilan tasdiqlangan “Majburiy tartibda sertifikatlanadigan bir turdagi mahsulotlarning alohida turlarini sertifikatlash Qoidalari” quyidagi mazmundagi XI1 bo‘lim bilan to‘ldirilsin:

XI1. Sport snaryadlari, inventar va asbob-uskunalarni
sertifikatlashtirishning o‘ziga xosligi

241. Sport snaryadlari, inventar va asbob-uskunalarni sertifikatlashtirishda 3, 4, 7, 9-sxemalardan foydalanish mumkin.

242. Sport snaryadlari, inventar va asbob-uskunalarni sinovdan o‘tkazishda va sertifikatlashtirishda mahsulotning quyidagi ko‘rsatgichlari nazoratdan o‘tkaziladi: markirovka, geometrik kattaligi, og‘irligi, mustahkamligi, ishonchliligi, qimirlamaydigan sport snaryadlarining, inventar va asbob-uskunalarning bardoshliligi, materiallarning sifati, detallarning qayta ishlanishining sifati, shikastlanishga olib keluvchi nuqsonlarning yo‘qligi, tikishlarning sifati va mustahkamligi, ko‘tarish og‘irligi, tayanuvchi yuzalar ishlovining sifati”.

2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosh direktor‎

(imzo, F.I.O.)
M.O‘.

Toshkent sh.,
‎‎2008-yil 3-sentabr,
‎‎185-son

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini tayyorlash va qabul qilish Qoidalariga
7-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

NAMUNA

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
‎O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI
‎O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASINING
‎QARORI


‎“Advokatlik byurolari, advokatlar hay’atlari, advokatlik firmalari va advokatlar tomonidan budjetga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi qaror va unga o‘zgartirishni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida‎

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 52 (II)-son) va O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) 7-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladilar:

1. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2004-yil 29-fevraldagi 41, 66-mh va 2004-29-son “Advokatlik byurolari, advokatlar hay’atlari, advokatlik firmalari va advokatlar tomonidan budjetga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risida yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1330, 2004-yil 22-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 12-son, 148-modda);

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2007-yil 4-iyundagi 60, 20-26-02 va 2007-28-son “Advokatlik byurolari, advokatlar hay’atlari, advokatlik firmalari va advokatlar tomonidan budjetga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1330-1, 2007-yil 11-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 24-son, 253-modda).

2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi va O‘zbekiston Advokatlar assotsiatsiyasi bilan kelishilgan.

3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Moliya vaziri‎

(imzo, F.I.O.)‎
M.O‘.

Toshkent sh.,
‎‎2008-yil 28-iyul,
‎‎196-son

Adliya vaziri‎

(imzo, F.I.O.)‎‎
M.O‘.

Toshkent sh.,
‎‎2008-yil 28-iyul,
‎‎190-son‎

Davlat soliq qo‘mitasi raisi‎

(imzo, F.I.O.)‎‎
M.O‘.

Toshkent sh.,
‎‎2008-yil 28-iyul,
‎‎25801-son

Kelishilgan:‎

Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vaziri‎

(imzo, F.I.O.)‎‎
M.O‘.‎

2008-yil 8-iyul

O‘zbekiston Advokatlar assotsiatsiyasi raisi‎

(imzo, F.I.O.)‎
‎M.O‘.

2008-yil 8-iyul‎ ‎

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini tayyorlash va qabul qilish Qoidalariga
8-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

NAMUNA

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
‎QARORI


‎“Tijorat banklarida qimmatli qog‘ozlar bilan bo‘lgan operatsiyalarning buxgalterlik hisobi to‘g‘risida”gi nizomga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida‎

O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda) 7, 17 va 51-moddalariga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:

1. Quyidagilar kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 1999-yil 22-yanvardagi 438-son qarori (ro‘yxat raqami 662, 1999-yil 5-mart) bilan tasdiqlangan “Tijorat banklarida qimmatli qog‘ozlar bilan bo‘lgan operatsiyalarning buxgalterlik hisobi to‘g‘risida”gi nizomning 4-bobi;

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 1999-yil 20-noyabrdagi 438-1-son “Tijorat banklarida qimmatli qog‘ozlar bilan bo‘lgan operatsiyalarning buxgalterlik hisobi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 662-1, 2000-yil 22-fevral) ilovasining 3, 4 va 5-bandlari;

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2003-yil 1-martdagi 4/11-son “Tijorat banklarida qimmatli qog‘ozlar bilan bo‘lgan operatsiyalarning buxgalterlik hisobi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 662-2, 2003-yil 28-mart) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 5-6-son).

2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Markaziy bank raisi‎

(imzo, F.I.O.)‎
M.O‘.‎

Toshkent sh.,
‎‎2008-yil 3-may,
‎‎589-son

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini tayyorlash va qabul qilish Qoidalariga
9-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

NAMUNA

O‘ZBEKISTON AVTOMOBIL VA DARYo TRANSPORTI AGENTLIGI BOShLIG‘INING
‎BUYRUG‘I


‎“Yo‘lovchilar va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shug‘ullanayotgan yuridik shaxslarning xodimlariga va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shug‘ullanayotgan xususiy tadbirkorlarga qo‘yiladigan malakaviy talablar to‘g‘risida”gi nizomga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-iyuldagi 138-sonli qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 28-29-son, 272-modda) bilan tasdiqlangan “Avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida”gi nizomga asosan buyuraman:

1. O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘ining 2006-yil 6-sentabrdagi 98-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1626, 2006-yil 5-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 40-son, 403-modda) bilan tasdiqlangan “Yo‘lovchilar va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shug‘ullanayotgan yuridik shaxslarning xodimlariga va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shug‘ullanayotgan xususiy tadbirkorlarga qo‘yiladigan malakaviy talablar to‘g‘risida”gi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin.

2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Boshliq‎

(imzo, F.I.O.)
‎M.O‘.

Toshkent sh.,
‎‎2008-yil 8-may,
‎‎156-son

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘ining
2008-yil 8-maydagi 156-son buyrug‘iga
ilova

“Yo‘lovchilar va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shug‘ullanayotgan yuridik shaxslarning xodimlariga va yuklarni avtomobil transportida tashish
bilan shug‘ullanayotgan xususiy tadbirkorlarga qo‘yiladigan malakaviy talablar to‘g‘risida”gi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar

1. 3-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“yuridik shaxsning (yuridik shaxsning transport bo‘linmasi (xizmati) rahbari;

Tashuv jarayonini tashkil etishga mas’ul bo‘lgan yuridik shaxsning (yuridik shaxsning transport bo‘linmasi (xizmati) rahbari;”.

2. Quyidagi mazmundagi 31-band bilan to‘ldirilsin:

“31. Bir necha faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar uchun agarda yuridik shaxsning yillik oboroti hajmining 50 va undan yuqori foizi avtotransport xizmatlari ko‘rsatishga to‘g‘ri kelsa, malaka talablari yuridik shaxsning rahbariga yoki tashuv jarayonini tashkil etishga mas’ul bo‘lgan uning o‘rinbosariga qo‘yiladi.

Agarda yuridik shaxsning yillik oboroti hajmining 50 va undan yuqori foizi avtotransport xizmatlari ko‘rsatishga to‘g‘ri kelsa, malaka talablari yuridik shaxsning transport bo‘linmasi (xizmati) rahbariga yoki tashuv jarayonini tashkil etishga mas’ul bo‘lgan uning o‘rinbosariga qo‘yiladi.”.

3. 4-bandda:

birinchi xatboshida “band” so‘zi “band bo‘lganlar” so‘zi bilan almashtirilsin;

“a” kichik bandidan “avtomobil yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumot” so‘zlari chiqarib tashlansin.

4. 41-bandning birinchi xatboshisida “tashuvchi korxonalar rahbarlari, o‘rinbosarlari va mutaxassislari” so‘zlari “yuridik shaxsning (yuridik shaxsning transport bo‘linmasi (xizmati) rahbari, tashuv jarayonini tashkil etishga mas’ul bo‘lgan yuridik shaxsning (yuridik shaxsning transport bo‘linmasi (xizmati) rahbari, va tashuvlarning xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha mutaxassis” so‘zlari bilan almashtirilsin.

5. 44-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “attestatsiya kunlarini belgilaydi va” so‘zlaridan keyin “attestatsiyaga kamida ikki hafta qolganida” so‘zlari �o‘shilsin.

6. 71-band quyidagi mazmundagi “g” kichik band bilan to‘ldirilsin:

“g) mehnat daftarchasi va tegishli lavozimga tayinlash to‘g‘risidagi buyruq nusxalari.”.

7. 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“8. Avtomobil yo‘nalishi bo‘yicha oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumoti to‘g‘risidagi diplomlari bo‘lmagan taqdirda yuridik shaxslarning passajir va yuk tashishni amalga oshiruvchi ishchilari va yuklarni avtomobil transportida tashishni amalga oshiruvchi yakka tadbirkorlar Agentlik tomonidan tasdiqlanadigan maxsus o‘quv kurslarida qayta tayyorlashdan o‘tish va imtihon topshirish asosida beriladigan maxsus malakaga ega bo‘lishlari lozim.

Yuridik shaxsning (yuridik shaxsning transport bo‘linmasi (xizmati) rahbari, tashuv jarayonini tashkil etishga mas’ul bo‘lgan yuridik shaxsning (yuridik shaxsning transport bo‘linmasi (xizmati) rahbari, va tashuvlarning xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha mutaxassis sifatida qayta tayyorlashdan o‘tishga oliy va o‘rta maxsus professional ma’lumotga ega shaxslarga ruxsat beriladi.”.

8. Ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi bilan kelishilgan.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri‎

(imzo, F.I.O.)
‎M.O‘.

2008-yil 25-aprel‎

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri‎

(imzo, F.I.O.)‎
M.O‘.

2008-yil 25-aprel

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini tayyorlash va qabul qilish Qoidalariga
10-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

NAMUNA

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MONOPOLIYADAN ChIQARISh, RAQOBAT VA TADBIRKORLIKNI QO‘LLAB-QUVVATLASh DAVLAT QO‘MITASINING
‎QARORI


‎“Monopolist birlashmalar (korxonalar) davlat reyestrini tuzish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida‎

O‘zbekiston Respublikasining “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 54-modda) asosan va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-maydagi PQ-66-sonli Qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 17-18-son, 130-modda) bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi qaror qiladi:

1. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2001-yil 21-avgustdagi 7-sonli “Monopolist birlashmalar (korxonalar) davlat reyestrini tuzish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 1064, 2001-yil 15-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2001-y., 17-son) ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.

2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi raisi‎

(imzo, F.I.O.)‎
M.O‘.

Toshkent sh.,
‎‎2008-yil 25-aprel,
‎‎1546-son

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasining 2008-yil
25-apreldagi 1546-son qaroriga
ilova

“Monopolist birlashmalar (korxonalar) davlat
reyestrini tuzish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar

1. Nomi va 1-banddagi “monopolist birlashmalar (korxonalar)” so‘zlari “tovar bozorlarida ustuvor mavqega ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar” so‘zlari bilan almashtirilsin.

2. Kirish qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash Davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq” so‘zlari bilan almashtirilsin.

3. Nizomda:

a) nomi va matnidagi barcha “monopolist birlashmalar (korxonalar)” so‘zlari “tovar bozorlarida ustuvor mavqega ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar” so‘zlari bilan almashtirilsin;

b) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“1. Tovar bozorlarida ustuvor mavqega ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar davlat reyestri (matn davomida — Reyestr) mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq shaklda halol raqobat me’yorlaridan chetga chiqishlarni bartaraf etish, o‘zlarining ustuvor mavqeini suiiste’mol qilishlarining oldini olish maqsadida tovar bozorlarida ustuvor mavqega ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyati ustidan monitoring va nazoratni amalga oshirish uchun yuritiladi.”;

v) 2-bandda:

ikkinchi xatboshisidagi “Monopoliyaga qarshi davlat organi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi yoki uning hududiy organlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:

“Tovar bozoridagi ustuvor mavqe O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash Davlat qo‘mitasi va uning hududiy organlari tomonidan belgilanadi.

Standartlashtirish organlari tomonidan berilgan tegishli hujjat mavjud bo‘lganda bozorga yangi, o‘ziga o‘xshashi bo‘lmagan hamda tovar bozorida talabgor bo‘lgan muayyan turdagi tovar bilan ilk bor kirib kelgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning holati uch yil davomida ustuvor deb tan olinmaydi.”;

g) 3, 10, 11 va 12-bandlardagi “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” va “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining” so‘zlari tegishlicha “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi” va “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasining” so‘zlari bilan almashtirilsin;

d) 5 va 6-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“5. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hududiy boshqarmalari xo‘jalik yurituvchi subyektlar va boshqa tashkilotlardan olingan statistika, monitoring, axborot ma’lumotlari asosida, shuningdek sotish, yetkazib berish, olib kirish-olib chiqish va tovarlar (ishlar, xizmatlar) qoldiqlari haqida aholi orasida so‘rov o‘tkazish usuli bilan tovarlar muomalasi chegarasi doirasida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tegishli tovar bozoridagi ustuvor mavqeini aniqlaydilar.

Mazkur bandda ko‘rsatilgan ma’lumotlar mavjud bo‘lmaganda yoki zarur bo‘lganda, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalarining so‘roviga binoan xo‘jalik yurituvchi subyektlar, davlat boshqaruvi organlari, joylardagi davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar, ularning rahbarlari, shuningdek mansabdor shaxslari tovar bozori chegaralarini aniqlash masalalari bo‘yicha va uni monopolist sifatida tan olish uchun zaruriy axborotni taqdim etadilar.

6. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi mustaqil ravishda, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikn� qo‘llab-quvvatlash qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hududiy boshqarmalarining iltimosnomasi bo‘yicha tovar bozorlarida ular o‘tkazgan tadqiqotlarga asosan ikki yoki undan ortiq tovar bozorlarini birlashtirish (yoki boshqa usul) bilan tovar muomalasi chegaralarini belgilashga haqli.”;

e) 13-band quyidagi mazmundagi “v” va “g” kichik bandlar bilan to‘ldirilsin:

“v) uni ishlab chiqargani va sotgani uchun xo‘jalik yurituvchi subyekt Reyestrga kiritilgan mahsulotni ishlab chiqarishi va sotishi to‘xtatilganda;

g) xo‘jalik yurituvchi subyektga nisbatan sudgacha sanatsiya yoki bankrotlik taomili joriy etilganda.”.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini tayyorlash va qabul qilish Qoidalariga
11-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

NAMUNA

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
‎O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QO‘MITASINING
‎QARORI


‎O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining ayrim normativ-huquqiy hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 52 (II)-son), Bojxona kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 2-son, 36-modda) va “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 230-modda) 7-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladilar:

1. Ayrim normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Moliya vaziri‎

(imzo, F.I.O.)
‎M.O‘.

Toshkent sh.,
‎‎2008-yil 31-yanvar,
‎‎16-son

Davlat bojxona qo‘mitasi raisi‎

(imzo, F.I.O.)
‎M.O‘.‎‎

‎Toshkent sh.,
‎‎2008-yil 31-yanvar,
‎‎10-264-son

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2008-yil 31-yanvardagi 16, 10-264-son qaroriga
ilova

O‘z kuchini yo‘qotgan deb topilayotgan normativ-
huquqiy hujjatlar
Ro‘yxati

1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2002-yil 15-yanvardagi 17, 02/8-1-son “Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan alohida turdagi tovarlar bo‘yicha aksiz solig‘ini to‘lash tartibi to‘g‘risida yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1101, 2002-yil 5-mart) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-yil, 5-son);

2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2002-yil 23-yanvardagi 27, 02/8-2-son “O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qilinadigan tovarlarga nisbatan qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risida yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1124, 2002-yil 15-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-yil, 7-son);

3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2002-yil 22-iyuldagi 88, 02/8-20-son “O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qilinadigan tovarlarga nisbatan qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaga qo‘shimcha kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1124-1, 2002-yil 30-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-yil, 14-son);

4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2003-yil 10-yanvardagi 5, 01-02/8-3-son “O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qilinadigan tovarlarga nisbatan qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1124-2, 2003-yil 22-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-yil, 4-son);

5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2004-yil 15-yanvardagi 17, 01-02/8-2-son “O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qilinayotgan tovarlarga nisbatan qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1124-3, 2004-yil 12-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 10-son, 123-modda);

6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2005-yil 24-yanvardagi 20, 01-02/8-2-son “Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan alohida turdagi tovarlar uchun aksiz solig‘i to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1101-1, 2005-yil 8-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-yil, 5-6-son, 43-modda);

7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2005-yil 24-yanvardagi 21, 01-02/8-1-son “O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qilinayotgan tovarlarga nisbatan qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1124-4, 2005-yil 8-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-yil, 5-6-son, 49-modda);

8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2006-yil 4-yanvardagi 1, 01-02/8-24-son “Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan alohida turdagi tovarlar bo‘yicha aksiz solig‘ini to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1101-2, 2006-yil 18-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-yil, 3-son, 18-modda);

9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2007-yil 18-yanvardagi 7, 01-02/8-4-son “O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qilinayotgan tovarlarga nisbatan qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaga o‘zgartirish kiritish haqida”gi (ro‘yxat raqami 1124-5, 2007-yil 5-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-yil, 4 — 6-son, 54-modda);

10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2007-yil 18-yanvardagi 8, 01-02/8-5-son “Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan alohida turdagi tovarlar bo‘yicha aksiz solig‘ini to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1101-3, 2007-yil 26-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-yil, 13-son, 121-modda).

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini tayyorlash va qabul qilish Qoidalariga
12-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

NAMUNA

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
‎O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASINING
‎QARORI


‎“1-yanvar holati bo‘yicha asosiy fondlarni har yillik qayta baholashni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida” gi qarorga (ro‘yxat raqami 1192, 2002-yil 4-dekabr) rasmiy sharh berish to‘g‘risida‎

1-yanvar holatiga asosiy fondlarni qayta baholash tartibi bo‘yicha kelib tushayotgan so‘rovlarni e’tiborga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladilar:

1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2002-yil 26-dekabrdagi 286, 301-sonli “1-yanvar holati bo‘yicha asosiy fondlarni har yillik qayta baholashni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 1192, 2002-yil 4-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-yil, 23-24-son) ilovaga muvofiq rasmiy sharh berilsin.

2. Mazkur qaror tasdiqlangandan keyin o‘n kunlik muddatda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga kelishish uchun yuborilsin.

3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgandan keyin ijroga yuborilsin.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Moliya vaziri‎

(imzo, F.I.O.)
‎‎M.O‘.‎

Toshkent sh.,
‎‎2003-yil 18-yanvar,
‎‎645-son

Davlat soliq qo‘mitasi raisi‎

(imzo, F.I.O.)‎
M.O‘.

Toshkent sh.,
‎‎2003-yil 18-yanvar,
‎‎26-son ‎

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining
2003-yil 18-yanvardagi 645, 26-son qaroriga
ilova

“1-yanvar holati bo‘yicha asosiy fondlarni har yillik
qayta baholashni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1192, 2002-yil 4-dekabr) rasmiy sharhi

1-yanvar holatiga asosiy fondlarni qayta baholash “1-yanvar holati bo‘yicha asosiy fondlarni har yillik qayta baholashni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom”ga (ro‘yxat raqami 1192, 2002-yil 4-dekabr) muvofiq amalga oshiriladi.

Qayta baholashda asosiy fondlarning to‘liq tiklash qiymati, ya’ni agarda tashkilot ularni qayta baholash kunidagi bozor narxlari (tariflari) bo‘yicha xuddi shunga o‘xshash yangi obyektlarga almashtirgan taqdirda sarf qiladigan xarajatlarining to‘liq qiymati aniqlanadi, shular jumlasiga sotib olish (qurilish), transportirovka qilish, obyektlarni o‘rnatish (montaj qilish), import qilinadigan tovarlar uchun bojxona to‘lovlari va hokazolarga qilingan xarajatlar ham kiradi.

Tashkilotning mulk huquqi, xo‘jalik boshqaruvi huquqi, operativ boshqaruv huquqi va uzoq muddatli ijara (lizing) asosida tegishli bo‘lgan, texnik holatining qandayligidan qat’i nazar, ishlab turgan yoki foydalanilmayotgan, konservatsiya qilingan, hisobdan chiqarishga tayyorlangan, lekin tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirilmagan barcha asosiy fon�lar, shuningdek qurilishi tugallanmagan obyektlar va o‘rnatishga tayyorlangan asbob-uskunalar qayta baholanishi lozim.

Obyektlarning to‘liq qayta baholash qiymati tashkilotning ixtiyoriga ko‘ra yoxud alohida obyektlarning qiymatini ularga o‘xshash yangi obyektlarning qayta baholash davrida vujudga kelgan va hujjatlar bilan tasdiqlangan bozor narxlari asosida bevosita qayta hisoblash yo‘li bilan (bevosita qayta baholash metodi) amalga oshiriladi, yoxud asosiy vositalarni ularning olingan davriga mos ravishda va ularning turlari bo‘yicha differensiyalashtirilgan asosiy vositalar qiymatining o‘zgarishi indeksini qo‘llash orqali alohida obyektlarning boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatini indeksatsiyalash yo‘li orqali (indeks metodi) amalga oshiriladi.

Asosiy vositalarni indeksatsiya orqali qayta baholashda buxgalterlik hisobida qayta baholash kunida hisobda turgan asosiy vositalarning eskirish summasi (eskirish to‘liq hisoblangan obyektlarni qo‘shgan holda) asosiy vositalarni qayta tiklashga hisob qilingandagi asosiy vositalar qiymati o‘zgarishining tegishli indekslariga ko‘paytiriladi. Asosiy vositalarni bevosita qayta baholash orqali qayta baholashda buxgalterlik hisobida qayta baholash kunida hisobda turgan asosiy vositalarning eskirish summasi qayta baholashgacha va qayta baholashdan keyingi qayta tiklash qiymatining farqidan kelib chiqqan hisob koeffitsiyenti bo‘yicha indeksatsiya qilinadi.

Bevosita qayta baholash metodini qo‘llashda obyektlarning to‘liq qayta tiklash qiymatini hujjatlar bilan tasdiqlash uchun tashkilotlar ixtiyorlariga ko‘ra quyidagilardan foydalanishlari mumkin:

a) ishlab chiqaruvchi tashkilotlar va ularning rasmiy dilerlari, tovar-xomashyo birjalari, ko‘chmas mulk birjalaridan yozma ravishda olingan o‘xshash mahsulotga bo‘lgan narxlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

b) asosiy vositalarning olingan kundagi (tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lgan taqdirda) erkin ayirboshlanadigan valyutadagi qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotlar (Markaziy bank kurslarining qayta baholash kunidagi va asosiy vositalar olingan kundagi o‘zaro farqi tarzida belgilanadigan hisob-kitob koeffitsiyentini qo‘llagan holda);

v) tegishli davlat organlarida mavjud bo‘lgan narxlarning darajasiga oid ma’lumotlar

g) ommaviy axborot vositalarida va maxsus adabiyotlarda qayta baholash o‘tkazilgan davrda nashr etilgan narxlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

d) baholovchining asosiy vositalarning qiymatiga oid hisoboti.

Indeks metodini qo‘llash uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan har yili 31-dekabr kuniga qadar navbatdagi qayta baholash bo‘yicha tegishli indekslar ishlab chiqiladi va ommaviy axborot vositalarida rasman chop etiladi.

Asosiy vositalar qiymatini qayta baholash (har yili 1-fevralga qadar) qayta baholash o‘tkazilgan davrdagi narxlardan kelib chiqqan holda 1-yanvar holatiga amalga oshiriladi.

Asosiy vositalarni 1-yanvar holatiga qayta baholash natijalari qayta hisoblash o‘tkazilgan joriy davrning moliyaviy hisobotida aks ettiriladi, ya’ni yanvar oyi hisoboti — oylik hisobot tuzishda, birinchi chorak uchun hisobot — chorak hisobot tuzilganda, kalendar yili uchun hisobot — yillik hisobot tuzilganda.

Bunda buxgalterlik balansida (1-shakl) “hisobot davri boshida” grafasida va “Asosiy vositalarning harakati”da (3-shakl) “yil oxiridagi qoldiq” grafasida asosiy vositalarning qayta baholangan qiymati ko‘rsatiladi.

Shunday qilib, moliyaviy hisobotda o‘tgan yilning oxiridagi asosiy vositalarning qiymati qayta baholashsiz aks ettiriladi, hisobot yilining boshida esa baholash natijalarini e’tiborga olgan holda ko‘rsatiladi.

“Moliyaviy hisobot shakllarini to‘ldirish qoidalari”ga muvofiq (ro‘yxat raqami 1117, 2002-yil 19-mart) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 6-son), agarda balans yil boshida o‘zgargan bo‘lsa, u holda tushuntirish yozuvida uning sabablari ko‘rsatiladi.

Shu sababli, o‘tgan yil oxiri va hisobot yili boshidagi ko‘rsatkichlarning mos kelmasligi 1-yanvar holatiga asosiy fondlarni qayta baholash natijasi deb tushuntiriladi, hamda joriy yilning moliyaviy hisobotiga berilgan tushuntirish yozuvida bayon qilinadi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 8-son, 84-modda; 2010-y., 13-son, 101-modda; 2012-y., 18-son, 205-modda, 44-son, 508-modda)