02.02.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1692-1
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulk qoʻmitasi huziridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlantirish va nazorat qilish markazining, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining qarori, 02.02.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1692-1
Kuchga kirish sanasi
12.02.2009
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKI QOʻMITASI HUZURIDAGI QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORI FAOLIYATINI MUVOFIQLAShTIRISh VA NAZORAT QILISh MARKAZI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

“OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA ChET EL VALYUTASIDAGI QIMMATLI QOGʻOZLAR MUOMALASI, REZIDENTLAR TOMONIDAN ChET EL VALYUTASIDAGI QIMMATLI QOGʻOZLARNI SOTIB OLINIShI, ShUNINGDEK REZIDENTLAR ChIQARGAN QIMMATLI QOGʻOZLARNING NOREZIDENTLAR TOMONIDAN SOTIB OLINIShI TARTIBI TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA”GI QARORGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 2-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1692-1]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil 29-30-son, 278-modda) muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2007-yil 4-apreldagi 2007-04, 290-B-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar muomalasi, rezidentlar tomonidan chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlarni sotib olinishi, shuningdek rezidentlar chiqargan qimmatli qogʻozlarning norezidentlar tomonidan sotib olinishi tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (2007-yil 22-iyun, roʻyxat raqami 1692 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 25-26-son, 274-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Bosh direktori K. TOLIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,

2009-yil 24-yanvar,

2009-03-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 24-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
290-V-1-son

Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi va Markaziy bank Boshqaruvining 2009-yil 24-yanvardagi 2009-03, 290-V-1-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar muomalasi, rezidentlar tomonidan chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlarni sotib olinishi, shuningdek rezidentlar chiqargan qimmatli qogʻozlarning norezidentlar tomonidan sotib olinishi tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qarorning muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida” va “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 27-sentabrdagi PQ-475-sonli “Qimmatli qogʻozlar bozorini yanada rivojlantirish toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 39-son, 387-modda, 51-52-son, 507-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi va Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladilar:”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”, “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi qonunlari va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar muomalasi, rezidentlar tomonidan chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlarni sotib olinishi, shuningdek rezidentlar chiqargan qimmatli qogʻozlarning norezidentlar tomonidan sotib olinishi tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan aksiya, obligatsiya va boshqa qimmatli qogʻozlarga (bundan keyingi oʻrinlarda — qimmatli qogʻozlar) nisbatan tatbiq etiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshidagi “pul” soʻzi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisob-kitob-kliring palatasi (keyingi oʻrinlarda — HKP) — oʻzaro majburiyatlarni (qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar boʻyicha axborotni toʻplash, solishtirish, tuzatish va ularga doir hujjatlarini tayyorlash) aniqlash hamda qimmatli qogʻozlarni yetkazib berish va ular yuzasidan hisob-kitoblar boʻyicha oʻzaro majburiyatlarni hisobga olish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisi — qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashtirish va ularning muomalasiga, agar qonunda boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyingina yoʻl qoʻyiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 5-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlarning chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazishda emitent mazkur chiqarilishdagi qimmatli qogʻozlar nominal qiymatining 0,01 foizi miqdorida respublika budjetiga yigʻim toʻlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlarning chiqarilishini davlat roʻyxatiga olishga doir hujjatlarni koʻrib chiqish uchun olinadigan yigʻim emitentlar tomonidan eng kam ish haqining besh barobari miqdorida toʻlanadi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) 7-banddagi “naqdsiz” soʻzi “hujjatsiz” soʻzi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) 12-bandining ikkinchi xatboshidagi “investitsion institutda” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) 17-banddagi “investitsiya instituti” soʻzlari “qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) 20-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Norezident tomonidan aksiya koʻrinishida sotib olingan davlat aktivlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda norezidentning depozitariydagi depo hisobvaragʻiga oʻtkaziladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) 36-banddagi “investitsiya institutlari tomonidan” soʻzlari “qonun hujjatlarida belgilangan tartibda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
k) 42-bandda “emissiya risolasida (chiqarish anketasida)” soʻzlari “chiqarish toʻgʻrisidagi qarorida va emissiya risolasida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
l) 44-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari va savdo tashkilotchilari chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar boʻyicha oʻzlari amalga oshirayotgan barcha operatsiyalar va bitimlar hisobini yuritadilar va ular boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organiga maʼlumotlar taqdim etadilar”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 6-son, 60-modda)