Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024 02.03.2010 yildagi PQ-1293-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MONOPOLIYADAN CHIQARISH VA RAQOBATNI RIVOJLANTIRISH DAVLAT QO‘MITASINING FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini ta’minlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Monopoliyaga qarshi ishlarni tartibga solish va raqobatni rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 26-fevraldagi PF-4191-son Farmoniga muvofiq hamda iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish, raqobat muhitini rivojlantirish va iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish borasidagi ishlarni faollashtirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 36-son, 477-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 36-son, 477-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 36-son, 477-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 36-son, 477-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tuzilmasida, Vazirlikning markaziy apparati boshqaruv xodimlari sonini 7 nafarga ko‘paytirgan holda, Narx belgilash yig‘ma boshqarmasi tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Narx belgilash yig‘ma boshqarmasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
monopolist korxonalar, tabiiy monopoliyalar subyektlari tovarlari (ishlari, xizmatlari)ga narx belgilash, monopol narxlar (tariflar)ning cheklangan darajalari to‘g‘risida ma’lum qilish hamda narxlar asossiz oshirilishining oldini olish masalalarida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiiy monopoliyalar subyektlari va monopolist korxonalar tovarlari (ishlari, xizmatlari) tannarxi tarkibini chuqur tahlil qilish, ularning xarajatlarini shu jumladan mahsulotlarga energiya va material sarfini kamaytirish yo‘li bilan maqbullashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar bozorlaridagi narxlar, shu jumladan pirovard iste’molchining mahsulotiga narxlarning o‘zgarishi yuzasidan tizimli monitoring olib borish, monopol narxlar va tariflarning asossiz oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida ularning iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida narx belgilashga ta’sirini tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
monopolist korxonalar va tabiiy monopoliyalar subyektlarining tovarlari (ishlari, xizmatlari)ga asossiz ravishda oshirilgan narxlarni pasaytirish, ular tomonidan ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlarni sotishning maqbul mexanizmlarini belgilash yuzasidan takliflarni ko‘rib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi bilan hamkorlikni ta’minlash;
(5-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasiga tabiiy monopoliyalar subyektlari va monopolist korxonalar faoliyatini taqdim etilgan hisob-kitoblarning asoslanganligi, deklaratsiya qilinayotgan narxlarning shakllantirilishi yuzasidan birgalikda tekshirishlar o‘tkazish huquqi berilsin.
(5-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
markaziy apparatni hamda hududiy organlarni yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash hamda kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 36-son, 477-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil qilish to‘g‘risida” 2005-yil 2-maydagi PQ-66-son qarori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil qilish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-maydagi PQ-66-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2006-yil 20-yanvardagi PQ-265-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda — qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda — raqobatni himoya qilish va tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash masalalari bo‘yicha qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar va idoralarning o‘z normativ hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 2-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-1293-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 36-son, 477-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 36-son, 477-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 36-son, 477-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 36-son, 477-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 9-son, 67-modda; 2012-y., 21-son, 226-modda; 2013-y., 36-son, 477-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2019-y., 06/19/5870/4010-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)