Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING INSONPARVARLIK YORDAMI HAMDA TEXNIK KOʻMAKLAShISh VOSITALARIDAN MAQSADLI FOYDALANIShNI MUVOFIQLAShTIRISh, HISOBGA OLISh VA NAZORAT QILISh DEPARTAMENTINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA” 2008 YIL 24 NOYABRDAGI PQ-1005-SON QARORI)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Insonparvarlik yordami hamda texnik koʻmaklashish vositalaridan maqsadli foydalanishni muvofiqlashtirish, hisobga olish va nazorat qilish departamentini tashkil etish toʻgʻrisida” 2008-yil 24-noyabrdagi PQ-1005-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat boshqaruvi respublika organlari tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 9-dekabrdagi PF-3358-son Farmoni talablariga muvofiq oʻzining yangilangan nizomini va tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash uchun belgilangan tartibda ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 28-yanvar,
22-son
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 28-yanvardagi 22-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi PF-5447-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
5. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 20-martdagi 53-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 2-3-son, 15-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligi toʻgʻrisida nizomda:
a) 8-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasiga kelayotgan insonparvarlik yordami va texnik koʻmaklashish vositalari, shu jumladan nomoddiy shakldagi vositalar toʻgʻrisidagi axborotlarni toʻplash va ishlash”;
b) 9-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasiga kelayotgan barcha turdagi insonparvarlik yordami va texnik koʻmaklashish vositalari, shu jumladan nomoddiy shakldagi vositalarning toʻliq va tizimli hisobini yuritadi”;
v) 10-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“belgilangan tartibda insonparvarlik yordami va texnik koʻmaklashish vositalari oluvchilaridan ularning shaxsiy bank hisob raqamlaridan koʻchirmalar, shuningdek ular tomonidan olingan insonparvarlik yordami va texnik koʻmaklashish vositalari, shu jumladan nomoddiy shakldagi vositalar toʻgʻrisida hisobotlar va axborotlar olish”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 5-son, 41-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)